5 daqiqada öqiladi

333 marta körilgan

Dorboz

(Hikoya)

– Şabnam, qizim-onam, tetik böl! Mana men, kördingmi?! Qörqma, qizim-jonim! Men şu yerdaman-a?!

 Dorboz gap taşlaganda doira  sasi tinadi. Otaning ovozi titrab ketadi. Tört gaz balandlikdagi dor ustida, qizçaning kiftini tutib turgan öspirin qöllarini oladi. Qizçaning ovozi jaranglaydi:

– Labbay, dada?

– Xudoga şukr! Ena qizim, men senga duo olib beray…

– Mayli, dada…

– Xaloyiq! Qildor ustida, qaldirğoç yölida yurayotgan Momo Havo avlodiga bir duo bering!…

Öz taşvişi bilan yakkam-dukkam qadam taşlab ötayotgan  Çol dorni körsa-da beeʼtibor ketayotgandi. U qildor ustidagi qizçani körib qolgaç, bir balodan uzoqlaşmoqçiday qadamini tezlatgan böldi. Ammo «duo»ni eşitib, yuk xaltasiga ötirganiça beixtiyor tomoşabinga aylandi.

Olomon duoga qöl oçdi.

– Şabnam, jigarim, közim qorasi, boşingda nima bor?

– Toji davlat!

Öspirin dorda turganiça unga «Bale!» deya jör böldi.

– Közingda nima bor, nuri diydam?

– Nuri Muhammad!

– Bale!

– Tilingda nima bor?

– Kalima-i şahodat!

– Bale!

– Quloğingda nima bor, gulim?

– Azoni qiyomat!

– Bale!

– Balli, qizginam!

Söng ota-dorboz uzun duo öqidi. Bahovuddin balogardondan tortib, Samarqandda ötgan aziz-avliyolar, anbiyo-yu zikriyolar nomini aytib, duoga qöl oçganlarning farzandsizlariga farzand, töysizlariga töy, safardagilariga omonlik va hokazo-hokazolarni Yaratgandan közdan yoş çiqqudek tilab, söradi. Duodan junbuşga kelgan ixlosmandlar, umidvorlar yo şunçaki köngli böşlar duogöy dorbozning qöliga pul tutişdi. Masxaraboz bir quti keltirib dorboz oldiga qöydi. Pul beriş çözildi. Dorboz çökkalab  olganiça pul tutayotgan sunnat yoşidagi bolakaylarning peşonasini siypalar, şu bilan birga dasta-dasta pullarni çangallaganiça qutiga taşlab ulgurardi… Uning oğzi bir lahza ham tinmasdi: «Avliyolar Ibrohim, Ismoil, Makkayi muazzam, dinlarni çiroği Imomi Aʼzam, Şayx Ahmad, Zinda fil, Imomi Şofeʼiy… va yana Allohim özi Murabbiy…

Dorbozning tili tinmaydi-yu, közi olma teradi. Biror kimsaning davraga çiqişga ikkilanayotganligini körsa tağin hamdga zör beradi, ming azob bilan dostonçi-baxşilardan örgangan duolarini takrorlaşini qöymaydi, ötkir nigohlari bilan ikkilanuvçini «jodulaydi». Gipnoz taʼsiridagi banda örtaga çiqib «atagani»ni taşlab ketganini  bilmay qoladi…

Dorbozning duogirligidan tomoşabin çolning köngli zil ketdi. U tinimsiz yuz-közini, oppoq soqolini siypalar, közlaridan yoş tirqirardi.

Ota-dorboz qildor ustidagi qizçasiga vaqti-vaqti bilan nazar taşlaydi; nigohlari bilan öspiringa «buyurib» ulguradi. Öspirin yana qizçaning kiftini tutadi…

Dorbozning zikri va nazr yiğişi davom etaverdi. Endi u yakka kelib alohida duo sörayotganlarning iltimoslarini bajarişga ötdi. Hijob kiygan bir juvon dorboz oldiga kelib, uning kiftini tavof qildi. Qöliga bir çangal pul tutganiça, dorbozga nimalarnidir piçirladi. Dorboz duo aytdi:

– Yo, Alloh! Xaloyiq! Şu singlim mendan baxti oçilişini sörab duo olib berişimni iltimos qildilar. Men bu duoni sizlardan olib Egamga yöllovçi bandaman! Men qildor nonini ona sutiday halollab yeyapman, duoyim ijobat bölar… Qani, xaloyiq, bir duo qiling! Yo, Xudo! Karimsan, Samadsan, rahm aylab yor bölgin noçor qullar-a! Haybatimdan titrar fili farangi, Toşkandning mulkida Erbobo Zangi, tavba qildim men gapirsam baland-pas, har bandadan baland bölur çöpu xas; Sohibning sardori, ey Said Vaqqos, sadağang bölayin Ğavs bilan Ğiyos, haqning ğaznaçisi Xöjayi Xizr, şu banda dardiga davosin bergil…

Duoning şu yeriga kelganda çolning sabri doş bermadi. U goh çiqarib, goh bekitayotgan pulini şartta bir kelinçak orqali dorbozga uzatib yubordi.

Dorboz omin qilib ulgurmadi – davra atrofidagi ayollar yopirilişdi. Ojizalar duogirning kiftini, yelkasini, kiyimlarini tavof qilişardi. Dorboz esa uzatilgan qöllarga alangsiraganiça gap qotişni kanda qilmasdi: Qutiga, qutiga! Ataganingizni qutiga taşlang!..

Bir ozdan söng, dorboz niyat qilguvçilar qolmaganligini anglab, davra aylanganiça, duoning oxirini kalta qildi.

Duodan keyin dor ustidagi Şabnam-qizaloq zir yugurib, öspirinning yelkasiga çiqib, raqslar tuşib, tomoşa körsatdi. Atrofni qarsak tutdi. Qizça dordan tuşirilgaç, toş öyinlari boşlandi. Ota-dorboz öz kuçini körsatdi. Ikki pudlik toşlarni osmonga otib, kifti bilan turtib, ildi.

Toş öyinlari paytida xotin-xalaj siyraklaşib qoldi. Katta yoşdagi erkak tomoşabinlar ham uzoq uşlanişmadi – dor atrofida endi  köproq yoş-yalang uymalaşardi.

Dorboz vaziyatni ilğab, oçiqdan-oçiq nayrangga ötdi: yengil, bir pudlik toşlarni çirpirak qilib öynay boşladi…

Butun tomoşa davomida otaxon yuk xaltasiga ötirganiça öyinlarni kuzatar ekan, uni allaqanday zavq, anglab bölmas sir dorbozlar öyiniga mahliyo qildi. Qariya hatto ota-dorbozning qallobligiga xayrixohlik bilan miyiğida jilmayib qöydi…

Olarini olib bölgan, öyinning avj nuqtasini öynab ulgurgan ota-dorboz çarçadimi, zada böldimi, öz hunarini birdan, kutilmaganda töxtatib, besönaqay, daroz masxarabozga ödağayladi: «Hov, tuyaday lökillamay, boşlasang, ölasanmi?!».

Masxaraboz mikrofonni jadal qöliga olganiça ota-dorbozga qarata öz hunarini – söz öyinini boşladi:

– Polvon toğo, hov Polvon toğo!

– Nima deysan, Sötak?

– Sizni dono deb eşitaman…

– Nima qilibdi…     

– Sizga bitta savol bersam devdim-da…

– Xöş?

– Javob bera olarmikansiz?

– Ha endi… Sen sörab kör-çi!…

– Qişloqdagi ammamning bir qari sigiri bor. Qaçon qaramay doim közi yoşli turadi… Nega sigir yiğlaydi, a?

– Ha endi, oçdir, balki ammang vaqtida  soğmagandir…

– Yöq! Qorni doim töq: jezzam bedapoyaga qorovul. Ammam ham vaqtida soğadi – u çakkifuruş…

– Unda nimaga yiğlaydi ammangning sigiri?

– Eri sizga öxşagan hökiz bölgaç, yiğlaydi-da…

– Xap, seni ammangni sigirini…

«Gur-r» kulgu kötariladi. Dorboz masxarabozni quvlaydi.

Çol masxarabozning hazilidan kulib yubordi. Ammo kap-katta dorbozning besönaqay harakatidan könglida ğaşlik sezdi.

Dorboz sunʼiy quvlaşini davom ettirdi. Tomoşabin yoş-yalang hazildanmi yoki boşqadanmi huştak çalib şovqin soldi.

Çol örnidan turib çoponining barini qoqqan böldi. U nimanidir eslab, ketişga taraddudlandi. Şu payt katta dorbozning ğayritabiiy hayqiriğidan seskanib, öyingohga sönggi bor keskin nazar taşladi.

…Bu payt dor maydonini ön-tört-ön beş yoşlardagi bir öspirin kesib ötib, dorga çiqadigan narvonga osilib körayotgan edi. Uni dorga çiqmoqçi deb öylagan dorbozning hayqiriği öşanga ekan:

– Öv, haromi! Padarlaʼnati, dorga osilma! Hey seni yaratganni… Qöllaring akaşak bölsin,  iloyim!…

Çol dorbozning sözlaridan junjikdi, söngra ranjib ketdi. Şartta noskadisini oldi-da, nos otdi. Keyin qopini şitob bilan öngiriga qistirdi-yu, ketişga şoşildi.

Uning quloğiga masxarabozning sönggi hazili ilaşdi:

– Polvon toğo, hov Polvon toğo!

– Nima deysan yana, Sötak?

– Siz bilasizmi…

– Nimani?

– Men afsuslanayapman hozir-hozir, judayam afsuslanayapman…

– Nimadan afsuslanayapsan?

– Agar başarangiz tozaroq bölganda tuflamoqçi edim-da…

Qöş noğoralar şovqinidan katta dorbozning gaplari eşitilmay qoldi.

Çol qadamini tezlaştirdi.

Eşqobil VALI 1965-yilda Pastdarğom tumanida tuğilgan. Samarqand Davlat Universitida tahsil olgan. Hozirda SamDÇTI jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, «Xorijiy filologiya: til, adabiyot, taʼlim»  ilmiy-uslubiy, adabiy-badiiy jurnalining masʼul kotibi. Uning  «Paxsa qişloğim» , «Ming ikkinçi keça» , «Sukunat mulki» kabi kitoblari çop etilgan.

 

“Yoşlik” 2013/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)