5 daqiqada öqiladi

350 marta körilgan

Iştiyoq

yoxud

“Dunyoni balanddan kºrgim keldi”

Axtamquli adabiy jarayonga nisbatan keç aralaşdi. Bu şoir manglayiga yozilgan taqdir bitigi şunday ekan. Baʼzi ijodkorlar adabiyot maydoniga maktab sinfxonlaridan, ayrimlari oliy öquv yurtlari auditoriyalaridan kirib boradilar. Axtamqulining bu ijod olami bilan bevosita oşnoligi, adabiyotning ulkan qozonida qaynaşlari boşqalardan farq qiladi. Keng paxta maydonlarida, baland toğlar bağrida özi öziga şeʼrlar  öqib yurgan şoir “ğözalardan izn sörab” Toşkentga kelganida hayotning baland-pastini körgan  tajribali bir inson edi.  Qaraşlari teran, öz haq-huquqini tanigan,  telbagezar şamollar izmiga sözini beravermaydigan, adabiyot haqida muayyan  fikrga ega va öz qaraşlarini qatʼiylaştirib olişga zarurat sezgan “yoş ijodkor” edi.

Men Oliy Adabiyot kursiga qabul jarayonini, yoşi qirqdan oşgan bu “yoş şoir”ning yuragini hovuçlab, umid bilan imtihon natijalariga köz tikib ötirişlarini, hayʼat qarori öqilişi arafasida uyuşma raisi Abdulla Oripovning soçlarga yakkam-dukkam oq oralab qolgan Axtamquliga işora qilib “Oqsoqolning yoşlari töğri keladimi?” deb söraganlari va men şubhaga örin qoldirmasdan dadillik bilan tasdiq javobini berganimni – barça-barçasini juda yaxşi eslayman.

Naql:“Sumsiraygan oç ölmas, suyanişgan yiqilmas”. Ikki yillik tahsil öz hosilini berdi. Axtamquli universitetdan maslakdoş va suyanç topdi; buloqning aynan özidan taşnaligini qondirdi. Ijodi qizğin bir pallaga kirdi. Quloçi qamrovini, dardining qadr-qiymatini çamalab kördi; sözining boşqalarga zaruratini his etdi. Aytar sözi ustida uzoq öyladi; öçirdi-yozdi  –  yozdi-öçirdi. Öziga ustoz maqomidagi şoirlarga havaslanib qaradi; tengqurlarini muşoiraga, bahsga çorladi; uka-singillariga maslahatlar beradigan böldi. Baʼzan jon joyidan qaynab çiqqan bitta sözi uçun talaşib tortişdi – fikr va söz himoyasidan taʼlim oldi. Axtamqulining jöyali maslahat, örinli tanqid bölsa, örlik qilmasdan, “aybğinasi”ni darrov tuzatişga uringan hollari köp böldi. Bularga ham men guvohman.

Bilib takror aytaman – Axtamquli adabiy jarayonga nisbatan keç aralaşdi. Ammo şoirlik talanti, sözlarining tarovati, göyo toğ daralari oralab kelayotgan gumbirlagan ovozi, eng muhimi – tinimsiz izlanişlari bilan adabiy jamoatçilik orasida tezda şuhrat qozondi. Şeʼrlari qöşiq bölib kuyga solindi. Toşkentga bekorga kelmaganiga amin bödi. Şukur qildi.

Bugungi adabiy hayotda Axtamqulining öz örni, öz ovozi, öziga xos şeʼriy uslubi bor. Aruzning nodir vazniga mos gözal ğazallari bilan bu mumtoz janrga jonli hayot bağişladi. “Qirq ğazal”i Yoqubjon Isʼhoqovdek söz zargarlari eʼtirofiga sazovor ham böldi. “Bodomginam”, “Qoraçiqda asraganimsan”, “Bahorimdan keçikkan gul” kabi  şeʼriy töplamlari adabiy jamoatçilikda yaxşi taassurot qoldirdi.

Rivoyat: Qadimda bir podşoh  qöşnisining yeriga köz olaytiribdi. Ahvolini bilib keliş uçun  öşa yurtga josus yuboribdi. Ayğoqçi duşman qöşini kamligidan xabar beribdi. Bundan jöşgan podşoh yurişga tayyorgarlikni boşlamoqçi bölibdi. Şunda ayğoqçi “u yurtning otaşnafas, tili  tiğidan ötkir şoirlari köp ekan”, debdi. Ularning el suygan “Xalqi  şeʼrlarini yoddan biladigan, oğzi bilan quş ovlaydigan şoiri yetti nafar” ekanini aytibdi. Bu xabarni eşitgan şoh uruşiş fikridan qaytibdi. Va bu qarorining sababini şunday izohlabdi: “Xalq suygan yetti nafar şoir – oşib ötib bölmaydigan yetti toğ, suzib ötib bölmaydigan yetti dengiz! Yetti dengizdan keçib, yetti toğdan oşib ötib bölarmidi? Yetti şoir yetti tomondan naʼra tortib, otga minganda xalq dengizday tölqinlanib, alp toqqa aylanmaydimi? Dengizni  – dovul, xalqni – şoir kötaradi. Mening yetti yuz ming askarim bölgani bilan, xalqning ruhini kötaradigan, diliga quvvat böladigan bitta ham şoirim yöq. Davlatimiz qudratli. Elimizda hamma narsa bisyor. Lekin, eng keraklisi – suyansa böladigan şoiri yöq. Qirq vazirim bilan ming ahbobimni oğzi duoli bir şoirga almaşmas edim. Afsuski, bu mening armonim!”

Qaysidir manbadan öqiganim bu rivoyatni negadir Axtamquli munosabati bilan bir-ikki marta esladim. Nazarimda, Axtamquli “oğzi duoli”, “xalqning ruhini kötaradigan, diliga quvvat böladigan” şoirlar sirasiga kiradi.

Şunday bir şoirga “Axtamquli döstim, hormang. Ijodga baraka”, degan bir oğiz tasalli aytişni özimning kiçkina burçim  deb bildim. Axtamqulining esda qoladigan şeʼrlari, original öxşatişlari, devonavor iboralari köp.

Kötar boşingni majnuntol, neçun qaddingni qilding dol,

Meni devona  qilgan xol qarosi  dilni örtaydur…

 

Yetar Axtamquli, bas qil, borib bulbul bilan dars qil,

Saboq ol, yorga söng arz qil, ibosi dilni örtaydur.

Axtamqulining tabiati tabiatga yaqin. Axtamquliyona quyma misralaridan “daryo kabi ayqirgan” odamning sasi eşitiladi:

Izimdan ot solar daryo, yiqilsam dod solar daryo,

Nuqul faryod solar daryo, yuvolmasdan ğuborimni.

 

Közimni töldirib ranglar, oqar qonimda  ohanglar,

Tanam tanburdayin yangrar, ado aylaydi borimni.

 

Baland toğ, keçikkan gul, mudarris bulbul, ayqirgan daryo kabi qator obraz va sifatlaşlarda şoirninig badiiy tafakkur tarzi namoyon böladi.

Bugun Axtamquli juda faol. Adabiy uçraşuv, muşoira, şeʼrxonlik kabi  anjumanlarga köp boradi; davraning boş qahramoniga aylanadi. Axtamquli avjiga çiqqanda gumbirlagan qarsaklar yangraydi. Axtamquli telbalanib şeʼr öqiganida, özidan ketadi; davra ahlining vujudi quloqqa aylanadi. Şoirning ruhiy hayajonlari tinglovçilarga köçadi. Qayta va qayta şeʼrga xaridorlardan takliflar yoğiladi. Ovoz toğlardan toşlarga urilib kelayotgan mavjli daryo hayqiriğini esga soladi. Toğ odami baland-baland gapiradi, baland-baland şeʼr öqiydi. Toğ odami balandlikni suyadi.

Darvoqe, uşbu maqolani qoralaşga, Axtamquliga bir oğiz ezgu söz aytişga undagan omil ham aslida uning “Toğlar ham qariydi” deb nomlangan kitobidir. Unda Axtamqulining şoirona nasri; voqea-hodisalarni lirik manzaralar bilan uyğunlikda tsvirlaganidir.

“Özbekiston” naşriyotida bosilgan bu kitobçadan Axtamqulining oltita hikoyasi joy olibdi. Mavzusi – toğ va toğ odamlarining turmuş tarzi. Voqea-hodisalar, kattalarning dardu dunyosi  bola nigohi bilan kuzatiladi. Hikoyalardagi bola közidek beğubor toğlar va inson manzaralari tasavvurga muhrlanadi. Toğbegining mardligi, ayançli taqdiri, bu “qötir dunyo”da “yaxşilikning ham goho yaroqsiz” bölişi  odamni öyga toldiradi. Toğlik Momoqiz – momo va qiz tasviri, uruş körgan Toşboyevning bir keçada rasmiy hujjatlaridan ajralib, bir umr iztirobda ötişi, Omonatbon devonaning halolligi, ovçining ölja xumori – bularning barida hayotning butun fayzu tarovati, inson ruhiyatining turli ziddiyatli qirralari yaqqol körinadi. Axtamquli  hikoyalarida xalq tilidagi iboralarni, frazeologik birliklar va özbek adabiy tilini boyitadigan nodir sözlarni örinli qöllaydi (“hadahalab yuriş”, “eçki ajriq uruği ekan”, “piyoda gurung”, “doyovroq”, “qöyğor” va boşqalar).

Axtamquli bir hikoyasiga Özbek boboning: “Balandda yurgan odam köp narsani köradi…”, degan gapi epigraf qilib olgan. Yana hikoyalardagi bir qahramon: “Toğlarga çiqdim. Dunyoni balanddan körgim keldi”, degan fikrni aytadi. Har jihatdan yuksaliş, ayniqsa, maʼnan baland böliş va şu estetik tamo-yilga iştiyoq – ijod ahli uçun nihoyatda muhim fazilat. 

Kelajakda Axtamquli katta adib sifatida ham gözal nasriy asarlar yozişiga işongimiz keladi. Zotan, hikoyalar şunday işonçli fikrga qaysidir maʼnoda asos ham beradi.

Bahodir KARIM,

filologiya fanlari doktori, professor

“Yoşlik”2012/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)