Onam beçoraning aytişiça ilon yilida tuğilgan ekanman. Uruş, qahatçilik. Ikki akam frontga ketişgan. Non aziz pallalar edi. Çorvadorning qora ötovida qözilar bilan kökanlaşib ulğaya bordik. Sinfdan-sinfga yuqorilagan sari kitobxonlik kasaliga yöliqib qoldim. Hatto dalaga paxta terişga borganda ham iloji bölsa bir qissa yo romanni heç kimga körsatmay etakka solib ketişga harakat qilardim. Zehnim ötkir edi. Bir-ikki öqigan şeʼrni yodlab qolar edim. Unça-munça ijodiy maşqlar qilganman. Ammo ularning bari jöqiy şeʼrlar edi. Kelajakda nazm ilmi bilan muntazam şuğullanaman, degan niyat mening xayolimga ham kelmagan öşa paytlar. Endi esa öşa maktabda olgan adabiy-badiiy jozibalar, uydagi baxşiyona urf-udumlar könglimga jindak ijod tuyğusini joylagan taqdir-bitik ekanmi deb öylab qolaman.
Oilamizda baxşilikka qiziqiş zör edi. Rahmatli katta akam Boboqul Rahmatulla öğli ham ösmirlik paytlari baxşiçilik qilib, dömbirani maromiga yetkazib, katta mahorat bilan çalar edi. U kişining biron voqeani hikoya qilib beriş mahorati hammani qoyil qoldirardi. Ayniqsa, özi boşidan oxirigaça bölgan ikkinçi jahon uruşida körgan-keçirgan voqealarini gapirib, butun bir davrani lol qoldirib turgan onlarining juda köp guvohi bölganman. Akam juda erta vafot etib ketdi.
Kiçik akam Çorşam baxşi Rahmatullo öğli ham muştdayligidan terma qöşiq töqib, dömbiradan ajralmay qolgan edi. U baxşiçilikni betinim maşq qilib, katta baxşilarning oğziga tuşib, tezda tanilib ketdi. Ayniqsa Şerobodlik maşhur Mardonaqul Avliyoqul öğlidan yöl-yöriqlar olib, viloyatning yetakçi, çeçan baxşilaridan biriga aylandi.
Çorşam baxşining juda köp özi töqigan termalari va şeʼrlari bor. U kişi qirqdan ziyod xalq dostonlarini mahorat bilan ijro qilar edi. Uning özi ijod qilgan “Toşbosar” dostoni men bilgan özbek zamonaviy dostonlari orasida çinakam teran syujet va betakror mazmunli xalq romanidir. Çorşam baxşining “Alpomiş” şajarasidagi bir neça çuqur maʼno-mazmunli yangi dostonlari surxondaryolik olimlar tomonidan yozib olingan va ayrimlari naşr ham qilingan. Baxşining özi töqib aytgan va mahalliy matbuotlarda çiqqan şeʼrlarini töplasa ham bir kitob böladi. Ana şunday yuksak isteʼdod sohibi ön yilça burun olamdan ötdi. Bu katta söz xazinasining bor bisotini xalqqa, kelajak avlodlarga yetkaziş borasida hali köp tadqiqotlar bölişiga umid qilaman.
Mening şeʼriyatga, söz sehriga qiziqişimga mana şunday oila muhiti sabab bölgan bölsa kerak, hoynahoy. Aytişim mumkinki, dömbira mening ilk ustozim.
Matbuotda ilk bor çiqqan vaqtimni men 1968-yil deb belgilaganman. Adaşmasam, öşa vaqtdan boşlab şeʼriyat bilan jiddiyroq şuğullana boşlaganman.
Birinçi kitobim “Janub şamoli” 1981-yilda Ğ.Ğulom naşriyotida çop etilgan. Kitob çiqarişga juda keç uringanman. Vaholanki, şu kitobga kirgan şeʼrlar va “Ohu” dostonim 1971-yildayoq vaqtli matbuotda eʼlon qilingan edi.
Mening doimiy beminnat ustozim – kitob! Men adabiyot darsini mustaqil mutolaa qilib baholi qudrat örganganman. Çunki men adabiyot yönalişi böyiça taʼlim ololmadim. Toşkentda zilzila bölgan yil Toşkent Davlat universitetiga talabgorlardan Samarqand şahrida hujjatlar qabul qilişdi. Öşanda Samarqand opera va balet teatrida işlardim. Tavakkal qilib jurnalistikaning sirtqi bölimiga hujjat topşirdim. Va talaba böldim. Bir semestr Toşkentga borib öqib keldim. Keyin harbiy xizmatga ketdim. Askarlikdan keyin öqişni yana borib tiklaş va davom ettirişga böynim yor bermadi, qolib ketdi. Şunday qilib menga katta şoir-yozuvçilar va adabiyotşunoslarning kitoblari ustozlik qilişgan, xolos.
Harbiy xizmat davrida ham şeʼrlar qoralab turdim. Bunga armiya hayotining öziga xos qiyinçiliklari, gözal teatr turmuşini soğiniş, döstlar davrasini qömsaş kabi tuyğular turtki böldi. Armiyadan qalin bir daftarni qoralab qaytdim. Surxondaryo viloyat xalq ijodi uyiga yöriqçilik vazifasiga olişdi. Bu yerda juda köp sanʼatkorlar bilan tanişdim.
Şu orada boysunlik bir qizga bağişlab “Boysunning şöx dilbari” degan şeʼr yozib, unga özim musiqa bastalab özim ijro etib yurdim. Bu şeʼr viloyat gazetasida bosilib ham çiqdi. Şundan keyin menda yana jasorat paydo böldi. Endi muntazam maşq qila boşladim. Bir kuni yozganlarim – özimga maʼqul şeʼrlarimni olib, yuz istihola bilan tahririyatga kirib bordim. Öşa paytlari Teşa Saydaliyevni sirtdan tanir edim. Buni qarangki, Teşa aka ham meni sirtdan tanir ekan. U kişining yonlarida burgut siymo bir zot ötirardi. “Mengziyo, bu yigit Şafoat Rahmatullayev böladi, yaxşi şeʼrlar yozayapti” deb taniştirdilar Teşa aka. Mengziyo aka bilan aka-uka, döst bölib ketdik. U kişiga şeʼrlarim juda maʼqul bölib qoldi. Köp ötmay öşa 1968-yilda Mengziyo Safarov menga viloyat gazetasi sahifasida oq yöl tiladi. Öşanda öttiz yoşning ostonasida edim.
Hayotda katta yozuvçi Mengziyo Safarov bilan aka-uka, hammaslak, hamişa, bir-birimizga uzangi-yöldoş edik. Mengziyo aka ham kitob çiqarişga deyarli eʼtibor bermasdi. Mengziyo aka mening nazarimda göyo abadiy yaşaydigan, omadi doim oldinda, hamma narsaga baribir ulguradigan bir siymo bölib tuyulardi. Ammo heç kim va heç narsa boqiy emas ekan.
Şu yillarda Respublika gazeta va jurnallarida muntazam çiqib turdim. “Özbekiston madaniyati”, “Guliston”, “Şarq yulduzi”, “Saodat” kabi gazeta va jurnallarda şeʼrlarim bosildi. 1975-yilning bahorida Mengziyo aka bilan Toşkentga bordik. Yozuvçilar uyuşmasida ustoz Said Ahmad aka özining qadrdon ukalari Mengziyo Safarov, Neʼmat Aminovlar bilan içak uzdi qilib hangomalaşdi. Ketarda hammamizni uyiga oşga taklif qildilar. Keçqurun ustozning uyiga uçovlon kirib bordik. Ustoz hazil-huzul bilan kutib oldi. Saida opa oldilariga fartuk tutib olgan, oşxonada oşga urinib yuripti. Neʼmat aka mendan şeʼrlar öqib berişimni söradilar, bir-ikkita şeʼr öqidim. Şeʼr tugagaç, Said Ahmad aka çaqirib qoldilar: “Saidaxon, mana bu sahroyi bolaning şeʼrlarini siz ham eşitib köring”.
Opa kelgaç boyagi şeʼrlarni yana qayta öqidim. Şeʼrlar Saida opaga ham manzur böldi şekilli, “Şafoat, şeʼrlaringizdan taşlab keting” dedi. Men şeʼrlarni Saida opaga qoldirib ketdim. Saida opa 1975-yilning may oyida “Özbekiston madaniyati” gazetasida menga “Oq yöl” tiladi. 1976-yilda Ğ.Ğulom naşriyotidan çiqqan “Yoşlik bayozi”da bir turkum şeʼrlarim bosildi. 1979-yilda “Yoşlik” alʼmanaxida şeʼrlarim bosilgan. 1979-yilda “Şarq yulduzi” kutubxonasi töplami “Gözallikning tuğilişi” töplamida “Ohu” dostonim töliq holda bosildi. Nihoyat, 40 yoşning ustida birinçi kitob – 1981-yilda Ğafur Ğulom naşriyotidan ilk töplamim “Janub şamoli” çiqdi. Öşa yili Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining raisi Sarvar Azimov boşçiligida, Zulfiya opa, Erkin Vohidov va boşqa ijodkorlar viloyatimizga kelişib bizlarni Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilişdi. 1988-yilda “Yoş gvardiya” naşriyotidan ikkinçi töplamim “Umid ostonasi” çiqdi. 1992-yilda “Gulob” nomli töplamimni viloyatimizda mavjud bölgan “Jayhun” naşriyoti çop qildi. 2003-yili “Ozod söz” saylanmam “Yangi asr avlodi” naşriyotida naşr qilindi. 2008-yilda birdan ikki möjaz töplamim “Körinmay gulladim” va “Şoh va şoir”ni “Muharrir” naşriyotidan çop qildirdim. Kitoblarim turmuş taqozosi bilan kam tirajda çiqqan.
Xullas, qimirlagan qir oşar deb qimirlab yozib turibman. Xudo sabr bersa, şeʼrlarimning özini bir kitob, dostonlarimni bir kitob, badiiy va ilmiy publitsistik maqola va suhbatlarimni bir kitob qilib çiqariş niyatim bor. Imkon bölsa galdagi ana şu rejalarni amalga oşira olsak marra bizniki. Men katta-kiçik öndan ortiq dostonlar yozganman.
Mening pedagogik faoliyatim esa 1968-yildan boşlangan. Şu yili institutga musiqa öqituvçisi bölib işga kelganman. Öşanga ham 43 yil bölibdi. Hanuz şu dargohdaman. Men ham ozmi-köpmi taʼlim bergan ayrim şogirdlarim hozirda universitetimizning yetakçi olimlari. Ayniqsa, pedagogika fanlari doktori, professor, Termiz davlat universitetining rektori, fidoyi fan va jamoat arbobi Mamat Haydarov bilan faxrlanaman.
Musiqa sohasida ham bir-ikkita ilmiy-uslubiy risolalar yozganman. Bular 1991-yilda çop qilingan “Musiqa uslubiyoti”, 1992-yilda çop qilingan “Musiqa alifbosi” va 2003-yilda çop qilingan “Boşlanğiç musiqa” risolalaridir.
Şu paytgaça jami olti badiiy kitob, uç musiqiy risola çop ettirgan bölsam, ulardan bittasi ön ming tirajda, qolganlari kam tirajlarda çiqqan. Hozirgi paytda kitob çiqarişdan köra uni sotiş iztirobi, azobi bor. Şuning uçun kitob çiqarişdan könglim tölmaydi. Keyingi 2008-yilda çiqargan ikki möjaz töplamimni şu boisdan uyga bosib qöyibman. Uçraşuvlarga borganda öquvçilarga, çegaraçilarga bitta-ikkitadan sovğa qilib ozaytiryapman.
Mening nazarimda, adabiyot millat maʼnaviyati va madaniyatining ham poydevori, ham közgusi. Çunki milliy til ham, milliy teatr ham, milliy kino ham, milliy qöşiqçilik ham, kolaversa, milliy folklor ham adabiyotga suyanadi.
Adabiyot katta maydon, hamişa şunday bölib kelgan. Bugun töqqiz yaşardan töqson yaşargaça kitob çiqarib yotibdi. “Ermas oson bu maydon içra turmoq…” degan edilar uluğ bobomiz. Biz ham “Hayot rubob – hamma çolğuçi. Har kim öz kuyini çaladi. Kimning kuyi bir lahzalikdir. Kimning kuyi mangu qoladi” deb minğirlagandik bir vaqtlar. Bugungi adabiyotning yutuğiyu qusuri xususida gapirişga maʼnaviy huquqimiz ham yöq, quvvatimiz ham yetmaydi. Faqat vaqt hakam deya olamiz. Özimizga qarata uni şunday taʼkidlaganmiz:
Sen öçsang nima ğam, porlayveradi,
Yölçiroğ haqiqat – poklik onasi.
Hammaga zol hukmim borlayveradi,
Temir qonun vaqtning qozixonasi!
“Gilgamiş”dan “Alpomiş”gaça, “Avesto”dan, “Qurʼon”gaça bölgan jami ezgu kalomlarning va şu kalomlarning alohida insonni tadqiq qiliş tarmoği bölgan adabiyotning ham boş maqsadi – komil insonni tarbiyalaş bölib kelgan.
Menimça adabiyotşunosligi kuçli rivojlangan rus va Yevropa mamlakatlari tajribasidan kelib çiqib, özbek adabiyotining ham qadimdan hozirgaça, avvalo, asrlar böyiça izçil davrlaştiriş, keyin esa iloji bölsa naşrini ham boşlaş kerak. XX asrda amalga oşirilgan noyob naşrlarni yana öşa holiça va öşa körinişda qayta naşr qilinsa nur ustiga aʼlo nur bölardi. Hozir ular oltinga barobar, topilmaydigan bölib qoldi.
Respublika oliy öquv yurtlari axborot resurs markazlari kitob fondlari faqat öquv, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlardan iborat bölib qolyapti. Ularning alohida boy badiiy adabiyot fondini zudlik bilan taşkil etiş kerak. Yoşlar badiiy adabiyotdan uzilib qolyapti.
Har bir viloyat Yozuvçilar uyuşmasi bölimlari qoşida “Ijod” fondi yordami bilan alohida boy badiiy adabiyot kutubxonasi taşkil etilsa yaxşi bölardi.
Va nihoyat, oilam haqida gapirsam: turmuş örtoğim öqituvçi Xosiyat Rahmutullayeva bilan sakkiz farzandga ota-ona, ön bitta nabiraga bobo-momo bölib rözğorni eplab turibmiz.
ADIB HAQIDA
Şafoat RAHMATULLAYEV (Şafoat Rahmatullo Termiziy) – 1941-yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. 1965-yili Toşkent Davlat konservatoriyasini tamomlagan. Uning “Janub şamoli”, “Umid ostonasi”, “Ozod söz”, “Körinmay gulladim”, “Şoh va şoir” singari kitoblari naşr qilingan. Şuningdek, musiqa sohasida “Musiqa uslubiyoti”, “Musiqa alifbosi” va “Boşlanğiç musiqa” risolalari muallifi hamdir.
Şafoat Rahmatullev 1968-yildan buyon Termiz davlat universitetida dars berib kelmoqda. 1998 yilda “Şuhrat” medali, 2003-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
“Yoşlik” jurnali 2012-yil, 11-12-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


