Mustaqillik yillarida mamlakatimizda taʼlim muassasalari uçun öquv adabiyotlari yaratiş va öquvçilarga yetkazişning mustahkam tizimi yaratildi, bunda Özbekistonda taʼlim berilayotgan yettita tilda darslik va öquv qöllanmalari naşr etilmoqda. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat körsatmoqda.
Matbuot, noşirlik va axborot sohasida tegişli huquqiy asos yaratilgan bölib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul qilingan. 1 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta naşriyot davlat röyxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va şaharlardagi taʼlim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Şarq ziyokori” va “Özdavkitobsavdotaʼminoti” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati körsatiş yölga qöyilgan.
Yozuvçilar uyuşmasi huzurida taşkil etilgan “Ijod” jamoat fondi tomonidan yozuvçi va şoirlar, ayniqsa, yoş ijodkorlarning birinçi kitoblari köp ming nusxada naşr etilmoqda.
Şu bilan birga, uşbu muhim soha rivoji bilan boğliq aholi, xususan, yoşlar örtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşirişda bir qator muammolar mavjudligini qayd etiş lozim.
Avvalo, badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoşlarning intellektual salohiyatini oşirişga qaratilgan adabiyotlarni çop etiş, ular bilan taʼlim muassasalarini taʼminlaş, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralaş, tarjima qiliş işlari puxta öylangan tizim asosida taşkil etilmagan.
Çop etiladigan kitoblarni naşriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkaziş, onlayn buyurtma beriş va manzilga yetkaziş tizimi sust rivojlangan, şuningdek, aholiga xizmat körsatişda elektron kitob şakllaridan keng foydalaniş yaxşi yölga qöyilmagan.
Taʼlim va madaniyat muassasalari uçun kitob xarid qilişga mablağlar yetarli darajada mavjud bölgan manbalar hisobidan jalb etilmayapti, kitob sotişga ixtisoslaşgan korxonalar tomonidan taʼlim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotini ötkaziş, mutolaa madaniyatini oşiriş, şu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali tarğibot-taşviqot qilişga qaratilgan tadbirlar yetarli emas.
Uşbu sohadagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş böyiça tegişli takliflarni tayyorlaş maqsadida:
1. Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş böyiça işçi guruh va kiçik işçi guruhlar tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Işçi guruh (A.Aripov)ga bir oy muddatda soha mutaxassislari va ekspertlarini keng jalb qilgan holda, ilğor xorijiy tajribalarni inobatga olib, quyidagi masalalarni atrofliça örganiş va çuqur tahlil qiliş asosida tegişli takliflarni işlab çiqiş topşirilsin:
aholi, ayniqsa, yoşlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani östirişga xizmat qiladigan kitoblarga bölgan talabni örganiş, şu jumladan, ijtimoiy sörovlar orqali aniqlaş, naşriyotlar tomonidan çiqariladigan badiiy, maʼrifiy, yoşlarning dunyoqaraşini kengaytirişga doir adabiyotlarning (şu jumladan, elektron şaklda) umumiy buyurtma röyxatini şakllantiriş tizimining holati;
kitoblarni çop etiş hamda aholiga yetkazib berişni öz içiga olgan boşqaruv tizimining, şuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini özbek tiliga va özbek adabiyotining eng yaxşi asarlarini çet tillariga tarjima qiliş işlarining tanqidiy tahlili;
noşirlar va adiblarni moliyaviy rağbatlantiriş, bolalar adabiyotiga ixtisoslaşgan naşriyotlarga moliyaviy imtiyozlar beriş va moddiy qöllab-quvvatlaş tizimini şakllantiriş, matbaa korxonalari va naşriyotlarga kitob işlab çiqariş uçun sifatli qoğoz va matbaa xomaşyolarini çetdan xarid qiliş tartibini takomillaştiriş;
kitob tarqatiş tizimini yanada rivojlantiriş va aholining keng qatlamini qamrab oliş, kitob mahsulotlarining narxini şakllantiriş va sotiş böyiça aniq mexanizmlarni işlab çiqiş;
ixtisoslaşgan kitob dökonlari uçun viloyat, tuman markazlari va şaharlarda hamda qişloqlarda aholi gavjum va qulay hududlardan joy ajratiş yoki ijaraga beriş masalalarini qayta körib çiqiş, sotuv aylanmasida kitob uluşining hajmi 70 foizdan köp bölgan tadbirkorlik subyektlarini alohida statistik hisobga oliş va ularga tegişli soliq imtiyozlari qöllaş;
mavjud axborot-kutubxona muassasalari aholining keng qatlamlariga xizmat körsatişi zarurligidan kelib çiqib, ularning viloyatlar, şaharlar va tumanlar böyiça joylaşiş va böysuniş tartibini qayta körib çiqiş, faoliyati hamda özaro hamkorligini takomillaştiriş;
axborot-kutubxona muassasalarining, ayniqsa, taʼlim sohasidagi axborot-resurs markazlari fondlarini şakllantirişda öquv adabiyotlari bilan bir qatorda badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar röyxatini hamda ularni xarid qiliş böyiça xarajatlar smetasini qayta körib çiqiş;
çop etilayotgan kitoblarni aholi örtasida ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali orqali tarğib qiliş, taʼlim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uçraşuvlarni tizimli ravişda taşkil etiş hamda taʼlim muassasalari, ayniqsa, maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda öqiş madaniyati va mutolaa könikmalarini şakllantiriş;
taʼlim muassasalarida sinfdan taşqari öqiş uçun tavsiya etilgan özbek va çet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari röyxatlarini qayta körib çiqiş va öquv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar asosida inşo yoziş tizimini joriy etiş, adabiyot tögaraklari faoliyatini moddiy qöllab-quvvatlaş tizimini qayta qörib çiqiş;
hududlarda yozuvçi-şoirlar iştirokida kitob bayrami va yarmarkalarini taşkil etiş, aholi örtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini tarğib qiliş, kitobxonlar, bosma va elektron kitob işlab çiqaruvçilar, kitob sotuvçilar hamda kutubxonaçi va tarğibotçilar orasida tanlovlar (“Yilning eng yaxşi kitobi”, “Eng yaxşi kitobxon oila”, “Yilning eng yaxşi bolalar kitobi”, “Yilning eng yaxşi audio kitobi”, “Yilning eng yaxşi elektron kitobi” kabi) ötkaziş tizimini takomillaştiriş.
3. Işçi guruh (A.Aripov) ikki oy muddatda mutasaddi vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlar bilan birgalikda kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini takomillaştiriş, matbuot va axborot hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini yurituvçi vakolatli davlat organini belgilaş, moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmini rivojlantirişni inobatga olgan holda tegişli kompleks çora-tadbirlar dasturini işlab çiqsin va tasdiqlaş uçun kiritsin.
4. Mazkur farmoyişning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi
Prezidenti Ş.Mirziyoyev
Toşkent şahri,
2017-yil 12 yanvar
Uza.uz saytidan olindi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

