(Hikoya)
– E-e, ha-a-a, salomlarim bölsi-in-n!..
Temir darvozaning örtasidagi yakka tavaqali, ensiz eşikçani oçib hovliga kirgan Romiz Jöra içkariga bir qadam qöygan joyida dimoğiga gup etib urgan anvoyi hidlardan nafas ololmay qoldimi yoxud qiyğos oçilgan lolayu lolaqizğaldoqlardan közlari qamaşdimi, noyob xuşxabarni eşitgandek emas, uni öz közlari bilan körib turgandek azbaroyi entikib ketdi. Taqqa töxtadi. Bir nigoh taşlaşda boğni boşdan adoğ kezib çiqdi. Yana va yana qaradi, razm soldi. Nigohini töxtatolmadi. Göyo hoziroq qarab töyib-töyib körib olmasa köz öngidagi bu ajib xuşxabar-manzara qayoqqadir ğoyib böladigandek.
– … S-s-alom…larim-m…
Romiz Jöraning tovuşi juda past çiqdi. Butun boğ böylab oçilgan alvon lolazor çöçib ketmasin degan xavotirda tovuşini yutib yuborgandi u. Göyo tarvaqaylab ösgan gilos daraxtining ostidagi temir sörida kimdir orom olib uxlab yotibdi-yu, öşa kimsani çöçitib yuborişdan ehtiyotlangandek, yöq-yöq, butun boğ ajib bir sehrlarga limmo-lim musiqaga raqs tuşayapdi-yu, rango-rang libosga bezangan raqqosa… boğni çalğitib yuborişni istamagandek oyoq uçida ohista ikki odim bosdi. Qadam bosdi-yu, behosdan, ha-ha, töppa-tösindan boğni qoplagan rango-rang lolayu qizğaldoqlar, köm-kök çuçmomalar jajji boğça bolaçalaridek baravariga çapak çalib yuborganidan çöçib tuşdi. Lolalar çayqala-çayqala, qip-qizil gulkosalari, hali oçilib ulgurmagan mayin oqiş tukli ğunçalariyu yam-yaşil yaproqlari va nozik-nihol novdalari yerga tegay-tegay deya tebranib olqişladi.
Romiz şoir juda-juda soğingandi boğini. Soğiniş ham gapmi, boğini unutib yuborgandek edi, nazarida. Unutiş ham gapmi, batamom oqibatsizlik yöliga ötgan-u, mana, köz-közga tuşganda xijolat ötida yonayotgandek, izza bölayotgandek, istihola ötida qovrilayotgandek edi. Aksinça, möjiza ustidan çiqdi u, taʼrif-tavsifiga söz topilmaydigan möjizaga röpara keldi. Vaholanki, orada bir qiş ötdi, xolos, qiş böyi u qadam bosmadi boğga. Qiş fasli heç kim qadam ranjida qilmaydi bu tomonlarga, biror-yarim qöni-qöşni deganlar tasodifda daydib-uloqib yöli tuşib qolmasa, atrof dala hovli kimsasiz ahvolda qişning, qor-yomğirning, izğirinli ayozning inon-ixtiyoriga qoladi. Yolğon bölmasin, muştipar qorovul xotin ikki öğil, bir qizi bilan hö-ö serdaraxt baland qirning belida körinayotgan yolğizoyoq yölka bilan borib-qaytiladigan kulbaçada qişlaydi. Dala hovlilar öşalarning qaramoğiga ötadi. Köklam şabadalari dala-qirni aylanib-örgila boşladi deguniça esa boğ hovlilarga ğimir-ğimir, simir-simir, jimir-jimir qon kiradi-jon kiradi.
Romiz Jöra şu yoşga çiqib heç qaçon qişni bu qadar oğir ötkazmagandi. Qiş odatdagi qişligini qildi – havo sovidi, yerdan qariyb qor arimadi. Qorli-qirovli, hatto aççiq izğirin zabtiga olgan oqşom çoğlari poyi piyoda köça sayriga çiqiş odatini kanda qilgani yöq Romiz şoir. Uy-joyi issiqqina, bola-çaqasi bağrida, xizmatiga borib-kelib turdi. Lekin yuragi siqildi, faqat nega, nimadan siqildi, ne hasratlarda bu qadar qisindi – özi ham bilmadi, tagiga yetolmadi, tayinli javob topmadi. Xuddi barça tuşuniksiz dilxunliklari faqat va faqat dala hovli vasliga, diydoriga yetsagina tarqaydigandek tuyulaverdi. Boğ hovlisi tuşlariga kirdi, tuşida ham, uyğongaç, öngida ham hademay bahor kelaqolsa, deya sabrsizlanaverdi, dala hovliga yetib borgan taqdirda ado etilajak yumuşlarni xayolan rejalaştirişdan çarçamadi, hatto neça qayta tun yarmida asta issiq örnidan sirğalib çiqib allapallaga dovur “Daçada möljallangan işlar” röyxatini tuzdi. Erinmay-netmay qayta-qayta yozilgan röyxatlarni noyobu nodir yozuvdek avaylab, öqiyotgan kitobi orasiga yaşirdi. Qandaydir körinmas-mavhum kuç uning bu niyat-maslagiga yetişmoqlikka tösqinlik qilişi muqarrardek bot-bot kör xavotirga tuşdi. Tun yarmidan oqqan palla yuvinib-poklanib iltijolar ila tong ottirdi.
Xullas, u boğ hovliga boradigan kunini sabrsizlik bilan kutdi, betoqat kutdi, maʼşuqasidan ayrilgan oşiqdek kutdi. Nazarida jonining bir bölagiga aylangan boğ hovlisi, öz qöli bilan bitta-bittalab toş terib, tuproq taşib, loy çangallab, mix qoqib bunyod etgan qöşxonali, ğaribgina kulbasi munğayib qolgandek tuyuldi. Neça qayta otlandi u bu tomonlarga, har safar ayoli yölini tösdi, qöysangiz-çi, dedi, şu sovuqda zarilmi, şamollab-netib iş orttirib kelasiz, deya izn bermadi. Ikki-uç dafʼa öğil-qizining onasiga bildirmay yölga ravona böliş xayoliga ham bordi, axir dala hovli joylaşgan maskan qoçib ketgan emas, şahar sarhadi oşib yana ikki soatlar çamasi moşinasini ğizillatib haydasa yetib boradigan manzil… jurʼati yetmadi Romiz Jöraning. Xotin kişi ham bilib aytadi, qolaversa, keyingi paytda nozikmizojroq bölib yuribdi, ittifoqo falokat bosib, şamollab-netsa bormi, xotini aytmoqçi “iş orttirsa”, erta bahor tugul, ayni köm-kök köklam qöşiği yangragan palla ham boğ hovliga keliş nasib etmay qolişi mumkinligini öylab yurakkinasi orqaga tortib ketdi.
Dala hovli ham uni rosa soğingan ekan, öziyam. Şunday bölişini taxmin qilgandi Romiz şoir, farazda adaşmadi. Lekin bu qadar deb öylamagandi, soğinç deganlari şunçalar alvon ranglarga burkanib, oçiq sahna töla çolğular yangliğ jör ovozda nola çekib yuboradi deb kutmagandi. Töğri-da, yon tomonlarda – gir atrofda lolalar, lolaqizğaldoqlar, yana köm-kök, puşti, sariq, moviy rang gulçeçaklar kutaverganidan, soğinçli örtanişlardan çöğga, olovga – alangaga aylanib ketibdi!..
Romiz Jöra darvozadan kirgan joyida qoqqan qoziqdek qimir etmay turaverdi. Mana, siz soğingan boğ hovli, şoir, dedi ovozini çiqarib, bundan qanoat hosil qilmadi, yanayam tantanavor ohangda aytdi: közlaringiz töyguniça bahra oling, Ramziy janoblari! Sölim bahor taşrifingizga muntazir! Özlarining happayu halol amloklari muntazir poyqadamlariga! Olis va xolis niyatlar ijobati, qarang, naqadar tarovatli, naqadar gözal! Oydan-da, kundan-da, gözallardan-da gözal!..1
Romiz Jöra avjiga mina boşlagan “şoirligi”ni amallab töxtatdi-da, behosdan yana bir qadam bosguday bölsa, boğni oğuşiga olgan ajib tarovatga putur yetkazib qöyadigandek, hurkak qizğaldoq-qizaloqlarning uvoliga qoladigandek boşini goh u yon, goh bu yon buriş-ögiriş bilangina kifoyalandi. Uning nazarida şamol tugul, hatto şabada ham esmayotgandek edi, biroq quyuq oçilgan lola-lolaqizğaldoqlar belga tepadigan öt-ölanlaru maysa-kökatlarga qöşilib, biri-biridan ajib va odamni mast qiluvçi iforlar taratib, hamon yerga tekkudek ğamzalar bilan toşqin suvdek şovullab tebranayotgani aqlini şoşirib qöyayotgan edi. Lolalar har tebranganda jajji piyolaçalaridagi şudring tomçilari duv-v etib yerga soçilar, Romiz Jöraning nazarida lolalar sevinç köz yoşlarini tökayotgandek tuyulardi.
Lolaqizğaldoqlardan bir jufti til biriktirdimi, çirmoviqday açomlaşib engaşganiça Romiz Jöraning tizzasiga boş urdi. Şunda Romiz şoir qöş qizğaldoq gulkosa içiga razm soldi. Çöğdek qizil yaproqlar tubi – toğ lolasining jajji yurakkinasi şu qadar sim-siyoh – tim qora baxmal-duxobaning özginasi ekanligini hayotida ilk bora körayotgan odamdek hayratidan tili kalimaga kelmay qoldi.
– Soğindilaringmi, lolalarim, qizğaldoqlarim? Yolğizlarim? Ovunçoqlarim?..
Qöşaloq qizğaldoq novdasi qad rostladi, zum ötmay yana boyaginday açomlaşgan holda boğ hovli xojasining tizzasiga boş urdi – köz yoşidek tiniq, dur tomçilar duvillab soçildi.
Romiz şoirning közidan yoş tirqirab ketdi… Etak tomonda qator saf tortgan mirza teraklarning endigina niş ura boşlagan yaproqçalari quyoş nurida jivirladi, yaqin-atrofida qandaydir quşlar şöx va mastona çuğilladi, “çiğ-çiğ”laşib oyoğining ostidan quvalaşib ötdi, osmon toqiga naqşlangan kumuşday oppoq bulut parçalari sezilar-sezilmas suzib borayotgandi. Bulutlardan-da oppoq çinni kabutarlar galasi Romiz Jöraning ilk taşrifi şarofatiga dala hovlisi uzra kimözarga qanot qoqib, tapillatib öyinga tuşib, aylana yasay boşlaşdi.
Romiz Jöraning betini mayin-muloyim şabada siypalab ötdi. U lanğillagan alanga tutgan hovli manzarasini simirib içguday taşnalik bilan miriqib-rohatlanib, töyib töyib kuzatdi. Pana joylarda laxtak-laxtak qor orolçalari kölmak suvga öxşab jon saqlabdi. Çaraqlagan oftobning zarrin nurlari beozor, ilmiliq. Illo, öt-ölan çunonam joni kirib ösibdi, öziyam! Daraxtlarning tanasigaça, temir sörining ostigaça, qöş xonali kulbaga dovur olib boradigan yolğizoyoq yölkagaça körinmay ketibdi. Faqat çoqqina hovuzça ustiga gumbazsimon şamoyilda tortilgan suvyuqmas yelim matoning bir qaraşda “turq”i… qabrni eslatişi Romiz Jöraning dilini ğaşladi, xolos.
Qiş qişligini qildi dedi-ku, ortga surilgani yöq, bahor esa uşbu dala hovli sohibiga öxşab oşiqmadi, balki har ikkala fasl boodoblikni örinlatdi – birining safari nihoyasiga yetayozgan damlarda ikkinçisi hayot qöşiğini kuylaşga kirişdi. Illo, nima bölgan taqdirda ham, mana, sir oçildi – Romiz Jöra bilan bahorning dili, tili, niyati bir ekan – ikki qalb, ikki vujud kimsasiz maskanda quçoqlaşguday, açomlaşguday bir-birining bağrida erib ketguday alfozda yuzlaşib, diydorlaşib turişibdi! Hamon şunday ekan, bu yoği yo ostidan, yo ustidan, nima bölsa bölsin, kim nima desa desin, Romiz Jöra şamollasa şamollar, tobi qoçsa qoçar, muhimi, erta bahorni öz közi bilan köriş baxtiga muyassar u. Intiq kutilgan arzanda şodmonlikning özginasi uni peşvoz çiqib, quçoq oçib kutib olmoqda, şunday ekan, ayni ayyom yumuşlarini bir hamlada – ha-ha, bir hamlada bitirişga kirişsa, boğ hovli yaşnab ketsa, qarsak çalib yuborsa, umri juda-juda qisqa bölgan lola-lolaqizğaldoqlarining diydoriga töysa, yölkalarni, yolğizoyoq yölkaçalarni oçib, sariştalasa, hademay yaproq yoziş ayyomiga kirişadigan olma, anor, nok, gilos, bodom, xurmo, şaftoli va hokazo daraxtlar tanasini oqlasa, dov-daraxtlar “Oqquş köli”ning ohumisol raqqosalaridek yasan-tusan qilib olsa, möljallangan har bir iş-yumuş nihoyasiga yetgani şarafiga çinni kabutarlar galasi tabrik va olqişlar maqomida Ramziy şoirning boğ hovlisi tepasida aylana yasab uçaversa! Abqariy-y, yo, hayratiy! Hayratiy, yo, abqariy-y! Oh kuçingdan, voh joningdan, e, voh-voh-h jodularingdan, hayot!..
Romiz Jöra tösatdan quloğini ding qildi. Jimjitlik va sukunatni uning hayratlanişlari buzayotgandi. Borliq esa öyga tolgandek, boğ sohibi taşrifiga atay hozirlik körib, nafasini iç-içiga yutgandek… Romiz şoir yuzini xiyol osmonga qaratib, közlarini yarim yumdi. U olis-olislardan elas-elas eşitilayotgan dilgir kayfiyat bağişlovçi musiqa tinglayotgandek edi. Vujudi quloqqa aylandi – nafas olişi eşitildi. Entikib ketdi. Xayoliga kelgan öydan çöçib tuşdi – xotinining raʼyiga yurib, şu safar ham kelmay qolganida bormi, dala hovlisiga erta bahor taşrifini öz közlari bilan körmaganida, ön sakkiz yoşli qizning bokira nafasidek havolardan töyib-töyib bahra olmaganida, uşbu gözaldan-gözal manzaraning tirik şohidi bölmaganida hayotining mazmun-mohiyati – hikmatini anglamoqlikni boy bermasmidi?! Ahvoli nima keçardi u holda? Qiş böyi kutdi-ku, özi! Aytdi-ku, negadir bu safargi qiş tamomila özgaça ötdi, Romiz Jöraning toqatlari toq böldi, yuraklari çok-çokidan sökilayozdi. Butun qiş böyi bahorni soğinib, bahorga intilib, uning işqida kuyib-örtanib kun sanadi, tun sanadi. Yoşi ulğaygani, keksalik-qarilik alomatlari köngliga ğulğula soldi, şekilli, sabr qilolmadi, toqati yetmadi, göyo şu bugun dalaga – boğ hovlisiga çiqib bormasa, erta bahor tarovatini öz közlari bilan tomoşa qilmasa, çinakam köklamoy arazlab kelmay qöyadigandek, qaytib bahorning diydoriga yetişiş nasib etmaydigandek xavotirda yurakkinasi örtandi. Hovliqdi. Tavakkaliga ulovga egar urdi.
Faslning injiqliklariga qarab iş tutadigan zamonlar ötib ketgan, binobarin, andek bemavrid ekaniga qaramay, Romiz Jöra yeng şimarib bir unnasa, dunyoça yumuşni örinlatib taşlaydi. Qarabsizki, çor atrofdagi qöni-qöşnilar kelgunga qadar hovli qöğirçoqdek yasanadi, töyxonaga, ayyomxonaga aylanadi. Romiz Jöraning ğayratlariga ofarinlar yoğdirişadi hali. Özlari har yildagidek piça hayallaşganlarini xaspöşlab… uh dangasa, uh işyoqmas çiqdi hamsoyalari! Vaj desa qop-qop: hali bahor kelganiça yöq, hali yerdan zax kötarilganiça yöq, uylar sovuq, loygarçilik… şaharda xizmatçilik. Tanbalga bahona qahatmi?! Özlaring zax, özlaring sovuq, özlaring dangasa! Ana bahor, mana bahor, dalamizga-boğimizga çiqinglar, marhabo, barçamizga intizor-muştoq-ku bahor!
Umrida ikki bayt bitmagan banda qayerdan “şoir”lik martabasini orttirgan – Romiz Jöraning özi ham aniq-tiniq bilmaydi, illo, ayni şu tobda… qaranglar, hovli ho-ov etakka dovur qip-qizil köl misoli tovlanib jilvalanar, sal ehtiyotsiz xatti-harakatga yöl qöyguday bölsa, qirmizi köl suvi lop etib alanga olişi muqarrardek ajib va ğaroyib manzara!.. Şu xayol aralaş möyqalam tutişda uquvsizligini öylab joni örtandi. Attang, agar men rassom bölsam edi, çizib berardim… Tangri taolo şul möjiza sanʼatdan qismaganida bormi, ayni behişt suvratiga kirgan bu çaman, bu çorboğni tasvirlaşda Rerixdan tortib Tansiqboyevgaça, Dalidan tortib Axmarovgaça yaxday suv içsinlar edi, uning oldida!..
Oradan bir zum ötar-ötmas, joni örtanayotganini unutişga ulgurmay turib bastakorga aylanib qolişini va boğning uşbu tarovatiga monand kuy bastalaşni tusadi köngli. Xayoli izmidan çiqqandi uning, ğayrişuuriy alfozda özini mohir tanburçidek his eta boşladi, yana soniya ötmay fikridan qaytdi – sozlarning sozi sato, dedi-yu, tuyqus joniga igna suqilganday köksi jazillab açişdi. Axir tanbur yo satosiz hayotining bir kuni-bir lahzasini tasavvur qilolmasa, nima jin urib, keç kuzda dov-dastgohni moşinga ortganiça şaharga jönab ketayotib jondek şirin sozini manavi kulbada unutib qoldirdi?! Uzun qiş böyi bu ayriliqqa qanday doş berdi?! Dala hovli soğinçidan bu qadar örtaniblar ketayotganining boisi şundadir, hoynahoy?! Mana, xayriyat, nihoyat, yetib keldi, yaxşiyam, tavakkaliga iş tutdi, hoziroq, hayallamay kulbasining eşigini oçadi, kira solib tanburini qoziqdan oladi – zax uy içida nam tortganmi-yöqmi, qatʼi nazar, noxunni barmoğiga qadaydi, yöq, kamonni şaylab sozni sozlab ham ötirmaydi – kulbani, lolayu lolaqizğaldoqqa limmo-lim tölgan köl-hovlini, butun atrof-javonibni, hoovv körinib turgan qorli toğ çöqqilariyu yam-yaşil libosga burkangan qir-adirlarni tanbur navosi, sato nolasi tutadi – Romiz Jöra mast bölib özi yangigina, ho-ozirgina bastalagan “Erta bahor” kuyini çaladi!..
Dastavval boşpanaga olib boradigan yölni oçsa, uyga kirsa, ust-boşini almaştirsa, omborxonadan mehnat aslahalarini olib çiqsa… şu-da, “Erta bahor” kuyi, şu-da, öynoqi tanburu sato nağmasining avji osmonlarga yetgani – erta bahor yumuşlarining boşlangani!
Romiz Jöra beliga uradigan balandlikda ösgan öt-ölanni dam oyoqlari, dam qöllari bilan avaylabgina ikki tomonga bukib, yöl oçib uy tomon yurdi. Ö-ö, baraka, hö-hö, baraka!.. Qiş asnosi tuproq momiq qor körpasi ostida miriqib nafas rostladi, bahor seryoğin keldi, momaqaldiroq bearmon qaldiradi – miriqib ösdi, bearmon ösdi bu öt-ölan deganlari! Bay-bay, bay-bay!..
Yölning yarmiga yetar-yetmas Romiz Jöra bir zum tek qotdi. Yana beixtiyor butun vujudi quloqqa aylandi. Jimjit, tiq etgan-çirq etgan sas-sado yöq. Jim turing-g, şovqinlamang-g, uyğonur uyqudin köklamoy pari! Hoy, möysafid qiş, bas endi, turaqol, nari!.. Yuzini kökka tutganiça köksini töldirib-töldirib nafas oldi, ming turfa öt-ölanning anvoyi isi dimoğini yorib yuboray dedi. Huzurlanganidan ğayrişuuriy tarzda közlari yumildi.
– Jim turing-g, şovqinlamang-g…
Tizzasining közi sovuq qotdi. Romiz Jöra şimi tizzadan yuqorisigaça şilta bölganini kördi. Tizzadan suv keçib borayotgandek eti junjikdi. Şudring batamom tökilib ulgurmaganini hisobga olmabdi, piça şoşibdi. Qöliga tayoq-payoq olib, öşa bilan yöl oçiş xayoliga kelmabdi. Xotini bilgandek aytgan ekan – egningiz höl bölsa quritolmaysiz, degandi.
Bu yoği tavakkal, dedi öziga özi Romiz Jöra. Yölida davom etdi. Oldi oçiq ayvonga yetdi-yu, yalang joyga çiqqanidan yengil tortdi, oyoğini tapillatib siymon yerga urdi. Şimi, tuflisidan zumrad tomçilar har yonga saçradi. Romiz şoirning badaniga titroq yugurdi. Qöltiğidagi böxçani deraza tokçasiga qöyib, ortiga ögirildi – lolayu lolaqizğaldoqlarga, ularga basma-basiga oçilgan çuçmomayu binafşalarga endi ayvon tomondan köz yugurtirib, ğaroyibotga röpara kelgan ajnabiy sayyohdek közlarini uzolmay qoldi. Insonga yana qanday möjiza kerak?! Birov ekmagan, uruğini soçmagan bölsa, qişi bilan qor ostida jon saqlab yotgan-u, yo qudratingdan, quyoş yilt etib çaraqlagan zamoni gurillab kökka intilgan, porillab, lovullab, çappar urib oçilgan! Dala hovlini, atrof-javonibni, butun olamni yaşnatib yuborgan! Ramziy şoir çertmasa kim çertadi quvnoq tanbur navosini?!
Romiz Jöra kalit şodasini olib, avval temir panjara qulfini, söng eşik qulfini buradi, eşik oçilayotib ğiçirlab-zorlanibgina emas, faryod çekib yubordi. Hijron azobida qolgan oşiq-maʼşuqning ohu nolalarga töla gina-kuduratidek eşitildi Romiz şoirning quloğiga. Uning betiga gup etib sovuq epkin urildi. Zax havo uyga biqinib olgan-da qişi bilan. Tağin içkariga kirib uzoq ötirmang, zaxlab yotgandir, degandi ayoli. Xuddi körganday aytgan ekan. U içkariga qadam bosdi. Oyoğining ostini çayon çaqqandek irğib tuşdi. Nam tortgan şimi tizzasi, boldiriga çippa yopişdi. Eti junjikdi.
– S-salomlarim-m…
Romiz Jöra bu safar oğzini töldirib butun dala hovlini boşiga kötarib salom beriş odatini kanda qildi – uy içiga taʼzim bajo aylaganda ovozi aks sado bermay, yalang devorlarga singib ketdi-öçdi. Öt-ölan oralab kelaturib qözğatib yubordi-da, hovli tomondan yopirilgan turfa anvoyi hidlar zumda uy içini töldirdi.
– Şudring selgimagan ekan… şimning şiltasi çiqdi, onasi, – dedi u ikkala qölidagi tugunçani pastak kursi ustiga taşlab.
– Aytmaganmidim?!
– Aytganding, aytganding. Hozir, öylab köray, bir zumda çorasini topamiz. Şimning poçasi tez quriydi. Yeçaman, hovliga olib çiqib oftobga yoyaman – quriydi-qoladi. Heç kim-heç zoğ yöq – Ramziy janoblari bir pas-yarim pas uyda, yöq, ayvonda ötira turadilar, yöğ-e, iş kiyimlarim bor-ku, öşalarni kiyib olaman, vassalom, onasi.
Romiz Jöra hozirgina olib kelgan tugunlardan birining boğiçini yeçayotib kursidan köz uzolmay qoldi. Almisoqdan qolgan, rangpar çorburçak kursi boyagina yetimxonaga taşlab ketilgan gödakdek qunişib turardi. Bolalik kezlari qişin-yozin sandalga qöyilardi. Qayta-qayta böyalganidan olaçalpoq tusga kirgan, tört oyoğida bazör qad rostlab turgani qiyofasidan maʼlum. Ustma-ust taxlangan törtta kosa ham qariyb kursining yoşida – qadimgi kosalardan, töq kökiş gullari yirik-yirik. Hozirgi kosalar onasidan meros bu kosalar oldida misoli piyola. Javondagi lampa şişa-çi? Volidayi mehriboni uni öğil-qizlari bitta körpa ostida qatorlaşib yotadigan uylari tokçasiga tun böyi yoqib qöyar, bola Ramziddin közi uyquga yumilguniga qadar sirli bir jumboqqa javob topmoqçidek lampa şişaning maydataroq toqili şiftga urilib turgan şuʼlasidan közini uzolmasdi.
Oynavand javonda çeti uçgan sopol likopça, likopça örtasida nimkosa kattaligidagi sap-sariq idişça – igna-ip, angişvona saqlagan onasi rahmatli unda… Romiz Jöra toş qotgan devor soatiga termilib qoldi. Otasi allaqaysi yurtga borganida keltirgan – qöni-qöşnilar, yaqin-yiroqlar atayin osma soat tomoşasiga gala-gala bölib çiqişgan, zang çalinişini öz quloği bilan eşitiş niyatida erinmay kutib ötirişgan ularnikida. Xonadonning arzandasi edi, endi esa… ovloq daça mulkiga aylanganiga allaqança yillar ötdi. Yurmasa ham mayli, çiqillamasa ham, zang urmasa ham mayli, devorda turibdi-ku, oş-non talab qilmayapti-ku. Ahyon-ahyonda tikilib-termilib qoladi Romiz şoir, şunday damlarda kapgiri qilt etmasa-da, zang çalmasa-da, soat hamişa yurib turganday, öğli uylanişi munosabati bilan zamonaviy taʼmirdan çiqqan uy-joyiga siğmay qolgan bu topilmas bisot mutlaqo, heç qaçon, zinhor-bazinhor töxtamaydiganday çiq-çiq, çiq-çiq, çiq-çiq sadosi quloğining ostidan uzilmaydi…
Romiz Jöra poçalari tizzasiga dovur şiltasi çiqqan şimini almaştiriş niyatida içkari xona eşigini oçdi-yu, yuragi şuv etib ketdi. Ne köz bilan körsinki, tördagi devordan unga ota-onasi tikkasiga qarab turişardi! U yugurib devor yoniga bordi, ikki qöllab mixga ilingan suratga talpindi, keçirilmas ayb iş qilib qöygan odamdek vujudidan duvva hovur kötarildi. Badaniga qaltiroq turdi. Qiş böyi-ya?! Kimsasiz, sovuq-zax kulbada-ya?! Neçun şuni öylab körmadi-ya, nahot şunçalar betaʼmizlikka yöl qöydi-ya?!
Romiz Jöra suratni ikki qöllab tutganiça yuz-köziga bosdi, apil-tapil çang-ğuborini sidirib taşlab, uzr sörayotgandek entika-entika öpdi – suratni qay holatda tutmasin, Romiz Jöra harçand nigohini olib qoçmasin, otasi bilan onasi undan közlarini uzişmadi – kulimsirab, vazmin… minnatdor nigoh-la termilgança qarab turaverişdi.
Romiz Jöra temir karavot çekkasiga ohista çökdi. Yuz yildan oşgan-ov, bu xonadon xizmatiga yollanganiga! Bu ham otasi va onasidan yodgorlik… Aytmoqçi, şahri azimdagi şohona uy-joylariga nimaiki siğmasa, bari şu yerga – dala hovliga taşib keltirilgan. Oyoq ostidagi kigizni aytmaysizmi! Romiz bolaligidagi çanglarning isi keladi undan. Bolalik uylarida, sandalning çekkalariga solar edi onasi. Ostidan böyra töşalgan, söng kigiz. Namat deyişardi. Hozir bolalari namat nima ekanini bilişmaydi. Öğli aytib qöymaydi: ada, uyda şuunça gilam örami yotibdi çang bosib, öşa namatni bahridan ötaqoling, degani-degan. Romiz Jöra ölaman sattor, könmaydi, namat ekan-u, labi uçgan piyola, dastasi uzilib tuşgan obdasta, içiga yoş bola yaşirinib olsa bölgudek, endi heç narsaga yaramaydigan xum – hamma-hammasi, ha-ya, ana, qoziqda – ikki oyoq-ikki tizza örni öyilib tuşayozgan, sajdaga borgan manglay örni oqarib ketgan guldor joynamoz – birortasining bahridan ötişga yuragi dov bermaydi, köngli bölmaydi, istamaydi, taşlab yuboriş tugul, şunday xayolga borgan dam ota-onasiga xiyonat qilayotgandek içlari örtanadi. Otamdan, onamdan nimaiki qolgan va uyimizga siğmayotgan bölsa, beringlar, hammasiga daçada joy topiladi, deydi. Bajonidil opkeladi. Har biri otasi va onasini eslatuvçi rözğor buyumlarini soğinib keldimikan bu safar Romizjon, dala hovliga?!
– Daça omborxonaga aylanib ketdi, baraka topgur, – deydi ayoli norozilanib.
– Ombor emas, muzey, – deydi otasini ranjitmaslik uçun yumşoqroq qilib öğli.
– Loaqal daçani adammi ixtiyorlariga qöyaylik, – deb uning yonini oladi qizi.
Romiz Jöra qöl uçi tegsa ğiçirlab ketadigan yozuv kursisi ustida qolgan bir varaq qoğozdagi taniş xatga köz yugurtirdi. Ovoz çiqarmay öqidi: “Uşbu hujjat ila dalolat keltiramankim, Xapu-Xapu köçasidagi Çinnioy xonimga qaraşli 8-uyda yaşovçi, asli xonim afandi bozordan arzongarovga sotib olgan Petrus ötkir savdoyilik xastaligiga giriftor bölgan, şu munosabat bilan…” Özining dastxati. Qayerdan kelib qoldi?.. Romiz Jöra qoğoz ostida yana bir varaq borligini kördi. Undagi yozuvni hijjaladi: “Настоящим udostoveryayu, çto Pyotrus, проживающий po adresu: ul. Xapu-Xapu, 8 u g-ji Çin, приобретенный yeyu na рынке, stradayet острыми pristupami bezumiya i, v svyazi s etim…”2 Oxirigaça öqimay turib yodiga tuşdi. Qandaydir vaj bilan, yodida yöq, yoki bekorçilikdami, özini sinab köriş niyatida şu matnni tarjima qila boşlagan-u, çala qolgandi. “Şizotimiya”si nima? “Siklotemiya”si-çi?.. Şunga öxşaş atama sözlar tarjimasiga tişi ötmay çala qoldirgandi, çoği, boşlagan işini. Tişi ötganda-çi? Kitob-luğat titkilab topganda-çi? Boşiga uradimi bu tarjimani?! Gadovaçça xastahol Petrus juhudning taşvişi yetmayotgandi Romiz Jöra janoblariga?! Şoirlik ham evi bilan-da, okosi! Qiş böyi xotiringni bejam qilgan niyatingga yetay deb turibsan, mana, naq jannati naʼiym islari gurkirab, peşvoz kutib olmoqda. Ana, bahoroy! Mana, köklamoy! Bunçalar közlaring, közlaringga qöşilib idroklaring qamaşdi, Romizboy?!
Şu payt qayerdandir şovqin keldi. Romiz Jöra diqqatini jamladi. Ğalati ğala-ğovur eşitildi. Iya, mendan ilgari otni qamçilaganlar borga öxşab qoldi-yu! Kim keldiykin?! Ovozlar qay tomondan çiqyapti, özi? Jalol qöşni – yöq, Qoravoy aka – yöq, domla – jazirama saraton havoga öt qöymaguniça qorasini körsatmaydi. U holda… Uç-tört hovli naridan bir qança erkak-ayolning qah-qah otib kulişgani eşitildi. Meni mazax qilişmayaptimi, işqilib – xayoliga oralagan gumonni öşa zahoti unutdi Romiz Jöra. Moşinasoz usta, qöli yengil – bozori çaqqon usta, işning közini biladigan usta. Qaçon qaramang, uç-törtta şogirdini boşlab keladi. Özi tinim bilmaydi, özgalarni ham tindirmaydi – işlatgani-işlatgan.
Romiz Jöra ham şogirdlari qurşovida kelmoqçi edi, ayoli qöymadi, şu izğirinda özingiz borganingiz yetmaganday, şogirdlaringizni qöya turing, dedi, oldi – yoz, obborarsiz, dedi. Yöqsa… Usta moşinasozning qiyqirib butun dala hovli deparasini boşiga kötarib “voh-ha-ho”laşi eşitildi. Demak, olib kelsa bölardi. Ikkitasi yo uçtasiga bir oğiz imo qilsa, bari beminnat yigitlar – uçib kelişardi. Xotini, sovuq kunda uzoq qolib ketmang, tezda izingizga qayting, deb javraganiga qaramay, Romiz Jöra möljallagan bir dunyo yumuşni şu kunning özida bitirib yuborardi. Hoy, derdi, sen u işni qil, hoy, sen bu yumuşni uddala, deb har kimning vazifasini belgilab berardi. Eh, attang! Xotinning söziga kirdi-ya!.. Daçada şoirlik ketmaydi, deb neça qayta öziga özi tanbeh bergandi-ya! Bir safar tor köçadan darvozaga qadar moşinasida kirib keldi-yu, yomğir yoğib ötganini hisobga olmagan ekan, arobasining ğildiragi loyga botdi-qöydi. Harçand urindi, qani endi, “Neksiya” tuşmagur joyidan jilsa! Aksiga olib qöni-qöşnilar yöq, Romiz kömakka yaraydigan erkak izlab ketdi. Aylanasiga bir çaqirim yurdi eşikma-eşik, yöq, erkak zoti qolmabdi qişloqda. Qaysi eşikka boş suqmasin, xotin-xalajning minğirlagan ovozini eşitdi: “Tirikçilik, toğo, dadasi safar ketganiça daragi yöq…” Boğ hovli işni puxta qilganniki! Bu yerda birovning savobiyu gunohi özgaga begona. Obbo, Petrusbaçça-yey, sening doğingda kelmagandim… Çala-çulpa qoralangan varaqdan çakak-çakak bölib ketgan, rangi zahil, joni ilviragan pajmurda başara möltayib qarab turganday… Manavinday behişt boğini umrida körmagan-da, bola paqir! Şizotimiyani öqigan, siklotemiya asrorlaridan najot istagan, oqibati esa… paymona poyoniga yetayozgan… Manavinday lolazorlarda taniyu joni yayrab-yaşnab nafas olmagan – bahra topmagan, tanbur-sato çertmagan, munojotlar aytmagan, na bu dunyo, na-da… Petrus-s… şizo-siklotemiya… aka-uka, egiz xastalik… tanbur, sato… çamanzor… lolazor… lola-a…
– Poçça-a!
Romiz Jöra birov orqadan kelib şapaloq tortgandek quloği şanğillab ketdi, köz oldi qoronğilaşdi. Kimdir çaqirdimi yoxud quloğiga çalingandek böldimi, diqqatini jamlamoqqa urindi-yu, afti bujmaydi. Xayoli özida bölmasa-da, Omadning ovozini darhol tanidi. Qayerdan paydo böla qoldi?! Osmondan tuşdimi-yerdan çiqdimi?! Kim çaqirdi uni bu yerga? Şayton boşlab keldimikan yo?.. Har yili, şu yozda daçangizga boraman, poçça, deb boşini qotiradi-yu, qadam bosmaydi. Boltun!.. Opasi bilan yetaklaşib kelişdimi yo?..
Romiz Jöra xayolida aralaş-quralaşgan söz öyinini uvol qoldirişni istamay, uni tugallab qöydi: …Özlaridan körsin! Badbaxt Petruslar qavmi na bu dunyoda, na u dunyoda köradi bunday boğlarni!..
Romiz Jöra istar-istamas ayvonga çiqdi-yu, oyoq ostida ustma-ust yotgan ketmon bilan boltaga közi tuşdi. Ajablanib ulgurmagan ham ediki, bir qölida belkurak, boşqasida teşa kötargan Omad paydo böldi.
– Bilaman, poçça! Kitob titkilaşga tuşsangiz dunyoni unutasiz. Boğ yumuşlarini manga qöyib bering, özim boplayman, illo, siz içkarida zax tortib qolmang-da. Bahorri yumuşi köp, qarang, nimadan boşlaşşi ham bilmaysan, odam! Töğrimi?
– Har banda, har narsa zimmasida öz vazifasi, öz yumuşi bilan keladi dunyoga…
Romiz Jöra şunday deb ayvon sahnida yotgan ketmonga termilib qoldi. Otasi rahmatli atay temirçilar ustaxonasiga borib, quydirib kelgan, “Obidketmon” deb nom qöygandi – besönaqayligini demasa, haliyam binoyiday yaraydi. Arraga ham otasining dasti tekkan… Aslahaxona qulf edi, Omad tuşmagur kalitni söramadi ham?..
– Ja, tagdor gap qilasiz-da, poçça! – Şanği ovozi keldi Omadning. U uyning orqa tomonidagi aslaha-anjomlar saqlanadigan omborçani taraqa-turuqlatib kavlaştirayotgan, yana nimanidir izlayotgan, çakagi esa biror nafas tinay demasdi. – Man konkret odamman, konkret gapiraman. Maʼnolarga töla tagdor gapingizga kelsak, siz bilan biz-ku, bandamiz, töğri aytdingiz, bu dunyoda har bir odammi öziga yaraşa yumuşi, vazifasi… löndagina qilib missiyasi deylik, tuşunarli-da, töğrimi?.. Manimça esa, poçça, rahmatli otangizdan qolgan manavi temir-tersaklarning ham… – Romiz Jöra “Bunça şanğillamasa!” deb könglidan ötkazib ulgurmagan ham ediki, Omad zipillab ayvon sahnida körindi, şoşa-pişa yerda yotgan aslahalarga köz yugurtirdi-yu, taqqa töxtadi: – Iya, teşavoy janoblari öz oyoqlari bilan çiqibdilar-ku! Yoki, siz opçiqdiyzmi? Izlamagan joyim qolmadi-ya!..
– Men hali orqaga ötganimça yöq… Omborri kaliti mana…
Omad poççasining salmoqlanib, hatto ortiqça röy-xuş bermay minğirlaşiga ham, uning kaftida turgan kalit şodasiga ham eʼtibor qilmadi, ovozining boriça, lekin kaltagina qilib “Xah-ho” deya kuldi-qöydi, söng yerda yotgan aslaha-anjomlarga qarata sözamolligi tutdi:
– Teşavoy janoblari… Ketmonali… Arrajon-arra! Hammasini missiyasi konkret, poççajon poçça! Töğrimi?.. Mana şu instrumentlar hammasi öz vazifasini ado etsa, dunyoda bitmaydigan iş qomaydi, demoqçisiz-da, töğrimi?.. Manavi örmonni, öt-ölanni lola-polasi bilan!.. Iya, tavba, toğ lolasi, lolaqizğaldoq, binafşayu çuçmomalar birvarakay çappar urib oçilgan boğni birinçi körişim umrimda, poçça! Nima balo, boğingizni sehrlab qöyganmisiz, oka?!
– Men boğni emas, boğim meni sehrlab qöydi, Omad, boğim.
– Bu jannati gulzor oralab hurlar ham çiqib kelar astalab deng, poçça-a! Ah-ha-ha-he-yey-y!
– Omad tuşmagur-yey! Sizga gap bölsa!..
– Alo-omat! Bu yoğiga qarab turing, hammasini şest sekundda yumaloq yostiq – guldur gupp, qip taşlayman!..
Romiz Jöra qörqib ketdi, sapçib Omadga taşlanmoqçi, agar u qöliga birorta aslahani tutgan bölsa, jon-jahdi bilan yulqib olmoqçi edi. Xayriyat, Romiz şoirning xayolidan keçgan gapi nihoyasiga yetib ulgurmay qaynisi lip etdi-yu, toğdan tuşib kelgan şarpaday ğoyib böldi. Zum ötmay uning ovozi uy orqasidagi maydonça tomondan eşitildi.
– Poçça! – deb çaqirdi u uyga öt tuşganday hovliqib. – E, buni qarang, bu yoqqa ötsangiz-çi! Tezroq, oka!
Romiz Jöra bir-bir odim taşlab, uyning orqa tomoniga ötdi. Maydonça torgina, ixçamgina, lekin maxsus böyab qöyilganday yam-yaşil, qizil, sariq, tarğil lolayu lolaqizğaldoqlar çunonam tiğiz va quyuq oçilgan ediki!..
Romiz Jöra Omadning tizzalab çök tuşgança qöllarini boşi uzra kötarib, kökka qarata nola çekayotgan, tavallo qilayotgan alfozda körib hayron qoldi.
– Daça emas, oka, – dedi dona-dona qilib Omad. Uning tovuşi xuşovoz hofizning ovozidek jarangdor va tiniq çiqdi. – Jannat-ku bu, Ramziddin poçça, jannatning özginasi-ku! Şunça yil, şu-unça zamondan buyon bu yerga qadam bosmagan men tentak, men durrak! Töğrimi, poçça?!
Romiz Jöra köz öngidagi manzaradan tili aylanmay, ğöldirab qoldi. Xiyla muddat jim turgaç, tilga kirdi:
– Öt-ölan, lola-lolaqizğaldoq, dala-toş, boğu bahor – şu-da, hammasi öz burçini ado etayotgani…
Omad hamon hayrat iskanjasidan çiqolmayotgandi. Poççasining aytganlari quloğiga kirmadi ham.
– Töğrimi?.. – Holdan toygan yo huşidan ayrilayozgan odamdek söray oldi u şivirlab. – Odamlarni jannatga kelişga ham vaqti yöq…
– Töğri aytasan, Omad, jannatning özginasi, biroq…
Biroq Romiz Jöraning bu javobi ham Omadning quloğiga yetib bormadi, çunki qaynisi tösatdan irğib qad rostladi-da, pildiraganiça ayvon tomonga ötib közdan yöqoldi. “Betoqat! – Sokin halovatini buzgani uçun hamon qaynisidan ranjigani alamida dedi Romiz Jöra. – Besabr!”
Ranjidi, ijirğandi, ensasi qotdi… zöraki iljaydi, Omadning hovliqişlari battar ğaşini keltira boşladi. “Özi söraydi-da, javobiga quloq ham solmaydi…” – Romiz Jöra içida şunday deb ulgurmay Omad “obidketmon”ni ikki qöllab tutganiça poççasining röparasiga kelib töxtadi.
– Töğri aytdingiz, jannatni özginasi! Odamlar vaqt topmasa – öziga!.. Men öz missiyamga kirişaveraymi?
Romiz Jöra javob örniga indamay yaqin borib, qaynisining qölidan ketmonni oldi-da, ohista çekkaga qöydi.
Bu orada quyoş ikki terak böyi kötarilgan, aksari lolaqizğaldoqlar yaproği tökilib, tökilmaganlari esa yumilib, söliy boşlagan edi. Romiz Jöra içkariga kirdi-da, köpam hayallamadi, engil-boşini almaştirib, zumda qaytib çiqdi. Çiqqan zahoti yerda yotgan asbob-uskunalarga razm soldi. Ularning orasida qaysi biridir körinmadi. Romiz Jöra qaynim işga tuşib ketdimikan degan xavotirda şoşib qoldi. Jadal yurib maydonçaga ötdi.
Omad maydonçaning bir burçida öt-ölan orasida arang közga taşlanayotgan yonğoq daraxtidan qolgan töngak tepasida enkayganiça girdikapalak bölayotgan edi. Romiz Jöra uning özidan köra qölidagi teşaga xavotirlanib qaradi.
– Omad! – deb çaqirdi.
Omad pinagini buzmadi, göyo dala hovlida tanho özi qolgandek, bu yerda özi xon – kölankasi maydondek, köngli nimani tusasa öşa bilan maşğul böladigandek, mezbonning çaqirişiga ham parvoyi palak edi.
– Ilon! – dedi u, poççasi yoniga yaqinlaşib kelganida. Şunday dedi-yu, ikki közi öt-ölan orasida, qölidagi teşani boşi uzra şay tutgan alfozda, Romiz Jöraga qayrilib qaramadi. – Sap-sariq! Mana mu-u-unday-y! – dedi ikkala quloçini keng yoyib.
Romiz Jöra qaynisi körsatgan joyga qarab ulgurmay, Omad yana vahima kötardi:
– Ketdi! Qoçdi!
Ilon öt-ölan oralab uyni yonlab uzoqlaşdi, şekilli, Omad boyagi-boyagi engaşganiça öşa tomon yugurdi. Romiz Jöra yugurmadi-yu, qaynisining izidan jadal ergaşdi. Unga yetib olgaç, oşiqmay, zarraça hovliqmay, Omadning kapalagini uçirib yuborgan maxluqni nigohlari bilan izladi. Topdi. Uzungina, daraxtning yangigina arçilgan pöstloğidek sap-sariq, terisida allaqanday naqşin çiziqlar yaqqol körinib turibdi. Ilonlar maysa, öt-ölan orasida çaqindek tez sudralişini u yaxşi bilardi.
– Kallasini yançaman! – deb baqirdi Omad hamon poççasiga qaramay-netmay, teşani boşi uzra öynatib. – Ikki bölib taşlayman!
Romiz Jöra avval ğoyatda bosiqlik bilan qaynisining kiftiga qoqib qöydi, şunda ham öziga ögirilib qaramayotgan Omadning qölidagi teşani avaylabgina olib, keksa tol daraxtidan meros – neça yillardan buyon şu yerda uzala tuşib yotgan tösinbop xodaga ötirdi. Omad qayerdandir qöliga ilingan söyil bilan qurollanib, hamon ilonni quvişda davom etdi. Zum ötmay uning afsuslangani eşitildi.
– Yöq, yöqoldi!.. Qayoqqa qoçdi?! Bir ursam ölardi-ya, poçça, töğrimi?!
– Ölmaydi, ölmaydigan xilidan… – Ilon ğoyib bölganidan mamnunligini yaşirmay kulimsirab javob qaytardi Romiz şoir. – Begona emas, beziyon, qiyomatli jöra tutunganmiz…
– Ola-a! Ja, opqoçasiz-a, poçça?
– Töğrisi, men yöğimda boğni qöriqlab yotadi. Jöra tutinganimiz rost.
Omad bilganidan qolmadi. U şoşa-pişa maydonça tomonga ötib ketdi. Romiz Jöra endi qaynisining bu qiliğiga eʼtibor qilmay qöydi, u Omadni “qurolsizlantirgani”dan xotirjam tortdi, çaraqlagan quyoş yoruğida yanayam yaşnab ketayotgan boğ manzarasidan dili yayrab, yana xoli qolişni köngli tusadi. Boğ hovlini oğuşiga olgan sukunatga vujud-vujudi bilan singib ketgisi keldi. Yonginasidan, yöq, özi orom olib ötirgan tösin-örindiq ostidan ötgan çoqqina ariqçadan oqib borayotgan suvning jildiraşi eşitildi. Odatda bu ariqçalarga suv boğlab keliş koni maşaqqat edi, hozir esa boğ sohibining muborak taşrifi şarafiga, mehr-sadoqatiga tabrik va tortiq maqomida buloq suvidek tiniq suv öz “oyoği” bilan çopqillab kelgandi…
Romiz Jöra xiyla pallagaça ixtiyorini parişon xayollari izniga qöydi. Közi çaman bölib yasangan boğda, xayolida esa… ayoli, qizi, öğli… akasi, opalari, döstlari… ustozlari, sadoqatli şogirdlari… u bilgan-netgan hamma-hamma yaxşi odamlar bu gözal hovliga jamlanişgan, hammalarining çehralarida tabassum, şodmonlik… Şu çoğda, şu boğda har narsa gözal, har narsa kökargan, har narsa kular… Romiz şoir umri mobaynida dilda pinhon tutgan orzusiga yetgan, armonlari qolmagan odamdek dam şuuri, şuuriga qöşilib vujudi zaminu osmon orasida muallaq parvoz qilayotgan bulut parçasidek özini yengil his qilar, dam esa qöl-oyoği holsizlanib tanasi toşdek oğirlaşib ketar, bunday özgaruvçanlik boisini tuşunolmay xavotirda turmoqqa şaylangan, hozirlangan ham ediki, birdan örindiq qars etdi. Tösin Romiz Jöra ötirgan joyidan sinib, egilib yerga tegib qoldi. Romiz Jöra turib ketmadi, qimir etmadi ham. Xayolining bir çekkasidan “Tabiiy, neça yillik tol qor-yomğir ostida çirigan” degan öy ötdi, xolos. Şu payt Romiz Jöra mutlaqo kutmagan hodisa yuz berdi: köz qiri bilan qandaydir ğimir-ğimir harakatni ilğagandek böldi. Eʼtibor bermadi. Biroq bir zum ötar-ötmas eʼtibor qilmaslikning iloji qolmadi: Romiz Jöra butun badani böylab qumursqalar çopqillab qolganini kördi. Kuldi. Nima qilişini bilmadi. Xiyolgina qözğalmoqçi yoki barmoğining uçginasini salgina qimirlatmoqçi bölgandi, çumolilar çunonam köpaydiki, çunonam jazavaga tuşdiki!.. Yirik-yirik, oqiş, sarğiş, qoramtir. Oyoqlari uzun-uzun. Quloğining uçi jizilladi, “Tişladi, – dedi Romiz Jöra. – Quloğimga kirib ketyapti”. “Labimni çaqdi…” deb ulgurmay çumolilar galasi qoşi, kiprigi orasini “payhon” qilib közlarini talaşga kirişdi. Romiz Jöra şunda ham qarşilik körsatmadi, çidadi. Qumursqalarni haydab soliş örniga özini çalğitişga tutindi. Köz qiri bilan yon-tevaragiga alangladi, qaynisining qorasi körinmasa-da, kömak istadi, şekilli, ovoz çiqardi:
– Omad.
Jim.
– Omad! – yana çaqirdi u bu safar ovozini xiyol balandlatib.
Omaddan sado kelmadi.
– Vazifangni, missiyangni aytmoqçi edim, payqading-a? – deb savol qotdi u.
Hovli, atrof-javonib şu qadar jimjit ediki, ariqçadagi suvning jildiraşi emas, hatto lola-lolaqizğaldoqlarning mayin şabadada ohista tebranişi va butun böy-basti böylab şiddat ila yugurgilab çopqillayotgan bezovta çumolilarning oyoq tovuşlaridan çiqqan “ştir-ştir”gaça eşitilardi.
– Qaçongaça şu ahvolda yurasan, Omad? Vaqtida oila quriş ham er yigitning vazifasi, burçi. Şu yoşingda söqqaboş yuriş yaraşmaydi, uka… – Romiz Jöra aytayotgan gaplarini qaynisi eşitayotganiga işonçi komil edi. Omad boğ hovlida turib aytgan gapingni şahardagi uyida turib ham eşitadiganlar toifasidan. Ha, uning quloği hamişa ding!
– Voyy, ustozzz!
Romiz Jöra sapçib tuşdi. U özini önglab, oğiz oçib ulgurmay, yonginasida paydo bölgan Farida ikki qöllab hay-haylaganiça Romiz Jöraning boşi, beti, yelkalarini qoqa ketdi.
– Asta, Faridaxon, asta, – dedi şipşib Romiz Jöra. Uning gapirayotganidan foydalangan çumolilar tap tortmay oğziga ham kirib ketayotgandi. – Şovqin kötarmay qöya qoling.
Farida quloq solmadi. Öz bilganidan qolmay Romiz Jöraning butun gavdasi böylab pastdan tepaga, tepadan pastga qarab quvalaşayotgan, çopqillaşayotgan tumonat çumolini qoqib taşlaşga tutindi. Ustozini bu ahvolda körganidan behad xavotirga tuşgandi. Biroq u harçand unnamasin, çumoli izdihomi kamayadiganga öxşamadi. Şunga qaramay, qizgina mehribonçilik körsatişdan töxtamas, Romiz Jöra esa uning bu qadar kuyunçakligidan xijolatda joni halak, qolaversa, atayin bir özi kelgan dala boği şu qadar gavjumlaşib ketgani sirini tuşunolmayotgan edi.
– Kela qoling, Ziyoda, qayoqda yuribsiz? Bir özim uddalolmayapman!
– Ziyoda?!
Kutilmagan taşrifdan Romiz Jöraning közlari çaraqlab ketdi. “Ana, xolos!” deb yubordi u röparasida paydo bölgan yana bir sadoqatli şogirdiga közi tuşib. Böyçan, adl qomatli, közlari moviy, özi – yuz-közi, bilaklari, uzun-uzun barmoqlari paxtaday oppoq Ziyoda vahima kötariş bobida Faridadan ötib tuşdi. U ham ahvolni körgan zahoti, dugonasidan sörab-suriştirmay böyniga taşlagan römolçasi yordamida Romiz Jöraning ust-boşidan qumursqalarni qoqib tuşirişga kirişib ketdi.
– Köklardan malaklar qiz bölib tuşsalar…
Romiz Jöra harçand hoy-hoylamasin, bu ikki farişta misol qizni bunçalar mehribonlikdan töxtatolmasligiga közi yetdi.
– Qöynimga tölsalar, qöynimdan toşsalar gullarning hidlari…
Menga emas, boğga, lolazorga qaranglar, lolaqizğaldoqlar gözalligidan bahra olinglar, jon qizlar, – deya ularning eʼtiborini bölmoqqa urindi Romiz şoir… urinişlari zoye ketdi. Şunda… şunda birdan Romiz Jöra xayoliga kelgan fikrdan quvonib, öşa zahoti öyini ijro etişga kirişdi. Qizlarga sezdirmaygina asta örnidan qözğaldi, biroq boşidan oyoğigaça qumursqaga taloş odam göyo uçib borayotgandek oyoqlari yerga tegmay lolazor tomon yaqinlaşa boşlaganini payqagan qizlar yiğlamsiragan va yolboruvçan tovuşda qiçqirib yuborişdi. Biroq Romiz Jöra suvi belidan keladigan hovuzga tuşgan odamdek lolazor oraladi. Farida bilan Ziyoda uni taʼqib eta boşlaşdi. Romiz şoir dam-badam qadamini jadallaştirdi. Yugurdi. Yugura turib oyoği çalişib yiqildi, öt-ölan orasida çalqançasiga ğarq bölganiça hayrat ila bepoyon osmonga tikilib qoldi, közini uzolmay tomoşa qildi – bunday tiniq osmonni körmagandi Romiz Jöra hayotida! Boşi uzra oppoq çinni kabutarlar gir aylanib uçib ötişdi – Romiz Jöra kabutarlarning qanot qoqişini emas, hatto nafas olişini-da eşitdi. Qizlar hamon uning izidan quvib kelişayotganini kördi, turasolib moviy çamanzor oralab qoçişda davom etdi.
Qoçiş va quviş xiyla çözildi. Egilib-bukilgan öt-ölan orasida ilonizi söqmoqçalar paydo böldi. Romiz Jöra yana yuztuban yiqildi. Qizlar hayratdanmi-quvonçdanmi yo qörquvdanmi… jim bölib qolişdi. Romiz Jöra boşi uzra, uning boğ hovlisi uzra oq çinni kabutarlar oftob nurida yaraqlab-çaraqlab gir aylanayotganidan nazar-nigohini uzolmadi. Özi ham ularga taqlidan lolazor içra aylana yasab qoçgisi keldi, mayliga, qizlarning esa uni quvişda davom etişlarini juda-juda istadi. Va yoş bolalardek qoçib keta turib yöl-yölakay ikki qöllab lola terişga tuşdi. Tergan lolalari bir quçoq bölgandagina yugurişni bas qildi, qadamini sekinlatib, xarso-xars olayotgan nafasini rostlaşga urinib, boyagina ötirgan – singan tösinning bir çekkasiga çökdi. Zum ötmay uning izidan qizlar ham yetib kelişdi. Ular kela solib Romiz Jöraning ust-boşiga qaraşdi.
– Voy, bittayam qolmabdi! – deya baravariga çapak çalib yuborişdi Farida bilan Ziyoda quvonganlaridan, şunday bölsa-da, beixtiyor ustozning ust-boşini harir römolçalari bilan qoqib, artib-surtib mehribonlik körsatişdan töxtaşmadi.
Romiz Jöra quçoği töla lolalarni baland kötarganiça ikkala qizning boşi uzra silkitdi. Qizlar şodlana-şodlana qah-qah otib kula boşladilar, zum ötmay ular boşdan-oyoq alvongul yaproqlariga çulğangança bir-birlarini qutlay ketişdi. Romiz Jöra bu ajib manzaradan sarxuş kayfiyatda… ayni şu payt darvoza tiqirlaganday böldi. Romiz Jöra birdan huşyor tortdi. Xayol gulzori tözidi-ketdi. Şunday tuyuldimi, degan öyda quloq soldi. Darvoza tiqirladimi-taqilladimi, har qalay, kimdir çaqirayotgani eşitildi. Romiz Jöra darvoza tomon ikki-uç qadam qöygan joyida taqqa töxtadi, iziga qaytdi va yerda yotgan aslahalarga qaradi. Birov körib qolmasin degan xavotirda şoşa-pişa ularni ustma-ust qöliga olganiça uy ortidagi maydonça tomon yugurdi. Jadal bora turib, yöl-yölakay gapirdi: “Yaxşiyam kelgan ekanman!” U kaftlarini bir-biriga urib qoqa-qoqa darvoza tomon borarkan ovoz çiqarib takrorladi: “Erta bahordan aylanay, erta bahordan! Yaxşiyam kelgan ekanman. Yaxşiyam!..”
Romiz Jöra jadal borib, darvozaning yakka tavaqli eşikçasini astagina oçdi. Ne köz bilan körsinki, röparasida jingala soçlari sutdek oppoq betlariga, tim qora közlariga biram yaraşgan, oq, sariq, qizil gulli yap-yangi harir köylakçasi tor va ovloq köchani yaşnatib yuborgan jajjigina qizaloq turardi.
– Man-çi, sizga şirin-n ovqat opkeldim, amaki…
Qizaloq jarangdor ovozda şunday dedi-da, qölidagi tugunçani Romiz Jöraga uzatdi. Romiz şoir jurʼatsizlanib tugunçani olişini ham, olmasligini ham bilolmay, hamon hayratlardan huşini yiğolmay alangladi.
Köça kimsasiz, jimjit edi…
Xurşid DÖSTMUHAMMAD
1951-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Jajman”, “Qazo bölgan namoz”, “Ozod iztirob quvonçlari”, “Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari”, “Beozor quşning qarğişi”, “Bozor”, “Donişmand Sizif” kabi asarlari kitobxonlar könglidan joy olgan.
X. Döstmuhammad
“Eʼtirof – 2016” tanlovida yilning eng yaxşi yozuvçisi deb topildi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


