5 daqiqada öqiladi

749 marta körilgan

Birinçi muhabbat

Zu Vinter

(Hikoya)

Bu voqea sodir bölgan paytda, qizça endigina ön yoşga tölgan edi. Öşa kezlarda u maktab hovlisida va yölaklarda bolalar orasida şodumon yugurib yurardi. Yoş bolalarning şöxliklarini biroz tartibga soliş uçun öqituvçilar yuqori sinf öquvçilaridan navbatçilar tayinlaydigan bölişdi. Yuqori sinf öquvçilari esa bu işga çinakamiga kirişib, qattiq nazorat örnatişdi. Kiçiklar nazarida navbatçilar qandaydir samoviy qudratga ega edilar. Bolalar ikki qator bölib sinflarga kötarilayotganlarida, ular zinaning ikki tomonida turib kuzatişar, tanaffus paytlarida esa yölka böylab yurişar va sinflarni tekşirişardi. Kimdir yugurişdan özini töxtata olmasa yoki biror nojöya iş qilayotganda qölga tuşib qolsa bormi, uning holiga voy – tanaffusning qolgan qismini eşik yonida tik turib ötkazişga majbur bölardi. Bola bola-da, şumtakalar aksiga olib, yangidan-yangi beboşliklar bilan nazoratdagilarni aldab, begunohlarni jazoga giriftor qilişardi. Qizça şunaqa şumlikka duçor böldi. U eşik yonida turganida öğil bolalardan biri kelib orqasidan şaşt bilan itarib yubordi. Qizça eşikdan otilib çiqib, tartibni nazorat qilib yurgan yuqori sinf öquvçilaridan biriga borib urildi. Yigit uning qölidan mahkam uşlab, eşik yoniga olib keldi:
– Şöxlik qilganing uçun mana şu yerda turasan!
Qiz boşini kötarib yigitga qaradi. Bu işni uning özi ataylab qilmaganligini, öğil bolalar itarib yuborişganini aytmoqçi böldi-yu aytolmadi. Tomoğiga bir narsa tiqilib, közlaridan marjon-marjon yoş yumalab tuşa boşladi. Yiğisini tiyolmayotgan bölsa-da, jazolayotgan yigit ahyon-ahyonda unga qarab qöyayotganini payqadi.
Qizça eşik yonida qotib turar, közlaridan hamon yoş oqardi. Nihoyat, yigit uning yoniga kelib, çöntagidan daströmol olgança, qizning közlarini artib qöydi. Nega bunaqa qilganini ehtimol özi ham bilmasdi, balki şu tariqa qizga ozgina yordam bermoqçi, könglini kötarmoqçi bölgandir.
Qiz yigitga minnatdorçilik bilan qarab qöydi, bir neça daqiqa ularning nigohlari töqnaşdi. Yigit qiz öylagançalik yengiltak va toşbağir emas, uning közlarida çuqur maʼno, olijanoblik va mehr bor edi. Keyingi darslarning qanday ötganini qiz payqamadi. Yigitning nigohi qizning köz öngidan ketmas, murğak qalbida allaqanday mavhum, tumanli, ammo şirin tuyğular uyğongan edi…
Daryo tugab, uyga qaytayotganda qiz: «Balki u orqamdan qarab turgandir», degan öyda boşini mağrur kötarib ketdi. Biroq bu paytda orqada yigitning qorasi ham körinmasdi. Keçqurun uyquga yotayotganda yana özining eşik yonida turgani, yigit kelib çöntagidan daströmol çiqargança közlarini artib qöygani qizning xayolidan ketmadi.
Ertasiga u maktabga öqdek uçib bordi. Ehtimol bugun ham ular uçraşib qolişar. Qizça bu uçraşuvdan quvonar, birozgina qörqardi ham. Katta tanaffus paytida u bir neça bolalar bilan quvlaşib, ataylab yigitning atrofidan aylanib çopdi, ammo yigit unga eʼtibor bermadi. U töpolonçi öğil bolani ogohlantirib turgan edi. Sinfda ötirganida, qiz: «Keyingi tanaffus paytida öğil bolalar bilan janjallaşaman, keyin u kelib meni eşik yoniga turğizib qöyadi, şunda yaxşilab körib olaman», deb köngliga tugib qöydi. Qizning bu rejasi ham amalga oşmadi, çunki keyingi tanaffusda yigit yölakda körinmadi.
Ertasiga qiz zinadan kötarilayotganda ular tasodifan yuzma-yuz kelib qolişdi. Yigit qizning közlariga termulib qaradi, qizça ham unga tikildiyu, uyalib ketdimi, darrov közlarini olib qoçdi. Nigohlarning şu bir lahzalik uçraşuvi qizning bir neça haftalar davomida şirin-şirin tuşlar körişi uçun yetarli edi. U yigitga röbarö kelgan kezlari zavq-şavqqa tölib ketar, körişmagan paytlari esa rutubatli kuz kunlaridek, zerikarli va ğamgin ötardi. Yigitni deb u bir marta tuşlik ovqatga keçikdi, onasini ança kuttirib, xavotirga solib qöydi. Öşanda yuqori sinf öquvçilari maktab hovlisida qöl töpi öynayotgan edilar. Qiz jildini devorga suyab qöyganiça, yigitning qanday öynayotganini kuzatiş uçun tomoşabinlar orasidan joy oldi. Hovli burçagida jimgina ötirib, uning har bir harakatini zimdan kuzata boşladi. Qizning şu yerdaligini payqagan yigit esa bolalarning barçasidan yaxşiroq öynardi. Baʼzan u raqib darvozasi yonida töpni qöliga olib balandga sakrar va bir lahza havoda göyoki muallaq turib qolardi. Darvozabon uning harakatlaridan aldanib özini bir tarafga olar, yigit esa töpni ikkinçi tarafga sekingina taşlab qöyar va tomoşabinlarning qiyqiriqlariga sazovor bölardi. Qizça özining şu yerdaligi yigitga qanot bağişlayotganini ğira-şira his etsa-da, bunga özini işontirolmasdi. Yigit uning nazarida baland bir çöqqida, özi esa… Odatda, öninçi sinf bolalari yoş qizçalarni unçalik pisand qilişmaydi-da…
Öquv yili tugadi. Yigit maktabni bitirib ketdi. Qiz ğamgin bir holga tuşib qolgan, şu bilan hammasi tamom böldi, deb öylar edi.
Taʼtil kunlari tugab, yangi öquv yili boşlandi. Yigitning örnida endi kiçkintoylarni boşqa bir bola nazorat qilar, bu esa qizçaning murğak qalbiga bitmas-tuganmas jarohatlar solardi. Biroq yillarning ötişi, har kuni yangi-yangi voqealar yuz berib turişi natijasida qizning köz öngida yigitning surati avvaliga xiralaşib, söngra öçib ketdi. Vaqt har qanday dardni davolaydi, deganlari rost ekan. Qizning ğamlari biroz bosilganday böldi. Surati köz öngidan ketgan bölsa-da, u yigitni butunlay unutolmadi. Yillar ötib, boşqa bir yigit undan ilk bor bösa olganda ham, qiz buni birinçi muhabbatim, deb atay olmadi. Izhor etilmagan birinçi muhabbatini u yuragining eng törida, eng maxfiy joyida, bolalik damlarining sehrli va ohanrabo ertagi sifatida avaylab-asrab kelardi…
Qiz turmuşga çiqdi. Farzand kördi. Qizçasi ikki yoşga töldi. Sentyabr oyining örtalari edi. Kasbdoşlari uni ziyofatga taklif etişdi. Kimdir institutni sirtdan tamomlagan ekan. Barça bir restoranga yiğilişdi. Ayol quvnoqlar davrasida gul-gul oçilib ötirar, qozonilgan muvaffaqiyat şarafiga atrofdagilar bilan qadah uriştirar edi. Bir vaqt qöşni stol atrofida ötirgan yigitlardan biri örnidan turib, uning yoniga keldi va raqsga taklif etdi. Qiz yalt etib qaradi-yu, qalbining törida yaşirinib yotgan tuyğular yuzaga çiqib, butun vujudini yondirib yuborganday böldi. Qaltirab ketdi. Ne köz bilan körsinki, bu öşa – murğak qalbning şaffof ehtiroslari ila sevib qolgan, köz öngidan surati heç qaçon ketmagan yigit edi!
Ular raqsga tuşa boşladilar. Bir-birini qöllaridan tutib aylanişarkan, ayolning öziga ham hozir kulgili bölib tuyulayotgan ötmiş bolaligi töğrisida sözlab beriş istagi tuğildi. Ammo u yigitning közlariga tikilib qaray olmadi. Yigit esa uni ohista öziga tortib, yuzini uning jingala, qönğir soçlariga qöygança, quloğiga şivirladi:
– Bilasizmi, ehtimol siz meni masxaralab kularsiz, ammo bir vaqtlar, maktabda öqib yurganimizda men sizni juda qattiq sevib qolgan edim.

Zu VINTER

Nemis tilidan Yöldoş PARDAYEV
tarjimasi

2012-yil, 11-12 son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)