Yozuvçilar uyuşmasida
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça Komissiya tuziş töğrisida”gi Farmoyişi ijrosini taʼminlaş böyiça Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda joylarda “Kitob aksiya”lari, yangi badiiy asarlar taqdimotlari, kitobxonlik böyiça tadbirlar, adabiyot kunlari bölib ötmoqda.
Kitob mutolaasi, kitobxonlikka bağişlangan ana şunday tadbirlardan biri — taqniqli şoir Tursun Alining “Lahzalar suvrati” nomli yangi şeʼrlar töplami taqdimoti doirasida Yozuvçilar uyuşmasida bölib ötdi. Unda Uyuşma faollari, ijodiy kengaşlar aʼzolari, şoirlar, adabiyotşunos olimlar va talaba-yoşlar iştirok etdi.
Tadbirni Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid oçib, yurtimiz ijtimoiy va maʼnaviy hayotidagi yangiliklar, kitobxonlarning badiiy adabiyot va yangi asarlarga mehri va ehtiyojini qondiriş borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan amaliy işlar haqida sözladi.
Hayotning har lahzasi gözal, umrning har dami ğanimat. Hayotning har lahzasini munosib va mazmunli yaşab ötiş insonning yaxşi işlariga, odamlar va jamiyat uçun foydali bölgan faoliyati, elu yurt uçun jon kuydirişiga, fidoyiligiga boğliq. Vatan va xalq farovonligi yölida beminnat xizmat qilgan inson hayotining lahzalari qadrli böladi. Tursun Alining “Lahzalar suvrati” kitobi timsollari va ramzlariga ana şunday mazmun singdirilgan. Şoir sözlar, işoralar, manzaralar va tuyğular tasviri vositasida lahzalar suvratini çizişga, çeksiz vaqtning möayyan onlarini badiiy idrok etişga intiladi.
Mahmud Toir, Qozoqboy Yöldoşev, Ahmadjon Meliboyev, Azim Suyun, Uzoq Jöraqulov, Örazboy Abdurahmonov, Suvon Meli, Abdunabi Boyqöziyev, Marhabo Qöçqorova va boşqa ijodkorlar “Lahzalar suvrati” şeʼrlar töplamining yangiça kompozitsiyasi, şakli va janr xususiyati, mazmun-mundarijasi tili, timsollari haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida kitob muallifi sözga çiqib, Vatan mavzusidagi yangi şeʼrlaridan öqib berdi.
Tadbir badiiy asarni teran tahlil etiş, yozuvçining ijtimoiy faoliyati va ijodiy mahoratini çuqur anglaş ruhida ötgani, adabiyotning inson hayotidagi örni va vazifasi, bugungi kunda kitob va kitob mualliflariga davlatimiz rahbari tomonidan yuksak darajada eʼtibor qaratilayotgani haqidagi fikrlarga boy bölgani bilan katta taassurot qoldirdi.
Maxsus muxbirimiz
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


