SAMARQAND OSMONI
Boqib Samarqandning boğ-gulzoriga,
Şu uluğ kunlarni sezib turganday –
Göyo bulutlarning oq tulporida
Sohibqiron bobo kezib yurganday.
Avval osmonlarda yaralgay zafar,
Söng Yerga tuşirgay ruh ozodalar –
Dunyoga kelgaydir mard va muzaffar,
Temurxon yurtida Temurzodalar.
* * *
Bu gulşan uzra yomğir kelgusidir,
Seningdek toza gul bir kelgusidir.
Qading gul qaddiyu, gul bandi – beling,
Bağoyat inja tasvir kelgusidir.
Labu xolu xatu mijgonlaringdin
Umrbod yetguçi sir kelgusidir.
Umidvorman umrbod – zulflaringkim
Dilu jonimga zanjir kelgusidir.
Tişingni bir körarga – kulganing payt
Hama duru javohir kelgusidir.
Topilmas sen kabi raʼno, agarçi
Arab, Eronu Kaşmir kelgusidir.
Sening husnu jamoling birla, ey yor,
Ajib gulçehra taqdir kelgusidir.
Jahon içra jahon bölgay bu jonim,
Iki közing jahongir kelgusidir.
Menga Farhod ila Majnun – birodar,
Navoiydek uluğ – pir kelgusidir.
KIM TILNI BILUR – ELNI BILUR
(Avaz Ötar ğazaliga muxammas)
Gar uşbu Vatan bizga azal ota makondur,
Sultonlaridin şaʼni aning röyi jahondur.
Kim tilni bilur – elni bilur, şoniga şondur,
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitayi olamiyondur[1].
To yoğmasalar boşingiza taʼnayu toşlar,
Toşdin ham qatiq bölgusidir ilm ila boşlar,
Ey siz, qoraközu qorasoçu qoraqoşlar,
Ğayri tilini saʼy qiling bilgali yoşlar,
Kim ilmu hunarlar bilaki andin ayondur.
Bölmas kişiga körku husn sözni gulidek,
Har tilni biluv – dilni biluv, dilni – elidek,
Tilni yöli ham şoh jahongirni yölidek,
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni ğayrat eting, foida kondur.
Haq sizga beribmiş suvingiz ham dalangizni,
Öz boğingizu, qir-adiringiz, lolangizni,
Teng aylab jahon ahliga kuç-hafsalangizni,
Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda öquğonlar bori yaktoyi zamondur.
Umr ötgusidur suv kabi yo suvdagi xasdek,
Dilbandlaringizning bari daryoyi havasdek,
Ilm olmasalar umr bölur tiyra qafasdek,
Zor ölmasun onlar daği til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidan oni bağri töla qondur.
QARZ
Yaratgandan olar jonlar qarzim bor.
(Xalq mulki)
Ustoz çinorlardan qança dars oldim,
Ular toki borlar –
Men ham ölmayman.
Yozuvçilar boğidan köp qarz böldim,
Siz xijolat bölmang,
Özim tölayman.
Köklam çoğlarida oq tunlar aro,
Oppoq örik yangliğ içdan gullayman.
Men öz toğlarimdan qarzman bir daryo,
Siz xijolat bölmang,
Özim tölayman.
Hanuz yod aylasam – bağrim bölar xun,
Hind yo Kobul desam – junjikar badan.
Ey, sen dunyoyi dun,
Ey, sen dahri dun,
Hazrati Boburdan qarzsan bir Vatan.
Sen ham barçamizga yuz yillik darssan,
Şu millat hurmati,
Sözning xotiri,
XX asr, sen bizdan qarzsan
Bir Çölpon, bir Fitrat va bir Qodiriy.
Har bir yaxşilikni dildan qöllayman,
Osmon, varaqlaring bunçalar moviy.
Şoirlik qarzimni özim tölayman,
Puşkin tölamaydi va yo Navoiy.
MARD DÖST
Faxriddin Nizomiddinov
xotirasiga
Umr – uçqur tulpor erur,
Umr otdir – şoşağon.
Inson asli çavandozdir,
Inson asli – çopağon.
Neçun kelib ketdi – bilmas
Kimsalarning köplari.
Hayot asli bir uloqdir,
Yaşamoq – bir köpkari.
Mard ketsa lek toğlar titrar,
Gumburlaydi osmonlar.
Faxriddinday mard yöq edi,
Döst yöq edi, yoronlar.
Otxonada yer depsinib
Jiyron qaşqa yiğlaydi.
Yemga boqmas qorabayir,
Içdan qaqşab yiğlaydi.
Otlar misol yoş tökolmas
Dunyoning jonzotlari.
Eldan avval motam tutmiş
Faxriddinning otlari.
Ularning ham yollarini
Kuydirar şu armonlar:
Faxriddinday mard yöq edi,
Döst yöq edi, yoronlar.
Söng kun borib otasining
Qabriga salom bergan.
Yoningizga kelaman, deb
Lafz bergan, kalom bergan.
Xudo bergan dard bilan ham
Döstu qadrdon bölib,
Oğriqlarga jismu joni
Oçiq dasturxon bölib.
Dard ham çekkan bölsa kerak
Neça bora afğonlar:
Faxriddinday mard yöq edi,
Döst yöq edi, yoronlar.
Hayotni heç xijil qilmay,
Ölimga ham tik qarab.
Öz joniga azob berib,
Ölimni-çi, erkalab.
Döstu yorning davrasida
Öltirsa-da bilmayin.
Ölimni ham mehmon kabi
Peşvoz olgan jilmayib.
Ajal hamon aytsa kerak
Çok aylab giribonlar:
Faxriddinday mard yöq edi,
Döst yöq edi, yoronlar.
Bu dunyoda kezib men ham
Bir nimani ilğadim.
Zoru nolon qulunlarday
Kelar goho yiğlagim.
Uyur-uyur bedov otlar
Gurros ötib borodir.
Duşmanlarim xaridoru
Döstlar sotib borodir.[2]
Dildan keçar – örtaganda
Ayriliq, puşaymonlar:
Faxriddinday mard yöq edi,
Döst yöq edi, yoronlar.
Yarqiragan çöqqilarda
Viqor qolgay, qor qolgay.
Mard izidan – bir tanti el,
Nomus qolgay, or qolgay.
Hayot davom etar mangu,
Uzilmagay kipriklar.
Mard izidan – boğlar qolar,
Yöllar qolar, köpriklar,
Söylar ranju zahmatlarin
Körgan qasru qörğonlar:
Faxriddinday mard yöq edi,
Döst yöq edi, yoronlar.
Sangardakda har yil bahor
Gullaganda öriklar.
Ötganlarni bir-bir eslab,
Yod aylaşar tiriklar.
Ezgu işlar odamzodning
Mangulikka otidir.
Hayot boşdin oyoq nomu
Yaxşilarning yodidir.
Duo aylab ötar qömsab
Neça-neça insonlar:
Faxriddinday mard yöq edi,
Döst yöq edi, yoronlar.
FUKUSIMA, 2011.11.03.
Ey odamzod, öksima,
Chernobil, Fukusima –
Qattol qalʼalaringdir,
Oğriq yaralaringdir.
Bağringda ming öra bor,
Ahvoliga qara, bor:
Qora quti, qora ğor,
Reaktoring yarador.
Nahotki taraqqiyot,
Bu tamaddun, bu hayot –
Sening xom xayolingdir,
Kamoling – zavolingdir?
Şom qaro, subhing qaro,
Dengiz aro, Yer aro –
Bu larzalar, bu darzlar
Senga bölmadi darslar.
Yunonmizmi yo yopon,
Barçamizga bir çöpon:
Suruvni surib turgay,
Hammani körib turgay.
Bir ofat kelmagunça,
Falokat kelmagunça –
Kasligingni bilmading,
Xasligingni bilmading.
Şunday jazo bilan ham,
Balo-qazo bilan ham
Onajoning Tabiat
Aylar baʼzan tarbiyat.
Özing buyuk meʼmorsan,
Goh nuragan devorsan.
Fojiangga guvoh böl,
Ogoh bölu, ogoh böl!
YETMIŞ YETTI
(Andrey Voznesenskiy
(1933-2010) xotirasiga)
Tan bilan ruh bölindi,
Bulutlarga belandi.
Hayot-ku etar davom,
Umr yaşab bölindi.
Bandalar himoyasi –
Xudoyimning soyasi.
Jon hilolga ilindi,
Umr yaşab bölindi.
Naf yöq davru zamondan,
Qoldim endi zabondan.
Şudring ham söz tilandi,
Umr yaşab bölindi.
Alvido, ey kapalak!
Uçding bunça jonhalak.
Lahza ötdi, öl endi,
Umr yaşab bölindi.
Bor-yöğim – ikki yetti,
Yetti yettiga yetdi.
Falak, qil qabul endi,
Umr yaşab bölindi.
Dardu ğamdan iborat
Yemrildi bu imorat.
Darz ketganim bilindi –
Umr yaşab bölindi.
Ikki asr – bir hayot,
Sabru bardoşu sabot.
Teng ikkiga bölindi,
Umr yaşab bölindi.
Dökoningdan, yo Rabbim,
Endi qolmadi haqim.
Bor tölovlar tölandi,
Umr yaşab bölindi.
* * *
Yaxşiyu yomondan – erkakmi, ayol,
Uh çekib, asta köz yumdigu ketdik.
Bu dunyo misoli tuş bilan xayol,
Bir lahza xayolga çömdigu ketdik.
Uzoq yaşaş mumkin iymonsiz, dilsiz,
Lekin ne qilardik Vatansiz, elsiz?
Qança zör şoirlar bor edi, esiz,
Barini birma-bir kömdigu ketdik.
* * *
Otlar keçib ötar daryodan, aka,
Olis esdaliklar misoli otlar,
Hasrat yugan solar tunlar yurakka,
Osiğliq qamçilar kimlarni yodlar?
Yillar soğinç uyin çaldivor etmiş,
Izğir yaydoq otday qirlarda şamol.
Köklarda ğaribu zor qolib ketmiş
Siniq uzangiday muztarib hilol.
Dunyo nayranglari – suluvlariday
Avval közimizni qamaştirmişlar.
Söng hayot daryosin keçuvlarida
Biz mingan otlarni almaştirmişlar.
Tun-kun aylanar çarx besöz, beovoz,
Asl raftorini kim ham körgaydir.
Tun-kun falak uzra Buyuk çavandoz
Ming-ming tulporlarga egar urgaydir.
Sutday oq tunlarning somonzorida,
Somon yöllarining ğubori aro,
Oydin adirlardan oq tulporida
Ketib borayotgan otammidi yo?
Dillarda – umrning zarbu zanglari,
Yulduzlar sançilar har keç kurakka.
Bolalik, ösmirlik, yoşlik singari
Otlar keçib ötar daryodan, aka…
KATTA HODISA
Yoş şoir Şodmonqul Salomga
Dil boğin goh tikan, gohi gul kördim,
Goh bulbul, gohida qirğovul kördim.
Barça şohu vazir şeʼr ahli aro,
Yoronlar, men bukun şodmon qul kördim.
OYLAR VA OYJAMOLLAR
Oynigoru Oysuluv, Oyparçadirsan, Oyjamol,
Oyjamol desam, falakdin esdi-ku bir oy şamol.
Mohitobon, Mohiçehra, Mohgulu Mahvaş özing,
Aylading könglim işini oxiri çalkaş özing.
OYNIGOR
Bor malohat mulkini birdan yiğib keldingmi, yor?
Husn elida podşohlarni yiqib keldingmi, yor?
Yo bu keç osmonu oyni doğlar içra qoldirib,
Hazrati Boburni sheʼridan çiqib keldingmi, yor?
TAQALANGAN KÖNGIL
Ul toşqin zulfingni yoqa töxtatar,
Xoling har oşiqni taqqa töxtatar.
Könglimni taqalab qöyding, ey sanam,
Bilsang, asov otni taqa töxtatar.
IKKI FARD
* * *
Falakkim, oy yuzingga
ikki yondin ikki zulf etmiş,
Mening könglim uçun
ul ikki zulfdin ikki qulf etmiş.
* * *
Kiyikköz dilrabolardin
mudom bağring kuyuk bölgay,
Kiyikni teskarisidi
öqisang ham kiyik bölgay.
Sirojiddin SAYYID,
Özbekiston xalq şoiri
“Yoşlik”2012/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


