9 daqiqada öqiladi

204 marta körilgan

Mudom yuksalgaydir parvozlarimiz

Ravşan Ermatov

FIFA referisi Ravşan ERMATOVning futbolçilik faoliyatini qanday tugatgani va  hakamlikka qanday qadam qöygani haqida lavha

– Uka, inson irodali bölişi kerak, – deydi şifokor yoş yigitning yuziga tuşkunlik ina boşlaganini körgaç. – Sen hayotingni endi boşlayapsan. Futbol öynamaslik fojia emas, nasib etsa, futboldan ham boşqa biror sohani tanlab, köp muvaffaqiyatlarga erişasan hali. Mana, körasan…

Öşanda u yigirmaga ham tölmagan yigitça edi.

Bu yoşda kişining orzulari osmon böladi. Heç kim bu orzularining kelgusida orzuligiça qolib ketişiga işonmaydi, nimaga intilayotgan bölsam, yetişaman, deb öylaydi. Umid – odamning eng dilbar yöldoşi. Alloh ato etgan uluğ neʼmat. Bolaligidan zör futbolçi bölişi mumkin, deya isteʼdodi yuksak baholangan, özi havas qilgan Birodar Abdurayimov, Mirjalol Qosimov, Igor Şkvirin kabi futbolçi bölaman, deb niyat qilib yurgan öspirin faoliyatining dastlabki yillaridanoq oğir jarohat olişini, oqibatda futbolçilik faoliyatini yakunlaşini bilganida nima bölardi?.. Holbuki, Yaratgan uning dilidan umidni olmadi, ğayrat-şijoatdan qismadi, mehnatsevar qildi…

Kutilmagan jarohat (bolaligida şikastlanib, söng tuzalgan oyoği futbolçilik davrida yana jarohatlanadi) uning kelgusi faoliyatiga taʼsir etdi. Bu – ön töqqiz yaşar yigitça uçun oğir zarba böldi. Axir, qança orzu-umidlari bor edi uning. Jahon çempioni bölmoqçi edi. Nahot, u yuksak orzulardan voz keçsa! Nahotki, umid olovini birgina sovuq söz söndiradi? Bu şunçalik osonmi?

– Yöq, – deydi u öziga-özi qatʼiy. – Yöq! Men taslim bölmasligim kerak…

Karavotda yotar ekan, derazadan quyoşning zarrin nurlari kirib, xonasini nurafşon etayotganini köradi.

«Keçasi bilan uxlamabman-a, – xayolidan ötkazadi u, – tong ham otibdi, oftob çiqibdi. Men bölsam… Mijja qoqmabman…»

Siniq jilmayadi. Biroq bu jilmayişda allaqanday umid va yaxşi niyatning bilinar-bilinmas uçquni bor edi.

– Bugun bu oddiy dardga yengilsam, mağlubiyatlarga könikuvçan bölib qolmaymanmi? – deya öziga-özi piçirlaydi u. Şu onda xonasiga kimdir ohista qadam taşlab kelayotganini sezadi.

«Oyim, – deydi köngli bebaho bir haroratni tuyib. – Oyijonim! Adam ikkovlarini köp qiynab yubordim-da. Keça-kunduz parvona, jim yotişimni körib, uxladi deb öylagan bölsalar kerak… Mehribonlarim…»

U tun böyi miriqib uxlagan qilib körsatiş uçun özini dadil tutişga urinadi.

– Yaxşi dam oldingmi, bolam?

– Zör, oyijon, özingiz-çi…

Anisa aya öğlining közlariga termiladi:

– Bugun ham uxlamabsan-da, Ravşan?..

Fasl tanlamaymiz. Hammasi bahor,

Qovjiraydi faqat yolğon-yaşiqlar.

Biz abadiy nekbin. Mangu umidvor.

Biz – köngli sovişni bilmas oşiqlar.

 

Qişlar va bahorlar, yozlar va kuzlar,

Biz uçun barobar yangroq torlardir.

Yerga yoğa olmay yongan yulduzlar

Bizlar qalovini topgan qorlardir.

 

Toğdek toqatlardan mömiyodek sirqib,

Döstlarga atalgan dil rozlarimiz.

Qanotimiz pölat. Heç bölmas qirqib.

Jaranglab turadi parvozlarimiz.

(Matnazar Abdulhakim, «Iroda»)

2000-yilning qişi. Futbol jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlik köriş asnosida turli musobaqalarda, örtoqlik uçraşuvlarida iştirok etişar, öz oldiga ulkan maqsadlar qöygan 23 yaşar bir yigit ham navbatdagi mavsumga hozirlik körardi. Şu orada uni Qaşqadaryoda futbol böyiça viloyat hokimi kubogi musobaqasida hakamlik qiliş uçun çaqirib qolişdi. Mamlakat çempionati oliy ligasida qanot hakami, ikkinçi ligada esa boş hakam sifatida faoliyat olib borayotgan yoş yigit uçun bu ajoyib çorlov edi. Omadi kulib, final uçraşuvini boşqariş unga işonib topşiriladi.

Öyin qizğin keçayotgan bir pallada, viloyatda mehmon bölib turgan, uşbu uçraşuvni bevosita stadionda kuzatayotgan taniqli murabbiy, futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasini 1994-yilgi Osiyo öyinlari ğoliblik şohsupasiga olib çiqqan Rustam Akramov yonidagi şeriklaridan «Bu yigit kim?» deb söraydi maydondagi hakamga imo qilib. Maşhur futbol mutaxassisining bu yangliğ eʼtibor berişi, alohida qiziqişi uçun jiddiy sabab bölişi kerak edi.

– Yoş sudyalarimizdan, Ravşan Ermatov… Hali juda yoş-da, – deydi bir kişi özlari taşkil etgan musobaqada hakamlik qilayotgan yigitning xatti-harakatlarini göyo «oqlayotgandek» ohangda. – Rustam aka, nima, u qandaydir… xato qilib qöydimi-a?

– Qayerda hakamlik qiladi? – hamon öşa alfozda söraydi Rustam Akramov.

– Ikkinçi ligada.

– Bunday saviya bilan u «oliy»da işlaşi kerak…

– Yoşligimda jarohat olib, olti oy davolanişimga qaramay, futbolçilik faoliyatimni yakunlaşga majbur bölganman. Bundan qattiq qayğurganman, – deydi jarohat olgan yillari, söng yana katta futbolga qaytgan damlari haqida Ravşan Ermatov. – Ana şunday kunlarimda menga oilam suyanç böldi. Agar yaqin insonlarim, otam, onam, opalarim, jiyanlarim bölişmaganda, özim sevgan sohadan butunlay ketişim mumkin edi…

U hikoya qilar ekan, birorta sözini qoldirmasdan daftarimga yoza boşlayman. Mana, u bolalik yillari, futbolçi böliş orzusi, uning amalga oşmagani, hakamlikdagi ilk qadami haqida gapirayapti. Qölim bu sözlarni qoğozga tuşirayapti, ammo xayolimning bir çekkasida boşqa bir manzara: töp tepayotgan bolalar, «Oşir! Qani, böl, tep!» deya şovqin solib, qiyqirişib futbol öynayotgan öspirinlar, maydonning bir çekkasida ötirgança, ularga havas bilan boqayotgan ön töqqiz yaşar yigitça. Ana, atigi bir neça kun oldin özi bilan bir jamoada töp surgan dösti. Bugun ham maydonda jon-jahdi bilan öynayapti. Bu esa… Lablari kulaman deydi-yu, közlari jiqqa yoş… U endi futbolçi bölolmaydi…

– Men uçun hammasi tugagandek edi, – deya davom etadi Ravşan Ermatov. – Hatto öşa kunlari futboldan butunlay voz keçiş haqida öylay boşlaganman. Umidsizlikdan yomoni bölmas ekan. Bilasizmi, şunday vaziyatlarda hammasiga qöl siltaydiganlar ham böladi. Baʼzi tösiqlarni, omadsizliklarni «orzular çegarasi» deb biladigan, intilişdan töxtaydigan yoşlarni körganman. Men ham şulardek bölişim mumkin edi…

Öğlining qalbida nimalar keçayotgani Anisa aya bilan Sayfiddin akaga maʼlum edi. Jigarbandini bu qoronğu damlardan olib çiqiş uçun ular eng yaxşi çorani qöllaydilar. Yuzlab bolalar va ösmirlarni tarbiyalagan tajribali murabbiy, mohir pedagog Sayfiddin Ermatov öğlini murabbiylik kurslariga qatnaşga köndiradi.

– Murabbiylik avvaliga zerikarli körindi, – degança kulib eslaydi referi. – Yaqindagina özim maydonda yugurib yurardim. Bugun bolalarni şuğullantiriş… Dam oliş kunlari Toşkentdagi «Çiğatoy» stadionida ösmirlar örtasida şahar birinçiligi ötkazilardi. Otam murabbiy, men u kişiga yordamçi edim…

Buyoği juda tez rivojlanadi. Qaysidir öyinga hakam kelmay qoladi. Kimdir uning işini bajarişi kerak edi. Bu iş yordamçi murabbiylardan biriga – Ravşan Ermatov zimmasiga yuklanadi.

– Ravşan, öyinni özing boşqarasan!

Otasining bir sözli ekanini bilgan qahramonimiz bu «hukm»ga qarşi borolmaydi.

– Futbolçilik paytlarim hakamlarni yomon körardim, – deydi Ravşan aka jilmayib. – Adamning qistovlari bilan özim «sevgan» işni noiloj bajarişga kirişdim.

Xatti-harakatlaridan heç kim bu işni u birinçi marta qilayapti, deb heç kim öylamasdi. Hamişa hakamlardan norozi böladigan ota-onalar, murabbiylar öyinni jim kuzatişadi. Ularda eʼtiroz tuğdiradigan birorta vaziyat sodir bölmaydi.

– Bilasanmi, öğlim, harakatlaringni kuzatib,  sendan juda yaxşi sudya çiqarmikan, deb öylab qoldim, – deydi uylariga qaytişar ekan, yölda Sayfiddin aka. – Boşqalar oğzidan ham şu gapni eşitib xursand böldim, öğlim…

Qattiqqöl, qatʼiyatli, unça-munçaga maqtayvermaydigan Sayfiddin akaning bu eʼtirofidan Ravşanning köngli kötariladi. Biroq otasining salobati boismi, farzandlik andişasi tufaylimi, nima deyişni bilmas, içida quvonib tursa ham, uni bildirolmas edi. Kulimsirar ekan, «Bilmadim, ada…» deya oladi arang.

Gohida şunday holatlar böladiki, bir oğiz söz inson hayotini butkul özgartirib yuboradi. Bolalarni sunnat qilib qöyuvçi samarqandlik usta Tangriqul Boboqulov yoşligida bir oqil raisning işonçi bilan şu qutluğ kasbni egallab, hayotida baraka topganini özi aytgan, yaqin döstim öspirinligida bir odamning «sendan advokat çiqarmidi, holingga qarab niyat qilsang-çi», degan aççiq gapidan söng ança paytgaça öziga kelolmay, öqiş-yozişni taşlab qöyganini aytib bergan, ularni eşitib, sözning qudratiga ming karra amin bölgan edim.

Otasining dalda bağişlovçi bu eʼtirofidan köngli toğdek yuksalgan Ravşan Ermatovda endi yangiça iştiyoq, baland çöqqilar sari undovçi şijoat paydo böladi.

Professional hakamlik bilan şuğullanayotgan yigitning Qaşqadaryodagi futbol öyiniga taklif etilganini, uni odilona boşqarganini, ehtimol, «şunday bölişi tabiiy edi» yoxud «bu oddiy tasodif-ku», «yöq, şunçaki omad nişonasi bölgan» qabilida izohlaş mumkindir. Biroq haqiqat şuki, u mana şu darajaga yetişi uçun hayotining eng quvnoq, beğubor, gözal onlarini qurbon qilgan, aziz orzusini – futbolçilikni hakamlikday sermaşaqqat, balki ğavğoli işga almaştirgan edi.

– Bunday saviya bilan u «oliy»da işlaşi kerak, – deydi Rustam Akramov, maydonda qatʼiylik bilan qaror çiqarayotgan, yoşligi şundoq körinib turgan, biroq katta yoşli futbolçilarga-da öz qarorlarining haqligini isbotlab bera olayotgan istarasi issiq yigitdan közini uzmay.

– Oliy ligada boş hakam böliş uçun yoşi yetmaydi, reglamentda şunaqa, – luqma taşlaydi kimdir.

Biroq hammasi isteʼdodli hakam uçun ajoyib yakunlanadi. Uşbu musobaqadan söng unga oliy liga öyinlarini boşqariş huquqi beriladi.

Şoirning:

Yaxşilarning mehri unutilar, lekin

Unutilmas ular oldidagi qarz…

– misrasi aynan mana şu holat uçun ijod etilgandek, nazarimda.

Futbolni tuşunadigan, isteʼdodlarni payqay oladigan fidoyi insonlarning yaxşiligi bilan Ravşan Ermatov hakamlik faoliyatidagi eng katta va zalvorli qadamni qöygan edi.

Meni hamişa şunday savol qiziqtirib kelgan: «Nima uçun bolalikdagi pokiza orzularning köpi amalga oşmaydi?». Buni kimdir ijtimoiy hayot bilan bolaning orzulari örtasidagi nomutanosiblik, isteʼdod, bilim, qobiliyat va boşqa «obyektiv-subyektiv» sabablar bilan tuşuntirib berar. Ammo, menimça, öşa turli-tuman faktorlarni boşqarib turadigan, insonni içki va taşqi xavfli omillardan saqlab, faqat olğa boşlaydigan, butun salohiyati, ruhiy-maʼnaviy quvvatini bir maqsad yölida safarbar etadigan uçta tuyğu bor. Bular – muhabbat, iroda va işonç.

Osiyoda tört marta yilning eng yaxşi hakami deb tan olingan, jahon çempionati, Olimpiya öyinlari va qitʼa kubogi musobaqalarida hakamlik qilib kelayotgan FIFA referisi, yurtdoşimiz Ravşan Ermatov yoşligidan ana şu tuyğularni qalbiga mustahkam jo qila olgan, ularning qatʼiy maqsad yölida qanday kuçga aylana olişi mumkinligini his etgan edi.

Biz köpinça maşhur sportçilar, siymolar haqida gapirganimizda, oddiy odam emas, qandaydir özga sayyoralik bir zot haqida sözlayotgandek gapiramiz. Şundayki, göyo ulardek böliş ilojsiz; şundayki, ular erişgan martabaning manzili bizning Ona Yerimizda emas, allaqanday sayyorada; şundayki, ularda bunday mavqega erişiş uçun özgaça qobiliyat, odam zotiga xos bölmagan xususiyat bor… Vaholanki, ular ham siz bilan menga öxşagan odamlar. Ular ham bola bölişgan, ösmirlik, yoşlik damlarini ötkazişgan. Farqi şundaki, ular maqsad yölida sobitqadam bölganlar, beqaror emas. Ular orzu qilişni ham, orzu yölida intilişni ham bilişgan. Yölida uçragan tösiqlarni sabr-toqat, matonat, iroda bilan yengib ötişgan. Yarim yölda «böldi endi, şunisi ham menga yetadi» deya qolib ketişmagan.

«Heç bir yoş yigit özining iqtidoridan şubha qilmasligi kerak» degan ekan psixolog Vilyam Jeyms.

Millionlab futbol muxlislari mehrini qozongan (hakamlikda şunday mavqega ega böliş hazil gap emas), bolalarning sevimli kumiri Ravşan Ermatov ham öz iqtidoriga zarraça şubha qilmagan edi. Uning yutuqlarida öziga bölgan ana şu işonç ham muhim örin tutganiga şubha yöq.

Zero, isteʼdodli odamlar hamişa öziga işonib yaşaydi.

Elmurod NIŞONOV 1986-yilda Samarqand şahrida tavallud topgan. Özbekiston Davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. (2005-2009)

Hozirgi kunda “Turkiston” gazetasida xizmat qilmoqda.

“Yoşlik” 2013/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)