11 daqiqada öqiladi

614 marta körilgan

Bahodir QOBUL: Avlodlar taʼnasiga qolmaylik

Bahodir Qobul

Maqolnavislik

Bahodir Qobul

Bahodir Qobul – yoş tilşunos, jurnalist. Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengaşi ijroiya qömitasida masʼul xodim bölib işlaydi. Yaʼni Davlat tili maqomi berilgan tilimizning ijrosiga bevosita masʼullardan. Biz ijodkorlar – ğoyaçilarmiz, ijroçilik işidan köpinça bexabarmiz va aksar hollarda ulardan noliymiz. Xöş, ijroçi, masʼullar, öşa qozonda qaynayotganlar nima deydi bunga. Balki oxir maqsadlarimiz bir çiqib qolar…

Darvoqe, Bahodirjon nomlarni abadiylaştiriş, aniqroği nom qöyiş masalasida ham yuzaga kelayotgan muammolar xususida fikr bildirgan. Uning mulohazalari ehtimol, bahslidir. Ehtimol, Sizning dilingizda eʼtiroz tuğdirar. Agar şunday bölsa, marhamat, könglizdagi gaplarni yozib yuboring, bahsu munozarada iştirok eting.

 

 Bu (turk)larga yaqin böliş uçun eng asosiy yöl ularning tillarida sözlaşişdir, çunki ular bu tilda sözlaşuvçilarga yaxşi quloq soladilar, özlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar Hatto öz panohida turgan boşqalarning gunohlarini ham keçib yuboradilar.

Mahmud Qoşğariy.

1

Tilimiz uçinçi bor qaytadan Movarounnahrda davlat tili maqomini oldi. Birinçi bor turkiy tilga devon til rutbasi benazir Alişer Navoiy uni “tillar botqoğidan” olib çiqqanidan söng berilgandi. Öşa voqeadan keyin oz emas, köp emas, roppa-rosa beş asr ötibdi…

Paysalga solingan iş öz ahamiyatini yöqotganidek, ijrosi asossiz keçiktirilgan Qonunning ham qadri bölmaydi. Bu xususda greklarda yaxşigina ibora bor: “Amalga oşmaydigan har qanday Qonundan qahvaxonaning gapi afzal!” Uşbu Qonunning mohiyati, bajarilişi va kişilarimiz ongiga qay darajada yetib borayotgani hamda ular qanday faoliyat körsatayotganliklarini özim yaşayotgan va işlayotgan Samarqand viloyati misolida bir oz tahlil qilmoqçiman.

Ötgan muddatda viloyat bosmaxonasida muhr tayyorlaydigan yozuv maşinkalariga özbekça harflar örnatadigan maxsus ustaxona oçilib, işga tuşirildi. Ular xizmatidan qöşni viloyatlar ham foydalanişlari mumkin. Qonun qabul qilinganligining bir yilligi tantanali nişonlandi. Bularning barçasi quvonçli, albatta. Quvonçlar esa özbekistonlikman deganning barçasiniki! Jumhuriyatimiz boşidan keçirayotgan açinarli kunlar-çi?! Ular qaçon quvonçlga aylanadi? Qonun töliğiça yetti-sakkiz yildan keyin amalga oşar ekan deb öylaş borib turgan noqobillik, qolaversa, ota-bobolarimiz ruhiga bepisandlik, xiyonatdir.

Maʼlumki, Qonunning faqat 4, 7 va 8-moddalarini amalga oşirişgagina uzoq muddat berilgan. Şuningdek, bu uç modda barçaga birday taalluqli bölib qolmay, balki davlat hokimiyati va boşqaruv organlarida işlayotgan, tub yerli xalq tilini bilmaydigan amaldorlargagina tegişlidir. Til bilmaydigan rahbar bilan işlaş öta noqulay. Ayniqsa, özga tilda senga aql örgatib tursa. Inşoollo, nasib bölsa, elimiz bu boradagi özining naqd gapini halizamon aytgusidir.

Lekin şu narsa ayonki, jumhuriyatimizdagi ançayin idoralarning (birinçi navbatda firqa qömitalari) rahbarlari Qonunning 28-moddasini pisand etmayaptilar. Mazkur moddada esa ular zimmasiga özlariga böysunuvçi soha doirasida Qonun talablariga rioya qilinişiga şaxsan javobgarliklari körsatilgan. Amalda esa Qonunni tan olmaslik, bilib bilmaslikka oliş (aslida bular zamirida özbek tilini mensimaslik illati yotadi) oqibatida özibölarçilikka, sansolarlikka yöl qöyilmoqda.

Har qanday viloyatda bunday taşkilotlar, idoralar röyxati ança uzun ekanligiga imonim komil? Ammo öşa röyxat boşida Özbekiston SSJ iqtisodiyot qömitasi hamda Özbekiston komfirqa Markazqömi singari davlat va jamoat taşkilotlari turganligiga nima deysiz?!

“Özbekiston SSJning davlat tili haqida”gi Qonunini amalga oşiriş davlat dasturi qabul qilinganidan buyon uni bajariş borasida jumhuriyat iqtisodiyot qömitasidan olgan hujjatlarimizning birontasi davlat tilida emas! Dardingni kimga aytişingni bilmaysan kişi. Istehzoli bölsa-da, aytişim kerak, jumhuriyat iqtisodiyot qömitasida mazkur iş bilan A.B.Fyodorova degan xodima şuğullanadi. Boşqaça qilib aytganda, davlat tiliga homiylik vazifasi şul zotga yuklatilgan. Til bilmaslik ayb emas, biroq til bilan öynaşgan yomondir!

Şuningdek Vazirlar Mahkamasi huzurida taşkil etilgan atama qömitasi işini ham qoniqarli deb bölmaydi. Mazkur qömita haligaça davlat boşqaruv organlariga özi tasdiqlagan atamalar röyxatini taqdim etgan emas. Oqibatda bir qator tuşunmovçiliklar yuzaga kelmoqda. Şu örinda odob doirasidan çiqib bölsa-da, bir gapni aytişni lozim topdim. Zero yuzga aytganni zahri yöq: öşa atamaqömda faoliyat körsatayotganlarning ançaginasi bir vaqtlar özbek tilining ostiga suv quyganlardandir. Xoinlikning esa katta-kiçigi bölmaydi. Qolaversa, hurmatli domla, Özbekiston SSJ Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi Azim Hojiyev taʼkidlaganlaridek, “u yoki bu sohada yangilanişi lozim bölgan atamalar (terminlar) ayrim mutaxassislar vahima qilib yurgan darajada emas”.

Taklifim: atama qömitasi işiga olimlar jalb etilib, uning aʼzolari röyxati markaziy matbuotda eʼlon qilinsa. Şuningdek, maʼlum muddat berilsakim, işlarning yakuni (albatta, nisbiy)ning muddati aniq belgilansa.

Menga tinçlik bermaydigan, qolaversa, umuman kurakda turmaydigan yana bir holat haqida fikr yuritmoqçiydim. Maʼlumotlarga köra, Qonunni amalga oşiriş uçun 1128,6 million söm sarflanişi kerak emiş. Jumhuriyat böyiça iş qoğozlarini qayta yangilaş uçun 76,8 million söm sarflaş, konsert va teatr zallariga videomagnitofonlar oliş maqsadida 0,48 million söm, oliy taʼlimgohlarni kompyuterlar, megafonlar va videomagnitofonlar bilan jihozlaşga 253 million söm, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlaşga ham millionlab söm sarflanişi közda tutilgan. Bir qaraşda bu köpday tuyuladi. Biroq aslida bularning barçasi “Qonunni bajarib bölmaydi” deyişayotgan vallomatlar çiroğiga moy quyadi, xolos. Janoblar, axir yetmiş yilda maktablarimiz öris tilidagi kompyuter, videomagnitofon, lingofon bilan töliq taʼminlay olmadinglar-ku, nega endi oğirlikning barçasini şörlik özbekning davlat tili haqidagi Qonuniga keltirib taqaymiz?!

Jumhuriyat böyiça iş qoğozlarini yangilaş xususida ham şu gapni aytiş mumkin. Bir taşkilot ikki-uç yilda özining iş qoğozlarini qayta tayyorlaş uçun bosmaxonalarga buyurtma beradi. Şunday ekan, bu iş xaçakalla demasdan, bosiqlik bilan, tadbirkorlik bilan hal etilsa six-da, kabob-da kuymaydi. Tomoşagohlarga, teatrlarga örnatilişi közda tutilgan videomagnitofonlarning özbek tili devoniga xizmat qilişini esa hazm qila olmayman. Bunday biryoqlamalik bilan işga kirişmaslik kerak. Qonunni kişilar köziga olaböji qilib körsatmaslik lozimdir.

Yana bir narsani heç tuşuna olmayman: viloyatimizda (boşqa viloyatlarda ham ahvol maqtagulik emas!) 287 ta faqat öris tilida maşğulot olib boriladigan bolalar boğçasi bölsa, ularning birontasining mudirasi ham özbek tilida tarbiyaviy iş olib borişu hujjat yuritişni bilmas ekan. Vaholanki, ularning aksariyati şu yerda tuğilib-ösgan kişilardir. Mudiralarni qayta öqitiş, malakasini oşiriş uçun roppa-rosa 115600 söm zarur. Bir iloj qilib, şunça pul ham topilişi mumkin. Biroq işonçim komilki, 287 mudiradan yettitasining ham malakasi qiyomiga yetib qolmaydi. Tarbiyaçi ruh muhandisidir. Arablar aytganidek, “tarbiyaçini tarbiyalaşga uriniş telbalikdan boşqa narsa emas!”

Qonunning 27-moddasida davlat tiliga va boşqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qaragan mansabdor şaxslar, arizalar va şikoyatlarni qabul qilişdan boş tortganlar SSJI va Özbekiston SSJning amaldagi qonunlari asosida javobgarlikka tortiladilar, deyilgan. Amaldagi qonunlarni yod biladigan maʼmuriy-huquqiy idora xodimi ham davlat tiliga nomunosib yöl tutgan şaxsga nisbatan heç qanday jazo qöllamaydi.

Taklifim: mazkur Qonun yangi tahrirda yozilib, muddatlar masalasiga jiddiy qaralgan holda Oliy Kengaşimizda qayta körilsa. Zero, hukumatning obröyi u çiqargan Qonunning hayotiyligi va adolatliligidadir! “Xalq sözi” röznomasi esa Qonunning bajarilişini muntazam nazorat qilib borsa.

2

“Özbekiston SSJning davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinişi bilan jumhuriyatimiz böylab joylar nomlarini yoppasiga qayta (masalaga yoppasiga yopişiş bizga kolxözlaştiriş davridan qolgan bölsa kerak!) nomlaşga kirişib ketişdi. Har yaxşining bir yomoni bor deganlaridek, bu jabhada ham ançayin kişilar demokratiya (xalqparvarlik)dan – xalqning niqob qilinişini, johillikni; torqobiqdan – dunyoviy kenglikni ajrata olmayotirlar. Bizning viloyat ijroiya qömitasi nom qöyiş komissiyasiga nohiyalardan kelayotgan takliflar bilan tanişib çiqqan kişi yoqasini uşlamay iloji yöq. Boşqa viloyatlarda ham ahvol xuddi şunday. Bunday deyişga markaziy matbuotdagi axborotlar sabab bölyapti. Yaqinda nohiya ijroiya qömitalaridan biri Moldovada harbiylikni ötaş çoğida halok bölgan askarning nomini abadiylaştiriş haqida qaror qabul qilib, tasdiğini qonun-qoidaga binoan viloyat ijroiya qömitasidan söradi. Moldovadagi harbiy qismdan va nohiya harbiy komissari bergan maʼlumotnomada, askar harbiy maşq bajarayotib mardlarça halok böldi, deyilgan. Mana sizga jumboq. Maʼlumotnoma söngida harbiy qism komandiri askar nomini abadiylaştirişni maʼqullaydi-yu, körsatgan mardligi nimadan iborat ekanligini aytmaydi. Tabiiyki, viloyat nom qöyiş komissiyasi bu taklifni rad etdi.

Yana bir misol. Nohiyalardan biri marhum fan nomzodi xotirasini abadiylaştiriş haqida qaror qabul qilgan. Sabab, “qişloqdan çiqqan yoş olim bölib, erta vafot etgan; köproq yaşaganda katta işlar qilgan bölardi” emiş. Töğrisi, marhum haqida gapiriş nojoizdir. Biroq, nohiya ijroiya qömitasidagilar masalaga jiddiy qaramaganliklarini taʼkidlamoqçiman.

Maʼlumot uçun: hozirgi kunda Samarqandda 180 nafar fan doktori, 1800 nafar fan nomzodi xizmat qilmoqda…

Qişloq kengaşlari tomonidan kelayotgan takliflarda esa qörğonlardagi köçalar, maktablar, şifoxonalar, hatto fermalarga ham kişilar – birinçi brigadir, birinçi kommunist, birinçi faxriy, birinçi paxtakor nomini beriş körsatilgan. Ana şunday holat Payariq nohiyasida böldi. Bu yerda Uluğ Vatan uruşi qatnaşçisi, nomi abadiylaştirişga arzigulik xizmatlar körsatgan, qator nişonlar egasi Bopil Hasanov nomi bördoqiçilik fermasiga berilişi haqida qaror qabul qilingan. Viloyat komissiyasi qarorni maʼqul topmadi. Sababini izohlaş şart bölmasa kerak. Şuningdek, Uluğ Vatan uruşi janggohlarida iştirok etib, bir-ikki orden-medal olib qaytgan kişilar nomini ham maktablarga qöyişni sörab, önlab takliflar tuşmoqda. Töğrisini aytadigan bölsak, uşbu takliflarning 95 foizini tasdiqlaş zamon talabiga ham, musulmonçilikka ham töğri kelmaydi. Şu örinda savol tuğiladi: nega janggohlardan orden-medal olib kelganlar nomi maktablarga berilar ekan-u, frontda jonini jabborga berganlarga yöq? Qolaversa, nahotki har bir uruşda qatnaşgan odam nomim maktab yoki köçaga berilsin deb jangga kirgan bölsa? Şunday deya jon bergan bölsa? Ularning xotiralari Vatanimizning eng kiçik qörğonidan tortib, eng katta kentida ham abadiylaştirilgan-ku! Ulardan bizga qolgan xotira mana şu Vatan! Vatanni balo-qozolardan saqlaşimiz ular xotirasini saqlaganimiz böladi! Şunday emasmi?!

Qator qişloq kengaşlari baʼzi qişloqlarni muqaddam nohiya firqa qömitasining birinçi kotibi bölib işlagan kişilarning nomlariga qöyişni taklif qilmoqdalar. Savol tuğiladi: nega aynan şu kişining nomi qöyilişi kerak?

“Ha, endi nohiya rahbari bölganda qişloğimizni obod qilgan-da”, deyişadi talabgorlar. Ularga: “Nohiya kotibi bölgaç, qişloqni obod qiliş uning vazifasi hisoblanadi. Qolaversa, birgina qişloqqa masʼul emas u. Nohiya birinçi kotibi böliş qahramonlik sanalmaydiyam” degingiz keladi.

Ötgan yili Kattaqörğon şahar ijroiya qömitasi şaharning 83 köçasi nomini özgartiriş haqida taklif bilan çiqqandi. Işonasizmi-yöqmi, şundan 78 köçaga kişilar nomi qöyilgan. Öylab qolasan: nahotki Kattaqörğonda nomiga köça qöysa arziydigan kişilar şunça köp bölsa? Bölsa bordir. Biroq köça nomlarini faqat va faqat kişilar nomlariga qöyiş şartmikin. Qolaversa, marhumlar ruhi şu bilan şod bölib qolmaydi-ku. Vaholanki, ota-bobolarimiz nom qöyişni haqiqiy sanʼat darajasiga olib çiqqanlar. Bugungi kunda ularning bu sanʼatini Leningrad, Moskva, Kiyev, hatto Londonu Parij oliygohlarining olimlari örganmoqdalar. Ularning taʼkidlaşlariça, dunyoda biror-bir xalq öz turar-joylarini bu darajada gözal, betakror, mazmundor, taʼbir joiz bölsa, sirli atay olmagan.

Afsuslar bölsinkim, biz sovet davri kişilari ota-bobolarimiz izidan boriş örniga ular yurgan yöllarga “loy” çapladik. Yuzlab yillik tarixga ega bölgan Xöjand, Kattamaçit, Söfimiyon, Sultonqişloq, Boymahalla, Eşonxöja singari qişloqlarning nomlarini tilu dinimizga yot nomlar bilan atadik. Samarqand qiloyatida ayni vaqtda Çapayev, Frunze qişloqlari, Çernişevskiy, Dobrolyubov, Tolstoy mahallalari bor. Bosqinçi va johil Vereşagin singari, şuningdek, yaqin ötgan siyosatimiz mevalari bölgan poyintor-soyintor (Buldozer, Ekskavator, Raketa, Artilleriya, Diviziya) köça nomlarini aytmay qöya qolaylik.

Viloyatimizda V.I.Lenin şarafiga yuzga yaqin joy atalgan. Bu öz-özidan tuşunarli, albatta. Biroq men hanuzgaça viloyat suyak sili kasalliklari şifoxonasiga (şifoxonaga nomni tegişli vazirlik tavsiya etadi) ham V.I.Lenin nomi berilganiga tuşuna olmayman. Bu inqilob sardoriga hurmatimizning çeksizligimi yoki suiisteʼmol qilişmi?

Bularning barçasiga birinçi navbatda siyosatdan yiroq siyosatdonlarimiz, olimlarimiz, ziyoliman deb böyinboğ taʼqib yurganning har biri aybdordir!

Şarqda köçalarga kişilar nomini qöyiş rasm emas. Ayniqsa, musulmon olamida. Bu haqda din axllari öz fikrlarini bildirsalar juda örinli bölur edi.

Savollar tuğilaveradi: “Nega Amir Temur Samarqand şahri nomini özgartirib, öz nomi bilan atattirmagan ekan? Nega Muhammad Tarağay Samarqand köçalariga ustozlari nomini bermadi ekan? Axir jahongir bobomizning şunday qiliş uçun yuz emas, ming marta haqqi bor edi-ku? Axir Samarqand degan şahar borligini dunyoga tanitgan şul tabarruk zot emasmi?!”

Bu yerda, menimça, yerga – ona tuproqqa nisbatan çeksiz hurmat hissi yaşirin bölsa kerak. Xalq bekorga “Yerning har yerda öz oti – özi bilan” demagan. Boşqaça aytganda, yer öziga özi nom bergan. Xuddi şundan kelib çiqib, joylarga nom qöyilgan. Semizkent – Samarqand (Boyşahar) ham bundan mustasno emas. Toşkent, Öratepa, Farğona, Nukus haqida gapirib ötirmasa ham böladi. Bunday nom beriş sanʼati (fanda onamastika deyiladi)ning ildizi “Devonu luğatit turk”ka borib taqaladi. Mahmud Koşğariy hazratlari ana şu asarlarida Oqterak, Qorayiğoç, Olayiğoç singari oymokonimlarga izoh bergan.

Nom qöyiş tartiblarini belgilaydigan Özbekiston Vazirlari Kengaşining 1981-yil 27 maydagi Nizomi ham, bizningça, bir qator masalalarda hayotdan ortda qolgan. Biror-bir kattaroq joyga (aeroport, vokzal) nom beriş uçun nega Moskvadan ruxsat söralişi kerak ekan? Yoki bir hududda bir kişi nomida ikki joy atalmasligi körsatilgan-u, hudud deganda qaysi öram nazarda tutilişi aniq belgilanmagan. Yoki öşa hududda A.Navoiy, A.Jomiy nomi ikkita bölsa nima qilibdi? Bunaqa ğujala masalalar esa Nizomda talaygina. Joylarda tuzilib, endigina atak-çeçak iş boşlayotgan nom qöyiş komissiyalari özlarining vakolatlarini aniq tuşunib yetmayotirlar. Oqibatda qişloq Kengaşlari jumhuriyat Vazirlar Mahkamasi zimmasidagi işni öz böyniga olişgaça yetib bormoqda. Maʼlumki, amaldagi qonun-qoidalarga köra tegişli hududdagi joy nomlarini nohiya ijroqömlari beradilar? Kişilar nomini abadiylaştiriş vakolati esa viloyat  ijroiya qömitasiga topşirilgandir. Yaqinda Samarqand şahar ijroiya qömitasi viloyat ijroiya qömitasining vakolatini öz zimmasiga olganligi uçun uning qarori bekor qilindi.

Taniqli turkşunoslarning aytişiça, bir vaqtlar nom sözi hozirgi nomus sözining örnini ham bosgan ekan. Xalqdagi “Nomusing öçdi – noming öçdi“, “Yigit bölsang, nomingga doğ tuşirma” singari iboralarni eşitib, bu gapda jon borligiga imon keltirasan kişi.

Modomiki, tilimiz nomusimiz ekan, bu masalada doimo xuşyor va doimo adolatli, xalqçil bölişimiz kerak, toki yillar ötib, kelajak avlodlarimiz öz yurtlarida öz tillari haqida qaytadan qonun çiqarib, bizlarni şarmandalar qatorida sanaşmisan! Zero, avlodlar taʼnasidan oğirroq jazo yöq!

“Yoşlik” jurnali, 1991-yil, 6- son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)