7 daqiqada öqiladi

500 marta körilgan

Yolğizlik

Yolğizlik

(Hikoya)

Keç tuşib qolgandi. Kafedan hamma çiqib ketgan, faqatgina elektr nuri ostidagi daraxt barglari soyasida ötirgan qariya bor edi. Kunduzi köça çang bölgan, biroq tunggi şudring bu ğuborni aritgandi, çol esa keç kirganda bu yerda ötirişni yoqtirardi. Çunki u kar bölib, kun va tun orasidagi bu farqni hozirgi oqşomning sokinligiday yaxşi his qila olardi. Kafe içkarisidagi ikki nafar ofitsiant çolning biroz sarxuşligini bilişar, çol yaxşi mijoz bölsa ham, mabodo u bökib içib olguday bölsa, hisobni tölamay çiqib ketmasligi uçun, undan köz uzmay ötirişardi.

– Ötgan hafta u özini-özi öldirmoqçi bölibdi, – xitob qilib qoldi bitta ofitsiant.

– Nimaga?

– Jonidan töyganmiş.

– Sababi nima ekan?

– Heç nima.

– Heç nimaligini sen qanday bilding?

– Axir bir dunyo puli bor.

Ular kafe eşigi yonidagi devorga yaqin stolda, şabadada biroz tebranayotgan daraxt yaproqlari soyasida ötirişar, çol ötirgan birgina stoldan boşqa qolgan barça stollar böş turgan ayvon tomonga qaraşardi. Şu payt bir qiz bilan bir askar yigit köçadan ötib qolişdi. Köça çiroği askarning yoqasidagi sariq yulduzçani yoritdi. Qizning heç qanday boş kiyimi yöq, yigitning yonida şoşib ketardi.

– Hozir uni qöriqçi olib ketadi.

– Olib ketsa, u holda nima böladi?

– U hoziroq köçadan yöqolsa yaxşi bölardi. Qöriqçi uni tutib oladi.

Ular bor-yöği beş daqiqa ilgari ketişgandi. Qariya esa haliyam kölankada stakani bilan tarelkasini taqillatgança ötirardi. Yoşroq ofitsiant unga yaqin keldi.

– Nima buyurasiz?

Qariya unga qarab:

– Yana bitta brendi, – dedi.

– Mast bölib qolasiz, – nasihatomuz gapirdi ofitsiant. Çol unga yana qaragandi, ofitsiant nari ketdi.

– U tun böyi qoladi şekilli, – dedi u örtoğiga. – Meni hozir uyqum kelayapti. Heç qaçon soat 3:00 dan keyin uyquga ketmagandim. Ötgan hafta ölib ketganida yaxşi bölarkan.

 Ofitsiant kafe içidagi peştaxtadan yana bitta tarelka va bir şişa brendi olib, çol ötirgan stol oldiga şitob bilan bordi. Tarelkani stol ustiga qöydi va stakanga töldirib brendi quydi.

– Ötgan hafta ölib ketganingda yaxşi bölar ekan, – ijirğandi u çolga qarab. Çol esa barmoği bilan imo qildi.

– Yana ozroq, – dedi u. Brendini ofitsiant stakanga şunaqa qilib quydiki, içimlik toshib ketib, bir dasta tarelka ustiga tökila boşladi. – Minnatdorman, – dedi qariya. Ofitsiant şişani kafe içkarisiga olib ketdi. U yana stol atrofiga kelib, şerigi yoniga ötirdi.

– Uni kayfi oşib qoladi hozir, – dedi u.

– Axir har tunda mast böladi-ku. Nima uçun özini öldirmoqçi bölibdi?

– Men qayoqdan bilay?

– Buni qanday bajaribdi?

– Özini osibdi.

– Kim uni qirqib olgan?

– Qiz jiyani.

– Nega ular çolni qutqarib qolişibdi?

– Uning yuragidan xavfsiraganlari uçun.

– Bu qariyaning qança puli bormiş özi?

– Aytişlariça, juda köp.

– U saksonga kirgan bölişi kerak.

– Uyiga ketsa yaxşi bölardi. Men soat uçdan keyin uyquga yotmagandim avval. Axir bunaqa vaqtda ham uxlamasdan ötiriş mumkinmi?

– Çol uxlamaydi, sababi u tunda ötirişni yoqtiradi.

– U yolğiz. Men esa yolğizmasman. Meni uyimda kutayotgan xotinim bor.

– Bir vaqtlar uning ham xotini bölgan.

– Ammo, hozir unga xotin turmaydi.

 Qiz jiyani çolga qarab turadi.

– Bilaman. Uni arqondan qirqib oldi, deding-ku.

– Men bunçalik qarişni xohlamagan bölardim. Qarilik juda jirkanç narsa-da.

– Hamma vaqt ham emas. Bu qariya orasta. U tökmay içadi. Hatto hozir ham mast. Unga bir qara.

– Qaraşni istamayman. Uyimga ketgim kelyapti. Uni işlaydigan odamga nisbatan sirayam hurmati yöq ekan.

Qariya stakani oşa kafe sathi böylab, keyin esa ofitsiantlar tomonga köz taşladi.

– Yana brendi, – dedi u, stakanga imo qilib. Şoşilib turgan ofitsiant çolning oldiga keldi.

– Tamom böldi, – maʼlum qildi u, çet ellik yoki mast odamlar bilan gaplaşganda ahmoq odamlar işlatadigan gap ohangi bilan. – Bugunga yetarli. Endi berkitamiz.

– Yana bitta, – sözida turib oldi qariya.

– Yöq. Tugadi.

 Ofitsiant soçiq bilan stol çetini artdi-da, boşini tebratdi.

Qariya örnidan turdi, tarelkalarni sekin sanadi-da, çöntagidan çarm pul hamyonini olib, içimlik uçun yarim peseta qoldirdi. Ofitsiant, köça böylab odimlab borayotgan şunday qari çolni çayqalgança, biroq viqor bilan qadam taşlaşini kuzatib turdi.

– Uni bu yerda qolib içişiga nega imkon bermading? – deb söradi ofitsiantning şerigi. Ular derazalarni yopişayotgandi. – Hamişa soat uç ham bölmadi-ku.

– Men uyga ketmoqçiman. Uxlayman. Soat neça bölibdi özi?

– Biz uçun keç böldi.

– Vaqt barça uçun özgarmas. Bir xil.

– Sen özing ham qariyalarday gapiryapsan. U bitta şişani sotib olib, uyida ham içib ötirsa böladi-ku.

– Bu yerdagini gaşti boşqaça-da.

– Balki şunaqadir, – deb qöşildi xotini bor ofitsiant. U adolatsiz bölişni xohlamasdi. Faqat şoşayotgandi, xolos.

– Özing-çi? Odatdagi vaqtingdan avval uyga borişdan qörqmaysanmi?

– Ustimdan kulyapsanmi?

– Yöq, oğayni. Şunçaki hazillaşdim.

– Yöq, – dedi şoşayotgan ofitsiant, tuşirilayotgan metal derazalardan boşini çiqarib. – Mening özimga işonçim bor. Butunlay işonaman.

– Sen yoşsan, özingga işonçing, işing bor, – sado çiqardi katta yoşli ofitsiant. – Hamma narsang bor.

– Senda nima kamçilik bor?

– Işdan boşqa heç nima.

– Menda bor narsaning hammasi senda bor.

– Yöq, menda heç qaçon işonç bölmagan, qolaversa yoş ham emasman.

– Bas qilaqol. Qayoqdagi gaplarni gapirasan-a, tezroq yopaylik.

– Men ham kafeda qolişni yoqtiradiganlar toifasidanman, – gapida davom etardi ofitsiant.

– Uyquga yotişni xohlamaydiganlar bilan birgaman. Tunda yoruğlikka muhtoj böladiganlardanman.

– Men uyimda uxlaşni xohlayman.

– Biz bir-birimizga öhşamas ekanmiz, – qaror berdi keksa ofitsiant. U ham uyga çoğlaniş uçun kiyinib olgandi. – Yoşlik va işonç juda gözal bölişiga qaramay, baribir jumboq. Har oqşom men bu yerni istar-istamay berkitaman, çunki kimdir kafega kelişi mumkin.

– Oğayni, tuni böyi oçiq turadigan qovoqxonalar bor.

– Tuşunmading. Bu toza va xuzurbaxş kafe. Juda yoruğ ham. Buning ustiga hozir bu yerda barglarning soyasi ham bor.

– Xayrli tun, – sözini kesdi yoş ofitsiant.

– Sengayam, xayrli tun, – xayrlaşdi keksasi ham.

 U elektr chiroqni öçirar ekan, özi bilan özi suhbatlaşişni davom ettirdi. “Çiroq-ku, mayli, biroq joyning toza va yoqimli bölişi muhim. Könglingiz musiqa tusamaydi. Şubhasiz, siz heç qanday musiqani istamaysiz. Yolğizlik butun ruhingizni asir olgan bölsa-da, qandaydir barlar yonidan viqor bilan ötib ketasiz. U nimadan qörqadi? Bu qörquv yoki vahima emas. Bu hisning heç narsa emasligini hatto uning özi ham juda yaxşi anglardi. Hayot heç nima, insonning öziyam heç kim emas. Bor muhtojlik faqat yoruğlik, mukammal orastalik hamda tartib. Baʼzi odamlar şu tarzda yaşayveradilar va heç qaçon buni teran anglaşmaydi, ammo u hayotning borligini albatta bedorlik içida ekanini biladi, bedorlikning albatta va albatta jöş urib, avj olib boraverişini çuqur anglaydi. Bizning bu bedorligimiz sanʼatdagi bedorlik içida yaşaydi, Xudoning ham bedorligi şubhasiz ayon-ku, axir. Bizga bu bedorlikni har kun taqdim eting, bedorligimiz ğofil yuraklarni-da uyğotsin, borgan sari uyqudan yuz ögiraveraylik, buning örniga bizlar bedorlik bağridan qaytmaylik; axir bedor qalblar muqarrar baxtlidirlar”.

Jalaning yoğişi ham qup-quruq oqayotgan sarobday tuyuldi unga. Keksa ofitsiant nim jilmayib, buğ tutuni buruqsayotgan kafe maşinasi turgan bar oldida töxtadi.

– Sizga nima kerak? – deb söradi barmen.

– Bedorlik.

– Aqling joyidami özi, – ensasi qotdi barmen va nari ketdi.

– Kiçkina bir çaşkada içimligingizdan bering-çi, – dedi ofitsiant.

 Barmen unga quyib uzatdi.

– Bu yerda nur biram yoruğ va yoqimli ekan, ammo bar tozalanmabdi, – xitob qildi keksa ofitsiant.

Barmen unga qarab, çurq etmadi. Tunda suhbatlaşiş uçun juda bemahal edi.

– Yana bir çaşka xohlaysizmi? – deb söradi barmen.

– Yöq, rahmat, – rad etdi ofitsiant, şunday deb taşqariga çiqib ketdi.

U negadir barlarni va qovoqxonalarni yoqtirmasdi. Ozoda, yop-yoruğ kafe esa umuman bölakça. Hozir keksa ofitsiant uzoq öylanmasdan uyiga, öz xonasiga kirib ketadi. Karavotiga çöziladi, nihoyat kun yorişganidan keyingina uyquga ketdi. Oxiri u, öziga-özi, bu faqat uyqusizlik bölsa kerak, deb qöyadi. Bedorlik esa köpçilik odamlarda böladi.

 

Ernest XEMINGUEY

Amerikalik maşhur yozuvçi. Nobel mukofoti sohibi.

“Alvido, qurol!” “Çol va dengiz” kabi asarlari önlab hikoyalari özbek tiliga tarjima qilingan.

 

Rus tilidan Temur TANGRIBERGANOV

tarjimasi.

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 11-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)