451 marta körilgan

Osmoniy orzularga yuragim ayvon bölsin

Visola Pardaboyeva

Qöllasin meni

Sen bir taraf bölgin-u, dunyolar bir yon bölsin,

Osmoniy orzularga yuragim ayvon bölsin,

Sevgim pinhona, ammo özingga ayon bölsin,

Sen tomonga eltuvçi yöllar qöllasin meni.

Kumuşbibi soğinçi dilimni qamrab olgan,

Közlarim közlaringni könglimga qamab olgan,

Dardimdan kunduz quyoş, keçalar qamar yongan,

Olovga ojiz yomğir, döllar qöllasin meni.

Boşim olib ketaman borsa kelmas tomonga,

U tomonning poyoni tutaş emiş osmonga,

Yuragimdagi töram, yuragimdagi xonga

Yetkazguvçi xoh öngu söllar qöllasin meni.

Baxtim abgor, baxtimga, kun sayin dardim obod,

Sodiqman, közing haqqi, işq haqqiga qasamyod,

Peşonamdagi tuzdan, közim yoşidan bunyod

Ummonlaru daryolar, köllar qöllasin meni.

Sendan özga panohim, döstim yöqdir, Xudojon,

Borsan, köngli böş qizning köngli töqdir, Xudojon,

Bedavo baxtdan menga biroz yuqtir, Xudojon,

Haqqimga deb oçilgan qöllar qöllasin meni.

Bahor keladi bir kun, qarğalar uçib ketar,

Biri osmon, birlari tuproqni quçib ketar,

Bilaman, har tarafim diydoring tomon eltar,

Sen tomonga eltuvçi yöllar qöllasin meni.

Saboq

Uyimizdan xat çiqdi,

Xatda töla dard çiqdi.

Otamning ötmişidan

Bir kiçkina gard çiqdi.

Şaydo qizdan …jonimga

Maktub, deya yozibdi.

Yaşayman faqat sizni

Kutib, deya yozibdi.

Yigirma yillik suvrat,

Yigirma yillik jurʼat.

Uyimiz tinçin buzdi

Norasida muhabbat.

Turqi qurib ketsin, deb

Onam zarda qiladi.

Gözalligin körsa-da,

Tasqara deb kuladi.

Opam, singlim, ukamdan

Qarğiş topmas nihoya.

Otam siniq kuladi,

Uni qilmas himoya.

Faqat men jim, hamma lol,

Hamma tuşar har köyga.

Men noçor indamasdan

Kirib ketaman uyga.

Aççiq saboq böldi bu,

Men ulğaya boşladim.

Yorga yozgan xatimni

Yiğlab yoqib taşladim…

Visola Pardaboyeva

1998-yili tuğilgan. Toşkent moliya institutining 1-bosqiç talabasi. 2016-yili Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tavsiyasi bilan “Birinçi kitobim” loyihasida “Yurak yonsin” nomli şeʼriy töplami çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (3)

  1. salim

    ajoyib, muvofaqqiyatlar tilayman

  2. Moxinur

    Juda mazza qilib öqidim, yaşang:)

  3. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Taşakkur!

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.