18 daqiqada öqiladi

435 marta körilgan

Kenja qiz

Muhammad Ali

(Oçerk)

 

1

Şahrixonning şundoq yonginasida joylaşgan juda fayzli va şinam Saroy qişloği odamlari hurmatga sazovor, özlarining tadbirkorliklari, uddaburonliklari bilan atrof muzofotda dong taratgan. Bözdan Andijonga töğri katta taxtiravon yöl tuşgaç, taqdir taqozosi bilan tabiiy ravişda Buyuk Ipak yölining böyiga çiqib qolgan qişloq yana ham obodonlaşib, yurtimizning odamlar havasini keltirar darajada gözal maskaniga aylandi. Albatta, har bir yerni obod etadigan kuç, şijoat bu – uning odamlari.

Saroy qişloğida Inomjon Otaxonov degan bir odam yaşar, özi Şahrixondagi “Atlas” fabrikasida maşina haydar, rafiqasi Anorxon kolxozçi edi. Oilada olti farzand – uç qiz va uç öğil ösardi. Xudoyi taolo yettinçi farzand nişonasini ham körgizdi. Ota-ona agar farzand kutsa albatta öğil umid qiliş xalqimizda urf-odat. Lekin bu qizlarning qadrini pasaytiriş emas, balki dunyoning yuki asosan öğillar zimmasiga tuşişi, öğil ota mulki, uy egasi bölib qolişi, qiz esa “birovning xasmi” ekani, kun kelib uzatilib yuborilişi, yiroq-yiroqlarga ketib qolişi ehtimolidan, albatta. Duşman bostirib kelsa, dastavval uning himoyasiga otiladigan yigitlar, Vatanning, ota-onaning, muştipar opaning, suyukli singilning taşvişiga yelka tutadigan, ularning şaʼniga doğ tuşirmay qöriqlaydigan ham birinçi galda öğillar…

Inomjon aka bilan Anorxonlar ham uçta öğlim törtta bölib qoladi, degan umidda öğil kutardilar. Lekin vaqti soati yetib, Xudo ularga qiz ato etdi va endi öğillarimas, balki qizlari törttaga aylandi. Gödakka “Sayyid ul-ayyom”da, yaʼni kunlarning uluği bölgan jumada tuğilgani uçun “Odina” deb ism qöydilar. Eşitganlar: “Hm-m… Kenjasi ham qiz bölibdi-da…” deb qöyişardi sermaʼno qilib. Ota-ona bu paytda yörgakdagi şu murğak Odina vaqtlar kelib bir emas, ön öğilning işini bajara oladigan mehnatsevar, aqlli, şaddod, serğayrat, işçan, qadamidan öt çaqnaydigan işbilarmon qiz bölib voyaga yetişini, albatta, bilmas edilar. Bu voqea 1974-yilda yuz berdi.

Odina kiçikligidanoq har narsaga qiziquvçan, harakatçan bölib ösdi. 1981-yilda Saroy qişloğidagi 29-maktabning 1-sinfiga öqişga kirdi. U ayrim qizlarga öxşab böş-bayov emas, balki izlanuvçan, tinib-tinçimas, öqişni qattiq tutgan, dugonalari bilan darrov kirişib keta oladigan xuşmuomala, darslarda ham öqituvçiga eng köp savol beradigan öquvçilar safida bölardi. Uyga kelganda darslarini qilib bölib, uy işlariga qaraşar, keyin közlariga közoynak taqib, söfibarmoğiga angişvona kiydirib tön qaviyotgan, belboqqa çiroyli gul solayotgan Anorxon ayaning yoniga ötirib, buvisining ignani öynatayotgan mohir barmoqlariga havas bilan tikilardi.

– Buvijon… men ham tiksam böladimi? Tikişni juda yaxşi köraman. – deydi Odina bir kuni.

Anorxon aya suluvlikda öziga tortgan ön ikki yoşli qiziga mehr bilan qaraydi:

– Nimaga bölmas ekan, tentakkinam? Böladi, böladi! Qiz bola degan tikiş-biçişni yaxşi bilişi kerak özi. Sen-çi, anavi qöğirçoğingga yangi kiyimlar tikib ber, örganasan. Qaramabsan-ku, beçoraning kiyimlari eskirib ketibdi…

Ona-bola kulib yuboradilar. “Qöğirçoğining kiyimlari eskirganidan” xijolat Odina darhol qiyqimlardan qöğirçoğiga kiyimlar tikişga tuşadi…

Odinaning tikuvçilikka mehr qöyişi şundan boşlangan bölsa kerak. Uning ustozi – buvisi. Bu haqda keyin.

Insonning tolei Xudodan. Öşa tolega insonning özi boradi, birov uni yetaklab olib borib qöymaydi. Bariga insonning özi tinib-tinmas mehnati, intilişlari, aql-idroki bilan erişadi. Lekin mehnatning mehnatdan farqi bor. Bir toşni tepadan pastga tuşirib qöyiş, yana tepaga çapdastlik bilan olib çiqiş ham mehnat. Buning kimgadir nafi tegadimi? Yöq. Insonning mehnati öziga ham naf keltirsin, elga ham. Odinaning dadasi, dunyoning past-balandini körgan, rohatini ham tuygan, azobini ham tortgan Inomjon aka suhbatlarda qiziga mana şu mangu haqiqatlarni tuşuntirişga harakat qilardi. U, ayniqsa, kenjalari bölgani uçunmi¸ Odinaga köproq eʼtibor berar, mungluğ-da, köngli çökmasin, deganday yoniga tez-tez çaqirib turardi.

Inomjon aka hali bolaligida bobosi Otaxon boboni quloq qilib yuboradilar.

– Yoş yetim qolganman, – derdi Inomjon aka. – Bir töğram non uçun, birovlar molini boqib katta bölganman, eh, afsus… Hayotning aççiq-çuçugini xöpam totganman…

Odina dadasining hikoyalarini jim eşitib ötirar, nasihatlarini könglining tub-tubiga joylardi.

2

Maktabni bitirgaç, Odinaxon 1991-yilda boşlanğiç taʼlim öqituvçisi böliş maqsadida Böz pedagogika bilim yurtiga hujjatlarini topşirdi. Saida Zunnunova nomidagi bu öquv maskani(hozir pedagogika kasb-hunar kolleji) butun vodiy yoşlarining intilib keladigan joyi edi. U yerda hayot qaynardi, vodiyning biri-biridan ötaman degan bilimdon gözal qizlari, hayot ostonasida turgan yoşlar, bir dunyo orzular oğuşida bilim olişar, öqituvçilik sir-sinoatlarini örganişardi. Bunday joyda öqiş Odinaxon singari intiluvçan qiz uçun ayni muddao böldi. U tahsil asnosida har xil tögaraklarda qatnaşdi, tanlovlarda iştirok etdi, juda köp adib va şoirlar bilan ötkazilgan qiziqarli uçraşuvlarda oldingi qatorlarda ötirdi. Bu yerda Özbekiston Qahramonlari Said Ahmad, Ozod Şarafiddinov, Erkin Vohidov, olim va şoirlardan Naim Karimov, Begali Qosimov, Pirmat Şermuhamedov, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo kabi va boşqa köp taniqli adiblar mehmon bölişgan. Könglida bir dunyo orzulari mujassam Odinaxon ana şunday maʼnaviy-maʼrifiy muhit hukmron bölgan öquv yurtida tahsil oldi, bilimini oşirdi.

Kunlardan bir kun Baliqçiga ota-onalarini körgani ketgan. Salima degan dugonasi qaytib kelganda juda xafahol körindi. Tanaffus payti edi. Odinaxon qarasa, juda ruhi tuşgan, yiğlavoray deb turibdi.

– Nima böldi? Biron yomon iş böldimi? – taşvişlanib söradi dugonasidan.

– Doim şunaqa… – dedi közlariga kelgan yoşni artib Salima. – Borsam, mahallamizdagi ikkita qizga sovçi kepti. Qayta-qayta kelib turişibdiykan…

– Kelsa, yaxşi-da. Şunga şunçami?

– Yö-öq… – dugonasi yiğlamsiradi. – Biznikiga bitta odam ham qadam izi bosmagan… Men xunukman, deb aytaman-ku senga… Kimga ham kerakman men? Juda öksindim…

Odinaxon şaraqlab kulib yubordi.

– Voy öl! Topgan gapingni qara! Qiz bola xunuk bölmaydi, jinni! Hammasining öz vaqti soati bor…

– Mana, sen çiroyliksan, sening yöriğing boşqa… – Salima Odinaxonga havas bilan qaradi. – Senga sovçilar kelib yotgan bölsa kerak…

– Menga ham ja-a kelib yotgani yöq, – yupatdi dugonasini. – Buni öylab ötirmayman ham. Hozir öqişimizni öylaylik. Salima! Senga ham sovçi keladi, şoşma. Sen ajoyib qizsan, bilimdon, diling toza… Bölajak kuyoving ham baxtli böladi hali. Gap çiroyda emas, insonning qalbi çiroyli bölsin. Tuşundingmi? Şunga intilaylik.

– Rost aytasan. Rahmat senga, dugonajonim! Men ham erga tegay deb, ja-a ölib turganim yöq… Tağin unday deb öylama! – uyalib dedi dugonasining gaplaridan bahri dili oçilgan Salima. – Endi, köngil ekan-da…

Ikki dugona qöl uşlaşgança darsxonaga yugurdilar…

1993-yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirib qaytgan Odinaxonni özi işlagan maktabga boşlanğiç sinflarga mehnatdan öqituvçi lavozimiga qabul qildilar. U kiçikligidanoq öqituvçilikni, bolalarga saboq berişni, ularga hunar sir-asrorlarini örgatişni orzu qilardi. Har bir insonni ijodkor desak haqlimiz, faqat kimdir öz salohiyatini anglab, tirişib izlanib, öz-özini kaşf eta oladi, kimdir esa eʼtiborsiz qarab, balki yalqovlikdan, vaqtni qöldan çiqaradi. Öquvçilarga mehnatdan dars berar ekan, tabiatan ijodkorlikka, xususan, dizaynerlikka moyil  qiz vaqtni boy bermadi, layoqati asta-sekin namoyon böla bordi.

Odinaxon hali özi öquvçilik paytidayoq, öquvçilar libosi juda odmi, körimsiz ekanidan köngli tölmay yurar, kim çiqargan özi, der, hatto kiygisi kelmas edi. Maktabda işlar ekan, u uzoq keçalar qoğoz ustida ötirib, izlanib, çizib-öçirib, öquvçilar libosining bir neça maqbul biçimlarini öylab topdi. Çizganlari buvisi va opalariga juda yoqdi. Lekin hali ularni birovga körsatiş niyati yöq edi unda.

1997-yilda “Öquvçilar libosi” respublika körik- tanlovi bölişi haqidagi xabarni eşitgan Odinaxon, bir qatnaşib köray-çi, mohir tikuvçilar bilan bahs boylaşişni menga kim qöyibdi, lekin iştirok etib, körib, sekin-sekin örganib boraman-da, orzuga ayb yöq, dedi öziga özi. U bu işining keyinçalik tadbirkorlik faoliyatida dastlabki qadam bölib qolişini bilmasdi.

Yigirma uç yoşli saroylik şaddod qiz, zikr etilgan körik-tanlovda qatnaşib, manaman degan daʼvogarlarni ortda qoldirib, faxrli birinçi örinni egallasa böladimi! Saroyda duv-duv gap bölib ketdi! Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1-örin uçun sovğasi ham juda ajoyib ekan: 4 ta oliy sifatli tikuv maşinasi! Yozuvçiga ötkir qalam, sozandaga yaxşi soz hadya qil, eng yaxşi sovğa şu böladi, deydilar-ku. Bir paytlar uylarida buvisidan taşqari, tört opa-singil örtasida talaş bittagina çok maşinalari bor edi. Anorxon aya, hoy, buzib qöyasizlar, kamroq işlatinglar, mayda işlaringni qölda tikib qöya qolinglar, deb qizlariga ruxsat beravermasdi. Odinaxon keçalari ötirib maşinada tikiş işlarini ado etardi. Endi esa ularda bir emas, naq törtta tikuv maşinasi bor!

Odinaxon bağoyat ruhlanib ketdi. 1998-yilda qişloqning uyda ötirgan qöli gul ön ayolini jamlab çevarlik sexi oçdi. Şu yili Xotin-qizlar qömitasi tomonidan ötkazilgan “Kelinlar liboslari” körik-tanlovida 3-örinni olişga erişdi. Asta-asta davlat buyurtmalari ham tuşa boşladi. 1999-yilda yana 15 ta tikuv maşinasi sotib olgaç, işçilar soni 40 taga yetdi. Bari saroylik, şahrixonlik ayollar, qizlar edi. “Hamkorbank”dan 2 million söm kredit olgani juda qöl keldi.  Odinaxon  sexda köpdan öylab yurgan niyatini amalga oşirdi: bolalar uçun qişki kiyimlar tikişni yölga qöydi. Çevarlik sexi endi bejirim paltolar, kurtkalar¸ kitellar tikib xaridorlarga yetkazib bera boşladi. “Taşabbus-2002” körik-tanlovida “Yaxşi tadbirkor ayol” nominatsiyasi böyiça ğoliblikni qölga kiritgani Odinaning öz qadamlariga bölgan işonçini yanada mustahkamladi.

Bilim yurtida öqiyotganida, qizlar örtasida, kim nimani yaxşi köradi, kimga nima yoqadi, qabilida tortişuv böldi. Kimdir u yoqadi, dedi, kimdir bu. Odinaxonning javobi hammani qoyil qoldirdi. Javob bunday edi: Odinaxonning eng yaxşi körgan qahramoni – Tömaris momo. Eng yoqtirgan şoirasi – Nodira begim. Eng yaxşi körgan kitobi – “Ötgan kunlar”, eng yaxşi körgan kinosi – “Sangam”, eng yaxşi körgan şahri – Şahrixon, eng yaxşi körgan aziz inson – buvisi Anorxon aya. Eng yaxşi dugonasi – Salima…

3

Öqituvçilik qilayotganining töqqizinçi yili Odinaxon bundan keyingi taqdirini tadbirkorlikka bağişlaşi kerakligini angladi, köngli şuni tilab turardi. Mamlakatda tobora qanot yozib borayotgan tadbirkorlik, biznes harakatlari uni ohanraboday öziga tortar, katta-katta rejalarga kiriş, deya çorlayotganday bölardi. Zamon talabi şunday edi. Lekin aqlli qiz bu işlarni ado etiş uçun unga bilim, ayniqsa iqtisodiy bilim zarurligini tuşunib yetdi va buvisi Anorxon ayaga yorildi:

– Öqişni davom etdirmoqçiman, buvi.

– Töğri qilasan, qizim. Biliming bölmasa qiynalib qolasan.

Öqişga kir!

Buvisining sözlaridan dadillangan Odinaxon Andijon muhandislik iqtisodiyoti institutining moliya-kredit fakultetiga sirtdan öqişga kirdi va 2008-yilda bitirib iqtisodçi mutaxassisligiga ega böldi.

Öşanda institutga qabul qilingani haqidagi xursandçilik xabarini aytgani kirganda, Anorxon aya uni tabrikladi-da, xuddi qizining könglidagini körib turganday dedi:

– Qani, bu yerga ötir-çi. Gapim bor. Mana, öqişga ham kirding, endi birgina çevarlik sexi bilan çegaralanib qoliş mumkinmas, qizim. Uni kengaytiriş lozim. Şaharda ham öquv markazi oçsang yaxşi bölardi…

– Men ham şuni öylab yurgandim, buvijon. Içimdagini topdingiz! – kuldi Odinaxon. – Manzura opam ham aytdi. Şunday öquv markaziga talab bor. Hamma til örganaman, deydi. Köplar şunday joyni qidirib yuribdi. Kengayib borayotgan çevarlik sexiga yuqori saviyali tikuvçi kadrlar kerak, ularni özimiz tayyorlaşimiz lozim. Oçaman, albatta.

Şu tariqa ön beş kişi işlaydigan, hozir Nasibaxon opasi boşqarayotgan “Odina-fayz” öquv markazi oçildi va tezda eʼtibor qozondi. Ehtiyoj kuçayganidan öquv kurslari oltitaga yetdi.

Ayni paytda çevarlik sexining imkoniyatlari ham kengaya boşladi. Uzoqni közlagan qiz, işni yaxşilaş, samarali natijalarga erişiş uçun yangi zamonaviy texnologiyalar olib keliş zururligini his qildi, yöq esa, bozorgir buyumlar işlab çiqariş, bozor iqtisodi talablarini bajariş muşkul. Ha, korxonani modernizatsiya qiliş darkor.

Yurtboşimizning mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari işlab çiqarişni rağbatlantiriş va texnologik jihozlar, butlovçi buyumlar import qilişda bojxona boji va soliqlardan ozod etiş töğrisidagi qarorlarida berilgan imtiyozlar katta yordam berdi. Şundan foydalanib, korxonaga xorijning tikuvçilik sohasidagi zamonaviy tikuv dastgohlarini olib kelişga kirişdi. Dadil harakat qilgan Odinaxon “Aloqabank”dan olingan kredit evaziga 52 ming yevroga Xitoydan orzu qilib yurgan börtma gul(vişivka) va turli naqşlar soladigan, yana köp foydali “hunar”lari bor  dastgoh-maşina olib kelib örnattirdi. Tikuv maşinalarining soni endi 100 taga yetdi. Iş yana ham yurişib ketdi. Hozir korxonada 120 ta ayol iş bilan band. Şunça oilaning tirikçiligi ötib, qozonlar qaynab turibdi… 38 nafari çevarçilik hunarini maxsus egallagan kollej bitiruvçilaridir. Natijada korxona maktab va kollej öquvçilari uçun olingan buyurtmalarni töliq qoplaşdan taşqari, xorijga 600 ming AQŞ dollari qimmatida mahsulot eksport qilişga erişdi. Odinaxon kelgusi yilda eksport hajmini 2 baravarga oşiriş, iş örinlarini yana 80 taga köpaytirişni köngliga tugib qöydi.

4

– Mamakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlikka keng yöllar oçib berilmoqda, – deydi Odinaxon. – Bunga faqat quvonasan, bir ğayratingga ön ğayrat qöşiladi. Ğamxörliklar uçun minnatdormiz. Prezidentimizning 2010-yil 12 noyabrda bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisida qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş konsepsiyasi” haqidagi maʼruzalarida hammamizning oldimizga jiddiy masalalar qöyildi, biz uni qisqa qilib “Konsepsiya” deymiz, korxonamizda qayta-qayta örganib çiqqanmiz. Qaysi biriga qaramang, juda zarur, hayotiy masalalar-da.

– Çindan ham hayotimizning barça sohalariga sinçkov nazar taşlab ötilgan, – dedim men. – Haqiqatda, uni hayotimiz konsepsiyasi, mustaqil mamlakatning yaşaş konsepsiyasi, deyiş mumkin.

– Juda töğri, domla. Masalan, Konsepsiyada biz tadbirkorlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar kölamini yanada kengaytiriş böyiça köplab ustuvor vazifalar belgilab berilgan, – sözini davom etdirdi Odinaxon, – yaʼni tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rivojlantiriş, ularning erkin faoliyat yuritişlari uçun huquqiy asoslarni mustahkamlaş yuzasidan bir qator takliflar ilgari surilganki, biz uçun ayni muddao, bari kelgusi işlarimizning baralla qanot yozişiga yaxşi şaroitlar yaratadi. Çunonçi, tadbirkorlikda ruxsatnomalar berişda tartib-qoidalarning soddalaştirilişi, ruxsatnoma uçun tuşgan arizalarni körib çiqiş muddatining aniq körsatilişi juda muhim.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralaşuvlar uçun javobgarlikni kuçaytiriş, rejali tekşiruvlarni yangi oçilgan korxonalar uçun – ular hali gödak, yaxşi oyoqqa turmagan-da, – uç yil muddatga uzaytiriş ham yaxşi natijalarga olib keladi, albatta…

Odinaxon berilib sözlaydi, endigina öttiz yetti yoşga kirgan yoş tadbirkor ayolning fikrlari asosli va mantiqli, niyatlari esa yoruğ va ulkanligidan kişini öziga rom etardi.

Hamma, jumladan, tadbirkor ham öz huquqi uçun kuraşmoği kerak, işga nafi tegadigan takliflarni kötarib çiqişi lozim, birov kelib qilib bermaydi. Odinaxon buni juda yaxşi tuşunadi. Boşqa tadbirkorlar bilan muloqotlarda hayotning özi köndalang qöyayotgan masalalar, ularni hal qiliş yöllari, qabul qilinayotgan qonunlarning keng yöllar oçayotgani haqida fikr almaşib turadi.  Soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni öz vaqtida tölab kelayotgan, işlab çiqariş hajmini kamaytirmagan kiçik tadbirkorlik subyektlarining faoliyati soliq organlari tomonidan tekşirilmasligi, banklardan kredit oliş qoidalarini yengillaştiriş, işonçli mijozlarga minimal talab asosida kredit beriş tadbirkorlarni yanada ruhlantiradi, dadil qadam taşlaşlarini osonlaştiradi.

“Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlari kafolatlari töğrisida”gi qonunda tadbirkorlarning xususiy mulklari qonuniy himoyalanişiga eʼtibor berilayotgani köp maqbul işdir. Mazkur hujjatda xususiylaştiriş natijalarini qayta körib çiqmaslik böyiça meʼyorlar qabul qiliş közda tutilgani ham tadbirkorlarga körsatilayotgan alohida ğamxörlik namunasidir.

– “Oilaviy tadbirkorlik” töğrisidagi qonun ham juda ajoyib, – deydi Odinaxon. – Oilaviy korxonada yoşiga yetmagan oila aʼzolari ham böş vaqtlarida korxonada işlaşlari maqbul deyilgan. Bu juda töğri. Şunday qilinsa, farzandlarimizni maʼlum bir kasbga yönaltiriş oson keçadi. Ularning böş vaqtlarini band etmoq, foydali işlarga jalb qilmoq maqsadga muvofiqdir.

Odinaxon Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining katta majlisida deputatlar, davlat va jamoat vakillari huzurida minbarga çiqib, yuqorida zikr etilgan, hal qilinişi zarur bölgan tadbirkorlar oldida turgan dolzarb muammolar haqida söz yuritdi va öz takliflarini örtaga taşladi….

5

Odinaxon hali öz işlaridan qoniqmas edi. Unda yangidan yangi rejalar paydo bölardi. 2003-yilda buvisi Anorxon ayadan fatvo olib çorvaçilik fermer xöjaligini taşkil qildi va uni dadasining ismi bilan “Inomjon-fayz” deb atadi. Iş “kim oşdi” savdosida ğolib çiqib, 23 sigirga ega bölgandan keyin boşlanib ketdi. Dastlab ijarada ötirib iş olib borildi. Keyinçalik mollar soni 110 taga, undan 200 taga yetdi. Tuman hokimiyati xöjalik uçun 60 gektar yer ajratdi. Unga arpa, soya, buğdoy ekdilar, quşga ham suv kerak, ham don, deydilar-ku. Xöra sigirlarga esa sifatli, uglevodlari köp yem, şirali ozuqalar kerak…

2007-yilda Prezidentimiz tomonidan işlab çiqilgan iqtisodiy inqirozga qarşi çoralar dasturiga muvofiq 378 million sömlik imtiyozli kredit olib, Germaniyadan va Polşadan jahonga maşhur bölgan 83 ta “Golşteyn-friz” naslli sigirlaridan xarid qilindi, undan oldin esa ozuqa zaxiralari mustahkamlab qöyildi. Keltirilgan mollarni öz vaqtida oziqlantiriş, parvarişlaş va sunʼiy uruğlantiriş hisobiga ularning soni 282 taga yetdi. 13 ta sigir egizak tuğibdi! Yana quvonarli tomoni şundaki, mollar bir yil içida Germaniyadagi körsatkiçlar darajasida sut bera boşladi. Har bir boş sigirdan kuniga örtaça 30-35 litrgaça sut soğib olinmoqda.

– Köpdan öylab yurgan niyatim bor edi, – dedi Odinaxon, yozgi oğilxonani aylanib yurganimizda. – Xudoga şukur, sut möl, kundalik ehtiyojlarimizdan har kuni 2,5-3 tonna ortib qolmoqda. Ularni qayta işlaş kerak, degan qarorga keldim… Pişloq, yogurt, tvorog, qaymoq, qatiq, smetanalar özimizda çiqsin, deyman.

Odinaxon şu yil “ÖzEkspo” körgazmasiga borib, Germaniyaning “Agroris” firmasi vakili bilan xöjalik daromadi hisobidan 180 ming yevroga minitexnologiya – zamonaviy sutni qayta işlaş dastgohiga şartnoma tuzgandi. Mustaqilligimizning 20 yilligi arafasida zavod işga tuşirildi. 25 ta işçi örni yaratildi. Zavod kuniga 7 tonna sutni qayta işlaş quvvatiga ega.

– 50 sötix yerda issiqxona qilganmiz, – davom etadi Odinaxon. – Çiqitsiz mahsulot işlab çiqariş tizimiga ötiş maqsadida yil böyi yiğiladigan 5 000 tonna göngdan gumus, yaʼni çiritma oliş ustida işlayapmiz. Gumus – lotinça tuproq degani. Yerga juda foydasi bor.

– Gumusni nima qilasizlar? – sörayman men.

– Nima qilamiz? Fermerlarga sotamiz! – deydi Odinaxon kulib. – Qöşimça daromad olamiz.

Bu çinakam tadbirkorning sözlari edi.

Bir paytlar inşo etgan “Boqiy dunyo” şeʼriy romanim qahramonlaridan biri, XIX asr oxirlarida xuddi şu Şahrixonda yaşagan sarvatmand  Azimboyning quyidagi sözlari esimga tuşadi:

“Aql bilan sarf qilingan “bir”

“Ikki” olib kelsa yomonmi?..”

Ha, bir söm sarflab, ikki söm topiş – hamişa tadbirkorning orzusi bölib keladi. Çinakam tadbirkor esa topganini ezgu işlarga sarf etadi. “Inomjon-fayz” fermer xöjaligi ham bundan mustasno emas. Şahrixon tumanidagi 29-62-örta maktablar¸ 15-maxsus internat xöjalik tomonidan otaliqqa olingan. Yaqinda Saroy qişloğidagi yettita kam taʼminlangan oilalarga va 15-maxsus internatga naslli sigirlardan 8 ta sovğa qilindi (bitta sigir 5 million 600 ming söm turadi). Qişloqdagi guzar qurilişida, şahardagi özbek mumtoz şoiri Oraziy muzeyini rekonstruksiya qilişda sezilarli yordamlar körsatildi. Barini Odinaxonning özi nazorat etadi.

6

Tole ham intilganga kulib boqadi. Buni Odinaxon Otaxonova misolida yaqqol köriş mumkin.

– Keça buvijonimni muborak haj safariga jönatdik, – deydi Odinaxon xursandçiligini biz bilan baham körib. – Qurbon hayiti kunlarida köp yurtdoşlarimiz, onaxonlarimiz qatori Makkayi mukarramada böladilar. Dadam rohatimizni körmay ötib ketdilar. Endi biz farzandlari, u kişi körmaganlarni ham buvijonimiz körsinlar, deymiz.

Odinaxon mamnun edi. Anorxon ayaning farzandlari hammasi iş bilan band, bekor yurgani yöq. Tarbiya şundoq bölgan-da. Katta qizi Manzuraxon Otaxonova çevarlik sexi boşliği, Nasibaxon öquv markazini boşqaradi, Matlubaxonning öz savdo firmasi bor. Tohirjon Otaxonovning dehqon fermer xöjaligi 30 gektar yerda dehqonçilik qiladi. Odinaxonning turmuş örtoği Alişer Madazimovning ham alohida biznesi bor.

– Yaqinda “Hamkorbank” bizga 92 ta sigir oliş uçun 300 ming AQŞ dollari miqdorida 2,5 % ga imtiyozli kredit ajratdi, – davom etdi sözini Odinaxon. – Germaniyadagi hamkorlar bilan kelişib qöyganmiz, yaqinda borib 123 ta “Golşteyn-friz” naslli sigirlaridan olib kelişimiz kerak. 31 sigirni esa tejalgan öz mablağimizga olamiz. Bir neça kundan keyin akam bilan birga Germaniyaga borib kelaman…

Şu payt ikkita bir xil kiyingan, beş yoşlar çamasidagi, bir-biriga öxşaş şirintoy ikki bola yugurib kelib Odinaxonga özlarini otdilar.

Mening taajjublanganimni körgan Odinaxon çiroyli jilmaydi:

– Bular öğillarim, Hasan-Husanlar. Yana bir öğlim bor, ikki yoşda… Bölajak yordamçilarim-da…

– Ha, Xudo umr bersin, katta yigitlar bölib yetişsinlar! – tilak bildirdim men.

– Rahmat!

Odinaxonning esida, 1997-yilda dadasi Inomjon aka yurak xastaligi bilan oğrib qoldi. Şifoxonada yotar ekan, qiziga qarab dedi:

– Qizim, senga bir gap aytaman. Dono qizimsan, senda şunga uquv bor, aqling ham yetadi. Bobolaring tijorat, tadbirkorlik bilan şuğullanişgan. Oqqan ariqqa suv keladi albatta… Yurtimizda tadbirkorlikka keng yöllar oçilyapti. Qörqmay tadbirkorlik kasbini egallagin. Pul ham böladi, obrö ham… Doim xayru ehson qilişni unutma! Senga oq fotiha beraman, olginu oldirmagin, unib-ösgin, ulğaygin. Omin, Allohu akbar!

Inomjon aka qöllarini yuziga tortdi.

Bu dadasining vasiyati edi.

– Prezidentimizning “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” kitobida şunday ajoyib sözlar bor, domla, – deydi Odinaxon. – “Şaxsan menga “nasl” va “nasiba” degan sözlar örtasida qandaydir ilohiy boğliqlik bordek tuyuladi.” Men bu sözlar haqida köp öylanaman, hayratga tuşaman. Juda çuqur maʼnoli sözlar! Ular mening, oddiy qişloq qizining taqdiriga juda ham boğliqdek… Mening bobom şörolar davrida quloq qilinib, otib taşlangan, yerlari musodara etilgan edi. Oradan 70-80 yil vaqt ötdi, Mustaqil davlat böldik. Qarang, domla, zamona aylanib, men tadbirkorlik boşlagan yerlar bir vaqtlar bobom dehqonçilik qilgan yerlarning ayni özi bölib çiqdi! Odamlar bu haqda yoqa tutib sözlaşadi. Çindan ham “nasl”dan avlodlarga “nasiba” qolar ekan. Yurtboşimizning qutluğ kitobini öqiganimda nasl va nasiba kuçi töğrisida aytilgan gaplar sermazmun hayotiy haqiqat ekaniga har safar imon keltiraman…

Odinaxon yurak-yuragidan sözlar, uning sözlarida buyuk bobolarga ehtirom, yurt uluğiga minnatdorlik, tadbirkorlik uçun, özligini namoyon qiliş uçun katta imkoniyatlar yaratib bergan Mustaqillikka şukronalik tuyğulari qorişib ketgan edi.

Odinaxon oilada kenja qiz bölib tuğilgan. Ota-ona öşanda yörgakdagi şu murğak çaqaloq vaqtlar kelib, bir emas, naq ön öğilning işini bajara oladigan mehnatsevar, aqlli, şaddod, serğayrat, tinib-tinçimas, işçan, qadamidan öt çaqnaydigan işbilarmon qiz bölib voyaga yetişini, albatta, bilmas edilar.

Lekin buni bugun butun Özbekiston biladi.

 

Andijon,

2011-yil noyabr

Muhammad ALI,

Özbekiston xalq yozuvçisi,

Davlat mukofoti laureati

“Yoşlik”2012/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)