3 daqiqada öqiladi

173 marta körilgan

Qoğoz puli

(Hajviya)

Köpinça mendan nega kulgili hikoyalar bitmay qöyganim haqida söraşadi.

Bu quloğimga, “hajvçilar yozmasa heç kim kulmay qöyadi”, degandek eşitiladi. Göyo bizning kuldirişdan boşqa işimiz yöqday.

Şaxsan men, biror kulgili hikoya yozadigan bölsam, avval şu hikoyaga asos böladigan voqeani tanişlarimga sözlab beraman. Sözlab turib ularning aft-angorlarini kuzataman. Hikoyam ularga taʼsir qilsa yoki kuldirsa, ana undan keyin uni qoğozga tuşiraman. Şunday qilsam, behudaga qoğoz isrof bölmaydi. Bu mening yoziş uslubim.

Saratonning sariq kunlari, yaʼni yozning çillasi edi. Vaqt yarim keçadan oqqan bir pallada uyğonib ketdim. Qaltirayapman, tişim tişimga tegmaydi.

“Qiziq, – deyman ajablanib, – yozning çillasida ham odam sovqotadimi?”

Soatga qarasam, keçki uçdan qirq beş minut ötgan. Ha-ha, ön beş minut kam tört: na u yoqlik, na bu yoqlik. Demoqçimanki, na keçasi, na kunduzi. Bu paytda “Tez yordam”ga qönğiroq qilişga iymanasan. Özingning ahvoling bu bölsa, boz ustiga boşqalarning şirin uyqusini buziş noqulay-da. Töğri, bu ularning vazifasi, buning uçun ikki hissa maoş olişadi, buni tuşunaman. Lekin baribir noqulay-da, odamni şirin uyqusidan uyğotsang, baribir içida sökinadi. Qaltirab turganingda begona odamning sökinişi xuş yoqadimi? Albatta, yöq!

Xöş, unda nima qiliş kerak?

Körpaga öranib yotiş kerak!

Şunday ham qildim. Qaltiroq bosib, jiqqa terga botdim. Şunda alahsiradimmi yoki tuş kördimmi, miyamga oğriq kirib, qöl-oyoq muşaklarim zirqiray boşladi. Amallab tong orttirdim. Keyin soat sakkiz bölişini kutdim. Çunki poliklinikada soat sakkizda iş boşlanadi.

Roppa-rosa soat sakkizda poliklinikaga bordim. Töqqizinçi öringa yozişdi. Na iloj, kuta boşladim. Navbatda turganlarning bari özimga öxşagan beparvolik oqibatida yo şamollagan, yo biror joyi lat yegan. Imkon va imtiyozlarimiz teng, yaʼni heç kim navbatni buzolmaydi. Taniş-bilişçilikni-ku qöyavering, it egasini tanimaydi. Pul qistirişni xayolingizga keltirmang. Zörlab bersangiz ham olişmaydi. Navbatda turganlarning gapini eşitib, hayron qoldim. Kimdir oldingi zamonni öylab, döxtirga pora bermoqçi bölgan ekan, boyoqişni “qaysi zamonda yaşayapsan, uyat emasmi”, deb köpçilikning örtasida izza qilişibdi.

Buni eşitib xursand böldim.

Köz tegmasin, kişilarimizning qaraşlari yaxşi tomonga özgargan, pora degan sözni bilişmaydi, hatto uni qanday olişni ham esdan çiqarib yuborişgan. Uring, öldiring, pora nima ekanligini eslay olişmaydi.

Şular haqida öylab, vaqt ötganini bilmabman. Töğri-da, buning uçun ertadan keçgaça navbatda tursang alam qilmaydi, ketgan vaqtingga ham açinmaysan.

Şunday qilib, töqqizinçi bölib navbatda turibman. Har eşik oçilib-yopilganda içkaridan döxtirning yoqimli ovozi eşitiladi. Qabulga kirib-çiqqanlar avvallari oh-voh, dod-voy qilişardi, endi mamnun bölib çiqişmoqda.

Navbatda mendan oldin turgan bemor içkariga kirib, xayolimda uzoq qolib ketganday tuyuldi va sabrim çidamay, içkariga möralagan edim, döxtir “kiravering” deganday im qoqdi.

Men içkariga kirdim. Çiqib ketişi kerak bölgan bemor, yaʼni mendan oldin kirgan kişining esiga bir nima tuşgandek böldi va u çöntagidan pul çiqarib, döxtirga çözdi.

– Sizdan pora söramadim, – deya tişlarini ğijirlatdi döxtir. – Qoğozning pulini taşlab ketsangiz böldi.

Bemor mening oldimda xijolat bölib:

– Qoğozning bahosini aytsangiz, – dedi.

Döxtir “palon pul” dedi, bemor qizarib-bözarib aytilgan summani stol ustiga qöydi-da, apil-tapil xonadan çiqib ketdi.

Döxtir pulni çöntagiga urarkan:

– Odamlarga ham hayronsan, oddiy yozuv qoğozining narxini bilişmaydi, – dedi-yu, söng menga yuzlandi. – Xöş, sizni nima bezovta qilyapti?

Nazarimda, çöntagimda qoğozga yetadigan pul yöqdek tuyuldimi: “Qoğozning narxi bezovta qilyapti”, deb yuboribman…

Yöq, ölar joyda emasdim, har qalay, qoğozning pulini tölab çiqdim.

Aziz öquvçi! Sizga bu voqeani şunçaki gapirib berdim, hali qoğozga tuşirganimça yöq. Ayting-çi, qoğoz mammosi dolzarb bölib turgan bir paytda, uşbu voqeani qoğozga tuşiriş şartmi? Şart bölmasa, mendan kulgili hikoya yozişni talab qilmang.

Ilhom ZOIR

“Yoşlik”2012/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)