4 daqiqada öqiladi

350 marta körilgan

Baland poşnalar

Hatija xonim juda vaqtli tul qolgan boy xonimafandi edi. Ön uç yoşlarda oltmiş olti yoşli qariyaga tekkani uçun “erga tegiş” degan narsadan nafratlangan edi. Ön yilga yaqindirki, erkak desa uning xayoliga revmatizm, balğam, paxta, banka, yod yiğimlaridan iborat yurakni siquvçi öylar kelar edi.

– Yoşlar boşqaçadir! – deganlarga esa:

– Voy, voy! Xudo saqlasin-yey, ular ham bir kun qarimaydimi? Keyin ularning dardini kim çekadi? – deb hayqirar edi.

Eng asosiy maşğuloti tozalik bilan halollik bölgan xonim Göztepadagi köşkini har kuni ertalab xizmatkori Eleni, boqindisi Gulter bilan birga tozalar, har kun oşpazi Mehmedning soç-soqolini kestirar, beçora Bolulik bolani boşdan-oyoq oppoq kiyişga majbur qilardi. Eleni ham, Gulter ham juda halol edilar. Ombor qulflanmas, pullar ham oçiq yerda turar edi. Ayniqsa Mehmedning halolligiga şubha bölişi mumkin emas edi. Birov bilan gaplaşayotganda heç köziga tik qaramas edi. Hatija xonim uydan taşqariga çiqmagani uçun işi xizmatkorlarini taftiş qilişdan iborat edi. Töxtamay xonalarni aylanar, çordoqqa çiqar, oşxonaga tuşardi. Derdiki:

– Menga öxşanglar. Men heç birov bilan körişyapmanmi? Siz ham aslo qöşnilarning xizmatkorlari, yugurdaklari bilan gaplaşmanglar. Begona kişilar insonni yöldan çiqaradi!

Hattoki Mehmed ham bu nasihatni quloğiga quyib olgan edi. Orqa hovlidagi oşxonasiga mehmon, hamşahari tugul hatto bir muşuk ham kira olmas edi. Hatija xonim kunda oşxonaga ön marta tuşsa ham, uning qozon yonida yolğiz turganini körar edi. Hatija xonimning tozalikka moyilligi bilan birgalikda baland poşnalarga işqibozligi ham bor edi. Gözal, dömboqqina va nashʼali bir ayol edi. Faqat böyi pastroq bölgani uçun, uy içida ham bir qariçga yaqin baland poşnali tufli kiyar edi. Göyo dorbozga aylangan edi.

Bu baland poşnalari bilan zinalardan taqir-tuqir qilib bir hamlada tuşar, oyoğini qayirmasdan bir pastga, bir tepaga yugurar edi. Nihoyat bir kun boşi aylana boşladi. Çaqirgan doktori unga dori bermadi.

– Xonim afandi, butun rohatsizliklaringizning sababi bu baland poşnalar. Ularni yeçing. Jundan töqilgan, qulay, yumşoq bir şippak kiying. Körmaganday bölib ketasiz.

Hatija xonim doktorning tavsiyasi bilan junli şippak oldirdi. Rostdanam juda qulay edi. Ikki kun içida boşining aylanişi töxtadi. Tizzalarida, boldirida zirqiraş qolmadi. Faqat vujudi huzurga qovuşgan paytda ruhi bir azobni his etdi. Töqqiz yil unga xizmat qilgan odamlarining ikki kun içida birdaniga axloqlari buzilgan edi. Elenini özining tiş çötkasi bilan tişini yuvayotganda, Gulterni omborda murabbo oşalayotganda körib qoldi. Mehmedni göşt yeyiladigan kun bölmasligiga qaramay bir tovoq qovurmani paqqos tuşirayotgan paytida uşlab oldi.

– Bularga nima böldi, yo Rabbim! Nima böldi, bularga? – derdi Hatija xonim. 

Bir hafta içida xonim odamlarini ön beşdan ortiq qinğirliklari ustida uşladi. Ayniqsa, Mehmedning qöşni generalning uyini qöriqlayotgan askarlar bilan kattakon laganda palovni paqqos tuşirayotganini körganida jahli çiqqanidan nima qilişini bilmay qoldi. Şu kuni hamma tarafga qulf soldi.

– Mana endi köramiz, nimani öğirlaşar ekan?

Rostdan ham öğirlanadigan heç narsa qolmagan edi. Ertasi kuni xonim uyqudan biroz keç turdi. Pastga tuşdi. Eleni bilan Gulter körinmas edi. Töppa-töğri oşxonaga qarab yöl oldi. Oçiq eşikka közi tuşişi bilan nafasi içida tuşdi. Mehmed öçoqning boşidagi kiçkina kursida yoyilib ötirar, bir tizzasida Eleni, bir tizzasida Gulter. Hatija xonim bu manzaraning razolatini körmaslik uçun darrov közlarini yumdi. Faqat quloqlarining qopqoği bölmagani uçun ularning gaplarini eşitmay qolmasdi.

Mehmed: “Hey Gulter, sen köpdan beri şirinlik olib kelmayapsan-ku?” – dedi.

Gulter esa: “Hamma joy qulf, nima qilay?”, dedi.

Mehmed şapillagan ovozi balan Eleniga:

– Hey sen, keçasi nimaga kelmayapsan? Senga holva saqlayapsan! – dedi.

Eleni esa: “Voy, qölga tuşamiz. Keyin xonim bizni quvadi”, deb uning quçoğida tölğonar edi. Oralarida noz-qaraşmali dardlaşuv boşlandi.

Hatija xonim közlarini oçmas, yuragi hapqirib diqqat bilan tinglardi. Gulter:

– Voh bu şippaklar! – dedi. – Hamma işimizni buzdi. Xonimning kelgani heç eşitilmaydi. Nima qilsak qölga tuşyapmiz. Oldin qanday yaxşi edi. Baland poşnalarining taqir-tuqiridan uyning eng tepa qavatdagi ovozini ham eşitardik.

Suhbat uzaygan sayin Hotija xonim közi bilan körolmagan boşqa razolatlarning mufassal hikoyalarini eşita boşladi. Çidayolmadi. Közlarini oçdi.

– Hay olçoq, öğri, nomussizlar! Qani, uyimdan daf bölinglar! – deb hayqirdi.

Şu ondayoq töqqiz yillik sodiq xizmatçilarning kavuşi töğrilandi.

Şundan söng qança oşpaz, xizmatçi olgan bölsa hammasi orsiz, öğri, yuzsiz, nomussiz çiqardi. Ikki yil odamga öxşagan xizmatçiga yolçimadi. Mol-mulki ziyoda, heç bir dardi bölmasligiga qaramay xizmatçi dardidan ozib, sarğayib sölar edi. Qaradi, bölmaydiganga öxşaydi! Yana baland poşnali tuflilarini kiya boşladi. Xizmatçilarining öğriliklarini, nomussizliklarini körmaydigan böldi.

Yuziga qon yugurdi. Voqea yana boşdan takrorlanib, boşi aylana boşladi. Endi ovozi eşitilmaydigan poşnasiz şippak kiydirişini öylab doktorga murojaat qilmas, “heç bölmasa yuragim huzurli-ku”, der edi.

Umar SAYFIDDIN

 

Turk tilidan Zamira HAMIDOVA

tarjimasi

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 10-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)