Badiiy adabiyotning eng nozik, öziga xos xususiyatlaridan biri bu, psixologizm, u inson harakterini, içki olamini ruhiyati orqali oçib beradi.
Jahon badiiy adabiyotidagi uşbu yönalişning eng sara namunalari M.Lermontov, I.Turgenev, L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, A.Çexov kabi XIX asr rus adabiyoti darğalari ijodida kuzatiladi.
Özbek adabiyotida inson içki keçinmalari orqali siyosiy-ijtimoiy muhitning maʼnaviy-axloqiy muammolarini oçib beriş Çölpon qalamiga mansub «Keça va kunduz» romanida yaqqol közga taşlanadi.
Çölpon özbek adabiyotiga öz asarlari bilan yangiça ruh, yangiça uslub, yangi nafas, samimiyat, hayotiylik va harorat olib kirgani ayni haqiqat. «Keça va kunduz» romanida ijodkor psixologizmning turli usullarini qöllab, tariximizning ğoyat murakkab, masʼuliyatli bir davrini, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ziddiyatlar kuçaygan bir paytni aks ettirgan.
XIX asr oxirlariga kelib, siyosiy özgarişlar dinamikasi oşib, sinfiy kuraş, mustamlakaçilik muammolari avj oladi. Davr qahramonlari obrazini yaratişda ijodkor fojeaviy, çuqur xarakterlar psixologizmini qöllaydi. Uning qahramonlari maʼnaviy-axloqiy, ğoyaviy-falsafiy izlanişlar orqali haq yölga intiladi, öylaydi, fikrlaydi, öz-özini tergaydi, öz-özini rağbatlantiradi, hayot haqiqatini izlaydi, dunyoqaraşi kengayadi, öz nafsi bilan kuraşa oladi, ongi ösadi, öz-özini inkor etadi, natijada qalb dialektikasi rivojlanadi.
Çölpon «Keça va kunduz» romanida psixologizmning mavjud usullaridan unumli foydalangan. Şunga qaramay, asarda ratsional-tahliliy, tanqidiy psixologizm yetakçiligi yaqqol seziladi. Bunga sabab yaratilgan obrazlarning murakkabligi va ziddiyatlarga boyligidir. Qahramonlar içki olamida sodir bölayotgan psixologik jarayon ularning içki «men»i orqali tahlil qilinadi. Yozuvçi har qanday ruhiy holatni içki keçinmalarni tarkibiy qismlarga bölib oçib beradi. Sodir etilgan har bir harakatning maʼno-mohiyati, sabablari körsatiladi.
Emotsional tahlil jarayonida qahramonlar öylaydi, fikrlaydi va sodir etilgan harakatining mantiqiy zanjirini tuzadi. Holatning mantiqiy yakuni tanqid bilan boşlanadi. Bunga misol qilib, asarda çuqur psixologizm bilan boyitilgan Miryoqub obrazini oliş mumkin. Uning xarakterida aql-farosat, epçillik, har qanday vaziyatdan çiqa oliş, öziga işonç kabi xususiyatlar bor. Emotsional psixologik tahlil jarayonida uning ruhiyatida ikkiga böliniş kuzatiladi. Biri Miryoqub – tergovçi, ikkinçisi esa javobgar. Ön bir betga çözilgan uşbu psixologik sud jarayonidan Miryoqubda içki tahlil, içki iqror kuçliligini köramiz. U öz-özini aldaşni xohlasa ham aldolmaydi. Şuning uçun maʼnaviy-axloqiy olamiga xos barça xususiyatlarni qörqmasdan tan oladi, iqror böladi.
«Keça va kunduz» asaridagi Çölpon psixologizmining yana bir xususiyati diqqatni tortadi. Bu taşqi detallarni asl maʼnosidan ayro qilmagan holda, personaj içki olamidagi psixologik jarayonni, holatni tasvirlaşdir.
Muallif tomonidan asar boşidan oxirigaça işlatilgan şunday bir predmet borki, unda bunday badiiy detal yordamida qahramonlar içki psixologik holatini tasvirlaş darajasidan çiqib, butun bir jamiyatning maʼnaviy dunyosiga işora qilingan. Çölpon bu badiiy detalning barça sinonimik variantlarini işlatgan: çiroq, fonar, fonus, elektrik, moyçiroq… Turli vaziyat, şaroit, holatda bu detalga «xira, nursiz, madorsiz» kabi sifatlar qöşib işlatgan. Nursiz çiroq, xira fonus, madorsiz elektrik…
Çölpon öz asarida taşqi psixologik holat orqali personajlarining psixologik portretlarini yanada yorqinroq tasvirlagan. Masalan, Razzoq söfi tuğilişidagi hangomani olaylik. U doya kampir tilidan sözlanadi: «…Aylanay mehmon, kimdan xafa bölib tuşdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovoğingizni oçsangiz-çi! Yoruğ dunyoga keldingiz! Şukur qiling! Sevining! Mundoq kuling! Kulimsirang! Iljaying!» Badqovoqlik ştrixi orqali Razzoq söfining portreti yaratilgan. Bunday holatni ayollar obrazida ham kuzatiş mumkin. Masalan, «…Qurvonbibining közlari qizarib, qovoqlari kökargan edi…» Ayolning keçasi bilan tinmay, ezilib yiğlagani maʼlum. Mariyaning psixologik portretida doimiy labini tişlaş ştrixi özi xohlamagan azobga bardoş berişini anglatadi: «…Yoş juvon boşini quyi egib, yuzini çapga burgan, borgan sari qaltiraşi kuçaygan, lablarini ötkir va oppoq tişlari örtasida qisardi…»
Çölpon xarakterlarning taşqi tasviri, köz qaraşlari, yuz özgarişlari, mimika, plastika yordamida qahramonlarning içki psixologik holatidan voqif etadi. Köp hollarda muallif ğamga botgan taşvişli yuzlarda tabassum yoyilişini mahorat bilan tasvirlagan: «…kelinning yuzlarida xuddi şu paytda bir yoqimli kulimsiraş paydo bölgan edi».
Taşqi psixologik holat baʼzida qalb tubida yotgan sirli tuyğularning bir soniyalik paydo bölişini yoritişi mumkin.
Asarda muallif hikoyasi va ruhiy holatning u tomonidan tasvirlanişi yaqqol közga taşlanadi. Ruhiy holat tasviri asosida mantiqiy fikr zanjiri bölmaydi. Muallif hikoyasining asosini esa fikriy ketma-ketlik taşkil etadi. Har qanday ruhiy holat töğrisida fikr yuritiladi va ular maʼno-mantiq jihatidan boğlanadi.
Çölpon kitobxon tasavvurlarini, taxminlarini çeklamaslik uçun psixologik tasvirlaş usulidan foydalanadi va maʼlum maydonni fikrlar harakati uçun böş qoldiradi. Bunday yondaşuv psixologik holatning absolyut, batamom tugallanganligini inkor etib, kitobxonni öziça muşohada qilişga, xatti-harakatlar mohiyatini fikran oxiriga yetkazişga imkon beradi, çunki murakkablik darajasi oşib boradigan xarakterlarni va içki olami ziddiyatlarga töla, hatto öziga ham tuşunarsiz kahramonlar psixologiyasini xolis tahlil qiliş, barça detallarni maromiga yetkazib oçib beriş öz içki olamiga töğri baho beradigan personajlarning ham, kuçli psixolog-yozuvçilarning ham qölidan kelişi muşkul vazifa. Bu haqida F.Dostoyevskiy şunday yozgan: «Kitobxon uçun faqat roman syujeti emas, inson psixologiyasi, ruhiyati haqidagi bilimlar ham zarur, bunday bilimlarni har bir muallif kitobxondan kutişga haqli».
Çölpon psixologik tasvirlaş usulidan unumli foydalangan. Juda köp holatlarda yozuvçi atayin muallif yoki uçinçi şaxs nomidan qahramon içki olami haqida hikoya qiladi. Kitobxon psixologik kartinaga özi mustaqil qöşimçalar kiritişga, mantiqan xotima yasaşga imkon topadi va şu yöl bilan inson içki olamining eng çekka, qoronğu burçaklari ham maʼlum böladi: «… Öz uyiga kelganidan söng darhol oynaga qaradi, öz aftidan qörqib ketdimi, bilmadim – özini kartga taşlab, höngur-höngur yiğlaşga tuşdi…Uç yuz sömlik çek qölidan tuşib, allaqayerda töntarilib yotardi…»
Yuqoridagi asardan olingan parça fohişa ayol Mariyaning psixologik holatini tasvirlaydi. Maʼnaviy tubanlikka batamom ğarq bölmagan, ruhiyatidagi musaffolik hali bulğanib ulgurmagan personaj özining xatti-harakatlaridan norozi, içki olamida ziddiyatli kuraş bormoqda. Muallifning psixologik tasvirida ayol içki holatining ikir-çikir detallari oçib berilmagan. Personaj asabiy holda yiğlaşga tuşgandan söng muallif uning keyingi harakatlari taqdirini kitobxonning öziga havola qilib, köp nuqta bilan belgilagan. Öquvçi psixologik jarayon davom etayotganligini yaxşi biladi va özining inson ruhiyatidagi bilimlari, tajribasi asosida psixologik holat kartinasining muallif tasvirlamagan qismini özi mustaqil xayolida tasvirlab çiza boşlaydi. Noçorligidan ğururini nopok kimsalarga qöş- qöllab toptaşga bergan inson yana qanday karomat körsatişi mumkin?! U dod-faryod qiladi, taqdirni laʼnatlaydi, şu köyga solganni qarğaydi. Aççiq ustida xonani ostin-ustun qilib taşlaydi. Çölpon psixologik jarayon tasavvuridan söng uning haqligini nozik bir işora bilan tasdiqlaydi: çek qaylardadir töntarilib yotibdi va yana köp nuqta, çunki faqat çek emas, xonadagi boşqa jihozlarning ham oyoği osmondan qilingan.
Çölpon psixologik tasvirlaşning yana bir keng tarqalgan usuli – jimlik, sukunatdan ham örinli foydalanadi. Muallif qahramonning ruhiy holatini tasvirlar ekan, uni özi istagan qarorga mahkum etmasdan, öquvçi ixtiyoriga qöyadi. Jimlik, sukut saqlaş öquvçini fikrlaşga majbur qiladi, miyasida psixologik jarayonning mantiqiy zanjirini tuzadi.
Çölpon qahramonlarining içki keçinmalari, öy-fikrlari, xotiralari, kundalik qaydlari ham muallif tilidan bayon etiladi. Muallif öz qahramonlarining barça sir-asrorlaridan voqif. Asarda içki monologlar muallif hikoyasi bilan qöşilib ketgan. Bu psixologizmning öziga xos şakli hisoblanadi. U orqali inson ongining, xotirasining barça burçaklariga sayr etiş mumkin.
«Keça va kunduz» asari çuqur psixologizmga ega asar. Çölpon yaşagan davr qiyinçiligi asarda öz aksini topgan, şuning uçun roman psixologizmi murakkabligi, ziddiyatlarga boyligi, kontrastligi bilan qahramonlarning maʼnaviy-axloqiy, ğoyaviy-falsafiy, hayotiy ideallarini izlaşda namoyon böladi.
Xarakterlar psixologizmi badiiy detallar yordamida yanada yorqinroq közga taşlanadi. Ular qahramon içki dunyosining eng qoronğu burçaklarini yoritib, qalb dialektikasini rivojlantiradi.
Şahnoza Ravşanova
1991-yilda Buxoro tumanida tuğilgan. ÖzMU jurnalistika fakulteti magistranti. “Kuz dardi” deb nomlangan şeʼriy töplami naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 12-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


