(Hikoya)
Öttiz yillik qadrdoni bilan uçraşiş maqsadida Komil N. şahriga bir kun oldin uçib keldi. Aeroportdan taksi tutib dösti taʼkidlagan mehmonxona nomini aytganida, taksi tezgina olib kelib qöydi.
Mehmonxona köp qavatli bölib, şaharning qoq markazida joylaşgan ekan. Komil yuqori qavatning xonalaridan biriga joylaşib, çiroyli va körkam şaharni uzoq tomoşa qildi.
Iyun oyi emasmi, havo ertalabdan issiq va dim.
Komil şaharni aylaniş maqsadida mehmonxonadan çiqdi. Tirband tor yölaklardan ötib, keng, serqatnov yölda uzoq yurdi. Yana qaysidir yöllarga ötib, kelgan yölini unutdi. Ammo taksiga ötirib mehmonxonaga qaytiş imkoniyati borligi uni heç narsadan çöçitmasdi. Bir mahal xuddi özining mahallasiga öxşagan mahallaga kirib qoldi. Tartib bilan qurilgan uylar, keng, ravon, toza va ozoda köçalar, uning bu şaharda musofir ekanligini ham biroz bölsa-da xotirasidan kötardi.
“Odamzod hamma joyda garçi tili, irqi, zamoni boşqa bölsa-da, bir xil tirikçilik qiladi. Quyoş nuridan bahra olib, tabiat manzaralaridan zavqlanadi. Sevadi, seviladi, xiyonat qiladi, aldanadi… kiçkinagina yuragiga hamma his-tuyğuni joylaştirib, qisqagina umrida barçasini boşidan keçiradi. Ammo hayotni anglagan vaqtda ölim unga yuzma-yuz kelgan böladi…” Komil şunday öylar girdobida borar ekan, ortidagi qaysidir temir eşik qattiq şaraqlab oçildi. Undan ayol kişining yurakka oğir botadigan nolaga öxşaş alamli qiçqiriği eşitildi. Nima böldi ekan-a, deb Komil ortiga qayrilganida, unga tomon şu eşikdan çiqib kelayotgan baland böyli, qora şim, kul rang köylak, kul rang şlyapa kiyib boşini xam qilib kelayotgan kişini körib, yölini davom ettirişga majbur böldi.
“Tanimagan, bilmagan odamni eşigi oldida töxtatiş noqulay… ammo nimadir böldi şu xonadonda”, deya qoşlarini çimirgança öylanib boraverdi Komil.
Hali soat ertalabki öndan oşmagan bölsa-da, kun juda isib ketgan. Saraton quyoşi atrof-muhitni öz hukmiga buysundirib olgandi. Oftob tiğidan heç kim qarşisiga tik qaray olmasdi. Komil içkari köçalarni ança aylanib çiqdi. Endi katta köçaga amallab çiqib olsa, taksi töxtatib töğri mehmonxonaga boradi. Şu alfozda uni bir narsa öylantirib turardi. Haligi eşikdan çiqqan notaniş kimsa uning ortidan soyadek ergaşib kelardi. Vaziyatni aniqlaş maqsadida Komil mehmonxonaga qaytiş fikrini özgartib, yana ixtiyorini yölning yönalişiga topşirdi. U katta yölni kesib ötib, ikki qavatli imoratlar orasidagi kiçkina yölakçaga kirib oldi. Haligi notaniş hamroh ham uning harakatini takrorlab, boşini xam qilgança ortidan ergaşib kela boşladi. “Bu yoği qiziq böldi-yu, begona yurtda tanimagan odam hamroh bölib olsa. Yöq, buni hamroh deb ham bölmaydi… U meni ortimdan kuzatib kelmoqda. Ammo nima uçun bu tarzda oşkora… axir kör ham sezadi-ku uning bu tarzdagi ergaşişini. Hozir töxtab, mendan nima istaşini sörayman”, deya Komil turgan joyida töxtab ortiga qayrildi. Kutilmaganda haligi kimsa ham beorlarça töxtab ortiga qayrildi. Komil unga tomon bir-ikki qadam taşlagan edi, u ham oldinga intildi. Qiziq, juda ham qiziq.
Baland böyli bu kimsa juda ham ozğin bölib, şlyapani bostirib kiyganidan uning yuzi körinmasdi. Haligi kişi sekin oldinga yura boşladi. Komil biroz ergaşgan kişi böldi-da, “Ortimdan ergaşsa ergaşibdi. Nima, men favqulodda bir odammidimki, yurgan yölimni kimgadir bersam yoki bir millionermidimki, özimning soyamdan özim qörqib yaşasam”, deb qöydi. Komil ortiga qayrilib yölida davom etar ekan, “aslida heç narsasi yöq va heç narsaga qodir bölmagan kişi juda qörqoq va hammaga hisobot berib yaşaydi”, deya miyiğida kulib qöydi.
Komil çamasi bir soatça yangi-yangi köçalardan yurib çarçadi.
“Sen ham çarçadingmi?” deya öziça içida “hamrohi”dan sörab qöydi. Notaniş hamroh esa hamon boşi egilgança uning ortidan ergaşib kelardi. Komil binolar orasidan yurib bolalar maydonçasidan çiqib qoldi.
Vaqt tuşga yaqinlaşganligi sababli maydonçada heç kim körinmaydi. Atrof jimjit. Quyoş yerni qizdirgandan qizdirmoqda.
Komil özidagi çarçoqni his qilib, maydonça çetida, daraxt soyasida joylaşgan örindiqlardan biriga borib ötirdi. Notaniş hamroh ham boşini oldingidan ham battarroq egib örindiqning bir çekkasiga omonatgina örnaşib oldi.
“Qiziq, heç bölmasa qilayotgan işidan ozgina noqulaylik ham sezmaydi-ya… Ha, bu hayotda odamzod ongi hazm qila olmaydigan jumboqlar juda köp”, deya öyladi u baland çinorga tikilgança.
– Çanqadim, ertalab nonuşta qilmaganligim uçun qornim ham oçib ketdi. Sen ham qorning oçib, çanqadingmi? – deya yana odatdagidek içida hamrohidan söradi Komil. – Yoki mening sabrim qay darajada ekanligini bilişni istaysanmi… Men juda sabrli odamman. Hayotda heç narsani birinçi bölib boşlamayman. Hamişa kutaman. Gohida yuragim töxtab qolişini ham kutaman. Töğrisini aytsam, menda bu holat juda köp böladi. Baʼzida hamma narsalardan töyib ketaman, odamlarni umuman körgim kelmay qoladi. Çunki köpinça ularni köz qaraşlaridan nimani öylaşi, nima haqida gapirişlarini bilaman. Ammo ularni hamişa jimgina eşitişga majburman. Ayniqsa ahmoq boşliqni – siz aqllisiz, – deya u bilan birgalikda işlaş yoki uning bir çaqaga arzimaydigan hayot falsafasini maʼqullab ötiriş qançalik oğirligini bilsayding?.. Baʼzida hammasini başarasiga aytib, saviyasi past odam ekanligini isbotlab, kreslosidan irğitib, işxonadan çiqib ketging keladi. Ammo nima özgaradi? Ayançlisi, heç kim, hatto döstlaring ham seni tuşunmaydi. Balki tuşunar… buning qanday ahamiyati bor. Biroq yomon tomoni – tirikçilik uçun undan ham battarroq boşliq bilan işlaşga majbur bölasan.
– Birda, unda hali endi oliygohni tugallab kelgan edim. Kutilmaganda yaxşi iş taklif qilib qolişdi. Xursand bölib iş boşladim. Adaşmasam bir oylar işlaganimdan söng boşliq xonasiga çaqirib qölingdagi hujjatlaringni şunday qilginki, törtni törtga qöşsa beş bölsin, deb qoldi, men unga hayron bölib qaragan edim: «Men senga mana şu qalam osmonda uçadi desam sen ham uni uçadi, deb aytasan, tuşunarlimi?» dedi menga qisiq közlarini battarroq qisib. Oldiniga ança vaqt öylanib yurdim, hisob-kitob aniqlik talab qiladi. Axir bu siyosat emas-ku bir narsani ön xil yöl bilan yeçimini topsang.
Şu voqeadan bir oz vaqt ötgaç boşliq örinbosari bilan suhbatlaşib turganimizda men unga “mana şu qalam osmonda uçadi”, dedim. U esa közlarini katta-katta qilib “issiğing yöqmi?”– deya savol berdi. Men ham böş kelmasdan buni menga boşliq aytdi, dedim. U bölsa heç ikkilanmasdan boşliq aytgan bölsa uçadi, faqat pastroq uçadi dedi jiddiy ohangda.
Ana şunaqa, döstim. Bu hayotda har toifa boşliqlarga hisobçi bölib, kutişni örgandim. Çunki özim uçun bundan özga çorani qidirib topolmadim.
Bu safar kutişni istamadim. Döstim bilan uçraşişni özim taklif qildim. Sababi birinçidan u ayol kişi, ikkinçidan esa bu ayol meni neça yillardan beri öziga ohanrabodek tortib kelmoqda. Ammo men bu ayolni ayolligi uçun emas, uni iç-içimga yaşiringan, hatto özimga ham sirli ravişda körinadigan nomaʼlum bir qiyofamga öxşataman. Ertaga uçraşganimdan söng, balkim, uning taşqi körinişi şu kungaça bölgan xayollarimni tarqatib yuborar… Töğriroği, ana şundan qörqib şu vaqtgaça uçraşişni ortga taşlab keldim. Ammo şu vaqt davomida uning özi ham men bilan uçraşişga intilgani yöq.
– Mana endi yoningda nima uçun ötirganligimni tuşungandirsan. Sen bölsang bemaqsad ortimdan ergaşib yuribsan.
Men oddiy bir idora hisobçisiman, umrim birovlarning pulini sanaş bilan ötdi. Gohida öylanib qolaman, arzimagan mana şu qoğozlar odamzodni turli qiyofaga kiritib, hayotining asosiy mazmuniga aylanib qoladi.
Sening kasbing nima? – Komil odatdagidek hamrohiga ovoz çiqarmasdan savol berdi-da, uni oşkora kuzata boşladi. Ozğindan kelgan bu kişi, qirra burun, kipriklari qalin va qop-qora bölib, qirq beşlarda edi. U boşini bir oz kötarib, röparasida nimagadir burgut qaraş qilib, nimanidir öylab ötirardi. – Axir men bir oddiy musofir bölsam, bu yerda heç kimni tanimasam, hatto hozir qaysi manzilda ötirganligimni ham bilmasam, nega menga bunçalik yopişib olding? Mendan nima istaysan? Oçiq aytsang, özing ham biroz yengillaşasan… – deya Komil içida öziga özi gapirib, xörsinib qöydi. Atrof jimjit, quyoş tikka kötarilgan, kun qizigandan qizib borardi.
Maydonçada heç kim körinmaydi. Hamma issiqdan uyiga berkinib olgandi.
Ulardan bir oz narida bolalar öynab-öynab taşlab ketgan teşik çarm töp issiqning zöridan hid çiqarmoqda edi. Komil örnidan turib töpni bir tepdi. Töp dumalab suvsiz ariqçaga tuşib ketdi. Uning bu harakatini kuzatib ötirgan hamrohining yuzi qilt etmadi. Ularning nigohlari bir-biriga töqnaş kelgan bölsa-da, notaniş kişi közlarini hattoki pirpiratmasdan öşa-öşa Komilga burgut qaraş qilib ötiraverdi.
– Tavba, odam ham şunçalik surbet böladimi? – deya Komil undan közini olib qoçdi. – Juda ğalati odam ekan. Agar hozir ketsam ortimdan ergaşarmikin? … aniq ortimdan ergaşadi. Qaraşidagi surbetligidan mendan ayrilgisi yöq.
Komil joyiga ötirar ekan, uni suhbatga tortmoqçi böldi. Nima deb gap boşlasam ekan, deya öylanib turganida, notaniş hamrohi göyo sen bilan gaplaşadigan gapim yöq degandek, yuziga şlyapasini bostirgança boşini örindiqning orqa suyançiğiga taşladi. Bu holatdan Komilning jahli çiqqan bölsa-da, söng özini qölga olib, mehmonxonada nima ham qilaman, uçraşuvim ertaga bölsa, u yerda ötirdim nimayu bu yerda ötirdim nima. Töğri, u yer salqin, suv içiş, biron narsa yeb oliş ham mumkin. Umuman olganda bu yer ham unçalik yomon joy emas. Nima, sahroning örtasimidiki, issiqdan, suvsizlikdan nolisam. Qolaversa yolğiz emasman. Hamrohim ham çanqagan, yana issiqdan yuzini ham berkitib oldi.
Bu hayotni sabr bilan yengiş kerak, mayliga sabr yurakni, umrni egovlasin. Baribir nima bölganda ham eng töğri yöl – kutiş, – deya Komil oğir xörsindi. Söngra hamrohiga qarab şu yerdan birinçi bölib ketişingni kutaman, deya piçirladi. Bu vaqtda quyoş ğarbga oldingidan biroz yonboşlagan bölsa-da, ammo uning tafti hali qaytmagan, ayniqsa şaharda hamma joy beton emasmi, kun qizigandan qizirdi.
Komilni issiq ilitib közi ilindi. Tuşida katta bir şaharga mehmonga borgan emiş. U yerda uni bir qadrdoni kutib olibdi. Ular uzoq suhbatlaşganlaridan söng, uning qandaydir bir bedavo dardi xususida maslahat qila boşlabdi. Qadrdoni uni şahardagi eng zör ruhiy kasallarni davolaydigan tabibga olib borişini aytibdi. Ular yölga tuşişibdi. Yöl balçiq emiş. Yölning ikki çetida har xil maşinalar loyga botib yotgan emiş. Komil dunyodagi eng katta şaharning yöllari şunaqangi balçiqligidan hayron bölib borayotsa: – Nima bölsa ham bu yerda adaşib qolma, – deya, örtoği uning qölidan mahkam uşlab olibdi. – Agar adaşib qolsam nima böladi? – deb sörabdi Komil örtoğidan. Örtoği unga şunaqangi sovuq nigoh taşlabdiki, bundan Komilning eti uvişib ketibdi. – Bu yerda adaşsang töğri qabristonga kirib qolasan. Söngra men senga heç qaçon yordam bera olmayman. Şuning uçun atrofga eʼtibor bermasdan meni mahkam uşlab ol, – debdi. Şu vaqt qattiq şamol kötarilib atrofdagi yalanğoç çinorlarni ildizi bilan qöporib taşlabdi.
Komilning köziga nimadir kirdi. Bir qöli bilan olib taşlayman, deya harakatlangan vaqtda nimagadir borib urilib, yiqilib, örtoğining qöli qölidan çiqib ketibdi. Uning ortidan qaray desa, közlariga nimadir kirgan, qöllari esa balçiqqa botgan holda uzoq ötiribdi.
– Baribir ölar edim-ku, nima qilardim özimga şunçalik azob berib. Kim bu dunyo bilan xayrlaşgisi kelardi, qolaversa hali yoş bölsam. Közguga bir köz taşlagin, yoşligingni bilasan. Vaqt quşdek uçadi. Heç narsaga ulgura olmay qolasan. Ulgurgan vaqtingda ham hammasi tamom bölgani alam qiladi kişiga.
Köngil esa qarimaydi. Hayotdan nimanidir izlaşni bas qilmaydi. Tinçingni, halovatingni öğirlaydi. Unga quloq solmaslik lozim, ammo hidoyat yölini ham ugina biladi, xolos, deya öziga özi qarama-qarşi fikr bildirib tursa, közlari yoşlanib, yoşlanib, söngra köra boşladi. Bu ham Xudoning karomati, agar har tomonlama Komilga nur yetişmaganda u tuşkun kayfiyatda bölişi mumkin edi. Mana, uning közlari körmoqda, unga yana nima kerak? Agar şu vaziyatda ham pessimist bölsa bu uning yengiltabiat ekanligini bildiradi. Nima bölganda ham yaşaş kerak… faqatgina oldinga intiliş lozim. Şu sözlarini öziga-özi taʼkidlab Komil örnidan dast turdiyu yonida, oğzi-quloqlarigaça balçiqqa botgan, ikki-uç yoşlar çamasidagi yiğlayotgan bolakayni körib eti junjikib ketdi. U bolani balçiqdan kötarib olib, iflos qöllari bilan uning közlari atrofini tozaladi. Bolaçaning katta-katta, qop-qora közlaridan tinimsiz yoş oqardi.
Komil uni bağriga mahkam bosgança onasini axtara boşladi.
Şovqin-suron avjida, atrofda taşlandiq bolalar juda köp bölib, baʼzilar oğziga balçiq qoplanib qaçonlardir jon taslim qilgan, qolganlari esa jon talvasasida edi. Kattalar esa bir-birlarini turtkilab bolalarni bosib-yançib oldinga qarab yugurişardi. Bolalarning ayançli, qörquvdan yiğlayotgan ovozi, erkaklarning sökinişi, ayollarning şanğillaşi, atrofning balçiqligi, yana qayerdadir suvning şildiraşi, bağridagi bolaning yiğlab undan non söraşi Komilning yuragini iç-içidan ezib yubordi. U bolaçani yana ham mahkamroq bağriga bosib balçiqqa bulanib oldinga intilar ekan, Komil bu şaharga nimaga kelganini ham unutib, atrofidagi gödaklarning birini yelkasiga, birini böyniga, birini bağriga bosganiça bir joyda çökkalagança, qop-qora balçiqqa bulanib, ovozi boriça ularga qöşilib yiğladi. Bu uning erkak bölib birinçi uvvos tortib yiğlaşi edi.
* * *
Komil öziga kelganida, quyoş tafti oldingidan ança qaytgan, maydonçada bolalar şovqin solib öynaşmoqda edi. Ularning yonidagi örindiqlarda esa, şu atrofdagi köp qavatli uylarda yaşovçi ayollar örnaşib olib kimnidir ğiybat qilişmoqda. Qayerdadir unga nomaʼlum bölgan bir quş çözib-çözib sayrab, qotib qolgan böğiq havoni tözğitmoqda edi.
Komil közini oçişi bilan röparasida soçi uzun yelim qöğirçoqni öynab ötirgan çamasi uç yoşlar bolaga közi tuşdi. U şunday hayrat bilan Komilga termulib ötirardiki, bundan u tuşida yiğlaganligini bola ham sezganligini bildi. Bola biroz Komilga qarab öylanib turgaç, qölidagi qöğirçoqni uning oldiga kelib, qovoğini uygança Komilga uzatdi. U hayron bölib, qöğirçoqni qöliga oldi. Bola esa şunday qilişi kerakdek ayollar oldiga yugurib ketdi. Komil nima qilarini bilmasdan malla soç yelim qöğirçoqqa termulib ötirib, söng hamrohiga qaradi. U ham odatdagidek kiprigi pir-piramasdan surbetlarça qarab turardi.
– Bu nima qiliq, nega u menga bunçalik yopişib oldi. Tavba, odam ham odamga şunaqangi yomon qaraydimi? – körgan tuşidan yuragi ezilib ötirgan Komil hamrohining sovuq nigohidan fiğoni falakka çiqib ketdi. – Mendan nima istaysan, gapir?
Notaniş kişi esa heç narsani eşitmagandek yuzini Komilga teskari qildi. Komil şart örnidan turdi. Hamrohi ham örnidan turib Komilga göyo nima qilay degandek, baqrayib tikilib turdi. Komil nimanidir öylab yana joyiga ötirdi. Notaniş kişi ham indamasdan örindiqqa çökdi. U röparasidagi maydonçada ikki jamoa bölib olişib töp surayotgan turli yoşdagi bolalarning öyinini tomoşa qila boşladi.
Bolalar turli yoşda bölib, gavdalari ham turliça: biri ozğin, biri novça, yana birlari baqaloq edi. Ikki jamoa darvozasini ham körinişdan nimjon, yoşi ham jamoadoşlariga nisbatan ança kiçikroq bolalar qöriqlab turişardi. Töp darvozadan ötib ketsa jamoadagi bolalar ularga ovozlari boriça baqirişar, sökişar, baʼzida tepkilab ham olişardi. Darvozabon esa bu safar sezgirroq bölişga harakat kilar, ammo foydasiz edi. Ajablanarlisi şundaki, darvozabonlar şunça haqoratga ham indamasdan bardoş berib, öyinni davom ettirar, ularga faqat futboldan çiqarib yuborişmasalar bas edi.
Komil bolalarning öyinini kuzatib ötirib, özining ham bolaligi yodiga tuşdi. Bir vaqtlar özi ham katta bolalar bilan futbol öynaşni yoqtirardi. Ammo ular Komilni faqat darvozaga qöyişardi. Komil ham xuddi şu bolalar singari qançalik huşyor bölsa-da, töpni darvozadan ötkazib yuborar, jamoadoşlaridan sökiş eşitar, baʼzida öyindan çiqarib ham yuborişardi. Şularni öylab miyiğida kulib qöydi.
Notaniş hamroh yuziga şlyapasini bostirib, boşini örindiq suyançiğiga taşlagança uxlamoqda edi. Komil yonidagi odam uxlayotganini sezib, örnidan turib ketib qolgisi keldi, ammo, nimagadir hamrohining uxlab yotganidan foydalanib qoçib ketgisi kelmadi. – Biron-bir maqsadi bordirki, ertalabdan buyon ortimdan ergaşib yuribdi. Agar hozir ketib qolsam uning harakati jumboqligiça qolib ketadi, – deya Komil sabr qilib ötirdi.
Havo juda yoqimli, mayin şabada esmoqda. Kimlardir şoşilib işdan qaytmoqda, yana kimlardir pardoz-andoz qilib, qayergadir ketmoqda. Maydonça esa bolalar bilan band. Atrofdagi örindiqlarga erkaklar-ayollar örnaşib olib, kimdir bahslaşmoqda, kimdir şaxmat öynamoqda, yana kimlardir hammani kuzatib xayol surib ötiribdi. Komil odamlarning köpligidan vaqt allamahal bölib qolganligini ham sezmay qoldi. Yonidagi hamrohi esa yuziga şlyapasini taşlagança hamon uxlamoqda edi. «Hoy döstim, keçasi kim uxlaydi? Közingni oç, odamlarga eʼtibor ber, hamma öz taşvişi bilan band. Faqat sen nima qilayotganingni bilmasdan, bemaqsad, özingni ham, meni ham qiynamoqdasan. Kel, undan köra mana şu huzurbaxş havoda samimiy suhbatlaşaylik, bir-birimizni yaqindan bilib olamiz. Sen ham özingni qiynab yurgan dardlaringni ayt, men ham öylanib ötirgan javobsiz savollarimni aytay…» Şu vaqtgaça hamrohining yoniga kalta böyli, tölaçadan kelgan közlari besaranjom kişi kelib joyni torligiga qaramasdan tiqilib ötirdi. Komil u kişining bu harakatidan bir oz taajjublandi. Çunki bu paytda odamlar uy-uylariga tarqagan, örindiqlar esa böşab qolgandi.
Komil bilan hamrohining orasida yana bir kişi ötirsa böladigan joy bor edi. U bu kişining maqsadi yomonligini sezgaç, heç narsadan bexabar hamrohiga yaqinroq surilib, uni uyğotmoqçi böldi-yu, nimagadir bu işi öziga maʼqul kelmadi. Avvalambor, Komil hamrohining hatto ismini ham bilmaydi, qolaversa, ular orasidagi joy ularning bir-biriga mutlaqo begona ekanligini yaqqol körsatib turardi. Notaniş kişi Komilga şunday yerqaraş qilib tikilardiki, u boşini kötarib hamrohiga qaray olmasdi. Komil özini bu şaharda mutlaqo musofir ekanligini, musofirlik esa qançalar noçorlik ekanligini iç-içidan his qilib turardi. Begona kişi heç narsadan çöçimasdan, xotirjam hamrohining çöntaklarini kavlaştirib nimalarnidir oldi. Söngra unga oşkora mensimasdan tikilib, örnidan turib maydonçani kesib ötgança köpqavatli uylar orasiga kirib közdan yöqoldi.
Komil qisqa vaqt oraliğida bölib ötgan voqeadan karaxt bölib bir muddat ötirib, öziga kelib olgaç hamrohiga nazar taşladi. U esa dunyo bexabar yuziga şlyapasini yopib, boşini örindiq orqa suyançiğiga taşlagança uxlab yotardi. Tavba, şunaqangi ham ğalati odam böladimi, bor budini kimdir şilib ketsa-yu, heç narsani sezmasa. Yoki sezib tursa-da indamadimikan? Yöq, sezib indamasligi mumkin emas. Ammo kissavurning harakatini ham bilmasligi mumkin emas.
Vaqt allamahal bölib odamlar uy-uylariga tarqalişgan, hammayoq jim-jit, ulardan ozroq naridagi örindiqda ikki yoş bir-birlariga çirmaşib ötirib olgan. Komil kutişni bas qilib örnidan turdi. Uni uyiga kuzatib qöyaman-da, özim mehmonxonaga qaytaman. Yölda bir-birimiz bilan tanişib olarmiz, öşanda, kissavur haqida aytarman.
Komil hamrohini taşlab keta olmasligini sezib: – Hoy örtoq, tur örningdan, uyingga kuzatib qöymoqçiman, közingni oç, vaqt ham ança keç bölib qoldi. Atrofingga bir qara, heç kim qolmadi. Hamma uyquga kirdi. Uyingdagilar ham kutib qolgandir, – dedi. Komil hamrohining qimirlamasdan ötirişini körib: – Özi ham ölikka öxşab uxlaydi şekilli, – deya, uning yoniga ötirib sekin bilagidan turtkilamoqçi bölganida, bilagining muzdekligidan sakrab örnidan turdi. Turgan joyida yuzini berkitib turgan şlyapasiga qarab biroz öylanib turgaç, şlyapasini kötardi. Notaniş hamrohining közlari yumuq, oğzi esa qiyşayib oçilib qolgandi. Kunduzi eʼtibor berganida hamrohining qoş-közlari tim qora edi, hozir esa sarğaygan, hatto terisi ham sarğayib ketgandek edi. Komil nima qilarini bilmasdan qölida şlyapa bilan biroz unga termulib turdi. Söngra uning yuzini qaytadan yopib, “qaçon ulgura qolding?” – deya sekingina piçirladi öziga-özi.
Bir oz parişonlikdan söng narida bir-biriga çirmaşib yotgan yoşlar oldiga borib tomoq qirib yötaldi. Yigit boşini kötarib “nima istaysan” degandek baqraydi. Yigit negadir unga açiniş bilan qaradi:
– Hoy boboy, özing bir kelgindi bölsang, qolaversa uni mutlaqo tanimasang, nima qilasan boşingni açitib? Hozir militsiyaga borib bölgan voqeani aytib bersang, ular senga rahmat aytişmaydi. Birinçi bölib özingni tergov qila boşlaydi. Nima, senga şu kerakmi? Qolaversa, hozir zamon özgarmoqda, hamma senga öxşab köçadagi öliklarga hayratlanib ötirsa dunyoda rivojlaniş böladimi? Nima qilibdi, ölsa ölibdi… Hov ana narigi örindiqda ham bittasi ölib yotibdi, bilmadim, balki mastdir. Ammo bu yer senga katta şahar. Ular bilan şuğullanadigan maxsus odamlar bor. Qöy, boşingni açitma, bor, yölingdan qolma.
Yigit yuzini ters burib soçi tözib yotgan “qöğirçoğ”ini quçoqlab hiringlay boşladi.
Komil nima qilarini bilmasdan negadir yana hamrohi yoniga borib uzoq ötirdi. Söngra yuragida nimadir ildiz-pildizi bilan gursillab qulaganini sezib örnidan turdi. Mana, bemaqsad kutiş nihoyat, tugadi, deya sekin öziga-özi piçirladi. Vaqt esa allamahal bölsa-da, köp qavatli uylarning ortidagi katta yöldan bitta-bitta maşina qatnamoqda. Komil öşa tomonga qarab borar ekan, yölida uçragan hayvon, quş, odam murdalariga qarab, bular bilan şuğullanadigan maxsus odamlar bor, dunyo rivojlanmoqda, deya öyladi.
Şahlo HOŞIMOVA
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 4-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


