O‘z elining o‘ktam kuychisi

0
18
marta ko‘rilgan.

XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasi Qo‘rg‘ontegi mahallasida tug‘ilgan. U barakali ijodi bilan o‘zbek nazmi va nasri, adabiyotshunosligi, publitsistikasi va tarjimachiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi.

G‘afur G‘ulom chinakam o‘zbek shoiridir. Uning ijodida yuragidagi insonparvarlik ruhi baland jarang­laydi. U mehnatkash, halol, o‘z aql-farosati, o‘zi peshona teri bilan kun kechiruvchi va hayotni, jamiyatni mukammal qilishga intilgan insonni faol himoya qildi, uning taqdiri, bugungi va ertasi uchun san’atkorlik qalbi bilan umr bo‘yi kurash olib bordi. Adibning nasriy asarlarida ham ana shunday insonparvarlik, vatanga muhabbati yaqqol ko‘rinadi. Milliylik G‘afur G‘ulom asarlarini bezab turuvchi eng go‘zal xususiyatlaridan biridir.

O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2000).

   

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.