– Anvar aka, har bir sohada, ayniqsa, ijodda isteʼdodning ahamiyati beqiyos, deymiz. Sizningça, isteʼdod insonga tuğma beriladigan ilohiy tuhfami yoki keyin şakllanadigan könikmami? Isteʼdodni toblaş uçun yoş ijodkor nimalarga eʼtibor qaratişi lozim deb hisoblaysiz?
– Isteʼdod qondan qonga ötadigan, ayrim insonlarga bönak sifatida beriladigan taqdirlov bölsa kerak, deb yuraman özimça. Balki, biron-bir maqsadga tirişqoqlanib intilaveriş, öta mehnatsevarlik orqali yuksak malakaga erişsa bölar; tuğma isteʼdod egasi esa, hatto yalqovlikda ham, eʼtiborni tortuvçi qirralari bilan bölak yalqovlardan yaqqol ajralib turaveradi. Kişidagi isteʼdod, asosan, zahmatlardan çöçimaslikda, uzluksiz izlanişlarda, bilimdonlar bilan suhbatlaşuvlarda, bahslarda, faoliyatdagi domiy bellaşuvlarda kun sayin toblanaveradi. Parvarişlab borilmagan isteʼdod ekilganiça qarovsiz qolib ketgan köçatni eslatadi.
– Ijodkorning xarakteri uning uslubini belgilaydi, degan gap bor. Demak, yozuvçi yoki şoir öz tabiatiga sodiq qolişi, uni turli taʼsirlardan asrab-avaylaşi orqali, aytiş mumkinki, öziga xos uslubini şakllantiradi. Şundoq bölsa ham, barça ijodkorlarning şaxsiyatida qaysi jihatlar mujassam bölişi şart deb hisoblaysiz?
– Ola-bula rangga böyalgan muşuk yölbarsga aylanolmaydi. Biz ijodda, kimlargadir havas qilib, taqlid qilib, özimizni boşqaça körsatişga neçoğli urinmaylik, u yoki bu voqelikka munosabat bildirişda, baribir, kimligimiz oçilib qolaveradi. Özligimizdan qolmaganimiz yaxşi. Siz haqsiz – menligiga sodiq adibning ijod uslubi, asosan, uning xarakteri hududida şakllanadi, ozmi-köp öziga xoslik aynan şu jarayonda hosil böla boradi.
Ijodkor şaxsiyatida qanday jihatlar mujassam bölişi kerakligiga kelsak, birinçi navbatda, qaysi yurtning fuqarosi, qaysi millatning farzandi ekanligini hayotda ham, ijodda ham kunu tun his qilib turişi şart. Badiiy adabiyotdan taşqari, avvalo, öz elatining keçmişiga, madaniy-maʼnaviy merosiga, buyuk allomalariga, dovruqli arbobu sarkardalariga oid tarixiy asarlar bilan imkon qadar köproq tanişib borişi behad foydalidir. Jahonni taniş özligini tanişdan boşlangani maʼqul. Oddiy odamlar bilan köproq birga böliş adib uçun mahorat akademiyasi vazifasini ötaşiga şubham yöq. Şundagina, uning yozganlari özbekning oğaynisiga aylanadi. Xalq tilidagi gözalliklarni, iboralaridagi teranliklarni, pisandalaridagi ötkirliklarni heç bir “imlo luğati”dan, heç bir “izohli luğat”dan, heç bir ilmiy-maʼrifiy asardan topib bölmaydi. Ularni rasmiyatçilik soya solmaguçi çapaniça suhbatlardan, ulfatona çaqçaqlaşuvlardangina “ömariş” mumkin.
– Samimiyat – adib uçun eng muhim fazilatlardan biri, deyişadi. Siz ijoddagi samimiyatni qanday tuşunasiz?
– Ijoddagi samimiyat – öz qurbing darajasidan balandroqqa sakraşga çiranmaslikda, özingda yöq narsani bordek körsatişga urinmaslikda namoyon böladi, çamasi.
– “Ajinasi bor yöllar” kitobingiz aynan samimiyati, rost ifodalari bilan öquvçini rom qiladi. Şaxsan özim ham kitobning ayrim joylarini yayrab kulib, ayrim joylarini yiğlab öqidim. Asarda nafaqat baʼzi birovlarni, özingizni ham ayamagansiz. Holbuki, biz öqigan köplab memuarlarda muallif faqat özining yutuqlari, ijobiy fazilatlari haqidagina töxtaladi. Sizning asaringizda esa “Boburnoma”ga xos töğrisözlik, mardona ruhni köramiz. Özingiz haqingizda bunday rost, oçiq kitob yozişga sizni nima undadi? Agar imkoni bölganda, ana şu umr sahifalarining qayerlarini özgartirgan, qayta yozgan bölardingiz?
– Bu asarda meni borini boriça yozişga undagan asosiy omil kitobxonlarni sirdoş oşnalarim deb tasavvur qilganim bölsa, ajabmas. Iloji bölganida, yaʼni kitobni ortiqça semirtirib yuborişdan çöçimaganimda, eng avvalo, ötgan umrim mobaynida menga xolisona yaxşilik qilgan ming-minglab kişilar töğrisida birma-bir töxtalgan, ziğirdekkina muruvvat körsatganlarni ham alohida taşakkurlar bilan tilga olib ötgan bölardim. Kölami, ahamiyati neçoğli ekanidan qatʼi nazar, har qanday yaxşilik mukofotga loyiqdir.
– “Mukofot” degan gapingizni eşitib, bir narsa yodimga tuşib qoldi. Ijodkor döstlarimizning aytişiça, Toşkent davlat pedagogika universitetida bölgan ijodiy uçraşuvda köp yillar oldin Yozuvçilar uyuşmasida masʼul vazifalarda işlagan ardoqli adibimiz Nosir Fozilov siz haqingizda sözlab, Anvarjonning qaysarlik tomonlari ham bor, uni ikki-uç marta adabiy mukofotga, bir marta yoşlar taşkiloti mukofotiga loyiq topganimizda, nimagadir, olmayman deb turib olgan edi, degan ekan. Nima sababdan olişni istamagansiz?
– Nega istamas ekanman? Aslida, içimda xohlab turganman. Faqat, bunaqa mukofotlarni öntaça kitobim bosilib, ançagina tanilib bölganimdan keyin emas, naşriyotlarga yölim oçilişida foydasi tegadigan paytlarda, yaʼni ikkinçi yoki uçinçi kitobim çiqqanidayoq berişlari kerak edi, deb özimça arazlaganman, xolos.
– Oçiğini aytsam, balandparvozroq javobni eşitsam kerak, deb turgandim. Kutilmaganda, usta Gulmatdek töğrisini aytib qöya qoldingiz. Darvoqe, siz kaşf etgan usta Gulmat, Kulkul afandi “devon”lari öquvçilar orasida maşhur. Hatto adabiyot tarixida şunday mumtoz şoirlar ötgan ekan-da, deb öylovçi soddaroq muxlislar ham topilib turganini bilamiz. Bunday ğaroyib asarlarning tuğilişiga ilkavval nima sababçi bölgan? Bunday yondaşuv, uslubning sizga bergan qulayligi, anʼanaviy hajviyotdan köra ustunligi nimada? Va yana bir savol – sizning tasavvuringizdagi Gulmat va Kulkul asosan nimasi bilan bir-biridan ajralib turadi?
– Gulmatning tuğilişiga buyuk Abdulla Qodiriyning Kalvak maxzum, Toşpölat tajang haqidagi içakuzdi hajvlari sabab bölgan. Şunaqa çapanilar şoir bölişga intilsa, qanaqa şeʼrlar töqigan bölardiykin, deb öyladim-u, beixtiyor yoza boşladim. Bir-ikkitasini barmoq vaznida bitdim. Nimadir yetişmayotgandek tuyulaverdi. Öylab körsam, Kalvak maxzumga zamondoş bölgan “eskiça şoir”ga ğazal janri köproq yaraşarkan. Aruzga unça epim bölmasa ham, tavakkaliga yozaverdim. Gulmat qahqahalarining anʼanaviy hajviyotdan farqi, qulay tomoni (ustun tomoni demaganimiz tuzuk) şunda ediki, ön töqqizinçi asrning oxirlari, yigirmançi asrning boşroğida yaşab ötgandek taassurot uyğotuvçi bu yasama şoir tilidan öşa saksoninçi yillarning qolipiga siğmaydigan ança-munça tiğdor sözlarni aytiş imkoniyati tuğilgandi. Senzuraçilar ulardan baʼzilarini gazeta-jurnal sahifalaridan olib taşlasa-da, bu qadim zamondagi gaplar-ku, degan bahona bilan noşirlar bir qismini çop etib turişardi. Keyin, Gulmatning nevarasi Kulkul afandi paydo böldi. Ikkovining orasidagi asosiy farq şuki, Kulkul afandi buvasidan köra birmunça zamonaviy.
– Hajviy şeʼrlaringiz mumtoz adiblarimiz ifodasiga, tiliga yaqin uslubda yozilgan. Buning sabablarini hozirgina aytdingiz. Bu usul hajviy adabiyotimizda urfga aylandi. Hatto qiziqçilar, askiyaçilar ham şu yölga ötib, odamlarni kuldirgan paytlar böldi. Bunday şeʼrlar barmoq vaznida yozilsa, taʼsir kuçini yöqotadimi?
– Bu hajvçining mahorati darajasiga boğliq. Masalan, Erkin Vohidovning “Matmusa” turkumidagi hangomalari barmoq vaznida bitilgan bölişiga qaramay, Gulmatdan köra maşhurroq bölib ketdi.
– Kiçkintoylarga atalgan biri falsafiy, biri yumoristik şeʼrlar, bolalarbop ğazallar, qissalar, hikoyalar, pyesalar – ijodingizning yirik böğinlari. Kattalar uçun ham turli janrda jozibador asarlar bitgansiz. Albatta, ularning har biri siz uçun nihoyatda qadrli. Ammo, şunday bölsa ham, ayting-çi, agar sizga şulardan faqat biri bilan şuğullaniş talabi qöyilganida, qaysi birini tanlagan bölardingiz?
– Sira ikkilanib ötirmay, bolalar şeʼriyatini tanlardim, albatta. Bolalarga qöldan kelgança yaxşilik qilib yaşaşdan ortiqroq saodat yöq men uçun.
– Bolalarga yoziş öta masʼuliyatli iş ekani köp bor aytilgan. Çunki, egri ğoyali asar bolalarning murğak ongini bir umrga majruh qilib qöyişi mumkin. Şu bois, kiçkintoy kitobxonlarga atalgan şeʼr, hikoya, qissalar qiziqarli bölişi bilan birga, ularning mohiyatiga ulkan umuminsoniy, ezgu ğoyalar jo qilinişi kerak. Şundan kelib çiqib, söramoqçiman – yoş öquvçilarga taqdim etilayotgan asarga kattaroq falsafiy maʼno yuklaşda uning zerikarli, “oğir” bölib qolmasligini taʼminlaş uçun adib nimalarga eʼtibor berişi, nimalarga rioya qilişi lozim?
– Bolaga atab yozilayotgan asarni ovqat deb faraz qilsak, öta issiq bölsa, oğizni kuydiradi; öta sovuq bölsa, içakni şamollatadi. Ammo, ikkovidan ham xavfliroği – butkul bemazasi, bitta tuzi past asar bolani kitobdan umrbod bezitib taşlaşi heç gapmas. Şu bois, bolalarga yozayotganda, adib özini ularga öyinçoq yasayotgandek tutib, ularda bu narsaga qanday qilib köproq qiziqiş uyğotiş mumkinligini, farzandlarimizni u nimalarga örgatişi bilan alohida ahamiyat kasb eta olişini oldindan çamalab turmoği lozim. Bolalarga bağişlab yozişda kiçkintoylar tuşunçasidan, ularning öziga xos atvoridan, odmiginga fikrlaşlaridan, şiringina, soddagina gaplaşuvlari doirasidan ortiqça uzoqlaşib ketmaslikka rioya qiliş talab etiladi. Eng qiyini mana şuni uddalaşdir. Bolalarning tabiatiga yot kitob bolalarga qöşilib “öynolmaydi”.
– Kitoblari önlab xorijiy mamlakatlarda çop etib kelinayotgan nomdor adibimiz Xudoyberdi Töxtaboyev Yozuvçilar uyuşmasida bölgan yiğinda ijodingiz haqida töxtalib, Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlar kattalar adabiyotida qanday tub özgarişlar yasagan bölsa, Anvar Obidjon bolalar adabiyotida xuddi şunday inqilob qildi, uning asarlarini allaqaçon jahonga olib çiqişimiz kerak edi, degan gaplarni aytdi. Siz özingiz tarjima masalasiga qanday qaraysiz?
– Özimdagi kamçiliklardan biri – boşqalarning asarini tarjima qilişga hafsalam yöqligi. Marşakning beş-oltita şeʼrini özbekçaga ögirib, qança-qança totligina sözlarni, körkamgina iboralarni birovning şeʼriga işlatib yubordim-a, deb içimda tixirlanganim esimda. Keyinroq belorus adibasi Olga Ipatova mening “Alamazon va uning piyodalari” kitobimni, baʼzi şeʼrlarimni rusçalaştirib, özining bir qissasini ham özbek tiliga ögirişimni söraganida, yöq deyolmagandim (uning işi manzur bölmay, Alamazon haqidagi asarimni, piça vaqt ötgaç, özbekçani suvdek içvoradigan Zoya Tumanovaga boşqatdan tarjima qildirganman). Şeʼrlarimni özbekistonlik, rossiyalik bir neça qalamkaşlar rusçaga aylantirib körişgan. Oçiği, aksariyati könglimga ötirmagan. Ölmas Umarbekov (iloyim, u kişining oxirati obod bölsin) Yozuvçilar uyuşmasi raisi ekanida, meni yöqlatib, bolalarga atalgan şeʼrlaringizni rusçaga sözma-söz tarjima qildiring, özim ularni Moskvadagi naşriyotga topşirib, kitobingizni bostirib beraman, deb qoldi. Şunda men “noşukurçilikka ötib”, özimizdagilardan, moskvaliklardan tört-beştasi şeʼrlarimni yengil-yelpigina ögirib yuribdi, siz aytayotgan naşriyotidagilar ham töplamimni örtaçaroq tarjimonlarga berişi mumkin, to özimbop tarjimonni topmagunimça şoşmay tursak maylimi, desam, hayronlanib tikilib qolgandi.
Umuman olganda, men, avvalambor, özbek bolalari uçun yozaman. Aholimizning ön milliondan ziyodini taşkil etuvçi farzandlarimizning, loaqal, yuztadan bittasiga taniqli bölib olsam ham katta gap, menga şuning özi yetadi, şuning özi ulkan baxt.
– Maşhur şved bolalar yozuvçisi Astrid Lindgren 1978-yili “Tinçlik mukofoti”ni oliş çoğidagi nutqida bolalarga jismoniy jazo berişning jiddiy oqibatlari haqida sözlagaç, Şvetsiyada bolalarni urib jazolaş qonunan taqiqlanadi. Yoş avlod qalbi va ruhiyatini yaxşi bilgan adib sifatida ayting-çi, bola tarbiyasida qattiqqöllik va erkalatişning meʼyori, mezoni qanday? Bugungi ota-onalar, öqituvçilar yöl qöyadigan eng asosiy xatolar nimalardan iborat, sizningça?
– Bolalarning baxtli hayotini, haq-huquqini himoya qiliş butun dunyoning, jumladan, mamlakatimiz rahbariyatining-da diqqati markazida bölib kelmoqda. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da bolalar haq-huquqiga oid maxsus bölimlar ham bor. Deklaratsiyalar, qonunlar yaxşi, ammo hayot boşqa narsa ekan – aynan şu masalada özini jonkuyardek körsatib kelayotgan baʼzi davlatlarning askarlari bugun u yoki bu mintaqada bolalarning ustidan ayovsiz bomba yoğdiryapti, ularni yetimlarga, qoçqinlarga aylantiryapti. Olamdagi barça bolalarni öz farzandlarining, öz uka-singillarining örniga qöyib köra oladigan mehrli, oqköngil insonlarni tobora köproq tarbiyalab yetiştira olsak edi, ayrim zöravonlar buzişi mumkin bölgan qonunlarni nazorat qilişga tugalay hojat qolmagan bölarmidi…
Öz farzandlarimning dastlabki tarbiyaga muhtoj davrlari mening Toşkentdan iş topiş uçun bir neça yil sarsonlanib yurgan, iş topganimdan keyin ham, to uyli bölgunimça, ulardan olisda yaşab turgan paytlarimga töğri kelgani bois, bolani töğri östiriş böyiça uquvli otalar qatoriga qöşolmayman özimni. Şunga qaramay, uşbu soha mutaxassislarining fikrlari, namunali oilalarni körib-kuzatişdan yasagan xulosalarim, qadimiy udumlarimiz tubida yotgan noyob-noyob saboqlardan kelib çiqib aytişim mumkinki, ota-onalar qattiqqöllik bilan yovuzlikning, erkalatiş bilan taltaytirişning orasidagi çegarani aniq his eta olişi bola tarbiyasida öta muhimdir. Öylaşimça, biz ota-onalar, öqituvçi-murabbiylardan ayrimlarimizning eng yirik xatomiz – har bir bolaning feʼl-atvoriga qarab, har biriga ayriça-ayriça munosabatda böla olişni goho tökis örinlatolmaymiz.
– Jamiyatimiz katta yangilanişlar, özgarişlar içida yaşayapti. Bugun mamlakatimizda adabiyotga, kitobga qaratilayotgan eʼtibor har qanday ziyolini, ayniqsa, ijodkorni quvontiradi. Mana, yaqinda ustoz Erkin Vohidovning 80 yilligi keng nişonlandi. Uçraşuv va tadbirlar hozir ham ötkazilyapti. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning kitobxonlikni kuçaytirişga qaratilgan farmoyişi eʼlon qilindi. Bunday amaliy harakatlar, şubhasiz, sizni ham xursand qilgani tabiiy. Xöş, bu borada qalam ahli qanday amaliy iş qilişi zarur? Bu ezgu jarayonda yozuvçilarning iştiroki, hissasi qanday bölmoği kerak?
– Prezidentimizning suyukli şoirimiz Erkin Vohidov yubileyini bayramona nişonlaş töğrisidagi qarori adabiyot ahlining qalbida katta kötarinkilikni yuzaga keltirdi, desam, heç qanday mubolağa bölmaydi. Yurakdan çiqarib xizmat qilsang, bu yurtda albatta qadr topasan, degan tuşunça ölkamizdagi har qaysi adibning bir kuçiga ön kuç qöşişi tabiiydir. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning “Ijod” fondini taşkil etiş taşabbusi, avvalo, adiblarning faoliyatini keskin jonlantirişga keng şaroit yaratgan bölsa, bugun Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning kitobxonlikni kuçaytirişga qaratilgan farmoyişi adabiyotning xalqimiz maʼnaviyatini östirişga yanada köproq, samaraliroq xizmat qilişini yangi, yuksak bosqiçga kötardi. Ayniqsa, kutubxonalarni köpaytirib, eng zarur kitoblar, jumladan, bolalarga möljallangan adabiyotlar bilan boyita borişga oid gaplardan boşimiz osmonga yetdi. Biz bu ğamxörliklarga javoban yurtdoşlarimizning, birinçi galda, yoş avlodning Vatan oldidagi muqaddas burçlarini çuqurroq anglab yetişiga uluş qöşaverişdan, tinçlikni, halol mehnatni, ahil-inoqlikni qadrlaşga çorlovçi asarlar yarataverişdan çarçamasligimiz lozim. Bu jarayonda mehnatkaşlarning içiga kirib, köproq gurunglaşib tursak, ularning könglidagi gaplarga ohangdoş asarlar yaratsak, ularni yangi-yangi yutuqlar sari ruhlantiraversak, yurtimizda amalga oşirilayotgan biri biridan uluğvor yumuşlarda öz hissamiz borligidan haqli ravişda faxrlanib yuradigan bölamiz. Uşbu yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb atalişi faqat boşqaruv idoralari xodimlariga emas, biz ijodkorlarga ham tegişlidir, degan fikrdaman.
– Umuman, ijodkorning xalq içida bölişi nimalarda körinadi?
– Bu – adib yozgan asarning mazmunida, mohiyatida namoyon böladi. Yuzaki kuzatişlarga tayanib, boşqa kitoblardan olingan taassurotlardan taʼsirlanib bitilgan xonaki asar quruq çiqadi. Syujetlardan syujet, falsafalardan falsafa yaratiş ham oson iş emas, lekin badiiy asardagi topilmalar, yangiça falsafiy talqinlar qançalik salmoqdor bölmasin, kitobdagi voqealar real turmuşimizning aniq-tiniq manzaralari, tirikçilikdagi muammolarning borliq mayda-çuyda körinişlari bilan çambarças boğlana olmagan bölsa, öquvçi adibning mahoratiga unça tan beravermaydi. Özi çegaçilik qilmagan esa-da, jilla qursa, çegaçi bilan oş-qatiqlaşib yurmagan qalamkaş öz asariga bu kasb egasi obrazini aralaştirmagani durustmikan, deyman-da. Qisqasi, xalqning içidan çiqib kelgan adibning kitobi xalqning içiga osonroq kirib bora oladi.
– Yetmişga tölganingiz munosabati bilan turli tadbirlar, uçraşuvlar ötkazilyapti. Ulardan olayotgan taassurotlaringiz töğrisida ham töxtalsangiz.
– Özimga, ijodimga qaratilayotgan bunday samimiy eʼtibordan xursandman, albatta. Bu mamlakatimizda qalam ahli eʼzozlab kelinayotganining yaqqol misollaridan biri, deb öylayman. Uyuşmamiz rahbariyati tabarruk ustozlarim, qalamdoş qadrdonlarim, adabiyot ixlosmandlari iştirokida çiroyli tadbir ötkazib berdi. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida ijodiy faoliyatimga bağişlanib, respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman taşkil etildi; poytaxtdagilardan taşqari turli viloyatlarda yaşovçi taniqli adabiyotşunoslardan ayrimlari ham taşrif buyurişdi, ularning asarlarim haqidagi tadqiqotlarini alohida kitob qilib çiqarişdi. Goho, közlarimga işongim kelmaydi…
Uçraşuvlar davom etib turibdi. Şular içida, ğoyibona tarzdagi kutilmagan bir uçraşuv yuragimni boşqaça tölqinlantirdi. Andijon viloyatidagi közi ojizlar muassasasiga qaraşli kutubxonaning Marğubaxon ismli xodimi qönğiroq qilib, men hozir şahrimizdagi 24-maktabning ikkinçi “a” sinfi öquvçilari orasida turibman, telefonimiz radiokarnayga ulab qöyilgan, bolalar sizni tuğilgan kuningiz bilan qutlamoqçi bölişyapti, dedi. Ortiqça hayajonlanib ketganimdan, lol turib qoldim. Oldin, sinf rahbari Muxtasarxon meni tabriklagan böldi, söng, öquvçilardan baʼzilari bilan savol-javob qildik, baʼzilari şeʼrlarimni yoddan öqib bera boşladi. Ulardan bittasi, qatordan qolişni istamadi şekilli, Anvar bobomniki deb boşqa şoirning şeʼrini ham jaranglatib öqib taşladi. Buni sezmaganga olgan bölsam-da, özimning bolalikdagi quvligim esimga tuşib, şunaqangi maza qilib kuldimki!
Bunday tadbirlarni uyuştirayotgan taşkilotçilardan, menga çeksiz ehtirom körsatib, qimmatli vaqtini ayamay yiğinlarga kelayotgan mötabar ustozu döstlarimdan, aziz şeʼrxonlardan juda-juda minnatdorman.
– Bizdan vaqtingizni ayamaganingiz uçun sizga ham rahmat. Siz kabi atoqli adiblarga havasi keladigan, elga manzur ijodkor bölişni orzu qiladigan yoşlar behisob. Tahririyatimiz eşigini eng köp taqillatadiganlar ham ana şunday yoş, umidvor qalamkaşlar. Ularga qanday tavsiyalaringiz bor?
– Özingizni adib deb ataşdan qörqmang, özgalar sizni adib deb atamasligidan qörqing!
Orif TOLIB
suhbatlaşdi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


