8 daqiqada öqiladi

8 415 marta körilgan

Tinçlik daraxti

Aşurali Jörayev

(Publitsistik esse)

Tinçliging – hurliging.

Xalq maqoli

Inson va tinçlik sözi havo bilan suvdek egizak. Çunki inson hamişa tinçlikka taşna bölib, har kuni tinçlikni soğinib yaşaydi, mudom tinçlik osmonidan nafas olişga intiladi. Har tong tinçlik bilan uyğonişni istaydi. U quyoşga talpinganday tinçlikka talpinadi. Tinçlikni ota-onasiday, farzandiday, jigargöşasiday yaxşi köradi. Tinçlik insonning joni-jahonidir, borliği va hayotidir. Şu bois u hamişa tinçlikka taʼzim qilişni muqaddas burçi, deb biladi. Tinçlik poyiga boş egadi. Tinçlikni boşiga toj qiladi. Tinçlikni joniga joylaydi.

Şoir yozganidek:

 

Yer ohista kezar ekan samoda,

Tinçlik degan zör neʼmatga boş egdim…

– Beşikda yotgan gödaklarning osmonday tiniq közlarida, beğubor va pok tabassumida nima aks etgan?

– Tinçlik!

– Onalarning allasida, har kungi iltijosida, otalarning eng yorqin orzu-tilaklarida nima mujassam?

– Tinçlik!

– Bobolarning duosida, momolarning ölanida aytiladigan birinçi kalom qanday söz?

– Tinçlik!

Toğning ulkan çöqqisida turgan burgutga ham, polaponlariga tumşuğida suv olib uçayotgan qaldirğoçga ham tinçlik kerak. Suvdagi baliq ham tinçlik istaydi. Yam-yaşil maysalar, nihollar, daraxtlarga ham tinçlik bağrida ösadi. Tabiat esa tinçlik bilan barhayot, tinçlik tufayli gullab yaşnaydi. Tinçlik bilan barqaror. Tabiat tinçlik bilan umrboqiydir.

Tabiatning borligi va borliği tinçlikdan.

Tabiatning boqiyligi va bahori tinçlikdan.

Yer şari har lahza nafas olar tinçlikdan.

Tabiatning har şomi-yu har nahori tinçlikdan.

Ey odamzot, sen tinç-totuv yaşaşni istasang, uni daraxtlardan örgan. Tinçlik qanday bebaho qudratli kuçligini bilmoqçi bölsang, toğlarga boq. Tinçlik umrimizni bezab tursin desang, daryoyu dengizlardan ibrat ol! Tinçlik hayotimning mazmuniga aylansin desang, bolalarning beğubor qöşiğiga jör bölgin!

Afsus va nadomatlar bölsinkim, odamning duşmaniyam, kuşandasiyam odam bolasi ekan.Tinçlikning bunyodkori ham, buzğunçisi ham odam ekan. Biri tinçlikni qançalar asrab-avaylasa va tinçlik uçun kuraşsa, boşqa biri uruş olovini yoqişga şunçalar öç bölarkan. Biri tuşlarida tinçlikni körib quvonsa, biri uruşni körib sevinarkan. Biri tinçlik bilan faxrlansa, boşqasi uruş qözğab ğururlanarkan. Biri tinçliksevar, degan nom qozonsa, yana biri uruşga daʼvat etadi, uruş olovini yoqiş uçun zimdan gugurt tayyorlaydi.

Inson va tinçlik, inson va uruş mavzulari ming-ming yillik tarix sahifalari uzra hamon bahs qiladi, hanuz munozara yuritadi. Bu ikki qarama-qarşi tölqin tinimsiz kuraşda:

 

Tinçlik – jon deydi, uruş esa qon.

Tinçlik – hayot deydi, uruş esa qurbon.

Tinçlik – mehnat deydi, uruş esa kulfat,

Tinçlik – obod deydi, uruş deydi, vayron.

Ona zamin har qanday katta-kiçik uruşlardan çarçadi, benihoya toliqdi. Biror-bir göşada öq ovozi eşitilsa, yerning bağri titraydi. Portlaşlardan tuproqlarga titroq kiradi. Hatto bombalardan toğu toşlar larzaga keladi. Qudratli dengizlar ham uruş ovozidan çöçiydi, daryo tölqinlari ozor çekadi.

Eng dahşatlisi, tarix uruşlardan zada bölib ketdi, uruşlardan zerikdi tarix sahifalari. Bu hasratli sahifalar nolalarga, çeksiz faryodlarga, dardu alamlarga tölib ketdi, uruş dastidan. Odam nega uruş qiladi, nega uruşlarni öylab topadi, nega uruş uçun zamin hozirlaydi? Nahotki, odam bolasi dunyoga faqat uruş qiliş, qon tökiş va vayron qiliş uçun kelsa? Tarix hali-hanuz uşbu savollarga javob topa olgani yöq.

 

Behuda tökilgan qonning nidosida

                                          tinçlik oh uradi.

Begunoh uzilgan jonning nidosida

                                          tinçlik oh uradi.

Uruşdan kim foyda kördi, ey johil banda!

Besabr soxta şonning nidosida

                                          tinçlik oh uradi.

                              * * *

Bugun uruşlardan afğonçalik jafo çekayotgan xalqni topiş qiyin. Bolalar uruş maydonlarida tuğilib, uruş olovlari içra ulğayib, uruş bilan hayotlari barham topmoqda, kelajagi uruş tufayli barbod bölmoqda. Bir nafas bölsin bu zaminda uruşning ajal tegirmoni töxtagani yöq.

 

Afğon tuproği hanuz tinçlikni qömsab yaşaydi.

Afğon tuproği hamon osoyiştalikni

                                          istab yaşaydi.

Bu qadim yurt uruşlardan zada bölib ketdi-ku!

Afğon tuproği Yaratgandan tinçlik

                                          sörab yaşaydi.

Uruş bolalagan bu yurtning tuproğidan uruş hidi keladi, toş bölaklari urilganda uruş çinqiriği eşitiladi, kuygan daraxtlarning ildizlaridan uruş tutuni burqsiydi, maysalar öq ovozidan titraydi. Şörlik çumolining beli laʼnati bombalardan yağir bölib ketdi…

Yurtboşimiz qayta-qayta taʼkidlaganidek, Afğoniston masalasini faqat tinçlik yöli bilan hal etiş mumkin.

                              * * *

Agar beşik tepasiga qarğa kelib qönsa, u qağillab, beşikda yotgan gödakning tinçligini albatta buzadi. Agar uyga bexosdan ilon kirib qolsa, tamom, uydagilar tinçligini yöqotadilar. Agar qişloqqa böri oralasa, faqat odamlarning emas, balki hayvonlarning ham tinçligi buzilişi tayin. Agar Vatanga duşman köz olaytirsa, yurt tinçligi xavf ostida qoladi. Agar duşman özingdan çiqsa, tinçlikning holi tang böladi. Bunday xavfli duşmandan Yaratganning Özi asrasin va Özi uning jazosini bersin!

Har bir davrning, zamonning öz kuşandasi bölganidek, bugungi tinç va osoyişta dunyoning xatarli balosi – terrorizm nomini oldi. Terrorizm ofatlar va kulfatlar zanjiriga aylandi, eng dahşatli va xatarli uruşlarning öçoği bölib qoldi. XX asr – tarixda atom asri, deya qayd etilgan bölsa, XXI asrning boşlanişi allaqaçon terrorizm tamğasi bilan muhrlanayotir. Kamikadzelar asriga aylanayotir. Terrorizm – diniy ekstremistik guruhning uruş öçoği va aşaddiy quroli sifatida keng qanot yozayotir. Ular bu qurol bilan tinç diyorlarni buzişga, tinç şaharlarni vayron qilişga, osoyişta yuraklarga ğulğula solişga tahdid qilayotir. Sokin muhitlarni, tinç göşalarni buzayotir.

 

Dahşatlarning eng dahşati – terrorizm,

Yovuzlikning eng yovuzi – terrorizm.

Jaholat, vahşiylik mujassam unda,

Ofatlarning eng ofati – terrorizm.

Jaholat ildiz otgan vujudda tinçlik kabutari in qurolmaydi. Lekin jaholat qançalar dahşat solmasin, baribir tinçlik şiddatini töxtatolmaydi, tinçlikning yöliga ğov bölmaydi, tinçlik tölqinini kesolmaydi. Tinçlik shamolini tösişning aslo iloji yöq. Tinçlik temirdan ham mustahkam, pölatdan ham qattiq, toşdan ham quvvatli.

Mustaqilligimizning eng oliy neʼmatlaridan biri – bu, şubhasiz, tinçlik va yana tinçlik. Tinçlik barqarorlaşib, mustahkamlanib borgani sari, ayrim hayotiy masalalar öz-özidan yeçilib, jamiyatda uçraydigan ayrim kamçiliklar barham topib, muammolar hal bölayotir. Prezidentimiz har bir maʼruza va nutqlarida xalqimiz va yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölsin, deb qayta-qayta taʼkidlaydilar va buni Yaratgandan iltijo qilib söraydilar.

 

Tinçlik bor ekan, millat yuksalaveradi,

Tinçlik bor ekan, yurt obod bölaveradi.

Tinçlik bor ekan, balo-qazo yölamaydi,

Tinçlik bor ekan, hurlik aslo xatar bilmaydi.

Mamlakatimizda bölayotgan ulkan özgarişlar, yuksak taraqqiyot zamirida tinçlik yotibdi. Eng qadimiy obidalarning qayta tiklanişi yoki taʼmirlanişi tinçlik tufayli amalga oşyapti. Şaharlar, qişloqlar obodligi tinçlikdandir. Mahallalar çiroyi tinçlik ohanglari bilan yöğrilgan. Va bu obod, körkam va çiroyli göşalarda yaşaş, öqiş, işlaş tinçlik bilan uyğunlaşib ketgan. Qurilayotgan ravon yöllar, ulkan imoratlar, gözal boğlar, körkam maktablar, zamonaviy kollejlar, haşamatli köpriklar tinçlikka xizmat qilyapti. Köçalarda odamlar bir-birlarining emas, göyo tinçlikning qöllaridan uşlab yurganday erkin kezadilar, tinçlik bilan qadam taşlaydilar, tinçlik osmonidan nafas oladilar.

 

Sözlardagi haroratda tinçlik bor.

Közlardagi jasoratda tinçlik bor.

Tinçlik uçun fidoyilik burçimiz,

Qalblardagi nafosatda tinçlik bor.

Dalalarda tinçlik şamoli esadi. Bu şamol möl-köl hosil xirmonlarini hadya etadi. Dehqonning, boğbonning va çöponning ham asosiy niyati – tinçlik. Özbekistonda tinçlikning hamişa barqaror va mustahkam bölişidan faqat özbekistonliklar emas, balki bu tinçlikdan qöşni davlatlar ham manfaatdordirlar. Tinçlik qöşnilarning bir-biriga mehrini oşiradi, döstlik riştalarini mustahkamlaydi. Ular örtasida faravonlik, bağrikenglik yaratadi.

Özbekiston davlat siyosatining özagini tinçlik taşkil etişini dunyo ahli körib-bilib turibdi. Özbekiston Rahbari dunyoning eng nufuzli minbarlaridan turib, tinçlik haqida baralla sözlayotir, har qanday muammoni faqat tinçlik yöli bilan hal etişga qayta-qayta daʼvat etayotir. Haqiqatan ham tinçliksevar Prezidentimiz tanlagan yöl bu – tinçlik yölidir!

Navoiy viloyatida bölgan faollar uçraşuvida köpni körgan bir otaxon şunday dedi: “Yaxşi bilamizki, bozordagi, dökonlardagi mahsulotlarning, buyumlarning narxi aniq körsatilgan. Qani kim aytadi: tinçlikning bahosi qança? Bir kunlik, bir oylik yoki bir yillik tinçlikning narxi qança turadi? Kim aytadi? Umuman, tinçlikning bahosi bormi?!.”

Oltinning bahosi bor, neftning bahosi bor va yana qança-qança boyliklarning baholari belgili. Lekin haqiqatan ham tinçlikning bahosi bormi? Baholaş lozim bölganda uning narxi qançaga belgilanardi? Buni Ollohdan boşqasi bilmaydi…

Tinçlik bebaho neʼmat! Tinçlik – farzandini bağriga mahkam bosib olgan ona kabi zaminni quçib turgan qudratli kuç. Tinçlik oyu quyoş kabi yerni turli balo-qazolar, tasodifiy uruşlardan asrab-avaylaşga intilayotgan yana bir sayyoradir.

Yurtboşimiz özining “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” kitobida yozganidek: “Bejiz emaski, yurtimizdagi qaysi xonadonga kirsang, qanday yiğin yoki maʼraka bölmasin, fotihaga qöl oçilganda, yoşu qari, erkagu ayol – barçamiz Yaratgandan tinçlik va osoyiştalikni sörab duo qilamiz”. Bunda katta hikmat bor.

Çunki:

 

Öğlim inşo yozar tinçlik haqida,

Qizim daftariga tinçlik sözini bitar.

Nomingdan aylanay, sening, ey, tinçlik,

Nabiram tinçlik kabutarini çizar.

Ayniqsa, kabutarning marjonday tiniq közlarini mehr bilan, zavq bilan çizadi.

Har kuni Ollohdan tinçlik söraymiz. Söng quyoşdan tinçlik söraymiz. Oydan-da, yulduzdan-da mudom tinçlik bölişini iltijo qilamiz. Tinçlik daraxti hamişa, har doim közlarni yaşnatib, dillarni yayratib, gullab-yaşnab turişini istaymiz.

Aziz döstim, sen tinçlik daraxtini avvalo, öz qalbingga ek, hayotingga ek! Söng hovlingga, mahalla va qişloğingga ek. Keyin bu muqaddas daraxtni Vataning bağriga ekkin. Uning mustahkam ildizlari, ulkan şoxlari, yam-yaşil barglari dunyoni tutsin, tinçliksevarlar qalbini, bir-biriga zanjirday boğlasin. Bu daraxt tinçlikning haqiqiy timsoliga aylansin.

Tinçlik daraxti!

Sen huda-behudaga bu daraxtga tegma, ozor berma, bölar-bölmasga uning şoxlarini sindirma, barglarini sarğaytirma, behuda tökma. Uni hamişa onangni, farzandingni, Vataningni asraganday asra.

 

Mangu gullab tursin – tinçlik daraxti.

Mangu meva bersin – tinçlik daraxti.

Bu daraxtni asraşdan aslo erinmaylik.

Mangu boqiy bölsin tinçlik daraxti!

Daraxt körkam boğlarga aylansin, tinçlikzorga aylansin!

Men tinçlikni yaxşi köraman va unga hamişa taʼzimdaman. Sen ham tinçlikka talpin, tinçlikka taʼzim qil! Toki yer yuzini tutsin, yer yuzi böylab yangrasin tinçlik ruhi, tinçlik sadosi, tinçlik ovozi!

Aşurali JÖRAYEV

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 7-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)