Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayev zamonamizning zabardast adiblaridan biri edi. Umr vafo qilganida uluğ yozuvçimiz şu kunlarda muborak 70 yoşga tölar edi. Afsus…
Ammo taskin va yupanç borki, Şukur akadan boy ijodiy meros qoldi. Özi ham iqror bölganidek hikoyaçilik janrini yangi bosqiçga kötara oldi. “Şarq” naşriyoti 2003-yildan buyon adibning 4 tom saylanma asarlarini çop etdi, hali qança qissa, roman, esse, yana qança hikoyalari bor. Barçasini jamlasa ehtimol 10 jilddan oşsa kerak. 3-jildda “Ena qizim Sayyorajon!” deb nomlangan ikki betdan iborat söngsöz (balki vasiyat)ida yozuvçi jahonning R.Tagor, E.Xeminguey, J.London, O.Genriday dovruqli adiblaridan ham köra köp va xöp yozganini iftixor bilan taʼkidlaydi. Ana şu 3-kitob qölyozmasini öqib çiqib “axir bular – duru gavhar, şedevrlar-ku!” deydi hayratlanib. Ön sakkiz yil badalida biror martayam kitob çiqarişga qiziqmay, faqat yoziş zavqi bilan yaşagan ustoz adib mana şunday, öz ijodiy mahsulotlarining haybati va sifatidan tuyqus hayratini yaşirmaydi.
Rostdan ham Şukur aka adabiyot, xususan, nasr uçun hayotning boşqa neʼmatlaridan, hamma narsadan voz keçib, ijodni eʼtiqod bilib yaşadi. Adabiyotda mana şunday fidoiylik bilangina örin qoldiriş mumkinkinligini isbotladi.
Albatta, odamga Xudoyim bergan isteʼdod, mahorat bölmasa bu “köp” asarlar quruq tarozibosar makulatura bölib qolar edi. Ş.Xolmirzayev asarlari minbaad undoq emas. Kerak bölsa deyarli hammasi öqiladi.
Ş.Xolmirzayev mustaqillik yillarida juda barakali ijod qildi. Zamonaviy mavzuda bir-biridan gözal asarlar bitdi. Roman, qissa, hikoya, esselar… Darvoqe, taʼkidlaş joizki, xuddi hikoyaçilikdagi kabi muhtaram ustozimiz esse janrining ham juda katta imkoniyatlarini körsatib bera oldi. Ularda önlab maşhur zamondoşlarimizning jonli maʼnaviy qiyofalarini mahorat bilan çizdi.
Adibning ölmas ruhi oldida boş egib duo qilarkanmiz, asarlari hali dunyoning köplab mamlakatlarida ham qadr topib, sevib öqilişiga astoydil işongimiz keladi.
Biz quyida adabiyotşunos, professor Qozoqboy Yöldoşevning Ş.Xolmirzayev xususidagi badiasini havola etayotirmiz. Öylaymizki, bunda Şukur akaning yozuvçi sifatidagi baʼzi qirralari, favqulodda qudrati namoyon bölgan…
Tahririyat
Badiiy kitobga qiziqib, mualliflarni bir-biridan farqlay boşlaganimdan buyon Şukur Xolmirzayev nomini eşitib, uning asarlarini öqib kelayotgan bölsam ham, özini ilk bor ötgan asrning 80-yillari oxirroğida Yozuvçilar uyuşmasidagi bir yiğinda kördim.
Boşida qaçon olingani nomaʼlum öşa maşhur poxol şlyapa, asli xayolçan qiyofasidagi parişonxotirlikni yanada kuçaytirgan Şukur aka yiğinning oxirroğida rayosatga qarata: «Men… Men ham bir oğiz söz aytsam bölama?» – dedi-da, söz berilişiga işongan holda javobni ham kutib ötirmay, orqarokdagi joyidan yurib kelaverdi. Öşa kuni nima degani hozir töla esimda bölmasa-da, uning bilimdonligi, fikrlarining kutilmagan va öziga xosligi meni qoyil qoldirgan edi. Yodimda: u yoş yozuvçilardan biri, menimça, Şoyim Bötayevga qarata: «Har bir odamning oti uning qaysi millatga mansubligini ham bildirib turadi. Masalan: «Xolmirza» bölsa, özbek; «Xolmirzo» bölsa, tojik, «Xalmurza» bölsa, öris, «Qolmirza» bölsa, qirğiz yo qozoq ekani bilinadi. Sizning qahramonlaringizning otlaridan kimligini bilib bölmaydi. Bunga eʼtibor qiliş kerak», – degandi. U vaqtlarda men bu xil yiğilişlarga atay Gulistondan kelardim, hali ijodkorlarning birontasi bilan ham şaxsan taniş emasdim. Bu gap Şoyimga aytilgan bölsa kerak deb çamalayotganimning sababi uning asarlaridagi qahramonlarning oti mening özimda ham şunga öxşaş fikr uyğotardi.
Şukur aka bulbuligöyo notiqlardan emasdi. Ammo u köp narsa bilardi va aytiş kerak deb hisoblagan gapini öziga yoqadigan yösinda unçalik qisinmay ayta oladigan erkin odam edi. Hali gapirmay turib, falonçi nima derkin deb xavotirlanib, qölidan kelgunça özini yaşirib yaşaşga intiladigan odamlardan iborat muhitda bu sifat juda kamyob edi.
Xullas, Şukur aka gapini aytib böldi-da, sahnadayoq çöntagidan arzon sigaretasini çiqarib, raislik qilayotgan kişiga: «Bitta çekib kelsam maylima?» – deya taşqariga yönaldi. Şu vaqtgaça u kişining gaplaridagi mantiq meni rom qilgan bölsa, endi uning tutumlaridagi erkinlik (balki, öziga yaraşib turgan erkalikdir bu) lol qoldirdi! Bildimki, u örnatilgan tartiblarga tuşadigan qolipdagi odam emas. Buni öziyam bilar va örni kelib qolganda, atay namoyiş etardi. Uning bu royişi feʼlidagi öziga xoslikdan taşqari, qolipga siğmaydigan odamning quyuşqonni istovçilarga öziga xos isyoni ham edi!
Elaro maşhur, özining boşqalardan boşqaçaroq ekanini bilgan har qanday odamning feʼli-xöyida bir qadar artistlik böladi. Çunki taniqlilik har qanday kişidan, hozirgi til bilan aytganda, «imij»ni taqozo etadi. Şukur Xolmirzayevda-ku artistlik jihati inçunun edi. Sababi u kişining tabiatida azaldan özgaga köça biliş, birovning holatini uning özidan-da teranroq tuyiş qobiliyati bor edi. Undagi ayni şu jihatni buyuk otdoşi Şukur Burhon öz vaqtida payqab, unga Hamlet rolini bergandi.
Har qanday öquvçi sifatida men ham Şukur akaning şaxsiga qiziqib qoldim. Lekin u kişiga yaqinlaşiş, tanişiş haqida öylaşga ham botinolmasdim. Ammo taqdir mehribonroq çikdi: vaqti kelib men bir muddat Şukur akaning Dörmondagi xonasiga deyarli qöşni bölib qoldim va bir qadar yaqinlaşib ketdim.
1991-yilning erta kuzagi edi. Köpçilik mustaqillik epkinlaridan mast bölib, söz hurligidan miriqib-miriqib foydalanib yurgan damlar… U vaqtlar Dörmonda xususiy çorboğlar qurilmagan, Şukur Xolmirzayev Yozuvçilar dam oliş uyining uçinçi qavatida pillapoyaning töğrisidagi öşa maşhur xonasida yaşardi. Hukumatning topşiriği bilan bir guruh olimlar adabiyot böyiça tuzilgan dasturni takomillaştiriş va şu dastur böyiça adabiyot darsliklarini yoziş uçun Dörmonga taklif etilgandi. Mualliflarning köpçiligi Toşkentdan bölib, ular orasida marhum prof. Akram Kattabekov domla bilan men gulistonlik edik.
Ijodiy guruh aʼzolarining köpçiligi Dörmondagi vaziyatni yaxşi biladigan kişilar bölganidan har kim öziga maʼqul joyni tanlab oldi. Aytiş kerakki, olimlarga juda yaxşi şaroit yaratib berilgandi. Hamma birinçi yoki ikkinçi qavatdan joy olişga oşiqardi. Dörmonni birinçi bor körib turgan, bu yerning pastu balandini bilmaydigan odam sifatida xonalar taqsimotining oxirigaça kutib turdim. Va… guruhdagilardan yolğiz menga uçinçi qavatdan joy tegdi.
Muhimi, men özim bilmagan holda Şukur Xolmirzayev bilan deyarli qöşni bölib qoldim. Har kuni ertalik, tuşlik, keçlik mahali davrada Şukur aka keçirmiş voqealar haqida gap bölardi-yu, negadir, özi körinmasdi. Bunga sari mening qiziqişim ortardi. Nihoyat, oradan biror haftadan mölroq vaqt ötib, yozuvçiga yölikdim. Negadir doim keçlikdan söng gurunglaşib ötiradigan, köpinça jamoa bölib Dörmon boğlarini birgalikda aylanadigan olimlar öşa kuni qandaydir xavfni sezgan polaponlarday joylariga tezgina tarqalişdi. Yolğiz özim keçki salqinda birpas boğ aylandim-da, xonamga kirib işlamoqçi böldim. Pillapoyalardan uçinçi qavatga çiqib, Şukur akaning xonasi yonidan endigina ötib ketayotgandim, yarim oçiq eşikdan soçlari tözğigan yozuvçi boşini çiqarib, yuzimga qaradi-da: «Salom! Qani bu yoqqa kiring», – dedi. Bu taklifdan köra, amrga yovuqroq eşitildi.
Bunday bölişini kutmaganim uçun şoşib qoldim. Qaytadan salom berib, söraşdim. Özimni taniştirdim. «Voy, aynonayin! Qozoqboy deganlari sizmisiz, Sizni bilaman», – dedi Şukur aka. Quvonib ketdim. Çakana gapmi, şunday odam meni bilsa?! Öşa kungi kutilmagan tongotar suhbatimizdan menga maʼlum böldiki, köpçilik ijodkorlardan farq qilaroq, Şukur aka özbek adabiyotini ham, adabiyotşunosligini ham muntazam öqib borar ekan. Şu kuni yozuvçi möljaldagi işini bitirib, dam olişga tuşgan ekan.
Toniğ böldimki, Şukur aka qattiq işlardi. Yozayotgan paytida töliğiça asariga köçib ötar, qahramonlarining xayoli bilan yaşar, ularning orasidan çiqib ketmaslik uçun heç kim bilan gaplaşmas, mabodo yuzma-yuz kelib qolganda ham oldidagi odamni tanimas yoki özini tanimaganga solib qöya qolardi. Çamasi, adib ham vaqtini qizğanardi, ham holatdan çiqib ketişdan qörqardi.
Işlaşiga yaraşa u kişining dam olişi ham qattiq bölardi. Öylaymanki, u kişining dam olişi işidan-da oğir keçardi. Çamasi, yozuvçi asarlarida tasvirlangan şaroitga şunçalik köçib ötardiki, asar bitgandan söng ham u yerdan osonlik bilan çiqib ketolmasdi. Şu bois xotirasi va ruhiyatidagi eski «yozuvlar»ni öçirişi kerak bölardi.
Salkam uç oy mobaynida men önlarça marta öşanday suhbatdoş böldim. Va bizning öziga xos gurunglarimiz to adib umrining oxiriga qadar turli darajadagi muntazamlik bilan davom etdi. 1991-yil noyabrining oxirlarida ana şu gurunglarimiz natijasi ölaroq bir narsa yozib, yozuvçi va olim Xurşid Döstmuhammadga körsatgandim. Bu bitikdan Şukur aka ham bexabar ketdi.
Öşandagi suhbatlardan birida, nima böldi-yu, men 7-sinf dasturida M. Şayxzodaning «Toşkentnoma»sidan parça berilgani, asar bu yoşdagi bolalarga unçalik mos emasligi töğrisida gapirib qoldim. Şukur aka Şayxzodaning «Yillarning salomin yillarga eltib…» şeʼrini töla yoddan öqidi va ön tört yaşar ösmirlarga ana şunga öxşaş şeʼrlarni örgatiş foydaliroq bölişini aytdi. Men adibning xotirasi va bilimdonligiga qoyil qoldim. Şukur akaning taklifini guruhdagilarga amallab ötkazdim. Öşa asar kiritildi. Uzoq yillar mobaynida örta maktabning 7-sinfi öquvçilari bu gözal falsafiy şeʼrdan bahramand bölişdi.
Şukur akaning tabiatida mening eʼtiborimni tortgan eng birlamçi sifat uning haddan taşqari tabiiyligidir. Hatto, uning sunʼiyliklari ham tabiiy bölardi. Şu bois unga bir marta aldanganlar ham yana qayta yozuvçining «tuzoği»ga ilinaverişardi.
Unçalik hozirjavob bölmagan, hatto, eşitgan gapinida, birdaniga anglayolmayotganday elovsirab turadigan Şukur aka, örni kelganda, turli şumliklar qilişni ham joyiga qöyardi. Çunonçi, kimnidir «tuşiriş» kerak bölganda, adib öz qurboni bölmiş obyektni şu qadar bexato topar va unga şunçalar puxta işlov berar ediki, «obyekt» Şukur akaning yoniga kirib, uning yöliga yurayotganini bilmay ham qolardi. Men buni Şukrullo, Isoq Öktam, Turğunboy Ğoyib va turli viloyatlardan kelib turadigan boşqa bir qator katta-kiçik ijodkorlar misolida öz közim bilan körganman. Özim qatorilarni aytib ham ötirmayman. Bizlar uçun Şukur akaga «yem» böliş juda yoqimli tuyulardi. Va bu hakda maqtanibroq gapirib yurardik.
Şukur akaning feʼlida, adabiyotimizning namoyandalariga munosabatda ham öşa tabiiylik ustuvor bölardi. U yozganlarini tuşunolmayotgan yoki qabul qilişga qiynalayotgan ijodkorlar haqida oçiqçasiga gapirardi. Deylik, u ança vaqt talantli şoir Faxriyorning şeʼriyatini qabul qilolmay yurdi. «Bu bola nima demoqçi özi, u nega munça tilini burab sözlaydi?» – deb qolardi baʼzan. Men har safar Faxriyor şeʼriyatidagi diqqatga loyiq biror jihatni körsatişga intilardim. Dalillarim u kişini qoniqtirsa, iVö, ukkağar-ye, juda aqlli-ku buningiz», – deb qöyardi. Nazar Eşonqulning yozganlariga könikişi ham oğir keçgandi. Yoş yozuvçilarda til qaşşoqligi, ularning bitganlarida özbek tilining tarovati, imkoniyati bor böyiça körinmayotganidan norozi bölardi.
Şukur akaning adabiyotdan ortiq narsasi yöq edi. U kişi adabiyot uçun va faqat adabiyotda mavjud edi. Lekin u adabiyotdan manfaat qidirmas, uni öziga xizmat qildiriş mumkinligini xayoliga ham keltirmasdi. Uning uçun adabiyot yaşaşning şakli edi. Holbuki, adabiyotni tirikçilikka vosita qiladigan kişilar qança… Şoira va jurnalist Nilufar Safo bilan bölgan bir suhbatda jurnalistning: «Har bir inson öz işiga, öz sohasiga fidoyi bölişi kerak. Siz adabiyotşunoslar orasida bu xislatni köproq kimlarda körasiz?» – degan savoliga şunday javob bergan ekanman: «…Söz odamlari orasida men faqat Şukur Xolmirzayevnigina adabiyot fidoyisi deb ayta olaman. Şukur aka özidan köra adabiyotni köproq sevmoqning uddasidan çiqdi. U qulayliklardan voz keçib, adabiyotga xizmat qilişga özida kuç topa oldi. Yozuvçi adabiyotni öziga xizmat qildirmadi, aksinça, bir umr unga xizmat qildi. Şu bois adabiyot ham Şukur Xolmirzayevni astoydil yorlaqadi. Aslida ham adabiyot ijodkorga heç narsa bermay turib, undan kurbonlik söraydigan hodisadir.
Adabiyotni öziga xizmat qildirgan yozuvçilar esa juda köp, lekin badiiy söz, vaqti kelib, ulardan öç oladi. Tanqidçilar orasida afsuski, bunday şaxsni körsata olmayman. Çunki tanqidçilar – el qatori, risoladagi odamlar. Risoladagi odamlarning esa fidoyilikdan taşqari ham bir dunyo majburiyatlari böladiki, ular odamga özini fido qiliş imkonini ham bermaydi. Lekin adabiyotga kölidan kelgança halol xizmat qilgan adabiyottanuvçilar hamişa bölgan va bor». Haliyam şu fikrdaman.
1999-yilning oxirlari edi, şekilli, xalq oğzaki ijodini yaxşi bilgani, bilganidan ham köra, folklor asarlari va ularning qahramonlari ruhini tuygani bois Şukur akaning fikrini oliş uçun endigina tugallagan «Alpomiş» talqinlari» kitobim qölyozmasini yozuvçiga berdim. Bir oylarga qolmay öqib çiqdi, qölyozmaning har varağiga fikrlarini yozib qöyibdi. Muhimi, kitob u kişiga maʼqul kelibdi. Şundan söng kitobni olimlarga körsatganman va «Maʼnaviyat» naşriyotiga olib borganman.
Köpçilik ijodkorlar singari Şukur aka ham kayfiyat odami edi. Köpçilikdan farqli ravişda u öz kayfiyatini pardalaşga urinib ötirmasdi. 2000-yilning köklamida adibning Dörmondagi kulbasiga borib qoldim. Vaqt tuşga yaqin edi, şekilli. Şukur aka juda tajang, öziça kimnidir böralab sökayotibdi. Suriştirsam, sökişlar Azim Suyunga qaratilgan ekan. Azim aka qadrdon jöram bölgani uçun sababini bilgim keldi.
– E, bu noinsof nodonni qarang! Anov kuni menga bir yangi qozon bergan edi. Bugun işlatay deb olsam, ablah, qopqoğini bermagan ekan! Endi nima qilaman buni!
– Ha, çindan ham noinsoflik qilgan ekan şoir. Keling, manavi fanerni qopqoq örnida işlatamiz, – dedim men özimça qoçiriq qilib.
– Darvoqe, şunday qilsa bölarkan, esga kelmaganini qarang! – dedi Şukur aka samimiy jilmayib.
Şu kuni ikkimiz ham çap tomonimiz bilan turgan ekanmiz, şekilli. Uzoq ötirdik, miriqib suhbatlaşdik. Anovi sabil ham keragidan mölroq böldi. Şukur aka gurungning adoğida şaʼnga tegadiganroq gap qildi. Men ham indamay qöya qolmadim. Xullas, ikkalamiz arazlaşib ajraşdik. Ança vaqt u kişini körişga bormay yurdim. Qiş kunlarining birida şoir Tursun Ali qönğiroq qilib Şukur akaning Yunusoboddagi uyiga bormoqçiligini, agar xohlasam, meni ham olib ötişi mumkinligini aytib qoldi. Bu şunçaki tasodifmidi yoki tabiatan odamlarni bir-biriga yaqinlaştirib yuradigan Tursun Alining bilib qilgan işimidi, haligaça tuşunolmayman. Özimizga xos tayyorgarlik bilan ustozning bir xonali uyiga bordik. Ançadan beri körişmaganimiz uçun juda uzoq suhbatlaşdik. Bugungi adabiyotning bu yoğidan kirib, u yoğidan çikdik. Şeʼrlar ham öqildi.
Ketayotganimizda, adib meni töxtatdi. Xonasiga qaytib, nimanidir ança qidirdi. Nihoyat, qidirganini topib çiqdi. Qölida jigar rangli qoraköl teri bor edi. Miyamdan: «Tiktirib beriş kerak, şekilli», – degan öy keçdi.
– Bu sizga mendan esdalik bölsin. Yodgorlik desa ham bölaveradi, – dedi Şukur aka.
Men buni kutmagandim. Şoşa-pişa adibning qölini qaytarişga urinib, qoraköl terini boşqa narsalarga işlatiş maʼqulligini uqtirmoqçi böldim. Şukur aka fikrida qatʼiy edi. Tursun Ali ham:
– Şukur akaning qölini qaytarmang. U kişi hammaga ham sovğa beravermaydilar, – dedi.
Öşa qoraköl teri aziz bir esdalik sifatida haliyam turibdi.
Şukur akada mayda manfaatlar, özini aslidagidan balandroq körsatişga çiraniş bölmagani uçun u kişini yomon körib bölmasdi. U bilan kelişmaslik, fikriga qöşilmaslik mumkin edi. Lekin, öylaymanki, yomon körib bölmasdi.
«ÖzAS»ning 2008-yil 28 noyabrida Nizom Komilovning «Sen hayotni sevarding» maqolasini öqib qoldim. Unda Şukur Xolmirzayev haqida «Sen har qadamda özingning «Yolğiz» kuyingni xirgoyi qilarding. Biz senga jör bölardik. Ammo öxşatolmasdik… keyin ham öxşatolmadik», – deb yozadi. Esimga lop etib, 1991-yilning kuzida yozib qöyib, X. Döstmuhammaddan boşqa heç kimga körsatmagan va oğamizning holatidan kelib çiqib, «Yolğizlik» deb nomlagan qaydlarim tuşdi. Ehtimol, Nizom akaning maqolasida Şukur aka «tobiga kelgan»da töxtovsiz aytadigan öşa sözi ham, sönggi ham yöq dahşatli kuy közda tutilgandir. Menimça, öşa kuy közda tutilgan. Şukur akaning kuyini Siz ham bir tinglab köring:
YOLĞIZLIK
Alohida talant egalari alohida ruhiyat va alohida taqdir egalari hamdir. Ularning boşqa alohidaliklari tabiatlaridagi alohidalikdan kelib çiqadi. Aksariyat katta isteʼdod egalari tabiatan yolğiz, atrofidagi eng yaqin kişilarga ham begona bölişadi. Ularni yuzlab odamlar örab turişi, tinimsiz olqişlaşi, qarsaklar çalişi, qoyil qolganliklarini bildirişi mumkin, lekin bu narsalarning birortasi ham talant egasini yolğizlikdan qutqara olmaydi. Çunki ular hamma qatori odamlar emas! Hamma qatori öylay olmaydi. Hamma qatori bölmaydi uning tuyğulari ham. Dunyoni boşqaça köradigan, atrofni odamlardan boşqaçaroq sezadigan qilib yaratgan uni qodir Egam.
Köproq bila boşlaganim sari menga Şukur aka butunlay yolğiz odam bölib tuyulaverdi. Bunday qaraganda, uning ötboşisi butun, şogirdlari köp. Qöli oçiqligi, içişni qotirgani, suhbati yoqimli bölgani uçun ulfatlardan ham Xudo qismagan. Lekin u, baribir, yolğiz. Dahşatlisi şundaki, bu yolğizlikdan odamlar orasiga kirib qutulib bölmaydi. El qatori odamga odamlarning orasi kifoya qiladi. Talantli odam odamlar orasiga emas, odamning içiga kirmoqçi böladi. Köpçilik odamning içi esa böm-böş! Har holda mehr yöq! Şu bois baʼzan Şukur akani örab turgan odamlar uning yolğizligini toqat qilib bölmaydigan jismoniy oğriq darajasiga çiqarib yuborişadi. Va bu oğriqni bosiş uçun unga bang kerak böladi…
Aslida u kişi tabiatan yolğizlikni sevadigan, şunga intiladigan, odamlardan köra öt-ölanu parranda-darrandalar bilan tuzukroq tillaşa oladigan odam. Çunki odamdan boşqa narsalarda ğirromlik yöq. Şukur aka uzoq vaqt yolğiz işlaydi. Işlayotganda töy-tomoşa, maişat, uçraşuv u yoqda tursin, odam bilan körişmasam deydi. Körişmaydi ham. Mabodo, körişib qolganda ham tanimaydi yoki özini tanimaganga oladi. Çunki şu paytda u özi yaratgan olamda, özi yaratib tasvirlayotgan odamlar davrasida böladi. Adibning xayoloti yaratgan olam tökis, undagi odamlar pokiza. Çinniday nafis, gulday nozik bu olamni yer bandasining bir oğiz nojoiz gapi çilparçin qilişi mumkin. Evohki, Alloh yaratgan bandalar adib yaratgan bandalarga qaraganda ne qadar ğarib, ne qadar mayda! Şukur akaning qahramonlari qançalar yuksak öylaydilar, mardona söylaydilar, ulkan işlar qiladilar! Şunday olamu odamni atrofidagi mayda kimsalarga qarab yaratib böladimi?
Yolğiz özi uzoq vaqt mobaynida möljaldagi biror işni bitirgaç, Şukur aka dam oladi. U odamlar orasiga kirmoqçi, ular qatori bölmoqçi bölardi. Odamlar orasiga kirib, odamlar qatori bölib dam oliş yozuvçiga ham, unga röpara kelganlarga ham qimmatga tuşadi. U bir neça kun mobaynida ulfatçilikka tutinadi. Uyqu, ovqat ham sabil qoladi… Öşandan keyin u «odamlar qatori» böla boşlaydi: töxtovsiz sökinadi, hammaga dağal va keskin baho bera boşlaydi. Kişining könglini oğritgisi keladi. Şu tariqa xayolotning beğubor osmonidan reallikning çirk bosgan zaminiga tuşa boşlaydi va unga öziça «moslaşadi».
Şukur aka bunday vaqtda yonida hamişa kimdir bölişini istaydi. Deyarli hamişa yonida birov böladi. Va açinarlisi şundaki, adib baribir yolğizligiça qolaveradi. Çunki yer yuzidagi barça sarxuşlar singari u ham kim bilandir dardlaşmoqçi böladi-yu, lekin uning dardini tuşunişmaydi. Çunki u qalbining qat-qatida qatlanib, yetmiş ikki tomirida gupirib yotgan dardlarini aytib berolmaydi. Uning dardlari birovga aytib böladigan anov-manov dardlar emas! Buning ustiga u öz dardini aytib örganmagan. Ifodalaş boşqa masala! Xayolidagi odamlar bilan dardlaşaverib yerdagi odamlar bilan gaplaşişni-da unutayozgan adibni boşqa paytda tuşunmagan odamlar bu gal ham tuşunişmaydi, albatta. Yozuvçi şundoq ham jön odamlardan uzoqni köradi, uning xayoli şu holda ham yuksaklarga parvoz qila oladi.
Möljallangan iş bitgan, yaʼni xayolot olami tugagan. Bu olam özining butun nafosatiyu gözalligi, nozikligiyu musiqasi bilan çil-çil singan, vayron etilgan. Şu bois holat oğir keçadi juda. Rostlik-ku hamişa ham oğir.
Şukur aka dardlaşmoqçi böladi. Kim bilan bölsa-da, gaplaşiş, yuragidagi tuyğular bilan örtoqlaşiş yengib bölmas istakka aylanadi. Qaynab yotgan tuyğularni karaxt til ifodalay olarmidi-yu, tinimsiz sökişlaru adoqsiz çekişlar tufayli kallasi ğovlagan «suhbatdoş» tuşunarmidi?! Suhbatdoş yerda yurgan hamma qatori xaşaki bir odam. Yozuvçiga boşqaça odam kerak. Gapirmasa-yu, tuşunaversa. Qarabgina qöyiş kifoya bölsa! Bunday odam yöq! Şundan bölsa kerak, maʼlum bosqiçga yetgaç, Şukur aka sökinişga tuşadi. Keyin töxtovsiz gapiraveradi. Közlar ğazabli çaqçayadi, qoşlar miltikdan nişonga olayotganiday çimiriladi, hatto qöli bilan kimlarnidir «otadi» ham. Gapining köp qismi toğ, miltiq, ov haqida, özining zör ovçiligi xususida böladi. Lekin zör yozuvçi ekani bilan maqtanmaydi. Maʼlum maromga yetgaç, quloqlargaça tözğib yotgan uzun siyrak soçlari ustiga poxol şlyapasini bostirib olib aşulasini boşlaydi.
Şukur akaning aşulasi! U haqda gapiriş befoyda. Faqat tinglagan tuşunadi. Yöq! Tinglagan ham tuşunmaydi. Çunki tuşunadigan narsaning özi yöq. Qandaydir tuyğu, ezgin, ammo bepoyon va mardonavor ruhgina bor. Uni his etiş mumkin, xolos!
Uning bir boşlangandan keyin sira tugamaydigan qöşiğida bir neçtagina söz böladi, xolos. Undagi asosiy unsur tomoqdan xirqirab çiqadigan, şirali, dardli un. Şukur aka kuylay boşlaydi: «Ne eeyy, ne eeyyy, ne eeyyyy». Zarur ohang tezgina topila qolmaydi. Har qanday ovoz ham ijroçining tuyğularini ifodalay olmaydi şekilli, Şukur aka tinimsiz takrorlayveradi. Zöriqqanidan yuzlari böğriqib ketadi, qöllar ğalati tarzda oldinga çözilib, qandaydir muloyim-keskin harakatlar qila boşlaydi, közlar ğalati yumiladi. Töxtovsiz tutatilayotgan sigaretdan xona tutunga, atrofdagi barça narsa kulu qoldiqlarga tölib ketadi. Xonadagi hamma narsa ayqaş-uyqaş, ovqat va sigaret qoldiqlari, yuvilmagan idişlar, qaymoq boğlagan sovuq çoy. Hamma joyda şişa: yotgan, singan, tik turgan, töla, böş. Stol usti töla qoğoz, qoğoz, qoğoz.
Şukur aka hamon kuylaydi. Nihoyat, zarur ohang topiladi! Şunda uning uyqusizlikdan qizargan közlari bir zum jonlanib, yuzlari yorişib ketadi. Zöriqib, oğzining bir çeti bilan salgina jilmayganday böladi. Beçora suhbatdoşiga xursand bölib qarab qöyadi. Söng birdan: «Eh, baribir, heç narsani tuşunmaysan. Çunki savodsizsan», – deya iddao qiladi-da, kuylaşda davom etaveradi. Öz ovoziga mahliyo bölayotgani şundoqqina sezilib turadi. Sel bölib kuylaydi. Sel bölib tinglaydi. Kuylab tinglaydi, tinglab kuylaydi. Şu holatga kelganda qöşiqqa bir-ikkita söz ham kirib kela boşlaydi: «Kelibb holimni körgineeyyy», «Keliiibb ahvolimmni körgiineeyyyy»…
Uning qöşiği Surxon baxşilarining ataylab böğizdan ohang berişiga öxşamaydi. Şukur akaning qöşiği ohanglari baxşilar tovuşidan ham qadimiyroq va salobatliroqday tuyuladi. Uning xirgoyisi köz öngimda, heç qaçon körmaganim Oltoy toğlarini, Subyer kengliklarini, poyonsiz Daşti Qipçoqni gavdalantiradi. Yaxşi körib qolaman qöşiqçini. Mehr bilan yuziga qarayman. Közlar yumuq, yoqavayron, soçlar parişon, yuziga kullar surkalgan, oyoq beöxşov çaliştirilgan, özi bu dunyoni unutgan. Göyo u bu dunyoda ming yillar oldin ham yaşagan. Abut-turk bölib! Oltoydan Hindikuşgaça bölgan bepoyon hududda yovlarga dahşat solib javlon urgan, sara farzandlar östirgan, qudratli xalqni bunyod etgan. Qutluğ umrini şonu şavkatla yaşab ötgaç, ming yillardan söng dunyoga qayta kelgan. Keyingi kelişida yurtni xarob, odamlarni paçaq va mayda körib ötmişini, avvalgi umrida qilgan işlarini eslamoqçi-yu, xotira pand berayotir. Şundan u ozurdajon.
Uning köşiği uluğ yoşli buyuk möysafidning silqib oqayotgan qudratli armonlari! Bugungi kun omonat, yasama. Haqiqiy hayot boşqaça! Haqiqiy odamlar – boşqalar! Lekin qani ular? Qayerdaligini bilardi, lekin ming yillab yaşaş osonmi, qarilikda unutib qöygan! Eslaş oğir! Şu sabab qöşiq ham oğir. Çunki u töxtovsiz oqib, uzoqlaşib borayotgan xotira…
1991-yil 25-noyabr.
* * *
Şukur aka öziga, şaxsiyatiga, isteʼdodiga xiyonat qilmay, heç kimdan marhamat kutmay, özi bilganiça va özi istaganiça yaşadi. Yozuvçining özi erkin bölgani uçun uning sözi ham erkin edi. Erkin sözning umri uzoq, parvozi baland böladi. Negaki, erkin sözning nazari olislarga qaratilgan, manfaat otliq çirkin yuk pastga tortmaydi. Öylaymanki, uluğ yozuvçining uluğ va uzun hayot yöli endi boşlanadi.
Qozoqboy YÖLDOŞ
“Yoşlik”/2010/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


