Özbek adabiyotining bugungi taraqqiyotida 80 yildan ziyod tarixga ega bölgan, mamlakatimizdagi nufuzli ijodiy taşkilotlardan biri hisoblanadigan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining munosib örni bor. Mustabid tuzum davridagi turli mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan uşbu ijodiy uyuşma millatimizning ruhi bölgan ona tilimiz, azaliy qadriyatlarimizni saqlab qoliş va avlodlarga bezavol yetkaziş, xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltiriş, mustaqilligimizning maʼnaviy asoslarini yaratiş, söz sanʼatkorlarini birlaştiriş, ularning manfaatlarini himoya qiliş, yoş isteʼdod egalarining salohiyatini röyobga çiqariş borasida katta işlarni amalga oşirdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda barça sohalar kabi milliy adabiyotimiz rivojini yangi bosqiçga kötariş böyiça ham keng kölamli işlar olib borilmoqda. Jumladan, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining “Dörmon” ijod uyi va poliklinikasi tubdan rekonstruksiya qilindi. Uyuşma qoşida “Ijod” jamoat fondi tuzildi. Poytaxtimizda Adiblar xiyoboni barpo etildi, Yozuvçilar uyuşmasi uçun yangi bino qurilib, hududlarda uluğ adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablari, madaniyat va istirohat boğlari bunyod qilinmoqda. Adabiyotimiz atoqli namoyandalarining yubiley sanalari munosib nişonlanmoqda, isteʼdodli yoşlarni tarbiyalaş, ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida turli ijodiy anjumanlar ötkazilmoqda. Yoş şoir va yozuvçilarning birinçi kitoblari davlat hisobidan köp ming nusxalarda naşr etilib, taʼlim maskanlari va kutubxonalarga yetkazib berilmoqda.
Ayni vaqtda taʼkidlaş joizki, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining asosiy faoliyat yönalişlari, uning Nizomi va tarkibiy tuzilmasi bugungi şiddatli davr talablariga töla javob bermayapti. Bozor iqtisodiyoti va globallaşuv jarayonlari bilan boğliq hozirgi murakkab şaroitda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolarining hayotiy manfaatlarini taʼminlaş, ularning jamiyat taraqqiyoti uçun beqiyos ahamiyatga ega bölgan maşaqqatli ijodiy mehnatini munosib qadrlaş, adabiyot va sanʼat sohasini har tomonlama rivojlantiriş, badiiy ijod ahlining jamiyatimiz hayotidagi örni va taʼsirini kuçaytiriş, isteʼdodli yoş ijodkorlarni tizimli asosda tarbiyalaş va boşqa öta muhim yönalişlarda oqsoqlikka yöl qöyilmoqda.
Özbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan asosiy vazifalarni, jumladan, “Davlat – maʼnaviyatning boş homiysi”, degan ustuvor tamoyilni hayotga izçil joriy qiliş, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi faoliyatini takomillaştiriş va uning iş samaradorligini yanada oşiriş maqsadida:
1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda ijodiy jamoatçilikning:
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining (keyingi örinlarda – Uyuşma deb ataladi) jamiyatimizda milliy ğoya, yangiça tafakkur va dunyoqaraşni rivojlantiriş, yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş;
Uyuşma aʼzolarining ijtimoiy-maʼnaviy faolligi va masʼuliyatini oşiriş, ularni xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini, el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan erişilayotgan tub özgarişlarni teran aks ettirişga qaratilgan yuksak badiiy asarlar yaratişga rağbatlantiriş;
Uyuşma aʼzolarining moddiy va maʼnaviy manfaatlarini, mualliflik huquqlarini himoya qiliş, ular uçun har tomonlama şaroit yaratib beriş, maşaqqatli ijodiy mehnatini adolatli baholaş;
Uyuşmaning obrö-eʼtibori va yuksak maqomini munosib saqlaş, uning sifat tarkibini yaxşilaş maqsadida uşbu taşkilotga aʼzolikka qabul qiliş böyiça zamonaviy va taʼsirçan mezonlarni belgilaş;
katta isteʼdod va yuksak grajdanlik pozitsiyasiga ega bölgan keksa avlod vakillarining ijodiy salohiyati va mahoratidan yoşlarni keng bahramand etiş;
yoş isteʼdod sohiblarini izlab topiş, ularning iqtidorini röyobga çiqariş uçun çuqur öylangan, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan innovatsion usullarni işlab çiqiş va joriy etiş;
dunyo adabiyotining eng yaxşi namunalarini özbek tiliga tarjima qiliş va çop etiş, mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga ögiriş va çet ellarda tarğib etiş tizimini yaratiş;
özbek tilidagi Internet adabiyotini şakllantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
mumtoz adabiyotimizni, xususan, Alişer Navoiy asarlarini xalqimizga yanada yaqinlaştiriş, bu noyob merosni maʼnaviyatimizning hayotbaxş manbayi va tarkibiy qismiga aylantiriş haqidagi takliflari maʼqullansin.
2. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining oliy organi – Konferensiyasining Uyuşmaning tarkibiy tuzilişini qayta körib çiqiş va yangi tahrirdagi Nizomini tasdiqlaş, uning Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi bölimlariga qöşimça ştatlar ajratiş haqidagi qarori maʼlumot uçun qabul qilinsin.
3. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Uyuşma aʼzolarining moddiy va maʼnaviy manfaatlarini taʼminlaşni kuçaytiriş maqsadida:
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Matbuot va axborot agentligi hamda Uyuşma bilan birgalikda ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qiliş, mulk şaklidan qatʼi nazar, barça ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron OAV, naşriyotlar tomonidan mualliflik gonorari tölaşni qonuniy asosda taʼminlaş yuzasidan çora-tadbirlar işlab çiqsin va ularning ijrosini qatʼiy nazoratga olsin;
kitob savdosi tizimini takomillaştiriş, jumladan, Uyuşma aʼzolarining yangi naşr etilgan asarlari mamlakatimizning barça hududlaridagi öquvçilarga öz vaqtida yetib borişini, byudjet taşkilotlarining byudjetdan taşqari işlab topilgan mablağlari, şuningdek, korxona va taşkilotlar, xöjalik birlaşmalarining öz mablağlari hisobidan uşbu kitoblarni sotib olişini va ular bilan öz tasarrufidagi axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, madaniyat saroylari, maʼnaviyat xonalarini taʼminlaşi böyiça çora-tadbirlar işlab çiqsin.
4. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23 oktyabrdagi “2017-2020-yillarda şaharlarda arzon köp kvartirali uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturini samarali amalga oşiriş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-3350-son qaroriga muvofiq Uyuşma aʼzolari uçun:
Toşkent şahrida imtiyozli ipoteka krediti asosida 110 ta kvartirali uy-joy quriş işlari boşlangani maʼlumot uçun qabul qilinsin;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi hamda viloyatlar hokimliklari 2018-2021-yillarda hududlarda yaşab faol ijod qilayotgan, uy-joyga muhtoj Uyuşma aʼzolari uçun imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joylar ajratiş böyiça aniq rejalar işlab çiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Vazirlar Mahkamasi mazkur rejalarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini qatʼiy nazoratga olsin;
Mazkur uy-joylarni taqsimlaşda qonuniylik va adolat mezonlariga qatʼiy amal qilişga alohida eʼtibor qaratilsin.
5. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bir oy muddatda Uyuşma aʼzolari, jumladan, viloyatlarda yaşayotgan ijodkorlarga sifatli va imtiyozli tibbiy xizmat körsatiş böyiça aniq çora-tadbirlar işlab çiqsin.
6. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari kompleksi bir oy muddatda Uyuşmaga qaraşli ijod uylari va oşxonalarni arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş böyiça aniq reja işlab çiqsin va amalga oşirsin.
7. Toşkent va Jizzax viloyatlari hokimliklari Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Dörmon” ijod uyi hamda yangi bunyod etilayotgan “Parkent” va “Zomin” ijod uylaridan maqsadli va samarali foydalaniş çora-tadbirlarini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va “Ijod” jamoat fondining Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda uşbu fondning hududiy bölimlarini tuziş töğrisidagi taklifi maʼqullansin.
Amaldagi tartibga binoan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri “Ijod” jamoat fondi Vasiylik kengaşiga raislik qilişini inobatga olgan holda, fondning hududiy bölimlari Vasiylik kengaşlariga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi va viloyatlar hokimlari rais, hududiy universitet va institutlar rektorlari rais örinbosarlari sifatida biriktirilsin.
9. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda “Ijod” jamoat fondi hududiy bölimlarining moliyaviy manbalarini aniqlasin.
10. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari:
Uyuşmaning hududiy bölimlari faoliyatini samarali taşkil etişga kömaklaşiş;
öz hududida yaşayotgan Uyuşma aʼzolari hamda isteʼdodli va istiqbolli yoş ijodkorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş;
Uyuşma aʼzolari iştirokida mahallalar, harbiy qismlar va taʼlim muassasalarida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkaziş, şuningdek, işlab çiqariş korxonalarida şartnoma asosida ijodiy uçraşuvlar taşkil etiş işlariga şaxsan masʼul ekani belgilab qöyilsin.
11. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari Uyuşma bilan birgalikda bir oy muddatda Uyuşma hududiy bölimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş yuzasidan çora-tadbirlar rejasini işlab çiqsin va amalga oşirsin.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga “Özavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Uyuşma huzuridagi “Ijod” jamoat fondi mablağlari hisobidan hududiy bölimlarni 1 ta (bitta)dan yengil xizmat avtotransport vositalari bilan taʼminlaş çoralarini köriş tavsiya etilsin.
12. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Uyuşma muassisligida naşr etiladigan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, “Şarq yulduzi” – “Zvezda Vostoka”, “Jahon adabiyoti”, “Yoşlik”, “Amudaryo” jurnallari tahririyatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda uşbu naşrlarni qoğoz bilan taʼminlaş, bosmaxona xarajatlarini qoplaş va ularning obunasiga kömaklaşiş uçun “Ijod” jamoat fondiga qöşimça mablağlar ajratiş nazarda tutilsin.
Mamlakatimizdagi bir qator işlab çiqariş korxonalari, xöjalik birlaşmalari, kompaniyalar va banklar bilan madaniyat va sanʼat taşkilotlari örtasida yölga qöyilgan “Döstlar klublari” faoliyatining ijobiy samara berayotganini inobatga olgan holda:
“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi va “AKFA” MÇJ;
“Şarq yulduzi” – “Zvezda Vostoka” jurnallari va “IMZO” MÇJ;
“Jahon adabiyoti” jurnali va “Delta-Qurmah” MÇJ;
“Yoşlik” jurnali va “Universal Pasking Masters” MÇJ;
“Amudaryo” jurnali va “Özqurilişmateriallari” AJ örtasida “Döstlar klublari”ni tuziş, şartnoma asosida doimiy hamkorlikni yölga qöyiş töğrisidagi takliflar qöllab-quvvatlansin.
13. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Döstlar klublari”ni taşkil etiş böyiça tajribani Uyuşmaning hududiy bölimlari uçun ham joriy etsin va bir oy muddatda bu masala böyiça aniq çoralar körsin.
14. Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi:
Uyuşmaning hududiy bölimlari öz tadbirlarini ötkaziş uçun tegişli bino va zallarga ega emasligini inobatga olib, ularning joylardagi universitet va institutlar imkoniyatlaridan beğaraz foydalanişini taʼminlasin;
Uyuşmaning hududlardagi oliy va örta maxsus taʼlim muassasalarida ijodkor yoşlar va talabalar jamoalari bilan faol maʼnaviy-maʼrifiy iş olib boriş haqidagi taşabbusi qöllab-quvvatlansin.
15. Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda hududlarda taşkil etilgan Isʼhoqxon Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf nomlari bilan atalgan ijod maktablarining öquv dasturlarini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqsin. Bunda Yozuvçilar uyuşmasi öquv dasturlarini ilmiy va ijodiy jihatdan şakllantiriş, mazkur maktablarga iqtidorli öquvçilarni tanlab oliş, közga köringan yozuvçi va şoirlar tomonidan ijodiy seminarlar olib borişni taʼminlaş böyiça asosiy ijroçi va javobgar ekani belgilab qöyilsin.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş borasidagi faoliyatini kuçaytiriş, harbiy qismlar, harbiy yönalişdagi bilim yurtlari, xususan, “Temurbeklar maktablari”da tizimli ravişda maʼnaviy-maʼrifiy işlarni taşkil etişga doir takliflari maʼqullansin.
16. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Özbekiston Xotin-qizlar qömitasining Uyuşma huzurida “Zulfiyaxonim qizlari” klubini taşkil etiş haqidagi taklifi maʼqullansin.
“Zulfiyaxonim qizlari” klubi aʼzolarining Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining taklifiga asosan Toşkent şahriga klub maşğulotlariga har çorakda bir marta kelib-ketişi bilan boğliq xarajatlar “Ijod” jamoat fondi mablağlari hisobidan qoplanişi inobatga olinsin.
17. Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti qoşida Oliy adabiyot kursini taşkil etiş haqidagi taklifi maʼqullansin.
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi 2018-yilning 1 avgustiga qadar Oliy adabiyot kursi mutaxassisliklari böyiça tegişli malaka talablari, öquv rejalari va dasturlarini işlab çiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
18. Belgilab qöyilsinki, 2018/2019 öquv yilidan boşlab Oliy adabiyot kursiga bakalavr darajasiga ega bölgan va adabiyot sohasida öz ijodiy qobiliyatini namoyon etgan ijodkorlar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga muvofiq tanlov asosida qabul qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan kelişilgan holda, Oliy adabiyot kursiga yillik qabul kvotalarini (40 foizi byudjet va 60 foizi tölov-kontrakt böyiça) belgilangan tartibda şakllantirsin.
19. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Özbekiston yoşlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda Adiblar xiyobonida muntazam maʼnaviyat darslari, kitob mutolaasi soatlari, yoşlar örtasida kitobxonlik tanlovlarini ötkaziş, uşbu hududda joylaşgan Özbekiston madaniyati va sanʼati körgazmasi binosida atoqli ijodkorlarga bağişlangan ekspozitsiyalar uyuştiriş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş va uni amalga oşiriş tavsiya etilsin.
20. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda Taşqi işlar vazirligining:
isteʼdodli ijodkorlarga “Ijod” jamoat fondi mablağlari hisobidan aniq ijtimoiy buyurtmalar beriş tizimini şakllantiriş;
badiiy asarlarni xorijiy tillarga tarjima qiliş maqsadida milliy adabiyotimizning eng yaxşi namunalarini aniqlaş böyiça maxsus komissiya tuziş;
komissiya tomonidan saralangan asarlarni “Ijod” jamoat fondi mablağlari hisobidan xorijiy tillarga yuqori sifat bilan tarjima qiliş va çet ellarda naşr ettiriş;
badiiy adabiyot böyiça yoş tarjimonlarni tayyorlaş, faoliyat körsatayotgan tarjimonlarning professional malakasi va mahoratini oşirişga doir çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
respublika böyiça “Kitob aksiyasi” tadbirlarini muntazam yölga qöygan holda, mahalla va maktablar, Mehribonlik uylariga “Ijod” jamoat fondi homiyligida çop etilgan kitoblarni bepul yetkazib beriş haqidagi takliflari maʼqullansin.
21. Özbekiston Matbuot va axborot agentligi Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda Internet tarmoği orqali milliy adabiyotimizni keng tarğib etiş çoralarini körsin.
22. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda bir oy muddatda audiokitoblar işlab çiqariş va ularni tarqatiş, şuningdek, özbek adabiyoti tarğibotiga bağişlangan telekörsatuv va radioeşittirişlarni tizimli ravişda eʼlon qilib boriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar işlab çiqiş va tasdiqlaş tavsiya etilsin.
23. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev
Toşkent şahri, 2018-yil 5 aprel
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


