Erkin Vohidov şeʼriyati yangi davr öquvçilari uçun mumtoz adabiyotga köprik solib berdi. Şonli tarix, ölmas qadriyatlar va milliy tafakkur tarziga asoslangan bu şeʼriyat qalblarga çuqur kirib bordi, hislar va fikrlarni uyğotdi. Şoir şeʼrlaridagi yuksak badiiyat, ravonlik, ohangdorlik, şakl va mazmun uyğunligi öquvçida söz latofatini his etiş qobiliyatini şakllantirişi şubhasiz.
Ustoz adibning ona tilimiz imkoniyatlari, gözalligi va betakrorligini yaqqol körsatib bergan tadqiqotlari esa milliy ğurur tuyğusi yanada mustahkamlanişiga xizmat qiladi.





“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


