34 daqiqada öqiladi

348 marta körilgan

Notaniş

Notaniş

(Qissa)

Ğaybarov tebranma kursida ötirar ekan, közlarini yumib olgan edi. Iş oğir, öziga xos yuki bor. Mansab pillapoyalari böylab kötariliş çetdan qaraganda, yaxşidir, ammo uning zalvori, maşaqqatlarini har kim ham his etolmaydi. Aqliy mehnat bölsa-da, tinkangni quritadi, ezib taşlaydi. Yutoqib-yutoqib çekkaningda ham çarçoğing bosilmaydi, aksinça öpkaga tutun yutib, öz umringni qisqirtirayotganing qoladi. Keyin kotiba tayyorlab bergan aççiq qahvani simirasan – göyo boşingga darmon kirgandek böladi. Bu esa vaqtinçalik “davo”. Közlaringni oçib, stol ustidagi qoğozlarga termilganing hamon yana ong-şuuringni taşvişlar kemira boşlaydi. Biroq iş tugab, uyga qaytar mahaling özgaça hissiyotlar oğuşida bölasan. Haydovçi eşigini oçib bergan maşinaning ipakdek yumşoq örindiğiga çökkaç, diling yayrab ketadi. Tezroq uyga borib, xotining, bola-çaqang xuşnud holda kutib olişlarini, yöq, avval bitta-ikkita qöni-qöşni körib qolib, qölini köksiga qöyganiça salom berişlarini öylasang, boşqaça bölib ketasan. Mayli, kimdir havas qilar, boşqa birovi hasad közi bilan boqar, har holda munosabatlar oliy darajada!..

U maşinaga ötirar ekan, çekkaroqda turgan notaniş kimsaga közi tuşdi. Tavba, bir haftadan buyon közini löq qilib turadi. Kim özi bu? Maqsadi nima? Ğaybarovning huzuriga kirmoqçi emiş! Nima masalada deyişsa, aytmabdi. Şaxsiy işim bor, degan emiş! Qabulxonadan haydab çiqarişgaç, endi pastda poylaydigan böldi. “Melisaga aytamiz”, deyişgandi, Ğaybarov könmadi. “Yöqolib ketar”, deb qöydi. Mana, endi yana sovuq nigohlari bilan taʼqib qilişni kanda qilmayapti. Ğaybarov keça örinbosari Maʼsudovga tayinladi. U tuşib, rosa tergov qilgan böldi. Keyin şalvirab qaytib çiqdi. Notaniş daydi yana öşa gapni takrorlaganmiş: “Özi bilan gaplaşaman, şaxsiy işim bor…”

Ğaybarov uyiga yeta-yetgunça şu haqda öyladi. Keyin hovlisiga kirgaç, bu odam esidan çiqdi. Xotini ovqatdan oldin keltirgan bir piyola konyakni sipqordi-da, iştahasi oçilib ketdi. Keyin hammomga kirib, ulkan hovuzga kalla taşladi. Iliq, musaffo suv bugungi çarçoqlarini sidirib olgandek böldi.

Xotini, bolalari bilan yayrab suhbatlaşgaç, uyqu elita boşladi. Qani edi, uxlamasa! Közlaringni yumdingmi, yana ertangi kun boşlanadi. Tağin taşvişlar, muammolar… Yirik korporatsiyaning işlari ham yirik. Ikki yuz çoğli odam uning oğziga qarab turadi. Ğaybarov, ayniqsa yiğilişda buni boşqaça tuyğu bilan idrok etadi. Ana şu idrok etiş asnosida dili yayraydi. Xodimlarini urişib-söksa, yanada uluğvorlik tuyadi özida…

U ertalab işxonaga kirişda yana öşa daydiga közi tuşdi.

– E, manovi daydi yöqoladimi-yöqmi? – dedi haydovçiga taʼbi tirriq bölib.

– Bilmasam, Xalil aka, mengayam yoqmayapti, – javob berdi haydovçi yigit. – Bir-ikki tepib haydagan edik, yana paydo böldi. Oldingizga kirmasa, bölmasmiş!

– Telba bölsa kerak, tavba, bundan boşqa işim yöqmi? – zarda qildi Ğaybarov.

Yana işga şönğidi. Tuşdan keyin malikalardek bölib Noila paydo böldi. Nozik qöllari bilan Ğaybarovning yelkalarini uqalab qöydi. Ikkovlon sekin yon xonaga ötdilar…

Noila ham şu daydi haqida söz oçdi.

– Namunça teşib qöygudek qaramasa, arpasini xom öribmanmi, – dedi. – Mabodo qarindoşingiz emasmi?

Ğaybarov olayib qaragan edi, kelib suykaldi:

– Voy, hazillaşdim-ku, keçiring!.. Oldingizga kirmoqçi bölayotgani uçun aytyapman-da!

– Menga qara, Zohidga ayt, öşani yöqotsin bu atrofdan. Biror narsa yöqolgan, deb yozsin, özimning ham jonimga tegdi.

Noila közlarini katta-katta oçib söradi:

– Qamatib yuborasizmi?

– Nima, rahming kelyaptimi?

– Voy, gaplarini! Söradim-da!.. Çarçayapsiz-a, Xalil akajon? Hozir…

 

* * *

Daydi yana uç kun ötib paydo böldi. Tağin öşa taʼqib etuvçi nigoh!

Ğaybarovning jahli çiqib, Zohidni çaqirdi-da, uni rosa sökdi…

Öşa kuni keçqurun esa daydi tuşiga kirdi. Qinğir-qiyşiq tişlarini körsatib, allanimalar dedi u. Ğaybarov heç nimani tuşunmadi. Uni urmoqçi edi, qölini kötarişga ham kuçi yetmadi…

Tavba, tuşiga kiradigan boşqa odam qurib qolganmi?

Zohid rosa taʼzirini bergan bölsa kerak, daydi közdan yöqoldi. Ğaybarov haydovçiga sezdirmay, maşina içida ötirganiça oynadan xavotirli qarab uni izlagan böldi. Yöq, körinmaydi, daydilar uyida bölsa kerak! Daydilar uyi! Şunaqa dargoh bormikan özi?!

Oradan bir hafta ötdi. Ğaybarov işda ötirganida xizmat telefoni jiringlab qoldi.

– Xalil Murodoviç, sizni kimdir sörayapti, ammo ism-familiyasini aytmadi, – dedi kotiba. – Şaxsiy işi bor emiş!

Ğaybarovning esidan çiqib ketgan edi. Notaniş kişining “şaxsiy işi” borligi ham daydini yodiga solmadi. Boz ustiga kayfiyati çoğ, hozirgina Maʼsudov mullajiringlarni berib, çarçoqlarini yozib yuborgan edi.

– Kim deding?

– Tanişingiz ekan.

– Böpti, ulayver…

Birozdan söng sokin musiqa tört-beş soniya yangrab, xirillagan ovoz eşitildi:

– Xalil, özingmisan?

Ğaybarovning birdan jahli çiqib ketdi. Xalil dedimi? Sensiradimi? Kim özi bu muttaham? Şaxsiy masalada qönğiroq qilib, qöpollaşganini-çi! Hatto, qarindoşlariyam bunaqa ohangda gaplaşişmaydi. Toğasi-yu, amakilari muloyim tarzda murojaat qiladilar. Umuman aytganda, ular qönğiroq qilişgayam botinişmaydi.

– Allo, Xalil?

– Özing kimsan? – baqirdi Ğaybarov. – Kimga telefon qilayotganingni bilasanmi?

– Albatta, bilaman, – javob berdi xirillagan ovoz. – Sen Xalil Ğaybarovsan, nima böpti şunga?

– Kim bölib işlaşimniyam bilasanmi?

– Bilaman. Korporatsiya xöjayinisan. Neça kundan buyon huzuringga kirolmayapman. Mana, endi telefon orqali gaplaşyapman. Qabul qilmaysanmi meni?

Bu paytda azbaroyi jiğibiyroni çiqqan Ğaybarov örnidan turib ketgan edi. Birorta sinfdoşi hazillaşyapti, desa, bunaqa befarosati yöq. Agar duşmanlaridan kimdir, deb öylasa, bölişiyam mumkin emas!.. Ha, özi aytib turibdi: öşa daydi! Başarasi sovuq, közlari teşib qöygudek qaraydigan notaniş kimsa!

– Seni kim yolladi, ayt, – baqirdi Ğaybarov. – Nima kerak özi senga? Nega tinç hayotimga kirib kelib, oromimni öğirlayapsan?

– Özingni bos, xavotir olma! Men eski tanişingman! Unutib qöyibsan, şekilli?

Ğaybarov özini bosişga harakat qilsa-da, uddalay olmadi:

– Mening sendek tanişlarim yöq, bildingmi? Keyingi vaqtlarda tanişlarim şunaqangi köpaymoqdaki…

– Sen nega huzuringga kirişimdan qörqyapsan? Baʼzi narsalarni eslatib qöymoqçi edim, xolos. Qaçon kirsam böladi? Körişmaganimizgayam ança…

– Menga qara, bu yer har xil qalanği-qasanğilar keladigan idora emas. Ikkinçi telefon qilma. Qorangniyam körsatma! – şunday deb Ğaybarov göşakni taq etib taşladi.

“Unutib qöyibsan” emiş! Özing kimsan-u, baʼzi narsalarni eslatişing nimasi?.. Tavba, nima gapi bor ekan?

Eski taniş…

Ğaybarov xotirlaşga urinib kördi, ammo sira eslay olmadi. Keyin şungayam boş qotirayotgani uçun özidan jahli çiqdi. Heç qanaqa taniş-paniş emas. Huzuriga kirib oladi-da, özini qadrdondek körsatadi-da, pul söraydi.

Kotiba boğlanib, yana öşa kişi qönğiroq qilayotganini aytdi. Ğaybarov unga baqirib berdi. Kotibaning uni öçdi. Şu bilan hammasi tinçigandek edi. Biroq…

Keçqurun öşa daydi yana Ğaybarovning xizmat maşinasi röparasida paydo böldi. Hatto, haydovçi ham ğijinib, sökinib qöydi. Ğaybarovga, “Bir marta gaplaşib qöysangiz, nima qiladi, xöjayin?” degandek qarab qöydi.

– Menga qara, – dedi Ğaybarov maşina oynasini tuşirar ekan, ovozini balandlatib, – bugun juda çarçaganman, ertaga ertalab kel, nima gaping bölsa, aytasan!..

Maşina ğizillab yölga tuşdi. Ha, bir marta gaplaşmasa, bu devona kelaveradi. Eşitib körsin-çi dardini? Balki, rostdan ham tanişidir? Ammo işxonadagilar gapirmasmikan? Boşliq qandaydir tilançini xonasida olib ötiribdi, deyişmasmikan?..

Ertasiga Ğaybarov xonasiga kirib kelişi bilan orqasidan qörqa-pisa kotiba ergaşdi. Ançagaça botinolmay turdi.

– Nima deysan, çaynalma, – dedi Ğaybarov.

– Anuv… odam oldingizga kirmoqçi emiş!

– Kim?

– Keça özingiz aytganmişsiz, ertalab kel, deb.

Ğaybarovning yodidan kötarilgan edi, hozir eslab, peşanasi tirişdi. Indamay turdi. Bahona topmoqçi böldi. Keyin bu qaroridan qaytdi. Gaplaşsa, gaplaşibdi-da!

– Qayerda özi?

– Qabulxonada.

Ğaybarov sal tin oldi. Kotiba, qörqyapti, deb öylamasin, tağin. Beş daqiqa gaplaşadi-da, keyin çiqarib yuboradi.

– Böpti, kirsin, ammo darhol orqasidan kirgin-u, yuqoridan söraşyapti, tez kelsin, deyişyapti, degin!

– Xöp, – kotiba közlarini pirpiratib çiqib ketdi.

Birozdan söng eşik oçilib, öşa söxtasi sovuq paydo böldi. Rangi oppoq, yuzlari sölğin. Ğaybarovning battar peşanasi tirişdi. Özini işga andarmon qilib körsatarkan, unga olayib qarab qöydi. Körişiş uçun qöl çöziş u yoqda tursin, mutlaqo mensimadiyam!

– Bu – menman, – dedi daydi. – Eslab kör-çi!.. Ismim…

Ğaybarov qoğozdan boş kötarmay javob berdi:

– Birodar, men sizga öxşagan bekorchi emasman, har bir kelgan odamni esla-a-a-b ötiradigan. Ota-onangiz tarbiya bermaganga öxşaydi. Madaniyatli odam duç kelgan kişini sensiramaydi, bildingizmi?

– Ha, sen ança özgaribsan, – böş kelmadi notaniş kimsa. – Agar hozir eslay olmasang, keyin puşaymon bölasan.

– Sensiramang, dedim sizga! Pöpisa ham qilmang.

– Men senga bor gapni aytdim. Huzuringga oldi-orqangga qarab yur, deb kirdim özi! Halol-haromning farqiga bormay qöyding, birodar! Bunaqada işlaring teskari ketadi.

Ğaybarov qoşlari çimirilib, sekin örnidan turdi. U nihoyatda jahlga mingan edi:

– Menga qara, kimsan özi-a? Bir notavon, beçorasan-u, maslahat berganingni qara! Kim bölibsanki, mening işlarimni taftiş qilasan? Ust-boşingga bir qara, axlatxonadan çiqib kelyapsan, şekilli? Tağin halol-haromdan gapirasan!

– Men sen bilan birga işlaganman, Xalil. Bozorda, esingdami?

– Nima?! Qanaqa bozor? Bilib qöy, men seni tanimayman, eslaşga urinmayman ham! Bor, çiqib ket!

Notaniş kişi biroz jim turdi-da, unga köz ostidan ğalati qaradi:

– Mayli, çiqib ketaman. Biroq bilib qöy, meni köp izlaysan hali! Tavbangga tayanadigan kunlaring oldinda! Ehtimol, hozir bilinmas, ammo şunday kunlar keladiki, xato, gunohlaringni birma-bir yodga ola boşlaysan. Şunga majbur bölasan! Men faqat şu haqda aytişga kelgandim.

– Har kim xatosi uçun özi javob beradi, – tönğilladi Ğaybarov. – Gaping tugagan bölsa, senga javob, janob başoratçi! Senga ikkinçi marta bu yerga kelmasligingni tilab qolaman!

Bu vaqtgaça kotiba ikki marta kirgan, Ğaybarovni allakimlar sörayotganini aytib, çiqib ketgan edi.

– Men ham senga çin dildan xatolaringni anglab yetişingni tilab qolaman, – şunday deb daydi mehmon eşik tomon yurdi.

Ğaybarov sökinmoqçi edi, ammo gap çözilişini, bu daydi yana qolib ketişini öylab qöl siltadi. Har holda endi tinç qöyar! Birorta faylasuf bölsa kerak, birovlarning gunoh, xatolarini eslatib yuradigan. Ammo kayfiyatini tuşirib ketdi.

Bozor emiş! Hozir köngilga bozor siğadimi? Iş qalaşib yotibdi…

Maʼsumov kirdi. Öşa turqi sovuqdan qutulgani uçun tabriklagan böldi. Keyin qilingan işlar töğrisida hisob bera boşladi. Ğaybarov unga razm solib, köngliga ğulğula tuşdi. Boyagi daydini şu yollamaganmikan?

E, yöq, Maʼsumov – şogirdi-ku! Ismi nima edi-ya! Avval boşdan Ğaybarov uni Maʼsumov, Maʼsumov, deb kelgan. Oğir kunlarida suyagan. Yöl-yöriq körsatgan. Ikkisining köpdan-köp siri bor. Bir-biriga işonişadi-da!

–  Oxirgi yuk böyiça gap-söz çiqib qoldi, –  boş çayqab dedi Maʼsumov. – Noqonuniy iş qilganmişmiz!

– Bu nima deganing? – hayron böldi Ğaybarov.

– Esingizdami, sizga aytgandim, heç kim söramaydi, degan edingiz?

Ğaybarov tan oldi:

– Ha, esimda, nima böpti şunga?

– Xavotirli joyi yöq, biroq titkilab boşlaşsa çatoq böladi, Xalil Murodoviç.

– Titkilab nimayam qilişardi? Ja qörqoqsan-da!.. Mana, ombor mudiriga tönkab qöyaver. Öşaning imzosi bor-ku! Işqilib bizning familiyamiz yozilgan hujjatlarda joyidami?

– Joyida-joyida, ammo ombor mudiriyam anoyi emas-da! Mabodo yozib beradigan bölsa…

– Tavba, yana vahima qilasan! Özing ham juda maydalaşib ketyapsan-da!

Maʼsumov hujjatlardan köz uzolmay çiqib ketdi. Rostdan ham vahimaning uyasi! Qörqoq! Bu dunyoda hal etilmaydigan iş bor ekanmi? Noqonuniy! Şuyam gap böldi-yu!..

Şu kuni Ğaybarov keçgaça ğayrat bilan işladi. Orada Noilani çaqirib, köngilxuşlik qilişga ham ulgurdi. Uni xonasidan çiqarib yuborib, derazadan taşqariga tikilganiça çekib turgandi, xonasiga begona kişilar kirib kelişdi. Hujjatlarni körsatib, Ğaybarovni sal dovdiratib qöyişdi.

Maʼsumov aytganiça bor ekan – bu mutlaqo jiddiy masala edi. Ombor mudirini çaqirişgandi, labi gezarib, bir balolarni aytib taşladi.

Ğaybarovning paytavasiga qurt tuşib qoldi. Nahotki, şu işni deb ovorayi sarson qilişsa? Nima bölganda ham mol uşlab qolingan-ku! Qolaversa, öşa noqonuniy yuk bilan boğliq hujjatlarda Ğaybarovning imzosi yöq! Biroq tekşiruvçilarning taʼkidlaşiça, ombor mudiri tuşuntiriş xatida hammasi Ğaybarovning körsatmasi bilan bölganini qayd etibdi. Bu haqda şunça odam içida ham şartta-şartta aytib taşladi. Ğaybarov sekin Maʼsumovga qaragan edi, u yelkasini qisib, heç nima demadi…

Ğaybarov oddiy hisoblagan muammo kattargandan-kattaraverdi. Işxonani jiddiy tarzda tekşirişga tuşdilar. Ombor mudiri qamalib ketdi. Ğaybarov, mening imzoim qöyilmagan, deb turib oldi. Ammo kiçikroq bölsa-da, boşqa kamçiliklar çiqib qoldi (“ha, endi titkilasang, çiqaveradi-da!”) Hafta oxiriga borib, Ğaybarovga kursini böşatib qöyişi lozimligini çiroyli qilib tuşuntirib qöydilar. U hang-mang bölib qoldi. Pul orqali işini bitirmoqçi edi, bu muammo sal boşqaça yakun topdi: mayli, qoladi, ammo örinbosar sifatida! Uning joyiga hozirça Maʼsumov ötiradi. Töğriroği, uning nomzodini Ğaybarovning özi körsatdi. Hozirça u boşliq vazifasini bajaruvçi bölib tursin, keyin mana bu gaplar tinçigaç, yana örin almaşadilar.

Maʼsumov bu taklifga könmagan edi, Ğaybarovning özi köndirdi.

– Gap bor, – dedi sirli qilib. – Sen işni bemalol boşlayver.

– Mayli, siz uçun, Xalil Murodoviç, roziman, biroq xonangizda ötirmayman.

– Ötirasan! Vaqtinça, deyapman-ku senga!

Ğaybarov hali oldinda özini nimalar kutayotganini bilmasdi, albatta…

 

* * *

Şu kuni Ğaybarov negadir uxlay olmadi. Xuddiki, şogirdi Maʼsumov uning kursisini tortib olayotgandek tuyulaverdi. Bunga işongisi kelmagani sari hadik-xavotiri ortardi. Nega unga topşirdi? Aslida boşqa çorasi ham yöq edi. Mehnat taʼtiliga çiqib ketsa, kim bilsin, nimalar qilişadi! Tergovni boşlab yuboradilarmi? Maʼsumov esa… işonçli! Axir şunça vaqtgaça Ğaybarov uning yelkasiga qoqib kelgan, yöl-yöriq körsatgan. Har holda ustozining boşini urib yormas! Vaqtinçalik ekanligini uning öziyam biladi-ku! Qolaversa, Ğaybarovning taklifiga osonlikça könmadi! “Men bunday qilolmayman”, deb turib oldi. Ğaybarov vaziyatni obdon tuşuntirgaç, noiloj rozi böldi. Ammo…

Baribir amal kursisi yomon-da! Unga ötirgaç, ohanrabodek özidan uzoqlaştirmaydi, sira turging kelmay qoladi. Şunday yopişqoq kursiki, ajrala olmay, özing bilib-bilmay, mehr-oqibatni, yaqinlaringni unuta boşlaysan. Tebranib ötirganing sayin faqat rohat-faroğat haqida öylay boşlaysan!.. Ğaybarov bu fikrini tezda özgartirdi: odamiga boğliq, albatta… har kim ham bunaqa boğlanib qolmaydi. Maʼsumov ham şu toifadan bölişi… kerak. Ğaybarov uning feʼlini biladi-ku! Baribir tez-tez eslatib turişi lozim. Özi bu qança vaqtga çöziladi? Nari borsa, bir oydir-da! Ammo… bir oy içida işxonani ostin-ustun qilib taşlaş ham mumkin-da!..

Ğaybarov xotiniga bugungi ğavğolar haqida bildirmadi. Aks holda kayfiyati buzilib, qörqib ketadi. Erta-indin mavridi bilan tuşuntirar.

Xotini baribir sezdi:

– Tinçlikmi, nima gap?

– Heç gap yöq, – közini olib qoçdi Ğaybarov. – Özlaring qalaysizlar, yaxşimisizlar?

Xotini javob bermadi. Eriga zimdan qarab turaverdi.

Ğaybarov çala-çulpa ovqatlanib, örniga çözildi. Tezroq uxlab, ertaga birinçi navbatda Maʼsumov bilan gaplaşişni köngliga tugib qöydi. Attang, vaqtinçalik deb rasmiylaştirmabdi-da! Mayli, ertaga töğrilab qöyar! Maʼsumovga nima deydi? Xavotirlanayotganini sezdirib qöymasmikan? E, sezsa, nima?! Bu kursiga ötirgunça ne-ne zahmat çekkanini biladi-ku uyam! Körgan, guvohi bölgan!.. Ha, aynan guvohi bölgan. Şunisi köngilni xijil qiladiyam. Bir paytlar Xalil Murodoviç Sobir Jabboroviçning örnini qay tarzda egallaganini biladi! Yo, tavba, xuddi yaqin ötmiş takrorlanayotgandek! Sobir Jabboroviç bilan ham şunday bölgan edi-da! U… Ğaybarovning ustozi edi, axir! Töğri, işxona hozirgidek katta emasdi, xodimlar ham kam edi. Afsuski, mana şu Maʼsumov ham bor edi. U paytlarda sal gölroq, sodda edi. Balki özini şunaqa tutgandir? Quv, olğir bölişni mana şu Xalil Murodoviç örgatdi. Keyin-keyin öziga yordamçi, bölim mudiri, örinbosar qilib oldi. Xuddi Sobir Jabboroviçga öxşab! Naqadar öxşaşlik, takroriylik! Xuddi keça sodir bölgandek hammasi!..

Ğaybarov u yonboşidan-bunisiga ögirilib tuzuk uxlay olmadi. Ertasiga işga boşi ğuvillab bordi. Maʼsumov ötirganini bilsayam töğri özining xonasiga qarab yurdi. Kirişdan oldin sekin tomoq qirib qöydi.

Maʼsumov uni körişi bilan sakrab örnidan turdi. Kela solib qöşqöllab körişdi. Uydagilarni, yangani, bolalarni söradi. Ğaybarov xuşlamaygina javob berdi.

– Ötiribsanmi? – dedi keyin. – Tinçmi işqilib? Qönğiroq bölmayaptimi?

Şogirdi xörsinib, sekin şipşidi:

– Bölyapti-da, Xalil Murodoviç! Hali uzoq davom etadiganga öxşaydi.

Ğaybarovning qoşlari çimirildi:

– Nega uzoq davom etarkan? Kelişganimizdek qildik-ku! Yo sengayam eʼtirozlari bormi? Tinçitib yuboramiz, deyişdi-ku, yana nima istaydilar?

– Bilmasam… Barvaqtroq kelgandim, uç-tört marta sizni söraşdi. Meni tanimaydigan odamlar, nuqul osmondan kelişadi.

– Nima qilay, körinmay turaymikan? – öylanib gapirdi Xalil Murodoviç. – Nega bunça yopişib olişdi-ya!

Maʼsumov yelkasini qisdi. U ham öylanib qolgan edi.

– Meni söraşganida nima deding?

– Arizasini yozgan, dedim.

– Jim bölişdimi?

– Qayoqqa ketdi, deyişdi. Bilmadim, dedim.

– Bildirma, – tayinladi Ğaybarov. – Men anovilar bilan gaplaşib köray-çi!.. Aytganday, kabineting qayerda edi?

Maʼsumov önğaysizlandi:

– Xalil Murodoviç, şu yerda ötira qoling. Menga noqulay bölyapti. Ötirolmayapman.

Ğaybarov kulimsirab dedi:

– Yuzingdan unaqaga öxşamaydi-ku! Aksinça, men yoqib qolganmi, deb öylayapman.

Şogirdining tusi özgardi. Ammo xijolat tortganidan emas, qandaydir norozi bölgandek tuyuldi Ğaybarovga. Unga sinovçan tikildi. Oraga oğir jimlik çökkan edi. Xuddi bir paytlar Sobir Jabboroviç bilan Xalil Murodoviç bilan röy bergandek! Ajab, Ğaybarov xuddi şu holatni esladi. Rostdan ham takrorlanayotgan bölmasin tağin. Yöğ-yey, nimalar deyapti? Şunday bölganida ham oldini olişi kerak.

– Nega indamaysan?

– Jahlimni çiqarasiz-da, Xalil Murodoviç!

Ğaybarov zil ketdi:

– Balki, keçirim sörang, dersan?

Şu payt kotiba kirib, noqulaylikka çek qöygan böldi, biroq uning özi önğaysizlanib qoldi. Kimga murojaat qilişni bilmasdi.

– Nima gap? – söradi Ğaybarovdan oldin Maʼsumov.

– Haligi… keçagi majlis bayoniga imzo qöysangiz, devdim.

– Qani, bering, – Maʼsumov şunday deb kotiba uzatgan qoğozni oldi.

Ğaybarov battar diqqat böldi. Yopiray, bu atayin qilyaptimi? Tasavvurida, allaqaçon amal öziniki-ku! Tasavvurida emas, mana hozir, şundoqqina közi öngida!

U, hatto ötirmagan edi. Maʼsumov imzo çekib, kotiba çiqib ketguniça qaqqayib turaverdi.

– Yuring, Xalil Murodoviç, xonangni körsat, dedingiz, şekilli?

Ğaybarov uni ergaştirib çiqdi. Vaqtida töğridagi mana şu xonani Maʼsumovga bersa bölarkan. Jinqarça şogirdi ötiraversayam iş bitardi. Negadir qizğangan edi. Qandaydir mehmonxona qilib qöygandi, nufuzli mijozlar, xorijdan keladigan hamkorlar uçun. Endi, kim bilsin, Maʼsumov qayoqqa olib boradi?..

Xonasi ança narida ekan. Ğaybarov endi esladi. Bir paytlar, ikki-uç yil oldin bölsa kerak, şu xonada ötirişini aytgan edi. Demak, vaqti kelib, özi ötirişi kerakligiga hukm çiqargan ekan. Oddiygina, kiçkina xona! Bu yerda qanday ötiradi? Xodimlarning köziga qanday qaraydi? Qay biriga, bu – vaqtinçalik, deb tuşuntiradi? Rostdan ham… vaqtinçalikmikan? Tavba, öziyam işonmayapti! Keça qanday kun edi-yu, bugun ne körgiliklar tuşyapti boşiga?

Öz xonasiga qaytmoqçiyam böldi. Ammo yuqoridan böladigan qönğiroqlardan çöçidi. Qönğiroq qilişmagani bilan joyida qolganini eşitib qolişsa, sira qöyişmasa kerak. Umuman, bu işda qolgani quloqlariga çalinsa-çi? Ketişi kerakmi? Axir, qaçongaça aldaydi?

Şu tarzda Ğaybarovni vahima bosib kelardi. Bir köngli, ket, bu yerdan, derdi. Keyin sarkaş xayollari, şunça yillik mehnatini sarobga aylantirişi mumkin emasligini uqdirardi. Tinçib qolsa, yana kursisiga ötirar? Ötib ketar-yey, öldimi!

– Marhamat, Xalil Murodoviç, – joy körsatdi Maʼsumov. – Bitta-ikkita begona odamlarning ovozini eşitsangiz, çiqmay turasiz-da!

Ğaybarov tönğillab qöydi:

– Aql örgatma! Bu yoğini özim bilaman.

– Mayli-mayli… Ehtiyot şart, aytaman-da!

Maʼsumov çiqib ketdi. U esa şalviraganiça qoldi. Nazarida, endi aslo ortiga qaytmaydigandek, hatto bu joy ham omonatdek tuyuldi. Bitta-ikkita begona odam… Nima, endi devor ortidagi quloq bölib ötiradimi, yuragini hovuçlab?! Maʼsumovning özi nima qiladi? Qanday iş tutadi? Tinçita olarmikan? Avvalgi qinğirliklarini sotsa-ya! Axir, köp sirlardan voqif u! Nima böladi?

Ğaybarov xiyla kiçik oromkursiga çökib, özini noqulay his qildi. Odatiga köra, beixtiyor qölini oldinga çözdi – çoynakdan piyolaga çoy quymoqçi böldi. Qöli muallaq qoldi. Çoynak ham, piyola ham yöq edi. Esiga tuşdi: olifta Maʼsumov faqat maʼdanli suv ichardi. Stakanga quyib ötirmay, yelim idişning özidan kötarib qöya qolardi. Ziyofat-u tuğilgan kunlarda ham bu odatini kanda qilmasdi.

Attang, şu topda çoy içgisi kelgandi-ya! Kotibaga buyuradi! Ğaybarov harçand urinmasin, qabulxonaning telefon raqamini eslay olmadi. Avvallari Noila ham çoynakni töldirib kök çoy olib kiraverardi. Qani endi u? Nima derkan-a, bu işlar haqida?..

Ğaybarovning boşi ğovlab ketdi. Tuşgaça nimalar qilganini bilmaydi. Bitta-ikkita xodim kirib qolib, anqayib çiqib ketganini aytmasa, “it” ham söramadi. Hatto sadoqatli şogirdi xabar olmadi. Alam qilib ketdi Ğaybarovga.

Maxsus restoranda tuşlik qilardi. Endi esa… Bugun ovqatlanmaydi. Şu yerda pusib ötiradi. “Boşliq” şunaqa degan…

Tuşdan keyin Ğaybarov sekin xonadan çiqdi. Qabulxona tomonga yurdi. Sekin kirdi. Kotiba uni körib, ohista örnidan qözğalgan böldi. Ğaybarov, “ötiraver” işorasini qilib, içkariga imladi.

– Heç kim yöq, bir özlari, – dedi sekingina kotiba.

Ğaybarov sal dadillanib, içkariga yurdi. Maʼsumovning naq ustiga bostirib bordi hamki, u sezmadi. Öşa yerdagi kursilardan biriga çökib uni kuzatdi. Maʼsumov qandaydir hujjatlarni köriş bilan andarmon edi. U qoşlarini çimirib olgan, baʼzida boş çayqab qöyardi. Stol ustidagi maʼdanli suvga qöl çöziş asnosidagina Ğaybarovga közi tuşdi. Hayron bölib, sekin örnidan turdi:

– Qaçon kirdingiz?

– Bir soatça bölib qoldi, – istehzo aralaş javob berdi Ğaybarov. – Iş köpmi, deyman? Ana şunaqa, bizning iş oğir.

Maʼsumov boş irğadi:

– Ha, oğir… hujjatlar şunaqangi çalkaşib ketganki, boşi-adoği qayerda, bilib bölmaydi. Bölimdagilar nima qilişgan, hayronman.

– Demak, nazorat qilmagansan-da! – çaqib olmoqçi böldi Ğaybarov. Şunday ohangda aytdiki, xuddi bekorçi odam işlayotgan kişini körolmay, gapirgandek tuyuldi. Buni, avvalo, özi ilğadi. Darhaqiqat, u hozir rostdan ham bekorçi-da!..

Maʼsumov joyidan turgan edi, tağin ötirdi. Ğaybarov undan hol-ahvol söraşini kutdi. “Xalil Murodoviç, qalaysiz? Zerikib ketgan bölsangiz kerak? Iş şunçalar köpki, sizdan ham xabar ololmadim, uzr”, deydi, deb öyladi. Heç bölmasa tannoz kotibani yuborsin edi. Yubormasa, demak, fahm-farosati yetmaydi ularning! Aks holda birrov bölsayam xabar olardi. Hali şoşmay tursin, Ğaybarov joyiga qaytgan kuni, eng avvalo, mana şu kotibani yöq qiladi. Kotiba zotiday sotqinlar bölmasa kerak. Darrov yangi boşliqqa yaltoqlana boşlaydi.

– Işlar çatoq, Murod Xaliloviç, – boş çayqadi Maʼsumov. – Yana bir-ikkita işimiz oçilib qolgan emiş!

– Vahima qilma, – ödağayladi Ğaybarov. – Darrov şovqin kötarasan! Nega şu joyga ötqazdim-a seni?

Maʼsumov uning köziga tik qarab javob berdi:

– Joningizni asrab qoliş uçun-da, Xalil Murodoviç. Axir, pişiqsiz-ku! Ham joningizni, ham kursingizni! Ammo bu qiyin.

Ğaybarovning içidan bir nima uzilib ketgandek böldi. Şundoqqina qarşisidagi şogirdi yetti yot begonadek, avvallari mutlaqo körmagan odamdek, mutlaqo notanişdek körinib ketdi. Ha, ha, notaniş! Bir kunda mutlaq begona kimsaga aylanib qolibdi. Mana şu kursiga bir-ikki ötiribdi-yu, miyasi ham, fikri ham aynibdi. Nahotki, Ğaybarovning joyini qaytarib bermasa? Bu qanday bedodlik?

– Sen bir kunda şunçalik özgarib qoldingmi? – dilidagini tiliga çiqardi Ğaybarov.

Maʼsumov biroz sukut saqlab, keyin javob berdi:

– Özgarganim yöq, axir, nima bölganda ham rostini gapir, deb örgatgansiz-ku! Ehtiyot bölişingiz kerak, demoqçiman-da! Hali köp kavlaşadi, Xalil Murodoviç… Aytdim-ku, men özim körganimdayam çalkaşliklar çiqib qolyapti.

Ğaybarov sal şaştidan tuşgan bölsa-da, Maʼsumovga hujum qilişdan töxtamadi:

– Işqilib özing kavlaştirmayapsanmi ortimdan?

Maʼsumov unga xiyol norozi qarab qöydi-da, lom-mim demadi. Ğaybarov sözida davom etdi:

– Menga qara, şunaqa hujjatlar çiqib qolsa, menga, albatta, ayt. Birgalaşib yöqotamiz.

– Xöp, – boş irğadi Maʼsumov.

– A, bu kotibaga aytsang bölmaydimi, ertalabdan buyon çoy içganim yöq, tomoğim qaqrab ketdi.

Maʼsumov stol yonidagi tugmaçani bosdi. Sal ötmay kotiba kirdi:

– Labbay, Şohid Kamoloviç.

Ğaybarov bir titrab qöydi. Şu asnoda şogirdining ismiyam köp narsani esiga tuşirdi: ha, Şohid edi. Bir paytlardagi jikkakkina bolakay, mana endi Şohid Kamoloviçga aylanib ötiribdi. Bu kotibaning çindan ham farosati yöqqa öxşaydi. Jilla qursa, Ğaybarovning oldida şunday demasin edi. Biroq… nima deb murojaat qilsin? Şohid aka, desinmi? Şundoq korporatsiyaning xöjayinini-ya (vaqtinça bölsayam)?

Maʼsumovdan avval Ğaybarov kotibaga murojaat qildi:

– Nega menga çoy damlab bermading? Nima, senga eslatişim…iz kerakmi? Uyingda çoy-poy damlarding, şekilli?

Kotiba bu gaplarni eşitib, keyin Maʼsumovga qaradi. U boş irğagaç, sekin çiqib ketdi. Ustoz-şogird örtasida yana jimlik çökdi. Ğaybarov serdiqqat, Maʼsumov xotirjam edi. Bir-biridan gap kutişardi.

– Boyagi gapni bekor aytding, – dedi Xalil Murodoviç.

– Qaysi gapni?

– Joningizni asrab qoliş uçun, degan gapni!..

Maʼsumovning yuzida tabassum zohir böldi. Ğaybarov unça tuşunmadi. “Bu gap hazil edi”, demoqçimi? Masxaralayotgandir balki? Nima bölgandayam uning oğzini kutişga qaror qildi. Maʼsumov kutilmagan gap bilan uni esankiratib qöyayozdi:

– Xalil Murodoviç, bilasizmi, işlar juda köp. Şu haqda keyinroq gaplaşsak ham bölar?..

Ğaybarov heç nima demadi. Böğriqib örnidan turdi. Axir, ket, degani-da bu! Nonkör, yaramas! Yaxşilikni bilmagan tullak! Tirjayib turib, joningni olişi mumkinligini bilmagan ekan Ğaybarov buning!

Indamay çiqib ketdi. Kotibaga xömrayib qarab qöydi.

Xonaga kirgaç, stol ustidagi çoyni içgisiyam kelmadi. Telefon jiringlab qoldi. Ğaybarov göşakni kötarişniyam-kötarmaslikniyam bilmadi. Telefon ham töxtovsiz, asabga tegadigan tarzda jiringlayverdi. Demak, kimdir Ğaybarovni söragan. Noiloj göşakni kötardi. Avvallari kim qönğiroq qilganini aytib, keyin ulab berişardi, hozir esa birdan ulab yuborişdi.

– Ha, tinçlikmi? – söradi xotini. – Sotkangiz öçirilgan?.. Işxonangizga qönğiroq qilsam, boşqa xonaga ötgan, deyişdi. Men tuşunmadim.

Ğaybarov tomoq qirib, javob berdi:

– Vaqtinça, xotin, vaziyat şunaqa bölib qoldi.

– Nima vaqtinça?

– Bas qil, – ödağayladi Ğaybarov. – Keyin tuşuntiraman hammasini. Bu yerga umuman qönğiroq qilma, – şunday deb göşakni taşladi. Keyin burçakdagi yumşoq kursiga ötirib, közlarini yumdi. Noilani qömsab ketdi. Qayerda ekan-a? Nozik qöllari bilan suyaklarni yozib yuborardi-da! Yana şunaqangi suykalardiki, beixtiyor ehtiroslaring jöşib-toşardi. Hozir loaqal şu kelsa edi. Biroz ötirib, çaqçaqlaşişardi. Avvallari Ğaybarovning vaqti bölmasdi, mana endi xohlagança! Ammo Noila körinmaydi, Ğaybarov uning qaysi bölimda işlaşiniyam bilmaydi…

Keçga yaqin eşik şaxd bilan oçilib, Maʼsumov kirib keldi. Ğaybarov uning avzoyini körib, beixtiyor örnidan turdi.

– Tinçlikmi… Şohid…jon?

– Sizni bölimga ötkazmasak bölmaydi, Xalil Murodoviç. Ahvol juda jiddiy. Örinbosarlik ştatini, umuman yöq qilib turişga töğri keladi… Xah, şunça boşoğriq qildingiz-a!

– Nima boşoğriq qilibman? – labi gezardi Ğaybarovning, keyin rostdan ham vaziyat yanada jiddiylaşganini idrok etib, özini qutqarişni öylab dedi: – Men, yaxşisi, mehnat taʼtiliga çiqaman.

– Endi keç, Xalil Murodoviç, keça hamma buyruqlarni olib bölişgan. Örinbosarlik joyi böş, degandik, bittasi, mana şu haqda ham rasmiy maʼlumot yuboring, deb ötiribdi. Juda yopişib olişyapti, qöyişmayapti!

Ğaybarov boş qaşlab dedi:

– Böpti, bölim bölsa, bölim-da! Ammo bilib qöy, men işxonaga kelib ötirmayman. Yo uyda bölaman, yo biror yoqqa ketaman.

– Menga qarang, – izoh bera boşladi Maʼsumov, – bu bölim mudirligi özi vakansiya edi. Siz kelib turmasangiz, böşligini bilib biror kişini tiqiştirişmasin tağin.

– Men bölimda ötirsam, suriştirişmaskanmi? – qoşlarini tugun qildi Ğaybarov.

– Suriştirişmaydi, buni özingiz ham bilasiz-ku! Yuqorini hozir köproq böş örinlar qiziqtiryapti, tuşunyapsizmi?

Ğaybarovning jahli çiqdi:

– Ularga özi nima kerak?

– Siz diqqat-eʼtiborlarini tortmay turing, deyman-da! Hozir ketsangiz ham, bundayroq joyda ötirsangiz ham sezib qolişadi.

– Men bölimda işlay olmayman!

– Nega? Axir, avval işlagansiz-ku!

Ğaybarov yalt etib unga qaradi. Rostdan ham işlagan, biroq avval, öz nomi bilan, avval edi-da!

– Tuşuning, agar ehtiyotkorlik bilan harakat qilmasak, iş oçişlari mumkin, – qörqitişda davom etdi Maʼsumov. Keyin sobiq boşliğining javobini kutdi. Undan sado çiqmadi. Aftidan, nimadir demoqçi-yu, tiliga çiqarolmayapti. – Nega indamaysiz?

Ğaybarov zörğa tilga kirdi:

– Mening joyim nima böladi?.. Haligi sen ötirgan joy!

Maʼsumov unga qarab, attang, degandek, boş çayqadi-da, çiqib ketdi.

Ğaybarov öziça mulohaza yuritdi: bu bola öyin qilyapti – futbol! Ğaybarov boşlagan öyinni davom ettirib, uning özini koptok qilib tepyapti! Endi nima böladi?..

Eşik oçilib, Noila körindi!

Noila, özining Noilasi! U ana şunday – Ğaybarovning kayfiyati yöq paytda paydo böladi. Keyin orom, quvonç bağişlaydi. Ayniqsa, hozir Ğaybarov uni körib, şu qadar entikib ketdiki, naq yiğlab yuborayozdi. Maʼsumov uning kayfiyatini ostin-ustun qilgan, Noilaning paydo bölgani muşkulotlarini aritgandek edi.

– Nima böldi? – dedi Noila uning quçoğida erib, özining kayfiyati tuşkun edi.

– Vaqtinçalik, – javob berdi Ğaybarov. – Şunaqa bölib qoldi… Özing yaxşimisan?

Noila biroz sukut saqlab, javob berdi:

– Yaxşi… Bir oğiz aytmabsiz ham. Töppa-töğri kirib boribman. Şohid akani örningizda körib qörqib ketibman.

Ğaybarov Noilaning “Şohid aka” deganiga raşki kelib, uni söroqqa tutdi:

– Nima dedi senga?

– Heç nima! Şu zahotiyoq qaytib çiqdim-da!

– Bu xonada ekanligimni kim aytdi?

– Özim öyladim. Joyingizda Şohid aka ötirgaç, siz şu yerda bölasiz-da!.. Işdan olişdimi, Xalil aka? Nega?

– Vaqtinçalik, dedim-ku, – diqqat böldi Ğaybarov. – Vaziyat sal yumşasin… Xodimlar nima deyişyapti?

– Hali heç kim bilmaydi, menimça. Keçqurun yiğilişda aytişsa kerak-da!

Ğaybarov hayron böldi:

– Qanaqa yiğiliş?

– Hammaga aytib çiqişdi-ku, bilmasam!

Xalil Murodoviç aççiqlandi. Bu işi endi ortiqça Maʼsumovning! Orqa-oldini bilmay qolyapti, şekilli. Noiladan Şohid Kamoloviç ötirgan özining sobiq xonasi telefon raqamini söradi. Noila aytdi. Ğaybarov içki telefondan öşa raqamni terdi. Birozdan söng Maʼsumov göşakni kötargaç, şoşilmay gap boşladi:

– Bugun majlis qilmoqçi ekansan, töğrimi? Nega mening xabarim yöq?

Maʼsumov keskin javob berdi:

– Ha, sal turib majlis ötkazmoqçiman. Buning sizga daxli yöq.

Agar hozir Noila bölmaganida Ğaybarov unga baqirib yuborişi mumkin edi. Biroq Noilaning hamma gapdan vaqif bölişini, qolaversa, telefondagi bunday tarzdagi sözlaşuv – göyo Maʼsumov allaqaçon uning kursisini tortib olganini namoyon etişini istamadi u. Bosiqlik qildi, şu bilan birga Maʼsumovning javobini Noila eşitib qolmaganmikan, degan xavotirga ham bordi.

– Yaxşi, men qatnaşib ötirmayman, özlaring ötkazaveringlar, – dedi sir boy bermay. Göşakni qöyib, Noilaga xotirjam qiyofada yuzlansa-da, kayfiyati nosoz ekanligi ayon edi.

Noila undan gap kutdi. Ğaybarov gapiravermagaç, söradi:

– Qanday masala ekan?

Ğaybarov qöl siltadi:

– Aytarli jiddiy gap emas, – dedi jöyali javob topolmay, keyin sözlarini suvab ketdi: – Intizom masalasi!.. Esimdan çiqibdi, men özim tayinlagan edim. Onda-sonda jamoaning jilovini tortib qöymasak bölmaydi, töğrimi?

Noila öylanib qolgandi.

– Agar siz qatnaşmasangiz, men ham kirib ötirmayman. Aytib qöyarsiz, Xalil aka. Şu yiğilişlarga tobim yöq, bilasiz-ku!

Ğaybarov nima deb javob berişini bilmay, boş irğab qöydi. Noila sözida davom etdi:

– Özi nima böldi, ayting… Keça u yoqda ötirgan odam bugun boşqa xonada ötiribdi. Şunday bölişiyam mumkinmi?

– Nega bölmas ekan? – uning yelkasidan quçdi Xalil Murodoviç. – Buyam bir öyin-da! Bir xil atmosferadan köra, vaqti-vaqti bilan vaziyatni özgartirib turiş kerak. Hademay hammasi joyiga tuşadi… Hali rejalar köp, Noila.

Noila indamadi. Uning şahlo közlari katta-katta oçilgan, yuzida hayrat ifodasi qotgan edi. Hayrat bilan birga qandaydir xavotir bor. Yöq, xavotir deyiş ham töğri emas, Noilaning hafsalasi pir bölgandek edi. Ğaybarov bir söz aytmay uni kuzatib ötiraverdi. Nima deyişniyam bilmasdi. Ayni damda Maʼsumovning kursisida ötirgani uçun özini önğaysiz sezar, Noiladan uyalayotgan ham edi. Nazarida hademay bu juvon uni yöqlaşni bas qiladigandek tuyuldi. Agar Ğaybarov rostdan ham amaldan ketsa, Noilani boşqa körmaydi. Aniqroği, u özini olib qoçadi. Ehtimol, Maʼsumovga yaltoqlanib boşlar! Nahotki, şunday bölsa? Axir, hozirgaça Ğaybarovni amali uçun yaxşi körardi-da! Yaxşi körardi?.. Qanaqa yaxşi köriş? Ğaybarovning pullari kerak edi, xolos. Yoşi ellikdan oşgan tepakalni yoş juvon boşiga uradimi? Muhabbat deganlari kitoblarda, xolos. Jilla qursa, bu tuyğu yoşlarda bölişi mumkin. Kattalarda, ayniqsa, mansabdorlarda bu borada muhabbat emas, öynaş bor, xolos. Muhabbat emiş-a!..

Nega Ğaybarov bu haqda şu kungaça öylamadi ekan? Mana, hozir Noilasi huzurida! Lekin u avvalgidek emas, sarosimaga tuşgan. Kim bilsin, içida nimalarni öylayapti ekan? Ğaybarovdan xalos böliş haqida boş qotirayotgandir, ehtimol?..

– Nega bunça öylanib qolding? – dedi Ğaybarov çiday olmay.

– Bilmadim… özim, – dedi Noila ohista. Ovozi siniq çiqdi. Birozdan söng söradi: – Baribir joyingizga qaytasiz-a, Xalil aka? Axir, sizning joyingiz bu yer emas-ku?!

Ğaybarovning dilidagi tiliga çiqdi:

– Mabodo qaytmasam, sen… unutib yuborasanmi meni?

– Unaqa demang, – Noila uni quçoqlab oldi.

Ğaybarovning nazarida u Noila bilan xayrlaşayotgandek tuyulib ketdi. Bir paytlar harbiy xizmatga ketişidan oldin sevgilisi Sanobar uni xuddi şu tarzda kuzatgan edi. Ança paytgaça xat yozib yurdi. Keyin dabdurustdan maktub yubormay qöydi. Yoş Xalil qança yozmasin, xatlari javobsiz qolaverdi. Içiga öt ketdi. Sanobarning boşqa yigitga erga tegayotganini sezdi. Juda alam qildi. Harbiy xizmatdan qaytib kelgaç, xuddi şu gapni eşitdi.

– Hazillaşdim, deng, – piçirladi quloğiga Noila. – Айти-и-и-н-г…

Negadir Ğaybarovning xörligi keldi. Agar, hazillaşdim, desa, Noila quvonib, mahkamroq quçoqlab oladi, yöq, jiddiy aytyapman, desa, barini yiğiştiradi. Buyam xuddi Maʼsumovga öxşagan odam-da! Tarozi posangisiga qarab iş tutadi. Darvoqe, faqat Noila bilan Maʼsumov emas, boşqalar ham, hamma-hamma şunday! Senga mansabingga qarab muomala qiladilar. Tanimay qöyadilar. Sen ular uçun notanişga aylanasan!

Ğaybarov Noilani ranjitgisi kelmadi, özini ham:

– Hazil, – deb qöydi.

Şu payt eşik taqillab qoldi. Noila tezda özini yiğiştirib, u yoq-bu yoğini tuzatdi.

Kotiba kirdi:

– Noila opa, şu yerdamisiz? Hamma joyni körib çiqdim… Yuring, Şohid Kamoloviç çaqiryapti sizni.

Noila hayron bölib örnidan turdi. Ğaybarov ham lol edi. Noila unga sirli köz taşlab, kotiba hamrohligida xonani tark etdi.

Ğaybarov yana huvillagan diqqinafas xonada bir özi qoldi. Oşnalaridan birortasiga qönğiroq qilmoqçi böldi, ammo bu qaroridan qaytdi. Agar ular ham bu dargohdagi gaplarni eşitişgan bölsa, söroqlab, battar kayfiyatini buzişadi. Uyga qönğiroq qilsinmikan? Hol-ahvol sörardi. Bolalar qalay, nima qilişyapti? Darvoqe, endi qöşnilarning köziga qanday körinadi?.. E, ular bilib ötiribdimi? Umuman, bilsalar nima! Özi nega bunça fojia qilib yubordi?! Yetti muçasi soğ-salomat-ku! Şunçalik ham tuşkunlikka tuşiş mumkinmi?..

Burçakdagi oromkursiga örnaşib, közlarini yumdi. Vaqtni ötkazişning yöli – uxlaş!..

Biroq Ğaybarovning közlariga uyqu kelmadi. U Maʼsumov Noila bilan nimalar haqida gaplaşayotganiga qiziqardi. “Qöy endi öşa odamni”, desa-ya Şohid! Aytişi mumkin, axir! Yiğiliş ötkazmoqçi edi, tezroq ötkaza qolsa-çi!

Nega işni öylamayapti? Maʼsumov, endi bölimga ötasiz, dedi-ku! Bölimda qanday işlaydi?.. Aslida öşa paytning özida ketişi kerak ekan, bu yerda qolib şarmanda bölgandan köra. Maʼsumov rosa kalaka qilsa kerak!

Indamay ketvorsa-çi? Ötiraveradimi indamaygina? Keç ham tuşib qoldi.

Ğaybarov sakrab örnidan turdi. Eşik oldiga borib, sal talmovsirab, keyin şaxd bilan itardi. Koridorda heç kim yöq – hamma yiğilişda bölsa kerak. Birdan kallasiga keldi: Maʼsumov yiğilişda Xalil Murodoviç öz joyini böşatganini eʼlon qilsa-ya?! Aniq şu haqda gapiradi. Aks holda yiğiliş çaqirib ötirmasdi.

Ğaybarov şu haqda öylab-taşvişlanib, tezda işxonadan çiqiş yölagiga qarab yurdi. Taşqariga yöl oldi. Xizmat maşinasi – ana! Haydovçi qöl telefonida kim bilandir valaqlaşib ötiribdi. Ğaybarovni körib, gapini tugatdi-da, savol alomati bilan qaradi. “Uyga ketamiz”, degan buyruqni eşitib, jonlanib qoldi. Tezda maşinani öt oldirdi.

Ğaybarov yöl böyi Maʼsumov uni suriştirib qolişi mumkinligini ham öyladi. Sörasin, suriştiraversin! Endi bu yerlarga kelmaydi, yelkasining çuquri körsin! “Bölimga ötasiz” emiş! Oqibatni bilmagan şogird! Şunça yaxşiliklari, yordamlari qayerga ketdi? Mana, bugun özining tagidagi kursi yetmagandek, Noilani ham tortib olişga kirişdi. Köz olaytirib yurgan ekan-da, ablah! Biroq, ustozdan qolgan-ku bu, demasmikan? Şunçalik yuragidan urgan, şekilli? Ol, olaver! Endi şundoq ham Ğaybarovga uyat böladi. Oilasi, bola-çaqalari bor. Noilasiz ham kuni ötadi…

Şunday deydi-yu, baribir alam qiladi-da! Axir şogird tuşmagur tayyoriga ayyor bölib ötiribdi!..

Ğaybarov uyiga vaqtli qaytgani uçunmi, xotini yana söroqqa tuta boşladi. U indamadi. Dam olmoqçi, bolalari bilan suhbatlaşmoqçi edi, yöq, aksinça, xuddi işxonada qidirib qolişgandek, behalovat böla boşladi.

U zörğa tunni ötkazdi. Ertasiga ertalab, xizmat maşinasi kelgan edi, haydovçiga javob berib yubordi. “Endi qaçon çaqirsam, kelgin, Maʼsumovga özim tayinlab qöyaman”, – dedi. Keyin köçaga çiqib ketdi. Ançagaça tentiradi. Bozor, dökonlarni aylanayotgandi, qöl telefoni jiringladi. Ğaybarov közoynagini taqib, raqamga qaradi: Maʼsumov! A-ha, telefon qilarkansan-ku! Işing tuşibdi-da baribir! Bir özing hal qila olarmiding şunça taşvişni?! Oson, deb öylaganmiding?

– Eşitaman.

– Assalomu alaykum, Xalil Murodoviç… Bugun işga çiqmadingizmi?

Ğaybarov öşqirib berdi:

– Sen özi kimsan, mendan hisobot söraydigan? Işga boramanmi-yöqmi, özim bilaman.

– Sizdan hisobot sörayotganim yöq.

– Gapimni bölma! Keça mendan bemaslahat majlis qilding, aytgandirsan-da, hammasini! Tipirçilab qolgansan-ku! “Otning ölimi – itning bayrami”, deb bejiz aytişmagan ekan. Bilib qöy, men heç qanday işingga yordam bermayman. Xomtama bölma! Qanday qilib öşa joyga ötirgan bölsang, şu tarzda işlayver! Bölimni ham pişirib ye! Men esa köçada qolmayman!

– Xalil Murodoviç, namunça otaşinsiz? – Maʼsumovning ovozi ham baland çiqdi. – Özingizni bosing. Men sizni öylab, şu taklifni aytdim. Eng qulay yöli, axir! Vaqtinçalik, dedim-ku! Mana, bugun ham söraşdi… Sizni qoçib ketdi, deb öylaşlari mumkin, tuşunyapsizmi? Iş oçiladi. Oçiladi!.. Şu yerda bölsangiz, bamaslahat hammasini hal qilardik.

– Endi maslahatim kerak bölib qoldimi? Keça majlis…

– Yana majlisni gapirmang, iltimos. Men vaqtinça boşqa bölimga ötişingizni aytdim, xolos. Haligi ğavğolar haqida çurq etganim yöq. Işonmasangiz, xohlagan xodimdan söraşingiz mumkin.

– Böliming boşingdan qolsin! Nega aytasan? Men jamoaning köziga qanday qarayman? Şu haqda öylab kördingmi?

– Aytmasam ham bölmasdi-da! Sizdan söraşmasa, mana, mendan söraşyapti. Keça yuz marta söraşdi. Nuqul “Xalil Murodoviç qani?.. Nega boşqa joyda ötiribdi?..” Mayli, agar rostdan ham işga çiqmayman, desangiz, zorimiz bor, zörimiz yöq. Ertaga mendan ranjib yurmasangiz bölgani!

Ğaybarov böğilib dedi:

– Qörqitma meni.

Maʼsumov böş kelmasdi:

– Qörqitayotganim yöq, ogohlantiryapman, Xalil Murodoviç. Hozirgi vaziyatni mendan köra siz köproq bilasiz.

– Sen şogird bölib, menga qanday yaxşilik qilding, ayt.

Maʼsumov uning gapini eşitmagandek söradi:

– Maşina borsinmi-yöqmi?

Ğaybarov rostdan ham xavotirga tuşib qolgan edi. Axir, qonun buzilgan, bu hazilakam gap emas. Hamma ayb ombor mudiriga ağdarilgani bilan Ğaybarov işxonada körinmay yursa, rostdan ham, bir balosi bor, deyişlari mumkin.

– Men haqimda yuqoriga nima deding? – söradi u.

– Bu işni menga topşirganlariga ança bölgan, dedim. U kişi yoşlarni qöllab-quvvatlaş tarafdori, dedim. Eng oqsayotgan bölimga öz ixtiyorlari bilan ötib, işni rivojlantiryaptilar, dedim.

Maʼsumovning gaplari Ğaybarovga maʼqul tuşdi. Baribir içidagi hadikni aytdi:

– Baribir ombor mudiri sotib qöyadi-ku!

– Nima deb sotardi? – şivirlab gapirdi Maʼsumov. – Orqa sana bilan rasmiylaştirib qöysak, heç vaqo qilolmaydi.

Ğaybarov, “özing kursini qaçon böşatasan?” demoqçi edi, tili bormadi. Ja ölib turgan ekan, deb öylamasin. Beradiganga öxşayapti-ku! Oqibatli har qalay! Aks holda qönğiroq qilmasdi. Astoydil kuyinib gapiryapti. Ammo… bölim mudirligi… Qanday işlaydi? Boşqa bölimdagilar ustidan kulişmaydimi? Axir, ularni ozmunça sökkanmi janob Ğaybarov!

Bu gapni ham yaşirmadi:

– Endi anovi Safarov, Vosiyev, Fathiddin, Ilhomov, yana kim edi, ha, Zulfiya opalarga kulgi bölib yuraman-da, şunaqa-da-a?

Maʼsumov biroz tin olib javob berdi:

– Qani birortasiga kulsin-çi!.. Kulmaydi. Heç kim kulmaydi… Demak, maşinani yuboraveray?

– Töxta, avval xonani yaxşilab tayyorlab qöyişsin. Keçagidek böladigan bölsa, kerak emas. Haydovçiga ayt, menga qönğiroq qilsin. Qayerdaligimni aytaman, – Ğaybarov şunday deb qöşimça qildi: – Töxta, yaxşisi, tuşdan keyin kelsin, ungaça işlarim bor.

Maʼsumov indamay göşakni qöydi. Ğaybarov uning bu qiliğidan xiyol ranjisa-da, işxonada özining kerakligidan xursand böldi. Bölim-bölim, deb bahona qilyapti, – öyladi u, – aslida işni eplay olmayapti. Attang, Maʼsumovdan, “nima deb öylaysan, tezroq bosdi-bosdi bölarmikan?” deb söramabdi-da! Heçqisi yöq, işxonaga borganida söraydi…

Tuşdan keyin Ğaybarov maşinada ğöddayib ötirganiça işga ketdi. Beixtiyor, “otdan tuşsam ham egardan tuşmayapman”, – deb qöydi öziga nisbatan.

Bölimdagilar sovuqroq qarşi olişdi. Rostdan ham eng qoloq bölim bu. Şu bois barisi Ğaybarovdan eşitadiganini eşitardi.

– Biz Xalil Murodoviçdan şu bölimni rivojlantirişni söradik, – dedi Maʼsumov. – Öylaymanki, işlar silliq ketadi.

Ğaybarov uning gapini tuzatgan böldi:

– Aslida könmasdim-u, iltimos qilişganiga kelaverdim, – keyin qöşimça qildi: – Har holda özimizning qadrdon işxona. Jonimizni jabborga berib işlaymiz. Işni hisobotlarni qayta körib çiqişdan boşlaymiz. Har bir oy böyiça balanslarni közdan keçiramiz. Xatolar bölmasligi uçun çoraklik bilan taqqoslab çiqamiz.

– Bu masalalarni özlaring gaplaşib olarsizlar, – kulimsiradi Maʼsumov. – Işdan söng yana bir bor yiğilişib, natijalarni tahlil qilsak, Xalil Murodoviç?

Ğaybarov unga norozinamo qarab qöydi…

Işlar silliq ketmadi. Xodimlar xömrayib qarasa, labini burib, ensasini qotirsa, iş böladimi! Bitta-ikkitasi eşitilar-eşitilmas piçing ham qilib ulgurdi: “Bir paytlar bölimimizni tugatmoqçi bölişgandi-ya, zararga işlayapti, deb, öşa vaqtda tor-mor qilişmaganining sababi bor ekan-da!.. Şunday kunda kerak bölib qolarkan, qarang”.

Muttahamlar-yey, avvallari qaltirab turardinglar. Tillaring çiqib qolibdi-da!

Keksa Döstov degani Maʼsumovning huzuriga kirib-çiqişga ulguribdi. “Bu odam özi tuşunmaydi-yu, nega bölimga qöyasiz?” – degan emiş! “Özi qilmay, faqat buyuradi”, – debdi yana. Senlarga tayyor qilib beriş kerakmi? Tağin Döstov emiş! Otasi döst bölgandir-da kimlargadir, özi aslo unaqa emas! Oldinlari ham mijğovlanib asabga tegardi.

Özi bular Ğaybarov yana öz kursisiga qaytib ötirişini fahmlaşmaydi, çoği! E, bu şunday bölimki, özlari xohlagan, orzu qilgan odamni, hattoki otasiniyam boşliq qilib qöysang, norozi bölişadi…

Keçroq kiçik majlis çoğida Ğaybarovga “hujum” qilib ketişsa, deng! U bu bölimga, umuman, işxonaga kerak emasmiş! Uyalmay aynan şunday deyişdi. Ğaybarov boşini qay toşga ursin! Alam qilgani – manovilar, göyo uni endi körib turgandek, mutlaqo begonaga qilgandek munosabatda bölişdi. Baraka topkurlar, şunça vaqt işladi-ku Ğaybarov, hali yana ötiradi kursisiga! Yöq, aksinça, xuddi yovvoyi odamlardek, çuvillab gap berişmaydi. Ular bir tomon, Ğaybarovning özi bir tomon.

Maʼsudov ikkala tarafni zörğa tinçlantirdi. Hammasi joyiga tuşişini, bir-birlariga örganib ketişlaridan umid qilayotganini aytdi.

– Umid yöq, – dedi çört kesib Döstov. – Bu odam, aksinça, işni orqaga tortadi. Menda boşqa taklif bor.

– Xöş? – unga köz tikdi Maʼsudov.

– Biz tayyorlagan balanslarni çiqitga çiqarayotgan ekan, marhamat, özi qilib bersin. Ana şunda köramiz kuçini! Hisobçilik bu odam öylayotganidek osonmas! Bölim mudirligi ham faqat buyur-buyurdan iborat emas. Şu çoqqaça tinçgina işlayotgan edik. Mana, bugun şunça ğalva orttirib ötiribdi. Oddiy hisobçi ştatiga tuşiriş kerak buni.

Ğaybarov sakrab örnidan turgan edi, Maʼsumov uni sekin yelkasidan bosib, joyiga ötqazdi. Tuşuntirmoqçi böldi, ammo Döstov ham, boşqalar ham eşitişni istaşmadi.

– Nima, eplay olmayman, deb qörqyapsizmi? – dedi Döstov közlarini löq qilib Ğaybarovga. – Özi şu iş keladimi qölingizdan? Bi-i-r özingizni körsating-çi! Iş buyurişni biz ham bilamiz.

Xuddi kelişib olişgandek, hamma jim bölib, uning oğzini poyladi. Ğaybarov asabiylaşdi:

– Qölimdan keladi, bildingizmi? Meni kim deb öylayapsiz? Nima, keçagi kungaça butun boşli işxonani boşqarganimni unutdingizmi?

– Siz keçagi kunni qöying, – istehzoli kuldi Döstov. – Bugundan gapiring. Bizga risoladagidek hisobotni tayyorlab körsating, yana takrorlayman, agar qölingizdan kelsa.

Maʼsumov Ğaybarovga yuzlandi:

– Nahotki bular bilimingizga işonmayotgan bölişsa? Bir qoyillatib taşlang!..

Ğaybarov ertasiga bölimdagilarning talabi bilan oddiy hisobçilikka ötkazilib, hammaga namuna böladigan hisobot tayyorlab beradigan böldi.

Uyga qaytar mahali Ğaybarov beixtiyor daydi-şumqadamni esladi. Rostdan ham başoratçi edimi u?

Anvar NAMOZOV

Davomi bor

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 5-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)