5 daqiqada öqiladi

267 marta körilgan

Adibning tafakkur olami

Şukur Xolmirzayev

Serqirra ijodiy faoliyat egasi, millatimizning fidoyi yozuvçisi, haqiqatgöy adib Şukur Xolmirzayev roman, qissa, hikoya, drama singari janrlarda köplab badiiy asarlardan taşqari ijod psixologiyasi, ijodkor şaxsiyati, adabiyot va jamiyat munosabati kabi masalalarga bağişlab önlab adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan edi. Aslida, ijod psixologiyasi, ijodkor şaxsiyati hamda ular örtasidagi közga körinmas, ğoyatda nozik robita barça zamonlarda bahsu munozaralarga sabab bölib keladi. Qiziği, bu borada sönggi xulosani aytiş imkonsizdir. Ayni çoğda, Adabiyot haqida har kimning öz nuqtayi nazari bölişi ham tabiiy. Şu maʼnoda bilimdon adib, çin ziyoli Şukur Xolmirzayevning adabiyot, ijod va hayot haqidagi fikrlari heç kimni befarq qoldirmaydi. Qolaversa, Şukur aka uçun adabiyot hayot keçiriş vositasi emas, balki yaşaşning şakli ediki, Söz sanʼatiga söngsiz fidoyilik nafaqat özbek, balki dunyo adabiy jarayonida ham kamyob hodisa sanaladi.

Sanʼatsiz, adabiyotsiz yaşaşni tasavvur etolmaydigan qahramonlar talqini Şukur Xolmirzayevning sönggi davrda yozgan asarlarida bot-bot közga taşlanadi, binobarin, uşbu omil ham yoşi ulğayib, hayotdagi aqidalari qatʼiylaşgan, xulosalari aniqlaşgan muallifning maslagi haqidagi tasavvurimizni yanada boyitadi. Ijodkorlikning qismat, umr savdosi ekanini anglatuvçi taʼkid adibning adabiy-tanqidiy maqolalarini umumlaştirib turuvçi yagona muştarak belgidir. Bu quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan, turli maqolalar, suhbatlardan olingan, adibning adabiy qaraşlarini muxtasar ifodalaydigan fikrlarda ham yaqqol namoyon böladi.

* * *

…har bir asar ayriça bir dunyo bölganidek, unga kiriş yöllari ham öziga xos böladi.

* * *

…adabiy jarayonni izçil kuzatib boriş, lozim bölganda, uning oldiga boriş – juda uluğ fazilat. Eng zukko tanqidçilarga xos fazilatdir.

* * *

…hissiyot şunday olam ekanki, baʼzan uning taşqi belgilarini köriş ham, eşitiş ham, seziş ham mumkin bölmagani holda, ularning jonli harakatda yarqillab aks etganinigina körib qoliş mumkin.

* * *

…şaxsan men kitobxonni bir yoqqa torta bilgan, uning didiga möljallab – unga asarini nima qilib bölsa ham yoqtiriş maqsadida emas, öşa didni bir bahya bölsa-da kötariş niyatida ter tökkan yozuvçilarni sevaman.

* * *

…Qodiriydagi dialoglarni şundoq sahnaga olib çiqib qöyiş mumkin. Aktyorlar lazzatlanib ijro etişadi. Şundandirki, “Ötgan kunlar” ekranga köçirilganda, ssenarist yozuvçilar sanʼatkorning dialoglarini deyarli özgartirmaganlar. Kino sanʼati bilan proza sanʼatining öziga xos xususiyatlaridan xabardor kişilar bu neçoğlik tansiq hol ekaniga imon keltirişar!

* * *

…asarlarim baʼzilarga manzur bölmagan esa-da, vaqtimning köpi ana öşa asarlarni qanday yoziş kerakligi ustida keçdi.

* * *

…baʼzida yaxşi odam bilan yomon odamni farqlaş qiyin. Çunki ikkisi ham bir xilda gapiradi, göyo bir xil fikrlarni aytadi, boringki, bir xil işni bajaradi. Ularni öz joyiga qöyib tasvirlaş uçun yozuvçidan öta sezgirlik talab etilib qolmay, uning ezgulik va yaxşilik haqidagi eʼtiqodining avvalgisidan ham mustahkam bölişi talab etilsa kerak.

* * *

…bugungi kun yozuvçisi, şubhasiz, faqat öz adabiyoti tajribalariga suyanib qalam tebratişi mumkin emas.

* * *

…muhabbatning ijodga taʼsiri haqida gap ketadigan bölsa, fikrim şu: ijodning tagida aslida muhabbat yotadi.

* * *

…zamon aylanib, rost gapni – borini aytiş imkoniyati oçildi.

Bu – yozuvçi uçun baxt!

Axir yozuvçiga nima kerak? Ana şu erkinlik-da! Yozuvçining vazifasi nima? Haqiqatni aytiş-da!

Şuning uçun bölsa kerak, dunyo adiblari örtasida tarqalgan qadim bir gap bor: yozuvçining Xudosi – haqiqat emiş.

Endi şunday muhitda yeng şimarib, işga kirişmaslik – gunohi azim.

* * *

…muammolarning muammosi – odam. Odamni çinakamiga aks ettirar ekansiz, uning qilmiş-qidirmişlaridan muammolar kelib çiqaveradi. Öşa muammolarni hal etiş esa… sening işing emas: uni hayot hal etadi va pirovardi, öşa «hal etiliş» jarayoni yana adabiyotda aks etişi mumkin.

* * *

…uslubda hamma narsa mujassam: dunyoqaraşdan tortib, nuqta qöyişgaça…

* * *

…men uçun asl muddao – izhori dil. Ammo buning tagida menga boğliq bölmagan… taşviqot yotadi. Ha-a, adib oxir-oqibat nimanidir taşviq qiladi.

* * *

…Abdulla Qahhor hikoyalari hozirgi kun adiblari, xususan, hikoyanavislari uçun tom maʼnoda bir maktab, milliy maktabdir.

* * *

…Abdulla Qahhorni yöq deb, yaʼni hayotga kelmagan, hikoyalar ham bitmagan, qissalari, «Sarob» ham – bizning xayol, deb közimni yumdim. Dunyo qoronği bölib qoldi. Özim ham… yöq böldim. Közimni oçsam, u – qarşimda. Demak, özim ham borman.

* * *

…hikoyada yeçim yozuvçining dunyoni zuhur etişi, inson ruhining içki va sirtqi qonuniyatlarini neçoğlik bilişi, qolaversa – mahorat-professionallik, ijod texnikasini qançalik egallagani bilan boğliq masaladir.

* * *

…ançayin materialdan ham usta adib yaxşi hikoya yaratişi mumkin.

* * *

…asar, har qalay, özi uçun özi javob berişi kerak: sanʼat haqiqati hayot haqiqatidan sal-pal baland turmasa, u sanʼat bölib nima böldi?

* * *

…haqiqiy adib mukofot uçun yozmaydi va yozmasligi kerak.

* * *

…bulbul nega sayraydi? «Biz uçun!» deb örgatişgan bizga. Holbuki, u özi uçun – yaʼni, sayraşi kerakligi uçun sayraydi: illo, sayramasa – öladi.

Yozuvçilik ham – şu!

* * *

…şaxs inson sifatida kamol topişni istar ekan, va ayni çoğda öziga xos jihatlarniyam qöldan çiqazmas ekan, demak… u şaxsning navbatdagi asarlari ham uning özi bilan birga şakllanib boraveradi. Va oqibat şaxs qanday Inson bölsa, uning asarlariyam şunday Sanʼat böladi.

* * *

…yozuvçi qandaydir bir mavzuni olib, qandaydir qahramonlar yönalgan maqsad sari qalam tebratadi. U nega bu işni qilyapti? U kitobxonga nimadir demoqçi, unga özi uçun aziz-muqaddas bölgan bir nimalarni aytmoqçi, pirovardi, unga bir nima bermoqçi, uning maʼlum bir masalaga munosabatini özgartirmoqçi yoki öşa masalaga yangiça nazar bilan qaraşini istab şu işni qilyapti.

* * *

…biz bitta adabiy tilni qabul qilganmiz. Haqiqiy adabiy tilimiz Çölponning tili. Men yozganimda hamma vaqt muallif tilidan, adabiy tilda yozişga harakat qilaman. Ammo qahramonlarim öz-öziça. Şuning uçun adabiy tilga har narsani tiqiştirib, talaffuzini buzib yurişni yoqtirmayman.

Otabek SAFAROV naşrga tayyorladi.

“Yoşlik”2012/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)