11 daqiqada öqiladi

236 marta körilgan

Karpentyer haqida söz

Alexo Karpentyer

Lotin Amerikasi «Sehrli realizm» adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Alexo Karpentyer (1904-1980)ning ijodiy yöli 1920-yillar Kubada boşlandi. Yoş adib, Gavanada çiqadigan bir neçta davriy naşrlarda madaniy hayotga bağişlangan ruknni olib borarkan, erksevar Kuba xalqini Yevropada sodir bölayotgan tub özgarişlar, jumladan, adabiyot va sanʼatga oid yangiliklar bilan taniştiriş kun tartibida turgan eng dolzarb vazifa ekanligi, bir söz bilan aytganda, “Lotin Amerikasi soati Eski dunyoning vaqtidan ança ortda qolayotganini” teran his etardi. U Markaziy va Lotin Amerikasi xalqlari uçun madaniyatlar yaqinlaşuvi jarayonini faollaştiriş qançalik zarur va muhim ekanligini anglab etgan edi. Yozuvçi adabiyot va sanʼatdagi yangiliklar, tub burilişlarning öşa davr mafkurasidagi özgarişlar bilan çambarças aloqadorligini his etadi, şu bois sanʼatda dadil novatorlik, ijodiy izlaniş, sanʼatga yangiça ruh olib kiriş uçun jonbozlik körsatgan va Lotin Amerikasining bir neçta davlatlarida hokimiyat tepasida turgan harbiy xuntalarni qulatiş, mustamlakaçilik zulmidan ozod qiliş harakati uçun jon fido etişga tayyor bir guruh ijodkorlarning murojaatnomasiga nafaqat hamfikrlik bildiradi, balki ularning harakatida özi ham faol qatnaşadi. Uning bunday jasur faoliyati qimmatga tuşdi: özining birinçi romanini adib qamoqxonada yozib tugatdi. Safdoş va döstlarining sayʼ-harakatlari tufayli ozodlikka çiqqaç, Kubada mustabid tuzumni örnatgan va hokimiyatni öz qöliga olgan Xerardo Maçado siyosati taʼqibidan xavfsirab, 1928-yil Kubani tark etadi. Öşa paytdan boşlangan “toblaniş davri” adib taqdirini Yevropa bilan çambarças boğlab qöygandi. Karpentyer uçun Parij yangi, notaniş şahar emasdi. Kubada tuğilib ösganiga qaramay u 1916-yil ota-onasi bilan Parijga köçib kelib, musiqa maktabida tahsil oladi va yana ortga qaytadi. Dunyoning u çetidan bu çetiga köçib yuriş, taşvişlarga töla qönimsiz hayot, sarson-sargardonlik adib hayotida öz izini qoldirmasdan ötmadi. Nima bölganda ham Karpentyer ikki qitʼa havosidan nafas olgan ijodkor bölgan, desak mubolağa bölmaydi.

Parijda Karpentyer syurrealizm adabiy oqimi bilan yaqindan tanişadi. 1920-yillar boşida şakllangan uşbu yönalişning asosçisi va nazariyotçisi, fransuz adibi Andre Breton (1896-1966) bilan ijodiy hamkorlik qila boşlaydi. Darvoqe, “syurrealizm” atamasi 1917-yil fransuz şoiri, Yevropa şeʼriyatida maydonga kelgan avangard oqimlar yetakçisi bölgan Giyom Apolliner(1880-1918)ning poeziyasida ilk dafʼa tilga olingan edi. Syurrealizm nazariyotçisi Andre Bretonning “Syurrealizm inqilobi” jurnali tahririyatida faol ijod qilgan bir qator yoş qalamkaşlar (Lui Aragon, Pol Elyuar, Filipp Supo)ning adabiyot, sanʼat, falsafa va ijtimoiy hayotga bağişlangan tanqidiy maqola hamda esselari çop etilardi. Ayniqsa, adabiyot va sanʼat olamidagi özgarişlarga öz munosabatini bildirişga şay bölgan Karpentyer ham jurnal faoliyatidan çetda qolmadi. 

Darhaqiqat, Andre Breton atrofida yoş va isteʼdodli ijodkorlar töplanişgan edi. Ularning sayʼ-harakati tufayli “Syurrealizm inqilobi” jurnali sanʼat ahli eʼtiborini öziga qaratdi: bunga çop etilgan maqolalarning dolzarbligi, keskin tanqidga yöğrilganligi emas, balki yoş ijodkorlarning şovqin va maşmaşali şeʼriy maşqlarida avangard ğoyalarning kötarilgani sabab edi. Nafaqat Fransiya, balki butun Yevropa burjua tuzumi va uning mafkurasi yoş qalamkaşlarning bu kabi “ijodiy faoliyati”ga bir vaqtning özida ham qiziqib, ham hadiksirab qarardi.

Syurrealizm adabiy oqim sifatida, Yevropa adabiyoti va sanʼatida öziga mustahkam qörğon qurolmagan bölsa-da, ança vaqt davomida şeʼriyatda yetakçilik qildi, köpgina musavvir, bastakor, şoir va dramaturglar ijodiga taʼsir körsatdi, desak yanglişmagan bölamiz. Muhim jihati şundaki, syurrealizm – bu nafaqat öz dasturiga ega bölgan adabiy oqim, qisqa davr bölsa ham, gurkirab yaşnagan badiiy uslub, balki köpgina yoş sanʼat ixlosmandlari uçun öziga xos “yaşaş tarzi”, dunyo manzaralarini yangiça “köriş” va “öqiş”ning mahorat maktabiga aylandi. Breton, sanʼat ixlosmandlariga syurrealizm sirli va nafis taʼriflagan “nomaʼlum yerlar”ni kaşf etişga harakat qilişni uqtirarkan, “Katta kaşfiyotlar har doim hayot uçun tahlika tuğdiradi, har bir ijodkor özining “Odisseya”siga otlanişi va uni şon-şaraf bilan ado etişi lozim”, deb yozadi. Şu tariqa syurrealizm haqiqatga qançalik yaqin ekanligini namoyon etadi. Biroq syurrealizm, taʼbir joiz bölsa, jamoaviy hodisa, köpinça mazkur yönaliş içidagi ijod ham jamoaviy xarakterga ega böldi. Boşqa adabiy yönaliş tarafdorlaridan farqli ölaroq, syurrealistlar özaro hamjihat bölişib, yangi rejalar xususida fikr almaşadi. Yangi asarlarni muhokama qilişib, bir söz bilan aytganda, maslakdoş bölib, birgalikda ijod qilgan edilar. Syurrealizm asta-sekin adabiyot doirasidan çiqib, sanʼatning boşqa turlarida, xususan,  rangtasvirda muqim yaşab qoldi.

Taqdir taqozosi bilan ötgan asrning 20-yillarida Parijga kelgan şoirlar, musavvirlar, haykaltaroşlar va bastakorlar şaharning eng xuşmanzarali Monmartr tepaligida joylaşgan qahvaxonalarda umrguzaronlik qilişni hayotning bir qismi deb bildilar. Monmartrda Vinsent van Gog, Pol Gogen, Anri Matiss, Pablo Pikasso kabi musavvirlar, Andre Jid, Jak Prever, Jan-Pol Sartr, Andre Morua, Pol Elyuar, Natali Sarrot singari adiblar öz ijodiga ilhom topdilar.

Syurrealizm adabiy oqimiga asos solgan şoirlar “adabiy inqilob” doirasiga siyosiy va ijtimoiy inqilobni qöşdilar. Ular ijtimoiy hayotda faol qatnaşib, hamjihatlik bilan bir qator mamlakatlardagi mustamlakaçilik siyosatini, ayniqsa, özining jirkanç başarasini namoyon qila boşlagan faşizmni ham ayovsiz qoraladilar. Aynan siyosiy va ijtimoiy faoliyatlari keyinçalik syurrealistlar örtasida özaro xusumat va adovat, işonçsizlik uruğini sepdi. Ikkinçi jahon uruşi yillarida syurrealistlarning köpçiligi AQŞda boşpana topdi. Bu esa, öz navbatida, u yerda ham syurrealizm ğoyalarining tarqalişiga olib keladi. 1950-yillarda ular, xuddi oldindan kelişilgandek, Parijga oldinma-keyin qaytib kelişdi, biroq endilikda mustahkam eʼtiqod, bir jon va bir tan guruhdek hamjihat ijod qilmadilar. Faqat Andre Breton, 1957-yil syurrealizmni “yangiça kaşf etilgan sehr” deya nomlab, to hayotining oxirigiça özining maqola va çiqişlarida özi rahnamolik qilgan syurrealizmning hayotiyligini taʼriflab ötdi.

Syurrealizmga kengroq töxtalib ötganimizning boisi şundaki, Lotin Amerikasi adabiyotining bir qator vakillari öşa yillar Yevropada qönim topib, syurrealizm taʼsiridan xalos bölolmadi, şu jumladan, Karpentyer ham. Boşida syurrealizmdan sarmast bölib ijod qilgan Karpentyer, keyinçalik közi oçilib, yuqorida nomi zikr etilgan “Murda” pamfletiga özining qatʼiy noroziligini bildiradi. Ehtimol, yoşligida töğri qabul qilgan bu qarori butun umri davomida haqiqiy fransuz adabiyoti va sanʼatiga bölgan hurmatining sababidir.

Janubiy Amerika qitʼasining tub aholisi – hindu közlari bilan köriş, asrlar mobaynida  qorişib, aralaşib ketgan uç irqning xotirasini “jonlantiriş” – bu murakkab vazifani nafaqat Asturias, balki Karpentyer ham öz oldiga qöygan. Karpentyerga bu ohanglar begona emas edi. U hindular, Afrikadan majburlab olib kelingan qora tanlilar, ispan va portugallar, ulardan tuğilgan metis va mulatlar hayoti bilan yaqindan taniş bölgan. Maʼlumki, yil böyi quyoş çaraqlagan ulkan makonda, yaʼni Karib dengizi havzasida öziga xos madaniyat şakllangan edi. Uning negizini noyob qorişma: Yer yuzidan yöqolib ketgan qadim sivilizatsiyalar, yevropalik istiloçilar, Afrikadan qullikka olib kelingan qora tanlilarning tili va madaniyati taşkil qilardi. Karpentyerning “Ekue-Yamba-O!” (Eque-Yamba-O!, 1933) nomli romanida ikki maʼnaviy-axloqiy ölçov, yaʼni qora tanli va oq tanlilarning olami bir-biri uçun mutlaq yopiq tarzda namoyon böladi. Bir-biriga umuman öxşamaydigan hayot, aniqroği, dunyoqaraş, dunyoni his etiş, yaşaş örtasida qanday boğlovçi riştalar mavjud bölişi mumkin? Ular vaqti kelib birlaşarmikan? Insoniyat paydo bölganidan to bugungi kungaça mavjud bölgan ziddiyatlar bartaraf etilarmikan? Insoniyat bu çigal muammoni yeça olarmikan? Şu va şu kabi savollarning yeçimini topişga harakat qilgan Karpentyer özining qaçonlardir boşlab qöygan, lekin maʼlum sabablarga köra yakunlanmay qolib ketgan uşbu jumboqlarini aynan Parijda oxiriga  yetkazdi.

Parij va Madriddan özining esse, reportaj va oçerklarini Gavanaga jönatarkan, Karpentyer Yevropada jöş urib turgan madaniy hayot siyratini okean ortida qolib ketgan “ona yurt” qiyofasi bilan qiyoslaydi. U qaysi yangiliklar, qaysi kaşfiyotlar Lotin Amerikasi muhitida qabul qilinişi mumkinligini oldindan başorat qilmoqçi böladi. Eng muhimi, ikki madaniyat kesişgan nuqtalarni, ikki madaniyatni oziqlantirib turuvçi yagona manbani, ildizlarni topişga harakat qiladi.

“Kurrayi zamin” (1949) romanining muqaddimasida Karpentyer yevropalik ijodkorlarning serjilo va nafosatli uslublari çatişuvidan hosil bölgan obrazlar quyoş nuri va yomğir tomçilaridan saqlovçi soyabon hamda mohir çevar qölidagi tikuv maşinkasidan çiqqan matoning “çatişuv”iga qaraganda ança jozibali va maftunkor bölib çiqdi. Ayniqsa turli-tuman madaniyatning yaqinlaşuvi, madaniyatlarning bir-birini kuzatişi va örganişi, qolaversa “öqib çiqiş” jarayoni öta qiziqarli manzarani hosil etdi. Darvoqe, “Kurrayi zamin” romanida bu kabi yaqinlaşuv, yaʼni har xil madaniyatlarning bir-biriga singib ketişi va bir-birini töldirişi kuzatilmaydi. Va buning mantiqiy izohi mavjud. XVIII asrga kelib öz madaniyati, sanʼati, tili va anʼanalariga ega xalq sifatida töliq şakllanib bölgan qora tanlilarning yaratuvçan ongi, zamonaviy afsona va rivoyatlarni töqişga qodir tafakkuri hayotda töxtovsiz sodir böluvçi voqea-hodisalarga sehrli, taʼbir joiz bölsa, möjizali maʼno bağişladi. Lovullagan gulxanda yölboşçisining yonayotganini körib, qabiladoşlar bu mudhiş, larzaga keltiruvçi ölimda navbatdagi qayta tiriliş, yangi qiyofada hayotga keliş, aniqroği, töxtovsiz oqayotgan daryoga öxşagan hayotning yangi bosqiçini körişadi.

Karpentyer “qora tanlilarning qiroli” Anri Kristofning xuddi Fransiya imperatori Napoleon kabi bosib ötgan hayotiy yöliga nazar taşlarkan, romanning boşqa personajlari taqdirida bu yölning variantlari xususida qayğu-hasrat ila muşohada yuritadi. Masalan, Anri Kristofga hokimiyat yuksak erkinlikka öxşab körinadi; tasavvuridagi erkinlik alomatlari şunçalik aniq-ravşanki, şunçalik moddiyki, ularni göyo uşlab körsa böladigandek tuyuladi. Erkinlik alomatlari şunçalik lazzatbaxş, zavqu şavqqa töla bölganligini qabiladoşlariga sözlab bergan Anri Kristof vaziyat keskinlaşib ketişini bilmasdi. Uning Ti Noel ismli davangir xizmatkori, yoşi bir joyga borib qolganiga qaramasdan, hokimiyatni qölga kiritişni orzu qiladi va bu yölda heç narsadan tap tortmaydi. Ti Noel taxtdan ağdarib taşlangan zolim Anri Kristofga tegişli Napoleon Bonapartning mundiriga öxşatib qaçonlardir tiktirilgan yirtiq-yamoq mundirini kiyib körarkan, özini haqiqiy imperator, hokimi mutlaq kabi his etadi. Romanda turli sivilizatsiyalarning realiyalari, bir-biriga taʼsir körsatib, iç-içiga singib ketarkan, ğayrioddiy, taajjubga soluvçi manzarani hosil qiladi. Uşbu manzarada zamonaviy odamzodning umumiy kasalligi xuruj olişi dinamikasi aks etadi. Bu kasallik alomatlarida erksevarlik, hurriyatparvarlik ğoyalari hokimiyatga erişişning asosiy quroliga aylanadi, undan keyin esa, özgalarning ozodligini poymol qiladi, har doim unga tahdid soladi. Bu kasallik virusini öziga yuqtirgan Ti Noel ikki olam orasiga tuşib qoliş xavfi ostida, dunyoga “sehrli munosabatda” böliş könikmalaridan ayrilişi mumkin, hatto qabiladoşlar doirasidan haydab çiqarilişi ham heç gap emas.

“Maʼrifat davri” (1961) romanida Karpentyer Lotin Amerikasining “sehrli realligi”ga Yevropadan “köçirilgan” afsona va rivoyatlarning antiqa, gohida mudhiş körinişda gavdalanişi muammosiga sinçkov nazar taşlaydi. Fransuz faylasufi Jan-Jak Russo ğoyalari, inqilobga daʼvat etuvçi şiorlar, sotsialistlarning utopik orzu-umidlari Lotin Amerikasining “jannat makon”iga zamonaviy miflarni yaratiş qobiliyatiga ega, işonçga töla badiiy tafakkur, özgaça ehtiros va hayajonni olib keladi. Qullikdan ozod böliş, aniqroği, qullikning bekor qilinişi haqida qabul qilingan qarorni Yevropaga eltuvçi kema uşbu foniy dunyoda qöşib, ulab, birlaştirib bölmaydigan narsalarning mahkam ulaniş, birlaşiş va mujassam bölişi timsoliga aylanadi.

Alalxusus, Lotin Amerikasining istalgan mamlakatida yaşovçi kişining hayot sarçaşmasidan, hayotga bölgan umid-işonç manbasidan, hayotni ilk inkişof qiliş qobiliyatidan ajralib qolganligi, abadul–abad ayrilganligi, undan bir qultum suv içiş yoki bir nafasli havo olişdan mahrum etilgan ongi va tafakkuri Karpentyerning “Usulning notöğriligi” (1974) romanida faqat inqirozga yuz tutişdek emas, balki xavf-xatar tuğdiruvçi, ziyon-zahmat yetkazuvçi ong va tafakkurdek baholanadi. Agar bunday tahlikali ong va tafakkur yakka hukmron, heç kim daʼvogarlik qilolmaydigan hokimiyatga erişgan kişi tasarrufida bölsa, unda odamzodni nima kutişi faqat Xudogagina ayon.

Karpentyerning sönggi – “Soz va şarpa” (YEl arra u la sombra, 1979) romani muqaddimasida: “Arfa yangrayotganda uçta narsa mavjud: sanʼat, qöl va tor. Insonda esa – aʼzoi-badani, qalbi va şarpasi”, deyilgan.  Amerika qitʼasi oçilişi tarixini yangiça, ustiga ustak, yangi Sözni kaşf etişdek talqin qilişga bağişlangan uşbu romanda Kolumbdan oldingi hamda Kolumbga zamondoş bölgan madaniyat, xususan, adabiyotdagi Söz muallifga goh tasvir vositasi, goh işonç-eʼtiqod quroli, goh karomatli maʼno sifatida xizmat qiladi – hammasi buyuk jahongaşta Kolumb qalbida u yoki bu lahzada ğalaba qozongan obraz bilan boğliqdir. Muallif nazdida, Kolumb qalbida maftunu şaydo Don Kixot va uddaburon Odissey tinç-totuv yaşaydilar. Jahon adabiyotida kam uçraydigan hodisa – Kolumb tilidan sözlayotgan Karpentyerning ğayriadabiy uslubi, hijjalab öqişga möjallangan antiqa uslubi katolik mazhabining peşvolariga qarata aytilgan Söz bölsa ajab emas. Romanning yakunlovçi qismida taqdim etilgan talqinlarning talqini, yaʼni betinim, hamişa osmonda çaraqlab turgan Katta Ayiq Ona yulduzi ortidan ergaşgan Xristofor Kolumb va nasroniy din yölboşçisi – Vatikan papasi Piy IX ning bir obrazda mujassam etilişi öquvçini ajablantiradi. Bizningça, Söz mavzuining kötarilişi, Sözning bir neçta jihatlari teran muşohada etilişi, qolaversa, Sözning inson ongiga taʼsiri xususida fikr-mulohaza yuritişi – bular hammasi Karpentyerning badiiy ijodga bölgan jiddiy munosabatidan dalolat beradi. Nima bölganda ham, Karpentyersiz “sehrli realizm” taraqqiy etişini tasavvur qilib bölmaydi. Uning Lotin Amerikasi adabiyotiga qöşgan hissasini esa heç qanday mezon va ölçovlar bilan ölçay olmaymiz. Axir, Karpentyerning fikriça, bu ulkan qitʼani “maravilloso”, “fabuloso” deb baholaşga qodir, qitʼani sehrli diyor, möjizali makon deb bilgan odam kaşf etganligini, Lotin Amerikasi taqdiri uçun juda katta, taʼbir joiz bölsa, ölçovsiz ahamiyatga egadir. Bu odam Kolumb bölgan, uning Yangi dunyoni şoirona his etişi, Yangi dunyoga qadam bosganidanoq öz ona yurtiga kelib qolgandek hissiyot uyğonişi Lotin Amerikasida tuğilib ösgan ijodkor ahliga turli Boği Eram va Utopiya mamlakatlarini köra olişga imkon berdi.

Muhammadjon XOLBEKOV 1950-yilda tuğilgan. Samarqand Davlat universitetining roman-german filologiyasi fakultetini tugatgan. Filologiya fanlari doktori, professor. Uning “Özbek adabiyoti Fransiyada”, “Amir Temurning Yevropa qirollari bilan yozişmalari”, “Uilyam Şekspir” , “XX asr modern adabiyoti manzaralari” kabi  risolalari ilm ahliga maʼlum. Şuningdek, “Fransuz adiblarining ertaklari”, Volterning “Zadik” qissasi, Merime, Mopassan, Morua novellalari uning tarjimasida çop etilgan. Hozirda Jizzax DPI ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri.    

 

 “Yoşlik”2013/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)