28 daqiqada öqiladi

397 marta körilgan

Ertakçi

Ertakçi

Xristian Andersen haqida hikoya

Yozuvçi Xristian Andersen bilan uçraşganimda yoşim atigi yettida edi.

Bu ajoyib voqea qiş keçalarining birida, XX asrning boşlanişiga bir neça soat qolganida röy berdi. Quvnoq bolalar ertakçisi meni Yangi asr ostonasida kutib oldi.

U avval menga uzoq tikilib turdi-da, söngra hazilomuz bir közini qisib jilmayganiça, çöntagidan oppoq römolçasini olib havoda yelpitgan edi, oppoq atirgul paydo böldi va atrofga xuşböy taratib, ohista yerga tuşdi. Öşa paytlar biz oilamiz bilan istiqomat qilayotgan yertölaning ğiştin poliga kelib tuşgan atirguldan jaranglab mayin ohang taraldi va uning sirli oğuşida xonam kumuş rangda tovlana boşladi.

Keyinçalik bilsam, öşanda Andersen bilan bölib ötgan voqea eski yozuvçilar tili bilan aytganda öng aralaş tuşda keçgan ajib bir holat, yaʼni ğaroyib uçraşuv yuz bergan ekan.

Yodimda, öşa keç oppoq qor yoğayotgan edi. Uyimizda esa arça bezatilayotgandi. Arça bezab bölinguniga qadar hayajondan yuragim hapqirib ketmasligi uçun uyimizdagilar meni köçaga çiqarib yuborişdi. Men esa hanuzgaça nima uçun ularning aynan belgigangan vaqtdan oldin quvonib ketişimni istamaganliklarini tuşunib yetolmayman. Balkim, öşa quvonç degani bizning oilamizga juda kam taşrif buyuradigan, oilamiz aʼzolari intiqib kutadigan aziz mehmondek bölgani uçun, uning nogoh kirib kelişi esa biz bolalarni xursand etib, haddan taşqari hovliqtirib yuborişi mumkinligini öylab, şunday qilişgandir. Qaydam, nima bölganda ham öşa kuni uydagilar meni taşqariga çiqarib yuborişgan edi.

Har doim şom aralaş qoronğu tuşa boşlagan kezlari, köçalar, uylar va baʼzi binolarning çiroqlari birdaniga çaraqlab yonişi qalbimni allaneçuk hayajonga solib yuborar edi. Ayni şu çoğda ajoyib yaşil rangli şuʼla taratib yorişuvçi dökonning oynali peştaxtasi tubida turli-tuman ğaroyib narsalar paydo bölar, ular “qorqiz” nomli konkilar, turfa rangda tovlanib yonib turuvçi har xil “burama şamlar”, mayda oppoq silindrlarga joylaştirilgan qiziqçilar niqoblari, qalaydan quyib tayyorlangan töriq ot mingan çavandozlar, paqildoqlar va turli rangdagi yaltiroq qoğozdan yasalgan zanjirçalar edi.

Öşanda XIX asrning oxirgi keçasi neçoğli muhim ahamiyatga ega ekanligini kattalarning sözlaridan bilib olgandim. Çunki, inson bunday keçaning qayta guvohi bölişi uçun yana yuz yil umr körişi, bu esa har kimga ham nasib etmasligi muqarrar edi.

Darhaqiqat, nazarimda öşa kungi oqşom ham özgaça bir sirli tarovat bilan kirib kelgandi. Taşqarida ohista oppoq qor yoğardi. Qor parçalari şunçalar yirik ediki, bamisoli osmonni töldirib dasta-dasta gul yoğardi göyo. Köçalarni esa, izvoş otlarga taqilgan qönğiroqlarning yoqimli sadolari tutib ketgandi.

Arça bezab bölinganligi yodimga tuşib, uyimizga qarab yugurdim. Xonaga kirişim bilan meni kutib turgan uyimizdagi kattalar arçaning çiroqlarini yoqib yuborişdi. Şu çoğ köz öngimda rang-barang çiroqlar birin-ketin yonib, xonamiz çaraqlab yorişib ketdi. Almaşib yonayotgan çiroqlardan esa xuddi akatsiya daraxtining qurigan şoxlari qisirlab sinayotgandek ovoz çiqardi göyo. Nogahon, arçaning tagida turgan katta qalin kitobga közim tuşib qoldi. Angladimki, bu onamning menga Yangi yil sovğasi, yaʼni Xristian Andersenning ertaklar kitobi edi. Şu payt quvonçim içimga siğmay, hayajon bilan şoşilgunça arçaning yonida ötirib olib kitobni varaqlay boşladim. Uning varaqlari nafis qoğoz bilan yopib qöyilgan ajoyib suratlarga töla edi. Suratlarni tomoşa qiliş uçun yopiştirib qöyilgan öşa qoğozni ohista ajratib oliş kifoya edi. Suratlarda esa qor qasrining devorlari uzra muşaklar yarqirar, oppoq bulutlar suzib yurgan dengiz ustida yovvoyi oqquşlar uçib yurar, kumuşrang askarçalar uzun qurollarini uşlab bir oyoqda qorovullik qilib saf tortib turişar va boşqa şu kabi ajoyib möjizaviy manzaralar aks ettirilgan edi.

Kitobga şu qadar şönğib ketibmanki, hatto kattalarning meni bezalgan arçani tomoşa qilişga undayotganliklarini ham sezmabman.

Öşanda dastlab öqigan ertaklarim ğaroyib matonatli jang, jajji gözal raqqosa hamda qor malikasi haqidagi ertak böldi.

Hamon yodimda, kitobni varaqlab öqir ekanman, göyo uning sahifalaridan turfa gullarning xuş böylari ufurib, qahramonlarining saxiy çehralari şundoq köz öngimda jonlanib, namoyon bölganligidan hayratlangandim. Bir ozdan söng toliqqanimdan arçaning tagida közim ilinib, pinakka ketib qolibman. Şu çoğ arça şoxlarini bezab turgan çiroqlardan taralayotgan yoqimli iliqlik hamda şirin mudroqlik içra oppoq atirgullar bargini tökayotgan Andersenning siymosi namoyon böldi. Öşandan beri u haqdagi tasavvurimga öşa ajib, tuşimda körgan manzara muhrlanib qolgan.

Men u paytlar juda yoş edim. Ertaklardagi, jumladan Andersen ertaklariga ham yaşiringan, kattalarga tuşunarli bölgan ikkinçi tomoni, yaʼni ikkinçi ğoyasi borligini bilmas edim, albatta.

Buni ança keç angladim. Keyin bilsam, XIX asrning öziga yaraşa oğir va olamşumul yakuni arafasida menga omad kulib boqqan va ayni şu keçada ğaroyib möjizaviy şoir Andersen menga uçrab, murğak qalbimda yoruğlikning zulmatdan hamda insonlarning saxiy yuragi yovuzlik ustidan ğalaba qozonişiga işonç uyğotgan ekan. Öşa paytlar Puşkinning “Yaşasin quyoş, yöqolsin zulmat!” degan sözlarini eşitgan edim. Negadir mening nazarimda Puşkin bilan Andersen özaro qadrdon döst bölişgandek, ular har gal uçraşganlarida bir-birlarining yelkalariga qoqişib, zavqlanib quvonişayotgandek tuyular edi göyo.

Andersenning tarjimayi holini ança keç örgandim. Ungaça mening tasavvurimda uning hayoti ham xuddi özining ertaklaridagi kabi ğaroyib va gözal, suratlari kabi quvnoq va baxtiyor bölib tuyular edi.

Andersenning hayoti bolalik çoğlaridanoq juda oğir şaroitda keçdi. Ammo u umri davomida hayotdan, yoruğ olamdan ezgulik qidirib, zavqlanib yaşaşga intildi.

Xristian Napoleon uruşi davrida Odenza deb nomlangan daniyaliklar şahrida kambağal etikdöz oilasida dunyoga keldi. Odenza Fyun orolining pastak adirlarida joylaşgan bölib, uning atrofini baland toğlar örab turardi. Adirlar etagida arçalar gullab yotar, osmonini esa doimo tuman qoplab turar edi. Odenzaning umumiy körinişini tasavvur qilib körilsa, u qoraygan eman daraxtidan yönilgan kattakon öyinçoqni eslatardi.

Ha, Odenza bekorga özining yoğoç öymakorlik sanʼati bilan şuhrat qozonmagan edi. Örta asrlarda yaşab ötgan yoğoç öymakor ustalaridan biri Klaus Berg qora daraxtdan Odenza boş çerkovining ibodat qiladigan joyidagi ulkan qismini yönib tayyorladi. Uning ajoyib ijod namunasi bölgan uşbu mehrob mahobati va haybati bilan faqat bolalarninggina emas, balki kattalarning ham hayratini oşirar edi. Daniyalik öymakor ustalar faqat mehroblar öyibgina qolmay, turli ilohiy manzaralar aks ettirilgan haykalçalar ham tayyorlar edilar. Daraxtlarning ulkan bölaklaridan mohirona yönilgan haykallarda qöpol, ammo öziga xos ramziy maʼnolar kasb etuvçi ilohiy mabudalar, dengiz xudosi Neptun, delfinlar, goho egilib yuruvçi dengiz otlari kabi har xil narsalar aks etar edi. Bunday haykalçalar dengizçilar udumiga köra yelkanli kemalarning old tumşuğiga joylab qöyilar edi. Haykalçalar baʼzan tilla suvi yoki har xil maxsus töq rangli böyoqlar bilan böyalar edi. Uzoq yillar davomida dengiz tölqinlari ularga putur yetkazib, buzib, ranglarini yuvib ketmasligi uçun maxsus böyoqlar juda quyuq qilib surilar edi.

Kemalarga haykalçalar yasovçi öymakor ustalar özlarining betakror mohirona sanʼatlari tufayli göyo dengiz ijodkorlari – şoirlari edilar. Andersenning dösti daniyalik Albert Torvaldsen ham ana şunday öymakorlar oilasining birida voyaga yetgan, XIX asrning buyuk haykaltaroşi edi.

Andersen bolaligidan boşlab öymakorlarning xayolni maftun etuvçi ajoyib ijodiy işlarini faqat kemalardagina emas, balki Odenza uylarining bezaklarida ham köp uçratgan. Dastavval u Odenzadagi eskirgan bir uyning keng yoğoç romiga öyilgan ajib lolalar va atirgullarni körgan edi. Ijodkor usta tomonidan naqşlar yoniga bir misra şeʼr ham öyib yozilgan edi. Bolalar jam bölişib, öşa şeʼrni yodlab olişgani hamon uning yodida.

Etikdözlar eşigi ustiga osib qöyilgan ikki kallali burgut tasviri ham uning xayoliga muhrlanib qolgan. Bu tasvir göyo oyoq kiyimlar doimo bir juft qilib tikilişining ramziy maʼnosini anglatib turar edi.

Andersenning otasi ham etikdöz edi. Ammo ularning eşigi ustida ikki kallali burgutning surati yöq edi. Bunday surat faqat etikdöz hunarmandlar sexiga aʼzo bölgan ustalarning eşigiga ilinişiga ruxsat etilardi. Andersenning otasi esa juda kambağal bölganligi tufayli etikdöz hunarmandlar sexiga belgilangan aʼzolik badalini tölolmas, şuning uçun ham bu sexning aʼzosi emas edi.

Andersen öta noçor va qaşşoqlikda voyaga yetdi. U yaşagan oilaning birdan-bir faxrlanadigan narsasi ularning juda ozodaligi edi. Uyning içida yaşikka joylangan tuproqda qalin bölib piyoz kökarib turardi. Tokçadagi gultuvaklarda esa turli gullar qiyğos oçilib yotardi. Gullarning xuş böylari otasining qölidagi kosiblar bolğaçasidan taralayotgan aks-sado bilan birlaşib, barabançilar kazarmasidan eşitilib turuvçi vazmin tovuş, daydi musiqaçilar fleytasi (naysimon musiqa asbobi)ning huştagi hamda daryo böylab qöşni qirğoqqa yuk taşiydigan besönaqay kemalardagi matroslarning horğin böğiq ovozda aytayotgan qöşiqlariga qöşilib ketar edi göyo.

Bu kabi turli-tuman manzaralar, odamlar, hodisalar va undagi ranglar, ovozlar öziga xos ajoyib xayolparast Xristianning şuurida aylanib, uning şodlanib, zavqlanişi va har xil ğaroyib voqealar öylab topişiga zamin yaratar edi.

Ayniqsa, ularning uyida har qanday holatda ham uni yolğiz tinglovçi, Karl laqabli muşukning borligidan bolakay juda mamnun edi. Ammo Karlning ham bir kamçiligi bor edi. U ham bölsa bola aytayotgan biror-bir qiziq ertakni oxirigaça diqqat bilan tinglay olmas, ertak nihoyasiga yetmasidan oldin xurillab uxlab qolar edi. Bolakay esa qari muşuk Karlning bu qiliğidan aslo ranjimas, çunki muşuk uning ertaklaridagi sehrgarlar, Klum-pe-Dumpe nomli ayyorlar, aqlli trubaçilar, sözlaşuvçi gullar hamda boşida olmos toji bor qurbaqalar kabi ğaroyib narsalar borligidan heç qaçon ajablanmay, jimgina uni tinglardi.

Andersen ilk ertakni özining otasidan eşitgandi. Keyin esa u uşbu ertakni qöşni musofirxonada turuvçi ayollarga aytib bergan edi. Bu yerda yaşovçi ayollar kuni böyi egilib olib, kulrang jun yigirar, bir-birlariga esa özlarining har xil soddagina hikoyalarini sözlab ötirişardi. Bolakay esa ularning har bir hikoyasini qiziqib tinglab, ertasi kuni aynan şu hikoyalarning özini boşdan oyoq öz tasavvuri bilan boyitib, özga ranglar bilan böyab, bezab ularning öziga yangiça talqin bilan öz nomidan qayta boşdan sözlab berardi.

Ayollar jajji Xristianning qobiliyati va zehniga qoyil qolib: “Qanday ajoyib bola-ya, bunday xislatli insonlar dunyoda hayot keçirişi juda qiyin böladi”, deya afsuslanib, özaro şivirlaşib qöyişardi.

Hikoyani davom ettirişdan oldin uning yuqorida tilga olingan ajoyib xislatlariga töxtalib ötsak. Andersen yon atrofimizni örab, közga taşlanib turgan tabiat, yoruğ olamda har birimiz har qadamda duç kelib, kundalik hayotimizda yuz berayotgan oddiy voqea, hodisalarda ham ajoyib borliq, özgaça ajib dunyoni köra bilardi. Har qanday, köpçilikka şunçaki tuyulgan köz ilğamas narsalardan yaxşilik, bir dunyo ezgulik topib, qalbdan quvonib, şodlanardi.

Uning bu kabi xislatlarini qobiliyat, deb atasak töğriroq bölar edi.

Biz zamin böylab odimlar ekanmiz, oyoğimiz ostida yotgan har bir narsaga eʼtibor bermaymiz. Yoki atrofimizni örab turgan borliq, yerga tuşgan yaproq, maysalarni bir dam tinglab köriş yoki misol uçun, oddiy bir siqim tuproqni qölimizga olib, diqqat bilan razm soliş har birimizning ham xayolimizga kelavermaydi. Agar biz ham zaminga yaqinroq engaşib yoki uning bağrida yonboşlab olib, diqqat bilan razm solib kuzatsak, uning har bir qariçida köplab qiziqarli, ajoyib möjizalarga duç kelgan bölar edik.

Qani ayting-çi, sizningça noparmon-yaşil tusli askarga öxşaş bargizub gulining quruq közaçasi oğzidan zumrad zarrasini soçib turişi qançalar gözal va ajablanarli emasmi? Yoki har bir namçil giyoh, maysalar-çi, yoki makkajöxori poyasida yetilib, tökilib tuşadigan donlar-çi, bir dona mayda uruğçadan ösib çiquvçi ulkan daraxtlar-çi? Ana şunday, u har bir qadamda olam-olam antiqa narsalarga duç kelar, ularni kuzatar va har biri haqida juda qiziqarli hikoyalar, ertaklar töqirdiki, odamlar ularning qay birini tinglamasin, uning qobiliyati, sanʼatiga qoyil qolib, hayratdan boş çayqab:

– Bu Odenzalik etikdözning daroz öğliga qaydan bunçalik ajoyib ilohiy neʼmat ato etilgan ekan-a, balkim u sehrgardir, – deyişardi.

Odenzaning öz teatri bor edi. U yerda Andersen ilk bor “Dunay qizi” deb nomlangan pyesani tomoşa qilib, juda hayratlangan edi. Öşandan to umrining oxirigaça aşaddiy teatr işqiboziga aylandi.

Bolalarni nafaqat xalq oğzaki ijodi, balki teatr orqali ham ertaklar olamiga olib kiriş mumkin. Ular spektakllarni ham hayratlanib, xuddi ertakdek qabul qilib, sevadilar.

Yorqin sahna bezaklari, rang-barang çiroqlar, askarlarning turli-tuman qadimgi qurol-yaroğlari, musiqa sadolari ostida boşlanuvçi dahşatli janglar, malikalarning havorang uzun kipriklaridan tökilib turuvçi köz yoşlari, ötkir, yaltiroq qiliç tutgan mallarang soqolli yovuz badkirdorlar, havoda uçib aylanib, raqsga tuşuvçi gözal qizlar, bularning barça-barçasi faqat ertaklardagina röy berişi mumkin.

Ammo Andersenning teatrga tuşib turişga puli yöq edi. Bir kuni u şaharlik afişa yopiştirgiç Peter bilan döstlaşib qoldi. Andersen unga spektakllarning afişalarini yopiştirişga yordam berar, Peter esa buning evaziga yangi spektaklning bitta afişasini sovğa qilar edi. Xristian uni xonasining burçagiga yopiştirib, pyesaning nomlanişi va unda ijro etuvçilar bilan xayolan tanişib, ana şu afişada turgan nomlar bilan öz fantaziyasi orqali pyesaning qalblarni zabt etuvçi yangiça ruhi haqida öylar, har bir spektakl voqeasini özining tasavvuridagi tasvirlar bilan almaştirardi. Şunday qilib, kunlarning birida bolakayning xayolida sirli va ğaroyib bolalar teatrining yangi repertuari paydo böldi. Unda bolakayning özi muallif, özi aktyor, musiqaçi, özi rassom, ham sahnaning yorituvçisi, ham xonandasi edi.

Andersen özi ösgan kambağal oilaning yolğiz, eng xotirjam va erkin aʼzosi edi. Oilasida uni heç kim, heç qaçon koyimasdi. Bolaligidan uning xayoli özining ajoyib, uzundan-uzoq orzu-öylari bilan band edi. Bu holat hattoki uning savod çiqarişi uçun öqiş paytida ham xalal berardi. U yozişni tengqurlariga qaraganda ança keç örgandi. Hattoki, keksaygan çoğida ham xatolar bilan yozar, öziga unçalik işonmas edi.

Andersen köp vaqtini Odenza böyidagi eski tegirmon yonida ötkazişni yoqtirardi. Tegirmon eskirib ketganligidan undan qisirlagan ovoz çiqardi. Tarnovidan yam-yaşil suvötlari osilib, unga kelib quyiladigan suv yon atrofga saçrab turar, töğonning qirğoğida esa baliqçalar jimirlaşib, suzib yurganligi körinib turar edi.

Bolakayga kimdir yoşligida ayni şu tegirmon ostida, yer şarining narigi tomonida Xitoy degan mamlakat borligini, xitoyliklar esa bir pasda yerosti yölini qazib, u orqali Odenzaga kirib kelişi va kutilmaganda qöllarida nafis yelpiğiç tutgan, tilla ajdar surati tikilgan qirmizi şoyi xalatlarda Daniya şaharlarining moğor bosgan namçil köçalarida paydo bölib qolişi mumkinligi haqida sözlab bergan edi.

Bolakay bu möjizani uzoq kutdi, ammo bu voqea sodir bölmadi.

Odenzada eski tegirmondan taşqari yana bir joy bolakayning eʼtiborini tortar edi. U isteʼfoga çiqqan keksa dengizçining kanal böyida joylaşgan qörğonçasi edi. Dengizçi boğining örtasidagi közga yaqqol taşlanib turadigan joyida bir neça yoğoç zambaraklar va uning yonida yoğoçdan yasalgan askar haykalini örnatgan edi. Kanal böylab kemalar suzib ötayotganida u yasagan zambaraklardan havoga öqsiz zaryadlar otilar, yoğoç askar esa osmonga qarab qurolini sermar edi. Keksa dengizçi şu alpozda özining isteʼfoga çiqmagan omadli kapitan örtoqlariga salyut berardi.

Keksa dengizçining uşbu ajoyib qörğoniga Andersen bir neça yildan söng, talaba bölgan çoğida kirişga muşarraf böldi. U kelgan çoğida dengizçi hayotdan köz yumgan, ammo yoş şoirni gir aylana gulzor içida bir töda gözal va şöx qizlar galasi – keksa kapitanning qizlari kutib olişdi. Andersen keyinçalik u qizlarning biriga nisbattan qalbida işq-muhabbat uyğonganini sezib qoldi. Ammo uning muhabbati göyoki tuman içra javobsiz qolib ketdi.

Uning tinimsiz hayoti davomidagi ayollarga nisbatan paydo bölgan qalbidagi his-tuyğularining barçasi ham şu alpozda yakun topdi.

Xristian juda köp xayol surar, xayoliga kelgan köp narsalarni orzu qilardi. Yoşligida uning ota-onasi yaxşi tikuvçi-biçuvçi bölişini istaşgan edi. Şu maqsadda onasi unga tikiş-biçişni örgatdi. Ammo bola örganib, nimaiki tikkan bölsa, faqat özining teatridagi qöğirçoqlari uçun tayyorladi. Öşa paytlar Andersenning uyida kiçik teatri bor edi.

Biçişning örniga esa mohirona tarzda qoğozdan hayoliga kelgan turli naqşlar, bir oyoğida aylanib raqsga tuşadigan jajji raqqosalar şaklini kesib yasar edi. Özining uşbu ajoyib qobiliyati orqali barçani keksaygan çoğida ham hayratda qoldirardi.

Tikuvçilik hunarini örganganligi uning yozuvçiligida ham qöl keldi. U qölyozmani juda tez va ziç yozardiki, hatto töğrilaşga ham joy qolmasdi. Şunday paytlar qölyozmaning özgartirilgan joyini qoğozga yozib olib, orqasidan taglik qöyib, ip bilan tekislab tikib yopiştirar edi.

Andersen ön tört yoşga kirganida uning otasi vafot etdi. Keçasi bilan otasining boşida yiğlab, mijja qoqmay çiqdi. Öşa kuni otasining boşida u bilan birga bir çigirtka ham tuni böyi xoniş qilganini sözlab berdi.

Şunday qilib, öşa kuni umri davomida birgina şoir va ertakçi öğilni dunyoga sovğa qilişdan bölak heç narsa qilolmagan, biror narsasi bilan heç kimni qoyil qoldirolmagan va heç narsasi bölmagan tortinçoq etikdöz çigirtkaning sirli xonişi ostida hayot bilan vidolaşdi.

Andersen otasining ölimidan bir oz ötgaç, onasining roziligi bilan uylarida asrab qöyilgan arzimagan çoy-çaqani olib Odenzadan öz omadi, baxtini qidirib poytaxti Kopengagenga jönab ketdi. U yerda esa nima kutayotganligini heç kim bilmas edi.

Uning xotirasi yoşligidan sirli voqealarga tölib-toşgan, ammo bularning barçasi şunçaki befoyda saqlanib turgan edi. Andersen katta bölganida kim bölişi haqida uzoq öylardi. Qöşiqçi, raqqosmi, şoir yoki badiiy asarlarni ifodali qilib öqib beruvçi – suxandon, satirik, dramaturgmi, xullas, ertakçilik esa xayoliga ham kelmagan edi. Şunga qaramay qalbining olis manzillaridan ertaklarning möjizaviy ohangi dam u, dam bu ijod torlari orqali sado berib turardi.

Ertaklar olamiga Andersenni aslida nima yetaklagan edi?

Tabiatning maftunkor bağrida yolğiz qolib, uning ovoziga quloq tutib, ertak yozişdan ham zavqliroq va osonroq narsa yöq, deb aytgan edi u.

Ayniqsa Zelandiya örmonlarida dam olgan kezlari uning bu fikri yanada oydinlaşdi. Ajoyib, maftunkor osmonida yulduzlar ğira-şira mildirab, qariyb doimo yengil tuman ostida öy surib turuvçi Zelandiya örmonlari. Örmon böylab dengizning uzun yastanib turişi esa unga yanada özgaça tarovat baxş etar edi.

Andersen ertaklarining köp qismini qiş paytida yozganidan xabarimiz bor. Ammo siz bolakaylarning arça bayramini göyoki bir ğaroyib möjiza kabi hayajon bilan intiqib kutişlarini, arçaning öziga xos körkam tusga kirib, turli-tuman tovlanib turuvçi betakror öyinçoqlar bilan çaraqlab bezatilişini bir tasavvur qilib köring-a!

Dengiz böyida qiş qanday ötişini bilasizmi? Butun borliq oppoq kumuşrang qorga belangan. Oydin qiş keçasining yoğdulanib, uylarning peçlarida yoğoç ötinning çarsillab yonib turişi bularning hamma-hammasi andersença tasavvuru ifoda bilan uning ertaklariga joy bölardi.

Balkim Andersenning ertakçi bölişiga Kopengagen köçasidagi mana bu voqea sabab bölgandir?..

Bir bolakay eski Kopengagen uylarining birida tokçada öynab ötirar edi. Uning öyinçoqlari unçalik köp emas, ular bir neça kubikçalar, papye-maşedan tayyorlangan eski dumsiz ot va qalaydan yasalgan siniq askarça edi. Bolakayning onasi – yoşgina juvon deraza yonida kaşta tikib ötirardi. Şu payt eski dengiz porti tomondan, köchaning pastak qiyaligidan kötarilgunça qora libos kiygan, juda ozğin va daroz böyli bir odam paydo böldi. Uzun qöllarini osilib turgan gavdasi u yon, bu yon qalqib, özi bilan özi gaplaşib, bolakayning uyi tomonga yaqinlaşib kelmoqda edi. U odam şlyapasini qöliga uşlab olgan, şuning uçun ham keng qiya peşonasi, burgutnikiga öxşaş ingiçka burni va kul rang qisiq közlari aniq közga taşlanib turardi. Uning çehrasi deyarli körimsiz bölib, ammo qaddi-qomati juda kelişgan, nimasi bilandir çet elliklarni eslatib turardi. Egnidagi kalta kamzulining tugma qadaydigan joyiga xuşböy yalpiz şoxçasini taqib olgan edi.

Agar şu notaniş kişining öziga özi ğudranib kelayotgan sözlariga quloq tutiş joiz bölsa, uning salkam xirgoyi tarzda quyidagi şeʼrni öqiyotganining guvohi bölar edik:

Men seni köksimda asradim,

Orzu-umidlarimning nozik ğunçasi…

Bolakayning onasi tikayotgan kaştasidan boşini kötarib, öğliga qaradi va:

– Ana, bizning şoirimiz janobi Andersen kelyaptilar. Agar u xirgoyi qilayotgan allalar xonişiga quloq tutsang, şirin uyquga ketib qolişing mumkin, – dedi.

Şu dam bolakay qora kiyimdagi notaniş odamga bir pas tikilib turdi-da, söng öynab ötirgan yagona oqsoq askar öyinçoğini qöliga olib, köçaga, Andersen kelayotgan tomonga yugurib ketdi. Yoniga yetib kelgaç, öyinçoqni uning qöliga tutdi-yu, zudlik bilan orqasiga qaytib, uyiga qarab yugurib ketdi.

Bu bolakayning eng qimmatbaho sovğasi edi. Andersen hayajon bilan albatta buni tuşundi va bolakayning bergan sovğasi – öyinçoq askarçani şunday köksiga qadab qöyilgan yalpiz şoxçasining yoniga xuddi kökrak nişonidek taqib oldi. Bunga ham qanoatlanmay, öyinçoqni mehr bilan köksiga bosib, yanada közga ravşanroq taşlanib turişi uçun biroz çiqarib qöydi. Bolakay tomonidan körsatilgan bu holat Andersenni şu darajada tölqinlantirib yubordiki, bekoriga uni yaqin döstlari his-hayajonga öta beriluvçanlikda ayblamasligi qayta yodiga tuşdi.

Ayol esa kaşta tikişdan bir oz tin olib, agar şu şoirni sevib qolganimda, u bilan keçgan hayotim öta maroqli va şunga köra murakkab ham bölişi mumkin edi, deya xayolidan ötkazdi. Andersen hattoki yoş xonanda Jennini sevib qolganida ham, uni deb özining şoirona odatlari, beqaror orzu-xayollaridan voz keçmaganligi haqida eşitgan edi. Ha, şoirning öziga xos öy-xayollari, orzularining çeki-çegarasi yöq edi.

 Bir kuni u hatto ğamgin-huvillab Daniyaga qarab şimoli-ğarb tomondan esib turuvçi şamolning yöliga, baliqçilar kemasining maçtasiga musiqa asbobi – arfani qistirib qöyib, şamol taʼsirida uning torlaridan taraladigan mungli sadoni tinglagisi kelib ketdi. Bu albatta faqat Andersengagina xos bölgan orzu-xayollarning bir körinişi edi.

Andersen öz hayoti haqida sözlaganida, uning soz va şodon ötganligini taʼriflab, bolalarça şodlanib quvonardi. Hayotga bu qadar beğubor, sofdillik bilan qaraş faqatgina Andersen kabi qalbi toza, maʼnaviy denyosi boy bölgan insonlargagina xos bölgan fazilatdir. U kabi insonlar turmuşda uçraydigan har qanday mayda-çuyda hodisalarga öralaşib, nolib, vaqtini bekorga boy berişdan köra yon-atrofda borliqni örab, yarqirab turgan tabiat poeziyasi bilan zavqlanib yaşaşni afzal biladilar. Qani ayting-çi, tarovatli va gözal köklam nafasi har bir daraxt kurtaklaridan bösa olayotgan dilbar lahzalarni boy bermasdan kuzatiş, ikir-çikir taşvişu ğamlarga eʼtibor bermay yaşaş naqadar zavqli! Axir, bu kundalik mayda-çuyda narsalar gözal va dilrabo, xuşböy köklamning oldida neçoğlik arzimas ekanligini bir tasavvur qilib köring-a!

Ha, Andersen şunday keng dunyoqaraş bilan şirin orzular oğuşida hayot keçirişni istar edi.

Ammo Kopengagenga kelgan çoğlarida u ança taşvişlarga duç keldi. Öşa kezlar mamlakatda qaşşoqlik avj olgan, ijod ahli, jumladan şoir, yozuvçi va musiqaçilarga nisbatan mensimay qaraşlar köpçilik qatorida uning ham könglini ezardi.

Andersenga hattoki keksalik çoğlarida ham unga qarata Daniya adabiyotining “qaşşoq namoyandasi”, bu kabi etikdöz oilasidan çiqqan kambağal bolasining har bir joyda, ayniqsa rahbar, ulamolar örtasida öz örnini bilib yurişi lozimligini bot-bot uqtirib turişardi. Har damda uning ustidan kulişib, har qadamda izza qilişga harakat qilişardi. Şunday harakatlardan söng u doim öz-öziga “nima uçun şunday?” deya savol berardi.

Buning sababi balkim uning tomirlarida kabağal, kamtarin odamlar qoni oqayotganligidadir. Balkim u ham boşqalarga öxşab daniyaliklarning nazariça yaşaşni bilmaganligida, özini heç qaçon katta tutib, göyoki hayotda omadi çopgan kaltafahm, kalondimoğlar kabi gerdayib yurmaganligidadir. Balkim Ollohning marhamati bilan haqiqiy şoir bölib yaralganligidadir.

Öşa paytlar tor fikrli daniyaliklar nazaridagidek yaşaşni bilmaslik jamoa orasida eng oğir illat deb qaralardi. Andersenga esa bunday odamlar örtasida ularga öxşab yaşaş oddiy söz bilan aytganda öta noqulay edi. Donişmand Kirkegor aytganidek, u beğubor xuşçaqçaq qalb egasi, tengi yöq, bebaho şoirtabiat şaxs edi. Xuddi bir paytlar şeʼriyat kitobiga bitilib, kutilmaganda paydo bölgan-u, unutilgan va qayta dunyoga kelgan sirli möjizaviy kitob kabi heç qaçon kutubxonaning çang tokçalariga qaytib ketişi mumkin emasdi.

– Mening barça yaxşi xislatlarimni loyga qorib taşlaşmoqçi bölişdi, – deya özining holatini bolalar şunçalik vaqtixuşlik qiliş uçun toşböron qilib, azoblayotgan kuçukka öxşatardi goho Andersen.

Ammo özingiz ayting-çi, uzun oydin keçalarning yoruğida naʼmatak gullaridan taralib turuvçi oppoq şuʼlalarning guvohi bölgan yoki örmon içidagi oddiy tönkaning nimalardir deb javrab turganini tinglayolgan yoki şu kabi köplab ğaroyib hodisalarning guvohi bölib, kuzatuvçi insonning hayot yölini mayda sipirindilar bilan yopib bölarmidi axir!

Ammo Andersen hayoti davomida qançalar ozor çekmasin, iztirob çekmasin, har qanday muşkul şaroitda ham insonlarga doimo yaxşilik, ezgulik istab yaşadi. Bunday insonning irodasi oldida faqat taʼzim qiliş mumkin.

U özining kambağal, faqir insonlarga yaqinligidan faxrlanardi. Daniyalik yozuvçilar taşkil etgan “Işçilar uyuşmasi”ga birinçilar qatorida aʼzo bölib, jonu dili bilan işçi, kambağal, dehqonlar örtasida özining ijodiy namunalaridan öqib berardi. Mabodo oddiy insonlarga nisbatan mensimaslik, adolatsizlik va yolğon tuhmatlar qilinayotgan holatlarga duç kelib qolsa, bunga aslo çidolmas va ayovsiz insonga aylanardi. Uning qalbida bolalarça beğubor xislatlari bilan birga nohaqliklarga qarşi aççiq alamlari, iztiroblari ham yonma-yon yaşardi. Bu holatni “Yalanğoç qirol” nomli ertagida keng, ravşan qilib tasvirladi.

Kambağal oila farzandi, uning dösti haykaltaroş Tovaldsen olamdan ötganida buyuk ijodkorning vafotidan xabar topib, uning tobuti oldida daniyaliklarga xos bölgan namoyişkorona, tantanavor körinişda gerdaygança tizilib turuvçi ulamolarning yiğilib kelib turişi Andersenning köz öngiga keldi.

U Torvaldsenning vafotiga bağişlab özining katta kontatasi – yirik musiqiy asarini yozdi. Uning dafn marosimiga butun Amsterdamdan kambağal, qaşşoqlarning farzandlarini yiğdi. Bolalar zanjir şaklida tizilib, qöl uşlaşib butun marosim davomida Andersenning kontatasini jör bölib kuylaşdi. Kontata şunday sözlar bilan boşlanardi:

Yöl bering beçoralar tobutiga –

Ularning orasida ketmoqdaman özim ham…

Andersen şoir dösti Ingeman haqida “u şeʼriyat uruğini kambağal dehqonlar dalasidan izladi”, deb yozgan edi. Uning bu taʼrifi özining ijodiga ham köproq taʼlluqlidir. Çunki Andersen ham poeziya uruğini kambağal dehqonlar dalasidan terib, qalb qörida qizdirib, ularning pastak xaroba kulbalariga soçardi. Unda esa poeziyaning ğaroyib daraxtlari unib çiqar, turfa gullari esa barq urib, mazlumlar qalbiga quvonç baxş etardi.

Andersen uçun maktabda özidan ança yoş bolalar bilan bir partada ötirib öqigan yillari ham juda oğir keçdi, qalbi xörlandi. Özining haqiqiy hayot yölini qidiriş maqsadida keçgan umrining öşa damlari ham uning uçun eng çigal va ruhiy azoblaniş yillari böldi. U özidagi ijodiy qobiliyatni sanʼatning qaysi turiga tegişli ekanligini uzoq vaqtgaça anglay olmadi.

“Xuddi toğliklar ulkan qoyalar toşini zarralab, zinapoyalar yasab yuqori kötarilgani kabi, men ham şu qadar maşaqqat va sabr-qanoat bilan odimlab, adabiyotda öz örnimni topdim”, – degan edi Andersen keksalik çoğlarida.

Bir kuni şoir Ingamen:

– Siz har qanday oqayotgan suv tagidan ham qimmatbaho duru javohirlar topa oladigan bebaho qobiliyat sohibisiz, – degan edi.

Şoirning bu sözlari Andersenning özidagi qobiliyatni anglaşiga sabab böldi.

Va nihoyat uning yigirma uç yoşida “Amager oroli böylab sayohat”, deb nomlangan haqiqiy andersença kitobi bosilib çiqdi. Andersenning uşbu kitobi “ğaroyib, rang-barang xayollari osmonini” dunyoga namoyiş etişiga imkon berdi.

Andersen Daniya böylab kezar ekan, doimo qalbida allaqanday maftunkorlik zavqining ajib titroğini sezib yaşadi. Kelgusidagi hayot yöli oydinlaşdi. Kitobidan tuşgan ozgina qalam haqini Yevropa böylab sayohatga sarflaşga jazm qildi.

Andersenning uşbu ilk sayohatini dunyo böylab emas, balki özining buyuk zamondoşlari böylab qilingan sayohati, deb ataş mumkin. Qayerga borgan bölmasin, öşa joydagi özi sevgan buyuk yozuvçilar, şoirlar, musiqaçi, rassomlar bilan tanişdi.

Albatta, u bunday uçraşuvlarni öta muhim deb bildi va uçraşuvlar davomida uning isteʼdodiga nisbatan buyuk zamondoşlar tomonidan bildirgan fikrlar uning qobiliyatini yanada mustahkamlaşga yordam berdi.

Andersenning butun hayoti doimiy almaşinib turuvçi mamlakatlar, şaharlar va unda yaşovçi xalqlar, uzun yöllar davomida hamroh bölgan yölovçilar, ularning turli-tuman ajoyib hikoyalari, fikr–mulohazalari, ulardan olgan tassurotlari asosida hayajonli lahzalarni özida mujassam etgan haqiqiy “yöl poeziyasi” oğuşida ötdi. U qayerda yozgisi kelsa, öşa joyda yozdi. Rim, Parij, Afina, Konstantinopol, London, Amsterdam mehmonxonalarida qirmizi siyohdonlarda uning ötkir perosi qançalar köp iz qoldirganligini heç kim sanab ado qilolmaydi.

Andersen juda tez yozar edi. Ammo qölyozmalarni işlaş davrida öta talabçanlik va diqqat bilan töğrilardi.

Tez yozişining asosiy sababi uning haqiqiy improvizatorlik qobiliyatidan darak berardi.

Improvizatsiya – bu ijodkorlarning yon-atrofda sodir bölayotgan voqeliklarga befarq bölmay, ular töğrisidagi fikrlarga öz munosabatlarini izhor qiliş, bildiriş qobiliyatidir.

Bunday qobiliyat esa uzoq kuzatuvlar jarayoni va ajoyib xotira, yaʼni eslab qoliş xususiyatiga ega bölgan insonlardagina uçraydi.

Andersen Italiya töğrisidagi qissasini haqiqiy improvizatorlik nuqtayi nazaridan yaratdi. Şuning uçun ham bu asarini “Improvizator” deb nomladi.

Keling, endi yana uning sayohatlari töğrisidagi hikoyamizga qaytamiz.

U ilk sayohatini yuzlab kemalar suzib yurgan Kattegat [1] böylab amalga oşirdi. Bu safari ham juda qiziqarli va zavqli keçdi.

Öşa paytlar Kattegat böğozi uzra “Daniya” va “Kaledoniya” deb nomlanuvçi paroxodlar paydo bölgan edi. Ular yelkanli kema kapitanlarining xuddi dengiz dovuli kabi ğazabini qözğatardi.

Çunki paroxodlar böğozni tutunga töldirib yelkanli kemalar orasidan suzib ötayotganida xijolat tortib, göyo özlarini masxara bölayotgandek sezardi. Şu sababdan kema boşliqlari karnay orqali ularga qarab bisotidagi eng saralangan, eng uyatsiz sökişlarini izhor qilib qolar edilar. Paroxodlarni “möri tozalovçi”, “dudlangan dumlar”, “badböy mağzava”, deb yerga urişga harakat qilar edilar.

Paroxod va kemalar örtasida bölib ötadigan bu kabi janjallardan Andersen zavqlanib, vaqti çoğ bölardi va miriqib kular edi.

Kattegat böğozi böylab qilgan safaridan söng Andersenning “haqiqiy sayohatlari” boşlandi. U köp martalab butun Yevropani aylanib çiqdi. Kiçik Osiyo, hattoki Afrikada ham böldi.

Parijda Viktor Gyugo va buyuk artist Raşel bilan tanişib, Balzak bilan yaqindan suhbatlaşdi. Geyne esa uni öz uyiga mehmonga taklif etdi. Andersen Geyneni uning uyida parijlik yoş gözal ayoli va bir quçoq quvnoq farzandlari qurşovida uçratdi. Bolalarni körib, şoşib qolgan Andersenga qarab Geyne:

– Hayron bölmang, bularning barçasi özimizning bolalarimiz, biz ularni qöşnilardan sörab olganmiz, – deya hazillaşdi.

Dyuma Andersenni Parijning arzon teatrlaridan biriga olib kirdi. Bir kuni esa Dyumaning navbatdagi romanini yozib ötirganini körib qoldi. Öz asari ustida işlayotgan Dyuma romanidagi qahramonlar bilan baland ovozda janjallaşib sökişar, goh esa dumalab-dumalab qotib kular edi.

Andersenga Vagner, Şuman, Mendelson, Rossini va List kabi buyuk ijodkorlar özlarining musiqiy asarlarini çalib berdilar. Andersen Listning asarlarini tinglar ekan, uning ijodini “torlar böylab kötarilgan böronlar ruhi” deya taʼrifladi.

Andersen Londonda Dikkens bilan uçraşdi. Ular bir-biriga röparö kelişganida Dikkens Andersenning köziga maʼnoli tikilib turardi. Andersen ham unga qaraşga harakat qildi, ammo buyuk qalb sohibi Dikkensning nigohlariga doş berolmay, hayajondan yiğlab yubordi.

Andersen Dikkensning dengiz böyidagi şinamgina uyida mehmonda böldi. Hovli taşqarisida italiyalik şarmanka çaluvçi tinmay xoniş qilar edi. Deraza ortida tuşa boşlagan ğira-şiralik içra maşʼala yaltirar, dengiz böylab şundoqqina uyning yonidan esa Temzadan yölga çiqqan besönaqay kemalar suzib yurardi. Daryoning qirğoqlari uzra çiroqlar xuddi torf yonayotgandek tovlanar, dam London zavodlari, dam kemalar tuzatiladigan korxonalar mörisidan tutun burqsib turar edi.

– Bizning uyimiz bolalarga töla, – dedi Dikkens Andersenga. Söngra çapak çalgan edi, buni kutib turgan va Andersenning taşrifidan quvonçga tölgan uning öğil-qizlari xonaga yugurib kirişdi. Bolalar sevimli ertakçining ajoyib hikoyalari uçun minnatdorçilik sifatida uni açomlab, öpib, atrofini örab olişdi.

Andersen hayotining asosiy qismini Italiyada ötkazdi.

Rim köplab çet ellik yozuvçi va rassomlar kabi uning ham ikkinçi vataniga aylanib qoldi.

Bir kuni Andersen dilijans – yölovçi taşiydigan arava bilan Italiyaning köçalari böylab ketib borardi. Osmon çaraqlagan yulduzlarga töla, bahor oqşomi edi. Dilijansga yöldan bir töda qişloq qizlari ham çiqib olişdi. Qoronğulik oğuşida aravadagilar bir-birlarining yuzlarini körolmasdilar. Ammo şunga qaramay, bir pasdan keyin ular örtasida qizğin suhbat boşlanib ketdi. Tun şunçalik qoronğu ediki, suhbat davomida Andersen qizlarga qançalar tikilmasin, ularning har zamon oppoq bölib yaltiragan tişlarini köroldi xolos.

Qizlarga ularning özlari haqida hikoya sözlay boşladi. Uning hikoyasida qizlarning har biri göyo ğaroyib ertaklardagi malikalar edilar. Andersenning taʼrifi böyiça qizlarning har biri özgaça bir olam, gözallik va latofat sohibasi hamda öz-öziça baxtiyor edilar. Ularga sirli moviy közlari, xuşböy mayin soçlari, quyuq kipriklari hamda qirmizi, ğunça lablarini tasvirlab, ajoyib ertak aytib berdi.

Qoronğulik oğuşida qizlar tortinişib kulişar, ajoyib hamrohning köngilni kötaruvçi hikoyalari uçun minnatdorçilik sifatida baʼzilarining köz yoşlari yaltiraganligi ham sezilib turardi.

Şu çoğ qizlarning biri Andersendan uning özi haqida ham sözlab berişini sörab qoldi.

Andersen özining çiroyli emasligini bilardi. Ammo ayni damda qizlarga özini xuşsurat, istarasi issiq, qaddi-qomati kelişgan va navqiron bir yigit etib tasvirlay ketdi.

 Va nihoyat, oqşom yanada qoronğulik bağriga çömgan bir damda yöl davomidagi bu ajoyib uçraşuv ham nihoyasiga yetdi. Arava şaharning sokin bir joyida, qizlar tuşişi kerak bölgan manzilda töxtadi. Ular aravadan tuşişar ekan, möjizaviy notaniş yölovçi bilan hayajon içra xayrlaşişdi.

Dilijans yana yölida davom etdi. Arava ortida şuvillagan örmon, otlarning pişqiriği, Italiya osmoni bağridan şundoqqina pastda, boşi uzra yoyilib, yoğdu soçib turgan yulduzlar manzarasidan Andersen juda baxtiyor edi. Hayoti davomida esa bundayin baxtli va zavqli onlarni his qilganligini eslolmadi. U yöl davomidagi kutilmagan bu kabi ajoyib hodisalar va bir lahzalik bölsa-da, yoqimli uçraşuvlar uçun dildan şukronalar keltirdi.

Italiya Andersenning qalbini butunlay zabt etgan edi. Toşlardan yasalgan köpriklar, xaroba uylarning marmar fasadlari, uylar atrofi, xiyobonlardagi bir-biriga çirmaşib ösayotgan betakror manzarali köm-kök butalar, şuuringizni yana takror gözallikning sirli olamiga tortib, maftun etuvçi suv yuzida barq urib oçilib yotgan Venetsiya nilufarlari, Lateran haykali, kuz havosi uzra Rim ustidagi sovuqqon, sarxuş jimirlab turuvçi gumbazlarni erkalovçi quyoşning iliq nurlari, bularning barçasi Andersenning qalbida Italiyani göyo qaytadan yaratgan edi.

Andersen 1875-yilda olamdan ötdi. Men bu hikoyam orqali uning yozgan asarlari yoki uning şoir va ertakçi ekanligidan boşqa sifatlarini sanab ötirmadim.

Buyuk ertakçi Andersenning hayoti asosan qiyinçiliklar iskanjasida ötgan bölsa-da, ammo u umrining sönggi lahzalarigaça bolalalarga xos bölgan beğubor köngli bilan hamohang yaşadi. Betakror badihagöyligi, ertaklari orqali kattayu kiçikning qalbini zabt etib, ularning qalbini his-tuyğularga töldirib, gözal orzu-umidlar baxş etganligi tufayli taqdir unga öz xalqining çinakam mehru muhabbatiga erişiş, sevimli insoniga aylaniş saodatini nasib etdi.

Ha, Andersen kambağal oddiy oiladan yetişib çiqqan ijodkor bölgani bilan hatto qirollar ham uni şaraflab olqişlar, quruqşagan qöllarini siqib qöyişar edi.

U oddiy xalqning kuylovçisi edi. Butun hayoti davomida ölmas, umriboqiy sanʼatning haqiqiy xazinasi, haqiqiy manbayi faqat xalq şuurida ekanligini va boşqa heç joyda topilmasligini isbot etdi. Qalbidagi buyuk poeziyani esa vataniga bölgan çeksiz muhabbati ramzi sifatida, xuddi boşqa joylarda uçramaydigan, Daniya osmoni bağrida yoyiladigan keng, yorqin kamalaklar singari rangin suratlarda namoyon etoldi.

Andersenning qabri uzra doimo u sevgan oppoq atirgulllar yastanib, rang-barang kamalaklar keng osmon bağriga oçilgan zafar darvozalari kabi yaraqlab tursin.

Rus tilidan Dilorom Abdurahmon

qizi tarjimasi

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)