Adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori Ibrohim HAQQUL bilan suhbat
– Ibrohim aka, suhbatlaringizdan birida: “Buyuk ajdodlarga munosib voris bölişning boş şarti – xuddi öşalarga öxşab doimiy va qatʼiyat ila oldinga harakat qiliş”, degan edingiz. Ayting-çi, bugungi avlodning ajdodlar oldidagi qarzi nimada?
– Öşalarga öxşab tabiiy, töğri va erkin umr keçirişni eplay olişida. Qaçonki til bilan dil, söz bilan amal orasida uziliş bölsa, ajdodlar bilan avlodlar örtasidagi uziliş ham şu böladi. Bunday paytda tarixiy siymolarni maqtaş öz ojizliklarini yaşiriş niqobiga aylanadi.
– Avlodlar almaşinuvi har qaysi jamiyatga xos xususiyat. Tabiiyki, har qanday avlod vakillari maʼlum jihatlari bilan farq qiladi, öz navbatida, bir-birini töldiradi. Siz avlod tuşunçasiga qanday qaraysiz?
– Avlod tuşunçasi bölgan. Bor. Keyin ham böladi. Bir avlod ikkinçisidan fikr-qaraşlari, maslagi, jurʼat-jasorati, qay maqsadlar uçun kuraşganligi bilan ajralib turmasa, avlod degani maʼnaviy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qiyofadan mahrum tödadan heç farqlanmaydi. Şöro davlati hukm yuritgan davrlarda bir neça avlod zulm va qaramlik qurboni bölişgan. Bu fojiani unutmaslik kerak.
– Sizning avlodingiz(bu iborani alohida taʼkidlagim keladi) faqat adabiyotdagina emas, ijtimoiy hayotda ham faol, kezi kelganda, murosasiz edi. Sizlar öşanda “Dunyoni adabiyot qutqaradi” degan aqida bilan yaşaganga öxşaysiz. Bu urinişlaringiz besamar ketmagani aniq. Nima deysiz, bugungi avlod davr ehtiyojlariga munosib javob bera ol(a)dimi?
– Biz uçun adabiyot çindan ham muqaddas bir mavjudlik edi. “Dunyoni adabiyot qutqaradi” degan aqida bilan yaşamagan bölsak-da, adabiyot hayotni, insonni özgartirişiga işonardik. Tengdoşlarimdan köpçiligi şaxsiy hayot taşvişlarini nazarga ilmay adabiyot, haqiqat, hurriyat dardi bilan kun keçirişgan. Bugun bunday holatni kuzatiş qiyin. Yoş ijodkorlarda davr, zamon, kelajakka munosabatda qandaydir torlik, mahdudlik borga öxşaydi.
– Butun ilmiy faoliyatingiz Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti bilan boğliq holda keçayotir. Ötgan yillar davomida neça-neça yoş tadqiqotçilarning ilmiy işlari muhokamasida qatnaşgansiz. Bugungi navqiron ilm, bölğusi olimlar haqida fikrlaringiz qanday? Ular faoliyati sizni qoniqtiradimi?
– Ilmga yangi kirib kelganlar oldingi avlod vakillaridan albatta özib ketişadi, degan fikr yaqin-yaqingaça menda barqaror edi. Hozir unday emas. Çunki did, saviya, dunyoqaraş va şaxsiyat xususida jiddiy öylab, qattiq zahmat çekilmasa, olimlik ham öziga yaraşa böladi. Yoşlarimiz faoliyatini imkon darajasida kuzataman. Ammo ular safida his qiliş, anglaş, harakat borasida salohiyati yuksaklari ança siyrak. Vaholanki, mustaqillik şart-şaroitida öziga işonçi baland, köngli ham, fikri ham erkin isteʼdod sohiblarining soni yildan-yilga ortib bormoği kerak. Bu haqda yoşlarning özi köproq fikrlaşi lozim, deb öylayman.
– Maqola va suhbatlaringizda ijod va eʼtiqod vobastaligi haqida köp taʼkidlaysiz. Biz yoşlar eʼtiqodni juda tor maʼnoda, asosan, diniy istiloh sifatida tuşunadiganga öxşaymiz. Ayting-çi, yoş avlodning hayotiy eʼtiqodi uçun nimalar muhim? Umuman, eʼtiqod tarbiyalanadimi?
– Eʼtiqodning poydevori, albatta, din. Diniy işonç va tuşunçalardan ajraliş – özni ruhoniyatsizlik ofatiyu dahriylik kulfatlariga mahkum aylaş demak. Ayni paytda eʼtiqodni diniy va ilohiy mazmun-mohiyat bilan çeklab ham bölmaydi. Işq, Maʼrifat, Haqiqat… – bularni eʼtiqoddan ayri holda tasavvur etiş mumkinmi? Or-nomus, hayo, ğurur singari bezavol tuyğularning muhofizi ham, avvalo, eʼtiqoddir. Inson irodasi qança baquvvat bölsa, eʼtiqod ham öşança kuçga töladi. Odamning eng katta duşmani – qörquv va tahlika. Eʼtiqod ana şu ğanimni taniş hamda unga qarşi turişga rağbatlantiradi. Umuman, eʼtiqodsizlikdan xalos bölişning yagona çorasi hayot sinovlaridan ötgan eʼtiqodga suyaniş hisoblanadi.
– Şu paytgaça ijodingizning asosini mumtoz adabiyot, xususan, Navoiy ijodini örganiş, tadqiq etişga bağişlagansiz. Nazarimda, biz Navoiyni örganiş uçun öşa davr – XV asrga bormoqçi bölamiz va bu mumkin emas. Vaholanki, mutafakkir bobomiz vaqt masalasida ham şunçalar ilgarilab ketganki, çeksiz imkoniyatlar asri avlodi hali-beri uning etagini tuta olmasa kerak. Garçi bu borada köp fikrlar bildirgan bölsangiz-da, söramoqçiman: Navoiyni qanday qilib XXI asrga qaytariş mumkin? Buning eng samarali yöllarini sanab ötsangiz.
– Navoiyni heç bir maʼnoda öz asri va zamonidan ajratib bölmaydi. XXI asr öquvçisi Navoiyni bilişga kuçli ehtiyoj sezsa, maqsadga yetişmoq uçun til, tarix, anʼana yoki din va falsafadan bir yöl izlaşga kirişadi. Buni birov sanʼat va mahorat jozibasidan, kimdir hayotiy taassurotlar tasviridan, boşqa biri tasavvufiy tuşunça va timsollar ifodasidan topişi mumkin. Muhimi, u yoki bu asosga tayaniş.
Navoiyni Navoiyning himmati va yordamisiz öqib-örganiş ança qiyin. Bu nima degani? Avvalo, dunyoga, hayot va insonga mutafakkir şoir nigohi bilan qaraşga uriniş degani. Navoiy yoqlagan va uluğlagan haqiqatlarni yurakdan ötkazib, qoralagan narsa va tuşunçalarni dil-dildan inkor aylaşga bel boğlang, kutilmaganda köngilda özingizdan norozilik hissi boş kötaradi. Ana şunda Navoiy sözlarini anglaş va hazm qilişda tafakkur kuçi bilan birga maʼnaviy-ruhiy quvvat zarurligiga töla iqror bölasiz. Uluğ şoir qitʼalaridan birida, mana, nima deydi:
Kimki maxluq xizmatiğa kamar,
Çust etar – yaxşiroq uşolsa beli.
Qöl qovuşturğuça bu avlodur,
Ki aning çiqsa egni, sinsa ili.
Çun xuşomad demakni boşlasa koş,
Kim tutulsa dami, kesilsa tili.
Yaʼni: Kimki manfaat tufayli öziga öxşaş bir banda – maxluqning xizmatiga qattiq bel boğlasa, bundan köra uning beli şikastlangani yaxşiroq. Qöl qovuştirib qulluqbozlikni qoyillatişdan köra esa odamning yelkasi çiqib, qöli singani avlo. Agar til xuşomad aytişga boşlasa-çi? Unda nafas tutilib(yoki çiqmay), tilning kesilgani maqbuldir.
Göyo qarğiş “til”i bilan bitilgan bu qitʼa şeʼrxonni ham öziga, ham özgalarga nisbatan murosasiz bölişga çorlaydi. Lekin amaliy uriniş va qiyosiy fikrlaş sönggida öquvçi içki azobdan boşqa bir nima topmaydi. Tirikçilik taşvişu armonlari bilan qurşalgan xaloyiq asrlar mobaynida hurlikdan muteʼlik va tobelikni, ğururdan ğurursizlikni, rostgöylikdan xuşomad va tilyoğlamalikni afzal körgan. Zero, nima yaşaşga yengillik berib, qulaylik tuğdirsa, inson undan ajralişni xohlamaydi. Demoqçimizki, Navoiy talqin qilgan haqiqatlarning mohiyatiga yetiş, zamon talablariga muvofiq ravişda ularni rivojlantiriş uçun öquvçida nainki aqliy, balki maʼnaviy-ruhiy imkoniyat ham baland bölmoği şart.
– Oçiği, bir jihatdan, bugungi yoş avlod Navoiyni tuşunmayotganidan (öqimayotganidan deya olmadim) xursand bölaman ham. Negaki, orada beş yarim asrdan ziyod vaqt (ammo uluğ şoir hamon asrimizdan oldinda ekanini aytib ötdik) yoki murakkab til, ajnabiy sözlar emas, butun başariyatga maʼnaviy rahnamo bölgulik uluğ daho “tösiq” bölib turibdi. Boşqaçaroq aytsak, biz yoşlar Navoiyni tuşunmayotgan ekanmiz, bunga buyuk mutafakkirning özi “aybdor” göyo. Zamonaviy til bilan aytganda, “supperinson” – Navoiy olamiga böylaşga har kimning, ayniqsa, hali deyarli heç narsa qölidan kelmaydigan beqaror tuyğular egasining yuragi betlarmidi? Şuning uçun ham men öz-özidan “Navoiyni öqiyapman” deya kökrak kergan tengdoşimning gaplaridan şubhalanaman. Albatta, bu yerda gap uqib öqiş haqida ketmoqda. Tabiiyki, Navoiyni öqiyotgan yoşlar özi sezgan-sezmagan holda boşqalardan özini ustunroq qöya boşlamasligiga kafolat yöq. Uluğ daho dunyosiga hanuz oşno bölib kelayotgan inson sifatida fikrlarimni malol olmaysiz, degan umiddaman. Özingiz “Navoiyni maʼlum manfaatlar, aqliy muddaolar nuqtayi nazaridan turibgina öqimaslik kerak”, deysiz. Aytmoqçi bölganim, Navoiyni öqiş uçun, avvalo, içki ehtiyoj va ruhiy yaqinlik bölişi kerak emasmi? Bugunning yoşlari orasida Navoiyga botinan boğlanganlari bormikan? Yoş navoiyşunoslar orasida-çi?
– Bilasizmi, Alişer Navoiy ijodiyotiga teranroq kirib boriş kişini “maydagina ğolib, maydagina mağlub”lik qismatidan bir qadar qutqazadi. Navoiyşunos bölişning asosiy şartlaridan biri “özlik imorati”ni buziş, yaʼni sifat eʼtibori bilan özini özi isloh aylaşdir. Bu işning öziga yaraşa qiyinçilik va azoblari borki, bularni heç kimga suyanmasdan, har kimning özi hal qiladi. Navoiyni puxta öqib, yaxşi tuşungan yoşlar “özi sezgan-sezmagan holda boşqalardan özini ustunroq qöysa”, buning heç yomon joyi yöq. Navoiyni biliş, istang-istamang, odamni maʼnan va ruhan balandga kötaradi. Ana şunda ruhda çeksizlik, samoviylik iştiyoqi qanot yozadiki, botiniy hayotda ajab holat va manzaralarni körib hayronlar qolasiz. Hamma daho sanʼatkorlar singari Navoiy ijodiyoti ham qalbni söngsizlik zavq-şavqi bilan orziqtiradi. Ruhan Navoiyga yaqinlaşişni közlagan kişi buni albatta eʼtiborga olmoği lozim…
– Maqola va suhbatlaringizda Navoiyni Navoiyga yaqinlaştiriş yoki Navoiyni Navoiydan yiroqlaştiriş borasida gapirib, bugungi maʼnaviy muammolarimizning aksariyati klassik merosdan uzoqlaşiş tufayli kelib çiqqanini kuyinib taʼkidlaysiz. Şaxsan menga mumtoz va zamonaviy adabiyotni bir-biridan ayirmasligingiz, aksinça, birini ikkinçisiga uzviy boğliq holda örganişga daʼvat etişingiz juda maʼqul tuşadi. Yana, ulkan ijodkorlar fikriga tayanib, zamon adabiyoti namunalari öquvçi diqqat-eʼtiborini öziga çuqur jalb eta bilmasa, mumtoz adabiyot bilan aloqa ham susayib boradi, deysiz. Demak, klassik merosdan uzoq ekanimiz zamonaviy adabiyot bilan boğliq ekan-da?
– Heç bir davr, heç qaysi zamonda adabiyot hayot haqiqati va inson taqdirini özi istagan darajada erkin hamda haqqoniy tarzda tasvirlab bera olgani yöq. Bunga qarşi kuçlarning qöli esa doim baland bölgan.
Badiiy asar qaçon qiziqib öqiladi? Qaçonki xalq unda öz turmuşi, ijtimoiy ahvoli va ğam-ğussalarining rost, tabiiy tasvirini körsa. Bir davr adabiyoti bilan ikkinçi bir davr adabiyotini mustahkam boğlaydigan “oltin zanjir” ana şu tajribadir. Şu maʼnoda şijoatsizlik, qaramlik xastaligiga yöliqmagan zamonaviy adabiyot namunalari mumtoz adabiyotni biliş istagini jonlantirib yuboradi. Odam qaysi davr adabiyotini öqimasin, unda iç-içdan özini körgisi, his-tuyğulariga muqobil hol va holatlarni keçingisi keladi. Demak, zamonaviy va mumtoz adabiyotni birlaştiruvçi “köprik” şaxsiyatini butunlaştira olgan kitobxondir.
– Zamon özgardi. Ideallar özgarib ketdi. Şu örinda ideal tuşunçasiga oydinlik kiritib ötişingizni xohlardim. Ehtimol, bizning bu boradagi tasavvur va tuşunçalarimiz öta yuzakidir. Yoşligingizda kimni yoki nimani ideal deb bilgansiz? Ideal(lar)ingiz bugun özgarmadimi?
– Mening qölim yetmagan yulduz,
Tuşlarimda seni körgayman,
– deydi şoir. Menimça, ideal degani ana şu: qöling yetmaydi, lekin orzu va intilişdan ham töxtamaysan. Yoşligimdan to bugungaça mening idealim Hurriyat – Şaxs erkinligi. Odamlarga tegişli idealga kelsak, allaqaçon u parçalanib ketgan. Axir, toğ deb yurganlaring tepa, daryo deb bilganing irmoq ham emasligini anglagaç, ne ahvolga tuşişni tasavvur qilavering.
Ammo ideal ölaroq Yassaviy, Rumiy, Navoiy, Boburga munosabatim zarra qadar ham özgargan emas…
– Kuzatsangiz, axborot va ilğor texnologiyalar asri yoşlari bir ğaroyib. Atrofga aqlning sovuq nigohlari bilan boqayotgan “temir odamça”larni körib qörqib ketasan kişi. Bir tomondan, hamma narsa borgan sari arifmetik aniqlikka böysunayotgan – hisob-kitobli, moddiyatparastlik urçigan davr özgarişlariga real qarayotgan “aqlli”larni tuşunging keladi: axir, hayot özi şunaqa! Ammo köngil, oriflar Allohning nazargohiga mengzagan öşa Köngil-çi? Köngil vodiysiga deyarli böylamay qöygan, tuyğulari quruqşab borayotgan “robotsifat”lar haqida nima deysiz? Köngilşunos olim sifatida tuyğular tarbiyasi qanday bölişi kerak, deb öylaysiz?
– “Temir odamça”larga doir gaplaringizga qöşilaman. Ularni körib, kuzatib men ham ahvollariga açinaman. Işqilib, ularga şundoq toleni ravo körganlarga Alloh insof bersin.
Köngil tarbiyasi barça tarbiyaning tamali bölib, unda hayotiy, axloqiy, diniy, irfoniy tuyğular bir-biridan ajralib qolmasligi lozim. Va köngil nomidan gapirib, köngil dardi, köngil hukmi nimaligini bilmaydigan kimsalar soni keskin kamayişi kerak. Aks holda, köngil degan sözni tilga olişga noloyiq maxluqlar qurşovida qoliş ham heç gapmas.
– “Vatan avomlik balosidan foriğ bölganda qudratli yurtga aylanadi. Vatanda heç kim olomonning nomidan iş yuritmasa va heç kim olomondan tayanç axtarmasa, bu ölkaning har göşasi maʼrifat va maʼnaviyat, tafakkur va haqiqat poytaxtiga teng böladi”. Bu – sizning fikrlaringizdan iqtibos. Hozir butun dunyoni xavotirga solayotgan “ommaviy madaniyat” (“olomon madaniyati”) mohiyatan uşbu sözlaringizga qarşi iş köradi. Jonkuyar ziyoli sifatida bu “madaniyat”ga qarşi kuraş “usul”ingiz bormi?
– Qadimgi Rim faylasufi Seneka “Olomonga qiziq bölgan hamma narsadan qoç!” deydi. Özimça men şu gapga amal qilişga intilaman va olomonning qonini qizdiradigan hirs hamda mayllarni hozir oson payqayman. Eng yomoni, bugun ziyoli degan söz ham nisbiy tuşunça bölib qoldi. Çunki ularning aksariyati aynan olomon vakilidir. Adabiyot, sanʼat, televideniye, radio – hamma-hammasida olomon nigohi, olomon hissiyoti, olomon ovozi va maslagi ustunlikka talpinayotir. Bunga qarşi dadil kuraşilmasa, maʼnaviyat, madaniyat, komillik töğrisidagi fikrlarning bora-bora bir çaqalik ham ahamiyati qolmaydi…
– Söz, sözsiz möjiza. Ayniqsa, ijodkor xalqi bunga şak keltirmaydi. “Söz ruhning qanotidir”, deb yozasiz. Bu uluğlarning uluğ sözlari taʼsiridan bölsa, ajab emas. Bugun esa Söz ham bozorga çiqdi. Yöq, uni sudrab, oyoq-qöllarini kişanlab olib borişdi savdo rastalariga. Açinarlisi, ustoz darajasidagi baʼzi adiblar ham sözbozorda sarson. Biz aslida Sözni najot fariştasi deb bilguvçi edik. Fahmimça, hozir uning özi yordamga muhtojdek, bir zamonlar osmonlarda ozod ruhga evrilib parvoz qilgan Söz bugun poygaklarda loyga qorişgan holda insoniyatdan najot kutayotgandek…
– Millionlab odamlar tinglaydigan zamonaviy qöşiq va aşulalarni aytmay qöya qolaylik. Gazeta, jurnallarda va kitob şaklida bosilayotgan “şeʼr”larni öqiş, menimça, sözning qandoq qiynoqlarga solinib, qanday tahqirlarga giriftor etilganini biliş uçun yetarlidir. Sözni xoru zor aylaş va quloğidan çözib istalgan joyga olib çiqiş haddi aʼlosiga yetdi. Ammo söz ahvolidan oçiq bahs yurituvçi kişi yöq, hisobi. Sözga bunday munosabat keçirilmas gunoh ekanligini ilm va adabiyot ahli anglatmoği ham qarz, ham farz.
– Aksariyat yoşlarning şeʼr, umuman, adabiyot va sanʼat borasidagi tuşunçalari ham özgaça, aniqroği juda sayoz, mavhum. Axir, şeʼr “omon”ga “yomon”ni qofiya qiliş emas-ku! Ammo yoşlar şu qabilidagi gaplarni şeʼr deb qabul qilyapti, öqiyapti, yod olyapti… Qisqasi, bu masalada xos doira bir tomon, omma yana bir tomon. Eng yaxşi şeʼrlar esa “nafis majlislar”dagina qolib ketayotganga öxşaydi…
– Bir hind donişmandi “Insoniyat saraton(rak) kasalligiga davo topişi mumkin, ammo sayozlikka davo topişi duşvor”, deydi. Çindan ham, sayozlik davosiz bir xastalikdir. Siz taʼriflagan yoşlarning köpçiligi sayozlikning “jujuq”laridir. Şeʼr nimaligini özi anglamasa, nimani yozib, nimani yozmaslikni özi hal etolmasa, yozib eʼlon qilgan narsasidan uyaliş hissi paydo bölmasa – ularga heç nimani tuşuntirolmaysiz. Şu bois ham xaltura va qofiyabozlik musobaqasi keyingi yillarda juda avj olib ketdi.
– Şu örinda öquv yurtlari uçun çiqarilgan adabiyot darsliklari, hozirgi til va adabiyot taʼlimi töğrisidagi fikrlaringiz, taklif-mulohazalaringizni aytib ötsangiz.
– Bir adabiyot darsligi haqida gapirib balolarga qolay dedim… Şunga qaramasdan aytay: darslik yozişdan oldin közlangan talab va natijalar aniq belgilanişi kerak. Adabiyot darsligi öquvçining aql-idroki barobarida ruhi, köngli, tasavvur va xayolotiga ham taʼsir ötkazişi zarur. Undagi til va ifoda tiniqligi, tahlil va talqin aniqligini öquvçi uzoq payt eslaşi lozim. Milliy tuyğu, haqiqat va hurriyat hissi, gözallik va nafosat zavqini navqiron avlod qalbida, avvalo, darslik kurtaklantiradi. Bunaqa darslik borligini şaxsan men hali bilmayman.
– Adaşayotgan bölsam uzr-ku-ya, menimça, kitobxonlik ham tuğma fazilat bölsa kerak. Ehtimol, kun sayin kamyob bölib borayotgan bu xislat ham suyak surar, qondan ötar. Özimizni aldab nima qilamiz, yoşlarda borgan sari kitobning qudratiga işonç yöqolib ketyapti. Sababi ayon: heç kim kitob öqib “şahar olib” bermayapti. Yillab, balki, umr böyi qöliga kitob olmaydiganlar ham binoyiday yaşayapti. Bundan taşqari, mutolaa ham mehnat. Undan köra yaşaşning osonroq yöllarini qidirgan maʼqul. Köplab yoşlarda ana şunday kayfiyat hukmronga öxşaydi. Şundanmi, ular moddiy-maişiy orzular ortidan ergaşib borayotganini anglab-anglolmay qolişayapti, şekilli. Ölguday kitobxörlarni körib, ularning hayoti haminqadar ekani yoş qalblarni qoniqtirmayotgan bölişi ham mumkin. Baʼzan haqiqiy kitobxonlarning özi ham boşqalarni kitobdan “sovitayotgan” körinadi. Ularning “ğalati” qiliqlari, öta odamoviligi salbiy taassurot uyğotadi… Bundan taşqari, “Yoşlar kitob öqimayapti” degan taʼna-daşnomlarda köproq badiiy adabiyot nazarda tutilayotganga öxşaydi. Axir, kitob faqat badiiy bölmaydi-ku. Ilmiy, siyosiy, diniy… adabiyotlar degandek… Umuman, kitob öqiş böyiça nimalarni tavsiya etasiz? Qaysi kitoblarni mutolaa qilgan maqbul?
– Bir paytlar maktab darsligida Abdurahmon Jomiyning “Jahonda kitobdan yaxşi yor bölmas” satri bilan boşlanadigan ruboiysini öqiganmiz. Oradan qança vaqt, qança zamon ötdi, lekin men yuqoridagi misrada aytilgan fikrga bugun endi töliq işonaman. Işonaman deyiş kamlik qilar – kitobdan beğaraz, kitobdan beminnat musohib topilmasligiga iqrorim ham bor. Şunday bölsa-da, kitobni köklarga kötarib maqtab, unga kör-körona topiniş tarafdori emasman. Odamlar har xil bölganidek, kitoblar ham turliça: biri mohiyatan yaroqsiz, ikkinçisi yolğon va aldov tarğibotçisi, boşqa birlari isteʼdodsizlik va örtamiyonalik namunasi… Şuning uçun hamma kitob ong va idrokka yaxşi taʼsir ötkazib, fikrni boyitadi, degan gapni esdan çiqariş kerak. Negaki, zehnni ötmaslaştirib, did va saviyani buzadigan kitoblar ham dunyoda kam emas. Masalan, yozuvçi, şoir va olimlardan köpçiligining şu kunlarda naşr etilayotgan kitoblarini öqimagan kişi heç nima yutqazmaydi. Töğri, kitobdan yiroqlaşuv oğriqli bir masalaga aylanib qoldi. Ammo buni fojiaga qarab burmaslik kerak. Tasavvur etaylikki, hamma birdaniga kitobxonlikka şönğib ketdi – nima özgaradi? Ilm-fan, badiiy adabiyot tarmoqlariga qarab odamlar ongida avvalgiga nisbatan fakt va maʼlumot köproq yiğiladi, fikr-tuşunçalarda baʼzi özgarişlar yuzaga çiqadi. Biroq odamning Özligi, yaʼni başariy “men”ida heç qanday siljiş, yangilaniş röy bermaydi. Bunga sabab nima? Sabab – din, falsafa, adabiyot, sanʼat va siyosatga bağişlangan köpdan köp asarlarning inson Ruhiga teran taʼsir ötkazolmasligi hamda uning işonç “qalʼa”sini işğol eta olmasligidadir.
Şunday kimsalar borki, xastalikni xastaliklari uçun, riyoni riyokorliklari uçun sevişadi. Va şu sevgi tuğyoni bilan boşqalarga taşlanişadi. Taşlangan sari göyo botinlari yorişadi. Bunday kin va adovat qaşqirlarining feʼl-atvorini heç qanaqa kitob bilan isloh qilib bölmaydi. Bas, şundoq ekan, kitobni kitobdan favqulodda jiddiyat ila farqlab, keyin uning kuç-quvvatini baholaş joiz.
Ayrim kitoblar öquvçining hayotga aralaşiş ehtirosini pasaytirib, unda kitobiylik könikmasini orttiradi. Oqibat nima böladi? Hayotiy his-tuyğulardan kitobiy mayllar ğolib çiqib, inson voqelikka hurkib, çöçib-qörqib qaraydigan va quruq muşohadadan nari ötolmaydigan bir jonzotga öxşab qoladi. Odatda, mana şunday kimsalarning kitobxörlik “talant”i yoşlar ongiga yomon taʼsir ötkazadi.
Xullas, hadeb kitob öqimaslikning ziyoni haqida gapiravermasdan, kitob öqişdan tuğilajak zararlardan ham sözlaş kerak. Ana şunda muammoning “köz”i oçilib, tanlab öqiş malakasi ustida jiddiy boş qotirilişi mumkin.
“Ommabop kitoblarda badböylik bor. Çunki ularga mayda odamlarning hidi singmiş”, deydi F.Nitşe. Bu – töğri fikr. Töğriligi uçun ham bora-bora bunaqa kitoblarni qölga olib varaqlaş istagidan tamoman foriğ bölamiz.
Ibrohim HAQQUL Buxoro viloyati Şofirkon tumanida tuğilgan. Mumtoz va zamonaviy adabiyot tadqiqiga bağişlangan “Badiiy söz şukuhi”, “Zanjirband şer qoşida”, “Şeʼriyat – ruhiy munosabat”, “Abadiyat farzandlari”, “Tasavvuf va şeʼriyat”, “Taqdir va tafakkur”, “Navoiyga qaytiş”, “Meros va mohiyat” kabi kitoblari çop etilgan. Olimning ayrim maqola va kitoblari turk, uyğur, ozarbayjon, tojik va rus tillariga tarjima qilingan. Köp yillardan buyon Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat yuritadi.
Behzod FAZLIDDIN suhbatlaşdi.
“Yoşlik”2013/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


