4 daqiqada öqiladi

318 marta körilgan

«Hayot maşʼalidir haqiqat…»

«Hayot maşʼalidir haqiqat...»

Olam doim harakatda, hayot davom etarkan, borliqqa turliça munosabatlar, olam haqidagi tasavvurlarning bir-biriga öxşaş yoki aksinça, biri ikkinçisini takrorlamaydigan manzaralari, tuşunçalar kaşf etilib borilaveradi. Olam va odam, makon va zamonga nisbatan yozuvçi konsepsiyasi uning şaxsiy tuşunça va idrok etişi natijasida şakllanadi. Dunyoni idrok etiş voqelikka qanday munosabatda bölişi avvalo insonning öz dunyoqaraşidan kelib çiqadi. Isteʼdodli kişilar dunyoqaraşida koinot tasavvuri öziga xos manzaraga ega böladi. Masalan, ijodkor öziga xos tabiat va jamiyat hodisalarini tasvirlar ekan, ularni idrok etadi, badiiy tasvirlaydi va şu orqali baholaydi.

Oybek badiiy tafakkuri xususida söz yuritar ekanmiz, badiiy adabiyotga havas unda bolalikdan uyğongani va umri davomida ezgulik uruğlarini qalbiga soçib kelgan vatandoş hamda jahon adabiyotining buyuk siymolaridan Saʼdiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, A. S. Pushkin, A. N. Tolstoy, Vergiliy, Goratsiylar asarlaridan olgan hayot saboqlari adib dunyoqaraşini östirdi va natijada olamni yangiça poetik idrok etiş orqali bolalikdan şakllanib kelgan dunyoqaraşlari öz mevasini berdi. Oybekning hayot haqidagi konsepsiyasi insonni tabiatning bir bölagi, u Yaratganning betakror, benazir ijod qilgan asari ekanligini talqin etişi öziga xos falsafiy tamoyillardan iborat, yaʼni bu tamoyillar umumiy: tabiat lirikasi bilan içki keçinmaning özaro uyğunlaşuvidan yuzaga kelganki, adibning nasriy ijodidagi badiiy niyatini öz örnida nazmiy ijodidagi badiiy niyatidan farqli tassavur qilib bölmaydi. Zero, Hamid Olimjonning “Oybekning nas-riy asarlarda lirik va aksinça, lirik asarda prozaik bölib qalam tebratadi” degan taʼkidi fikrimizni dalillaydi.

Demak, Oybekning hayotni talqin etişdagi konsepsiyasini anglab, tarjima tilida mujassam etişga qöl uriş uçun tarjimon ham asar muallifi singari badiiy idrok etişga urinib körişi lozimdir. Oybek ijodini hatto unga oziq bergan manbalarni mukammal örganmay turib uning şeʼrlarini tarjima qiliş qiyin. Oybek voqelikni ziyraklik bilan ilğab olib va şu yölda qatʼiy öziga xos qaraşlarni namoyon etar ekan, davrning turli ijtimoiy oqimlariga ixtiyoriy va beixtiyoriy munosabatini bildiruvçi ijodkorlardan farqli ravişda ijtimoiylaşmagan qatʼiyati misralardan ayon böladi. Lirik qahramonning ruhiy holatida ham oşkor, ham yaşirin teran va sirli istaklar inson haqidagi özining röy-rost fikrlari lirik dramatizm bilan tasvirlanadi:

 

Qamrovçi tölqin bor, qamrovçi girdob…

Azamat toğlar ham, kuylagan barg ham –

Uning dami sari aylaydi şitob,

Har nimada mavj bor – mavj tinmas bir dam…

Yu. Neyman şeʼrni rus tiliga ögirganda Oybekning olam va inson haqidagi öylarini tasvirlabgina qolmay, tafakkuridagi yaşirin öylarini gözal misralarda oşkor etadi, şu bilan birga şeʼr satrlarining badiiy kuçi va gözalligini saqlab, maşhur va maʼlum bölgan hayot haqiqatining yangiça muşohadasini kaşf etadi, öquvçi şuurini hayajonga soldirib, tafakkurini yangiça tassavurlar bilan boyitişga erişadi:

 

Unosit vse, kruja, vodovorot,

И горы, и поля – всегда в круженье.

Все движется – земля и небосвод,

Вовек не прекращается движенье.

Oybek inson tafakkuri oldida tabiat sirligiça qolişi haqidagi muşohadasini aks ettiruvçi şeʼrlar rus tiliga Yu. Neyman va A. Glezer tomonidan ögirilgan. Oybek dunyo yaralişidagi haqiqat inson uçun jumboq ekanligining özi bir qonuniyatdir deb biladi:

 

Haqiqat soqovdir, zaifdir inson,

Toşlar ham yiğlaydi – sir töla osmon.

Haqiqiy olam ne? Javob yöq, hayhot!

Faylasuf töqiydi hisobsiz yolğon.

Бездонный мир, душа без края.

Vselennaya – tayn kladovaya.

Как много в небе колдовства!

Смогу ль понять его – не знаю.

Tarjima matnlarida körinadiki, şeʼrning ğoyaviy yönalişini oçib beruvçi “Haqiqiy olam ne?” ritorik murojaatiga “Faylasuf töqiydi hisobsiz yolğon” misrasi inson tafakkuri va jismoniy qobiliyati olam tilsimotini anglay olişida taffakur intihosiz deb tuşunadi va bu poetik idrokni A.Glezer ilğab olganligining guvohi bölamiz.

Tarix va falsafa çuqur, murakkab,

Hayot maşʼalidur haqiqat, çin gap.

Ijodning buloği tinimsiz oqsin:

Ming sir bor tuproqda olsangiz bir kaft.

 

Не говори, что думать – недосуг.

Прилежно в мысли погружайся, друг!

Neutomimo razgrebay kamenya, –

Pod nimi jemçug obnarujiş vdrug!

 

Oybek şunçaki fikr yuritmaydi. Tabiatning qonun-qoidalarini badiiy talqin mohiyatidan kelib çiqib töğri xulosa yasaydi.

Yuqorida tilga olingan uçala şeʼrning markaziy ğoyasini koinot, insoniyat, harakat uçligi ramziy maʼnoda “Osmon”, “Yer”, “Mavj” natizmlari bilan ifodalanib, öz örnida yana uç böğin – tabiat, jamiyat va tafakkur birligini uşlab turuvçi tizim olam qonuniyati ekanligini kitobxon ongida gavdalantiradi.

Xullas, XX asr boşlarida röy bergan ulkan tarixiy voqealar oğuşida hayot keçirgan va ijod qilgan Oybekning öz ijodiy yölida inson qalbi va taqdiri muammolari çuqur falsafiy fikrlarga boyligi bilan öz ahamiyatiga egadir.

 Dilnavoz SALIMOVA.

Jizzax Davlat Pedagogika instituti.

“Yoşlik”/2010/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)