Bugungi adabiyotimizda poeziya, proza va hatto dramaturgiyada bir-biridan talantli va umidli yoşlar paydo bölayotgani quvonarli hol, albatta. Ammo adabiy tanqidçilikka dadil kirib kelayotgan yoşlarning nisbatan kamligi bu sohaning buguni va ertasi haqida jiddiy öylaşga majbur qilayotir. Oğizga tuşgan yoşroq tanqidçilarimiz ham qirq yoş atrofida. Deyarli har oyda ilmiy kengaşlarimiz kamida ikki nafar fan nomzodi tayyorlaydi. Negadir, bular dissertatsiya yoqlagunça 4-5 ta maqolani bir amallab çiqaradilar-u, keyin suvga tuşgan toşdek yöq bölib ketadilar. Iqtidorli adabiyotşunos va tanqidçi örinbosarlar voyaga yetmayotganligining boisi qayerda ekan? Nimaga bu janrga qiziquvçilar kam?
Vaqtli matbuotga nazar taşlaganimizda ham talaba çoğlaridanoq adabiy jarayonga faol aralaşib, köpçilikning eʼtiborini tortadigan maqolalar bilan çiqayotgan yoş munaqqidni topiş qiyin.
Adabiy tanqid hozirjavoblikni va juda katta mehnatni talab qiladi, desak, şeʼriyat-çi yoki proza-çi! Yoki “biroz nafas rostlab”, adabiy hodisalar “biroz tinib” söng tadqiqotni talab qiluvçi adabiyotşunoslikda ham muhim nazariy masalalarni dadil hal qilib beruvçi yirik, monumental ilmiy asarlarga qöl urgan yoşlarning körinmayotganligi-çi!
Nazarimda, yoşlarda talabalik çoğlaridanoq bu zarur sohaga muhabbat uyğotiş, yönaltiriş kerakka öxşaydi. Şunçaki fan nomzodlari emas, balki adabiyotşunoslik rivojiga va birinçi navbatda adabiyotimiz takomiliga, mafkuraviy işimizga katta yordam beradigan haqiqiy olimlarni, öziga xos yöli, ovozi va uslubiga ega tanqidçilarni tayyorlab yetkazişimiz kerak. Sir emas, aspiranturaga ilmda layoqatsiz, kimningdir erka öğil yo qizini oliş hodisasi ham yöq emas. Bundaylar nari borsa fan nomzodi va hatto fan doktori bölişi mumkin-u, ammo çin maʼnodagi olim bölmaydi.
Adabiy tanqid ham badiiy adabiyotning bir tarmoği. Şunday ekan, bu sohada ham adabiy jarayonga va voqelikka öz pozitsiyasidan mustaqil turib qaragan, öz nuqtayi nazariga ega, öz ovozi, öz uslubi, öz yöliga ega odamlargina işlaşi va jamiyatga foyda keltirişi mumkin. Adabiyot tanqidçisi adabiy hodisalarni ğoyaviy-estetik tahlil qiluvçi, ularga çuqur ilmiy baho beruvçigina emas, balki ötkir hayotiy muammolarni publitsistik yöl bilan muhokama qiliş va hal etişda faol iştirok etuvçi ijodkor hamdir. Adabiy tanqidçi yozuvçi kabi özligi – “Men”ini körsata oluvçi şaxsdir. Tanqidçining “Men”i adabiy asardagi boş fazilat – yangilikni, adabiy jarayondagi yetakçi, ilğor tendensiyani ilğay oliş va faol qöllab-quvvatlaşida, adabiy asar hamda adabiy jarayondagi qusurlarning ildizlarini topa bilişida, öz mulohaza va fikr-ğoyalarini maroqli, asosli, qiziqarli qilib ifodalaşida körinadi, ayniqsa, birinçi navbatda haqiqatni qattiq himoya qilişida namoyon böladi. Iqtidorli adabiy tanqidçi yoki adabiyotşunosni tayyorlovçi asosiy soha bölmiş aspirantura özi tayyorlayotgan fan nomzodining şu öz “Men”iga ega bölişiga, yaʼni ilmda mustaqil yöldan ketişiga har doim ham yordam beryapti deya olmaymiz: törtta dissertatsiyani öqib, beşinçisini, yaʼni “şörvasining şörvasini” tayyorlaş hodisasi tez-tez uçrab turibdi. Bu illat yana bir boşqa illatning ham – kitobdan kitob yasaşni ham tuğdirmoqda. Badiiy ijoddagi sxematizm, kitobiylik kasali adabiy tanqidçilikda va adabiyotşunoslikda ham körinmoqda: kimningdir kitobidagi fikr-mulohazalarni öz sözi bilan bayon qilib (albatta, biror yerda öşa kitob muallifining kamçiligini topib tanqid qilib, el köziga özining mustaqilligi körsatib ham qöyiladi), yangilik deb taqdim etilmoqda. Hamza, A.Qodiriy, Oybek, Ğ.Ğulom, H.Olimjon, Uyğun, Mirtemir, K.Yaşin va boşqa qator yozuvçilarimiz töğrisida köplab yirik monografiyalar yozilgan. Keyingi paytlarda bu adiblar töğrisida ilmiy unvonlar oliş maqsadida dissertatsiyalar yozildi, kitoblar çiqarilmoqda. Lekin bular orasida yangi söz aytgan, mazkur ijodkorlarning oçilmagan qirrasini kaşf etgan işlarni topiş qiyin.
Biror yangi asarga turli gazeta va jurnallarda bosilgan retsenziyalar ham ikki tomçi suvdek bir-biriga öxşaydi. Hatto bir asar töğrisida ikki xil fikr ruknida berilayotgan maqolalarda ham şu ikki xil fikrni, bahsni topiş qiyin. Bunday ilmiy iş va maqolalarning ziyoni badiiy asar, adabiy hodisalarni baholaşgagina tegib qolmaydi, balki, eng avvalo, şu asarlar mualliflarining kamol topişiga, öz ovozi – “Men”iga ega bölişiga monelik qiladi. Albatta, bu “oqsoqol” tanqidçilar va adabiyotşunoslar faoliyatida uçrovçi kamçiliklar ham yoş tanqidçilarning şakllanişiga tösiq bölayotgani sir emas. Eng avvalo, öşa taniqli tanqidçilarimiz ijodida adabiy jarayondagi yirik va ötkir nazariy masalalar, adabiyotimizning öq tomiri, dard-taşvişlari bilan jiddiy şuğullaniş yetişmaydi. Ularning aksariyati retsenziyalar, juda nari borsa, obzor maqolalar yoziş va şular yiğindisidan kitob qiliş bilan çegaralanmoqda. Özbek adabiyotida tipiklik, konflikt, syujet va kompozitsiya, obraz va til, adabiyotdagi milliy va umuminsoniy jihatlar, mahorat masalalari xususida deyarli heç qanday jiddiy işlar yozilmayapti yoki yöl-yölakaygina baʼzi fikrlar aytilmoqda, xolos. Mening nazarimda, özbek tanqidçiligida örtamiyona asarni köklarga kötarib maqtaş yoki insoniyat badiiy olamida yangilik qilmagan, adabiyotni oldinga siljitmagan yozuvçini klassik yozuvçi darajasiga çiqarib qöyiş hollari köp uçramoqda. Natijada u öz asarini ğoyaviy-badiiy mukammallaştirişdan köra obrö-mukofot talab qiliş töğrisida köproq öylaydi. Tanqidçi yozuvçiga yangi, aktual mavzuni kötargani va şakldagi şunçaki eksperimenti uçun baho berişi kerak emas, balki voqelikka, hayotga va odamlarga yangiça, mustaqil yondaşişiga, ğoyaviy-badiiy pozitsiyasiga, davrning ötkir ijtimoiy-siyosiy-axloqiy talablariga neçoğlik teran javob berişiga qarab baholaşi lozim.
Nazarimda, yoş tanqidçi badiiy asarning kaşfiyot yoki kaşfiyot emasligini töğri ajratib olişi, yozuvçining öziga xos ovozi, yöli, uslubi borligini sezib olişi uçun, albatta, adabiyot tarixini va klassik adabiyotdan tortib to hozirgi davr adabiyoti vakillarining ijodini puxta bilişi kerak böladi. Aytaylik, yirik olimlarimiz H.Yoqubov yoki I.Sultonov özbek adabiyotini çuqur biladilar, uning har bir davri yoki şu davrning yozuvçisi töğrisida özlarining mustaqil qaraşlari, baholariga ega. Ularning badiiy asar, adabiy jarayon yoki biror yozuvçiga bergan baholarida odil, töğri, prinsipial ilmiy baho aytilişining sabablaridan biri şu yerda. Söngra ular adabiyot nazariyasini puxta biladilar. Afsuski, yoş tanqidçilarimiz adabiyot nazariyasiga doir masalalar bilan kam qiziqmoqdalar…
Ijodiy jarayon, ijod falsafasi bilan qiziqqan M. Mahmudov yoki özbek adabiy tanqidçiligi taraqqiyot yöllari, uning nazariy va metodologik asoslarini körsatib beruvçi ikki monografiyaning muallifi B. Nazarovni yoş tanqidçi deb bölmaydi. Hozirgi yoş, umidli tanqidçilar töğrisida öylaganda “Şeʼriyatning tiniq osmoni” kitobining va qator prinsipial maqolalarning muallifi O.Abdullayev, “Tanqid va uslub” kitobining muallifi Ö. Ötayev, “Çeçanlikda sözga suvdayin oqib…” nomli original kitobi bilan eʼtiborni tortgan M. Qöşmoqov, “Kuraşçan şeʼriyat”, “Isteʼdod, eʼtiqod, zamon” kitoblarining muallifi B.Norboyev, “Teran tomirlar” asari va qator jiddiy maqolalar muallifi M.Saʼdiy, bir neça kitob va maqolalar bilan eʼtiborni tortgan N.Komilov, A.Kattabekov, N.Xolliyev, R.Otayev, I.Haqqulov, şuningdek, ilmiy-nazariy puxta maqolalar eʼlon qilayotgan Ahmad Aʼzam, Hamidulla Boltaboyev, Ahmad Otaboyev, Mansur Tenglaşev va boşqalar esga keladi. Bularda umumiy fazilatlar ham, özlariga xos jihatlar ham, muştarak yetişmovçiliklar ham bor. Bu, albatta, ularning ijod qilayotgani, izlanayotgani va öz “Men”iga ega bölişga urinayotganining natijasidir. Ularning aksariyati bugungi adabiy jarayonga, ayniqsa, yoş ijodkorlarning izlanişlarini tadqiq etişga qiziqişadi. Bu tabiiy, albatta. Çunki keyingi yillarda adabiyotimizga umidli, yorqin talantlar dadil kirib kela boşladi. Usmon Azimov, Xayriddin Sultonov va Toğay Murod, Murod Muhammad Döst va Erkin Aʼzamov kabi önlab yoş ijodkorlarimiz köpçilikning diqqatini tortdi. Ularning asarlari, ijodiy kaşfiyotlari munozaralarga sabab bölmoqda. Yoş tanqidçilarimiz maqolalarining bahsli, munozarali bölişini ham adabiy jarayondagi şu yangi talantlar asarlari taqozo qilmoqda. Bular adabiyotdagi yutuqlardan samimiy quvonadilar, ğururlanadilar. O. Abdullayevning “Şayxzoda saboqlari”, “Bilib yozgan yaxşi” (Ş. Xolmirzayev bilan hamkorlikda yozilgan), “Tanqidçilikdagi nur va soyalar” kabi maqolalari, tarjima töğrisidagi kuzatişlari ilmiyligi va jangovarligi bilan ajralib turadi. Bularda uning adabiy hodisalarga çuqur tarixiylik prinsipidan kelib çiqib yondaşişi yorqin körinadi. Töğri, u baʼzi retsenziyalarda badiiy asarning mavzu va ğoyasi muhimligi uçungina yuqori baho berib, meʼyorni buzadi.
Najmiddin Komilov işlaridagi çuqur ilmiylik, ötkir publitsistik ruh, izçillik va dalillilik diqqatga sazovor. U tarjimaçilikdagi ijobiy tendensiyalarni va qusurlarni yaxşi ilğab oladi, ular xususida kuyunib yozadi. Maʼlumki, yurtimizda tarjima asarlari köp bosiladi. Bular orasida mahorat bilan originalning ruhi, fayzi, şirasi, nafosatinni saqlagan quyma tarjimalar ham, şuningdek, aslining ğoyaviy va badiiy qudratini butunlay tuşirib yuborgan yengil-yelpi tarjimalar ham bor. Biroq şu tendensiyalarni dadil tahlil qilib, eʼtiborli, jiddiy sözni aytib turadigan tarjima tanqidçilari deyarli yöq desa böladi. Şuning uçun ham N.Komilovning izdoşlarini kutamiz.
Ibrohim Haqqulovning şeʼriyatimiz, ayniqsa, yoşlar ijodi töğrisidagi qator maqolalarida bu janr tabiatini nozik tuşunişi yorqin körinib turadi. Buning boisi bor. U, eng avvalo, iqtidorli adabiyotşunos. Biroq I. Haqqulovning qator maqolalarida klassik şeʼriyatimizga doir işlariga xos ilmiy teranlik, çuqur bosiqlik yetişmaydi. Ortiqça-bemeʼyor his-hayajonga berilib ketib, nomatlub fikrlar va jumlalarni yozadi. Olim bir maqolasida adabiy tanqid töğrisida sözlab turib “U ruhiy qahatçilik jafolari nimaligini boşidan keçirayotir. Undagi hissiy idrok hali kişini quvontira olmaydi. U dunyoga mustaqil va falsafiy nazar bilan qaraş uçun to hanuz teran bir malaka paydo qilgani yöq”, deydi. Bu juda keskin va bir yoqlama fikr. Har bir narsaga, jumladan, adabiy tanqidga ham tarixiylik prinsipidan kelib çiqib yondaşiş va baholaş kerak. Adabiy tanqidçiligimiz tarixidagi qiyinçiliklar, baland-pastliklar bir tomondan uning ösiş-kamolot qiyinçiliklaridan bölsa, ikkinçi tomondan ijtimoiy hayotdagi murakkabliklar tufayli yuz berdi. Bulardan qatʼi nazar, adabiy tanqid badiiy adabiyotimiz taraqqiyot darajasining mahsuli edi. Ayni çoqda u adabiyotimizning bugungi darajaga kötarilişida qölidan kelgan uluşini qöşdi va qöşib kelmoqda. Adabiy jarayondagi boş, yetakçi tendensiya bilan ikkinçi darajali hodisalarni aralaştiriş yoki tenglaştiriş töğri emas.
Ayrim yoş tanqidçilarimiz badiiy asarning şakli, janri va umuman şoirning eksperimentini tahlil etiş, maqtaş bilan mahliyo bölib, asarning ijtimoiy mohiyatini baholaşga u qadar diqqat qilmaydilar. Har qanday yangi va gözal şakl davrning katta haqiqatini ifodalaşga xizmat etsagina qimmatga ega böladi. Mirtemirning “Tanqidçilikning Sizning ijodingizga bergan bahosi haqida nima deysiz! Qaysi xizmatingizni ular qayd qila oldi, qaysilarini fahmlab yetmadi!”, degan savolimizga bergan javobi hozir yuritayotgan bahsimizga bevosita aloqador.
“Talay mavzularni muallaqlikdan qutqarganimni eʼtiborga olişmaydi-ku, – deydi Mirtemir. – Maqtaniş deb öylamang, domla! “Ona” mavzusini hayotga va inson qalbiga yaqinlaştirdim, deb öylayman. Isbot hojat emas. Bu mavzu ham şaldiroq taʼrifu tavsif iskanjasidan qutulib qoldi! “Muhabbat” haqida butunlay özimça yondaşganim ham eʼtibordan qolib ketdi. Xalqlar döstligi mavzusida ham (“Daftar”lar) öz söqmoğimdan yurganim – isbot behojat gap, deb tuşunaman va töğri tuşunaman. Köp döstlarim takrorlab tugatolmay yurişibdi-ku, axir. Yoşlar (gödaklar) uçun heç kimnikiga öxşamagan turkum yozganim ham eʼtibordan çetda. Xalq oğzaki adabiyoti taʼsirida tengdoşlarim orasida birinçi bölib “Ajdarni qalamga olganim ham aniğu, biroq tanqid ahli bunga hanuz loqayd va beparvo. Haqiqatdan köz yumiş darajasida beparvo. “Inson” mavzusiga ham daʼvogarman…”
Mazkur qaydlardan körinib turibdiki, Mirtemir, eng avvalo, ijodkorning voqelikka va inson mavzusiga mustaqil yondaşişi, ularning boşqalar oçmagan qirralarini kaşf etişi va badiiy mukammal talqin qilişiga qarab baholaş kerakligiga urğu bermoqda. Bunday fikrni boşqa ijodkorlardan ham keltiriş mumkin.
Hozirgi yoş tanqidçilar töğrisida öylaganda, Botir Norboyev nomi esga kelmasdan iloji yöq. U dadil va faol. Adabiy hodisalarga talabçanlik bilan yondaşadi. Ayniqsa, yoşlar ijodi, jumladan, A. Oripov va boşqa ijodkorlar töğrisida mufassal va muhabbat bilan fikr yuritadi. Şeʼriyatni yaxşi idrok etadi, undagi tendensiyalarni topişga, ayniqsa, kamçiliklarni körsatişga intiladi. Botir Norboyevning “Kuraşçan şeʼriyat”, “Isteʼdod, eʼtiqod, zamon” nomli kitoblari va vaqtli matbuotda bosilayotgan maqolalari tanqidçiligimizga umidli munaqqidning kirib kelayotganidan dalolat beradi. Uning birinçi kitobi “Kuraşçan şeʼriyat” – aniq tahlili va şoirlarning öziga xos xususiyatini ilğab olişi bilan qimmatli. Yoş munaqqid 50-yillar şeʼriyatidagi illatlarni – ritorika, bayonçilikni ilmiy asoslaydi. Biroq muallif bu qusurlarning yetakçi tendensiya emasligini taʼkidlamaydi. Ğ.Ğulom, M.Şayxzoda, Mirtemir, Uyğun, Zulfiya, Oybek, A.Qahhor, K.Yaşin kabi talantlarning yetuk asarlari şu davr adabiyotining boş tendensiyasini, demak, taraqqiyotini belgiladi. Muallifning “Ğ.Ğulom, M.Şayxzoda, hatto yuqorida şeʼrlari tilga olingan Uyğun, S.Zunnunova kabilarning ham 50-yillarda bitilgan asarlari orasida yaxşi şeʼrlar, öqişli misralar uçrab turadi”, degan jumlasidan yetakçi yönalişni zaif asarlar belgilaydi, degan mantiq kelib çiqadi. “Isteʼdod, eʼtiqod, zamon” kitobiga kirgan “Hayot va xayol farzandi” maqolasida lirik qahramon töğrisida fikr yuritadi, bahs qiladi, lekin bularda yangilik yöq. Ammo aniq asarlar tahlilida muallif özining samarali kuzatişlar qilayotganini namoyiş eta olgan. Kitobdagi önga yaqin maqolani öqib çiqqanda hozirgi yoşlar şeʼriyatining fazilatlari, qusurlari ravşan köz oldingizga keladi. B. Norboyevning maqolalarida bartaraf qilinadigan kamçiliklar ham yöq emas. Masalan, uning quyidagi fikrlari isbotsiz, töğriroği asossiz: “…70-yillarning ikkinçi yarmiga kelib, bir qator voqea-hodisalar taʼsirida hayotning özida Vatan, ona yurtning qadr-qimmati, xalqning maʼnaviy-ruhiy ahvoli haqidagi gaplar nisbatan kamayib ketdi”. Yoki muallif yozadi: “70-yillarga kelib esa göyo xalqning ilğor qatlami dilidan tiliga köçgan qator hissiyotlar yana qalbining tub-tubiga çökkanday böldi. Vujudi, jon-tani bilan dunyo voqea-hodisalariga boğlangan A.Oripov lirik qahramoni ruhida ham şunga öxşaş nimadir böldi…”
Yoş tanqidçilarning ayrimlari biror janr doirasida iş körişi va şu janr tabiati bilan jiddiy qiziqişi hodisasi ham tuğilmoqdaki, buni qöllab-quvvatlaş kerak. Agar B.Norboyev, asosan, şeʼriyatni çuqur kuzatib borayotgan bölsa, Örol Ötayev adabiy tanqid holatini örganişga eʼtibor beradi. Uning “Tanqid va uslub” kitobi hozirgi adabiy tanqidning öziga xosligi va asosiy tendensiyalarini oçişga qaratilgan. Muallif biror tanqidçining faoliyatini tadqiq etgan joylarda samarali izlanişlar qiladi. Jumladan, u M.Qöşjonovning tanqidçilikdagi örni, uning öziga xos uslubini töğri aniqlay olgan. Biroq, Ö.Ötayev adabiy tanqidni uning muqim muammolariga boğlab tahlil qiliş yölidan bormaydi. Aytaylik, hozirgi adabiy tanqidçilikda ijobiy qahramon yoki xarakter masalasi, syujet yoki hayotiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylanişi, uslubiy izlanişlar kabi masalalarning işlanişi nuqtayi nazaridan yondaşganda adabiy tanqidçilikning umumiy manzarasini, şuningdek, tanqidçilarning öziga xosligini yoritib berişi mumkin edi. Ö.Ötayev keyingi paytda bizda eng qoloq soha bölmiş teletanqidçilikka eʼtibor bera boşladiki, bu sohadagi faoliyatini qöllab-quvvatlaş lozim. Ammo uning bir qator maqolalarida talabçanlik, ilmiy çuqurlik yetişmayotganini uqtiriş lozim.
Adabiy tanqidçilikka öz mavzusi, masalasi – “dardi” bilan kirib kelayotgan yoşlarimizdan biri Rahimjon Otayevdir. U adabiy tanqidni sotsiologik tahlil bilan qöşib borişga intilmoqda. Bunda u diqqatini insoniy tuyğular tahliliga qaratmoqda. Masalaga falsafiy aspektda yondaşişga urinmoqda. R.Otayev “Zero, his-tuyğularni adabiyot va sanʼatning tub masalasi, özagi deyiş mumkin. Çunki şaxs tarbiyasi, madaniyati, saviyasi, nafosati – butun kamoloti, eng avvalo, şaxsning keçinma va kayfiyatlarida, his-tuyğularida “markazlaşadi”, deb yozar ekan, bunda u haqdir. Biroq muallifning şu tuyğular töğrisidagi maqola va kitoblarida (“Osmon töla yulduzlar…”) ikki yetişmovçilik sezilib turadi. Biri – muallif har doim ham yangi fikr aytişga urinavermaydi, masalaning maʼrifiy tomonlariga köproq qiziqib ketadi. Ikkinçidan, tuyğular tahlilini badiiy asardagi boş masala – yozuvçining xarakter yaratiş, psixologik tahlil bobidagi mahorati, öziga xosligini oçiş bilan jips boğlamaydi.
Öz mavzusi – masalasini topiş yölidan borişga intilayotgan yoş tanqidçilardan Hamidulla Boltaboyev hozirgi özbek adabiyotimizda uslubiy izlanişlarga, yoşlar prozasidagi traditsiya va novatorlik, konflikt masalalariga bağişlangan qator jiddiy maqolalar eʼlon qildi. Bular, eng avvalo, masalaga mustaqil va ilmiy yondaşişi jihatidan eʼtiborni tortadi… Ahmad Aʼzamning maqolalari ham ilmiy-estetik darajasining balandligi bilan kişida katta umid tuğdiradi. U maqolalarida diqqatini biror masalaga qaratadi va uni ehtiros bilan yeçişga eʼtibor beradi. Ahmad Aʼzam, şuningdek, qator yoş tanqidçilarimiz yoşlar ijodidagi izlanişlar, topilmalar-kaşfiyotlarni faol qöllab-quvvatlaydi. Ular yoşlar ijodining ruhi, yönalişi, orzu-istaklarini teran sezişga intiladilar. Biroq, baʼzan ular yoşlarning şakliy izlanişlari va eksperimentlarini köz-közlaşga köproq mahliyo bölib, ularning hayotga, voqelikka va odamlarni tahlil etişga yangiça yondaşayotgani, ijtimoiy muammolarni dadil kötarib çiqib, badiiy mukammal tahlil etayotganiga yetarli urğu bermaydilar.
Ahmad Aʼzam kabi yoş tanqidçilarimizda yana bir ibratli fazilat borki, u kişida katta umid uyğotadi. Ular rus adabiyotini, progressiv çet el adabiyotini çuqur mutolaa qiladilar. Adabiy jarayonga, badiiy asarga, ijodkorning faoliyatiga ana şu çöqqilardan, yuksak mezonlardan kelib çiqib yondaşişga harakat qiladilar. Jumladan, Mahmud Saʼdiy Toğay Murod töğrisidagi maqolalari va umuman keyingi davrlarda eʼlon qilayotgan maqolalarida badiiy tafakkurimizdagi yangilikni topiş va qöllab-quvvatlaş yölidan bormoqda. Uning bir neça yil avval naşr etgan “Teran tomirlar” kitobidagi yengil gaplar, reportaj-xabar xarakteridagi holatlar hozirgi maqolalarida uçramaydi. Biroq, u tanqidçiligimizning bitta, yaʼni retsenziya janrida köproq qalam tebratadi, jiddiy, ötkir muammolarni kötarib çiqiş va çuqur ilmiy hal qiliş imkoniyati böla turib, negadir jurʼat etmaydi.
Tanqidçining kamoloti töğrisida sözlaganda, N. Xolliyevning sönggi maqolalarida mustaqillik, dadillik, bahsli-munozarali ohang kuçayganini aytging keladi. U “Mantiq maşaqqati” maqolasida tanqidçilikda hissiy tahlilni kuçaytirişga daʼvat etadi, bu töğri. Biroq “hissiy tahlil adabiy tanqidning joni”, degan tezisni himoya qilaman deb, har qanday tanqidiy janrning öq tomiri, asosi bölmiş ilmiylikni çetga surib qöyadi. Maqolada “Şu bilan birga, ratsional va emotsional tahlilni bir-biriga qarama-qarşi qöyişga ham qöşilmaymiz”, deydi. Bu yerda haqiqatga yaqinlaşadi. Hozirgi adabiy tanqidçiligimizda yetişmayotgan nuqta ham – ilmiy teranlikdir. N. Xolliyev quruq nazariyaçilikni qoralaganda haq, albatta. Suv betidagi köpikday turgan ilmiylik heç kimga foyda keltirmaydi. N. Xolliyev baʼzi maqolalarida yozuvçining ğoyaviy niyatiga eʼtibor bermay, uning asariga baho beradi va nomatlub talablarni qöyadi. U “Har ikki qissa jiddiy kamçiliklardan ham xoli emas. Personajlar asosan iş odami bölib qolgan. Iş ularning köpçiligi uçun yagona mavzu. Maişiy hayot, şaxsiy baxt iş oldida ikkilamçi hodisa. Bugungi kunda tipik bölgan oila konfliktini ikkala qissada ham uçratmaymiz…”, deb yozadi. Asarda kötarilgan masalaning ğoyaviy-badiiy tahlil qiliş darajasiga baho bermasdan, unda yöq narsani talab etiş adolatdan emas. N. Xolliyev maqolalaridagi bunday qusurlar uning “hissiy tahliliy metodi”ning oqibati emasmikan!
Men bu örinda hali ançagina yoş, lekin umidli izlanişlar qilayotgan Mansur Tenglaşevning “Dalillaş sanʼati” degan maqolasidagi “Adabiy tanqidda hissiy talqin meʼyori aqliy muşohada meʼyoridan oşib ketsa yoki quyiroq darajada aks etsa, badiiy asar tahlili bir yoqlama keçadi”, degan töğri fikrini keltirib ötmoqçiman. M.Tenglaşev qöl urgan masalasini çuqur örganib dalilli fikrlaşga urinadi. Nazarimda, u öz maqolalarida biror masala qöyib, izçil tahlil etiş yölidan borgani maʼqul. Yoş tanqidçilarimiz adabiy jarayondagi ötkir, dolzarb masalalarni dadil tahlil etibgina öz “Meni”ni topişi va namoyiş qilişi mumkin. Şunday istakni yoş tanqidçi Ahmad Otaboyevga nisbatan ham aytging keladi. U qator maqola va retsenziyalar eʼlon qildi, bulardan nazariy tayyorgarligi borligi sezilib turibdi. (“Şeʼriyat bösağasida”, “Uçraşuv”). Lekin unda çuqur ilmiy-estetik tahlilga eʼtiborni qaratişdan köra adabiyot fani böyiça töplagan bilimlarini namoyiş qilişga, nasihatomuz ohangga moyillik seziladi. Bu – ötkinçi mayllar, albatta. Bolalar adabiyoti tanqidçiligida S.Irisʼhojiyevaning faollaşib borayotgani yaxşi. Uning maqola va risolalarida bayonçilik kuçli, öz qaraşi yetişmaydi, asarning badiiy qimmatiga kam eʼtibor beradi. Z.Boboyeva, M. Abduvahobovaning maqolalaridagi dadillik va ilmiy tahlil darajasi ular ertasiga umid uyğotadi…
Xulosa qilib şuni aytiş kerakki, tanqidçiligimizda örinbosarlar bor. Lekin hayot ular safining köpayişini va mahoratining tezroq kamol topişini taqozo qilmoqda.
(1984-yil, 7-son)
Salohiddin Mamajonov,
Filologiya fanlari doktori, professor. Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.
1931-yili tuğilgan.
“Ğafur Ğulom prozasi”, “Uslub jilolari”, “Lirik olam, epik kölam”, “Şoir dunyosi” kabi ilmiy kitoblar muallifi.
2005-yili vafot etgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


