Mevaning toti u yetişgan oğoçga qançalik boğliq bölsa, ijodkorning bitganlari uning şaxsiyatiga ham şunçalik aloqadordir. Sobiq şöro davridagi ijodkorlar orasida Zulfiya şeʼriyati şu jihatdan, ayniqsa, ajralib turadi. Uning nozik çizgilar, gözal taşbihlar bilan bir vaqtda “inson ruhiyatini ğajib taşlay oladigan” ayriliqdan tuğilgan tiyiqsiz iztirob, taqdirning notantiligiga pörtanavor isyon aks etgan lirikasi şoira şaxsiyati va ruhiyatidagi inja manzaralardir, deyiş mumkin.
Zulfiya ijodida hijron, sadoqat töğrisidagi şeʼrlar salmoqli örin egallaydi. Bu – tabiiy hol. Negaki, u özining ikki kişi uçun yaşalgan uzoq umri davomida ayriliqning ellik ikki yillik yölini bosib ötib, hijron kuyçisi va sadoqat timsoliga aylandi. Şoiraning nihoyasiz ayriliqning hasratlari aks etgan şeʼrlarida badbinlik, umidsizlik, noşukurlik, söngsiz qayğuga asirlik tuyğulari yöq. Uning hijronzada şeʼrlarida suyguvçi, suygani bois ayriliqdan qattiq kuyguvçi, ammo hayotdagi yoruğliklarni köra olguvçi va körganiga şukronalik qilguvçi şokira ayol sezimlari aks etgan.
Zulfiyaning maşhur “Bahor keldi seni söroqlab” asarida uning hijron mavzusidagi barça boşqa şeʼrlaridagi kabi kuçli dard, çegarasiz hijron aks etgan. Ulkan insoniy alam, ökinçning şeʼrga yöğrilgan samimiy ifodasi şeʼrxonning könglini titratadi. Çunki titragan köngilning manzarasi öqirman ruhiyati va hissiyotini ham titratişi tayin. Şeʼrda ifoda etilgan şoira, bahor, yel timsollarining bari soğinç dardiga mubtalo. Ularning uçalasi ham örik gullariga maftun bölib, bahor yellarini “baxtim bormi deya” söroqqa tutgan, şoiranida, bahornida, yelnida yaxşi körgan jingala soçli xayolçan yigit Hamid Olimjonni birday soğinişgan. Bu dard uç qayğukaşni bir-biriga yaqinlaştiradi, ularni bir-birini suyaşga, bir-birini tuyişga undaydi.
Birinçi törtlik mazmun-mohiyati bilan şeʼrga kiriş vazifasini ötaydi. Lirik qahramonning atrofidagi hamma narsa bahor qaytib kelganidan darak beradi. Tabiat marhamatli, unda fasllar aylanib kelaveradi. Köklam gözalligiga burkangan olam – tökis. Unda bultur bor bölgan narsalarning deyarli barçasi bu yil ham mavjud. Lekin lirik qahramon, bahorning özi va sarin yel uçun olam tökis emas. Ular kimnidir qömsaydi, qidiradi, topgisi keladi.
Şeʼrning ikkinçi bandida lirik qahramon izlayotgan odamining tabiati qandayligini tuydirişga diqqat qaratiladi:
Qança sevar eding, bağrim, bahorni,
Örik gullarining eding maftuni.
Har uyğongan kurtak hayot bergan kabi
Közlaringga surtib öparding uni.
Öqirman köklamni yaxşi körgan, örik gullariga maftun bölib, şaʼniga şeʼrlar bitgan, bahorda uyğongan har bir kurtak göyo unga hayot berganday közlariga surtib öpadigan odamning tabiati, hissiyot olamini sezganday böladi. Bahorning uni izlab sarsari kezişini ham bu şaxsning qandayligini körsatuvçi belgi deyiş mumkin. Şeʼrda bahorning holati: “Qişning yoqasidan tutib söradi seni, Ul ham yoş tökdi-yu çekildi nari” misralari orqali berilişi köklamga muhabbat qöyib, uni ham öziga şaydo qilgan şaxs tabiati haqida muayyan tasavvur uyğotadi. Bahorning qiş yoqasidan tutişi şoira köngil holatini ifodalaşi bilan birga yaraliş fasli köklamning yöqotiş fasli qişga munosabatini ham aks ettiradi. Olamni ramziy idrok etişga odatlangan xalqimizning badiiy tajribasi bu örinda “qiş” timsoli ölim ramzi sifatida kelayotganligini anglatadi. Qişning bahor bergan haq savolga javob topolmay köz yoşi tökişi, nari çekinişi bilan lirik qahramonning köklam yeli söroqlari qoşida lol qolişi holatidagi uyğunlik tasviri şeʼrxonni öziga rom etadi. Öqirman öz husnu körkini körsatmoqçi bölib şoir yigitni boğlardan, yaşil qirğoqlardan qidirgan şabbodaning uni topolmagaç, qahr bilan böronga aylanib jarliklarga boş olib ketişi, alamdan toğlarning toşini soylarga qulatişi tasvirini tabiiy qabul qiladi. Sezgir öqirman lirik qahramonning yanoqlari zaʼfaronligi sabablari töğrisida ham öyga toladi.
Şeʼrda lirik qahramon yotoğiga kirib, uni savolga tutgan tong yelining dardi insonning dardi kabi samimiy va çin tasvirlangan. Bu misralar bilan tanişayotgan öqirman tomoğiga yiği tiqilganday böladi. Lirik qahramon, yel va bahorning şeʼrda aks etgan qayğuzada holatlarini tuyiş şeʼrxon hissiyotini junbuşga keltiradi. Şeʼrning kuçi ham odamni ana şu holatga sola bilganida:
…Qani öşa kuyçi, xayolçan yigit?
Neçun közingda yoş, turib qolding lol?
Neçun qora libos, soçlaringda oq?
Neçun bu köklamda sen parişonhol?
Yelning soğinç va alam töla bu savollari qarşisida lol qolgan, öttizga ham kirmay soçlariga oq oralagan, qora libos kiygan parişonhol maʼşuqa ne qilarini bilmay, uning etagidan tutib, u bilan birga qabristonga – oşiq yoniga ketadi. Yelning alam zöridan aftoda kezib, oğoçlarning hali uyğonmagan kurtaklariga ğamnok sözlaşi, hali oçilmagan ğunçalar bağrini çok-çok etişi holati tasviri katta taʼsir kuçiga ega. Şeʼrda tabiat hodisalari bilan şoira dardining mohirona uyğunlaşuvi inson ham, tabiat ham taqdir irodasi oldida ojiz ekanini körsatadi. Köklam ham, yel ham maʼşuqa singari bu yöqotişga könişga majbur. Ular könmay ilojlari yöqligini bilişadi, ammo ayriliqqa könikiş ham qöllaridan kelmaydi. Tirik jonki bor hayotning azaliy qonunlari bilan hisoblaşişga majbur. Ana şu majburiyat şeʼr qahramonini yaşaşga mahkum etadi. Qolaversa, şoira suyuklisining hayotini davom ettiriş, jöşqin ovozini söndirmaslik uçun ham yaşaşi kerak. Şeʼrning sönggi bandidagi: “Hijroning qalbimda, sozing qölimda, Hayotni kuylayman, çekinar alam. Tunlar tuşimdasan, kunduz yodimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham” misralarida aks etgan nekbin samimiyat, ikki kişi uçun yaşaş masʼuliyatini zimmasiga olgan lirik qahramonning qatʼiy işonçi öqirman könglida çuqur iz qoldiradi. Sönggi bandning ifoda tarziga eʼtibor qilgan şeʼrxon şoiraning qator badiiy kaşfiyotini sezadi. Çunonçi, misralarda “h” tovuşining tört bor qaytarilgani, “t” bilan boşlanadigan ikki sözning yonma-yon keltirilgani, “qalbimda”, “qölimda”, “yodimda” sözlarining musiqiy ohangdoşligidan mohirona foydalaniş şeʼrning taʼsir darajasini oşirib, uni hijron lirikasining yuksak namunalaridan biriga aylantirgan.
Şoiraning ayriliq ifodasi bölmiş yana bir şeʼri “Körganmiding közlarimda yoş” deb ataladi. Şeʼrning birinçi bandida gul berişning ikki şakli tasvir etilgan. Oldin oşiq lirik qahramon – maʼşuqaga gul keltirgan bölsa, ölim ularning örnini almaştiradi. Lirik qahramonning: “Endi har çoğ men eltaman gul”, – degan hasrati sababi şunda.
Zulfiyaning hijron lirikasida unga hamişa tabiat hamdard. Bu holat şeʼrning ikkinçi bandida yaqqol aks etgan:
Keldim. Uzoq qoldim men sokin,
Sening aziz boşingda yolğiz.
Osmon tiniq edi va, lokin
Parça bulut yetib keldi tez.
Osmon tiniq bölişiga qaramay, yöq yerdan parça bulutning yetib kelişi, lirik qahramonning közlarida yoş körib, uning iztiroblariga bardoş qilolmay, duv-duv yoş tökişi tasvirining taʼsir darajasi, samimiyligi, haqqoniyligi, hayotiy asosi şeʼrxonni öyga toldiradi.
Şeʼrning sönggi bandidagi dastlabki ikki misra öqilganda, ikki mungluğ jonning holatidan öqirman yuragida ham ismsiz bir oğriq paydo bölib, közga yoş qalqitadi. Bu misralar öqirman könglida qani edi, şoira izlayotgan odam: “Keldingmi?”- deb yotgan joyidan boş kötara qolsa, degan istakni uyğotadi. Şeʼrxonda ana şunday tuyğuni paydo qilişning özi şoir uçun eng yuksak natijaga erişmoqdir. Asl intim lirika namunasigina şunday quvvatga ega böladi. Odam özganing emas, özining tuyğulari tasvirini bergandagina samimiy böla oladi. Zero, sinçkov adabiyotşunos Fayzulla Salay qayd etganidek, intim lirika: “…samimiy döstlik, muhabbat, vafo va sadoqatni tarannum etuvçi lirik asarlardir. Intim lirika paydo bölişi jihatdan ğoyat qadimiydir. Negaki, ilk sanʼat asarlarida kişilararo munosabatlar yetakçi örin tutganligiga şubha yöq. …Dil rozi, muhabbat izhori, hijron dardi, visol quvonçi barça xalqlar şeʼriyatining doimiy motivlaridan sanaladi”.
Zulfiyaning “Sen qaydasan, yuragim” şeʼri Hamid Olimjon vafotidan bir yil ötgaç yozilgan bölib, unda hijron ötida qovrilayotgan alamdiyda ayolning çin tuyğulari yorqin aks ettirilgan. Öquvçini şeʼrning ohangi öziga jalb etadi. Mazmuni ğamdan iborat şeʼrning ohangi ham ğamgin. Bu ohangda adoqsiz ğam oğuşidagi şoiraning şikasta ovozi, yöqsil ruhi aks etadi. Hazin ohang öqirman tuyğulari közini oçib, şeʼr ruhi tuyilişini osonlaştiradi.
Zulfiya uçun Hamid Olimjon ham sevimli yor, ham maslakdoş döst, ham ustoz edi. Endi u – yöq. Yiğlamaslik, ğamga çökmaslik imkonsiz. Iroda ojizlik qilmoqda. Atrofda odam köp-u, lirik qahramon “yakka-yolğiz”. Çunki uning suygani olamda birgina edi, xolos. Uning örnini bosib, qahramonni yolğizlikdan xalos eta oladigan odam yöq. Uning xayoli özi bilmagani holda yöqotganini izlaş bilan ovora. Yorini yöqotganidan dunyoning rangsizlanib qolganini şoira: “Birdan qalbim keksarib”, – deya ifodalaydi. Bor-yöği öttiz yoşdagi şoiraning dardu hasrati şeʼrda bandma-band oşib boraveradi: “Qayga ketding, yuragim, Bitdi bardoş va toqat. Suhbatingdir tilagim, Tilda hasratim qat-qat”. Ayriliq zöridan tili va dilida hasratlar qat-qat bölgan muştipar ayolning ruhiyati uşbu misralarda yaqqol aks etgan.
Zulfiya yoridan ayrilgan kezlarda odam öz ğamini aytiş imkonidan ham mahrum ekani fojia kölamini yana kuçaytiradi. Negaki, hukmron mafkura sovet tuzumida yaşayotgan odamlarning hammasidan yoppasiga baxtiyorlikni talab qilardi. Qayğu haqida gapirayotgan odam mavjud tuzumning duşmani sanalardi. Zulfiyaga, yuragi alamlardan pora bölgan yorga, hijrondan örtanayotgan beva ayolga, norasida farzandlarining söroqlariga javob topib bera olmayotgan bağri qon onaga, baxtsizlikdan örtanayotgan şoiraga ğam töğrisida, hijron töğrisida keragidan ortiq yozmoqda degan ayb qöyiladi! Bu daʼvoni begonalar emas, uni yaxşi biladiganlar, yonida yurganlar qilişadi. Uşbu holat şeʼrda, garçi, “Yiğlaysan deb döstlarim taʼna qilar. Netay men?” tarzida muloyim bir hazinlik bilan ifodalangan esa-da, bu misralar zamirida adoqsiz va unutilmas alam silqib yotibdi.
Ahdida ustuvor va tuyğulariga xiyonat qilmagan şoiraning keçinmalari sovimaydi. Alami, hijroni har zumda yangilanib, tobora kuçayib boraveradi. Rözğori, farzandlari, kitoblari, döstlari yöqotgan kişisini qayta-qayta esga solavergani bois quyidagi ötli satrlar qoğozga inadi: “Sovuş bermaydi menga, Yoqib ketganing olov”. Muhabbatning olovi – mangu yongulik qudratga ega. Aql yorning qaytib kelmasligiga iqror bölsa ham, ruh bunga könikmaydi, u berahmlik bilan qaytmas bölib ketgan yorga talpinaveradi. Sadoqatli şaxsning azoblari tinimsiz davom etaveradi. Uşbu dramatik holat şoiraning şaxsigagina tegişli bölsa-da, u keçirgan tuyğular çin bölgani bois boşqalarga ham begona emas.
Şoiraning “Ne baloga etding mubtalo” şeʼrida Hamid Olimjon nomi töğridan-töğri tilga olinmaydi. Ammo şoiraning hayot yöli bilan birmunça taniş bölgan har bir öqirman şeʼrning u haqda ekanligini tuyişi tayin. Şeʼrdagi alamli murojaat, javobsiz savollar kimga atalganini aniqlaşga uriniş şunga olib keladi. Şeʼr 1945-yilda yozilgan. Fojia röy berganiga yil ötgan, lekin uning alamlari eskirgan emas. “Ötdi oylar ğam bilan oqib, Dil topmadi zarra tasallo” misralarida şoiraning insoniy dardi kölami tasvir etiladi. Oylarning ğam bilan oqişi tasviri tuyğuning miqyosi va şiddatini öqirman tasavvurida gavdalantirişga xizmat qiladi. Ayriliq tufayli paydo bölgan ğam daryoday oqmoqda. Hijron oylari ana şu ğam özanida oqib bormoqda. Vaqt tinimsiz ötib borayotir. U har qanday dardni unuttirişi kerak. Lekin vaqtning ötişidan şoira dili zarra qadar tasalli topa olmayapti. Haqiqiy va ulkan yöqotiş oldida vaqt ham ojiz.
Ikkinçi banddagi “Köz oçgani qöymaydi alam, Boşim qöysam kuydirar boliş” misralarida teran poetik maʼno öta taʼsirli şaklda ifoda etilgan. Alamning zöridan közini oçolmaydigan holga tuşgan, yuragidagi ğam ötining kuçi beva ayolning aslida muzday böladigan bolişini kuydirar darajaga yetgani ifodasi şoira tuyğularini öqirmanga ham töla yuqtiradi. Köngilda yonayotgan ayriliq alangasi sabab yostiq boşni kuydirişi ifodasining şu qadar şoirona berilişi öqirmanni befarq qoldirmaydi. Şeʼrda iztirobli tuyğular ğoyat izçil tasvirlangan: vujud va yurak qiynoği ifodasidan keyin bu qiynoqlarni bosiş uçun kitob va qalamga qöl urilgani, ammo na kitob, na qalam qahramonni yupata olgani aks etadi. “Misralarim kötarar noliş” satrida esa kuçli mantiq juda çiroyli ifodasini topadi: ayriliq iskanjasidagi odam ğamni unutmoq uçun qöliga qalam olsa-da, qalam öz-özidan yana nolani, yana dardni, yana hijronni ifodalayveradi! Çunki çinakam şeʼr köngil holatining manzarasidir. Köngilda esa ayriliq dardi hukmron. Şoira öz hissiyoti xurujining quyuq manzarasini bergaç, söraydi: “Nahot şunça maʼsum, şunça pok Sevişmoqda alam bor şunça”. Sirtdan qaraganda, bu sözlar oşiqqa qaratilganday körinsa-da, aslida taqdir, qismat söroqqa tutilmoqda. “Şunça” sözining takror işlatilişi ğamining naqadar kattaligini özi ham tuzukroq tasavvur qilolmayotgan kişi holatini aks ettirgan. Huşyor şeʼrxon yuqoridagi misralarda Hamid Olimjonning maşhur “Ofeliyaning ölimi” şeʼridagi “Hali sevişmoqda şumidir maʼno? Faqat azob bordir qismatda, nahot?” satrlarining nuqsi borligi va bu tabiiy ekanini anglaydi.
Şeʼrning sönggi bandi öqirmanni öylaşga undaşi, tuyğular rang-barangligini sezişga yönaltirişi bilan ajralib turadi:
Erib ketmagandim sevgingdan,
Bölmaslikçun baxtingdan judo,
Birga qoliş uçun sen bilan
Kuyamanu bölmayman ado.
Şoira vujudidagi tuyğular mavji uni baxtiyor damlar qatlanib yotgan xotiralar qirğoğiga keltirib taşlaydi. U armon bilan eslaydi: tirikligingda sendan ayrilmaslik, baxtdan judo bölmaslik uçun olovli muhabbating taftida erib ketmagandim. Endi qabring poyida sen bilan birga qoliş uçun şamday kuyamanu, ammo ado bölmayman! Demak, avval, eriş mumkinligida ayrilmaslik uçun atay erimagandim, endi senga qöşiliş uçun atay kuyib ketmoqçimanu eriy olmayotirman! Bir yuksak tuyğuning ikki qarama-qarşi maʼnolar taşiydigan baytlarda ifodalanişidagi ifoda gözalligi şeʼrning badiiy qimmatini oşiradi.
Zulfiyaning “Sensiz” şeʼri 1970-yilda yozilgan. Mazkur şeʼrni şoira hayotidagi fojianing bevosita aks-sadosi deyiş qiyin, çunki oradan çorak asrdan köproq vaqt ötgan, oddiy tasavvurlarga köra, har qanday ğam-alam unutilişi uçun yetarli fursat keçgan. Şeʼrning ohista boşlangan dastlabki misralari ham şuni tasdiqlaganday böladi: “Mana bir umrni yaşadim sensiz, Qaytmas şodliklarning qaytişin kutib”. Öquvçi ilk misralarning maʼnosini çaqib, ular zamiridagi gözallikni köra olsa, quyidagilarni kaşf etgan bölardi: şodliklar oşiq bilan qabrga kirgan, şu bois qaytmas, lirik qahramon buni juda çuqur his etadi. Ammo u umidvor inson, baribir qandaydir möjiza yuz berib yorining qaytişini kutaveradi. Şu taxlit aldamçi umid bilan butun bir umr yaşab qöyilibdi! Şuning özi – bir insonga yetgulik fojia. Ammo şeʼrdagi fojiaviy ohang misrama-misra yanada yuksalib boraveradi. Çunki lirik qahramonning yarador qalbini baxt ham, bahor ham, qiş ham qiynaydi. Negaki, birovning baxti özining baxtsizligini esiga soladi, yorning sevgan fasli bahor qaytib kelaveradi, bahorni sevuvçi insonning özi esa yöq. Qiş – oğir keçadigan fasl, şu bois bari- bir bahorni – yöqotilgan sevgini esga tuşiraveradi. Qayğuga ham befarq bölolmaydi, zotan, har qanday insonning har qanday qayğusi qahramon qayğusiga öxşaş, hamohang!
U seviklisini unuta olmaydi, esdan çiqarişga urinsa ham, buning uddasidan çiqolmaydi. Va ayriliqdan hadsiz qiynalib ketganlarida xayolan yoridan söraydi: “Tirik ekan nega taşlab ketmading?” Bu misra – suygan odamning ilojsizlikdan, muhabbat va ayriliq qarşisidagi ojizlikdan bildirgan noroziligining avj ifodasi. Şundan keyingi misralarda yorning tirikligida şoirani taşlab ketişiga sabab bölişi mumkin bölgan xayoliy gözalning sifatlari keltiriladi. Şoiraning tasviriça, suyganidan tiriklikda ayrilganda, keyingi hijron bu qadar oğir keçmagan bölardi!
Lirik qahramonning tuyğulari – pokiza. U biladi hijron azobli, tirik turib ayriliş har nedan qiyin, lekin sevgan kişisining hayoti uçun har qanday azobga-da tayyor: “Bilardim, qaydadir olasan nafas”. Şoira tuyğular tasviri maromini buzmaydi. Lirik qahramon sevgisi rad etilgan har qanday ayol singari: “Bilaman, raşk meni etardi halok, Afzal körganingni qarğab ötardim”, – degan sözlari bilan özining bir ayol sifatidagi asl tuyğularini oçiq aytadi. Jonidan ortiq yaxşi körgan kişisining qandaydir boşqa birov bilan qaydadir nafas olişini his qiliş qahramon uçun oson emas. Garçand, u bugunga kelib, qaytarilmas yöqotişlar qarşisida şunga ham rozi esada. Şu bois u nega tirikligingda taşlab keta qolmading, ayriliqni keçiriş osonroq bölarmidi deb iddao qiladi.
Zulfiya şeʼrlarining aksariyatida kuçli obraz, porloq fikr köpinça sönggi bandda beriladi. Lirik qahramon öz qismatining taxirligidan nolib kelar ekan, tuyğular junbuşi borgan sari yuksalib boraveradi. Sönggi bandda, nihoyat, şoira tan oladi: “Maʼyus taqdiringga yaşab men şerik, Muşkul bölayotir şodlik yaratmoq”. U yorining qismatisiz, uning maʼyus taqdiriga şerik bölmasdan yaşay olmaydi. Noravo hayot esa undan “şodlik yaratişni” talab etadi. Şu bois lirik qahramon suyganidan norozi böladi, şu sabab alam bilan unga murojaat etadi: “Nega tirik ekan taşlab ketmading, Taşlab ketmading-sa boşlab ketmading?!” Lirik qahramon holatining, tuyğulari kölamining yorqin ifodasi şeʼrning sönggi ikki misrasiga gözal joylangan. Şeʼrning eng sönggi qatorida “ekansan” sözining “sa” tarzida öta qisqartirib berilişi ham, -sa şakli tufayli jumla qurilişidagi özgarişlar ham qahramon ruhiy holatini quyuqroq ifodalaşga, tasvirning taʼsirçanligini oşirişga xizmat qilgan.
Zulfiya faqat öz şaxsiy hayoti qobiğida qolişi mumkin bölmagan miqyosdagi ijodkor edi. Şoira ayriliqdan özga hayotiy yönalişlarda ham köplab sevgi şeʼrlari, dostonlar, poetik manzaralar yaratgan ijodkordir. Jumladan, şoiraning “Oydinda” şeʼrida köklamning yomğirdan keyingi tunlaridan birida yulduzlar çaraqlagan osmon, olamni oqlikka öragan oy, xayol kabi tözğin bulutlar gözalligini körib hayajonga tuşgan şaxsning keçinmalari, hayratlari qaytarilmas yösinda aks ettirilgan. Bu asar şoira şeʼriyati yönalişining sertarmoqligini körsatib, hassos qalbli ijodkorning ayriliq şeʼrlaridan keskin farq qiladigan badiiy yuksak yaratiqlari ham borligini bildirişi bilan ahamiyatli. Şeʼrda oyning “jilib-jilmas”ligi, “anhorda qulun toy”ligi-yu, “gilosda şiğil-şiğil” aks etganligi, “bulutning xayolday yengil”ligi tasviri öqirman kayfiyatinida lirik qahramonnikiga şerik qiladi.
Anhor tinimsiz tölqinlanib oqadi, şu bois unda aks etayotgan oy qulunday yugurik. Yomğir yuvib ketgan gilos mevalarining har birida bittadan oy jilva qiladi, şu bois gilosda “oy şiğil-şiğil”. Hovuz oqmaydi, şu bois oy unga yaxlit oynaday bölib yoyilgan, oyni yaxşiroq körmoq ilinjida egilgan şoira yana bir Oyga – öziga röbarö keladi. U gözal malika yangliğ ming-ming yulduzni sidirğasiga çayqab, yerga sudrab ketmoqda. Çunki tiniq osmonning hovuzdagi aksi kökdagidan-da tiniq körinadi. Ortidan minglab yulduzlarni ergaştirib ketayotgan oyday malak öquvçi köz oldiga keladi. “Sel unutgan kölmaklar Misli oyning singani” misralaridagi çiroyli öxşatişdan taşqari “sel unutgan kölmak” obrazli ifodasi haqida öyga toliş, uning tagiga yetişga uriniş şeʼrxonni yuksaltiradi. Samimiy tuyğular ifodasi bölmiş şeʼrdan hayratga tuşa oladigan, çinakam şeʼriy satrlar bağridagi sehrni his qilişga qodir öquvçi maʼnaviy olamida ezgu sifatlar şakllanişi şubhasizdir.
Şoiraning “Tun” şeʼrida köngil holati tabiat manzarasiga mahorat bilan uyğunlaştirilgan. Bu asarning dastlabki ikki misrasiyoq kişi diqqatini tortadi: “Toğ ortiga ötib ketdi kun, Sekin çökdi toza, salqin tun”. Bir qaraganda kunning toğ ortiga ötib ketişi va tunning kirib kelişi tabiatning jön bir holati. Lekin bu holatning şoirona tasviri, bu tunda şoiraning bedorligi, qop-qoronğiligining özi bilan köngillarda hadik uyğotuvçi tunning toza deb ifodalanişi, uning kirişi “çökdi” tarzida taʼriflanişi kişini yon-veridagi narsa-hodisalarga boşqaçaroq, şoirona köz bilan qaraşga undaydi. Şeʼrga kiriş vazifasini ötagan bu ikki misra tinglovçini ruhan tun quçoğiga yetaklaganday böladi. Ular zamiridagi sokin va betakror ohang öquvçini şu holatga olib kiradi.
Şeʼrning keyingi bandi ohangi esa tamomila özgaçalik kasb etadi: “Men deraza oçganim çorboğ, Sokin uxlar tun körpasida. Mayin qöşiq yoyilar har yon, Esib ötgan yel şarpasida”. Kiriş misralardagi tunga munosib sokinlik örniga ilk bandda quvnoq hayotbaxş ohang, tabiatning çeksiz gözalligini köra oladigan, undan zavqlana biladigan, toshib çiqayotgan tuyğularini ifodalaşni uddalaydigan lirik qahramon tiynati aks etadi.
Misralarda “tun körpasiga burkangan çorboq”qa deraza oçgan şoira tuyğulari, yel şarpasidan taralayotgan mayin qöşiqni ilğagandagi köngil holati öqirman tasavvurida gavdalanadi. Ikkinçi bandda şeʼrxon diqqati tunni allalab oqayotgan suvga tortiladi. Öqirman suvning tunni allalaşi tasviriga ilk bor duç kelgani uçun bu çiroyli taşbih uni öziga rom qiladi. Banddagi qolgan uç misra şoiraning bedorligi holatini ifodalaydi. Uning hamrohlari: “parça qoğoz”, “kiçik bir qalam”, boşi uzra porlab turgan çiroq va suv allalayotgan sokin tun. Mahorat bilan qilingan tasvir öquvçi köz oldiga bedor lirik qahramon “berilib quloq sol”ayotgan tunning kuyi, quyilib kelayotgan xayollarning rang-barangligi va köngildan keçayotgan tuyğular ifodasiga söz topolmay şoşib qolgan qahramon holatini keltiradi. Sokin tunda könglida sodir bölayotgan keçmişlarga rang axtarib, topa olmay qiynalayotgan insonning holatini hissiyot qözğaydigan tasvirga aylantiriş çin isteʼdod egasininggina qölidan keladi.
“Tun”ning törtinçi bandida parvona timsoli tasvirga tortiladi: “Sof yel esar… Parvona uçar, Çiroq atrofida örgilib, Özin urib part böladi-yu, Stolimga tuşadi kelib”. Şoira çiroği atrofida “örgilib”, özini olovga urib “part bölgan” parvona mumtoz adabiyotda köpinça işq ötida özini qurbon qilgan oşiq timsolida namoyon böladi. Mazkur şeʼr öquvçilarni parvona kimning timsoli ekani töğrisida öylaşga majbur qiladi. Keyingi bandda tun taʼsirida şoira könglidan keçgan ismsiz tuyğularning şeʼr şaklida bir parça qoğozga tökilişi jöngina “men yozaman” şaklida ifodalangan.
Şoiraning yuragi dunyodagi ezguligu yovuzlik, gözalligu xunuklikka oçiq ekani bois hayotdagi hamma narsa unga taʼsir qilib, muvozanatdan çiqaradi. Hayot hodisalari tufayli könglida sodir bölayotgan bezovtalik, dard unga tinçlik bermaydi. U yozmasa, tuzalmaydi, yengillaşolmaydi. Unga tunlari uyqu bermay bedor qilgan ham şu – dard. Samimiy köngilda paydo bölgan va söz bilan moddiylaşgan dard qaysidir darajada, boşqalarga ham xosligi, ularning köngil torlarini çerta bilgani uçun ham şoiraning şeʼrlari özgalarga taʼsir qiladi, huzur bağişlaydi. Özgalargada “yuqadi”gan dard tufayli lirik qahramon tunni bedor ötkazib, tongni kutib oladi. Tun gözalligidan şunça taʼsirlangan şoira yoruğ tongning tasviriga kirişib ötirmaydi. Çunki uning tasviriga qalam ojiz…
Şeʼrning: “Közlarimda erib ketdi tun, Yoyilmoqda, yorqin juvon kun” tarzidagi sönggi ikki misrasi salmoqli badiiy va majoziy maʼno taşiydi. Közining oldida erib ketgan tun gözalligi könglida ğalayon qözğagan lirik qahramon yoyilayotgan “yorqin juvon kun”ni katta umidlar bilan qarşilaydi.
Yorqin isteʼdod, betakror şaxsiyat, kamyob taqdir egasi bölgan şoira Zulfiyaning taʼsirçan şeʼriyati uzoq yillar millat ahliga samimiyat saboqlarini berişda davom etaveradi.
Qozoqboy YÖLDOŞ
Atoqli adabiyotşunos olim, munaqqid. Pedagogika fanlari doktori, professor. “Yoniq söz”, “Yöl odami”, “Zominning til qomusi” kabi kitoblar muallifi.
“Yoşlik” jurnali 2015-yil, 2-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


