23 daqiqada öqiladi

2 694 marta körilgan

Folklor – millatning boqiy tarixi

Jabbor Eşonqul

Folklorşunos Jabbor EŞONQUL bilan muloqot

– Millat va jahon folklori namunalari bilan tanişiş jarayonida öquvçida ğalati hissiyotlar keçadi. Bamisoli hayotning eng muhim haqiqatlari, muammolari ming yillar ilgari paydo bölgan rivoyatlar, afsonalar, dostonlarga jo bölgandek tuyuladi. Suhbat avvalida folklorning öziga xosligi, uning adabiyotga taʼsiri haqida sözlab bersangiz.
– Folklor barça sanʼatning boşlanişi, sarçaşmasi, şu sababli ham boşqa köpgina sanʼatlar bilan uyğunlikka ega, şuning bilan birga heç biriga öxşamagan öziga xosligi bilan ajralib turuvçi alohida sanʼat turidir. Bu soha öz içiga musiqa, raqs, hunarmandçilik, tasviriy, badiiy va boşqa sanʼatlar bilan boğliq tasavvurlarni qamrab oladi. Boşqaça aytsak, oğzaki ijod xalqning ötmişi, buguni va kelajagini özida ifoda etuvçi, uning taqdiri bilan çambarças boğliq ijodiy jarayondir. Şuning uçun ham allomalarimiz uni el adabiyoti deb atagan. Biror bir xalqning qanday xalq ekanligini biliş uçun dastavval uning folkloriga nazar soliş lozim böladi.
Xalq ijodi bu çinakam maʼnodagi doimiy özgariş, doimiy harakatdagi sanʼatdir. Yaʼni, xalq ijodi namunalari har galgi ijroda anʼanalarning davomiyligini saqlagan holda muttasil yangilanib, özgarib, mukammallaşib boraveradi. Şuning uçun ham xalq ijodi namunalari köplab variantlilikka ega. Ana şu variantlilik xalq oğzaki ijodining öziga xosligini taʼminlab beruvçi eng muhim jihatlardan biridir.
Xalq oğzaki ijodi namunasi bor-yöği oğzaki ijro etilgani uçungina emas, balki oğzaki özlaştirilib, oğzaki ijro etilib, oğzaki tarzda meros qoldirilişi, boşqaça aytganda, har galgi ijro jarayonida qayta yaralişi bilan farqlanib turadi. Folklorşunos olimlar taʼkidlaganidek folklorda qöşiq yöq, balki qöşiqning ijro holati, ijro jarayoni mavjud. Bu fikrni xalq ijodining boşqa janrlariga ham tadbiq etiş mumkin.
Ğurur bilan aytişimiz mumkinki, bizda dunyo folklori namunalari bilan bemalol bellaşa oladigan doston, ertak, maqol-matal, qöşiq, afsona va rivoyatlarimiz bor. Bugungi kungaça yozib olingan dostonlar sonining özi 400 tadan oşib ketadi. Boşqa janr namunalari variantlari esa köplab jildlarni taşkil etadi. Bu rostakamiga çinakam ulkan xazinadir. Bunday bebaho meros hamma xalqqa ham nasib etgan emas. Şunday ulkan oğzaki merosga ega xalqning yozma adabiyoti qanday bölişini tasavvur qilavering.
Har qanday sanʼatning boşi folklorda degan gap bugun paydo bölgan emas. U uzoq yillik hayotiy kuzatiş, ilmiy tajribaning hosilasi. Haqiqatdan ham tasviriy, hunarmandçilik, musiqa, raqs, badiiy va hokazo sanʼatlarning avvali-boşi, yuzaga kelişi bevosita xalq oğzaki ijodiga, xalqning ilk tasavvur va işonçlariga borib taqaladi.
Folklorning yozma adabiyotga taʼsiri masalalari Alişer Navoiy zamonida qanday dolzarb ahamiyatga ega bölsa, bugun ham xuddi şunday. Alişer Navoiyning barça asarlarida biz folklorga ijodiy yondoşuvni, milliylikka suyanib, umumbaşariy qadriyatlar uluğlanganini kuzatamiz. Bu anʼana Navoiy, Bobur zamonidan söng Abdulla Qodiriydan to bugungi kunda ijod etayotgan adiblarimizgaça, Çölpondan to zamonamiz şoirlarining izlanişlarida ham u yoki bu darajada davom etayapti. Faqat bizda emas, dunyo adabiyotida ham şu hol kuzatilmoqda. Aytiş mumkinki, sönggi yuz yillikda adabiyotda folklorga qayta yuzlaniş davri boşlandi. Joys, Borxes, Markes, Kafka, Kavabata kabi adiblar ijodi buning misolidir. XXI asrda dunyo miflariga qaytadan murojaat, yangiça talqin qiliş davri, neomifologizm davri boşlandi.
Folklor har bir ijodkorga öz yöli, uslubi, özligini, öq tomir ildizini topişga yordam beradi.
Lotin Amerikalik uluğ adiblardan biri Xorxe Luis Borxes: «Adabiyot mif bilan boşlanib, mif bilan tugaydi», – deydi. Buni boşqaçaroq qilib aytadigan bölsak, har qanday sanʼat, jumladan, badiiy söz sanʼati ham folklor bilan boşlanib, folklor bilan birga taraqqiy etadi.
– Bilasizmi, men folklorning muazzam janri bölmiş eposni millat tarixining zerikarli raqamlardan xoli bölgan, qiziqarli va zavqli tarixiga öxşataman. Baʼzi holatlarda epos millat adabiyoti uçun öq ildizlik vazifasini bajaradi. Homerning “Iliada”si, Firdavsiyning “Şohnoma”si, Şota Rustavelining “Yölbars terisini yopingan pahlavon”i, hindlarning “Maxabxorat” hamda “Ramayana” eposlarini şu toifaga mansub, deyiş mumkin. Bu muazzam asarlar özi mansub millatning tarixidan tortib kelajak orzularigaça qamrab olgan. Ayting-çi, davrimizning muhim mavzularidan bölgan milliy qadriyatlarni asraş borasida eposga qançalik suyaniş mumkin?
– Folklor va tarix çindan ham dolzarb mavzu. Zero, epos, yaʼni oğzaki ijod namunasi bölgan dostonlar şunçaki badiiy asar emas, balki xalqning tarixi, madaniyati, urf-odat va anʼanalari, tafakkur tarzini özida mujassam etgan milliy qomus hamdir.
Birgina «Alpomiş» dostonini olib qaraylik. Mazkur doston nafaqat özbek, balki dunyo dostonçiligida alohida mavqega ega, tarixiy asoslari qadimiy, badiiy jihatdan yuksak epik ijod namunasi hisoblanadi.
Bu doston köp va xöp örganildi. Biroq hali bu dostonning jahon folklorşunosligidagi örni, mifologik asoslari, badiiy qatlamlari takror va takror örganilişni talab etadi.
Dostonning boşlamasidagi ilk jumlaga eʼtibor beraylik. Doston: «Burungi ötgan zamonda, ön olti uruğ Qönğirot elida Dobonbiy degan ötdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan öğil farzand paydo böldi. Alpinbiydan taği ikki öğil paydo böldi: kattakonining otini Boyböri qöydi, kiçkinasining otini Boysari qöydi. Boyböri bilan Boysari – ikkovi katta böldi. Boysari boy edi, Boyböri esa şoy edi, bul ikkovi ham farzandsiz böldi». – deb boşlanadi.
«Burungi ötgan zamon» bu mifologik tuşunçaga köra ibtidoning boşlanişi, xaosning kosmosga aylanişidir. Şuning uçun ertaklarimiz ham «Bir bor ekan, bir yöq ekan, burun ötgan zamonda», deb boşlanadi. Siz aytganday, bu har qanday millatning raqamlardan xoli, sof, badiiy tarixidir. Gap bu yerda noreallik, hayotiy asosga ega bölmagan badiiy töqima haqida ketmayapti. Balki yarmi afsona, yarmi haqiqat, mifologik qobiqqa öralgan ötmiş, tarix haqida hikoya qilayapti. Ertakdan farqli ölaroq dostonni ijro etuvçi baxşi ham, tinglovçi ham undagi voqealar çin haqiqat ekaniga işonadi. Qolaversa, doston ajdodlarning muqaddas xotirasi, şonli tarixi haqida. Bu şonli voqealar bir neça avlodlar tomonidan kuylanib kelingan, avlodlarga yetkazilgan va ijro etilayotgan zamonda ham davom etmoqda.
«Ön olti uruğ Qönğirot eli» yuqoridagi ötmiş tarixiga yanada hayotiylik bağişlaydi. Bu tarix maʼlum bir uruğ, ayni bir paytda butun boşli elat ötmişi bilan aloqador ekanini urğulamoqda.
«Dobonbiy» sözi dovon, yuksaklik maʼnosida keladi. Bu ism şunçaki tanlanmagan. Hayotda katta işlarni amalga oşirgan, yuksak marralarga erişgan qahramonning ramziy timsoliy obrazidir. Dostonda bu obraz çizgilari göyo mukammal emasdek, doston boşlamasida eslanib, keyin unutilib ketadigan ismdek tuyuladi. Biroq, bu obrazga keyingi jumlalar, keyingi voqealar oydinlik kiritadi. Alpinbiydek Alpning dunyoga kelişi öz-özidan bölmagan. Unga Dobonbiy çekkan zahmat, erişgan donişmandlik sabab bölgan.
Boyböri bilan Boysari ismlaridagi «Boy» old qöşimçasi ularning şajarasi kimlardan ekanini körsatib turibdi. Biroq eʼtibor qilsak, Dobonbiy, Alpinbiy sanalib, keyin ikki juft ism sanalayapti. Bu bejizgami?
Folklorda egizaklar tuşunçasi mavjud. Har ikkala ism ana şu egizaklar haqidagi tuşunçaning maʼlum darajadagi badiiy talqinidir. Odatda egizaklar haqidagi mifologik tasavvurda egizaklarning biri katta, ikkinçisi kiçik böladi. Ona uruğçilik bilan boğliq tasavvurlar ustivor qonuniyat kaşf etilayotgan davrda urğu köproq kenjaga berilib, köp holatlarda bevosita ona bilan boğlanadi. «Kenja botir», «Uçinçi öğil» kabi ertaklar, «Alibek bilan Bolibek» dostonlari buning yorqin misolidir.
Faqat bu yerda urğu Boysariga emas, aksinça Boyböriga qaratilgan. Alpomişning ham Boybörining farzandi ekani bejizga emas. Demak, bu dostonda ota uruğçilik bilan boğliq tasavvurlar böy körsata boşlaganidan dalolat beradi. Biroq dostonning boşqa, jumladan, Barçin, Qaldirğoç, Surxayil kampir, Tovka oyim obrazlari talqini şuni körsatadiki, dostonda ona uruğçiligi bilan boğliq tasavvurlar ham hali barqaror turibdi.
Alp – qahramon tuğilişidan oldin ota-onasining farzandsizligi aslida ramziy maʼnoga ega bölib, gap bu yerda saltanatni mustahkamlaydigan, parokanda elni yana birlaştiradigan yangi avlod – Alpning tuğilişi haqidadir.
«Alpomiş» dostonida millatning bölinişi, parokandaligi Boysarining qalmoq eliga köçişi orqali ifodalanadi. Zero, turkiy xalqlar tarixning maʼlum bir davrlarida ulkan saltanat, hokimiyat va çeksiz hukmronlikka ega bölgan.Özaro bölinişlar, uruşlar va boşqa sabablar tufayli bu buyuk saltanatga putur yetgan. Söngra xalqni, millatni birlaştira olgan Alpomişga öxşaş yangi avlod – Alplar tuğilib, turkiy xalqlarning tarix sahnasidagi oldingi yuksak mavqeyi yana qölga kiritilgan. Xuddi şu voqealarning badiiy ifodasi «Alpomiş»ning asl mohiyatini taşkil etadi.
Eʼtibor qilsak, «Alpomiş»da Alpinbiydan qolgan, kölda zang bosib yotgan kamonni faqat Hakimbek ota oladi. Alplik kamonining kölda zang bosib yotişi undan oldingi avlod öz vazifasini oxirigaça bajara olmaganidan dalolat beradi. Bunday vazifani yangi avlod – Alplargina oxiriga yetkazadi.
Epik ijoddagi alplik tizimiga turliça yondoşuv mavjud. Xorijlik olimlar Lord Raglen, Karl Rayxl, Ojal Öğzular öz tadqiqotlarida «Qahramonlik qolipi», özbek folklorşunoslari esa «alplik tizimi» degan atamani işlatadi. Yaʼni folklordagi qahramon şunçaki qahramon emas, balki uning jasorati, mardligi, qahramonligini börttirib turadigan jihatlar mavjud. Bu jihatlar dostonlarda epik qolip şaklida keladi. Yaʼni qahramonlar maʼlum bir tizimga amal qilişadi. Bunday misollarni yana köplab keltiriş mumkin.
Dostonning ilk jumlasidayoq ajdodlarimizning şonli ötmişi bilan boğliq tasavvurlar mustahkam örin olgan. Demak, mazkur holat dostonning mifologik qatlami, yuzaga keliş davriga ham maʼlum darajada aniqliklar kiritadi. Boşqaça aytadigan bölsak, xalqning köp ming yillik tarixi, tafakkur tarzi haqida juda boy va qimmatli maʼlumotlar beradi.
Savolning ikkinçi qismiga kelsak, biz bugun milliy qadriyatlarimizni, anʼanalarimizni xalq oğzaki ijodisiz tasavvur eta olmaymiz. Folklor milliy anʼanalarimizning özagini taşkil etadi. Bu anʼana va qadriyatlar birinçi navbatda oğzaki ijodda kuylanib, uluğlanib kelingan. Faktlarga murojaat qilaylik: heç bir eposda xalqimizning maişiy hayoti, milliy qadriyat va urf-odatlari «Alpomiş» dostoniçalik keng kölamda özining badiiy ifodasini topmagan. Farzandning tuğilişidan oldin ovga çiqmoq, suyunçi olmoq, farzandning tuğilişi, farzandga ism qöymoq, etagiga solmoq, beşik töy, töy maslahati, jarçi qöymoq, çufurron töy, töyona bermoq, ataştirib beşikkerti qilmoq, ikkinçi ism qöymoq, ataştirib römol öramoq, qalliqqa bormoq, sovçi qöymoq, şartlaşiş (kuraş , köpkari, poyga) kuyov navkar, töqqiz tovoq, kuyov tovoq, ötni aylanmoq, qiz yaşirdi, vakil ota, vakilini bermoq, çimildiq tutmoq, it irillar, oyna körsatar, soç siypatar, qöl uşlatar, kuyov uloq, yuz oçdi, baqan taşlamoq, solim bermoq, ölan aytmoq, yor-yor, kelin salom kabi turli xil odat va marosimlarning «Alpomiş» eposidan joy olişi muhim ahamiyatga ega. Bu mavzu alohida tadqiqotni talab etadi.
Şuni aytib ötiş kerakki, eposda marosim heç qaçon batafsil tasvirlanmaydi, balki uning muhim nuqtalari öz aksini topgan böladi. Eng eʼtiborli jihati, marosim epos tizimida syujetni yuzaga keltirib, epik xarakter kasb etadi. «Alpomiş» dostonidagi Hakimbekka ikkinçi ism berilişi bilan boğliq halqa olib taşlansa, doston mazmuniga jiddiy putur yetadi. Demak, marosim, milliy qadriyat va urf-odatlar maʼlum maʼnoda epos syujet halqasining yuzaga kelişiga zamin bölişi bilan birga bevosita estetik funksiya bajarib keladi.
Jeyms Joys yarmi hazil, yarmi çin aralaş mabodo Dublin şahri yer yuzidan yöqolib ketsa, mening «Uliss» romanimga qarab uni qayta tiklaş mumkin, degan gapni aytgan. Xuddi şunday bizda qadimiy urf-odat va aʼanalarimizning unutilgan uzvlarini «Alpomiş»ga öxşaş epos matniga qarab tiklab oliş imkoniyati mavjud.
Bunday misollarni yana köplab keltirişimiz mumkin. Navröz bayrami xalqimiz hayotida neçoğlik muhim örin tutişini özingiz yaxşi bilasiz. Mamlakatimiz mustaqillikka erişgandan keyin bu bayram tamomila yangiça mazmun va mohiyat kasb etdi. Har gal uni nişonlaganimizda qadimda unut bölgan qaysidir uzvi qayta tiklanib, yangiça talqin etilganiga guvoh bölamiz. Ana şu uzvlarning qayta tiklanişiga xalq ijodi namunalari – doston, ertak, qöşiq, maqol-matallar, xalq öyinlari asos bölayotganligi heç kimga sir emas.
– Xalq dostonlari bir qaraşda insonning insonga muhabbatidan ösib çiqqandek tuyulsa-da, uning zamirida daho ijodkorning öz xalqiga yoki xalqning öz qadriyatlariga bölgan sadoqati, hurmati mujassam. Zamon evrilişlari, insonlarning fikrlaş tarzidagi özgarişlar xalq dostonlariga taʼsir körsatişi mumkinmi?
– Töğri aytasiz, xalq dostonlari eng avvalo oila totuvligi, işq-muhabbat, yorga sadoqat, şaxs tarbiyasi, yurtga muhabbat haqidadir. Dostonlarda işq-muhabbat, insoniy munosabatlar, oila mavzui muhim örin tutadi. «Alpomiş» dostonida bir oila tarixi asosida butun bir uruğning, millatning tarixi hikoya qilinadi. Turli xil sabablar tufayli parçalanib ketgan millat oğir sinovlardan söng yana qayta birlaşişi, oila baxti, millatning, yurtning or-nomusi, şonu şavkati uçun kuraş qahramonlik eposining boş ğoyasini taşkil etadi.
Maʼlumki, şöro tuzumi davrida bizga Şarqda hamişa ayollarni tutqunlikda saqlab kelişgan, ularning oilada ham, jamiyatda ham heç qanday örni bölmagan va hokazo deya uqtirib kelişdi. Arxeologik topilmalar, qadimgi bitiklar, xalq dostonlari esa buning aksini urğulaydi.
Yevropada etrusklar madaniyati ustida iş olib borgan olimlar qiziq bir faktga duç kelişadi. Hali Ğarbda demokratiya degan tuşunça bölmagan, ayollar heç qanday huquqqa ega bölmay, uyda erlarining quli bölib turgan bir paytda, ğarbliklar nazdida Yevropaga begona va yovvoyi xalq deb hisoblangan etrusklarning saroylaridagi köplab qadimiy devorlarda yuksak mavqega ega bölgan ayol suratlari tasvirlangan. Bu suratlarni tahlil qilgan arxeolog va tarixçilar etrusk madaniyatida ayolning örni oilada ham, jamiyatda ham erkaklar bilan baravar bölgan, köpgina davlat işlarini bevosita ayollar boşqargan degan xulosaga kelişgan. Garçand bahsli bölsada, etrusklarning kelib çiqişini, Yevropaga borib qolişini turkiy xalqlar tarixi bilan boğlaşadi.
Yurtimizda topilgan arxeologik topilmalarda ham aynan ayol tasvirlangan sanamlar köplab uçraydi. Xalqimizning kuy-qöşiği, maqol-matali, alqovida ayol neçoğlik uluğlanganini kim bilmaydi deysiz? «Alpomiş» dostonining bir örnida Barçin:
– Xotin bölmasmikan erning vaziri, – deydi.
Bir qaraşda baxşining şunçaki badihagöyligidek köringan uşbu bir misra, xalqimizning tafakkuridagi evrilişlarga oydinlik kiritadi. Qadimgi bitiklarda ham «xotun» söziga alohida urğu beriladi, hurmat va izzat bilan tilga olinadi:
«Otam Hoqon ölganda, inim Kultegin yetti yoşida Umayday onam xotun baxtiga, inim Kultegin er degan nom topdi» yoxud «Otam Eltariş hoqonni, onam El bilga xotunni Tangri öz martabasida tutib, yuqori kötargan ekan», deyiladi Kultegin bitigida.
Eʼtibor qilsak, bitikda ham, dostonlarimizda ham ona (ayol) va xotun sözlari yonma-yon qöllaniladi.
Xotun sözi turkiy xalqlar eposida bir titul, bir unvon maʼnosida keladiki, şuning uçun u hamişa «alp», «bek», «xon», «töra» kabi sözlar bilan baravar qöllaniladi. Bu esa «xotun» oddiy bir kalima emas, yuksak bir unvon, ulkan martabani ifodalaşidan darak beradi.
Xalq dostonlari asrlar davomida avloddan-avlodlarga meros qolib kelayotgan sanʼat. Uning qat-qatida ibtidoiy davrlar bilan bir qatorda, animistik, şomonlik, islom madaniyati va şuning bilan bir qatorda doston ijro etilayotgan davrdagi tasavvurlar ham qorişiq holda kelişini kuzatamiz. Dostonlarimiz şu darajada serqatlamki, unda tarixning istagan bir davriga oid u yoki bu maʼlumotlarga duç kelasiz. Siz aytganingizday zamon evrilişlari, xalqimizning tafakkur tarzidagi özgarişlar bosqiçma-bosqiç, betakror metafora va timsollarda özining badiiy ifodasini topganligini körişimiz mumkin.
– Maʼlumki, qadimiy afsona va rivoyatlar neça zamonlardan beri ijod ahli uçun tengsiz ilhom manbayi bölib keladi. Birgina yunon afsonalarini olaylik. Buyuk Homerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlariga asos bölgan mazkur afsonalar ayni paytda Evripid, Sofokl hamda Esxil singari olamşumul fojianavislarning benazir asarlariga mavzu bergan. Umuman olganda, dunyo adabiyoti, sanʼati va falsafasi rivoji dunyo mifologiyasi bilan çambarças boğliq. Şunday emasmi?
– Bizga maʼlumki, sanʼat va mifning tili bitta – ramzlarga asoslanadi. Har ikkalasini ham ramzlarni şarhlab örganiş mumkin.
Momoqaldiroqni nayza deya tuşuniş bu miflarni yaratgan ibtidoiy ajdodlarimiz uçun taşbeh emas, şunday tuşunilgan, qabul qilingan. Xalq oğzaki ijodini tadqiq etuvçi bunday metod miflarni, ramzlarni şarhlaşni inson ruhiyatini tadqiq qiliş bilan birga qöşa oldi. Garçi uşbu metod yagona bölsa-da, miflardagi ramzlarni şarhlaşda har xil qaraşlar dunyoga keldi.
Mif – insonning faqat ötmişi, ajdodlarning xayolparastligi emas, balki ularning kayfiyati va özi anglab yetmagan, biroq miyada singib yotgan keçinma va taassurotlaridir. Mifga ajdodlarning jön xomxayollari yoki çöpçaklari sifatida emas, inson ruhiyatining inʼikosi sifatida qaraş zarur, şu sababli ham mif ötmiş sadosi emas, u keça, bugun va ertaning mujassami, inson ruhiyatining manzarasidir. Mif odam bilan birga yaşaydi, odam yaşar ekan u öziça mif yaratadi. Biroq hamma ham öz miyasi yaratgan mifni “öqiyvermaydi”.
Amerikalik olim Erix Fromm hamma bilişi şart bölgan umumiy til – ramzlar tili mif, umuman badiiyatni şarhlaşda eng zarur va yagona vositalardan biridir, deya taʼkidlaydi.
Bugun ibtidoiy davr deb baho beriladigan paytlarda ajdodlarimiz bizga qaraganda yuz karra şoirroq bölganlar. Minglab yillar avval ajdodlarimizning tafakkur tarzi “poetik muşohada” tarzida edi: ular hayotlari va tabiatdagi har bir narsani tasavvur qilgan tuşunçalarining ramzi sifatida qabul qilardilar. U paytlar osmon, suv, kökat, quyoş, oy, yoruğlik va zulmatning joni bor deb tuşunilgan; kunduz örnini tun egallarkan, ezgulik va yovuzlik kuraşi ketayapti deb öylaşgan.
Adabiyotda mifologik tasvirga ehtiyoj heç qaysi zamonda pasaymagan. Alişer Navoiy asarlarining asosi mifga qurilgan. Buyuk şoir mifga öz ğoyalarini, inson haqidagi tadqiqot va taʼlimotini singdirdi.
Mif va adabiyot mavzusi yozma ijod paydo bölgandan buyon faylasuflar, olimlar, şoirlarning eng qizğin munozara maydoni bölib kelgan. Mifning adabiyotga taʼsirini aniqlovçi, tahlil qiluvçi turli-tuman oqimlar paydo böldi; bu oqimlarning bir qismi adabiyotni real hayotga, real tasavvurlarga yaqinlaştiriş, undan mifologik tasavvurlarni surib çiqariş tarafdori bölsa, bir qismi adabiyotni mifga yaqinlaştiriş masalasini kötardilar. Insoniyat aqli mifdan, mifologik olamdan, ajdodlarning ilk xayoliy dunyosidan qançalik uzoqlaşib va taraqqiyot zinalaridan kötarilgan sayin bu mavzu yana ham qizğinroq tus oldi. Yuksak texnika taraqqiyoti asri bölgan XX asrda ham fizika va ximiyaning yutuqlariga qaramay mifologiya yana adabiyotning asosiy mavzusiga aylandi. Dunyo adabiyotining durdonalari hisoblangan «Ulis», «Yolğizlikning yuz yili», «Qörğon», «Yusuf va uning birodarlari», «Pedro Paramo», «Ğazab va Şovqin» kabi asarlar buni tasdiqlaydi. XVIII-XIX asrdagi tanqidiy, romantik realizmlarni özlaştirgan, insonni örganişda özigaça bölgan boy tajribadan unumli foydalangan XX asr adabiyoti inson dunyosi va ruhiyatini tahlil qilar ekan, yaʼni u özigaça bölgan adabiyotlardan ham köra inson ruhiyati va qalbiga köproq yaqinlaşar, uni tadqiq etar ekan, ana şu ruhiyat va qalbda ilk insonlar dunyosi kabi mifologik timsollarga duç keldi. Şundagina mifni faqat ifoda usuli, badiiylaştiriş vositasi sifatida emas, balki insonni tahlil va tadqiq qiluvçi poetik til sifatida qabul qiliş boşlandi. Şu sababli bugun mif va adabiyot aloqasi haqida gap ketganda, bu aloqani faqat syujetlaştiriş va tasvir usuli, badiiylik vositasi sifatida emas, inson ruhiyatini aks ettiruvçi poetik til sifatidagi örniga katta ahamiyat beriş kerak. Zero, Tomas Mann, Frans Kafka, Joys kabi adiblar asarlarida biz ilgari könikkan parallel mifik syujetlar emas, balki içki va taşqi olamdagi mifologik jarayon modelining yaratilişiga urğu berilgan.
Umuman, XX asr adabiyoti mifologiyaga yangi munosabatni şakllantirdi. Bu mifologiyani tuşuniş uçun mifologiyani talqin qilişda yangi nazariyani yaratgan psixoanalitiklarning inson va ijod jarayonlari haqidagi qaraşlarining öziyoq mifologiyani adabiyotga, sanʼatga yaqinlaştiradi.
Şu sababli ham bizning asrimizda adabiyotda miflar maʼlum maʼnoda yangilandi va inson ruhiyatiga kirib borilgan, uning ong qatlamlari kaşf etilgan, adabiyot haqiqiy insonşunoslikka aylangan sayin sivilizatsiya yangi bir çöpçak deb qaragan mifga ehtiyoj şunçalik kuçaydi.
 Mif, aytiş mumkinki, badiiy ijodda uslub imkoniyatlarini kengaytirdi, poetik muşohadaga erkinlik berdi, uni falsafiy kölam bilan töldirdi. Maʼlumki, mif olamning yaralişi, xaosning kosmosga aylanişi, tartibsizliklarga tartib berilişi, umuman, dunyo va insonning yaratilişi haqidagi tasavvurlar yiğindisidir. Xöş, bu tasavvurlarning poetik tasavvurga, asar poetikasiga qanday aloqasi bor?! Bu şu bilan ifodalanadiki, asarda ham mifdagi dunyo kabi yozuvçi dunyosi yaraladi; yaʼni keng olam haqida asarda faqat şu yozuvçiga xos maʼlum ğoya singdirilgan va şu ğoya ifoda etilgan dunyo yaraladi. Ana şu kiçik olam yozuvçining katta olam haqidagi mifologik muşohadasining mahsuli ölaroq paydo böladi. Mifni şunçaki qaytariş, bayon qiliş – bu hali ijod emas. Ğarbda ham ilğor adabiyot tuğilişidan ilgari miflarni şunçaki qaytarib yoki ozgina özgartirişlar kiritib, mifologik ruhdagi asarlar eʼlon qilgan yozuvçilar köp bölgan, biroq bu yuksak badiiy adabiyotning ilk bosqiçi edi. Uning yuqori bosqiçi yozuvçi asarida, u yaratgan dunyo modelida aks etadi. Qadimgi odamning dunyoning yaralişi, ilohiyot, atrofni örab turgan kuçlarning taʼsirida tuğilgan tasavvuri bilan yozuvçi yaratgan dunyo tasavvuri örtasidagi mantiqiy boğliqlik mifologiyani poetikaga aylantirişdagi eng muhim jihatdir. Miflar insonning koinotdagi örniga maʼlum maʼnoda javob bergan, javob topgan. Adabiyot esa haligaça bu masalaga tugal oydinlik kiritganiça yöq. Bugungi adabiyot ham insonning örnini va vazifasini(missiyasini) aniqlaşga urinar ekan, tabiiy ravişda miflar bilan uyğunlaşadi va mifologik tafakkur qonuniyatlariga amal qiladi.    
– Har qanday afsona zamiriga (u qaysi millatga tegişli ekanligidan qatʼi nazar) muhim hayotiy mazmun yaşiringan böladi. Şu bois adabiy faoliyati davomida ularga murojaat etgan ijodkor kam bölgani yöq. Çingiz Aytmatov ijodi buning yaqqol isbotidir. Adibning “Asrga tatigulik kun” romanidagi manqurt öğil afsonasi, Raymali oqin va Begimoy haqidagi rivoyat, “Oq kema”qissasidagi Şoxdor ona buğu rivoyati yoki “Sohil böylab çopayotgan olapar” qissasidagi suv parilari, şamollar egasi haqidagi afsonalar öquvçini şu asarlarga maftun qilib qöyadi. Zamonaviy adabiyotimiz namunalari orasida ham şunga öxşaş, folklor va adabiyot özaro sintezlaşgan asarlarni kuzatganmisiz?
– Siz aytayotgandek adabiyotdagi sintezlaşuv jarayoni heç bir davrda töxtagan emas, hali yuqorida taʼkidlaganimdek, u bir davrda çuqur yoki yuzaki, past yoxud baland bölişi mumkin xolos. Bugungi şeʼriyatda ham, nasrda ham biz bu özgarişlarni, ijodiy özlaştirişlarni körib turibmiz. Bu jarayon, albatta, har bir ijodkorda öz imkoniyati, qobiliyatiga yaraşa amalga oşirilmoqda.
Nazarimda har qanday ijodkor, hatto folklor haqida tuşunçaga ega emasman deb öylagan taqdirida ham ongi, şuurida folkloriy anʼanalar yaşaydi. Öz ijodi davomida ayrimlari bilib, ayrimlari bilmay ham şu anʼanalarga suyanadi. Yaʼni badiiy ijod jarayonini biz folklordan ayro holda tasavvur eta olmaymiz.
Şu örinda men bir narsani aytib ötişni istardim. Haqiqatdan ham Çingiz Aytmatovning «Oq kema», «Asrga tatigulik kun» kabi asarlarini hammamiz sevib öqiymiz. Ayniqsa, «Oq kema» eng yuksak maqomdagi badiiy asar bilan bemalol bellaşa oladigan, dunyo adabiyotining eng nodir durdonalaridan biridir. Men har gal bu asarni öqiganimda, yozuvçining mahoratiga tan beraman. Qirğiz xalqi tarixi, tafakkuri, taqdiri bilan boğliq asotirlarga şu darajada çiroyli sayqal berilganki, undagi har bir jumla, har bir timsol sizning ruhiyatingizga taʼsir etmay qolmaydi. Biroq yozuvçi keyingi asarlarida öz xalqining emas, balki boşqa xalqlarning miflariga badiiy sayqal berişga urindi. Ammo keyingi urinişlari (bu albatta mening şaxsiy kuzatişim) oldingiday muvaffaqiyat olib kelmadi. Buning sabablari köp, lekin eng muhimlaridan biri şuki, ijodkor qaysi xalqning vakili bölsa, uning ruhiyatida, şuurida, tafakkurida, boşqaça aytadigan bölsak, ong osti keçinmalarida öşa xalqning urf-odat, anʼana, qadriyatlari, badiiy timsollari tayyor kodlar şaklida turgan böladi. Çunki u öşa muhitda ösgan, tarbiya olgan, şu tilda tili çiqqan, «ğayb olami» bilan ham şu tilda «gaplaşa» oladi. Öz muhitingizdan uzoqlaşsangiz, bilingki, sizni kök bilan körinmas iplar bilan boğlab turuvçi makondan uzoqlaşgan bölasiz. Keyin ming urinmang, siz uni qaytib topmaysiz, boşqa begona muhit esa sizni baribir özidan itarib turaveradi. Ijodkorlik öşa yöqotilgan, boy berilgan, yaşiringan, boşqalar körolmagan kodlarni – milliy timsollarni topiş va bugun uçun hikmatga aylantira olişda körinadi. Ijodkor qanday janrda ijod qilişidan qatʼiy nazar, u qaysi zaminda, qanda maʼnaviy makonda turganini, nimadan ruhiy quvvat olayotganini, tepib turgan yurak qoni qanday ajdodlarga borib tutaşişini unutişga aslo haqqi yöq.
– Inson kelajakka intilib yaşar ekan, hayot intihosi haqidagi öylar uni goh oşkora, köp hollarda esa pinhona muşohadaga undaydi. Şubhasiz, inson uçun intihodan köra ibtido sirliroq. Şuning uçun fan-texnika olamidagi olamşumul kaşfiyotni osongina “hazm qilamiz”-u, afsonaviy Herakl, Yason, Axilles yoki Ali bobo va qirq qaroqçi haqidagi filmlarni hayrat bilan köramiz. Örni kelganda, milliy folklor tarğiboti haqida… Özbek xalq folklorida yunon yoki rim afsonalaridan qolişmaydigan, aksinça, ulardan bir qadar ustun turadigan afsona, rivoyatlar bisyor. Lekin ularni jahonga olib çiqiş u yoqda tursin, öz xalqimizga ham tuzukroq taniştira olmayotgandekmiz…
– Bu örinda men sizning fikrlaringizga qöşila olmayman. Milliy folklor tarğiboti borasida heç ham noliydigan joyimiz yöq, ayniqsa, özbek folklorini dunyoga tanitiş borasida. «Alpomiş» dostonining özi mustaqillikdan keyin rus, ingliz, nemis, turk, uyğur tillariga tarjima qilindi, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Finlandiyada naşr etildi. Anqarada öndan oşiq özbek dostonlari özbek va turk tillarida çop etildi, yana qirqqa yaqin doston naşr jarayonini kutmoqda. U yerda özbek ertak, doston, afsona va rivoyat, qöşiq, maqol-matallari borasidagi hamkorlikdagi izlanişlar davom etmoqda. Bu tadqiqotlar çop etilib, ilm ahlining eʼtirof va havasiga sabab bölayapti. Özbek folklorşunoslari dunyoning köplab mamlakatlarida anjumanlarda iştirok etib, dolzarb mavzularda maʼruzalar öqib kelmoqda. Keçagina biz biror-bir xorijlik olim bilan tanişişni özimizga şaraf deb bilgan bölsak, bugun xorijlik mutaxassislar özbek folklorşunoslarining ilmiy qaraşlariga suyanib tadqiqotlar olib borayapti, ularning fikri bilan hisoblaşişga majbur bölayapti. Folklor asarlari asosida multfilm, kinolar işlanayapti, muntazam telekörsatuvlar taşkil etilgan.
«Özbek folklori yodgorliklari»ning yuz jildligini çop etiş borasidagi işlar allaqaçon boşlab yuborilgan. Bu ulkan merosning yaxlit holda çop etilişi, öylaymanki, respublikamiz maʼnaviy hayotida erişilayotgan eng ulkan yutuqlardan biri böladi. Töğri, hali qilinadigan işlar köp. Biroq bunga asta-sekinlik bilan erişiladi. Har işning öz vaqti-soati bor.
– XXI asr farzandlariga “Alpomiş” yoki “Göröğli”ni öqitiş metodlari haqida nimalar deya olasiz? Kezi kelganda ertak öqimaydigan bolalarda dostonga qanday muhabbat uyğotiş mumkin?
– Javobni savolning keyingi qismidan boşlasak. Mening nazarimda aybni bolalardan emas, kattalarning özlaridan izlaş kerak. Agar kattalarning özi ertaklardan uzoqlaşmagan bölsa, bolalarning kelajagidan xavotirlanişga örin yöq: olmaning tagiga baribir olma tuşadi. Ot aylanib yana qoziğini topadi. Gap faqat öşa qoqilgan qoziqning neçoğlik mustahkamligida.
Kitobning qanday şaklda öqilişi emas, balki uni öqişga, örganişga bölgan ehtiyojning mavjudligi muhim. Bir paytlar hamma narsa oğzaki tarzda bölgan. Yuqorida aytganimday, ertak ham, doston va qöşiqlar ham oğzaki tarzda ijro etilgan. Oğzaki ijod namunalarining naşr etilişi öz vaqtida bu sanʼatni tamoman söndiradi deb qaralgan. Biroq kitob holida çop etiş jarayoni qaysidir darajada xalq ijodining yanada ommalaşişiga, yaşab qolişiga ham xizmat qilmoqda.
Bugungi zamonning şiddati tez, şunga yaraşa talab va imkoniyatlar ham kengaymoqda. Bugun farzandlarimiz öz hayotlarini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qila olmayotgan ekan, ularning talablarini ham inobatga olişimiz zarur böladi. Qani edi yuzlab ertaklarimiz, önlab dostonlarimiz asosida işlangan multfilm, kinolar, kompyuter va uyali telefon öyinlari, elektron dasturlar işlab çiqilsa! Xalq öyinlaridan tortib, epos ijrosigaça barça oğzaki ijro jarayonining audio, video tasvirlarini istagan dökondan xarid qiliş imkoniyati bölsa! Bu bugun ehtimol bir oz xom xayolga öxşab tuyular, biroq albatta, şunga kelamiz. Çunki xalq bölişning, buyuk bölişning, globallaşuvning şafqatsiz talotumida öz ismi va ruhi bilan yaşab qolişning talabi şu. Buning uçun bizga hamişa folklor yordamga keladi, folklor qutqaradi.
«Alpomiş», «Göröğli» kabi xalq dostonlarini öqitiş masalasiga kelsak, bir tomondan erişgan va erişayotgan yutuqlardan faqat quvoniş mumkin, boşqa tomondan olganda biz hali ham dostonlarni çöpçaklar sifatida talqin qilişda, şunday saboq berişda davom etayapmiz. Usulni va uslubni yangilaş kerak, folklordan çöpçak emas, fikr va hikmat izlaş kerak. Çunki u azal va abad haqidagi eng buyuk hikmatdir.
– Köp yillardan beri “folklor” deb atalmiş beğubor, zavqli, sirli olamda umrguzaronlik qilasiz. Suhbat yakunida jurnalxonlarga şu olamda erişganlaringiz haqida gapirib bersangiz.
– Bolaligimda qaçondir kelib folklorçi bölaman, deb orzu qilmaganman. Hayotdagi oddiy tasodif, ustozlarning eʼtibori va mehri tufayli şu tomonga yuz burdim. Biroq endi öylayapmanki, xalq ijodi tomon yuzlaniş tasodifiy bölmagan, bu taqdir bölgan. Otam diniy bilimga ega böliş bilan bir qatorda dömbirani yaxşi çertardi. Momom topişmoq, maqol-matallarni, onam esa xalq qöşiqlarining köpini yoddan bilardi. Men ösgan qişloqda bironta töy-haşam baxşilarning iştirokisiz ötmasdi. Tandirda yopilgan nondan tortib, uydagi har bir jihoz, ularning rangi, bezagi aslida folklor bilan boğliq bölgan. Biz mohiyatini anglamagan bölsak ham folklor içida yaşardik, u bilan nafas olardik, dunyoni uning közi bilan körardik. Biz şunday muhitda ösdik. Deylik, xorijliklar yuzlab kitoblarni titkilab anglaydigan narsalar bizga bolalikdan taniş, tuşunarli, taʼbir joiz bölsa qonimizga singdirilgan edi. Men buni endi-endi anglayapman.
Yutuqlarga erişiş borasiga kelsak, hali qoyil qiladigan, ğururlanadigan biron narsani döndirganimizça yöq, deb öylayman. Bor-yöği, folklor deb atalgan sirli, maftunkor olam sari yuzlanib turibmiz, xolos. Men anglagan narsa şuki, biz oyoq qöyib turgan tuproq zarrasidan tortib, taʼbir joiz bölsa nafas olayotgan havomizgaça, farzandning tuğilişidan to insonlar yoşini yaşab, oşini oşab vafot etgunga qadar bölgan barça jarayonlar, marosimlar, yaşaş tarzimiz, ongimiz, fikrimiz, tilimiz, kuyimizu qöşiğimizgaça barçasi aytilgan-aytilmagan, töqilgan-töqilmagan, yozilgan-yozilmagan folklor. Bizni folklor örab turibdi, zaminimiz ham folklor, osmonimiz ham. Olam va hayotning özi folklor. Faqat uni baxşilar va ijodkorlarga öxşab öqiy olişimiz kerak. Dunyoviy bilimlar, adabiyot, umuman har qanday sanʼat eşigiga yöl mana şu milliy boylikni anglaşdan, özingga, ruhiyatingga singdirişdan boşlanadi. Xalqimizning öziday sodda, öziday donişmand, uluğ va boqiy bu meros özbek degan nomni har yerda va har doim uluğlab turaveradi. Çunki folklor deb atalgan meros xalqning hamişa uyğoq va boqiy tarixidir.

Suhbatdoş: Gulnoz Möminova

Jabbor EŞONQUL – 1966-yilda tavallud topgan. 1991-yil Toşkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari doktori. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining yetakçi ilmiy xodimi.
«Folklor: obraz va talqin», «Epik tafakkur tadriji», «Alpomiş» dostonining izohli luğati», «Özbek folklori bibliografiyasi», «Navröz naşidasi», «Özbek folklorida tuş va uning badiiy talqini», «Navröz qöşiqlari» kabi kitoblar muallifi.

“Yoşlik” jurnali 8-son, 2014-yil

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)