So‘zi shavkatli shoir

0
283
marta ko‘rilgan.

O‘tgan asrning 70-yillari oxiri – 80-yillari boshlarida o‘zbek adabiyotiga toza ruh, jarangdor ovoz, poetik tozargan sof adabiy ob-havo kirib keldi.  Shavkat Rahmon ana shunday toza havo olib kirgan shoirlardan biri edi. U katta odamlarning kichkina, arzimas, yumushlari, xatti-harakatlari haqida emas, aksincha, kichik, sodda odamlarning katta-katta dardlari, po‘rtanavor ruhiy kechinmalari, tashvishlari, ko‘ngil olamining turli tovlanishlari haqida kuyladi. Shoir ijodida olamni poetik idrok etish, ramzlar, majozlar orqali insonning ichki kechinmalarini tabiat manzaralari bilan qorishiq tarzda tasvirlash asosiy o‘rin tutadi. Ijodi shaxsiyatidan, shaxsiyati ijodidan ayri bo‘lmagan Shavkat Rahmon XX asr o‘zbek she’riyatida alohida hodisa sifatida o‘chmas iz qoldirdi.

Shoirning “Rangin lahzalar”, “Yurak qirralari”, “Ochiq kunlar”, “Hulvo”, “Gullayotgan tosh” kabi to‘plamlarini bir marta o‘qigan kitobxon, aniqki, uni qo‘ldan qo‘ymaydi. Sababki, shoir she’rlarida qalb va ruhning tasviri – suvrati bor. Uning har bir she’rida insoniy qalb fojiasi, millatparvarlik iztiroblari, insonni mukammal ko‘rish umidi bo‘rtib turadi. She’rlarida butun borlig‘i bilan Vatan, Hurlik, Millat saodati uchun kurashayotgan Shaxs gavdalanadi.

shavkat_rahmon.jpg

shavkat_rahmon_bir.jpg

shavkat_rahmon_ikki.jpg

 

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.