(Qissa)
1
Örolboy traktorçining naşavandlikka mubtalo bölib, qorni yorilişiga aslida Öroq dallol sababçi edi. Birovning baxti, birovning közini çiqaribdi deyişganday, bundan ança daromad ham qilgan u. Naşa emas, albatta, temir-tersak sotgan… Aniqroği, bu işda vositaçilik qilgan.
Naşavandlik bilan temir-tersakning qanday aloqasi bor?
Bor ekan! Judayam yaqin. Axir Örol traktorçi bu jabhaga traktori bilan töğridan-töğri devor buzib kirib borgan edi-da.
Hammasi bir boşdan…
Qişloqdagi yagona jinoyatçi Nurmon – “Şilliqqurt” beşinçi marta qamalib çiqqaç, tinç hayot boşini tutmoqçi böldi, halol yaşaşni niyat qildi. Biroq tutdim deb öylagani aslida boş emas, boşqa narsa ekanini keyin angladi… Qolaversa, uning “halol yaşaş” tuşunçasi jamoa qaraşlari bilan ayro ekan.
Umumiy hisobda ön beş yil qamoqda ötirgan emasmi, “u yoq” joniga tekkan. Endi avvalgi şijoati ham qolmagan, ilgarilari közini yumib bajaradigan arzimas jinoyatlarda ham qölga tuşib, tayoq yeb, ur kaltak-sur kaltak bölib yuribdi. Normat podaçining har yili qöşa-qöşa tuğadigan qanjiği – Reksga öxşab undayam obrö qolmadi.
Bir paytlar – ilk bor “ötirib” çiqqanida butun qişloq körgani keluvdi, töylarning töri, taomning zöri uniki edi. Endi qişloqdoşlari duç kelsa teskari ögirilib ketişadi. Reks esa ilk bolalaganda Normatning hovlisidan 48-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilarining, zotdor kuçuk boqib oliş dardidagi toğa-yu, poççalarning bir oygaça oyoği uzilmagan. Keyin-keyin Reks aslida xaşaki qanjiqligi bilinib, kuçukvaççalarini uyiga eltib bersang ham birov olmaydigan bölgan.
Şilliqqurt dastlab bundan köp ranjidi (Reksning bolalari dala töldirib, uysiz qolganidan emas, özi obrösizlanganidan) va uçragan kimsaga aytib yurdiki: “Butun dunyoda qonundagi öğrilarni hurmat qilişadi. Mana, Al Kappon, qanday maşhur… Okeanning nariyoğida u bölsa, buyoğida biz… Ha, endi ikki qöçqorning boşi bir qozonda qaynamaydi, deganlari çin-da. Biroq mana şu Xudo urgan Kultepada bizni mensişmaydi… Qişloq… ğirt qişloq… ha-yu, hayt, deb katta şaharga ketib qolay deyman-u, yana köngil bölmaydi. Hamma obrömandlar şaharga ketaversa, qişloqni kim kötaradi?”
Albatta, uning özini “biz” deb gapirişi tez barham topdi, köça-köyda yoş yalangdan dakki eşitib, kaltak yeb, özi “siz”laşga arzimay qolganini bilib, buni bas qildi.
Yuk oğir bölsa eşakni, eşak oğir bölsa, yukni keltiriş töğrisidagi qoidaga muvofiq Şilliqqurt qişloq odatlariga böysundi. Şu örinda uni yuk emas, eşakka mengzaş örinliroq böladi. Har holda jonli maxluqot, har holda boşi bor… Eşakning, albatta.
Halol yaşay boşlaganini nişonlab, qamoqdan qaytganiga şukrona uçun qöni-qöşni, oqsoqollar va mahalla faollarining maslahati bilan bir-ikki çolni çaqirib, qon çiqarmoqni niyat qildi. Bu safar butun irim-sirimi bilan… “U yoq”dan uçinçi marta qaytganida Maşrab luççakning burnini yorib, qon çiqaruvdi. Lekin bu hisobga ötmadi. Törtinçi marta qölga tuşib, yana qamaldi. Öşa xatodan xulosa qilib, tadbir uçun jonliq maʼqulligini tuşundi (har holda ariza kötarib u-bu joyga yugurmaydi). Jonliqsiz xudoyi xudoyimi? Şu maqsadda qöşnilarning tovuğiga “tuşib”, kaltaklandi-yu, bu işga (xayr-ehsonga, albatta, öğrilikka emas-ku) uquvsizligini tuşundi.
Gap xudoyida emas, çamasi. Keyin ham işi yurişmay, köp şalloq yedi. Bir safar köçada turgan velosipedni minib, “kataysa” qilmoqçi bölgani uçun, keyingi dafʼa dalada yurgan yovvoyi eçkini uşlab kelayotganida (qaydan bilsin, köp yil “ötirgan”, toğdan yovvoyi eçkilar uloqib kelgandir, deb öylabdi-da, qöşnisi Öroq dallolniki ekanini keyin, qölga tuşib bildi), bir marta esa şunçaki – döstona suhbat uçun kaltaklandi. Eski sinfdoşi – Nor polvonga qamoqning gaplari bilan muomala qilmoqçi böluvdi, u tuşunmay, muştlab qoldi. Bu ur-surdan yagona xulosaga keldi: ozodlikdagi odamlar vahşiylaşibdi. Muomalani tuşunmaydi.
Aslida har qanday kasbda ham vaqt va tajriba muhim. Borgan sari mahorat çarxlanadi. Unda negadir bunday bölmadi (Reksning tuğruq tajribasidagi kabi). Şuni öylab, Şilliqqurt jinoyatçilik ham sportga yaqinroq soha ekan, degan töxtamga bordi. Biroq iç-içidan özini keksa fohişaday his qilyapti. Odamlar yetti mahalla naridan aylanib ötadi. Birov davraga qöşmaydi. Kasbi kasodga uçragan…
Şularni öylab, halol kun keçirmoqni niyat qilgan edi. Lekin aytişga oson. Şunça yil davlat berganini yeb örganib qolgan…
Ayni bahor!
Otasidan qolgan eski kulbasi qarovsiz, xarobaga aylangan. Devorlar yomğiru qordan uvalangan, loy tom neça yillardan buyon suvalmaydi (şiferni esa törtinçi marta qamoqdan qaytganda sotib yegan). Çim bosgan. Uy içi zax, oğilni eslatadi.
Nurmon işni tomorqani çopib, biror ekin ekişdan boşlamoqçi. Qöşnisidan kapça sörab çiqdi. Dallol eçkisiga tajovuz qilganidan buyon arazlaşib yuruvdi… Şilliqqurt esa xafagarçilik, uyat, andişani bilmaydi. Holbuki, şu eçki mojarosida uning özi köproq jabr körgan. Burni singan. Dallolni va uning baqiroq eçkisini birov hatto çertmagan ham.
Şunga qaramay, Şilliqqurt ming yillik qadrdoni yoniga borganday tirjaydi.
– Kapçangizni berib turing.
– Nima taşviş? – deb söradi ğijinib Öroq.
Uning xavotiri kapçadan – bu nobop qöşni birortaga sotib, pulini işlatib qöyişi mumkin. Biladi-da. Öziyam temir-tersak olaman, deb neça-neça bolalarni aldab, bobo-momolarining obdastayu, dastşöylarigaça muzqaymoqqa almaştirgan. Bu-ku bola emas, muzqaymoqqa uçmaydi, lekin kapçani bir-ikki yutim nosga alişib yuborişi mumkin.
– Tomorqani bellab, dehqonçilik qilmoqçi edim, – dedi Nurmon oriq, zahil barmoqlarini öynatib.
Öroq dallol bularning “dehqonçiligi”niyam, jargoniniyam biladi. Şu bois qiziqsinib söradi.
– Köknorimi?!
– Bilasizmi?! – Şilliqqurt ham ajablandi.
– Nimani?
– Yetiştirişni-da?
– Bilmayman…
– Unda… men ham bilmadim, – dedi Nurmonning hafsalasi qaytib. – Biror daromadliroq narsa ekarman… Köknorni qöyişmas, deb öylayman… Men yana ikki yil uçastkavoy nazoratida bölaman… Qamoqda bunaqa dehqonçilikka qöl urganlar köp edi. Şundan bilamanki, keçirişmaydi… Uyni sozlaş, moşin oliş kerak… Oxirgi marta qamalar paytimda tamaki pul edi, ikki toy tamaki sotaman, deb qölga tuşuvdim.
– Tamaki sotganni qamaşmaydi, – aniqlik kiritdi qöşni.
– Birovniki edi… – Şilliqqurt jimib qoldi. Qançalar faxrlanmasin, öğrilik qilganini tan olgisi kelmaydi. – Şundan eksammi, deb turibman.
– Nima? Tamakimi? Esing joyidami? Hozir unga itam qaramayapti-ku…
– Nega? – hayron böldi Şilliqqurt. – Ana bir paçka sigaret neça pul turadi.
– Qanday tuşuntirsam ekan… Buyam Tirkaş alkaşning işiga öxşab ketadi. Bir şişa aroq qança turadi? Unça qimmat emas, lekin uni içgan Tirkaş yuz barobarga qimmatroq ğalvani boşlamasa, kayfi tarqamaydi… Hozir yegulik pul bölgan… Kartoşka ek.
Öroq dallol öyda qolgan. Köngli aytyapti – bunga kapça bersa qaytmaydi. Nimadir bahona topiş kerak. Aksiga olganday bu matoh ana, köz öngida qadalib turibdi.
– Qiziq gaplarni aytasiz-ku! Uyda yegulik bölsa, qornim töyib yurmasmidi… Kartişkam bölsa, qovurib yemasmidim… Kapçani beravering-çi, oldin yerni yumşatib qöyay, keyin bir gap bölar.
Qöşni öylandi, bahona qidirdi. Özim işlataman desa, gapini isbotlaş, buni şubhalantirmaslik uçun keçgaça tomorqada kuymalaniş kerak. Axir közi tuşadi-ku. Televizorda esa serial berayotuvdi. Nurmonning zahil, suyaklari börtiq yuziga bir qur nazar solib, bu odam kapçani kötara olişiga ham şubhalandi.
– Senga bir yaxşi maslahat, – dedi Dallol gap topib, – u yoqqa ketganingga ança yil böldi, zamondan bexabarsan, hozir heç kim kapça bilan yer bellamaydi. Örolning traktori bor, şunga aytib haydattiradi.
– Yöğ-e, – Nurmon sarosimalanib qolganday böldi. Eşitganlari unga xöb yoqdi. Öziyam tomorqaga qarab, buni qaçon çopib çiqaman, qöşni kapçasini bermasa yaxşi bölardi, degan öyda bu yoqqa çiqqandi.
Nurmon öz-öziça ğudrangan köyi Örolnikiga jönadi.
2
Umar çinoq tuman gazetida işlaydi. Şundan özini qişloqning old ziyolisi sanaydi. Lekin keyingi paytlar omadi yurişmagandan yurişmayapti.
Bugun ham işga bormadi. Mana, ikki haftadan buyon qişloqdan çiqmaydi. Muharrirdan ranjigan. “Sen çalasavodni işdan haydab, örningga biror harf taniydiganni olaman”, deb dağdağa qilgandi u.
Hamma öpka-gina kiçkina bir anglaşilmovçilikdan boşlandi. Gazetada mahalliy şoirning “Mulla Xoliy yurma endi siqilib”, degan misrasida xato ketgan. Arzimas! Qaysidir harfning bir çeti uçgan, birov payqaşi duşvor. Injiq şoirning özi “odamlarning kulgisidan keyin siqilib ketdim”, deb janjal qilib kelganidan keyingina muharrir ham xatoga eʼtibor bergan ekan. Şu arzimas xatoni deb Umarning oylik maoşini qirqqan edi, araz öşandan. Adolatsizlik bölgan-da! Yarim millimetrlik dumçaga yuz ming söm! Oylik tölaşda ölçov boşqaça böladi – hisoblab çiqdi, örtaça bitta harfga ikki sömdan tölarkan. Öşa ikki sömlik harfning yarim millimetri “uçib” ketsa yuz ming söm jarima soladimi? Qani adolat?!
Endi öziga kelib, arazi aridi. Boşliqdan ranjiş mumkin emasligi, nafaqat maoşdan, balki butkul işdan ayrilib qoliş mumkinligini öylab, yuziga biror nima tutib, muharrir yoniga boş egib bormoqçi. Axir şusiz ham joyida zörğa ilaşib turgan bölsa… Muharrir yalinib kelar, deb kutgandi, adaşibdi. Orada usiz ikkita son çiqib ketdi, heç kimdan darak yöq.
Ijodkorning oldiga nima kötarib boriş mumkin? Albatta, bir-ikki qoğozlik maqola-da. Zora eski ginalar unutilsa. Aslida yuziga ikki şişa aroq tutib kelganda xöp iş bölardi-ku, Nosir nosfuruş bu matohni plastik kartoçkaga sotmaydi. Bunda esa naqd pul yöq.
Hozir Çori sorining uyiga kelib turibdi. Maoşgaça ozroq qarz olsa iş jönaşib ketadi. Biroq…
– Ha, – dedi Çori sori uni darvozada qarşi olarkan. – Söfi ketini yuvmasdan nima qilib yuribsan?
Bu odam kayfiyati yaxşi bölganda söfini eslamaydi. Uning ayrim aʼzolarini-ku inçunin. Umar çinoq tuşundi – bundan yordam kutiş foydasiz.
– Siz haqingizda gazetaga maqola qilmoqçi edim, – dedi şoşib, – köpni körgan, tajribali odamsiz, sizlarni kötaradigan vaqt keldi. Qaçongaça pana-pastqamda yurasiz?
– Gazetada?! – Çorining kapalagi uçdi. – “Urişgan”, bir safar yaxşilab “urişgan”. Murodning hozir Toşkentda işlaydigan bolasi qattiq tanqid qilgan. Şu sabab bölganmi, raislikdan olib taşlaşgan. Öşandan beri gazetani körsam könglim ayniydi… Hozir ham senga qarab, yaxşi narsalarni öylayotganim yöq.
– Bilyappan… Lekin bizning gazetada faqat yaxşi gap böladi. Tanqid bilan ğalamislikni bilmaymiz. Ana, oldingi sonda bir artisni yomonlamoqçi edik, ming aylantirib yozsak ham maqtov çiqaverdi.
Çori aka olaydi. Hali ostonasini hatlab biror jurnalist kelmagan. Töğri, buni jurnalist deb bölmaydi, lekin, tan oliş kerak, öziyam Maykl Jekson emas. “Şu akamga şu çeçam ham bölaveradi”, degan gap ötdi könglidan.
– Xöş, – dedi salmoqlanib. – Nimamni maqtamoqçisan?
Umar şoşdi. Nimasini maqtaş mumkin buning? Qanday gap aytsa, heç ikkilanmay qarz berib yuboradi?
– Masalan… hobbingizni maqtasa böladi… Kuçuk boqasiz-ku, töğrimi?
“Özingizga öxşagan”, degan gapni aytib yuborişdan şu joyda arang tiyildi. Albatta, iti va Çorining sariqligi uçun Umar aybdor emas, lekin haqiqat yöq-da dunyoda, mabodo Xudo urib, oğzidan çiqib ketsa, hammasiga özi gunohkor böladi.
– Reksmi? – dedi Çori avvaliga sevinganday. – Reks zör kuçuk… Qişloqning oldi… Özimizning gap-ku, şu Suvonning uli Quvondan köra aqlliroq… Tunov kun qöy boqib yursam, sörrayib oldimdan ötib ketdi. Qöylarni qaytarib yubor, desam, unamadi. Reksga bir oğiz aytuvdim, çopqillab bajarib keldi, oğrinmadiyam.
Şu yerga kelganda Çori bir oz öyga çömdi, söng hayajon bilan davom etdi:
– Öylasam, şu jonivor bolalarimdan ham aqlliroq ekan. Biror marta ularga öxşab “hammasiga menmi” demaydi-ya… Heç qaçon közimga tik qaramaydi. Qança sök, qança uriş, boşini egib turaveradi. Yoki dumini qisib nari ketadi… Bolalarga şunaqa qilay-çi… Şular dumini qisadimi? Eh-hey, özimni yeb qöyguday çaqçayadi… Reks boşqa-da… Ana fahm, ana farosat, ana tarbiya!
Şu yerga kelganda Çori “Odobnoma”dan dars beradigan Salim malimday közlarini nim yumib, boşini sarak-sarak qildi.
Biroq bu qiliği uzoqqa bormadi, birdan boşining maʼnili silkinişi töxtadi, söng közlari yarq etib oçildi, unda qandaydir ayyorlikka öxşaş bir nima yiltillab turardi.
– Şoşma, – dedi xezlanib Çori, – bu bilan nima demoqçisan? Men oltmiş yil yaşab, şu olti yoşlik Reksçalik hurmatga loyiq bölmadimmi? Reksni maqtaş uçun keldingmi bu yerga? Biz endi gazetga bir tiyinga qimmat sariq köppakning orqasidan çiqamizmi? Özimizning maqtasa böladigan işimiz yöqmi?
Umar şataloq otib qoçişni öyladi, lekin şaştidan qaytdi. Pul ololmasligiga-ku közi yetdi, lekin material sörab yana kimning oldiga boradi? Bu gazetasi qurğur yapaloqday bölsayam, rözğoridan yomon – tölatib bölmaydi.
– Qanday farqi bor? – dedi Umar har ehtimolga qarşi özini bir oz ortga tortib. – Siz nima-yu, Reks nima?
– Iye, sen meni kuçukka tenglayapsanmi?
– Öşa kuçukni şunçalar bilimdon qilib tarbiyalagansiz-ki, odam adaşadi, – dedi Umar şoşib. U yana qanday xuşomad qilişni bilmay kalovlandi. – Özingiz ham tan olib turibsiz-ku aqlliligini.
Şu gapdan Çorining şaşti pasaydi.
– Reksga til tekkizma, – dedi nihoyat gap topgan bölib, yumşab, – biz tarbiya berişni bilamiz!
– Özi aslida hayot yölingizni maqola qilmoqçi edim, sermazmun, sermahsul va ğoyatda boy hayot yölingizni… – gapini töğriladi Umar.
Keyingi sözlar Çori akaga moydek yoqdi. Öqiydi, eşitadi, bunaqa gaplar faqat gazetada, radioda, televizorda işlatiladi. Mana uning özigayam nasib etib turibdi-ya?!
– Mana bu yerga çök-çi, – buyruq berdi muxbirga darvoza yonidagi katta xarsangga imo qilib. – Bir boşdan aytib beraman.
Ular şu yerdagi, usti silliqlanib, oqarib qolgan toşga ötirişdi.
– Nimani aytay? – söradi mezbon.
– Öqişdan boşlang, – dedi baqrayib muxbir.
– Birinçi sinfdanmi?
– Institutdan boşlayqoling, – qisqaroq va qiziqarliroq böladi.
Öqiş zör bölgan, beş yil öqiganman… Kiriş imtihonida ikkita uç, ikkita tört olganman. Bitirişda ham zör topşirganman. Ikki uç, ikki törtga… Şunday qilib, diplom qölga tekkan.
– Şoşmang, – Umar hayron. – Kirişdayam şu baho, bitirişdayam şu, beş yil nima iş qildingiz?
– Öqidim, – dedi mezbon.
– Baho özgarmabdi-ku?!
Çori sori unga olayib boqdi. Lekin gazetda çiqiş istagi alangalanib, yana muloyim tortdi, oğrinibroq boşqa mavzuga ötdi.
– Öqişni qöy, mayli, tuşunmas ekansan, biladiganingni yoz. Mana, yaqinda zör iş qildik. Örolga aytib, qişloqning atrofini yonğinga, selga qarşi çegara bilan öradik. Ana endi, sel kelsayam, öt ketsayam lip etib, qişloqni aylanib ötaveradi.
– Ötib ketadi, – hayron böldi Umar. – Kuni keça tepa qişloqdan tuşgan oqova selga aylanib Ğoyib akaning hovlisini bosib ketibdi-ku!
– Qöysang-çi, – dedi Çori. – Ğoyib iğvo suv yöqligidan uç oydan buyon ğusul qilolmaydi-ku, uyini sel bosarmidi?.. Buning ustiga qişloqda gap yotmaydi? Narigi çekkasidan ikki oğiz gapni qöyib yuborib, berigi tomoniga kelib tursang, ikki soatdan keyin ming oğiz bölib yetib keladi… Iğvoning uyini suv bossa eşitardim.
– Mana eşitib turibsiz-ku, – Umar ohista sözladi.
Çorining köngliga ğulğula tuşdi: Ğoyib iğvo şunaqa narsalarni kutib yuradi-ku! Xat-qalam qilib, tumangami, undan yuqoriroqqami yugurib qolmasa görgaydi.
– Axir men bu işlar bajarildi deb tumanga hisobot berib yuborganman, – dedi Çori tumşayib. – Nahotki Örol uç şişa aroqni olib, işni bajarmagan?
3
Armiyaga bir yuz oltmiş sakkiz santimetrlik böy bilan ketib, şu bilan qaytgan, hozir sal-pal çökkan, tepakal Örol qoronği uyga kirib, serial köryapti. Yonida uç kun burun Çori sori “Qişloq atrofini haydaysan”, deb xizmat haqiga berib ketgan uç şişa aroqning sönggi, yarimlab qolgandi.
Uyam qiziq, bölmasa aytdi, “traktor aroq emas, solyarkada yuradi” deb. Könmadi. “Bir amallaysan”, emiş. Mana, uç kundan beri yolğiz özi yuz-yuz qilib, amallayapti.
Nurmon baqirib kirganida Örolning kayfiyati buzildi. Qanday ahmoq şu mahalda birovning eşigiga boradi-ya?! Taşqariga çiqqisi kelmay yotgan joyida ovoz berdi:
– Qörqmay kiravering, it yöq.
– It bölganda durustroq edi, kelişsa bölardi, – tönğilladi Nurmon va eşikdan boş suqdi. – Puf-fff, namunça sassiq?
– Iye… – Örol dovdiradi, buni körmaganiga ön yil böldiyov, peşvoz çiqar ekan, quçoqlaşib körişişniyam, körişmaslikniyam bilmadi. – Keling!
Nihoyat Örol qöl uzatib körişdi. Şunisi maʼqulroq. Aft-angoridan öpka kasalga öxşaydi, yuqmasin.
– Uy, deyman, sasib ketibdi-ku, a?
Nurmon nopisandlik bilan gapirdi. Uning azaldan qörs ekanligini Örol yaxşi biladi, lekin bunçalar oğir botar darajada deb öylamovdi.
– Ozroq aroq içuvdim, – dedi Örol aybdorday.
– Molning isi kelyapti, – battar dağal gapirdi Nurmon.
– Ha, umi… Otam oğilini buzib, yoğoçidan şu uyni solib bergan, şunga sal hid bölişi mumkin… Lekin biz örganib ketganmiz, sezilmaydi.
– Jöra, men iş bilan keldim, ötirişga emas. Traktoring bor ekan, şuni qöşsang, bizning tomorqani haydab bersang, ekin-tikin qilmoqçiydim.
Örolning oğzi lang oçildi. Bu nima deyapti? Qanaqa ekin-tikin? Bir umr qamoqda ötirgan odam dehqonçilikning fahmiga borarmidi?
“Bilamiz sening dehqonçiligingni, – dedi içida. – Köknor ekmoqçi bölsang kerak-da. Sen öylagan andilardan emasman…”
– Aka, bilasiz, kolxoz yöqolib ketganiga neça yil böldi… – dedi ovoz çiqarib. – Kolxozdan qişloqqa Raim rais meros qolgan bölsa, menga şu traktor… Hozir u özimniki, yoqilği yöq. Neça kundan buyon zang bosib yotibdi. Tunov kuni Temir fermer ham yigirma gektar yerimni haydab ber, deb iltimos qilib keldi. Könmadim, gektariga yigirma mingdan tölamoqçi böldi… Bu dunyoda pul bilan bitmaydigan işlar ham bor-da.
Şilliqqurtning hafsalasi qaytdi. Öziça ğudrandi:
– Gektariga yigirma ming?! Mening tomorqamni haydaş uçun qança pul kerak böladi?.. Hozir…
Nurmon boşini osmonga qaratib, nimalarnidir piçirlab sanadi.
– Ikki ming sömmi, ikki yuz ming sömmi?.. Bilmadim… Otam rahmatli “hovlimiz ön sotix” derdi. – Şilliqqurt Örolga boqdi. – Bir gektar kattami, ön sotix?
– Bularni bir-biri bilan soliştirib bölmaydi, – dedi aqllilik bilan Örol. – Mana, sizningça, bir kilo toş oğirmi, bir kilo paxta?
– Toş-da, – tirjaydi Nurmon Şilliqqurt. – Şuniyam bilmaysanmi?
– Şundaylikka şunday, – maʼqulladi Örol, – lekin bularni bir biriga soliştiriş kerak emas… Odamni adaştiradi.
– Mayli-da, – dedi Şilliqqurt. – Baribir toza iş qilişning heç imkoni yöq ekan-da, a? Bu ahvolda halol odam naşaga pulni qaydan topadi, şuni tuşunasanmi, özi?
Örol oğzini lang oçib turaverdi. U öylagandiki, giyohvand moddalar yetiştiriş bilan şuğullaniş qonunga xilof, hatto bu haqda gap qözğagan zahoti odamni darhol qamoqqa olişadi. Biroq ne ajabki, ularning yonida na Rajabboy melisa va na yaqindagina Akademiyani tugallab kelgan yoş leytenant paydo böldi. Atrof boz-boyagi, bobomning tayoği – suv quyganday jim-jit. Yoni-beriga öğrinça qaradi, heç nima va heç kim yöq! Nahotki?!
– Mening uyimda bunaqa gapni gapirmang, ğalvaga toqatim yöq, – göyo ogohlantirdi Örol.
– Tuşunmadim, halollik töğrisida gapiriş mumkin emasmi? – deb Nurmon Şilliqqurt tumşaydi. – Zamon özgarib ketibdi-da, a?
Örol nimani nazarda tutayotganini tuşuntirmoqçi böldi-ku, lekin köp vaqt ketişini öylab şaştidan qaytdi. Içkarida serialning eng qaynoq nuqtasi boşlagan, piyolaga quyilgan sönggi tomçi aroqning spirti ham havoga singib bormoqda. Tezroq qaytmasa quruq suv qoladi. Bu sötak esa ostonada turibdi: na ketadi, na içkariga kiradi.
– Serial zör bölyapti, körmayapsizmi?
– Televizor yöq… – Nurmon Şilliqurt xona içkarisiga olazarak boqdi. – Bolalar qani?
– Dalaga haydadim, öt yulib kelişadi… özimman. Nima edi?
Nurmon nimanidir öyladimi, öz-özidan mezbonni çekkaga surib içkariga kirdi.
– Kirsak kiraylik-çi, gugurting bormi?
– Aroq qolmovdi, – dedi ikkilanib Örol.
– Gugurt deyman… Meniki özim bilan…
Örol ikki közi televizorda, tokçadagi çiroq yonidan gugurtni olib, mehmonga uzatdi-da tomoşada davom etdi.
Nurmon eski kostyumi çöntagidan yaltiroq oqiş-kulrang qoğoz çiqardi, söng şu yerda dumalab yotgan nos solingan şişa oğziga bosib, undan çömiççaga öxşaş matoh yasab, yoniga qöydi. Köylagi çöntagini kovlab, plastmassa trubkaça va törtburçak qilib öralgan, dorixonalarda sotiladigan qölbola antigrippin dorisiga öxşaş, kiçik oq qoğoz oldi. Oçib, içidagi mayda tuzsifat, sarğiştob narsani boyagi “çömiçça”ga soldi va ostidan gugurt çaqib, ohista qizdirdi.
– Manavini uşla, – dedi u ikki közi televizorga termulgan Örolni turtib.
Örol “çömiçça”ni olib, anqayib qoldi. Ostidan yoqilgan olovdan “tuz” tutayotgan edi. Şilliqqurt trubkaçadan çiqayotgan tutunni içiga tortib, nafas olmay turdi, söng havo çiqardi. Közlari öynab, uy egasiga qaradi:
– Havasing kelyaptimi?
– Yöq.
– Ölarsan… Mayli, manavini uşla, tutunni bekorga ketkazmay, içingga tort… Tez böl, buning bir grammi önta aroqdan qimmat… Tozasidan… Daryo ortidan eski tanişlar jönatgan.
Örol rad qilmoqçi edi, mehmonning qatʼiy gapi örin qoldirmadi. Noiloj trubkani olib, tutunni içiga tortgan edi, öpkasiga yugurib, öqçib yötaldi.
– Namunça aççiq…
– Safar jöraning içida bir sutkadan ortiq bölib çiqqan… Aççiq bölmay, asal bölişi kerakmi?
– Içida? Nima deganingiz… Jargon gapmi bu?
– Jargon-pargonni bilmayman, içida olib ötgan-da. Suv bilan yutgan.
– Yutgan bölsa, içidan çiqarib bölmaydi-ku?!
– Voy, qişloqi, şuniyam bilmaysanmi! – Nurmon közini suzib, labini maymunning oğziday çözib, bekorga havoga singib borayotgan tutunni içiga tortmoqçi böldi. – Şu bölişingga dunyoga keldim, odam böldim, deb yuribsan-da. Essiz… Boşqatdan boşlaymiz…
– Böldi, kerakmas, – tomoği qiçib borayotgan Örol rad etdi. – Hammasini tuşundim… Iştaham qaytdi.
– Hali menga rahmat deysan… Sekin, sovuq suvni sipqirganday tort, tutun tovongaça tuşib borsin… Içkarida ozroq uşlab tur, hamma kayfi şunda.
– Könglim ayniyapti, kerakmas…
Oradan ozroq vaqt ötib, Örol özini va atrofni anglamay qoldi – hayot özgarmoqda, özini kosmonavtday his qildi, bir pasda Nyutonning butun olam tortişiş qonuni buzilganday böldi. “Bekorga bu yaramas Şilliqqurtni “qonunbuzar” deyişmas ekan, – degan öy ötdi könglidan. – Fizik ön yildan beri öqitayotgan butun olam tortişiş qonuniniyam bir deganda buzib yubordi-ku!”
– Yer qimirlayapti, uy buziladiyov, özim osmonga uçib ketaman… – xavotir bilan yonidagi, allaqaçon devorga orqasi bilan suyanib, boşi xom oşkadiday osilgan Şilliqqurtga qaradi.
– Vahima qilma, tutib qolaman… Oğilning törtta balorini uşlab qololmasam, nima qilib şunça yil ötirib çiqdim.
Örol gapga eʼtibor bermadi, atrofda ğalati voqealar bölmoqda, hayot tez özgarmoqda. Xona vertolyot parragiday aylandi, söng pufakday şişdiki, içiga butun qişloq jo bölarlik, örnidan turib, köçaga qoçib çiqmoqçi böldi, biroq erindi, xona eşigi hozir Xöja töpning uzumzoridan bir çaqirim uzoqda.
“Endi xonaga ertagi kartişka eksam böladi, – deb öyladi u. – Xudoga şukur, yer möl. Fermerlarga yer sörab yalinmayman!”
– Örol, tur, traktorni qöş, bizning tomorqani haydaymiz, – tilga kirdi Nurmon.
– Ertaga, – dedi Örol. – Bugun çarçadim, eşikni köryapsizmi, qayga qoçib ketdi. Yetib borgança keç böladi. Ertaga keling, Şilliqqurt aka.
– Bunaqa nomardlik qilma, ikki kunlikni çakib qöyding-ku, “ertaga” deysan.
– Bölmasa ulov topib keling, minib olmasam, oyoğimda jon yöq.
Şilliqqurt köçaga çiqdi, atrofga alang-jalang boqdi. Uzoqdan bir eşak, arqonini sudrab, nöxtasini siltab, şataloq otib yugurib kelib, ariq labidan ajriq kemiraverdi. Nurmon poylab borib, arqonidan uşlab, xona tomon sudradi. Eşak ança bamaʼni ekan, eşikdan ötişda tixirlik qildi, Nurmon zörğa tortib kirdi.
Örol Şilliqqurt bilan kelayotgan allambalo maxluqni körib, qoçmoqçi edi, oyoğida hamon jon yöq, holsizlanib ötirib qoldi.
– Bu nima?!
– Eşak…
– Şu eşakmi?! – negadir Örolning iç-içidan kulgi kelaverdi. – He-he-he, eşak… Eşakmiş… Şu eşak bölsa, men hökiz ekanman-da…
– Siz nima desangiz – şu…
– Bu… bu… – Örol özini tösatdan uy töriga, körpaçaga taklif qilişlarining sababini tuşunmay, közlari jölayib turgan joniqorga barmoq nuqtab, nima deyişini bilmadi. – Bu… Dinozavr… Bu, ajdar!
Örol qiqirlab kuldi.
– Ajdar bölsa, ajdar-da. Öziyam menga öxşab qiş böyi ovqat yemaganmi, teri bilan qovurğasi qolibdi, uçib ketaman deyapti, qanoti yöq, xolos. Min, ketdik!
Şilliqqurt eşakni turtib, uy sohibiga yaqinlaştirdi. Biroq mezbon birdan çöçib özini ortga taşladi.
– Minmayman, – dedi közlari olayib. – Qörqaman…
U şunday deb Şilliqqurtga boqdi. Uni ilk bor körib turganday bir seskanib oldi.
– Şilliqqurt aka, bu yerda nima qilyapsiz?
Mehmonning toqati toq bölmoqda. Biroq uy sohibi negadir tirjaydi, söng bir maromda kuldi. Kulgi orasida tizzasiga şapatlay-şapatlay, qiyqirib gapirdi:
– Şu ismni otangiz qöyganmi?! Şilliqqurt!! Ve-hey!!! Çiroyliligini!!!
– Enam qöygan!
Nurmonning jahli çiqdi, eşakni itarib yuborib, Örolning qöltiğidan olib, taşqariga sudradi.
Toza havoda Örol bir oz öziga keldi, baribir, traktori turgan köça qoçib borayotgan edi. Yetişlari qiyin böldi.
Bora-bora Örol qorni temir boçkaday bölib borayotganini his qildi. Böm-böş, oğzi katta, armiyada çöçqalarga yuvindi taşiydigan boçkaday, biroq böş. Köngilda uni töldiriş istagi uyğondi.
– Non-pon bormi, – dedi u Şilliqqurtni turtib. – Qornim oç.
– Uyda yeymiz, traktorni qöş, tezroq boraylik, yer kutyapti.
Şilliqqurt ança huşyor, eski naşavand emasmi, unça-munçasi taʼsir qilmaydi. Niyati manavi ovsar öziga kelgunça, traktorni hovlisiga olib boriş, keyin bir gap bölar.
4
Umar çinoq şu kun yana işdan qolişga rozi böldi. Baribir quruq qöl bilan borganda muharrir uning şakkokligini keçirmaydi. Çori rais ikkalasi qişloq çetidagi selga va yonğinga qarşi ariqni körgani ketmoqda.
Rais Ğoyib iğvogardan xavotirda, boşini xam qilib boryapti. Töğrisi, tumanga qilinmagan işni “bajarildi”, deb axborot yuborib örgangan. Şu odati bir kun pand berişi mumkin. Hoynahoy Ğoyib ustidan yozganga öxşaydi…
Örol traktorçiga bekor işongan ekan. Uç şişa aroq bilan aldadim, deb öylovdi. Mana, kim-kimni aldagani endi maʼlum bölmoqda.
Çori rais Umarga öxşagan muxbirlardan qörqmaydi. E-he, u oqsoqol bölganidan beri mahallaga qança tekşiruvçilar kelib ketdi, aybini topolgani yöq. Topgandayam, yo yiğlab beradi, yoki “işdan böşayman, çarçadim”, deb noliydi. Tekşiruvçining rahmi kelib, uyalib bir söz demay qaytadi. Lekin yoziş-çiziş bölsa yomon-da.
Bu yoği saylov ham yaqinlaşib qolgan, Rayim ançadan buyon uning örniga köz olaytiryapti…
Uf-f, ana, qişloq atrofi tep-tekis. Örol bir qadam ham şudgor qilmagan. Normatning eşagi ön kunça burun böşalib, toqqa qoçgan, şuning ipidan qolgan iz ham hamon çözilib yotibdi.
– Mana, men nima devdim, – xitob qildi Umar xursand. – Heç balo yöq. Endi yuring, Ğoyib akaning oldiga boramiz.
Çori rais öz ixtiyori bilan boşini arqonga suqmoqçi emas. Nima qilişini bilmay turganda şu tomonga Örol tar-tarning ayoli, oriq bir eşakni sudrab kelayotganiga közi tuşdi. Quvondi. Özi bölmasa, xotinini urişib xumordan çiqadi.
– Biz tomon kelyapti, – dedi Umar. – Bir gapi borga öxşaydi.
Ayol halloslab yetib keldi, eşakning ham böyni çözilib qolgan. Nöxtalangan iyagini çözib turibdi.
– Rais bova, – murojaat qildi u qölidagi arqonni siltab, eşakni yaqinroq tortar ekan. – Erim yöq.
Çori unga sinçiklab razm soldi, söng eşakka boqdi.
– Şunga nima? – Yolğonçi ering, uç şişa aroqni içib, bir görda dumalab yotgandir.
– Erim yöqolib qopti, – hiqillab gapida davom etdi ayol. – Aroqni oldin içuvdi… Qaysi uying kuygur uç şişa taşlab ketgan ekan. Uç kun oğzi sasib yurdi.
– Qayga yöqoladi? – Uni biz ham qidirayotuvdik…
– Biz daştga ketuvdik, yarim şişa aroğini quçoqlab, kino körgani uyda qoluvdi, kelsak yöq, – kuyindi ayol.
– Şunga şunçami, – Çori raisning jahli çiqdi. – Ğoyib iğvoning qizi beşinçi erini taşlab, kim bilandir qoçganiga olti oy bölyapti, şikoyatgöy bölişiga qaramay Ğoyib bir oğiz ham bu haqda bizga gapirmadi… Ana, Norqul. Sigiri ikki kun yöqolib ketsayam “ğiq” degani yöq… Ering şulardan ortiq böp ketdimi?
– Yöq, ungamas, – uyaldi ayol. – Biz kelsak erimning örnida uyda manavi turibdi. Televizor yoniq… Dasturxonda bitta böş şişa… Hammayoq tezak…
Çori rais va Umar unga savol alomati bilan boqqan edi, ayol gapiga aniqlik kiritdi:
– Eşakning tezagi…
– Yöğ-e! – deya boş çayqadi Çori, – otam rahmatli “şuni içma, eşak böp qolasan”, deb köp aytardi, quloğimga olmasdim. Rost çiqdi… Lekin aroqqa duo soldirganim yöq. Mendan körma. Xohlagan takdirimdayam, hozir unaqa, odamni eşakka aylantiradigan mullalar yöq. Mulla Maʼmurning kenjasi bölsa “korelni vord qilib beraman”, deb maqtanib yuribdi. Nimaligini bilmayman-ku, lekin qölidan kelmasa kerak. Otasiyam bir narsani yolçitmagan.
– Erim eşakka aylanib qolibdi, demoqçimisiz? – Umar ham hayratini bildirdi, maqola uçun ğaroyib mavzu topganidan xursand. – Nahotki?!
– Heç narsa demoqçimasman, lekin erimning örnida eşak televizor tomoşa qilib turibdi…
– Tavba, rostdan ham Xudo bormi deyman! – eski ateist Çori hayratlanişda davom etdi. – Ering avvaldan eş-şak edi, bir iltimos qilganimga özini tovoqqa soldi… Yaxşi böpti, öz holiga qaytibdi. Bu iş uçun uç şişa aroqqa roziman.
Şu joyda eşak hangrab berdi, hamma çöçib tuşdi.
– Senga buyam kam, – dedi Çori unga boqib. – Köp dodlama! Aroqni nima qilding?
– Nima deyapsiz, rais bova, esingiz joyidami? Erim boşqa!
– Bölmasa nega buni sudrab yuribsan? – söradi Çori jahl bilan.
Umarga suhbatning bunday ketişi yoqmadi. U yolğon bölsa ham bu ikkovi Örolning eşakka aylanganiga işonişini istayotuvdi. Axir zör maqola çiqadi, bunaqasini hatto internetda ham topib bölmaydi. Xotini bilan mahalla raisi bir insonning eşakka aylanib qolganini gapirib tursa! Bundan ortiq sensatsiya böladimi?! Bunaqa sensatsiya uçun şundan ortiq işonçli manba topib böladimi?! Şundayin işonçli dalillar bilan bitilgan maqolaga şubha bildirgan muharrirni işdan haydab, öquvçining quloğini kesiş kerak emasmi?!
– Balki rostdan ham eşakka aylangandir, – ötga kerosin sepmoqçi böldi korrektor. – Nima dedingiz, Çori aka? Ilgaritdan bor narsa bu, odamning maxluqqa aylanişi… Bir rivoyatda bolakay köldan suv içib, eçkiga aylanadi. Bir multfilmda qiz keçasi troll böp qoladi… Ha, endi bizda trollar yöq, eşak bölsa, marhamat, oppa oson. Eşak dehqonçilik-da… Köp demoqçiman… – baqrayib turgan Çori raisga izoh beradi. – Öğlingizni hisobga qöşayotganim yöq, olaymang… – Söng ayolga yuzlandi. – Men entomologlikka öqiganman, jonivorlar haqida bilimim yetarli, domlamiz aytardiki, juda zarur böp qolsa, bir turning ikkinçisiga aylanişiga fan yöl beradi.
– Ey, qöysangiz-çi, bölmagan gapni, – dedi ayol. – Nimaga faningiz erimga kelganda şunday qiladi? Boşqalarga bölsa, indamaydi… Örgildim sizning köngilçan faningizdan… Kimdir erimni öğirlab, örniga manavini taşlab ketgan. Bu bilan nima demoqçi özi… Rais bova, oldingizga kelayotuvdim, endi nima qilay?
Ayolning gapi Umarga yoqmadi. Şundayin mistik voqea oddiy oilaviy maşmaşaga aylanmoqda, axir. Endi buni ortga qaytariş imkoni yöqqa öxşaydi. Ayol öqimişli çiqib qoldi. Heç kim öylamaydi, Örol traktorçining xotini şunaqa narsalarga tuşunadi deb.
– “Boşma boş” böpti-da emasam, – masxara qildi u. – Yutqazmabsiz, yanga. Buniyam boqsa, traktor haydaşni örganolmasayam, suv-puv taşib turadi. Lekin Örol akayam traktorni yolçitib haydagani yöq. Bir kun soz bölsa, bir hafta buzuq. A, nima dedingiz, Çori aka?
Rais esa öyga çömgan. Unga köplar turli masalalarda yordam sörab keladi, lekin bunaqasiga ilk duç kelişi, nima deyişniyam bilmaydi. Şu eşak sening ering, deyin desa rasmiy odam, töğri kelmaydi. Bu senning ering emas desa, Örolni topiş kerak!
– Eringni kim öğirlaydi? – dedi nihoyat. – Mast bölib, köçaga çiqib ketgandir?
– Serial paytida uydan traktor bilan ham sudrab çiqarib bölmasdi, – ayol kuyindi, – ey, esim qursin… Yana bir gap, bir oydan beri joyidan jilmagan traktor ham yöq.
– Ha, endi tuşunarli, – gapga suqildi Umar. – Eşakni traktorning örniga taşlab ketişgan… Eringizga buni almaştirişmasdi. Köziga qarang, ança aqlli ekan…
Çori aka “sen jim tur”, deganday olaydi.
– Xat-pat qoldirmabdimi? – dedi ayolga boqib.
– Xat yozişni bilmaydi, – dedi ayol. – Özi maktabdayam yolçitib öqimagan. Menga “yaxşi köraman”ning örniga “yaxşi xöraman” deb yozgan. Buning ustiga hozir hammayoq lotinça bölsa… Lekin “xöra”ligi xato bölsayam töğri ekan, buni töydan keyin bildim.
– Hozir kimni gapirdingiz? – tirjaydi Umar. – Eşak haqidami yo eringiz haqida?
Ayol unga yeb qöyguday olaydi.
– Yozişni bilmagani durust. Bundaylar qança kam bölsa, şunça yaxşi, – gapga suqildi Çori rais. – Bitta Ğoyib iğvogardan qanday qutulişni bilmay turibmiz… Buyam unga şogird tuşaman deb kuydirardi.
U negadir Umar muxbirga olayib boqdi.
5
Ikkovlon traktor soyasida qança ötirgani nomaʼlum, birinçi bölib Nurmon gap boşladi:
– Böldi, Örol, tur, traktiringni tirillat, borib hovli haydaymiz.
Örol közini oçib, yoniga boqdi.
– Haliyam şu yerdamisiz? – Bir yildan beri ötiribsizmi?
– Ötiribman, ötiribman, – tur, tirillat!
– Yoqilği yöq, solyarka quyiş kerak, – dedi Örol.
– Quy, – Şilliqqurtni muammo qiziqtirmadi.
– Solyarka yöq, oliş uçun pul kerak.
– Hozir borib, Ramazon akadan qarzga olamiz… Hosilni bozorga solsak, uzilişib ketarmiz.
Nurmon amallab Örolni örnidan turğizdi.
– Özingiz borib keling, oyoğimda jon yöq, – dedi Örol.
– Şu qişloqning odamlari menga biror narsani qarzga berganida, sarson bölib, yer haydab, nimadir ekib yurmagan bölardim, – dedi Nurmon.
Ikkalasi dovdirab yölga tuşdi.
Ramazonning uyi yonida, kiçik ötirğiç ustida bir yelim idiş sarğiş-qönğirtob suyuqligi bilan yaltillab turibdi. Buni körib, Şilliqqurtning feʼli buzildi. Atrofga olazarak boqdi. Örolni turtdi.
– Ovozingni çiqarma, – pul tölab nima qilamiz, ana bir baklaşka solyarka, sekin gum qilamiz.
– Kerak emas, – dedi Örol. – Foydasi yöq.
– Foydasi bor-da… Men bir umr şunday yaşaganman… Ikki ming söm çöntakda qoladi… Yo talantimga işonmaysanmi, şunday ömaramanki, heç kim heç baloni payqamaydi. Tuyani yutsam dumini körsatmayman… Sen meni bilmasakansan. Ön beş yil bekorga ötirganim yöq.
– Albatta, bekorga emas, eplay olmaganingizdan ötirgansiz…
Bu gap Şilliqqurtning izzat-nafsiga tegdi:
– Nega eplolmaskanman? Hozir körasan, baklaşka köz oçib yumguningça gum böladi.
– Bir baklaşka bilan traktorim Çori raisning hovlisigayam yetib bormaydi.
– Nima bölsayam-da, buni qöynimga yaşiraman, yana bir baklaşka sotib olamiz, kakraz hovligaça yetadi.
– Muammo boşqa joyda, – dedi bamaylixotir Örol. – Bu solyarka emas.
– Benzinmi? – Şilliqqurt baklaşkaga sinçiklab razm soldi. – Öxşamayapti… Juda quyuqday, rangi ham qönğirtob.
– Keça Ramazon Nosir nosfuruşning suv aralaştirib, nos qöşgan pivosidan ölarday içgan, bu şundan…
– Bunga Ramazon bilan pivoning nima aloqasi bor? – tuşunmadi Şilliqqurt. – Yoki qolgan pivoni olib çiqib qöyganmi? Demak, öğirlasak, baribir zarar qilmaskanmiz… Içib olsak, “Altay” traktoringni itarib ketsak ham böladi.
– Bu öğirlaydigan narsa emas… Nimaligini aytolmayman, – dedi Örol. – Ramazon aka qilib yurgan işini aytişga til bormaydi…
Şilliqqurt heç vaqoni tuşunmaganday angraydi.
– Odamlar bunçalar şum bölmasa… Menga öxşagan beçoralarga non yöq ekan-da endi…
Şu payt darvozadan Ramazonning boşi körindi. Zahil tus, qoqsuyak Nurmonga közi tuşib, taʼbi tirriq böldi.
– Solyarka kerak, – dedi Şilliqqurt. – Yer haydamoqçiman…
– Solyarka yöq, – dedi Ramazon aka. – Sen hali yer haydaydigan böldingmi? Özingni haydamasimdan burun, bu yerdan tuyoğingni şiqillatib qol-çi.
Şilliqqurt Örolni turtdi.
– Yöq demang, – dedi Örol. – Rostdan ham bu kişining hovlisini haydaymiz… Ikki baklaşka solyarka qarz berib turing. Ertaga özim hovlingizni haydab beraman.
Ramazon aka huşyor tortdi. Örol doimiy mijozi, unga özining ham işi tuşadi. Bir söz demay, ortga qaytib, qölida ikki baklaşka solyarka bilan çiqdi.
– Ammo, manavi qilgan işingiz yaxşimas, – dedi Şilliqqurt “reklama”ni körsatib. – Heç bölmasa öğlingiznikini qöysangiz bölmaydimi, har holda tozaroq, uyatsizroq edi. Bu nima şarmandagarçilik?
– Öğilça bizday bölgança, eh-hey, qança qovun pişiği bor, – dedi maqtanib Ramazon aka va mağrur nigohini idişga qadadi. – Buni yarim qiliş uçun ortidan ikki kun yalinib yuriş kerak…
Şilliqqurt esa buning nimasi maqtangulik ekanini tuşunmadi.
6
Çori rais eşak, Örol va traktor mojarosiga aralaşişni istamadi. Uyiga qaytmoqçi böldi.
– Mening masalamni hal qilib bermaysizmi? – söradi ayol.
– Qanaqa masala, – Çori hayron. – Ering bir-ikki muşt urganda yordam berardim, eşak tepsayam, mayli, aralaşardim, lekin heç nima bölmagan-ku! Ering yöqolgan bölsa, ana Rajabboy melisaga bor! Agar rostdan ham Örol eşak böp qolgan deb öylasang, mana Umar, aytasan, maqola yozadi, gazetaga çiqib, sen ham, ering ham, eşak ham maşhur böp ketasanlar.
– Ey, nima deysiz? Artis böppanmi, gazetga çiqib?.. Men ölaman desam, siz kulaman, deysiz, – juvonga gap yoqmadi.
– Unda, eringni eşakbozorga solib, pulla, menga uç şişa aroqning pulini qaytarasan… Bungayam köngling bölmasa, mulla Maʼmurga borsang duo bilan uni odamga aylantirib beradi. Şu bilan hamma xursand, hamma rozi.
Umar ortga lallayib qaytişni istamayotgan edi. Ayolni tezladi:
– Bizga farqi yöq, artis topmasak eşakniyam çiqaraveramiz… “Erim eşakka aylandi”, deb bir oğiz aytsangiz bas, ertaga gazetada çiqarib yuboraman. Yozaveraymi?
Ayolning jahli çiqdi, qöl siltadi, mavzuning nişoni boşqa tomonga köçganini payqagani hamonoq, oyoğini qöliga olib, qişloq tomon ketib borayotgan Çori akaning ortidan baqirdi:
– Heç bölmasa, bu kimning eşagiligini aytib keting. Buni nima qilay?
– Uyingga eltib boylab qöy, egasining özi boradi, – dedi Çori rais yölida davom etib. – Juda bölmasa eringga almaştirib olasan.
Ayol eşakni sudrab ortga qaytdi, Umar esa joyida öylanib qolaverdi. Omad quşi boşga qöndim deganda, uçib ketdi. Uçgandayam tezak qilib, söng uçdi. Şunday ajoyib, maqola qilsa böladigan material bölayotuvdi-da. Bunaqasi muxbirning umrida bir marta yo uçraydi, yoki yöq. Muharrir ham ön beş kunlik arazini bir öqişda unutib yuborardi…
Umar qişloq xöjalik kollejini bitirgan, oliy maʼlumoti bölmasa, gazeta çiqarişni tuşunmasa-da, muharrirning kayfiyatini nima bilan kötariş mumkinligini biladi. Entomolog-da! Ikki şişa aroq bölsa bas! Juda bölmasa, şov-şuvli maqola kerak!
Umar şu holiça bu yerda köp qolmadi. Boya Çori sori aytgan gapni eslab, kallasiga ğaroyib fikr keldi – demak-ki, maqola qilişga arzigulik voqea yöq ekan, uni yaratsa ham böladi. Özi çekkada turgan holda, albatta… Mana, masalan, Dölan döxtir qişloqda heç kimning tişi oğrimay qöysa, işsiz zeriksa, köçada uçragan odamni uşlab, “tişing qurtlabdi”, deb suğurib taşlayveradi. Juman Jomov esa, mijozsiz qolsa, qişloq köçasiga mix soçib çiqadi. Vulkanizatsiya yuritişning özi böladimi?
Buyam şunga öxşaş bir gap-da.
Ğoya oddiy va dohiyona – Umar yölida uçragan odamga Örol traktorçining eşakka aylanganini aytib, qişloqning bu tomonidan gap qöyib yuboradi, özi narigi çekkaga borib kutadi. Oradan ikki soat ötib, Çori raisning tamoyili töğri çiqsa, u yoqqa şundayin miş-mişlar yetib boradiki, bemalol olib, maqola qilaveradi. Buyam ov taktikasiga öxşaş gap. Bir tomondan yordamçilar öljani çöçitadi, narigi yoqda esa haqiqiy ovçi, miltiğini öqlab ularni kutib oladi.
Umar şularni öylab, öziga-özi qoyil qoldi. Keyingi paytlar ança-munça aqlli bölib borayotganini öziyam sezyapti, har narsani kengroq, aqlliroq va ilmiyroq öylamoqda.
Töğri, odamlardan miş-miş kutib ötirmay, maqolani töğridan töğri yozib yuboraversa ham böladi, lekin “yoş muxbir”ning bunga haddi siğmaydi. Muharrir işga borgan vaqtida “Maqola yozadigan bölsang, faqat haqiqatni yoz, xalqdan eşit, ulardan olib yoz”, deb ögit bergan.
Boşliğining gapiga amal qilib, xalqdan olib maqola bitişni rejalaştirgan edi. Biroq, xalqda nima bor? Heç vaqo yöq! Xalqning nimaga aqli yetadi? Heç nimaga! Şunday bölgaç, bu tomondan ozroq kömaklaşib, turtki berib yubormasa bölmaydi. Xalq kömakka muhtoj!
Qarşisidan kollejning uçinçi kursida öqiydigan Quvon çiqdi. Umar uni töxtatib, gapni uzoqdan boşladi.
– Heç zamonda odamning eşakka aylanganini eşitganmisan?
Quvon muxbirning gapiga tuşunmaganday yelka uçirdi.
– Mana, masalan, Örol traktorçi eşakka aylanib, aroq içib, serial tomoşa qilişi mumkinmi? – mavzuni yaqinlaştirdi Umar.
– Mumkin emas, – dedi Quvon taajjublangan tarzda. – Tuyoği bilan piyolani qanday kötaradi?
– Serial tomoşa qilişiga nima deysan? – ösmoqçiladi Umar.
– Bilmadim… menimça buning uçun odam böliş şart emas.
– Töğri… Lekin Örol eşakka aylanib qolibdi-da.
– E, bölişi mumkin emas…
– Nima, seni aldaymanmi? Gazetda redaktor örinbosari böla turib, yolğon gapiramanmi? – Umar atrofga olazarak boqib qöydi. – Ana, xotini zor qaqşab sudrab yuribdi. Çori raisning oldiga yetaklab kelibdi, “qaytadan odam qiling”, deb.
– Rostmi? – angraydi Quvon.
– Rost, rost…
– Qiziq ekan-ku, bunda mahallaning qölidan nima iş keladi? Bitta öpsa, odamga aylanadi qöyadi, özim kitobda öqiganman.
Umar angraydi. Topilma özi öylaganidan-da qimmatliroq, çamasi. Bu bandayi ğofilda birovning gapiga şubha-gumon bilan qaraş degan öy yöq ekan, nafaqat işondi, balki özi ham afsonaga qöşilib ketdi!
– Buni qayerdan bilasan? Öqiganman dedingmi?
– Ha, adabiyot degan kitobdan, adaşmasam… – Quvon şunday dediyu, lekin gapiga öziyam işonmadi, şu yoşga kirib “Alifbe”dan boşqa kitob öqimagani yodiga tuşdi-da. – Balki muallimimiz aytgandir… Balki multfilmda körgandirman… Işqilib bilaman.
– Adabiyot kitobida bölsa rost, – Umar örtada gumon paydo bölişidan manfaatdor emas. – Kap-katta yozuvçilar yolğon yozmaydi… Ana, bittasi “Quyoş qoraymas” deb yozgan… Yana bittasi “Quyoş baribir çiqaveradi” degan. Boşqasi “Soyalar çoşgohda yöqoladi” degan… Şularning barisi rost-da, axir… Endi… bizday jurnalistlarga çiroyli çiqişi uçun haqiqatga sal-pal qöşimça qöşişga ruxsat bor.
– Lekin eşakni öpişning özi bölmaydi, tişlab olişi mumkin, – suhbatdoş sözlaridan ruhlanib, fikrini davom ettirdi Quvon. – Endi esladim, muallimimiz qurbaqani öpib odam qilişganini aytuvdi.
Umar seskandi.
– Lekin buni senga yaqin olganimdan gapirdim, bu sir. Unga-bunga aytib yurma, – Umar söz taʼsirini oçiş va uning yoyilişini tezlatiş uçun tayin qildi. – Xotini xohlasa öpib, odam qilib olar, xohlamasa töqimlab, umrining qolgan qisminiyam ustiga minib ötkazar, özi biladi-da.
Umar uyiga jönadi.
7
Örol qöy körmagan bölsa-da, qiy körgan – bakiga ikki baklaşka solyarka quyilgan traktor Nurmonning hovlisiga arang yetib, öçdi.
Avval “Altay” traktorini tarillatib, darvoza tomondan kelişdi, biroq bu uy neça yillar burun qurilgan, u paytda heç kim hovliga “Altay” olib kelib, yer haydamagan, öz tomorqasini özi bellagan. Traktor darvozadan siğmasligi maʼlum böldi.
– Sen nima deb öylaysan? – söradi Nurmon. – Darvozani buzib ötganimiz durustmi, devorni?
– Hayronman, – dedi Örol közlari qizarib. – Şokir şopir aytadiki, “qaçon ölişimni bilaman, lekin traktor qayga burilişini bilmayman…” Men ham bilmayapman… Devordan ötsak böladi… Bizning traktor uçun bu heç narsa emas. Darvozani esa öz holiga qöyamiz.
Örol köchani öyib, traktorini burdi. Ortida osilgan plug esa siltanib, çekkadagi tut daraxtini sindirdi. Traktor ilkis siltanib, paxsani tekislab ötdi va hovli örtasiga borib töxtadi, ovozi öçib, atrofga suv quyganday böldi.
– Bor ekansan-ku, – dedi quloğini qaşlab Şilliqqurt. – Kar bölay dedim… Buningni yer haydaşga kelganda Öroq dallolga öxşab ovozi çiqmay qolarkan… Uyam bir iş qilişdan burun ikki soat xotini bilan urişadi, keyin nafasini çiqarmay işlaydi… Bölmasa sen mana şu turişda, ovozini çiqarmay hovlini haydayver. Men borib, biror yegulik tayyorlayman.
– Nimani haydayman, – dedi Örol. – Solyarka tamom böldi.
Nurmon unga olayib qaradi.
– Bölişi mumkin emas, men bolaligimda moped minardim. Bir şişa benzin yarim yilga yetardi. Yana bir oy bakning oğzidan hidlab, kayf qilib yurardim… Hazillaşma.
– Men bolaligimda velosiped minganman, – dedi Örol. – Unga umuman benzin quymasdim, lekin şuni peş qilib, traktorni sudrab, yer haydamayman-ku.
Şilliqqurt indamadi. Kabinadan tuşib, uyi tomonga yurdi. Örol unga ergaşdi.
Traktor hovli örtasida, plugini osiltirib turardi.
– Endi nima qilamiz? – dedi Örol tevarakka alanglab.
Uning xavotiri traktoridan. Kayfi tarqab, qilgan işini öylab, öyiga yetolmayapti. Esida bor edi, qarzga solyarka oldi, bu yoqqa kelişdi. Hammasi yodi-da. Lekin şu işlarni qaysi aqli bilan qildi – tuşunmayapti. Şu paytga qadar heç qaçon puli naqd bölmagan işga ostona hatlab çiqmagan. Hozir esa… Bu köngilçanlik, bu bağrikenglik, bu saxiylik qay gördan yopişdi? Nahotki buning hammasi öşa – tuzga öxşab ketadigan sassiq tutaydigan narsadan bölsa? Şu tutun uni şunçalar özgartirib yubordimi?
Endi huşi joyiga qaytib, özini yomon körib ketdi. Axir traktorni olib ketiş uçun yana şunça solyarka qarz oliş kerak. Xotini öla qolsa pul bermas.
– Nurmon aka, – dedi Örol. – Yana ozroq solyarka topib kelmasangiz bölmaydi… Heç bölmasa ön litr.
– Ön litr! Qaydan topaman?! – Şilliqqurtning kapalagi uçdi. Boya uç litrni qança maşmaşa bilan olişgani hali yodida-ku! – Özi tutatişga zörğa pul topyapman-ku!
Örolning rangi oqarib, atrofga olazarak boqdi. Yana heç kim körinmadi, birov Nurmonning qöliga kişan solmadi.
– Özi bekorga öşa tutuningizdan tortgan ekanman… Şuni hidladim-u, könglim yumşab, bu yoqqa qanday kelib qöyganimni bilmay qoldim.
Nurmon qarovsiz uy ayvoni çekkasiga ötirdi.
– Hozir yana bir qör olov qilamiz, qarabsanki traktoring otday yurib ketadi.
U şunday deb yonidan boyagi qoğozni olib, avaylab oçdi.
– Yoki senga ukol yoqadimi? Boşga tezroq boradi…
Örolning kapalagi uçdi:
– Ukolni yoqtirmayman. Bolaligimda beş kun pensillin olganman, şundan beri ignani körsam oyoğim qaltiraydi…
– Unda yigit böladigan vaqting kelibdi…
– Lekin şu işni bekor qilyapsiz, yonilğisiz otimiz joyidan bir santimetr ham qimirlamaydi, – Örolning afti bujmaydi.
Nurmon yonida turgan obdastadan labi uçgan sopol piyolaga ozroq suv quydi. Suv ariqdan olingan ekanmi, loyqa. Ustidan avaylab haligi sarğiştob, tuzsimon narsadan tökdi.
– Şundan ukol yasaymiz, – dedi Şilliqqurt va örnidan turib, xonaga kirib, bir qölida bir marta işlatiladigan şpris va sigareta filtrini olib çiqdi.
– Dunyodagi eng betayin narsa – bir martalik şpris, – dedi uning ignasi uçiga sigareta filtrini qöndirar ekan. – Beş-olti marta sançar-sançmasingdan işdan çiqadi.
Örol unga olayib, nima qilayotganini tuşunmadi.
– Ukol yasayapman, – dedi nigohidan savolini anglagan Nurmon.
– Şu loyqa suvdan-a?
– Manavi nimaga kerak? Öz oti bilan filtr, tozalab beradi, – dedi Nurmon. – Hozir bitta-bitta “urib” olamiz iş yurişib ketadi… Dunyoda bu hal qilmaydigan iş yöq.
– Tilla baliqça böptimiki, aytganingizni bajaradigan. Baribir solyarka topib berolmaydi, – tönğillab gapirdi Örol.
– Solyarka topmaydi, töğri, – dedi Şilliqqurt. – Tilla baliqça ham emas. Lekin muammoni hal qiladi. Bunisi aniq.
Örol hamsuhbatining gapiga işonmadi. Buni Şilliqqurtning öziyam sezdi.
– Bir umr hamma muammolarimni şu hal qilib bergan, – dedi maqtanib.
– Masalan nimani? – söradi Örol.
– Masalan… – Nurmon öylandi, topolmadi. – Hammasini-da, qay birini aytaman?
– Bölmagan gap, – dedi Örol. – Sizga, hovlingizga boqib, tuğilganingizdan beri birorta muammongiz hal bölganiga işoniş qiyin.
Bundan Nurmonning jahli çiqdi. Gapiga şu jinqarça işonmayotgani unga yoqmadi.
– Mana, masalan, bir hovuç tutun bilan sening şunday katta traktoring şu yergaça tarillab keldi… Bu hisobmasmi?
– Traktor mening iltimosim va solyarkaning kuçi bilan keldi, – dedi Örol kerilib.
– Şoşma, – dedi Nurmon. – Hozir manavi ukoldan urib olaylik, keyin bahslaşamiz… Zör kelsa ikkalamiz traktoringni sudrab, hovlini haydaymiz. Mana körasan… Lekin bu safar ham qornim oçqadi, deb kuydirma. Uyda, ana, yarim xalta kepakdan boşqa heç balo yöq.
8
– Eşitdingmi, anavi Quvon novça tentak böp qopti, – dedi Navfal ariq labiga, ajriq ustiga ötirar ekan.
Umar qişloq çetidagi suvi qurib, qatqaloq bosgan ariq yonidagi toşga ötirib, çang köça böylab dalaga ötib ketayotgan bitta-yarimtaga umidvor boqayotgan edi, axir qişloqning narigi tomonidan qöyib yuborilgan maʼlumot ğildirab çiqmaydi-ku, oyoği yöq, kimningdir oğzida keladi. Iqtidorli jurnalist sifatida Umar buni yaxşi biladi.
Biroq şunga qaramay, u yoqdan miş-mişlar oqimi Ğoyib iğvogarning uyini bosgan oqova suvday otilmayapti. Barça hissiz va mudrab boradi. Peşingi uyqudan keyin ularning birov eşakka aylangan-aylanmagani bilan neça pullik işi bor?
Nihoyat, mana, Navfal yaltirab qolgan boşini silab, uning yonida şu gapni aytib turibdi.
– Nega tentak böladi? – Umar özini hayron körsatdi.
– Gapiga qara, Örol eşakka aylanib qolgan emiş, xotini bir marta öpsa, qayta odam bölarmiş… Şuyam gapmi? Şu Örolni öpiş emas, tört kun oç qöyib, xalaçöp bilan savalasang ham odam bölmaydi.
– Bölsa bordir, – mujmal gapirdi Umar.
– Sen qolganini eşitmading, – davom etdi Navfal. – Emişki, u borib, Örolning xotiniga şu gaplarni aytsa, eşakni atay “endi bu yoğiga töqimlab minaman”, deb öpmaganmiş.
Umar şoşib, qöliga uydan tayyorlab kelgan daftar qalamini olib, allambalolarni yozişga kirişdi.
– Nima qilyapsan? – söradi Navfal.
– Zör mavzu ekan, maqola yozaman, – dedi Umar. – Gazetda bosib çiqamiz.
– Lölidan botir çiqsa, kapasiga öt qöyarkan… – Navfal ranjidi. – Işga kirdim deb qişloqning bor esi oqqan, jinnilarini topib, gazetga yozasanmi endi. Sendan köra Ğoyib akayam yaxşi, yozsa birov biladi, birov bilmaydi.
– Jinnilar haqida emas, odamning eşakka aylangani töğrisida tayyorlayman… Qiziq-ku!
– Bu safsataga kim işonadi? Böladigan narsani yoz, mana men keça yarim soatda hovlini suğorib böldim… Ilgari heç şunaqa bölganmi? Yarim soatda ön ikki sotixlik hovlini suğoriş!
Umar eʼtiborsiz, uni Navfalning şaxsiy rekordi qiziqtirmadi.
– Quvon yana nima dedi?
– Heç nima!
Çang köça böylab, hali peşingi uyqudan töliq uyğonmagan Öroq dallol ötib qoldi. Yelkasida ketmon, ust-boşi çang.
– Yöl pöstak? – savol taşladi Navfal.
Öroq bularga boqib, közlarini kattaroq oçdi. Negadir jahli çiqdi.
– Uyalmaysanmi? – dedi zarda bilan Navfalga. – Kuppa kunduzi…
– Nimadan uyalişim kerak, ğarlik qilyapmanmi, öğrilik qilyapmanmi? – Navfal tuşunmadi.
– Boşingga qara, – dedi Öroq. – Biror narsa kiyib olsang bölmaydimi? Köçadan xotin-xalaj ötadi, ötirişing bu…
Navfal kal boşini siladi:
– Kallang qursin, – dedi. – Fikring toza emas, nimaga qarasang kallangdagi şum narsalarni körasan… Boşingda bundayin bölmağur xayollar bilan qayga ketyapsan?
– Dalaga, yer çopişga, – dedi Öroq. – Sotişga temir yöq… Xotin köçaga haydadi.
– Ota-bovang yer çopib gör qilmagan, sen yolçitarmiding. Undan köra, ke, bir oz dam ol, – dedi Navfal.
– Iş köp, – dedi Öroq, biroq harakatidan dalaga borgisi kelmayotgani bilindi, joyida tek turib qolgan. – Bizda Örolning traktori bölsa ekan, birpasda haydab taşlasak. Yoki yigirma litr solyarka bölsaydi, Örolni yollardik.
– Endi yollolmaysan, – dedi Navfal. – Quvon uni eşakka aylanib qolibdi, degan gap tarqatib yuribdi.
– Qaytanga endi oson böpti, bir boğ beda bilan hamma işni qildiriş, qorniga tepiş va xohlagança sökiş mumkin, – hazil qildi Umar.
– Töğri, – dedi Öroq horğin. – U eşak bölgani aniq.
Umar ortiga birov igna sançganday sapçidi. Bu nima deyapti? Mana yana bitta anqov guvoh! Şartta tilidan yozib oladi, tamom, ikki kişining gapi haqiqat örnida ötaveradi.
– Öz közingiz bilan kördingizmi? – söradi u.
– Kördim, kördim, – dedi Öroq. – Ahmoq, traktori bilan tuppa tuzuk devorni bosib, ezğilab ketdi.
– Ö-hö, traktor bilan! – xursand böldi Umar. – Yaxşi… Lekin u kabinaga qanday siğibdi? Axir eşak bölsa!
Öroq Umarga sinçiklab razm soldi.
– Nosir nosfuruş yana vino sotyaptimi? – dedi va ikki odim yaqinlaşdi. – Yoki nos qöşilgan pivoga şunça mast böldingmi?
U sinçiklab razm solib, muxbirning kayfi joyidaligini tuşundi. Lekin huşi töğrisida bunday deyolmaydi.
– Rostdanam eşak deb öylayapsanmi? – hayron bölib söradi.
– Şunaqa dedingiz-ku, – ötga ötin qalamoqçi böldi Umar.
– Bu şunçaki gap-da… Mana, Navfalni yigitligida, hali soçi jingalak paytlarda hamma hökiz derdi. Töğrimi?! Lekin heç kim unga omoç boğlab, yer haydagani yöq, tem boleye, quşxonaga topşirvormagan… Yoki, masalan Ğoyib akaning qizini yoşligida odamlar eçki derdi, lekin heç kim uloq talab qilib, har kun soğayotgani yöq-ku!..
– Örol Şilliqqurtga qöşildimi, endi ularning oldi-da har qanday eşak ham nomaʼqul yeb qoladi. Ana, ikkalasiyam uyda yotibdi, mastmi, nasmi, bilib bölmaydi, – dedi Öroq.
9
Ertalab Nurmon allaqanday ovozdan köz oçdi. Atrofga boqdi. Ayvonda, olaça ustida dumalab yotibdi ekan. Yonida Örol, öng qölini boşiga yostiq qilib, pişillab uxlayapti. Dastlab özi qayerda, bu yonida nima qilyapti – tuşunmadi. Sal öylab, keçagi voqealar yodiga tuşdi. Şoşib yon çöntagini kovlab, qoğozçasini oçdi. Ozgina kukun qolibdi. Boşini çangalladi. Örolga boqib, “tekinxör” deb qöydi. Söng hovli örtasida turgan traktorga közi tuşib, köngli taskin topdi. Köça tomonda esa ovoz hamon kelmoqda. Örnidan turib darvozaga çiqdi.
Keça traktor tekislab ötgan devor yonida Temir fermer jonsarak turibdi.
– Şill… ey, Nurmon, Örolning traktori senikida ekan. Özini topolmayapmiz… – dedi fermer unga közi tuşişi bilan.
– Özi ana, uyimda yotibdi, örnidan turolmaydi…
– Yer haydayotuvdik. Bitta forsunka işdan çiqqan. Şunikini söramoqçi edik. Hokim keladigan, traktor buzilib turganini körsa, boşimni yulib oladi.
– Iloji yöq, – dedi Şilliqqurt. – Hokim-ku, kulmaydi, lekin bizning uçastkayam haydalişi kerak.
– Bir ilojini qil, – yalindi Temir.
– Meniki emas, qandaysiga beraman? – hayron böldi Nurmon.
Qöşnining uyida gap-söz bölayotganini eşitib, devordan Öroq dallol böyladi.
– Ha, baxay-baxay. Ijaraga beriş kerak, birovda bor, lekin bekor turgan narsani boşqaga berib turiş savob böladi… Faqat haqini olib. Oxirat ham, tijorat ham zarar körmasin.
Bu gapdan Nurmon hayron böldi, Temirning esa yuziga qizillik yugurdi, jahli çiqdimi, sevindimi, anglaş muşkul.
– Bozor şaroiti şuni taqozo qiladi, – dedi Öroq va Temirga yuzlandi. – Ön ming söm bering, beş mingi ğoya egasiga, yaʼni menga, beş mingi esa Nurmonga.
– Örol uyğongança keltirib berasiz… – dedi Nurmon Temirga, pulning daragi uni şoşirgan, bu esa roziligini bildirar edi.
Unga Örolning tekinxörligi alam qilmoqda edi.
– Böpti, böpti… Hokim bova ketişi bilan keltirib beraman.
Fermerning özga çorasi yöq, rozi böldi. Köchaning özida ikki qöşni pulni bölişib oldi. Bir işsiz şunça daromad qilgan Öroq joyida qolaverdi. Bular ikkisi hovliga yurdi.
Şilliqqurt traktor forsunkasi qayda joylaşgapini bilmaydi, baxtga qarşi Temir fermer ham bunaqa matohni körmagan. Ikkalasi traktorga termildi.
– Biz moped minib yurgan paytda forsunka degan gaplar bölmasdi, – dedi Nurmon, – zamonning tezligini qarang…
– Mening “Tiko”mda ham yöq ekan bunaqa narsa, – dedi Temir. – Emasam şu moşin çiqqaniga hali ön yil bölgani yöq.
– Zamon tez-da, juda tez… Bugungi gap ertaga töğri kelmayapti…
Nurmon şunday degança Örolni uyğotgani ketdi. Biroq u quloğiga gap kiradigan ahvolda emas.
Temir Öroqni çaqirdi:
– Yöq yerdan beş ming söm işlab, u yoqda nima qilyapsan, baqqa ke, buning forsunkasini bilasanmi?
– Bilaman-ku, lekin mening işim odamlarni keliştirib qöyiş, xolos, – dedi Öroq ularga yaqinlaşar ekan. – Unda bir Nor polvon traktorini metallomga pullaganda mijoz topib berganman, şunda hamma zapçastlarini bilib olganman… Anavi eşak qani?
– Örolmi? – Şilliqqurt gap kim haqidaligini darrov payqadi. – Ana, ayvonda yotibdi, örnidan turolmaydi, nuqul ovqat söraydi. Boya ozroq kepak kapaladi.
– Şunga ön ming sömmi, – dedi hayron bölib Temir qöliga forsunkani olgaç. – Tag-tugi bilan bölsa ham mayli edi… Ijarasiga şunça pul… Sen, Şill… Nurmon, Öroq ikkoving meni aldading…
– Xohlamasangiz katta köça, – dedi Nurmon. – Özingiz iltimos qilib keldingiz…
Temir forsunkani olib ketdi. Öroq ortidan tirjayib qolaverdi.
– Yaxşi biznes ekan, – dedi nihoyat tamşanib. – Örol bilan kelişib, traktorining zapçastlarini ijaraga berib, pul işlab olsa bölarkan. Şunday kiçik temirga qança pul! Sezyapsanmi, zanjirini ijaraga bersak qança böp ketadi?
Şilliqqurt ham xayol qilib, kapalagi uçdi.
– Agar… mabodo… Men mijoz topib kelişim mumkin, Xudoga şukur, tajriba bor. Nor polvonning traktorini ikki kunda temir-taqaga bölib, sotib berganman, – dedi dallol. – Faqat tuşumning ellik foizi menga, elligi senga.
Nurmon öylandi.
– Örol-çi?
– Uni hamma eşak böp ketgan, deb yuribdi. Pulning nima keragi bor unga?
– Uyda yotibdi-da, odamday böp, – dedi Nurmon. – Haqini bermasak bölmas… Yaxşisi, kelişa qolaylik. Sizga ellik, menga ellik, Örolga ellik…
– Bunaqasi ketmaydi, – dedi Öroq. – Yigirma yildan beri dallollik qilaman, uçta ellik foiz bölişini eşitmaganman.
– Xasislik qilmang, – dedi Nurmon. – Yöq joydan kep turgan pul, beravermaysizmi? Yoningizdan tölayapsizmi? Insof ham kerak-da odamga.
Öroq noiloj boş irğadi.
10
Umar öylagani çiqmaganidan xafa. Taktika iş bermadi. Ha, undan katta strateg çiqmas ekan. Biroq osonlikça taslim böladiganlardan emas. Boşlagan işini oxirigaça yetkazib qöyiş kerak. Şilliqqurtning uyiga bormoqçi, Örolning özi bilan şaxsan gaplaşadi. Balki yangi ğoya çiqib qolar.
Öroq töğri aytibdi – hovli örtasida traktor turibdi, devor buzilgan, atrof esa jim-jit, jon zoti borga öxşamaydi.
Umar baqirdi:
– Şilliqqurt aka, hov Şilliqqurt aka!
Uyçadan birovning boşi körinişi bilan Umarning közi yarq etib oçilganday böldi, xatosini angladi – axir manavi jinoyatçiga ota-onasi şunaqa sovuq va xunuk ism qöymagandir? Oti boşqaça bölgandir?! U esini taniganidan beri bu odam qamoqdan beri kelmaydi, otini eşitmagan, hamma orqavorotdan Şilliqqurt deydi-da.
U ongining puçmoq-puçmoqlarida bekinib yotgan xotiralarini-da titkilab öyladi. Biroq ular issiqda qolgan qöylar kabi harakatsiz edi, biror ismni topolmadi. Qaytanga öz nomini ham yöqotib qöydi-ku!
– Nima deysan? – öşqirdi yaqinlaşib kelayotgan rangi sovuq Şilliqqurt.
– Ey, aka, bormisiz? – dedi baland ovozda Umar. – Sizni köray, deb keluvdim… omonmisiz?
Yurakda xavotir, yuzda tirjayiş bilan quçoq oçib, Şilliqqurtga peşvoz boraverdi. Nurmon esa ilk bor qamoqdan qaytgan, omonlik kunlarni yodga olib, tölqinlandi, köziga nam oldi. Öşanda mana şu hovliga odam siğmay ketuvdi, otasi rahmatlik şoşib şaftoliga boğlangan sovliqni söyib yuborgan. Ha, zör davrlar bölgan, ilk “ötirişi”ning öşa sovliqdan boşqa heç kimga zarari tegmagan. Ikkinçi martasida otasining özi bandalikni bajo keltirib yubordi… Keyingisiga onasi… Mana, yoş bölsayam, oqibatni tuşunadiganlar bor ekan bu qişloqda. Odam şunça yil qamoqda “ötirib” keldi, bular esa hol söraşgayam yaramadi.
– Kel, – dedi Nurmon quçoqlaşib körişgaç. – Ahvollaring yaxşimi? Çoy iç derdim-ku, dasturxon yöq, non yöq, ozroq kepak bor, uniyam bir mehmonim kapalab böldiyov…
– Yöq, rahmat, qornim töq, – dedi Umar seskanib. – Şu… Şu…
Uning badaniga yana titroq kirdi, negadir “ş”ni aytdi degunça tizzasi qaltirayapti. Töğri, manavi qarşisidagi rang-röyi zahil, qoqsuyak odamga urişsa kuçi yetsa kerak, lekin qörqinçli-da. Közlari olaygani yomon. Buning ustiga, kepak taklif qilayotgani nimasi?! Yo şunaqa jargon bormi? Bu “kepagi” nima bölsa ekan?
– Men Örol akani sörab keluvdim, – dedi nihoyat Umar. – Çori aka, “borib sörab, bilib kel-çi, Örol şunikidamikin” dedi. Odamlar u kişi eşak böp qolganini gap qilib yuribdi…
Nurmon nima deyarini bilmay, bir pas angraydi. Dastlab, “bu bola çekib olganmi”, degan öy keldi kallasiga. Söng boya Öroq dallol ham şunga öxşaş gap aytgani yodiga tuşib, uning köziga qarab, fikridan qaytdi.
– Eşak bölsa, menikiga kelarmidi? – söradi.
– Yöq, eşak kakraz uyida turibdi, Örol aka yöq. Yanga Rajabboy melisaga şikoyat qilgani bormoqçi.
Melisani eşitib, Nurmonning kapalagi uçdi, axir çektirib, mast qilib, uyida yotqizib qöyibdi-ku. Rajabboy kelsa, hammasini birpasda aniqlaydi.
– Yöq, – dedi şoşib. – Örol menikida nima qiladi? Traktorini şu yerga qöydi-yu, özi qaygadir ketdi.
Umarga nima, yöq bölsa yöq-da, indamay burilib, jönamoqçi böldi.
– Çekasanmi? – ortidan söradi Nurmon.
– Nosmi? – dedi ögirilib Umar.
– Zamonaviy böliş kerak, qişloqdayam madaniyatni kötariş vaqti kelgan, – dedi Nurmon tantanavor ruhda. – Sigaret tutatadigan yoşdasan-ku, nos deysan. Ma, manavini ol, yölda çekib ketarsan.
Nurmon quloğiga qistirilgan sigaretni unga uzatdi. Çöntagidan gugurt ham çiqardi va çaqdi.
Umar yettinçi sinfdan buyon qöşni bolalarga qöşilib, nos çekib yuradi, biroq sigaretgaça yetib kelolmagan, ança qimmat. Hozir imkoniyat tuğilganda foydalanmoqçi böldi. Şart ögirilib, sigaretni oldi va gugurtdagi olovga tutdi.
Oradan ön daqiqa ötar-ötmas Umar qişloq köçasi böylab ketib bormoqda edi. Boşida esa ğalati-ğalati öylar, hayotdan xursand, kulgisi keladi. Öziça qöşiq aytmoqçi bölib, bir satrini esga oluvdi, kulgidan özini töxtatolmadi. Ilgari eʼtibor bermagan ekan, bunça kulgili bölmasa.
Şu ketişda köçada Çori akaga duç keldi.
– Ha, Çori aka, – dedi u ovozini baland qöyib, söng bu odamning ismi qiziq ekanini anglab, qiyqirib yubordi. – Otangizga rahmat, şu ismni özlari qöyganmi?
Çori bu jinqarçadan kutmagan edi, taxtaday qotdi. Unga heç kim oçiqdan oçiq bunday demagan. Aççiq-aççiq gapirmoqçi edi-ku, biroq çöçidi. Öyladiki, bu bola şunçalar mard bölib gapiryaptimi, bir balosi bor. Şu ketişda yo hokimga yordamçi bölgan, yoki bunga qarşi katta dalil töplagan.
– Ha, Umar, tinçlikmi, xursandsan? Qisir sigiring egiz tuğdimi? – dedi yaltoqlanib.
– Meni aldamoqçi böldingiz-a? – Umar tirjayib körsatkiç barmoğini silkitdi. – Şunday katta muxbirni, boş muharrir örinbosarini…
– Tunov kun körrektirmi, karrektirmi deyotuvding-ku, lavoziming oşdimi? – Çori rais baribir ehtiyotkorlikni unutmadi.
– Oşdi, – dedi maqtanib Umar. – Yaqinda muharrir ham bölaman… Lekin gap bunda emas, gap şundaki, siz meni aldamoqçi böldingiz… Örol esa eşakka aylandi… Men bularni roman qilaman. Katta roman… Xuddi “Mikrobdan çayon”day maşhur böladi.
– Örol haliyam topilmadimi? – qiziqdi rais.
Unga romançilikning qiziği yöq.
– Bir eşak bilan namunça qiziqmasangiz? – Umar hoholab kuldi.
– Xotiniga açinaman-da, – dedi Çori nima deyişni bilmay.
U suhbatdoşiga sinçiklab razm soldi. Umarning muomalasi yoqmayapti, oçiq eʼtiroz bildirişga esa çöçiyapti. Ğoyib iğvogar bir-ikki şikoyat xati yozib, ança-munça sarson qilgandan buyon ikki sözni töqiştirib, nimadir qoralay olgan, qoğozga oşnolardan çöçiydi.
– Uni qöying, gap nimadaligini siz bilasiz, men bilaman, manavilar, – u ögirilib, yöl çetidagi qator uylarga işora qildi. – Baloniyam bilmaydi. Yaxşisi manavi sigaretdan çeking, boşqaça ekan. Şilliqqurt berdi.
Umar unga qölidagi tutab turgan sigaretani uzatdi. Çori işqiboz emas, biroq rad qilolmadi, korrektorning qaraşlari öktam edi.
Sigaretni bir-ikki tortib, Çorining közlari olaydi.
– Haqiqatan boşqaça-ku, – dedi va qöllarini havolatib yubordi. – Iye, uşla, közimdan yulduzçalar uçib, oyoğimning ostidan yer qoçib ketyapti.
11
Örolni uyğotiş qiyin böldi. Nihoyat Nurmon turtavergaç, közini oçdi.
– Tur, – dedi u mehmonni qölidan tortib. – Juda obröying katta ekan-ku. Neça odam sörab keldi. Hammasiga yöq, deb yubordim.
– Mening emas, traktorning obröyi zör, şusiz itgayam keragim yöq, – dedi inqillab Örol va örnidan turişga harakat qildi, bölmadi, holsiz kir-çir körpaçaga çözildi. – Yo keçagi tutun bilan ukol bölmas ekan yoki Çori rais aldab, yomon aroqni taşlab ketgan, hammayoğim oğriyapti. Qornim yorilguday…
– Qirq yoşdan oşgandan keyin ertalab heç yering oğrimay uyğonsang, demak ölgan bölasan… – deya aqllilik qildi Nurmon. – Mijozning köriçagi örniga buyragini kesib, beş yilga qamalib kelgan bir taniş döxtir şunday devdi…
– Hali qirqqa yetganim yöq, – dedi Örol.
– Şu ketişingda yetişing ham gumon, – dedi Nurmon. – Sen yeganni sigirga bergandayam, damlab ölardi.
Köçadan Öroqning ovozi eşitildi. Nurmon çiqdi.
– Kliyent olib keldim, – dedi u şoşib yonidagi pörim kişiga işora qilib. – Traktorning radiatori kerak ekan… Öttiz ming bermoqçi.
Pulning daragini eşitib, Nurmon şoşdi, ularni içkariga taklif qildi. Öroq qölida asboblar bilan kelibdi, darrov işga undadi.
– Ijaragami? – söradi Nurmon.
– Qanaqa ijara? – tuşunmadi Pörim.
– Qöyavering, özimizning gap, – dedi Öroq va Şilliqqurtga “jim tur”, deganday qaraş qildi.
Içkaridan Örolning ovozi eşitildi. Nurmon uning yoniga ketdi.
– Taşqarida nima gap? – örnidan turolmay inqillab, boşini çangallab söradi Örol. – Birov traktorga teginyaptimi?
– Pul işlayapmiz, – dedi Nurmon. – Radiatoringni ijaraga beryapmiz.
Örolning közi kosasidan çiqquday böldi. Bolaxonador qilib sökindi. Unga Nurmonning “öttiz ming söm, teng yarmi senga tegadi!” – degan gapi ham kor qilmadi. Tekinxörlarning bu qiliği yoqmadi, biroq örnidan turolmadi, boşi yorilguday oğrimoqda, aʼzoyi badani maydalab taşlanganday, qorni xaltaday osilgan.
– Boring, ayting, traktorga teginmasin… Biror narsasi yöqolsa, mendan xafa bölmang!
Nurmon puldan köra traktorini yaxşiroq köradigan bu odamni tuşunmay, taşqariga çiqdi.
– Qiziq gapiradi-ku, – hayron böldi Öroq dallol. – Nor polvonning toğda dumalab ketgan traktorini metallomga sotib berganimda xursand bölgan. Bu noşukur nega baqiradi? Kelişuvni buzib bölmaydi. Bor, uni tinçlantir. Bölmasa biznesni rasvo qiladi.
Nurmon tuşundi: Örol ularga baribir pul qilişga yöl bermaydi. Özining bir parça temirini biznesdan afzal biladi! Şunday ekan, uni vaqtinça tinçlantiriş lozim.
“Dardingga davo bor”, deb keçagi kukunning qolganini dud qilib berdi, Örol hidlab, yana joyiga çözildi, köngli yana ovqat talab qilayotgan edi. Nurmon qöşninikidan ikkita köpkan non olib keldi. U old-orqasiga qaramay, yamlaşga kirişdi. Traktori ham yodidan kötarilgan edi.
Öroqning esa iştahasi oçilgan. Peşindan keyin butun boşli KamAZ va tört barzangini boşlab keldi. Ular bu işning hadisini olgan ekanmi, bir soat içida “Altay” traktorini “yeçintirib”, quruq zanjiri va suyagini qoldirdi.
Ular ketgaç, ikki hamkasbning qöllariga jaraq-jaraq pul tuşdi, lekin negadir har doimgiday pul bilan birga xasislik ham böy körsatdi – Nurmon ham, Öroq ham bularni Örol bilan bölişişni istamadi.
– Unga bermasak ham böladi, – dedi Öroq. – Oziga könmaydi, köpi esa bizda yöq.
– Töğri, – gapni maʼqulladi Nurmon. – Biz ikkalamiz şunça işladik, ter tökdik, u bölsa kayf qilib, xonada yotdi, endi pulga ega çiqadimi? Bunaqasi ketmaydi. Işlamagan tişlamaydi…
– Lekin ertaga öziga kelsa, haqini talab qilişi mumkin.
Nurmon qölidagi bir tutam pulni mahkam siqdi.
– Nega?! Axir buni biz halol topdik-ku! Nimaga u burnini suqadi?
– Traktor uniki-da, – dedi Öroq. – Kolxozdan meros qolgan.
Nurmon öylanib, tuşunmadi. Traktor kolxozniki…
– Kolxoz hozir yöq deyişayotuvdi-ku!?
– Lekin Örol bor-da!
– Unda nima qiliş kerak?
– Bilmasam, – Öroq yelka qisdi va hovli örtasida çözilib yotgan ikki zanjir bilan traktor ramasiga boqdi. – Balki traktoringni şu holda haydab keluvding, dermiz.
Bu fikr Nurmonga yoqmadi. Eʼtirozini heç qanday transport vositasi (velosiped va Nosir nosfuruşning “Zaporoj”idan taşqari) motorsiz yurmasligi bilan isbotlamoqçi böldi. Öroq miyasining eng kiçik hujayrasidan tortib har ikkala yarimşarigaça dallollikka baxşida bölib ketgan ongini qitiqlab ham aqlliroq ğoya topolmagaç, qölini kötarişga majbur böldi. Nurmon esa muammoning oson yeçimini topdi:
– Yana ozroq kayf qildiramiz, keyin bu yerga piyoda kelgansan, traktoringni körganimiz yöq deymiz, qutulamiz.
– Işonarmikin? – şubha bildirdi Öroq.
– Hozir unga “sen dinozavrning tönğiç öğlisan”, desangiz ham şubhalanmaydi. Faqat, anavi hovlidagi qolgan temir-taqani ham yöqotiş kerak. Dalil bölmasligi kerak, dalil!
– Bunisi oson, eski mijozlar bor, kilolab metallomga oladi, – xursand böldi Öroq.
Keçga yaqin, hovli örtasidagi zanjir ham, qolgan temir-taqalar ham kötara savdo bölib, yuk maşinasiga ortilib, olib ketilganda, haydalişi va ekin ekilişi lozim bölgan tuproqda uzun izdan özga heç vaqo qolmaganida Örol öziga keldi, boşini kötarib, yarim soat anqayib, nihoyat qayda yotganini aniqlab, burab oğriyotgan qornini çangallab, uyiga ketmoqçi böldi. Biroq örnidan turolmadi.
– Ha, – dedi uning inqillagan ovozini eşitib, xonaga kirgan Şilliqqurt. – Nima bölyapti?
– Qornim yorilib ketguday… boşimga ham birov bolğa bilan urayotganga öxşaydi, – şikoyat qildi Örol. – Uyga ketmasam bölmaydi.
– Bu ahvolingda qanday borasan, oyoqqa turolmayapsan-ku!
– Traktorda ketaman, – dedi Örol. – Ozgina solyarka topib bersangiz bas. Yerni ertaga haydaymiz.
– Qaysi traktor bilan? – Nurmon özini hayron körsatdi. – Heç qanaqa traktor yöq.
Örol dastlab tuşunmadi, söng jahli çiqdi. Şilliqqurt zör berib, ikkalasi piyoda kelganini uqtirdi.
– Nahotki piyoda keldik? – nihoyat Örol tirişa-tirişa, öşanda bu yoqqa qanday kelganini eslolmay, aftini bujmaytirib söradi. – Ikkalamiz devorni buzib ötmadikmi? Yoki tuşimda böldimi?
– Tuşda emas, rostdan buzganmiz, lekin traktor bilan emas. Oyoq bilan tepib, devorni ağdarib, şu yerga keldik. Endi kayfçilik ekan-da, bilmasdan qilib qöyding, tuşunaman, xafa emasman… Özingga kelsang, ikki-uç kun kelib, paxsa urib, tiklab berarsan.
Örol öyga çömdi.
12
Umarning ilhomi kelgandan keldi. Çori raisni kuzatib, uyiga yetib kelgunça, zörğa çidadi. Unda bir, turşak yeb, ustidan suv içganda qorni köp bezovta qilgan, öşandayam mana şunday – uyga tezroq boriş orzusida bölgan. Hozir ham bu istak har nedan ustun. Lekin bu safar bora solib, burçakka çopişni emas, enasi bahorda yiğiştirib qöygan eski sandalga yetib olişni orzu qilyapti. U ijodini öşa sandalda qiladi. Albatta, şu paytgaça yozganlari öşa jihozdan nariroqqa ketolmagan, lekin bugun boşqaça.
Ilhom parilari boşi atrofida şunçalar tez aylanmoqdaki, ular aytayotgan sözlarni tuşiriş uçun qoğoz yöq. Şoşib, kuyib-yonib yozmoqda. Nafaqat qoğoz yöq, balki ruçkaning siyohi ham tamom bölgan, baribir yozyapti. Bunaqa ilhom yuz yilda bir kelişi mumkin, axir.
Sandal ustidagi katta patnisni qirtişlab taşladiyamki, ilhom parilari tark etmayapti.
U şu holda ötirganda köçadan Çori raisning ovozi eşitildi. Çopib çiqmoqçi edi-ku, ijodini qizğandi. Har daqiqa ğanimat, aqli işlab turganda quyilib kelayotgan har bir söz, har bir gapni qoğozga, yöğ-e, patnisga tuşirib qoliş kerak.
Çori akani Umarning otasi kutib oldi va tösatdan taşrif buyurgan hurmatli mehmonni öğlining yoniga boşlab keldi. Farzandi biror aqlli iş bilan bandligiga işongan ota, uning ahvolini körib, dong qotdi. U siyohi tugagan ruçka bilan patnis böyoğini qirtişlamoqda. Bu patnisni köp yillar burun, atay Toşkentdan olib kelgan. Sandalining ustiga quyib-qöyganday mos keladi. Ustida dasturxon tekis turadi.
– Nima qilyapsan, ovsar? – urişib berdi öğlini.
– Şeʼr yozyapman, – dedi Umar ortiga ögirilmay, işini davom ettirib. – Bit qaramay oçimga, yallo etar soçimda, şampun unga kayf bölar, köp pullarim hayf bölar.
Ota mehmonning yonida uyaldi. Jahli çiqdi.
– Şumi şeʼr? Şu şeʼr bölsa, men hökiz ekanim…
Umar otasiga ögirilib, sinçiklab razm soldi. Qiroat bilan gapirdi:
– Suv ostida ğovvosmi, otam hökiz-novvosmi, şeʼr keladi quyilib, men zör şoir – şovvozman.
– Şeʼr yozayotganing yöq, – jahli çiqib, döqida davom etdi otasi. – Momongdan qolgan patnisni rasvo qilyapsan… Sandalga ötirvolganing nimasi, yoz çillasida?
– Qoçing, ota, – dedi Umar va qiroat bilan şeʼr öqidi. – “Sovplast”ga aldanib, bulbul bölar andalib, şeʼriyatni gullatar, bul momomning sandali… Qarang qanday quyma satrlar… Şeʼriyatni tuşunmasangiz nima qilasiz burningizni suqib. Siznikisiz ham adabiyotda ortiqça burunlar köp.
– Ha, – dedi şu yerda turgan Çori rais kesatib. – U yerda sen bilan momongning sandali, yana Ğoyib iğvogar yetişmayapti.
Umar noiloj örnidan turdi. Ilhom qataloq çaqqan sigir kabi şataloq otib qoçgan edi.
– Ijod zör ketayotgan edi, – dedi entikib. – Hali bunaqasi bölmagan, şu ketişda “Qutluğ xon”dan ham zör roman yozvorardim.
– Çingizxon haqidagi kitobmi? – Çori rais fursat kelganida maqtanmoqçi böldi. – Bolaligimda öqiganman, unça zör emas… Lekin sen adabiyotingni yiğiştir, boya sigaret deb menga nima beruvding?
– Sigaret, – dedi Umar.
– Boşim yorilib ketguday bölyapti, içimga ilon kirib olganday, nimadir qimirlayapti… Oyoq-qölim qaltiraydi, ölib qoladiganga öxşayman. Bir paytlar köriçakni oliş uçun narkoz berişuvdi, öşanda şunga öxşaş bir gap böluvdi… Tuşunmayman.
Umar yelka qisdi va birdan özining ham boşiga nimadir bölganini his qildi. Köngli aynidi. Birdan köngli va miyasi böşab qoldi. Anqayib, boya yozyapman deb öylagan – sandalga boqdi, ruçkaning uçi bilan qirtişlangan patnisga közi tuşib, heç baloni tuşunmadi. Nega bunday qilganini öziyam bilmadi.
– Mengayam bir gap bölgan, – dedi öylanib. – Hammasi şu sigaretdan. Mulla Maʼmurga kuf-suf qilib, bizga çektirib yuborgan.
Bu gapdan Çori raisning kapalagi uçdi, bir narsa topganday közlari çaqnadi.
– Vo! – dedi hovliqib. – Masala bu yoqda-ku! Nega kallamga şu fikr kelmadi? Sen ikkala yaramas kelişib, meni bir balo qilmoqçi bölgansanlar.
– Men nima. – dedi Umar. – Özim ham sizga öxşab jabrlanuvçi böp ötiribman-ku!
– Mullaga öqitgani rost, – şaştidan biroz tuşib davom etdi Çori aka. – Öşa palakat xizmat körsatgan mullayam anqov, jinni qilib qöyadigan duolarini öqib, dam solgan bölsa-ku, mayli, lekin öldiradiganini aytgan bölsa-çi? Ikkalamiz ham qöşilişib ketib qolmaylik…
– Buni özimizning mulla qilmagan, – dedi Umar. – U odamning duosi bizga taʼsir qilmaydi.
– Töğri, – darrov fikridan qaytdi Çori aka. – Ha, endi “Siyosiy iqtisod” fakultetini bitirgan mullaning duosi qayga borardi? U yerda faqat ateizmni öqigan-da! Lekin öşa sigaretga kimdir dam solgani rost… Çekkandan biluvdim… Nosir nosfuruşdan sörab çekayotganlarimga öxşamasdi! Bekorga Nosirni “yaramas tekinligi uçun şunça paytdan beri menga tovuqning tezagini quritib, çektirgan ekan”, deb içimda rosa sökibman.
– Nimaga tovuqning tezagi? – hayron böldi Umarning otasi.
– U nos tamakini tolqon qiliş uçun tegirmonga solganda ozroq şundan aralaştirib yuborarkan, taʼmi ötkirroq bölarmiş, nosning taʼsirini oşirarmiş. Aslida tekinligi uçun şunday qilsa kerak.
Umarning otasi eski noskaşlardan, köngli buzilib, çekkaga tufladi.
– Ölib qolmasimizdan burun duoning oldini oliş kerak, – dedi Çori aka gapini davom ettirib. – Yur, Şilliqqurtnikiga! Aybini böyniga qöyib, qaysi mullaga öqitganini bilib, oldiga borib, duosini kesadigan biror duomi, duoibadmi qilişini söraymiz.
– Duoibad emas, antivirus… – dedi Umar bilimdonlik qilib. – Zamonaviy tilda şunaqa narsa bor. Aʼzayimxonlar haqida maqola yozganimizda, duoga doş bermay, kompyuterimiz buzilgan, muharrir antivirus opkelib, önglab olgan… Duoni şu kessa kerak…
Umar va Çori rais şahd bilan yölga çiqdi.
13
Örolning xotini eşakni daraxtga boylab, hovlining yumuşi bilan band böldi.
Şu kuni na eri va na traktordan darak böldi. Anavi maxluqning egasi ham yöqlab kelmadi. Unda-bunda kim çindan, kim hazillaşib Örolni eşakka aylanganini aytib yuribdi.
Ertalab köçaga çiqqanida Örolning örniga qolgan jonivor hali ham nöxtasini tortgança öşa joyda turganiga közi tuşdi. Boşi qotdi. Eri traktorni eşakka almaştirgan taqdirda ham örtadagi farq uçun berilgan pulni kartada Maşrab luççakka yutqazib, tongga yaqin uyga qaytib kelişi kerak edi. Biroq undan darak yöq. Qişloqning bir maslahatgöyi Çori aka bölsa, uyam tayinli gap aytmadi. Qaytanga masxara qildi.
Juvon şularni öylab turganda köça boşida qaynotasi – Doli bova körindi. Boboy yoş xotinga uylanib, ikki hafta xotindorlik qilib, qoçirib yuborgandan buyon yolğiz. Bugun ertalab köçaga çiqib, öğli eşakka aylangani haqidagi yarim yolğon, yarim çin gapni eşitib (yolğonligi – odam baribir eşakka aylanmasligini biladi, çinligi – Örolning feʼli öşa maxluqnikiga öxşab-öxşab ketardi gohida), şu tomonga kelmoqda.
Doli bova keliniga savol berişdan burun, köça çetidagi yelkalari yağir eşakka sinçiklab razm soldi.
– Şumi? – dedi orqasiga ögirilmay.
Kelini tasdiqladi. Boboy eşakni tekşirişda davom etdi.
Uni çekkadan kuzatayotgan kelini, “bu kişi biror öxşaşlik qidiryapti, çamasi”, degan xayolga bordi. Rostdan Doli bovaning eşakdan biror taniş belgi köriş ilinji borga öxşaydi.
– Notaniş, – dedi nihoyat çol keliniga yuzlanib.
– Ha, öğlingiz emas, – gapini maʼqulladi kelini. – Buning yelkasi işdan yağir böp ketgan.
– Nima? – boboyning jahli çiqdi. – Kallang bormi? Nimaga “öğlingiz emas” deysan?
Juvon qaynotasini tuşunmadi. Nega bunça jahl, nega bunça ğazab?
– Men nima deppan, – gapirdi sekin, – “Şu sizning öğlingiz”, deyişim kerakmidi? Biror taniş belgisini kördingizmi?
Çolning burun kataklari kattalaşib, közlari öynadi, qölini bir-ikki havolatib, nimadir demoqqa oğiz juftladi, ğazabdan gapini topolmadi.
– Bova, biror nima böldimi?
– Ey, sen ovsar bölganmisan? Nimaga tuppa-tuzuk eringni eşakka teng qilasan? Endi bildim, qişloq oralab yurgan sassiq gapning hammasi sendan çiqqan. Odam degan bolalarining otasi haqida şunday gap qiladimi? Eşakmi, kuçukmi, şu sening ering…
Şoşganda Doli bovaning qöli eşak tomonni körsatib yuborgan edi. Töğri-da, qayoqni körsatsin, Örol qay tomonga ketganini bilmasa. Biroq bundan juvonning kapalagi uçdi:
– E, nima deyapsiz?! Bu u kişi emas!
Doli bova şoşdi, gapini tuşuntirmoq uçun bir-ikki oğiz juftlab, aqlli gap topolmadi.
– Nima deyapsan? Öğlimni eşakka teng qilyapsanmi? – dedi nihoyat ödağaylab.
– Nima deppan, – yiğlamoqdan beri böldi juvon. – Öğlingiz emas dedim-ku?
Çol keliniga şu gapi bilan erining şaʼnini yerga urganini tuşuntirolmay, qiynaldi. Azaldan gapga çeçan emas.
– Şunday ham dema, – dedi zörğa.
– Özingiz-ku, kela solib, eşakning belgisini qidirib ketgan.
– Men kimniki ekan, deb qaradim. Notaniş ekan… – çol nihoyat maqsadga köçdi. – Örol qani?
– Öğlingiz yöqolib qolgan. Örniga şu eşakni taşlab, qaygadir ketgan.
Çol voqea tafsilotini söradi, jim tinglagaç, öz fikrini bayon qildi:
– Bir-ikkitasi Nurmon bilan qöşilib ketganini aytayotuvdi. Agar rost bölsa hali ering eşakka aylanmaganiga puşaymon ham qilasan… Men unikiga borib, xabarlaşib kelaman.
Çol Nurmonnikiga jönadi. Yölda unga Çori rais bilan Umar yöliqdi. Salom-alikdan keyin maʼlum böldiki, yöllari bir.
– Örol öşa yaramasga qöşilgan bölsa, endi öğildan voz keçsangiz ham böladi, – dedi Çori rais. – U bilan ikki soat gaplaşgan qaytib odam bölmaydi… Mana, biz, bor-yöği bir dona sigaretini çekib, na u yoqlik, na bu yoqlik böp turibmiz.
Örol Nurmonning uyi ayvonidagi ustunga suyanib, boşini osiltirib ötiribdi. Şilliqqurtning özi narigi ustunga suyangan.
– Öğlingizni uyiga olib bormoqçi edim, kötarolmadim, – dedi Doli bovaga közi tuşib, jahli çiqqanini sezgan Şilliqqurt. – Özi yurolmayapti. Nimagadir oyoği böysunmayapti, qorni kajavaday şişib ketgan.
– Tamom, – dedi Çori rais. – Bungayam duo yedirib, rasvo qipsan.
– Nimaga duo yediraman, non berdim, – dedi mezbon. – Ikki kunda sakkizta köpkan non yedi.
– Sakkizta?! – Doli bovaning kapalagi uçdi. – Bultur Dölanning hökizi törtta non yeb, damlab öluvdi!
– Bu hökiz emas-ku! – dedi Şilliqqurt.
Doli bova bu fikrga qöşilişdan özga çora topolmadi.
– Lekin, – gapini davom ettirdi Nurmon, – buningiz men non izlab çiqqanda oçlikka çidolmay, tovuq boqaman, deb olib kelib qöygan kepakniyam kapalab qöyibdi.
Çol öğliga açinib boqdi:
– Qança edi?
– Beş kilo…
– Olti kilo! – deb yubordi, Umar va Şilliqqurtning yoqasiga yopişdi. – Bizning kepakni sen öğirlaganmiding, yaramas. Qamattirib yuboraman, sen öğrini!
Çori aka ularni ajratdi, Umarni tinçlantirişga urindi:
– Özingni bos, oldingi jinoyatlari oldida olti kilo kepak öğirlaş bunga heç narsamas, savob işday gap…
Çol esa nima qilişini bilmay, Nurmonni koyidi:
– Kalla bormi özi, heç zamonda kepak ham öğirlaysanmi? Un-pun olsang ölarmiding, endi buni nima qilamiz?
– Özimam un bölsa kerak, deb öylovdim, – dedi Şilliqqurt boş egib. – Kepakligini uyga kelib bildim.
– Buningizni döxtirga olib boriş kerak, – dedi Çori aka Örolga işora qilib. – Kepak içaklariga tiqilib qolgan. Operatsiya qilmasa şunça narsani özi eplolmaydi, eşak bölganda boşqa gap edi.
– “Afsus”, dedi kimdir.
Çori aka çolning kapalagini uçirib, Umarni çekkaga surib, Şilliqqurtga ödağayladi:
– Sen yaramas, odamlarga baho bergunça, bizni qanday duo bilan yöq qilmoqçi bölganingni ayt!
Şilliqqurtga döq yoqmadi, dastlab özidan nima istaşayotganini tuşunişga harakat qildi.
– Iye, – dedi nihoyat gap nimadaligini tuşunib. – Naşa çekivolib, nimaga oldimga janjal qilib kelasiz?
Çori akaning kapalagi uçib, angraydi va şoşib, çekkaga tufladi. Oğzida qolgan naşa yuqlaridan qutilmoqçi. Doli bova esa moxovdan çöçiganday, özini undan çekkaga oldi. Umar çinoq ham bir odim ortga surildi.
– Nimaga menga bunday qaraysanlar? – Çori aka hayron. – Buning gapiga işonmanglar, umrimda naşa çekkan odam emasman. Aroqniyam taşlaganimga ön yil böldi… Bu bizni duo bilan buzgan.
Şilliqqurt sigaretning sirini oçdi, Umarning xayoli uçdi.
– Nima, endi men ham naşavand bölib qoldimmi?! Naşavandlar içburma böladi, deb eşitganman.
Şunday deb negadir Umar joyida sakradi.
– Böp qopsan, – dedi Doli bova. – Essiz şunday yigit, şunday şoir! Juda zamlasang Ğoyib iğvogarning örniga qolarding… Endi bölsa, – çol Şilliqqurtga işora qildi. – Manavining ukasisan, xolos. Essiz…
Albatta, Umarni bunaqa istiqbol qoniqtirmaydi, tuşkun kayfiyatda qoldi.
Çol engaşib, öğliga qaradi. Uning közlari olayib, biri şarqqa, boşqasi ğarbga qadalgan.
– Ha, boboy, – dedi arang. – Nima qilib yuribsiz?
– Odamlar eşak böp qopti, desa işonmabman. Rost ekan, kepak yeyişga balo bormi?
Örol indamadi, qornini siladi, xolos.
– Traktor qani? – söradi çol öğli mastligiga işongaç.
– Uyda, – dedi Örol tar-tar.
– Uyda eşakdan boşqa narsa yöq, – dedi çol.
– Traktor şu yerda-ku! – Umar tez ögirilib, qöli bilan hovlini körsatdi. U yerda esa uzun çözilib ikkita iz qolgan, xolos. Angraydi. – Rostdanam naşavand böp qoppan. Izini köryappan, traktorni körmayappan! Boya, çekmasimdan burun şu yerda edi.
– U yerda heç balo yöq, – dedi çol. – Rostdanam naşavand böp qopsan.
Şilliqqurt şoşdi. Nima deyişni bilmadi.
– Traktor bölmagan, – dedi. – Ikkalamiz piyoda keluvdik.
Uning gapiga heç kim işonmadi. Hammasi ayon-ku.
– Ijaraga olib ketişdi, – dedi nihoyat Şilliqqurt. U biladi, yolğon gap bilan uzoqqa ketib bölmaydi. Demakki, qölga tuşdingmi, rostini aytgan durust, faqat öz foydangga oğdirib. – Temir fermer kelib, “menga kerak, berib turinglar” dedi, berdik. Nima, odamlarga yaxşilik qilib bölmaydimi?
Nurmon fermerni bekorga eslagan ekan, börining quloğiday uning semiz tanasi devor ortidan böy körsatdi. U Nurmonni izlab kelibdi. Ayvonda tört-beş kişini körib, şu tomon yurdi. Közi hovliga tuşib, hayratini yaşirolmadi.
– Traktor qani?.. Ha, yaramaslar, bölarkan-ku! Ana, forsunkasiz ham yurib ketibdi, bekorga meni ön ming sömga tuşirişdi.
U kelib, ustunga ğalati holda suyanib ötirgan Örolga forsunkani uzatdi:
– Mana, motoringni ol, – dedi. – Ijarani vaqtida qaytargan durust. Şunga tezgina olib keldim, emasam böynimga katta pul osib qöymanglar.
Şilliqqurt unga olaydi:
– Kelardingiz, – dedi döqlaganday.
– Bu bir parça temir, traktorning özi qani? – söradi çol heç baloni tuşunmay.
– Sizni deb butun boşli traktor yöq bölib ketdi, – çolning gapiga eʼtibor bermay fermerga gapirdi Şilliqqurt.
– Qayga yöq böladi? – hayron söradi Temir.
– Forsunkasiz traktor traktormi? Tarqatib yubordik… – Nurmon şu gapni aytib, Doli bovaga ögirilib boqdi. – Qörqmang, öğlingizning uluşi turibdi.
– Iye, kalla bormi? Mana, opkeldim, yiğib olsalaring böladi.
– Endi keç… Işga Öroq dallol aralaşgan.
Örol inqillab boşini arang kötardi.
14
Şu kun Örolni kasalxonaga olib ketişdi, traktor muammosi bilan esa şuğullanadigan odam bölmadi. Hamma özi bilan bölib qolgan. Doli bova öğlini joylab, operatsiya qildirib, öziga kelgaç, Öroqning uyiga keldi. Traktor taqdiri bilan qiziqdi.
– Menga nima deysiz? – dedi dallol. – Bolaligimda texnikumda öqiganimda “tovar-pul-tovar” degan biznes qoidani örgatişgan. Şu qoida bilan işladim, hammasi halol, hammasi töğri! Ana, törtta eçki oldim.
– Sening pul topar biznesing bilan nima işim bor, öğlimning traktori qani? – çolning ğazabi qaynagan.
– Aytyappan-ku, tovar-pul-tovar… Özaro kelişib, maydalab sotişdi. Çakana savdo deyişadi buni. Men dallollik qildim, xolos. Işonmasangiz ana, Nurmondan sörang. Öğlingizning traktori, Şilliqqurtning firibgarligi uçun men javob bermayman.
– Örolning özi rozi böldimi şunga? – çol hayron.
– Uni nima bilaman, biz Nurmon bilan kelişdik, – dedi Öroq.
– Traktor öğlimniki-ku!
– Bunisini bilmayman, – dedi Öroq bamaylixotir. – Balki Nurmon söragandir, men öğlingizni körganim ham yöq. Nurmon “sotamiz, kelişganmiz” dedi, mijoz topib berdim. Men sotuvçi bilan xaridor örtasidagi odamman…
Çol bunga heç narsa deyolmadi, lekin yengidan tortib, Şilliqqurtning yoniga yetakladi.
Hovli suv quygandek jim-jit. Ikkalasi ohista ayvonga ötdi, xonaga kirdi. Bir burçakda uzala tuşib, Nurmon yotibdi. Qimirlamaydi, yonida ikki oydan buyon işlatilayotgan bir martalik şpris.
– Ölib qolibdi, – dedi uning ustiga engaşib, u yoq-bu yoğini uşlab Doli bova. – Endi traktorni kimdan söraymiz?
Öroq dallol esa yelka qisdi.
– Sirniyam, traktorniyam özi bilan görga olib ketdi, – dedi ğamgin ohangda, lekin negadir uning közlari çaqnayotgan edi.
… Maşmaşalar yakun topib, Örolning traktori nom-nişonsiz yöqolib, undan faqat ikkita çuqur izlar qolgan, Şilliqqurtning nomi unutilgan, traktorli boyvaççaning özi qorni kesilib, kasalxonada inqillab yotgan paytda Öroq xotiniga maqtandi:
– Ana kördingmi, qançalar aqlliman… Esingdami, bundan bir hafta oldin Şilliqqurt kapçamizni sörab keluvdi, bermovdim. Xöp iş qilgan ekanim, öşandayam kallam işlagan. Pokka kapçadan ajralib qoluvdik-a! Örolning şunday katta traktorini hazm qilib yuborgan Nurmonga bizning kapça nima böpdi…
– Traktorni hazm qilolmay ölib ketdi u şörlik, – dedi xotini.
Ismoil ŞOMURODOV
“Yoşlik”2012/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


