Muhammad Yusuf haqida gap ketganda kim birov erka şoir, yana kim kuyçi edi, yana kim nimadir deb taʼrif beradi va har kim bu borada öziça haqdir.
Adaşmasam, aka bilan biz Prezident Akademiyasiga kirmasdan xiyol burun Dörmonda, rahmatli Şavkat Rahmon huzurida tanişgan edik va şundan söng quyuqroq salomlaşadigan böldik. Şavkat aka öşanda betob, ozğin gavdasi tağin ham içga tortib, közlari xiyla botgan, Muhammad aka negadir dasturxondagi mayizni maqtagan, Abdulla akam buni qora quyoş deb aytadi deya alqay boşlagan edi. Şoir oşirib yuboryaptimikin deb öyladim. Lekin ikki közim Şavkat Rahmonda. Biqinida Nabijon Boqiy, tez-tez bir narsalar deb qoladi, esimda yöq, har qalay öşanda Şavkat aka yarim kosa lağmon içgani yodimda. Şoir xuddi şu safar iştahasi oçilib, endi soğayib ketadiganday tuyulgan menga.
Ammo…
“Osmon töla havolar
faqat menga yetmaydi…”, deb yurgan kunlari ekan.
Uyuşmadan Muhammvd Yusuf bilan menga Prezident Akademiyasining ön oylik katta kursida öqiş uçun tavsiya berildi. Endi el qatori kirib öqib yotibmiz-u, bitta narsadan aka bir oz xijolat tortadi. Safimizda öttiz yoşga yetganlar bor edi, ammo akaga öxşab qirqni urib, bir-ikki poğona oşib ham ulgurganlari yöq edi. Çamamda öqişga qabul qilinuvçilarning yoşini çeklovçi nizomga ham akaning “standarti” çandon töğri kelmas edi.
Sababi, u – Muhammad Yusuf edi.
Gap tamom.
Özi Muhammad Yusuf adabiyotga keç kirib keldi. Esingizdadir, öşa “Yoşlik” jurnalida “tanklar ham paxta teradi, Zambaraklar buğdoy öradi hali” degan mazmundagi şeʼri çiqqanda bir kunda maşhur bölib ketuvdi. Biz talabalar hayron bölganmiz: yoşi Sirojiddin Sayyiddan ham katta, qayerda biqinib yurdi ekan, tavba…
Nazarimda Muhammad Yusuf rostdan ham adabiyotga bir kunda kirib kelib, özining muqim örnini topib olgandek…
Muhammad aka birov bilan uzoq ezilib, emranişib ötirişni xohlamas edi. Kutilmaganda turib jönab qolar edi. Akademiyadaligida ham közga körinmay panada beçorasinib yurganlar bilan qalin döst bölib olar, bu holat har qanday vaziyatda şoirning izzatini joyiga qöya oladigan kazo-kazo va badavlat talabalarning ğaşini keltirardi.
Esimda, 1997-yilning bahori edi. Muhammad aka Jizzaxning Daştobodidan Maʼrufjon degan yigitning tuğilgan kuni ekanini bilib qolibdi. Akademiyada ham har turli qavm odamlar, tinglovçilar bor, hamma maʼlum bir joyda öz vazifasidan ozod etilmagan holda maoş olib öqib yuradi, lavozimdagilar ham ança-munça bor, köp ötmay vazir, viloyat hokimi darajasiga kötarilganlar ham böldi. Ammo Maʼrufjon çöldagi qurilişlardan birida oddiy vazifada işlar, keyinçalik ham karyera qilmay oddiyligiça qoldi, lekin, kuzatişimça, Muhammad akaning umri oxirigaça qadrdon ukasi bölib yurdi.
Aka vazifadagi kişilar bilan mutlaqo salomlaşmas edi, desam yolğon böladi. Ular bilan yaxşi munosabatda bölar, ammo eşigiga borib yotib olmas, bir iş bitsa bitdi, bitmasa afsuslanib ötirmay, qöl siltab ketaverar edi.
Qisqasi, Muhammad Yusuf kibrdan xoli inson edi.
Akademiyada guruhlar qöşilgan katta auditoriyada ham, kiçik auditoriyada ham şoir oxirgi partaga ötirişni odat qilgan edi. Bir talay şeʼrlar, jumladan, öşa “Bir öğli, bir qizi bor Ozodaning, men baribir sevaman Ozodani” degan satrlarini dastavval Akademiyadagi tinglovçilar eşitişgan.
1997 – yangi yilni kutib oliş arafasidamiz. Akademiya hovlisida bir nozik, göyo uçib borayotgan qizning, toşdan şekilli, haykali bor, biroq u yalangoyoq holda işlangan edi. Qitmirroq yigitlar tunda, odamlardan bekitiqça qiz tuşgurning oyoğini poyçasiga uzun qizil paypoq kiygizib qöyişibdi. Muhammad aka ertasi kuni qiz haykali qoşidan ketolmay, Yevropa gözaliga ham ibo yaraşadi, buni tuşungan özbek oşiq yigitlariga rahmat ayt, mazmunidagi hazil şeʼrni bitib taşladi.
Daştoboddagi Maʼrufjonning odmigina uyiga “Villis” degan mikroavtobusda 7-8 kişi kirib borganimizda yigitning dadasi xursandligidan qayta-qayta köz yoşi qilgan. Rosa miriqib suhbat qurganmiz.
Vaziyatdan göyo ori qözigan gulistonlik baʼzi kursdoşlarimiz ertasi kuni maşina taşkil etişib, barçamizni Zomin toğlariga sayohatga olib çiqişgan. Muhammad aka Zominda Boburga öxşab yalangoyoq holda, oyoqlarini kerib şeʼrlar öqigani hamon yodimda.
Akademiyada N.Komilov, Ğaybulla as-Salom, Ş.Rizayev, N.Jumaxöja, singari adabiyotşunos domlalar ham saboq berişardi. Ğaybulla aka turli mavzu, turli janrlarda qalin-qalin kitoblar yozib çop etar, akademiya rektori u odamga xayrixoh va homiy edi. Ğaybulla aka mening “Hadislarda davlat qurilişi va hokimiyatga munosabat” deb nomlangan diplom işimga opponent, Najmiddin Komilov rahbar edi. Diplom işi yozilmasa, respublika naşrlarida mavzuga doir uç dona maqola çiqariş ham kifoya qilar edi. Kamina gazeta-jurnallarda 8-9 ta maqola çiqarganman, özimça kerilib yuribman, biroq rahbarim Najmiddin Komilov men çiqargan maqolalar bilan mavzu orasida heç boğliqlik topolmay obdon ensasi qotar edi.
Muhammad aka bir mahal orqadan turib:
– Najmiddin aka, şu Sobirning hafsalasiga beş ketiş kerak, – dedi. – Birov gazetada bir parça xabar çiqarsa dunyoni buzadi, buniki sakkizta ekan-ku, yana hammasi öqiladigan materiallar…
Najmiddin Komilov boşqalar nima derkin, degan maʼnoda zalga qaragan edi, buxorolik kursdoşim örnidan turib “Bu yigit nafaqat jurnalist, balki “Yoşlik” degan jurnalga ham muharrir, falon yili buxoroliklardan bir neça kişi qamalib ketayotganda jurnal örtaga tuşib, jonbozligi tufayli odamlar nohaq qamoqdan qutulib qolişgan”, deb qolsa böladimi?
Bu gap ğirt yolğon ekanidan avvalo men uyalib ketdim. Axir, bizning jurnal huquqiy naşr emas, qamalganlarga aloqasi yöqligini hamma biladi-ku, bilmaganlarga ham yil davomida obuna haqida gapiraverib otning qaşqasidek qilib qöyganman.
Orqaroqda jim ötirgan Ğaybulla aka şart örnidan turib doska yoniga keldi. Asta-sekin gapni uzoqdan boşladi. Meni, M.Yusufni urib taşladi. Mavzuga aloqasizlikda aybladi. Yer yorilmaydi, men kirib ketmayapman, şunçalik ham tuproqqa bulaydimi odamni, kuyovini, katta şoir M.Yusufniyam ayamadi-ya.
Biroq Ğaybulla as-Salomning xuddi yozganlaridagi singari nutqida ham ajoyib manyovrlari bor edi.
– Bir qaraşda şundoq, – deya körsatkiç barmoğini tepaga qarata taʼkidlagannamo qotirib, özi ham qotib, közlarini yirik oçib, töxtab, öyçan holda davom ettirdi.
Xullasi kalom, matbuotda eʼlon qilingan har bir maqolaning aynan falon yoki piston hadisga mos yoki “xuddi şundan kelib çiqib yozilgan maqolalar” ekanini Ğaybulla domla şu darajada ustalik va zukkolik bilan isbotladiki, yo tavba, muallif bölsam ham kamina bunaqa aloqadorlikni sira bilmagan edim…
Diplom işi egasi, Najmiddin Komilov, M.Yusuf, xullas, hamma ağrayib qolgan. Najmiddin akadan taşqari tağin ikki prorektor ham ötiribdi. Ular oldida domlalarim xijolat çekmasliklari uçun doskaga çiqib Imom Ğazzoliydan biror soat “maʼruza” öqidim. Juda qiziq gaplar edi. Hamma qotib turibdi. Lekin bu safar ham mavzuga umuman aloqasi yöq gaplar.
Akang qarağay boşqalarning zerikarli va öta rasmiy, siyosiy, kitobiy mavzulariga qaraganda muvaffaqiyatliroq yoqladim diplom işimni. Lekin qayoqlarda ötlab yurganimni birgina Şoir bilar edi. Şuning uçun taşqariga çiqqaç, Şoir odatdagidek burnini uşlab qotib, burişib kulib, yelkamga şap etkazib urarkan:
– Sobir, ölay agar, odam-podammassan, odam bölmaysan özi san! – dedi.
Aka kam odamlarni “san”sirardi. Lekin samimiyati çeksizligini bildirib turardi.
Najmiddin Jiyanov, Saparboy Oçilov, Elmurod Xolbozorov, Ğulom Mirzo, sirdaryolik ikki rais döstimiz, Maʼrufjon, Jizzaxlik Samariddin Tilavov…
Kunlar ötdi. Ne bir kunlar ötdi? Sapar qayda, Elmurod qayda? Samariddin döstimiz ikki farzand bilan böydoq, yanga baxtsiz bir tasodif tufayli olamdan ötgan. Şoir aka unga köpinça dalda bölişga harakat qiladi, tasalli beradi. Falonçi, pistonçilar ham yomon emas, deb “nomzodlar” tavsiya qiladi.
Samariddin Xudo yorlaqagan yigit ekan, şundoq köz öngimizdagi Davlat va Jamiyat qurilişi fakulteti dekani Fatxulla akaning qabulxonasida ötirgan Zulfiya ismli qizni tanladi. Goh men, goh Muhammad aka kino, konsert, teatrlarga patta olib kelib yigitga beramiz, yigit ne köyda qizning könglini olişga şoşadi. Axir, Zulfiyaxonim hali böy qiz…
Şoirning taʼsirimi, Samar jöraning özi ham çakki emasmidi, işqilib öqiş adoqlayotgan may oylari söngida Sirğalidagi “Baxt” töyxonasida Samariddin bilan Zulfiyaning nikoh bazmini ötkazganmiz. Ğallaoroldan Samarning otasi Örol bobo yetovida bir avtobus odam yetib kelgan. Bu yoqda şoir hofiz xalqini qatorlaştirib taşlagan, har zamon öziyam yengil öynab davra kezib qoladi…
Samarni, arbob Samariddin Öroloviçni şunday uylantirib edik. Muhammad aka boş bölgan edi.
M.Yusuf garçi juda maşhur bölib ketgan bölsa-da, nufuzli naşriyotlarga qölyozma kötarib borişni öziga ep körmasdi. Xususiy naşrlar qalam haqi bermasa-da 50-100 ta kitobni öziga ortiqça çiqarib berişni vaʼda qilsa, şoir rozilik beraverardi. Öqişni tugatiş arafasida sarğaygan gazeta qoğoziga bosilgan kitobçasi bir naşriyotda çop etildi.
Dökondan bir dona sotib oldim-da, akaga dastxat yozdiriş uçun bordim. Aka menga kulib qarab turaverdi.
– San kiçkina ijodkormassan, öğlingning nomini ayt, – dedi söng.
Kitobga esa “Oloviddinjon! Yaxşi odam böl!” deb yozib qöydi…
Şunda men talabalik davrimiz, öşanda matbuotda tez-tez körinadigan şoirlar M.Kenjabek, S.Sayyid, M.Yusuflarning birinçi kitoblari çiqişini kutganimiz, “Maktublarim”, “Ruhim xaritasi”, “Taniş teraklar” naşr etilganida önlab şeʼrlarni yod olib, paxta dalalarida baytbarak qilganlarimizni esladim. U vaqtlarda şeʼr, kitob şu taxlit bayram qilinganini akaga aytdim. Endi şeʼrlaringiz qöşiqçilar tilidan tuşmaydi, şoirlarning vatanparvarisiz, dedim. U odam mening ikki yelkamdan uşlab, tikilib qoldi.
– Qöyaverasiz-da endi, Sobirvoy, – dedi-yu, tez ortiga ögirildi.
Maqtovni unça xuşlamas edi…
Keyin Muhammad aka özi tez orada arbobga aylandi. “Xalq şoiri” böldi, köp ötmay “senator” bölib oldi. Şogirdlari judayam köp edi. Şularning içidan kamtarroğini tanlab, yur, deya birga ketaverar edi. U bilan ham aslida emranişib yotmas edi.
Bir kuni ikkalamiz Mustaqillik metrosiga tuşsak, şoir Islom Ahadni körib qoldik. Islom aka şoirning kursdoşi ekan. Şoirning ozgina “daraja”si bor edi, avval örtoğidan öpkaladi, “otam öldi – kelmading, undan avval katta qizimning töyiga kelmading, odamgarçilik bormi?” dedi. Islom Ahad kulib hazilga burgan edi, aka qöpollaşib uni şunaqa sökib taşladiki, heç nari-berisi yöq, Islom Ahad ham örtoğidan buni kutmagan ekanmi, şartta juftakni rostlab qoldi.
Odamlar, ayniqsa qöşiqçilarning tez maşhurlik kasalligiga yöliqqanini köramiz. Ijodkorlar orasida ham uçraydi. Agar şoir zotida şu kasallik urçisa, M.Yusufga birinçi galda yopişişi kerak edi, öylaymanki, şunda tantiqlik qiliş ham şoirimizga yaraşib turişi mumkin edi. Lekin şoir maşhurlikka beparvo edi. Çindan ham unda kibr-havo yöq edi.
Ustozlariga, ayniqsa Abdulla Oripovga nihoyatda sodiq ekanini kuzatganman.
Bir gal öşa Mustaqillik maydonidagi uyuşma binosida raisimiz Abdulla akaning kabinetida suhbat qurib ötirardik. Rais ijodiy faollikni kuçaytiriş haqida gapirib, ikkimizga ham tanbeh berdi. Barnoxon har zamon kirib pamil çoy damlab beradi. Keç tuşib, qoş qoraya boşladi. Hanifa yanga çamasi Dörmondan akaga telefon qilib qoldi. Bir payt: “Nima? Otam! Otammi?” deb örnidan turib ketdi. Közlari katta oçilib, yuzi şunday vahimali tus oldiki, bunaqa holatni birinçi körib turişim edi.
Muhammad akayam, men ham raisning otasi Orif bobo vafot etganini sezib turardik. Orif boboning uzoq umr körganini ham bilardik. Biroq şoir özi oltmişdan oşib ham xuddi gödak farzanddek uv tortib yuborişini kutmagan edik. Rais juda köp odamlarga qönğiroq qildi. Boladay öksib yiğladi. Biz qanday tasalli berişni bilmaymiz. Köp ötmay Devon, Vazirlar Mahkamasining masʼul odamlari ham akaga qönğiroq qilib hamdardlik bildira boşlaşdi.
Muhammad aka Orif boboning uzoq yaşaganini nazarda tutdi, şekilli:
– Töy-da endi bu, aka, köp ham ezilavermang, – dedi.
Biroq Abdulla aka tösatdan boşqaça tutoqib ketdi:
– Nima? Töy? Bu senga töy, menga töy emas!
Muhammad aka töy deb çakki gapirganini darhol tuşundi. Ötinib keçirim söray boşladi. Raisimiz esa hovridan tuşay demasdi. U yoğidan ötdik, bu yoğidan ötdik, şoir piça bosilgandek böldi. Hanifa yangaga telefon qilib, falon yerdagi men hajdan opkelgan zamzam suvini olinglar, otamni şu suvda yuvdiraman, dedi.
Rais uyiga borib ham ötirmay uçta maşinada farzandlari, rafiqasi, örinbosari, jumladan Muhammad Yusuf ham qöşilib Kosonga jönab ketdi. Muhammad aka to maʼrakalari ötgunça öşa yoqda böldi.
Keyin ham bekor bunday debman, deya afsuslanib yurdi.
Na ustoz, na şogird bu tang holatni qaytib eslab ötirmadilar…
Ittifoqo, Şoir kunlarning birida saylanma kitob çiqardi. Hammaga tarqatdi. Adaşmasam yubileyiga tayyorlanayotuvdimi, bilmayman. Özi tösatdan kelib xokisor, ajoyib yozuvçi döstimiz Abduqayum Yöldoşevga “Siz, Abduqayum, “Zarafşon” restoranida ötadigan taqdimot ssenariysini yozib berasiz”, deb qoldi. Abduqayum dovdirab qoldi: “Qanday bölarkin, bunaqa narsaga işim tuşmagan”.
– Yöq, siz boplaysiz, – dedi Muhammad aka. – Tamom-vassalom.
Şunday dedi-da, Şoir çiqdi-ketdi.
Abduqayum, qölida “Saylanma”, menga qaraydi.
– Akaning ijodiniyam zör bilmayman. Qöşiqlarini bilamiz-ku, lekin…
– Urinib köring, – dedim men.
Abduqayumday tezkor işlaydigan ijodkor Özbekistonda yöq. Biror mavzuda maqola buyursangiz, kun emas, soatlar içida aytganingizdan ham zörroq şaklda kompyuterda tap-tayyor qilib beradi. U ertasi kuniyoq 20 sahifalik ssenariy yozib keldi.
– Akaning şeʼrlari qiyomat, – dedi hayajonlanib. – Yonimizda yurgani bilan baribir ijodini çuqur bilmas ekanmiz.
U ssenariyni Şoirga berdi. Bir mahal özi kelib Abduqayumni quçib alqay ketdi.
– Zör, aytmabmidim, öylaganimdanam zör! Rahmat, uka! – dedi.
Öşa kunlari uyuşma rahbariyati Ellikqalʼaga yoşlar seminariga tayyorlanişayotgan edi. Tez orada bir qança şoir va yozuvçilar rais Abdulla aka boşçiligida Nukusga uçib ketişdi. Uyuşma raisining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari sifatida Muhammad Yusuf ham birga edi. Va… özimiz bilgan qisqa tarix – aka qaytib kelmadi.
Komada – behuş yotganini eşitib uç kun yurak hovuçlab turdik. Törtinçi kuni esa… biz istamagan mudhiş xabarni eşitdik…
Keça, köz öngingda ğayrati toshib turgan inson, kuyçi şoir, mehribon döst va oğa… tösatdan… Ajalga hukm yöq ekan!
Abduqayum bölsa, akaning ijodini öqib beixtiyor yaxşi körib qoluvdim, ssenariyni özim bilmagan bir ilhom bilan bir ötirişda yozib taşlab edim, deb afsus qildi. Haligaça afsus deydi.
Ertasi kuni adabiyot gazetamizda Prezidentning şoirning onasi Enaxon opaga taʼziyanomasi eʼlon qilindi. Xalqning könglini zabt etgan, mehriga sazovor bölolgan ijodkorga yurt rahbarining çuqur hurmat-ehtiromi, ğamxör oqsoqolning kuyingani edi bu. Ayni paytda özbek şeʼr ixlosmandlarining irodasi ramzi edi.
…Vaqt ötib joylarda şoirning ellik yoşligini nişonlaş boşlandi. Uning nomida fond taşkil etildi. Parçadekkina gazeta ham bosila boşladi.
Yunusoboddagi bir maktabda ötkazilayotgan tadbirda professor Qozoqboy Yöldoşev, şoirning umr yöldoşi Nazira as-Salomlar bor edi. Juda kötarinki ruhdagi uçraşuv edi. Nazira opaga men bir neça yillar avval bir guruh turli yoşdagi, turli vazifadagi odamlarni uyiga boşlab borib, öşandan beri muxlislarga qöşilib akani “poçça” deb atay boşlaganimni sözlagan edim. Opa ham:
– Sobirjon, şu xotiralaringizni yozib bersangiz, men gazetada berardim. Oçiği öşa kelganlaringiz, kimlar bilan kelganingiz aniq esimda yöq, – deb qoldi.
Öylab yurdim-u, biroq yoziş fursati kelmadi.
Mana, yozildi ham.
Akani, döstni, Şoirni yaxşi körib yurganimiz şundan ham maʼlum bölsa kerak…
Odil Hotam
MANGULIK FARZANDI
Muhammad Yusuf xotirasiga
Elga taniştirdi «Taniş teraklar»,
Va yo ularni sen tanitding xalqqa.
Hurlik dardi bilan tölgan tilaklar,
Millat dardi bölib tarixda qalqqan.
Andijon aylamiş ehson, Marhamat,
Sen ham odam eding, odam farzandi.
Pahlavon misoli kötarding-ku dast,
Hazrat Navoiydan qolgan qalamni.
Söz seni uyğotdi, sen esa SÖZni,
«Xalq böl, elim!» deya aylading nido.
Muqanna misoli oq kiy deb bizni,
Kuraşga boşlading askarday fido.
Nogoh «Abadiyat oralab Öşga»,
Ketayotgan Şavkat Rahmon ortidan,
Yöl solding, barisi öxşaydi tuşga,
Uzun karvonlarga armon ortilgan.
Ajal xanjaridan vujuding tilim,
Qaro tuproqni ham şoşirib ketding.
Dardu quvonç, ğurur, olqişlar lim-lim,
Yurakni Vatanga topşirib ketding.
Beorlar dastidan ğazabga tölib,
Tik boqib dunyoning uzrlariga.
Yetdingmi eng sodiq şogirdi bölib,
Ğaybulloh As-Salom huzurlariga…
Sensiz onalarning dil uyi barbod,
Közlaridan yoşi arimagaydir.
Sen şundoq navqiron qolursan abad,
Mangulik farzandi qarimagaydir…
————–*
Şavkat Rahmon misrasi
2008-yil, iyul
Sobir ÖNAR
“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 3-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


