5 daqiqada öqiladi

248 marta körilgan

“Avvalo isteʼdod zarur”

Xosiyat Bobomurodova

Xatirçi tumanida tuğilganman. Ikki akam va singlim bor edi. Maktabga olti yoşimda bordim. Muallimlar hali kiçkinasan, kelgusi yil kelasan, desalar rosa yiğlaganman, ahvolimni körib mayli, öqiyversin, deyişgan.

Har bir harf, kitob menga möjiza kabi tuyulardi. Şeʼrlarni jonu dilim bilan yod olardim. Otam mulla Bobomurodga yod olganlarimni aytib berardim. Otam balli qizim, deb meni rağbatlantirib turardilar.

– Dadajon, faqat aʼlo baholarga öqisam, meni öqişga qöyasizmi? – deb sörardim.

– Ha, qizim, Toşkentga öqişga borasan, katta döxtir bölasan, – derdilar.

Biz ilk ertaklarni sandal atrofida kösak çuvib, uzo-oq tunlarda dadamdan eşitganmiz. Öşa paytlarda har bir xonadonga dekabr oylarida hatto, qor, yomğir ostida  höl bölgan kösaklarni taşlab ketişardi. Ertalabgaça paxtasini çuvib qöyişimiz şart edi. Akalarim va men ertak eşitişga qiziqib, kösak çuvirdik. “Çor darveş”ni ham ilk bor dadamdan eşitganmiz. Navoiy va Fuzuliy ğazallarini ham aytib berardilar. Dadam Buxoro madrasasida tahsil körgan, bilimdon kişi edi. Arab imlosida bitilgan köp kitoblari bölardi. Öşa paytlar u kitoblarning qadriga yetmagan ekanmiz.

Ön tört yoşimda otam dunyodan ötdi. Hammamizga onajonim Fotima Qosimboy qizi va katta akam Murodulla boş bölib qoldilar. Akam juda madaniyatli, öqimişli kişi edi. Avval öqituvçi, söngra rahbarlik işlarida işlagan. Maktabda bizga  kimyodan dars bergan.

“Nega suvsiz sahrolarda ham tikan ösaveradi?” deya tösatdan savol berib qoldi bir kun muallim akam. Biz jim edik.

– Negaki, uning tomiri juda uzun böladi, suv izlab daryolar qadar ketaveradi. Buning nomini HAYOT UÇUN KURAŞ deydilar. Sizlar ham orzularingiz yölida tinimsiz kuraşdan erinmanglar, – deya özi javob berdi akam.

Biz öquvçilar sehrlangan kabi jim ötirardik.

Har gal kuraşlarga duç kelsam ham otam, ham akam, ham öqituvçim bölgan akajonimning şu gaplari yodimga tuşadi.

Maktabda şeʼrlar yozib, tadbirlarda öqib berib, Xatirçi tumanidagi “Yangi hayot” gazetasida ilk şeʼrlarim çop etilib qolgan edi. Maktabni oltin medal bilan bitirdim. Öşa kunlarda enamdan, yangamdan tez-tez meni akam öqişga qöyarmikin, deb sörardim. Çuniki  akajonim öqituvçilik maoşi bilan katta oilani tebratardi.  Kiçik akam Toşkentda talaba edi, uni ham öqitardi. Bizga heç qaçon ovozlarini balandlatib gapirmas edilar. Şunday bölsa ham salobatlari bosib, çöçib turardik. Maktabda ham barça öquvçilar hurmat qilardi.

“Xosiyat hujjatlarini tayyorlasin, Toşkentga ketamiz”, – degan kunlari yuragimga olov tutaşdi. Şirin orzularga ğarq bölib tong qadar uyqum kelmadi. Mening yuragimni sezgan kabi kökda çaqmoqlar çaqdi.

Boşimni yuvdim, yangam soçlarimni maydalab örib qöydi. Qattiqroq örgin, u yoqda kim örib qöyadi, dedi onajonim közlari namlanib. Yangam bisotimizdagi yagona bir kiyimlik ştapeldan menga yangi kuylak tikib berdi. Akam talabalik paytida işlatgan katta çamadonga kitoblar va köylakni joyladik. Yangam katta yölgaça kuzatib çiqib, ortimdan yiğlab qoldi…

Yölda yurak yutib söradim:

–  Aka, qaysi öqişga topşiraman?

– Toşkent Davlat Pedagogika institutining matematika fakultetiga.

– Adabiyotga emasmi?

– Isteʼdodi bor odam boşqa kasbda bölsa ham yoza oladi. Qişloğimizda matematika öqituvçilari kam.

Akamning sözi oilamizda hammamiz uçun qonun edi. Çindan avvalo isteʼdod zarur ekan. Talabalik baxtiga muyassar böldim. Institutning “Sovet pedagogi” degan gazetasida şeʼrim bosildi:

Yonib-yonib yaşasam deyman,

Uçqun soçib, şuʼla taratsam.

Yonib qöngan uçqunlarimdan,

Özga qalbda gulxan yaratsam.

 

Kul bölsam ham roziman keyin,

Faqat-faqat qola olsa bas.

Minglab otaş, pok yuraklarda

Özim yoqa olgan ehtiros…                

Ikkinçi kursga ötib, öqişimni sirtqi bölimga köçirib, qişloqqa qaytdim. Özim öqigan 14-maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlay boşlaganimda ön yetti yoşda edim. Maşqlarimni öquvçilarimga öqib berardim. Ular bilan qöşilib orzularga berilardim. Öşa ilk öquvçilarim bilan hamon bir-birimizni eslab yuramiz.

Bir kuni hamqişloğim, filologiya fanlari doktori, professor Töxtamurod Boboyev (görlari nurga tölsin)  Toşkentdan qişloqqa keldi. Qişloq ahli u kişi bilan faxrlanardi. Akam domlani mehmonga çaqirdi. Daftarimni domlaga körsatsam maylimi, deb söradim akamdan. U kişi rozi böldi. Ketar çoğlarini poylab darvozada turdim. Uyala-uyala salom berib, daftarimni qöllariga tutqazdim. Domla men bilan söraşdi, akam kulimsirab turardi. Men öqib köraman, dedi, domla. Xudoyjonim-ay, öqib körib nima derkinlar deb yuragim dukkilab qolaverdim..  Oradan bir neça kun ötib kolxoz idorasidan xabar keldi, domla qönğiroq qildilar, Toşkentga borar ekansiz deb. Uydan ruxsat tegib, uçiblar bordim. Domlani topib oldim. U kişi meni “Öqituvçilar gazetasi”ning muharriri Ş. Maqsudovga olib kirdi. Muharrir daftarimni öqib, yaxşi, gazetada çiqaramiz, suratga tuşib, berib keting, dedilar.

Töxtamurod Boboyev Yozuvçilar uyuşmasiga olib bordi. Normurod Narzullayev bilan kursdoş ekan. Ular maslahatlaşib meni Oydin Hojiyeva bilan taniştirdilar. Oydin opa mehr bilan kutib oldi, daftarimni olib qoldi. Tez orada “Guliston” , “Şarq yulduzi” jurnallarida, “Öqituvçilar gazetasi”da, “Özbekiston madaniyati” gazetasida şeʼrlarim bosildi. Dunyolarga siğmay qoldim. 

Birinçi töplamimga ham Oydin Hojiyeva muharrirlik qildi. Qaçon  Toşkentga kelsam, eng avvalo Oydin opanikiga kelib, ularning maslahatlarini oladigan böldim.

Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi böliş uçun kamida ikkita töplam naşr qilinişi talab  etilardi. Samarqandda uyuşmaning köçma kotibiyati böldi. Men ham ariza topşirdim. Şoir, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov söz olib:

–  Men suyib gul uzsam emasman jallod,

Men uzmagan gullar qilsinlar faryod,

– degan ikki satr şeʼri uçun Xosiyat Bobomurodovani uyuşma aʼzoligiga qabul qilişlaringizni sörayman, deb taklif kiritdilar. Bu işonç va mardlik oldida hayajonlanib qoldim.

Ustozlarimdan anglaganlarim, taqlid qilişga harakat qilganlarim: bağrikenglik, fidoyilik, maqsad yölida qatʼiy harakat qiliş va isteʼdodli yoşlardan yordamingni ayamaslikdir.

* * * 

Şu paytgaça “Daryodan qatra”, “Qalb titroği”, “Samarqandga maktublar”, “Men uzgan gullar”, “Murod qasri”, “Jonimning egasi”, “Vatan yagonadir”, “Töylar muborak” nomli şeʼriy töplamlarim, “Bola kötargan ayol” nomli drama, “Mehr”, “Hayqiriq” dostonlarim va “Qizilqum malikalari”, “Samarqand sanamlari”, “Qirq yigit qissasi”, “Sahrodagi jannat” nomli publitsistik kitoblarim naşrdan çiqdi. Ularning umumiy adadi  yetmiş ming.

                                            * * *                            

Adabiyotsiz hayot – ertaklari yöq bolalik, orzulari yöq yoşlik – umidlari söngan keksalikdir. Qöşiqlari yöq zulumotdir. Ötmişi, buguni, kelajagi yöq tarixdir. Yovvoyi hayotdir. Inson kimligini anglamoği uçun  albatta ADABIYOT  KERAK!

* * *     

Bozor adabiyoti adabiyot emas. Bugungi eng gözal quvonçlarimizni, iztiroblarimizni nafis şakllarda kelajakka yetkazib beradigan söz kerak deb öylayman. Qolganlari öz-özidan yöqolsa kerak. Inson tanasini mahv etadigan, vahimaga töla bayonlar emas, inson ruhiga kuç bağişlaydigan asarlar kerak.

* * *  

Ikki öğil, ikki qiz berdi yaratgan Egam. Keragini oldi. Men suygan gulni bağrimdan oldi. Bolalarimning hammasi adabiyotni tuşunişadi, ammo turli kasb egalari. Nabiralarim  maşq qilib turişadi. Ammo hali bu haqda gapirişga erta.

* * *  

Butun  umrimni parvona kabi  SÖZga urib, SÖZ izlab ötkazibman. Quvonçlarimdan, ğamlarimdan söz teribman. Bilmadim, men sözniki böldimmi, yo söz meniki böldimi? Xato  qildimmi, töğri yöl tanladimmi…

Xosiyat BOBOMURODOVA:

“Yoşlik”2012/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)