7 daqiqada öqiladi

1 541 marta körilgan

Jarohatli qalb bitiklari

Sönggi yillarda adabiyotimizda inson ruhiyatini turfa kuraşlar va iztiroblar qurşovida tasvirlaş anʼanalari yuzaga kelgandek tuyuladi. Qahramonni murakkab holatlar tarozisiga solib tasvirlaş usullari köp hollarda öz ijobiy samarasini beradi, çigallik va maşaqqatlar girdobida qahramonning içki dunyosi, badiiy qiyofasi şakllanadi, xarakteri yarqiraydi, zuvalasi pişadi. Bu holat keyingi paytda, köpgina ijodkorlar  singari isteʼdodli yozuvçi Qöçqor Norqobil asarlarida ham yaqqol közga taşlanmoqda.

“Daryo ortidagi yiği ” qissasining boş qahramoni – ijodkorning özi. Yozuvçi hamma qahramonlari qatori öz ismini ham özgartirmaydi, hamma tasvirlar jonli çiqişi uçun jang maydonida körgan voqealarini xolis tasvirlaydi. Qissani öqir ekansiz, yigirma uç yaşar yigitning yuragidan ötkazayotgan oğriqlari samimiy ekanligiga iqror bölasiz.

 “Daryo ortidagi yiği” qissasida bir neça oğriqli savollar bor. Birinçisi şuki, inson nima uçun uruş qilişi kerak. Ikkinçisi, hayot bilan ölimning orasidagi yöl qança? Uçinçidan, begunoh tökilgan qonlar tovonini kim tölaydi. Uruşdan omon qolganda ham ular qalbidagi jarohatga kim davo topadi? Umuman olganda, uruşdan pok tiynati bulğanib, köksidagi toza tuyğulari lat yegan yigitlarni keyinçalik uruş tasavvuriga doş berişning imkoni bormi, degan savollar asar markaziga qöyiladi.

 “Daryo ortidagi yiği” qissasi bilan adabiy jamoatçilikning yaxşigina nazariga tuşgan Qöçqor Norqobil keyinçalik “Quyoşni uyğoting, tong otdi”, “Kulib tur, azizim”, “Ön sakkizga kirmagan men bor”, “Samo ostidagi sir” nomli qissalarini birin-ketin çop ettirdi. Mazkur qissalar mohiyat-eʼtibori bilan uruş va uning inson qalbiga soladigan raxnalari, asorati va fojialariga bağişlangan. Yozuvçi uruş haqidagi taassurotlarini qoğozga tuşirar ekan¸ har bir detalga alohida eʼtibor qaratadi. Ustoz yozuvçi Şukur Xolmirzayev “..Qöçqorning şoirona nasrida reallik bilan noreallik köpinça omuxta bölib ketadiki, bunga erişiş juda qiyin-ye: birinçidan, bunday  irrealistik  nasr tajribalari bizda yöq. Ikkinçidan, bu yöl man-man degan adibni uloqtirib ötlatib ketadi, demak, asar maqsadidan kelib çiqadigan çegaragina uni tutib turişi mumkin. Endi, asarning maqsadini – uruş fojiasini – uruşning inson ruhiyatidagi özgartirişlarini, ruhdagi iztirobli tölğoqlarni tasvirlaş va oqibat uning fojia natijasini körsatişdan iborat bölsa, hali yoş, dunyoviy adabiyotning bu boradagi tajribalari bilan endi tanişa boşlagan va şu asno özini kaşf etayotgan yozuvçiga naqadar oğirlik tuşadi”… deya qissalar haqidagi fikrlarini aytib ötgan edi bir paytlar.

Adibning “Kulib tur, azizim” qissasini öqir ekansiz, beixtiyor atrofingizdagi voqelikni, sizni qurşab olgan turmuş muammolarini unutib, asar içiiga şönğib ketasiz. Muallif bu qissada “Daryo ortidagi yiği” qissasidagi yöldan ketmaydi. Balki hayotni boşqaçaroq usulda tasvirlaydi. Bu paytda askar yozuvçi afğon uruşidan oilasi bağriga omon qaytgan, maʼlum bir matbuot tahririyatida faoliyat yuritayotgan ijodkor, jurnalist sifatida gavdalanadi.

Afsuski, şoir uruşdan uyga qaytgaç, uni bir dunyo quvonçlar quçoq oçib kutib olmadi. Tinç hayotdagi pinhoniy kuraşlar ham oldingi janglardan qolişmasdi. Afğon zaminida nifoqning asl mohiyatini tuşunmay, ğurur va yoşlik ğörligi bilan şöro tuzumining nayranglariga qurbon bölgan jangçilar kuraşga kirişar ekan, bir-birlarini tanişmasdi. Bu qirğinlarning asl mohiyatini idrok etişga, qaysi tuzumning qölida yaxşi qurol, öyinçoq bölayotganlarini anglaşga siyosiy bilimlari yetişmasdi. Ularga faqat otiş va öldiriş, duşmanni tag-tugi bilan yançib taşlaşni örgatişardi. Ammo şoir vataniga qaytgaç, bir-birini taniydigan, nonu oşi, şodligu omadiga şerik bölayotgan odamzod qavmining pinhoniy hujumlariga, kuraşlariga duç keldi. Asardagi Burxonov obrazi şoir hayotidagi ikkinçi ruhiy inqirozning sababçisi böldi. Hayotni sevgan odam har qanday vaziyatda ham özini butunlay yöqotib qöymaydi. Inson, boşqa mavjudotlardan farqli ravişda özining yaşaş könikmasiga ega: u baxtsizlikdan baxt izlab, qora bulutlar kölankasi içidan tolagina nur topa oliş qobiliyatiga ega.

Asar qahramoni qaddini taqdirning ötkinçi xarxaşalariga bukmadi, u hayotni yaxşilik rangida kördi va bunga işondi. Qolaversa, yaxşi odamlar madadi, ruhiy daldasi, yoriga bölgan muhabbat, farzandlarining fayzli çehrasi, yorqin umidi şoirni oyoqqa turğizdi.

Qöçqor Norqobil “Ön sakkizga kirmagan men bor” qissasida hayotni yolğon aralaştirmay, bor böyiça tasvirlaydi. U hayot haqiqatlariga egiz bölgan uruş haqiqatlarining tasvirini beradi. Taʼkidlaş örinliki, bu asar uruşdan keyin bir neça yillar ötib yozilgan bölsa-da, xuddi uruş voqealari içida turib yozilgandek taassurot uyğotadi. Beixtiyor özingizni uruş qatnaşçisi – askardek his qilasiz.

Avvalgi ikki qissada qalamini yaxşigina çarxlagan yozuvçi “Ön sakkizga kirmagan men bor”da özining avj nuqtasiga kötarildi. “Men hammasini, bor haqiqatni yozişga harakat qildim, afsuski, heç narsa yozolmadim”, deydi muallif. Bu ijodkorga xos kamtarlik emas, balki qalbda yongan alanganing taftini köngildagidek aks ettira olmaganlik afsuni, deyiş mumkin. Qissada yozuvçi öquvçini işontiriş uçun har xil badiiy usullarni qöllaşga ortiqça urinmaydi, asosiysi, kimnidir qoralaş, kimnidir oqlaş, bemavrid xulosa çiqariş yölidan bormaydi.

“Ön sakkizga kirmagan men bor” qissasidagi asosiy qahramonlardan biri Liliya obrazidir. Liliyaning qalbi gözal his-tuyğularga, olijanoblik va mehrga töla. U rotadagi har bir askarning yuragi qanaqa urişini yaxşi biladi, vujudida erkaklik hovuri bor askar borki, bu gözal va tanti ayolga könglini oçadi. Rotada ayollar köp, ular turmuşning çigal yöllarida çalkaşgan va pul, boylik ilinjida zobitlar könglini ovlab yurişga mahkum etilgan bandilardir. Ammo Liliya olijanob va rahmdilligi bilan boşqa ayollardan ajralib turadi. U hammadan köra yozuvçi askarni sevar, uning pok dilini, bokira tuyğularini asraşni, uning jonini öqlar böronidan omon saqlaşni xohlardi. Çunki ayolning pokiza yuragi ezgulik va mardlikka moyil edi. Botqoqlikdan unib çiqqan nilufar misoli bu najot fariştasining şirin işva va nozlari, erkalanişu daldalari qalbini ölim vahmasi qoplagan askarlarning könglini yoritar edi. Bu yerda Liliya afğon tuproğidagi şafqatsiz uruşdan yigitlarni omon saqlab oldi, degan fikr özini batamom oqlamasligi ayon haqiqat. Ammo qahramon qalbidagi zanglarni yöqotişga, ertangi porloq kelajakning nurli yöllariga umid uyğotgan bu ayol obrazi qissa badiiy qimmatini bir poğona yuqoriga kötargan.

Ötgan yili “Yoşlik” jurnalida Qöçqor Norqobilning “Osmon ostidagi sir” nomli qissasi çop etildi. Oradan ötgan yillar yozuvçining hayotga bölgan munosabatini ançagina özgartirib, uning badiiy dunyoqaraşini kengaytirdi.

Şu paytgaça bevosita uruşning voqealarini tasvirlayotgan Qöçqor Norqobil endi uruş qurbonlari hayotini, uruşning mudhiş oqibatlarini çetdan kuzatadi, kişi ruhiyati, uning botinida keçayotgan ğalayonlar tölqinini keng va batafsil tasvirlagani, badiiy butunlikka erişilgani seziladi.

Tölqin tank bilan oldingi qissalardagi qahramonlar soliştirib körilsa, Tölqin tankning tasvirida yozuvçi uruşni özgaçaroq nomlaydi, uning falsafiy mohiyatini, hayotiy ildizlarini çuqurroq körsatgani ayon böladi.

Yozuvçining bu qissalardan taşqari bir qator hikoyalari ham borki, ularning mavzu va ğoyasi, voqealar kölami, syujet xususiyatlari biz körib ötgan qissalar ruhiga, yönalişiga yaqindir. Ammo hikoya janriga xos bölgan poetik kanonlar, nazariy-ilmiy mezonlar nuqtayi nazaridan yondoşganda, uning “Xun”, “Arosat” va “Bosinqiraş” kabi hikoyalari yaxlit syujet qurilmalarining yöqligi, muallifning öy va muşohadalari, “men”i, voqelikka bölgan munosabatining asar markaziga çiqarilişi, asar strukturasi köproq yozuvçi xarakterini oçişi maqsadiga moyilroq bölişi, baʼzi hikoyalarda real qahramonning körinmasligi xususiyatlari bilan kiçik epik janrlarning esse janrini esga soladi. Uning “Qişdagi lola” hikoyasi esa oldingi qissalardan köçirilgan nusxadek taassurot qoldiradi. Çunki hikoya yoki qissalarda ğoya bir-birini töldirsa, syujetdagi ayrim özgarişlar heç qanday ahamiyat kasb etmay,  yozuvçi ijodi haqida yaxlit tasavvur hosil qilişga imkon beradi, xolos. Ğoyalar xilma xilligi va fikrlar polifoniyasini, yozuvçi uslubiga xos qirralarni körsatişga xizmat qilmaydi. Yozuvçining “Yoşlik” jurnali 2007-yil, 1-sonida çop etilgan “Közlaringni körgani keldim” hikoyasi esa holatlarning favqulodda dinamikasi, syujetdagi keskin buriliş, hikoyada qahramon xarakterini çuqur oçiş maqsadidan köra qahramonlarning holat va harakatlari rivoji tadrijida voqeaning keltirib çiqariş prinsiplariga köra ğarb adabiyotining maşhur epik janri bölmiş novellaga yaqin turadi. Ammo hikoyada publitsistik ruhning qorişib ketişi, yozuvçi ğoyasini aks ettirişga xizmat qilmay, balki xalaqit bergan ortiqça tafsilotlarning köpayib ketişi holatlarini ham nazardan soqit qilmaslik lozim böladi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi sermavj adabiy jarayonda turli-tuman ovozlarning köpayayotgani, yozilayotgan asarlarimizda millatimiz ruhi va tafakkuri, qalbi va tarixiga doir adabiy haqiqatlar aks etayotgani hammamiz uçun quvonçli hodisadir. Yozuvçi Qöçqor Norqobil ham bu jarayonda astoydil mehnat qilib, öz örni va bahosini topayotganini eʼtirof etib, bu bilan ijodkorni faqat qutlaş va ijodiy ğayratga undaş bizning ezgu maqsadimiz ekanligini aytib ötmoqçi edik.  

Alimurod Tojiyev,

ÖzMU tadqiqotçisi

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 5-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)