(Hajviya)
Körmaganning körgani qursin degan gapni topib aytişgan ekan. Şaxsan özim guvoh bölganman. Normat tajangning öğli şaharga köçib ketdiyu, qişloqqa qadam bosmay qöydi. Yaqinda yana bir gap eşitdim. Ular endi çet elga serqatnov bölib qolişibdi. Normat tajangni körsangiz, oğzi quloğida. E, odamlarga ham hayronsan. Nimangga xursand bölasan? Nimaga östirding, yedirib-içirding, farzanding yoningda suyançiq bölmasa? Mana mening devdek-devdek tört öğlim yonimda, qöş qanotlarim. Şuniyam körolmaydiganlar bor ekan. Narigi köça boşida turadigan Mastura mastonning kenjasi hali keladi: “Örtoq, zör iş bor. Bir urinib köraylik”, hali keladi: “Oşna, yana bir harakat qilaylik, ança işimiz önglanadi”. Ikki qariç böyi bilan heç tinim bilmaydi. Uringani-uringan, tavbangdan ketay. Indamasam, öğillarimni yöldan urgulik holi bor. Ona köngli darrov sezmaydimi, qadamimni uzdim. Mana, erta bilan ketib, izğib-izğib şom tuşganda uyiga kirib keladi. Mastura mastonning ikki közi yölda. Mening esa azamat-azamat öğillarim ertayu keç yonimda. Bir kun deng, xotinlar gapida Salomatxon degani oğiz töldirib öğilu qiziga maqtov yoğdirib qoldi. Nima emiş, qizlari öqişni bitirişlari bilan katta firmaning kattakonlari işga olamiz deb qöymayotganmiş. Vey, sening qizingdan boşqa odam qolmabdi-da kattakonlarga. Öğiltoylari qöşni viloyatda. Oyda-yilda bir kelib rang körsatib ketadi. Mehnatning tagida qolgan bolaning rangi singan, etida et yöq. Erkak degan baquvvat, toğni ursam talqon qilaman, deb turmaydimi kerilib. Mana mening tört loçinim. Otdek kuçi bor har birining. Aslida mana men oğiz töldirib maqtansam arziydi. Yonginamda ötirgan Muyassarxon gapga aralaşsa deng. Özlari bir dehqonning xotiniyu, gaplari olamni buzadi. Bu kişim ham öğiltoylari haqida oğiz oçdi-ku. Dala-daştda şomgaça poda ortidan qolmaydigan farzandlarining taʼrifu-tavsifini köring. Nima emiş, “elu-yurtning podasini boqib, halol oila tebratayotgan” emiş. Poda boqiş ham gap ekanmi? Tağin bu kişimning maqtanişlariga ölaymi? Mening tört arslonim unaqa-bunaqa işlarni nazarga ilişmaydi. Aslida, men heç kimga gal bermay maqtansam arziydi. Öğling bormi desa, bor degulik tört saman toyim bor. Meni heç yolğizlatişmaydi. Ertayu keç bağrimda. Şu öylar bilan ötirsam deng, yana öşa Normat tajangning xotini boşlab qoldi-ku. Gapira-gapir! Sening davring. Maqtansang özingnikini maqtayvermaysanmi jimgina. Tösatdan menga qarab gap taşlab qolsa deng:
– Tötixon, hadeb labingizni burib içingizda piçirlaganingizdan köra oçilibroq ötiring. Sizam öğilu qizingizdan gapiring. Tinç yurişibdimi, işqilib?
– Ha, Töti opa, – gapga aralaşdi Sara sariq. – Kattangiz ombordagi işida qölga tuşib, uyda ötirganiga ham beş-olti oy böldi şekilli? Haliyam boşqa iş topmadimi?
Şu gapdan keyin köring xotinlarning çuvillaşganini…
– Kenjangiz moşinini urib olgandan keyin kirakaşlik qilmay ertadan keçgaça uyda ötirarmişmi?
– Örtançangiz haliyam öğlimdan qarzini uzgani yöq. Iş-piş qidirayaptimi özi?
Bu ğiybatçilarning bir jaği oçilmasin ekan-da. Birdan çuğur-çuğur qilib ketişsa deng. Senlarga nima, mening öğillarim bilan nima işlaring bor, deya öşqirging keladi-yu, mendek ayolning şaʼniga töğri kelmaydi-da. Mağrur emasmanmi, örgilay, obröyim borida örnimdan qözğala qoldim. Darvozaga yetay deganimda, yana öşa Normat tajangning xotini çet elga serqatnov biznesmen öğlidan kelayapti.
– Ha, körmaganning körgani qursin-a!
Vazira IBROHIMOVA
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 11-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

