13 daqiqada öqiladi

422 marta körilgan

Hayot qonuni

Jek London

(Hikoya)

 

Keksa Koskuşning butun vujudi quloqqa aylandi. Uning közdan qolganiga ança bölgan, lekin quloqlari avvalgidek sezgir, tiq etgan tovuşni payqaydi. Yillar tözonidan xira tortgan onggi esa röy berajak voqealarga nisbatan mutlaqo befarq. Sit-kum-To-Xaning çinqiroq tovuşi eşitildi. U itlarni çanaga boğlar ekan, qiçqirgan köyi ularni savalamoqda. Sit-Kum-To-Xa unga nabira böladi, ammo qartaygan, hammaning yodidan çiqqan, qor ustida ötirgan aftodahol bobosi uçun şu tobda uning bekorçi vaqti yöq. Negaki qabila qönimgohni tark etişga hozirlik körmoqda. Oldinda olis yöl turibdi, kun esa sira uzayişni istamaydi. Oldinda ularni hayot va tiriklik qonuniyatlari kutmoqda, zinhor-bazinhor ajal emas. Çol esa endi ajalga şu qadar yaqinki…

Koskuş bir daqiqa bu fikrdan dahşatga tuşdi. U qöllarini çözib, titroq barmoqlari bilan yonginasidagi ötin uyumini paypaslab qöydi. Ötin borligiga amin bölgaç, qöllarini möyna ostiga berkitdi va yana atrofni tinglaşga tutindi.

Muzlagan buğu terisining şitirlaşi eşitildi. Demak, sardorning ötovini allaqaçon yiğiştirib bölişdi. Endi uni ixçam şaklda taxlab çanalarga yuklaşadi. Qabila sardori baland böyli, navqiron yigit bölib, bu mahoratli ovçi uning öğli edi. Mana, u imillab harakat qilayotgan ayollarni yalqovligi uçun koyimoqda.

Çol bu ovozni sönggi bor eşitayotgani aniq. Jixou va Tuskenlarning ötovlari ham yiğiştirildi. Çol qabilaga tegişli ötovlar sonini juda yaxşi biladi. Faqat şomon yaşaydigan ötov qoldi xolos.Mana nihoyat sönggi ötovni ham yiğa boşlaşdi. Koskuş yuklarini çanaga joylayotgan şomonning ğöldiragan ovozini eşitdi. Söng quloğiga gödak yiğisi çalindi. Bir ayol nomaʼlum qöşiqni past ovozda xirgoyi qilganiça, uni ovuta boşladi. Bu kiçkina Ku-Ti bölsa kerak, öyladi çol. Ha, bu öşa – injiq va kasalmand gödak. Balki tez orada uning ham ajali yetar, öşanda tundraning muzloq zaminida unga gör qazişadi va rosomaxlardan asraş uçun ustidan toş bostirib qöyişadi.

Umuman olganda, baribir emasmi? Baxtli tasodif röy berib, yana bir neça yil yaşadi ham deylik, ammo töq kunidan oç kuni köp bölişi turgan gap. Bir kun emas bir kun ölim otliq mangu töymas yuho baribir uni quvib yetadi… U yoqda nimalar bölyapti ekan? Ha-ya, erkaklar çanalarni qöşib, qayişlarni mahkam tanğib qöyişyapti. Çol ularning ovozini eşitdi, ammo tez orada atrofni sukunat qoplaydi. Itlar ustiga yoğilgan qamçilar zarbidan atrofga “şuv-şuv” etgan ovozlar taraldi. Bu odamlar Koskuşni birga ketiş uçun çaqirişmaydi. Ular safar maşaqqatini qançalar yomon körişadi-ya… Mana, ular yölga otlanişdi! Çanalar birin-ketin sukunat bağriga singib keta boşladi. Ular ketişdi. Koskuşning hayotidan manguga ğoyib bölişdi, u endi umrining sönggi, maşaqqatli soatlarini yolğiz qarşilaydi. Şu payt mokasina kiygan oyoqlar ostida qor ğarçilladi. Kimdir qarşisiga kelib qöllarini sekingina çolning boşiga qöydi. Öğli unga qançalar mehribon! Çol boşqa tengqurlari haqida öyladi, ularning öğillari qabila bilan birga jönab ketişdi. Uning öğli esa bunaqalardan emas. Xayol uni ötmişga boşlardi, ammo navqiron ovoz uni ayni vaziyatga qaytardi.

– Ahvoling yaxşimi? – söradi öğli.

Çol javob berdi:

– Ha, men yaxşiman.

– Ötin uyumi şundoq yonginangda turibdi. Olov gurillab yonyapti.Osmon xira tortib, sovuq tuşib qoldi. Qor yoğadiganga öxşaydi. Mana, qor uçqunlay boşladi.

– Töğri aytasan, qor boşlandi.

– Odamlarimiz şoşilyapti.Ularning yuklari oğir, oçlikdan qorinlari qapişgan. Yöl esa olis, şuning uçun ular ildam ketişyapti. Men ham ketişim kerak. Xöş, ahvoling yaxşimi?

– Men yaxşiman. Xuddi şoxda bazör ilinib turgan yaproqqa öxşayman, tökilişim uçun şamolning sekingina esişi kifoya. Ovozim kampirşoning ovoziga öxşab qoldi, közlarim esa burungidek oyoqlarimga yöl körsatmay qöygan. Qadamlarim oğir, holdan toyganman. Lekin hammasi joyida…

Öğlidan köngli tölgan Koskuş boşini quyi soldi, to qorning ayançli ğiçirlaşi uzoqdan eşitilgunga qadar şu alfozda ötirdi. Öğli endi uning çorloviga javob qaytarmasligini u yaxşi bilardi. Şu payt uning qöllari şoşilinç ravişda ötin uyumi tomon çözildi. Qarşisida namoyon bölgan abadiyat dunyosidan uni şu ojiz riştagina ajratib turar edi. Ayni kezda uning hayoti şu bir quçoq quruq şox-şabbaga boğliq edi. Şoxlar birin-ketin yonib, gulxanni öçirmay turadi, bu orada esa ölim qadam- baqadam unga yaqinlaşa boşlaydi. Sönggi butoq kulga aylangaç, ayoz öz hukmini ötkazişga kirişadi. Avval oyoqlari, keyin qöllari taslim böladi, nihoyat butun tanasi muzlab qoladi. Boşi tizzalari uzra egiladi va u tinçiydi.

Koskuş sira nolimas edi. Çunki hayot özi şunaqa, u juda adolatli. U zaminga yaqin bölgan yerda tuğildi, şu yerda yaşadi, tabiat qonunlari esa uning uçun yangilik emas. Illo, tirik jonzotlarning barçasi bu qonunlarga böysunadi. Tabiat yakkalanib qolganlarga sira şafqat qilmaydi, uning butun eʼtibori qabila va tödalarga qaratilgan. Keksa Koskuşning ibtidoiy bilimlari bundan ortiğiga yetmas, ammo u bir haqiqatga qattiq işonar edi. Buning isbotini u butun hayoti mobaynida kuzatib keldi. Daraxt şiraga töladi, yaşil barglar çiqaradi, keyin xazonrezgi boşlanadi – bu aylanma harakat şu holatidagina mukammaldir.Tabiat esa har bir tirik jonzot zimmasiga alohida bir vazifani yuklab qöygan. Bu vazifani bajarmaganni u halok etadi. Biroq bajarganlar-da ölimga mahkumdir. Tabiat juda loqayd, illo unga böysunuvçilar bisyor, abadiyat esa böysunuvçilarning emas, hukmdorning qismatiga bitilgan. Koskuşning qabilasi eng qadimiy qabilalardan. U gödaklik çoğida körgan qariyalar özlarigaça bölgan ajdodlarini zörğa eslaşardi. Maʼlumki, qabila mavjud ekan, mozorlari allaqaçon unut bölgan ota-bobolarning itoatkorligini ham özida mujassam etadi. Albatta, ölganlar bu hisobga kirmaydi. Ular xuddi yoz osmonidagi bulut singari közdan ğoyib bölişadi.Koskuşni ham şunday qismat kutayotgani aniq. Bu örinda tabiat mutlaqo betaraf. U hayot zimmasiga yagona maqsadni yuklagan, unga yagona qonunni topşirgan. Maqsad – naslning davom etişi, qonun esa ölimdir. Aytaylik, qiz bola – tomoşa qiliş maroqli bölgan gözal xilqat. Uning borliğidan kuç yoğiladi, siynalari tarang, qadamlari ravon, közlari çaqnab turadi. Lekin uning hayotiy vazifasi hali oldinda. Uning közlaridagi uçqun sekin- asta alanlaganib boradi, qadamlari tobora ildamlaşadi. U öspirinlarga goh dadil, gohida ehtiyotkorona yondoşadi, hurkakligi bilan ularni mahliyo qiladi. Qiz kundan-kun çiroy oçib boradi, nihoyat biror ovçi mehnat qilişi, ovqat pişirişi va farzandlar tuğişi uçun uni öz boşpanasiga olib ketadi. Lekin tönğiçi dunyoga kelişi bilanoq, ayolni gözallik tark eta boşlaydi. Uning qadamlari oğir va sokin bölib qoladi, közlaridan rang ketib, xira tortadi. Alaloqibat, gulxan yonida ötirgan kampirning serajin yuziga faqat gödaklargina quvonç bilan suykalişi mumkin. Kampir esa öz vazifasini allaqaçon bajarib bölgan. Oçlikning ilk hamlasi yoki olis safar oldidan uni taşlab ketişadi – xuddi unga öxşab qor ustida, möjazgina ötin uyumi yonida qoldirişadi. Hayot qonuni şunday…

Quruq novdani avaylabgina olovga taşlar ekan, Koskuş yana xayolga çömdi. Hayot qonuni tirik jonzotlarning hammasiga birdek tegişli. Sovuq tuşişi bilanoq çivinlar ğoyib böladi. Mitti olmaxon jon beriş uçun çangalzorga kirib ketadi. Qari quyon holdan toyadi, endi u avvalgidek duşmanlaridan qoça olmaydi. Keksa ayiqning közlari xiralaşib, harakatlari besönaqay tortadi va bir kuni akillagan itlar tödasi uni quvib yetadi.Koskuş öz otasini Klondaykning yuqori oqimida qanday qoldirib ketganini esladi. Bu öşa qişda, notaniş missioner ularga duo yozilgan kitobçalar va dori töla qutini keltirgan yili sodir bölgandi. Hozir Koskuş öşa qutidagi dorilarni eslarkan, tamşanib ham qöymadi, uning lablari quruqşab qolgan edi. U ayniqsa “oğriq qoldiruvçi” dorini yaxşi eslaydi. Biroq missioner bir muddat qabila uçun dahmaza bölgan edi. U ovqat keltirmas, biroq köp yerdi, buni körgan sayin ovçilarning ğaşi kelardi. Oxir oqibat Meyo yaqinidagi daryo böyida şamollab qoldi, keyin esa itlar toşlarni har tomonga soçib taşlab, uning suyaklarini uzoq talaşişdi.

Koskuş gulxanga şabba taşladi, söng yanada çuqurroq öyga toldi. Buyuk Oçlik davrida çollar gulxan yoniga suqilib, ötmişning elas-elas xotiralarini yodga olişar, Yukonning paydar-pay uç qiş mavsumida muzlamagan, söng uç yoz davomida muzlar erimay turgan oğir davrlari haqida hikoya qilişardi. Öşa oçlikda Koskuş onasidan ayrildi. Lososlar yoz çoğida ham bu yerlarga kelişmadi, qiş mavsumi esa buğularsiz kirib keldi. Hatto keksalar ham qaçonlardir şunday oçarçilik sodir bölganini eslay olişmas edi. Buğular bu yerlarga kelmay qöyganidan keyin yana yetti yil ötdi. Quyonlar bolalamas, itlarning terisi suyagiga yopişgan edi. Gödaklar ojiz ingraşar, tunning tubsiz va zimiston qöynida jon taslim etişar, oçlik ayollar va keksalarga ham ayovsiz çang solardi.Natija şunday böldi-ki, quyoş bu joylarga qaytib kelganida, har ön odamdan bittasigina tirik qolgan edi. Ha, bu dahşatli oçlik davri edi!

Lekin u göşt köpligidan aynib qolgan dorilomon yillarni ham kördi. Öşa kezlari itlar semirib, yalqov bölib qolişdi. Bu şunday davr ediki, erkaklar yugurib borayotgan öljani körib turişsa-da, unga öq uzmas, ayollar esa ketma-ket farzand körişardi. Ötovlarda öğil va qiz bolalar emaklab yurişar, ularning şovqin-suronlari avjida edi. Öşa yillar erkaklarni şunday takabbur qilib qöydiki, eski adovatlarni yodga olişlariga sal qoldi. Ular Pelli qabilasini yakson qiliş uçun toğ orqali janubga yöl solişdi, ayni paytda bir guruhi Tanan qabilalarining allaqaçon söngan gulxanlarini ermaklaş uçun ğarb tomon ketib borişardi.

Qariya bolalik çoğini, möl-kölçilik yillarida buğuni ğajigan börilar galasini dahşat bilan kuzatganlarini esladi. Öşanda Zing-Xa ikkovi qor ustida qimir etmay yotişardi. Zing-Xa keyinçalik heç narsadan tap tortmaydigan, mohir ovçi bölib yetişdi. Biroq köp ötmay Yukon yaqinidagi muz öyiğiga tuşib ketdi. Bahorda uni beligaça muzga botgan holda topişdi.

Darvoqe, öşa buğu haqida… Öşa kuni Zing-Xa ikkovi otalariga taqlid qilib ovçilar öyinini öynamoqçi böldilar. Muz qoplagan daryo yuzasida ular buğu va uni taʼqib qilayotgan börilar tödasining izlariga duç kelişdi. Izlar hali yap-yangi edi.

– Buğu juda qari bölsa kerak, – dedi Zing-Xa. U izlarni yaxşi farqlardi. – Qari ekanligi aniq. U tödasidan ayrilib qolgan. Börilar uni şeriklaridan ajratib qöyişibdi, endi omon qolmasligi aniq.

Bu haqiqat edi. Çunki börilarning odati şunday. Ular kunni kun, tunni tun demay irillagan köyi ölja izidan taʼqib qilişadi, goho ularning söyloq tişlari öljaning şundoq qarşisida paydo bölib qoladi, ular oxirgi daqiqagaça uning ortidan qolişmaydi. Har ikki bolaning qonida ovçilarga xos iştiyoq jöş urdi. Ovning qanday tugaşini köriş ular uçun ğoyat qiziqarli tuyulardi.

Qizişib ketgan bolalar sabrsizlik bilan olğa yurişar, hatto közlari unça ötkir bölmagan, izlarni yaxşi farqlay olmaydigan Koskuş ham, közlarini yumgan holda, kerakli joyni topa olar – qor ustidagi izlar şu qadar aniq edi. Bu izlar yaqin orada paydo bölgan, bolalar har qadamda yaqindagina sodir bölgan fojianing qonli tafsilotlarini öqişardi. Bir joyda buğu töxtab qolganini payqaşdi. Uç odam böyiga teng keladigan masofada qor toptab taşlangan, örtada buğuning ayri tuyoqlaridan qolgan çuqur izlar közga taşlanar, atrofida börilarning nisbatan sayozroq izlari körinib turardi. Şeriklari öljaga taşlangan paytda, baʼzi börilar qor ustiga yonboşlab dam olgan körinadi. Ularning tanasidan qolgan izlar şu qadar aniq ediki, bularning hammasi voqea bor-yöği bir daqiqa avval sodir bölgandek taassurot uyğotardi. Börilardan biri talvasaga tuşgan öljaning oyoği ostida qolib, til tortmay ölgan çoği, obdon tozalab ğajilgan bir uyum suyak şunday xulosaga olib kelar edi.

Çanği kiygan oyoqlar yurişni sekinlaştirdi. Yana bir yerda ayançli jang manzarasi qaytarilgan edi. Qordagi izlarga qaraganda, börilar buğuni ikki marta qulatişga muvaffaq bölişgan, lekin ölja duşmanlariga jon-jahdi bilan hamla qilganiça oyoqqa qalqqan. Albatta, keksa buğu zimmasiga hayot tomonidan yuklangan vazifani bajarib bölgan, lekin jon şirin-da. Zing-Xaning aytişiça, yerga qulagan buğuning özini önglab, oyoqqa turişini avval sira eşitmagan ekan. Lekin manavi buğu buning uddasidan çiqqan edi.

Keyinçalik bu voqeani şomonga sözlab berişganda, u mazkur voqea çinakam möjiza bölib, nimalargadir işora ekani haqida ğalati sözlarni gapirdi.

Nihoyat bolalar buğuning sönggi manziliga, jonivor qirğoqqa çiqib olib, örmon bağriga singib ketişni möljallagan yerga yetib kelişdi. Biroq duşmanlari buğuning ortidan qolişmagan, u orqa oyoqlarida turib, börilarning ikkitasiga bir paytning özida hamla qilgan, ular şundoqqina qor ustida çözilib yotardi. Negadir şeriklari ularga tegişmabdi, çamasi, ular taʼqib yakuniga yetay deb qolganini bilişadi. Navbatdagi izlar qondan qizargan, ulkan hayvonning izlari uning qoqilib-suqilib, arang qadam taşlaganidan dalolat berar edi. Nihoyat jang sahnasining ilk suronlari quloqqa çalindi, yöq, bu odatiy ovlardagi bir-biriga jör bölib uvlaşlarga öxşamasdi. Börilarning qisqa-qisqa, uzuq-yuluq akillaşlari ularning söyloq tişlari bilan buğuning biqini örtasida juda oz masofa qolganini anglatardi. Şamolga qarama-qarşi turib olgan Zing-Xa qorga bağrini berib yotar, yillar ötib, öz qabilasining sardoriga aylangan Koskuş esa uning yonginasiga çözilgan edi. Ular yoş qarağayning şoxlarini bir tomonga surib, novdalar orasidan voqeani kuzatişdi, şu tariqa jangning sönggi sahnasiga guvoh bölişdi.

Koskuş yoşlikning barça xotiralari kabi bu manzarani ham aniq-tiniq eslar, taʼqibning sönggi lahzalari uning sönik nigohlarida olis ötmişdagidek yaqqol aks etib turardi. Vaqt ötib, qabila sardoriga aylanganida, u öşa voqeani köp marta esladi.Qabila erkaklarining yölboşçisi va kengaş oqsoqoli sifatida köplab buyuk işlarni amalga oşirdi. Albatta, muştlaşuv çoğida oq tanli odamni piçoq bilan öldirib qöyib, Pelli qabilasining tavqi laʼnatiga duçor bölgani bu qatorga kirmaydi.

Koskuş, yoşlik çoğlari haqida yana uzoq öyladi. Nihoyat gulxanning olovli tillari qisqara boşladi, ayoz esa zabtiga oldi. Qariya bu safar gulxanga birdan ikkita şoxni taşladi, qolgan ötin uyumini paypaslab, ölim ustidan yana qança vaqt hukmronlik qilişi mumkinligini çamalab kördi. Sit-Kum-To-Xa bobosini öylab, köproq ötin ğamlaganida, uning hayot soatlari sal uzaygan bölardi. Axir, bu unçalik qiyin emas-ku. Lekin Sit-Kum-To-Xa juda beğam qiz. Zing-Xaning nabirasi bölgan Bobrning ötkir nigohlariga duç kelganidan keyin esa u ajdodlarini umuman izzat qilmay qöydi. Umuman olganda, yoşligida hamma ham şunaqa böladi. Uning özi ham yoşlikning öyinqaroq damlarida şunday yöl tutmaganmidi?

Koskuş bir daqiqa sukunatga quloq soldi. Balki öğlining köngli yumşab, itlar bilan orqaga qaytar, qabila bilan birga keksa otasini ham biqinlari moyga tölgan buğular ölkasiga olib ketar?!

U tevarakni butun vujudi bilan tinglay boşladi, şuuri esa qizğin yumuşidan bir zumga çalğidi. Tiq etgan tovuş eşitilmas, atrofda jimjitlikning sözsiz dunyosi hukmron edi. Bu sukunat içra özining nafas olişigina eşitilib turardi. Vahimali yolğizlik… Şu payt qandaydir jonivorning şarpasi sezildi. Çolning aʼzoyi badaniga titroq yugurdi. Yordam söragan kabi yalinçoq bir ovoz sukunatni kesib ötdi, taajjubki, bu tovuşni u avval ham eşitgandi. Ovoz şu atrofdan, yaqinginasidan eşitilardi. Möjiza röy berganga öxşardi, çunki Koskuşning söqir közlari keksaygan erkak buğuni aniq kördi, uning biqini tilka- pora bölib, qoni oqib turar, yoli hurpayib ketgan, tarvaqaylagan şoxlarini oldinga egib, jon-jahdi bilan özini himoya qilişga urinar edi. Koskuş u yoqdan bu yoqqa lip-lip ötayotgan kulrang gavdalarni, öt soçib turgan közlar, söyloq tişlar, sölagi oqib turgan tillarni ham kördi. Sullohlar aylana şaklida joylaşib olişgan, davra köz ilğamas tarzda torayib borar, vahşiy töda aʼzolari esa qori toptalgan yerda emaklaşar, qulay fursat kelişini poylaşardi.

Yuziga muzday tumşuqning suykalişi çolni huşiga keltirdi. U qölini gulxan tomon çözib, çala yongan ötinni suğurib oldi.

 Ajdodlaridan meros qolgan insondan qörqiş tuyğusi börini yalingansimon uvillab, şeriklaridan yordam söraşga undadi. Tödaning boşqa aʼzolari unga javob qaytarişdi, börilar irjaygan oğizlaridan sölak saçratib, gulxan atrofini örab olişdi. Qariya yana yon-atrofni tinglaşga urindi, tutab turgan ötinni silkitgan çoği irillagan tovuşlar eşitildi, çamasi, börilar taslim bölişni xayollariga keltirişmasdi. Nihoyat bittasi töş urib oldinga çiqdi, orqa oyoqlariga tayanib ötirib oldi. Yoniga yana ikkita şerigi kelib qöşildi, lekin heç biri orqaga çekinmadi. Şu damda Koskuş, hayotga bu qadar tirmaşiş kerak yoki kerak emasligi haqida öziga xayolan savol berardi. Nihoyat u aniq bir qarorga kelib, tutab turgan ötinni qorga suqdi – olov öçdi. Börilar vahimali tovuşda uvlaşdi, lekin joylaridan jilişmadi. Bir ozdan söng Koskuş yana bir bor keksa buğuning sönggi jangini kuzatdi. Çolning boşi oğirlaşib tizzalari ustiga osilib qoldi. Alqissa, hammasi baribir emasmi? Axir, hayot qonuni şuni taqozo etadi.

 

Jek LONDON

Rus tilidan Gulnoz MÖMINOVA* tarjimasi

 

“Yoşlik”2013/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)