8 daqiqada öqiladi

4 136 marta körilgan

Adabiyot millat ustunidir

Yöldoş Eşbek

Men tuğilgan paytlar uruş tugab, dasturxonlar tökinlaşib ulgurgan edi. Uyimizda kitob köp bölardi. Uzun qiş keçalari qöşnilar yiğilişib kitobxonlik, qissaxonlik, dostonxonlik qilişardi. Alim Baxşi Haqqul öğli degan hassos baxşi bor edi. Şomdan tonggaça “Kuntuğmiş”ni kuylab çarçamasdi. Asli zarbandlik. Baxşilikni birovdan örganmagan, qamoqda özi dömbira yasab, özi kuylagan. Hoynahoy, adabiyotga, sanʼatga bölgan işqimni şu sanʼatkor olovlantirdi. Bobo-momolarimda adabiyotga iştiyoqmandlik bölgan-bölmaganini aytolmayman-u, lekin, yaqinda dunyodan ötgan toğam tuyqus öziça şeʼr töqib qolardi. Harneçuk zotimda ham söz sanʼatiga oşuftalik bölgan deb bemalol gapirsam böladi. Quyi sinflarda şeʼr maşq qildim, 10 sinfga kelib özimça hikoyaçilikka ötdim. Teşaboy sinfdoşim bitiklarimni maqtardi. Ammo özimning könglim tölmay biror joyga olib borişga jurʼat etmaganman.
Ustozlarim haqida gapirsam, eh, ular juda köp! Albatta, ularning avvali – otam. Otamning bor-yöği tört sinf hajmidagi savodi bor edi. Biroq u kişi adabiyotni, badiiy asarlarni juda yaxşi körar, köp va xöb mutolaa qilardi, rahmatli. Şuning barobarida, qoruvli, polvon odam edi. Lekin jismoniy kuçini oşkor etmasdilar. “Kuç degani bir daqiqalik. Odam mört, ojiz. Lekin, polvon böliş kerak. Eng asosiysi, ilm ol, ilm ötkinçi emas,” deb qöyardilar. Otam haqida haligaça döstlari, el-yurt hurmat bilan gapiradilar.
Men ustoz şoir Ibrohim Ğafur taʼsirida mansuralar bitayotganimga köp böldi. Mansura nima ekanini heç kimdan söramadim, duç kelmadim, lekin Ibrohim akani şoir deyişim sababi, özimça angladimki, mansura, ilm-nasr aralaş şeʼr yoki nasrdagi nazmdir. Şu mansuralarimda ammalarim, bobolarim, ajdodlarimni qisman-qisman, qisqa-qisqa vasf etdim.
Töqqizinçi sinfda Miytanda öqirdim. Şifoxonada Allanazar Qarşiyev degan otaşqalb şoir bilan bir xonaga tuşib qoldik. Ikki-uç kunda adabiyotga qaraşlarim kengayganday böldi. Tuzalib çiqayotganda şifokor, daftarimizga hozirning özida bir şeʼr töqib yozib bersangiz, dedi. Allanazar aka qalam uçiga qarab bir daqiqa öylanib turdi-da, daftarga tez yoza ketdi:

Şogirdisiz Ibn Sinoning,
Burçingizga sodiq qoling.
Talabimiz sizdan katta,
Ajalga ham tuşov soling!

Men bu jafokaş zotni ham ustozim deyman. Şuningdek, adabiyot muallimim Fayzulla Normatni ham doim eslayman. Maktabda uronğiç muallimlarimiz ham bölardi. Ularning darslarida tinç ötirardik. Fayzulla aka heç kimga yomon va biror söz ortiqça gapirmas, vazmin edilar. Bilmasangiz, “köproq öqiş kerak”, deya gajak qilib “2” qöyardi. “Köproq” sözi “ö” bilan “u” tovuşlari örtasida öziga xos gözal bir talaffuzda jaranglardi. Sözlari aktyor bilan xonanda orasidagi bir mehrli ovoz ohangini taratib turardi. Eng şöx, eng töpolonçi bola ham darsda sehrlanib, sinf suv quyilgandek tinçlanib qolardi. Allanazar aka va Fayzulla akalarni umrim boriça eslayman.
Şuningdek, matematika öqituvçilarim Rustamjon aka Yoqubov, Abdualim aka Razzoqovlarni ham heç qaçon unutmayman. Biri qattiqqöl, ikkinçisi köngli böş muallimlar. Ikkalasini ham yaxşi köramiz. Umrlari uzoq bölsin. Matematikadan yaxşi öqiganim uçun Toşkent Politexnika institutiga kirdim va beşinçi kursga kelganda adabiyotga bölgan işqim ToşDUga boşladi. Öşanda bir-biriga “zid”roq öquv yurtlari bölgani uçun “almaşiş” biroz qiyin keçdi. Biroq bu masalada öşa paytdagi taʼlim vaziri, filologiya fanlari doktori Ğanijon Abdullayev şeʼrlarimni öqib yordam qölini çözdilar. U kişini ham ustozim deyman. Umrbod unutmayman. Xullas, mening hayotim yordamlar ustiga qurilgan. Kimning hayoti şunday emas!
Eh, talabalik! Yotoqxonalarda, auditoriyalarda uzundan-uzoq şeʼrxonliklar bölardi. M.M.Döst, T.Murod, E.Aʼzam, S.Hakim, U.Qöçqor, A.Suyun, Ş.Qurbon, X.Davron, N.Karim, A.Islom, A.Bağir, Ya.Qosim, M.Kenjabek, S.Said singari biz tengqur adib-u şoirlar, tonggaça şeʼrxonlik va adabiy suhbatlar qilar, goh maşinada şahar aylanar edik. Buni heç unutib bölmaydi.
Oliygoh tahsilidan söng “Goskomizdat”da katta muharrir, “Yoşlik” jurnalida boş muharrir örinbosari lavozimlarida işladim. Şu yillar davomida turkum şeʼrlar bitdim va bu adabiy izlanişlar hamon davom etmoqda. Alloh umr bersa, boşqa janrlarda ham özimni sinab körmoqçiman. Mening hali çiqmagan, yozilmagan şeʼrlarim juda köp. Çiqmaganlari bilan maqtanolmayman. Lekin tahririyatlarda yotib-yotib, köçib-köçib, oxir ön yillardan söng çiqib, şeʼrxonlardan, şeʼrşunoslardan yaxşi sözlar eşitganimdan quvonaman. Adabiyot ortidan şuhrat topdim. Eng muhimi, eʼtiqodimni özgartirmadim. Boşda qanday eʼtiqodda esam, hozir ham şunday yozmoqdaman. Leninni, uning inqilobini, Kommunizmni, Qizil oktyabrni şaraflab şeʼrlar bitmadim. Harqalay, bularni hozir qoralaşdan köra, öşa paytda şaraflamaganim afzalroqdir.
Hayot bizning istagimizga böysunmaydi. Hayot gözal ersa-da, yozilmagan beşafqat qonunlari, sinovlari ham bor. Xudoga şukurki, bizning avlod bu sinovlardan eson-omon ötdik.
Adabiyot – millatning ruhi. Uning rivoji uçun hamma birday yordamçi bölsa, nur ustiga nur bölardi. Har bir ijodiy jamoaning rahbariyat bilan, tahririyatning muallif bilan munosabati soğlomlaşsa, adabiyot rivojlanadi.
Darvoqe, örni kelganda bir gapni aytib qöysam. Sönggi yillarda matbuotimizda bir anʼana paydo böldi. Qarang, şeʼriy turkumlar berilganda qanday bölişidan qatʼi nazar tahririyat vatan haqidagi şeʼrlarni oldinga qöyadi. Nima uçun? Axir şeʼr saviya jihatidan oldinda turmaydimi?! Axir, şoirning har bir şeʼri, u xoh gul haqda bölsin yo köngul, yo xazon, yo ildiz haqda bölsin vatan va ozodlik haqda emasmi? Yöqsa, şeʼr emas. Demoqçimanki, yaxşi şoir emas, yaxşi şeʼrni oldinga suring, vatanni obod qilgan bölasiz. Zero, adabiyot vatanning mustahkam ustunidir. Hazrat Navoiy Özbekistonda tuğilmagan, otasi ham, balki bobosi ham, lekin şu yurt u zotning vatanidir. Çunki til ham vatandir! Tildan ham yuksakroq bölgan vatan – millatdir. Vatan tuşunçasi murakkab, u faqatgina (tuğilgan) joy emas, jim, çuqur suriladigan öy hamdir. Buni his etgan odam vazminlaşadi, yengil-yelpi hayqiriqlarga berilmaydi. Şuning uçun ham uluğ şoirlarimizda bu söz juda kam, noyob, muqaddas.
Mening şeʼriyatdagi asosiy ustozim buyuk şoir, kamtarin inson, jasoratli vatandoşim Rauf Parfidir. Odil Yoqubov, Omon Matjon, Jamol Kamol, Maʼruf Jalil, Mahkam Mahmud singari ustozlardan köp yordamlar kördim. Buni ham unutmayman. Odil Yoqubovning mendan boşqa köp yoşlarga ham ğamxörlik qilganiga guvohman. Hatto insoniy yaxşiliklarni unutib, unga qarşi çiqqanlardan ham vaqtida madadini ayamaganidan xabardorman. “Guliston” jurnaliga Murod Xidir huzuriga kelardim, bu donişmand insondan turkiy bağrikenglikni xuddi R.Parfidan örgangandek örgandim. “Tafakkur zarralari” kitobini öqib quvondim. Men bu kamtarin zotni ham ustozim deyman.
Men şogirdlarim bor deyolmayman. Hamkasb ukalarim, singillarimni ham ustozim deyman, sababi, ulardan ham örganaman. Masalan, Nazar Şukurdan.
Ança böldi. Adabiy suhbatlardan birida, bir olim Örta Osiyolik yozuvçilar yozganining hammasini Ğarbda bir yozuvçining özigina yoza oladi deb qoldi. Suyagimdan ötib ketdi bu gap. Gap zamonaviy nasr haqida ketayotgandi. Nasr qölimdan kelmasa-da tarjimasiga kirişdim. Ança narsa tarjima va tasnif etdim. Xudoga şukur, baʼzi tarjima kitoblarim qayta-qayta naşr etildi. Işonamanki, yana naşr etilsa, yana özini har tomonlama oqlaydi. Bu kitoblar muhtaram tanqidçilarimiz röyxatidan joy olmasa-da, saviyali öquvçilar nazaridan çetda qolmadi.
Jamol Kamol yuksak tarjimalarga qöl urdi. Xalqaro eʼtiborga sazovor böldi. Omon Matjon şeʼrlarini hozirda dunyoning eng maşhur şoiri Yevgeniy Yevtuşenko tarjima qildi. Ijodning çet ellarga, jahon miqyosiga çiqişi faqat tarjima etilişi degani emas, eʼtirof etilişi hamdir. Masalan, Yevgeniy Yevtuşenkoday şoirning O.Matjon şeʼrlarini tarjima etişi, O.Matjon ijodi öşa elda eʼtirof etildi demakdir. Adabiyot faqat kompyuterlar qarşisida emas, hayot qöynida, suhbatlarda rivojlanadi. Öylaymanki, zikr etilgan bu uluğlarimizning suhbatlari matbuotda tez-tez yoritilsa, yoşlarga saboq böladi. Ilgari oynayi jahonda tanqidçilar, olimlar, adabiyotşunoslar, şoir va adiblarning davra suhbatlari bölardi. Bahovuddin Naqşband bekorga “yölimiz, suhbat yöli” demaganlar. Çunki bu kamolot yölidir. Bilasizmi, bir paytlar E.Vohidov, A.Oripov, O. Matjon, R.Parfi, X.Xudoyberdiyevalarning hali eʼlon qilinmagan şeʼrlarining dovruği şeʼrxonlarga yetib borardi. Bularni uçraşuvlarga, oynayi jahonga, matbuotga çorlaş, tajribalarini örganiş lozim. Bu yoşlarimiz uçun koni foyda.
Yana bir gap. “Yoşlik” jurnalining ötgan sonlaridan birida iqtidorli şoir Nazar Şukurning bir turkum şeʼrlari “Xotira” rukni ostida eʼlon qilingani meni quvontirib yubordi. Deyarli har bir satri sanʼat darajasida! Sanʼatkorona nigoh bilan kuzatilgan va bitilgan gözal hayot manzaralari – köngil lavhalari… “Somon yöli. Bosilmaydi, bu yölning çangi, uxlamaydi ötib ketgan karvonlar zangi”, “Kipriklarim nayzasiga ilingan osmon, şu tiğ bilan örtasidan tilingan osmon”, “Yulduzlar-ku olov tuyoq tevalar izi, közlarimni oçtirmaydi çanglari tözib” va boşqa barça satrlari şeʼriyatimizga yangi nafas olib kirgan şoirlarning peşqadamlaridan ekanini körsatib turibdi. Lekin tanqidçilarimizning, hatto, jamoatçiligimizning közi va sözi “Örgilayin qoşing bilan yuzingdano” kabi qöşiqsifat tizmalar atrofida. Men istardimki, uning ham xotira-yubiley keçasi (kelgusi yil Nazar Şukur tirik bölganida oltmişga tölardi) ötkazilsa. Çunki u oltmişini öttizdayoq töldirib qöygan buyuk isteʼdoddir. Kelgusida bu qatʼiy fikrimni uning ijodi haqidagi maqolalarim bilan dalillaşga harakat qilaman.
Men bugungi yoşlarga atoqli şoirlarimiz, mumtoz adiblarimiz asarlarini köp-köp öqişlarini tavsiya qilgan bölardim.

Salobatli daryo oqar çayqalib beğam,
Mening yaxlit hayotimni ikkiga bölib.
U qirğoqdan eşitilar taniş bir ohang
Ammo uning mazmunini bölmagay bilib.

Öşa ohang orom berib quloqlarimga,
Quyar asta yuragimga armon doğini.
Yöllar esa boş uradi oyoqlarimga,
Yodga solib hayotimning yaxlit çoğini.

Bu şeʼr katta şoirimiz Maʼruf Jalil qalamiga mansub. Bu şeʼrni şarhlaş ança muşkul, muşkul ersa-da gözal şeʼr. Armonlarga limmo-lim. Nazar Şukur “Köngul osmonida azob naysoni” deganidek. Ha, M.Jalil, Ç.Ergaş, T.Jöra, N.Şukur şeʼrlarini öylaşga, çuqur muşohada qilişga majbursan. Bu fikrni hozirda faol ijod etayotgan A.Qutbiddin, E.Şukur, Zebo Mirzo şeʼrlari haqida ham aytiş mumkin. Bu şoirlar dunyo miqyosida fikrlaydilar.
Darhaqiqat, endi oilam haqida gapirsam. Farzandlarimning biri tarixçi, biri filolog, biri esa tirikçilik işlari bilan bölib ketdi. Nevaralar orasida sport maydonlaridan “Oltin medal” bilan qaytayotganlari bor. Qolganlari ham aʼlo baholarga öqiyaptilar.

Yöldoş EŞBEK – 1950-yilda Samarqand viloyatining Iştixon tumanida tavallud topgan. ToşDUning filologiya fakultetini tugatgan. «Soğinib yaşayman» (1981), «Yuksak daraxtlar» (1985), «Moviy turnalar» (1987), «Yaxşilikka qarayman» (1988), «Daraxtlar ertagi» (1989), «Hayot çeçagi» (1990), «Mangu masofa» (1991) kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan. Imom Ğazzoliyning «Ey farzand», Ahmad Lutfiyning «Ögay ona», «Hazrati Ali», Fotima Temurning «Köngil döstlari» («Tazkirat ul-avliyo»), Amina Şank öğlining «Vijdon azobi»ni, Öljas Sulaymon («Sopol kitob») va boşqa adiblarning asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan. «Şuhrat» medali bilan taqdirlangan (1998).

“Yoşlik” jurnali 8-son, 2014-yil

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)