1 daqiqada öqiladi

157 marta körilgan

Boladay beğubor edi

Şoir uçun eng qiyin, eng oğir yoziladigan şeʼr – şoir xotirasiga  bağişlov, marsiyadir. Naçora, sönggi yillarda bir qator ustozlarimizni, zabardast adiblarimizni sönggi yölga kuzatib qöydik. Bugun – may oyining ön uçinçi kuni taniqli bolalar şoiri, özining ajoyib asarlari, jumladan, parodiyalari bilan öquvçilar mehrini qozongan adibimiz Tursunboy Adaşboyevni ham «Çiğatoy» qabristoniga – ne-ne uluğ ustozlarimizning yoniga qöyib keldik. Ustoz barça adabiyotsevarlarning, ayniqsa, yoş ijodkorlarning yaqin dösti, maslahatgöyi edi. Alloh u kişini öz rahmatiga olsin!

Bu qanday mungli karvon,

Çayqalib boradi-ya.

Ustma-ust, uzun armon –

Alamli parodiya.

Ajal şeʼriyatga zeb

Şoirni yulib ketdi.

U bizni kuldiray deb

Va… bizdan kulib ketdi.

Öşdan to Toşkent qadar

Çözilgan nola edi.

Saksonga kirmiş, magar

Beğubor bola edi.

Halol ötadi burçin

(Kim unday yozoladi?) –

Bir umr söz guruçin

Toşlardan tozaladi…

Tursunboy Adaşboyev

Nodir Jonuzoq

13.05.2017

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)