41 daqiqada öqiladi

1 884 marta körilgan

Mungli keçmiş

Sayyid Olimxon

yoxud tarixdan bir saboq…

Tarix fanlari doktori Qahramon Rajabov bilan muloqot

– Qahramon aka, Siz köp yillik ilmiy izlanişlaringizni Buxoro amirligi tarixini örganişga bağişlagansiz. Bugungi yoşlarga, jurnalxonlarga qiziqki, Turkiston tarixida 164-yillik davrni egallagan Buxorodagi manğitlar sulolasi özi qanday mavqega ega bölgan?
– Keling, özaro gurungimizni eng avvalo manğitlar sulolasi emas, balki “92 bovli özbek eli”ning bitta şoxobçasi bölgan manğitlar uruğidan boşlaylik.
Tarixdan maʼlumki, manğitlar turkiy qavm bölib, ular XII asrda Daşti Qipçoqda, katta bir qismi esa Volga va Ural daryolari oraliğida yaşaşgan. Bu paytda ular qipçoqlarning katta taʼsiri ostida bölgan. Qipçoqlar taʼsiri ostida ularning bir qismi öz tillarini unutib, qipçoq tilida gaplaşganlar.
Hozirgi Özbekiston hududida yaşab kelayotgan manğitlar qavmining bir qismi qadimdan dehqonçilik bilan şuğullanib kelgan özbeklarning taʼsiri ostida asta-sekin ötroqlaşib borgan, bir qismi esa XX asr boşlariga qadar ham çorvaçilik bilan şuğullanib kelgan. Ular qoraköl va jaydari qöylarni boqişgan. Manğitlar dehqonçilik va çorvaçilikdan taşqari hunarmandçilik bilan ham şuğullanib, gilam va turli matolar töqişgan. Xususan, uzun patli gilam-julxirs maşhur bölgan.
Manğitlar qavmi oq manğit, qora manğit va töq manğit kabi şoxobçalarga bölingan. Buxoro amirligini 1756-1920-yillarda boşqargan manğitlar sulolasi manğit uruğining töq manğit şoxobçasidan bölgan.
XVIII asr 40-yillariga kelganda Buxoro xonligida siyosiy va iqtisodiy inqiroz kuçaygan. Aştarxoniylar (Joniylar) sulolasining sönggi vakili Abulfayzxon (hukmronlik davri: 1711-1747)ning kaltabinlarça yuritgan siyosati natijasida xalqning moddiy ahvoli oğirlaşgan, Buxoro xonligi tarkibidan Farğona vodiysi ajralib çiqqan va mustaqil Qöqon xonligiga asos solingan, mamlakatning bekliklarga böliniş xavfi kuçaygan. Buning ustiga Eron şohi Nodirşoh (hukmronlik davri: 1736-1747)ning Buxoro davlatiga hujumi, mamlakatning asosiy şaharlari bölgan Buxoro va Samarqandning ular tomonidan egallanişi va talanişi oqibatida siyosiy vaziyat battar murakkablaşgan. Turkiston taqdiri hal qilinayotgan ana şunday qaltis va nozik bir fursatda tarix sahnasiga yangi siyosiy kuç – manğitlar sulolasi kötarildi.
Şu narsani alohida taʼkidlaş lozimki, XVII asr oxiri va XVIII asr birinçi yarmida manğitlar qavmining töq manğit şoxobçasiga mansub bölgan Xudoyorbiy otaliq va uning öğli Muhammad Hakimbiy otaliq nufuzli manğit biylari (uruğ boşliqlari)dan sanalib, ular Aştarxoniylar sulolasi boşqarayotgan Buxoro xonligi saroyidagi obröli va nufuzli amaldorlardan bölgan.
Şu örinda Muhammad Hakimbiy otaliq (XVII asr sönggi çoragi – 1743) va uning öğli Muhammad Rahimbiy otaliq (1715-1758) xususida ikki oğiz töxtalib ötsak, manğitlar sulolasining hokimiyatga qanday kelganligi oydinlaşadi.
Muhammad Hakimbiy Aştarxoniylar saroyida dastlab miroxör va parvonaçi lavozimlarida işlagan. U qisqa fursatda Buxoro xonligidagi manğitlar qavmining yölboşçisiga aylangan hamda Abulfayzxon hukmronligi davrida xonlikda uning taʼsiri nihoyatda kuçaygan. Muhammad Hakimbiy köp sonli manğitlar qavmi va uruğ yölboşçilariga tayanib, qatağon va kenagas uruğlari, jumladan, şahrisabzlik Ibrohim Kenagasning qavmlariga qarşi Buxoroda markaziy hokimiyatni mustahkamlaş uçun qattiq va murosasiz kuraş olib borgan. Tez orada u saroyda devonbegi lavozimini egallaydi. Abulfayzxon tomonidan taxminan 1720-yili Muhammadbiy Hakimbiy saroydagi barça şahzodalar otaliqlarining boşliği deb tan olingan hamda unga otaliq unvoni berilgan.
Muhammad Hakimbiy Eron şohi Nodirşohning 1740-yili Buxoroga hujumi paytida aholini bosqinçilar qöşiniga qarşilik körsatmaslikka çaqirdi. Bu xizmatlari uçun Nodirşoh uni Buxoroning töla vakolatli hokimi, yaʼni saroy quşbegisi (Boş vaziri) qilib tayinlaydi. Xullas, Muhammad Hakimbiy otaliq va quşbegi sifatida manğitlar sulolasining Buxoroda hokimiyat tepasiga kelişi uçun yetarli şart-şaroit yaratib bergan. Markaziy hokimiyatga böysunişni xohlamagan amirlar va turli qavmlarning yetakçilariga qarşi murosasiz kuraşgan.
Muhammad Rahimbiy otasi tiriklik davridayoq muhim saroy lavozimlarini egallagan edi. U Abulfayzxonning kuyovi sifatida 1745-yildan Buxoro xonligining amaldagi hukmdoriga aylandi. 1747-yili uning buyruği bilan Mir Arab madrasasi hujralarining biriga yaşiringan Abulfayzxon öldirildi. Muhammad Rahimbiy Buxoro taxtiga Abdulmöminxon (hukmronlik davri: 1747-1751), Ubaydullaxon III ibn Abdulmöminxon (hukmronlik davri: 1751-1754), Şerğozixon (hukmronlik davri: 1754-1756) kabi “qöğirçoq xonlar”ni ötqazib, otaliq sifatida qariyb 10 yil davomida ular nomidan Buxoro mamlakatini boşqargan. Muhammad Rahimbiy faqat 1756-yil 12 dekabrda Buxoro xonligi taxtiga rasmiy ravişda ötirgan va Buxoro xoni deb eʼlon qilingan. Xullas, Buxoroda hokimiyat tepasiga kelgan yangi manğitlar sulolasi qon va qiliç kuçi bilan öz hokimiyatlarini qaror toptirişgan. 1756-1920-yillarda Buxoro amirligini manğitlar sulolasi boşqargan. Muhammad Rahimxon (1756-1758), Muhammad Doniyolbiy (1758-1785), Şohmurod (1785-1800), Haydar (1800-1826), Mir Husayn (1826), Mir Umar (1826-1827), Nasrullohxon (1827-1860), Muzaffarxon (1860-1885), Abdulahadxon (1885-1910), Said Olimxon (1910-1920) kabi önta manğit amirlari Buxoro davlatida 164-yil saltanat tutganlar.
Tarixçilar tomonidan manğitlar sulolasi vakillari bölgan Buxoro amirlariga turliça baho beriladi. Amirlarning aksariyati zolimlik va yovuzlikda ayblanadi. Biroq tarixda odil hukmdorlar juda-juda oz ötgan. Bunday odil hukmdorlar manğitlar sulolasi orasida ham mavjud bölib, xususan, “maʼsum amir” nomi bilan şuhrat qozongan Amir Şohmurod va uning öğli Amir Haydar faoliyatini misol qilib keltiriş mumkin. Biroq hozir ijozat bersangiz Amir Nasrullohxon töğrisida bir oz töxtalib ötsam.
Amir Nasrullohxon faoliyati töğrisida sovet zamonasida ham, bugungi kunda ham tadqiqotçilar köp yozişgan, biroq “xöp” yozgan emas. Bu tadqiqotlarning aksariyatida manğitlar sulolasining uşbu hukmdori hayoti va faoliyati bir tomonlama körsatilib, Nasrullohxon qiyofasi faqat qora böyoqlarda tasvirlangan. Aslida tarixçining ixtiyorida faqat oq va qora ranglar yoxud ijobiy va salbiy mulohazalarning biri bölmasdan u har qanday tarixiy şaxsni öşa davrda keçgan tarixiy voqealar içida xolis tasvirlaşi, tarixiy şaxslarga baho berayotganda zamonasozlik qilmasdan adolat posangisini öta sergaklik bilan uşlaşi lozim. Nasrullohxon haqida bugungi kunda turli daʼvolar va yuzaki mulohazalar bildirayotgan (biroq bu iddaolar bir tomonlama aytilayotgan öta keskin fikrlardan iborat bölmoqda) mualliflarning aksariyati tarixçilar örniga jurnalistlar, adiblar, adabiyotşunos olimlar va boşqa kasb sohalari ekanligi esa muammoning ança jiddiyligi va çuqurligidan dalolat beradi hamda Özbekiston tarixida, şuningdek, Buxoro tarixida öziga xos rol öynagan bu şaxs haqidagi bor haqiqatni aynan tarixçi olimlar tomonidan jamoatçilik hukmiga tezroq havola etişni kun tartibiga zaruriyat qilib qöyadi. 2011-yilda mening “Nasrullohxon” tarixiy risolam çop qilindi. Holbuki bu risola 2006-yil iyun-oktyabrda yozilgan edi.
Ruxsat bersangiz, Amir Nasrullohxon haqidagi fikrlarimni yuqorida tilga olingan tarixiy risolaning xulosa qismidagi mulohazalarim bilan davom ettirsam:
Amir Nasrulloh yaşab ötgan zamondan buyon qariyb 150-yil ötdi. Uşbu davr içida nafaqat Buxoro tarixida, balki butun Turkiston mintaqasida ham katta özgarişlar yuz berdi. XX asr oxirida Nasrullohxon orzu qilgan Movarounnahr va Xorazmning yaxlit butunligi qayta tiklandi.
Bizningça, Nasrullohxonni Turkiston tarixidagi örni va roli quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinçidan, Amir Nasrulloh Buxoro davlatida qatʼiy markazlaştiriş siyosatini olib bordi. Markaziy hokimiyatga böysunişni istamagan Şahrisabz va Kitob bekliklarining qarşiligini sindirib, separatistik (ajraliş va taslimçilik) kayfiyatlariga barham berdi.
Ikkinçidan, amir öz siyosatida butun Movaraunnahr va Xorazmni yagona davlat ostiga birlaştirişga intildi. U bu rejasini töliq amalga oşira olmagan bölsa ham, qisqa muddat davomida butun Movarounnahrni yagona davlat sifatida boşqardi. Qöqon xonligi hududining Buxoro amirligi tarkibiga qöşib olinişi aslini olganda mintaqadagi ikki özbek davlatçiligini özaro birlaştiriş edi. Afsuski, Nasrullohxonning bu harakatlarini Qöqon tarixnavislik maktabi namoyandalari, jadid taraqqiyparvarlari (Ibrat, Fitrat, Ayniy) va Özbekistonning sovet davridagi tarixçilari butunlay boşqaça talqin qilib, köp yillar davomida xalq ongida “dahşatli va qonxör hukmdor”, “botur qassob”, “qassobning botiri” obrazlarini şakllantirişdi.
Uçinçidan, Amir Nasrulloh tomonidan Buxoro amirligida ötkazilgan turli islohotlar natijasida davlatning iqtisodiy va harbiy qudrati birmunça yuksaldi. Maʼmuriy sohadagi islohotlar oqibatida davlat boşqaruviga xalqning turli tabaqalari orasidan çiqqan kişilar kelib qöşildi. Ayniqsa, harbiy sohadagi islohotlar ança samarali keçdi. Aynan harbiy islohotlarning natijasi keyinçalik Rossiya imperiyasining tajovuzi va hujumiga qarşi kuraşda Buxoro amirligining uçta özbek davlati örtasida nisbatan eng keskin va qattiq qarşilik körsatişiga olib keldi. Rossiya imperiyasi bosqiniga qarşi kuraşda Buxoro amirligi mağlubiyatga uçragan bölsa ham, mamlakat hududlarining muayyan qismi saqlab qolindi.
Törtinçidan, Nasrullohxon özining faol taşqi siyosatida qator yutuqlarga erişib, Buxoro davlatining yaxlit qismi hisoblangan Balx, Marv va boşqa viloyatlar hududlarini amirlik ixtiyoriga yana qaytardi. Biroq bu hududlar keyinçalik turli sabablar natijasida Buxoro amirligi tarkibidan çiqib ketgan. Bu holat XIX asr sönggi çoragi va XX asr birinçi çoragida Turkiston mintaqasida keçgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga, Örta Osiyoda ötkazilgan milliy-hududiy çegaralanişga ham öz taʼsirini ötkazmasdan qolmadi. Xullas, yaqin ötmişda bölib ötgan uşbu geosiyosiy özgarişlar natijasida bugungi Özbekiston Respublikasining sarhadlari özining tarixiy vatanidan ança kiçik doirada şakllandi va hozir ham şu darajada saqlanib turibdi.
Şu bilan birga Amir Nasrulloh öz faoliyatida bir qator jiddiy siyosiy xatolarga ham yöl qöydi. Davlat miqyosidagi eng muhim lavozimlarga turkiy özbek qavmlaridan taşqari ajnabiylarning qöyilişi, davlat boşqaruvida eroniy qullar bölgan şialarning taʼsiri oşişi, manğitlar sulolasining forslaşiş jarayoni, özbek tilining mavqei pasayişi va boşqalar ana şunday jiddiy xatolardandir. Buning ustiga Amir Nasrulloh tomonidan Nodirabegimning öldirilişi uning obrösiga salbiy taʼsir körsatganligini aytib ötiş joiz.
– Bu gaplardan körinadiki, Rossiya imperiyasining Turkiston mintaqasiga, jumladan, Buxoro amirligiga qarşi qaratilgan istiloçilik yurişlarida Amir Muzaffarxon, Amir Abdulahadxon, Amir Said Olimxonlar munosib qarşilik körsatişi mumkin edi?
– Ha, mumkin edi. Biroq Amir Muzaffarxon bunday qarşilik körsata olmadi. Buning sabablari Siz öylayotgandan köra ham jiddiy, oqibatlari esa dahşatli böldi. Keling, suhbatimizni şu oğriqli mavzu atrofida davom ettiraylik.
Amir Muzaffarxon (1819-1885) şaxsiyati, uning Buxoro tarixida tutgan fojiali örni hamda amir fojiasining Buxoro davlati fojiasiga aylaniş jarayoni haqidagi aççiq mulohazalarni bildiriş men uçun ham oson emas. Çunki Amir Muzaffarxon hukmronligi davrida Buxoro davlatining mustaqilligi boy berilgan edi.
Amir Nasrullohxonning öğli Sayyid Muzaffariddinxon otasi hukmronligi davrida valiahd sifatida Karmanaga hokimlik qilgan. U amir Nasrullohxonning yolğiz öğli edi. Biroq Nasrullohxon ölimi oldidan (u 1860-yil 21 oktyabrda 56 yoşida vafot etdi) Buxoro toju taxtini yolğiz öğli Sayyid Muzaffariddinxonga emas, balki köp sonli nevaralaridan biriga vasiyat qilib qoldiradi. Ehtimol, manğitlar sulolasi hukmdorlari orasida eng köp saltanat söragan va davlat boşqaruvi borasida katta tajribaga ega bölgan Amir Nasrullohxon yolğiz öğli Muzaffariddinxonda (bu paytda u 41 yoşda bölgan) davlat rahbarlariga xos sifatlarni va hukmdorlik layoqatini körmaganligi uçun şunday yöl tutgandir. Biroq voqealar marhum amir tiriklik çoğida öylaganidan sal boşqaçaroq rivojlangan. Buyuk Sohibqiron Amir Temur 1405-yil fevralda vafot etgandan keyin uning vasiyati nevarasi Xalil Sulton va beboş amirlar tomonidan qanday buzilgan bölsa, oradan 455-yil ötgaç – 1860-yil sentyabda ham Amir Nasrullohning vasiyati ana şunday buzildi. Har ikki holatda ham vasiyatga amal qilmaslik oğir oqibatlarga olib keldi…
Maşhur alloma va davlat arbobi Ahmad Doniş (1827-1897) özining “Risola yoxud Manğitlar xonadoni saltanatining qisqaça tarixi” nomli risolasida özi guvohi bölgan bu holatni quyidagiça tasvirlaydi:
“Nasrullohxonning amir Muzaffardan boşqa farzandi yöq edi. U öz farzandining tabiatida ğarazgöylik va şafqatsizlikni kördi. Özi raiyat va qöşinga ğamxör bölganligi tufayli farzandining özidan keyin davlat tepasida turişini istamadi. Şu tufayli, öz nabiralaridan birini valiahdlikka tayinladi va ayrim amirlarga davlatni unga topşirişni vasiyat qildi…
Amir Nasrullohdan keyin amirlar va aʼyonlar hokimiyatni nabirasigami yoki öğligami beriş masalasida ikkilandilar. Baʼzilar “davlat ilgaridan ota meros” desalar, boşqalari “vasiyatni bajariş lozim” dedilar. Oxiri, öğilni olib keliş tarafdorlari jamoasi ğolib kelib, Amir Muzaffarni Karmanadan çaqirdilar. U 1227 (1860-yil) rabi ul-avval oyining yettinçisida (23 sentyabrda) Buxoro amirligi taxtiga ötirdi… ”
Amir Muzaffar davlat tepasida mustahkamlanib olgandan keyin vasiyat tarafdori bölganlarni ildizi bilan quritdi. Merosxör deb atalgan şaxs zudlik bilan Buxoroni tark etdi. Qoçişga ulgurmagan avlodi, yaqinlari, zurriyotlarini amir qatl qildirdi. Otasi davrida mansab egasi bölgan barça aʼyonlar, amirlar, vazirlarni haydadi, ularning mol-mulklarini musodara qildi va davlat tepasiga öz yaqinlari va tarafdorlarini ötkazdi. Qöşin va raiyatga zulm qilindi. Amir xizmatiga Karmanadan kelganlarning hammasi razil kişilar edi, çunki Amir Nasrullo özi rad qilgan kişilarni “sening xizmatingda bölsin va qadrimizga yetsin” deb Karmanaga (Muzaffar oldiga) yuborar edi.
Ular özlari kutmagan holda nogohdan yuqori mansab va amallarga qöyilgandan keyin aholi qonini iça boşladilar, qöpol muomala qilar, unça-munçani nazar-pisand qilmas edilar. Şu jihatdan Karmana kişilari Buxoro odamlari nazdida şum körinar edi”.
Bu fikrlar Sizga qanday voqealarni eslatmoqda? Olis ötmişda hukm surgan somoniylar, temuriylar, şayboniylar, boburiylar, aştarxoniylar sulolalari va qonli jangu-jadallar ehtimol Sizni öylantirayotgandir. Biroq Özbekiston va jahon tarixining yaqin ötmişi va eng yangi tarixida ham bu voqealarga öxşab ketadigan tarixiy hodisalar tiqilib yotibdi…
– Rossiya imperiyasi qöşinlarining Sirdaryo daşti orqali Buxoro amirligi hududiga kirib kelayotganini eşitgan xalq va ulamolar tahlikaga tuşadi. Içki ğavğo, isyon, daʼvatlar amir Muzaffarni noiloj qöşin töplaşga majbur etadi.
Muzaffarxon 30 ming kişilik qöşinga Olloyor devonbegini boş qilib general Romanovskiy qöşiniga qarşi Sirdaryoga çiqaradi.
Özi Öratepa yaqinidagi Roğun qişloğiga qönib mayişat-işratni boşlab yuboradi. Laşkarboşi Olloyor devonbegining endi yetilib kelayotgan ön yaşar qizini quçoğiga keltirişlarini buyuradi. Amirning jirkanç xatti-harakati natijasida gödak öşa keçasi nobud böladi. Bu mudhiş xabarni eşitgan Olloyor jang maydonini tark etadi.
Yurt, xalq, şuningdek, özining taqdiri hal bölayotgan tahlikali pallalarda öz laşkarboşisining norasida
jigarbandini zörlagan hukmdorni kim deb öylaş mumkin? Menimça mamlakat oyoqosti bölişining eng buriliş, nozik nuqtasi şu yerda şekilli?
– Keling, savolingizga javobni yana öşa davr voqealarining bevosita guvohi bölgan Ahmad Doniş fikrlari bilan boşlasam:
“(Muzaffarxon) hukmronligining dastlabki bir ikki-yilida otasidan qolgan davlatga tayangan holda Hisor va Höqand tomon laşkar tortib, baʼzi mavzelarni kuç va şafqatsizlik bilan egalladi va aholisiga omonlik bermay, qatlga yetkazdi, yaʼni ahvol ilgaridek xusumat va fasodga qaytdi. Jangu jadalda ikki-uç ğalabadan keyin amirga firʼavn dimoğdorligi yöl topib, dunyoda özidan boşqani tan olmaydigan, şariat körsatmalarini öz xohişiga qarab moslaydigan böldi.
…Şu tariqa, otasi davridagi amaldorlarning aksariyatini qatl qildi, mulklarini musodara etib, yer bilan yakson qildi, qabih kişilar va qullarni xalq boşiga kötardi.
Movarounnahrni Rossiya tomonidan istilo qiliş boşlangunça şunday davom etdi. Qöşinga har taraflama jabr qilişar, sarkardalar himmatsiz, ğayratsiz, nodon edi. Askarlar qullarga xizmat qilişni or bilib, orqasini ögirib qoçişga yuz tutdi, şunday qilib, hamma viloyatlar Rossiya tasarrufiga ötdi.
Sababi şundaki, bir askarga beriladigan maoş tört kişiga beriladigan böldi, bir sarkardaga beriladigan tanho ikkitasiga beriladigan böldi…
Buxoro vazirligi Muhammadşoh qöşbegi qölida edi. Bu odam kaltafahm, savodsiz, beaql edi, doim kasal bölib, töğri sözni ham podşoga yetkaza olmasdi. Heç kim davlat foydasiga biron narsa deyişga jurʼat qila olmas, şu sababdan millat va davlatning işlari töliq inqirozga yuz tutdi, qöşin va xalq örtasida osoyiştalik yöqoldi. Aslida mamlakat ravnaqi vazirning ziyrakligi, qatʼiyatligi, töğri mulohaza yuritişiga boğliq. Agar vazir bemulohaza bölsa, bunday davlatning holiga voy”.
Ahmad Donişning Buxoro hukmdori va uning boş vaziri haqidagi mulohazalari ustida köp muşohada qilaman. Buyuk allomaning yozganlarini qayta-qayta öqib, bu yerda faqat özbek xalqining XIX asrdagi oğir tarixini emas, balki uning kelgusi qismatini ham başorat qilganligini his etaman. Darhaqiqat, yurtda podşoh mabodo adolatli bölib, vazir zolim bölsa ham baraka bölmaydi.
Keling, Rossiya imperiyasi qöşinlarining Buxoro amirligiga hujumi tafsilotiga ötaylik. Gap şundaki, köp manbalarda tarixiy sanalar ham, şaxslar ham, voqealar ham aralaşib ketgan. Buning ustiga fakt olingan tarixiy manba köpinça noaniq. Faqat bu yerda bitta narsa aniq. Darhaqiqat, bu jangda Buxoro amiri qöşinlari yengilgan.
Agar Siz qarşi bölmasangiz suhbat maromini özbek xalqining keyingi asrlardagi taqdiri hal qilingan öşa murakkab XIX asr 60-yillari örtalariga qarab bursak…
XIX asr örtalarida mustamlakaçi ikki yirik imperiya, yaʼni Rossiya va Buyuk Britaniyaning strategik manfaatlari Turkistonda töqnaşdi. Rossiya imperiyasi siyosatdonlari va harbiylari Buyuk Britaniyaning Turkiston ölkasi va Kaspiy dengizining şarqiy tomonlarini egallab olişidan ğoyat xavfsirayotgan edi. Ana şunday vaziyatda Örta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinişi xavfi kuçaydi. Rossiya imperiyasi turli ekspeditsiya va ilmiy guruhlarning qatnaşçilari, sayyohlar va olimlar niqobi ostida köplab josuslar, ayğoqçilar, harbiy mutaxassislar va xufiyalarni Turkistonga jönatgan. Xullas, xonliklarni bosib oliş uçun Rossiya imperiyasi katta miqyosda harbiy-siyosiy tayyorgarlik köra boşladi.
Rossiya imperiyasi Turkiston mintaqasini bosib olişdan oldin mukammal rejani işlab çiqqan. Rejada asosiy zarbani mintaqada eng zaif va hududi jihatdan kiçik Qöqon xonligiga beriş, ayni paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligini Qöqon xonligi bilan özaro birlaşib qöşin tuzişiga, özbek xonliklarining birgalikda harakat qilişiga imkon bermaslik maqsadida ular örtasida turli nizolar çiqariş va mavjud ixtiloflarni kuçaytiriş yöllarini işlab çiqişga qaratdi. Rossiya harbiy ministrligida harbiy harakatlarga ketadigan xarajatlar, qöşin miqdori va turi, uruş harakatlarida qatnaşuvçi qismlar, quruqlik va suvda harakat qiluvçi vositalar, qurol-yaroğ miqdori va zaxiralari aniqlandi.
Rossiya imperiyasi qöşinlari 1853-yil Qöqon xonligining muhim strategik ahamiyatga ega bölgan Oqmasjid qalʼasini (hozirgi Qizil Örda şahrini) egallaşdi. Rus qöşinlari Qöqon xonligining şimoliy hududlariga ikki tarafdan – Orol dengizi böyi va Ğarbiy Sibir (sobiq qozoq juzlari) hududi orqali bostirib kela boşladi. Tez orada Ili daryosi vodiysi egallanib, 1854-yil Olmaota qişloği yonida Verniy harbiy istehkomi (hozirgi Almati şahri) qurildi.
Rossiya imperiyasining Turkiston mintaqasini egallaş uçun keng kölamdagi harbiy harakatlari XIX asr 60-yillaridan boşlandi. Pişpak (hozirgi Bişkek), Töqmoq şaharlari 1862-yil, Suzoq qalʼasi 1863-yil, Turkiston, Avliyoota (hozirgi Taroz şahri), Çimkent şaharlari 1864-yil Rossiya imperiyasi qöşinlari tomonidan bosib olindi. Nihoyat, 1865-yil 17 iyunda Toşkent şahri ham M.G. Çernyayev boşçiligidagi rus qöşinlari tomonidan qattiq qarşilikdan keyin egallandi. Rossiya imperiyasi bosib olingan hududlarda 1865-yil bahorda Orenburg general-gubernatorligiga böysunuvçi Turkiston viloyatini tuzgan.
Mustaqillik yillarida naşr etilgan “Özbekiston milliy ensiklopediyasi”ning 2006-yil bosilib çiqqan 12-jildida yozilişiça, rus qöşinlarining Toşkentni bosib olişi natijasida Rossiya imperiyasi bilan Buxoro amirligi örtasida bevosita harbiy töqnaşuv yuzaga kelgan. M.G. Çernyayev boşçiligidagi Rossiya imperiyasining qöşinlari 1866-yil fevralda amirlikka qaraşli Jizzaxni bosib oliş uçun hujum qildilar. Bu jangda ruslar mağlubiyatga uçrab, orqaga çekinganlar. Muzaffarxon qöşinlari hujumga ötib, 1866-yil 5 aprelda Çinozni ruslar qölidan ozod qilişgan. Rossiya imperiyasi maʼmuriyati Çernyayev işlaridan qoniqmay unga jazo berib vazifasidan olib taşladi va örniga general Romanovskiyni tayinladi.
Buxoro amiri Muzaffarxon Buxorodan 60 000 kişilik laşkar bilan Toşkentni egallagan ruslar ustiga yuriş qildi. Amir qöşini tarkibida 5000 özbek manğitlari, 30 000 qirğiz va qozoqlar, 10 000 turkmanlar va 20 töp bölgan. Biroq buxoroliklar qöşini yaxşi qurollanmagan, askarlarning aksariyati harbiy tayyorgarlikdan ötmagan edi. 1866-yil 8 mayda Jizzax bilan Öratepa örtasidagi Maydayulğun mavzesidagi Yerjar manzilida (hozirgi Janubiy Qozoğiston viloyati hududida) Muzaffarxon qöşini bilan general Romanovskiy boşçiligidagi Rossiya imperiyasi harbiy kuçlari örtasidagi dastlabki jiddiy töqnaşuvda Buxoro askarlari yengilgan va orqaga çekingan. Uşbu jangda amir Muzaffarxon özining harbiy layoqatsizligini namoyiş qildi. Podşo Rossiyasi qöşinlari 1866-yil 24 mayda Xöjand şahri va Nav qalʼasini, 2 oktyabrda Öratepani, 18 oktyabrda Jizzaxni bosib oldilar. Rossiya imperiyasi butun diqqat-eʼtiborini Qöqon xonligi va Buxoro amirligi hududini tezroq bosib olişga qaratdi. Öşa yili Qöqon xonligi ham Buxoro amirligi taʼsiridan çiqib, Rossiya imperiyasiga tobe bölib qolgan.
Maşhur tarixçi olim, yirik xattot va munşiy Mirzo Abdulazim Somiy Böstoniy (1839-1908) Buxoro amirligi bilan Rossiya imperiyasi örtasida bölgan janglarda voqeanavis sifatida bevosita iştirok qilgan. “Tarixi salotini manğitiya” (1906-1907) asarida muallif Buxoro amirligining manğitlar hukmronlik qilgan davrini tanqidiy nuqtayi nazardan baholaydi. Mirzo Abdulazim Somiy Yerjar jangi sifatida maşhur bölgan Maydayulğun voqeasini (tarixçi iborasi) öz kitobida quyidagiça körsatib ötadi:
“U (Muzaffarxon) panjşanba kuni jihod yölida oyoğini jihod uzangisiga qöyib, köp sonli laşkari ham behisob ğoziylar ila Buxoroyi şarifdan qözğalib, yölga tuşdi. U butun qurol-yaroğlari-yu, şon-şavkatini köz-köz qilib, (uzoq) yöl bosib, (öz) tasarrufidagi Öratepaga yetdi. Sayxun daryosi qirğoğida örinlaşmiş va bir keng sahrodan iborat bölmiş Maydayulğun mavzeida töxtab ördu yasadi.
Jinirol Kaufman bu voqea xabarini eşitib, duşman haqida maʼlumot oliş maqsadida Çernyayev – töra qömondonligi ostida bir dasta öris qöşinini safarbar qildi. Nasroniy qöşinining ilğor dastasi ğoziylar köziga köringaç, bular (dahşatdan) ranglari öçib, bir zum öylaşib qoldilar. Miltiqlardan otilgan öqlarning kuçligina şovqini hali quloqlariga çalinar-çalinmas, (buxoroliklar) töplar suroni taʼsirida xayol uyqusidan uyğonib, qoçmoqni möljallab qoldilar. Maydayulğun voqeasi (yanada) batafsilroq bayonga muhtojdir, ammo hozir buning örni emas. Baʼzi bir vaziyatlarni sir saqlaş andişasi meni mazkur işdan çetga tortadurki (meni) keçirsinlar… (Ehtimol, muallif yuqorida siz tilga olgan şarmandali holatni tilga olişdan or qilayotgandir).
Ğoziylar qoçganidan keyin nasroniylar qöşini taşlab ketilgan qurol-yaroğ, töpu töfang, narsa-buyumlarga ega çiqib olib, söng Öratepani yon atrofdagi barça mavzelari bilan qölga kiritdi-da, Çinozga qaytdi. U bu yerda bir neça kun turib, Buxoro bilan sulh hamda döstona munosabatlar örnatiş va elçini ozod qiliş borasida yana bir bor urinib kördi. Ammo (bu iş) heç qanday natija bermadi”.
Bu örinda Mirzo Abdulazim Somiy rus armiyasi qömondonlari sifatida yangliş tarzda Kaufman va Çernyayevning nomlarini tilga oladi. Aslida bu jangga rus armiyasini general-mayor D. Romanovskiy boşlab kirdi. General K.P. Kaufman Turkiston ölkasining birinçi general-gubernatori sifatida Toşkentga faqat 1867-yil iyulda kelgan edi. Polkovnik M. Çernyayev bölsa 1864-yil boşidan to 1866-yil mart oyigaça Turkistonda bölib, Toşkent bosib olingandan keyin oradan köp ötmay u Sankt-Peterburgga çaqirib olingan hamda örniga general-mayor D. Romanovskiy tayinlangan edi.
Mazkur jang tafsilotlari va unda Buxoro qöşinining şarmandalarça mağlubiyatga uçraş sabablari öşa voqealarning yana bir iştirokçisi Ahmad Doniş tomonidan batafsil tasvirlanadi.
“Umuman olganda, ruslarning Toşkent ustidan ğalaba qilişi va u yerni istilo qilişlaridan keyin Buxoro sarhadiga ötişda Samarqandga kiriş darvozasi bölgan Jizzaxni himoya qiliş zarurligini anglab, bu borada yuz ming tanga sarfladilar hamda mudofaa devorini qurdilar. Ruslarning olğa yurişiga tösqinlik qiliş uçun köp sonli ilğor guruhni qalʼaga garnizon sifatida yubordilar.
Şu davrda umrida miltiqdan otilgan öq ovozini eşitmagan, uruş maʼrakasini, jang maydonini körmagan amir ğulomlaridan biri Yaʼqub quşbegi laşkarboşi etib tayinlandiki, eng oddiy navkar ham uning laşkar boşliği etib tayinlanganligidan or qilar edi.
Rossiya Jizzax ustiga yuriş qilmasdan bir oz avval Buxoro şahrida madrasa talabalari, ulamolari jihod qiliş farz deb sağiru kabirlarni kofirlar ustiga taşlanişga çaqirib, katta ğavğo kötardilar. Amir bu hodisadan qiyin ahvolda qolib, ilojsiz laşkar tortiş, jihod asboblarini tayyorlaşga farmon berdi.
Katta qöşin, öttiz oltita töp, bir neça tuyaga ortilgan artilleriya anjomlari bilan sarosima va hadikda şahardan çiqdilar. Duşman bilan yuzma-yuz kelganda esa porox va töp öqlari, öq-dorilar Buxoroda qolgani, hamma uruş jihozlari yaroqsiz holda ekanligi maʼlum böldi. Öq-dorilar şu darajada ediki, uni alangalatiş, şuʼla beriş uçun bir lagan otaş kerak edi…
Ikki oy deganda Sirdaryo böyiga yetib kelib, Sassiqköl degan joyda töxtadilar…
Ruslar duşmanning haqiqiy ahvolini bilmas edilar. Ular öz kitoblari orqali Temur saltanati va özbek qöşinining kuç-qudratidan xabardor bölib, butun daştni möru malaxdex egallab kelayotgan sipohlarni körib sulh tuzişga rozi edilar. Ular özlariga katta şikast yetişidan xavotirda edilar. Har qança odam yubormasinlar, xat yozmasinlar, davlat amirlaridan baxt-omad yuz ögirganidanmi ularga söz uqtirib bölmadi, ehtimol ular (xatlarning) maʼnosini tuşunmagandirlar va bu bilan amirni işontira olişmagandirlar.
… Rus askarlari bir yarim-ikki mingdan oşmasa-da, temir devorday kelar edilar. Bizning askarlar orqaga çekinib bostirib kelayotgan rus askarlarini noqulay joyga tuşirib, örab, asirga olmoqçi edilar.
Amir töxtagan joyda şohona çodir qad kötargan edi. Jang maydoni undan taxminan bir farsah kelardi. Noğora ovozi uning çodiriga yetib kelardi. Amir çodir soyasida şaxmat öyini bilan band edi. Bir töda hofizlar ğazal öqir edilar. Amir noğoraning bir maromda urilişiga moslab oyoğini taqillatib ötirardi. Biroq şu vaqt rus qöşinlari hujumga ötib töplarni egalladilar va islom ğoziylari tomon ikki-uç marta töpdan soçma öq uzdilar, hamma göyo qoçişga muntazir bölib turganday, töp-töp bölib qoça boşladi… Şu vaqtning özida amir hazratlariga “laşkar bevafolik qildi, orqaga çekindi” degan xabar keltirdilar. Amir sarosimaga tuşib, dovdiragan holda şaxmat ustida turib, töni va sallasini ham kiyişga ulgurmay, egarlanmagan otga minib qoçib qoldi.
… Barça mulk, behisob anjomlar, pullar, hatto tovoqlarga solingan tayyor taomlar, töşaklar ustiga terilgan kosayu piyolalar ham öşa joyda qoldi. Lekin rus askarlari bunga eʼtibor berişmadi. Daştlik qirğiz va qozoq elatlari kelib, heç kim hisobiga yetmaydigan bu aşyolarga egalik qildi.
Amir qoçayotgan vaqtda zahar tang qilib, hojatini çiqarişga vaqt topolmay, egar ustiga yozilib iştonini höl qilib qöydi. Xovos qişloğiga kelib otdan tuşdi va yetib kelgan bir neça xizmatkorlarga liboslarini yuvib qöyişlarini buyurdi. Ertasi kuni tongda huzuriga ayrim amirlar yiğildi, amir egniga toza liboslar bilan oroyiş berib, Samarqandga yetib keldi. Beş yuzga yaqin kişi amir xizmatiga keldi, taxminan ikki yuz mingga yaqin askar uylariga tarqalib ketdi. Ularni ilgari ham öylamay jam qilgan edilar, yana öylab-netib ötirmay uni tor-mor etilişiga yöl qöyib berdilar. Heç kim “qayerdan kelding”, “qayerga ketayapsan” deb söramadi.
Bu parokandalikning sababçilari Amirning el va ulus ularga xizmat qilişdan or qiladigan maktabdoş ğulomlaridan iborat laşkarboşilardir. Elatiya jangçilarining oladigan xizmat haqlari 20 tanga edi. Şu ham köpinça bir neça kunga keçiktirilib, töliq berilmasdi. Bozorlardagi narxlar özgaruvçan, baland bölganligi tufayli xizmat haqlari bahodirlarga yetişmas edi. Şu bilan birga, non uçun jon qurbon qiladigan oç va muhtojlar juda köp edi.
Agar qöşin boşiga haqiqiy jangçi tayinlanganda, xazina eşiklari oçilib, har qaysi jangçiga 60 dirhamdan haq berilganda, bozordagi narxlar tartibga solinganda odamlarning şavqi sinmas va duşman bilan jon olib, jon berib kuraşar edilar”.
Xullas, Ahmad Doniş manğitlar sulolasi tarixi töğrisidagi öz risolasida ötkir kinoya va aççiq kesatiq bilan özi xizmat qilgan Amir Muzaffarning butun şaxsiy “sifatlari” va “sarkardalik” layoqatini oçib beradi. Bu sözlarga yana nimani qöşimça qiliş mumkin, axir…
Şu örinda Siz tilga olgan laşkarboşi Olloyor devonbegi haqida bir oz töxtalib ötsak. Aslida Olloyor devonbegi laşkarboşi, yaʼni muayyan miqdordagi qöşin qömondoni bölmay, balki u Jizzax hokimi edi. U ham xuddi Buxoro amirlari singari özbeklarning manğit uruğiga mansub bölgan.
Mirzo Abdulazim Somiyning yozişiça, Maydayulğun hodisasidan keyin Amir Muzaffar “Jizzaxda ekanligida manğitlardan Olloyor devonbegini hokimlikka tayinlab, Jizzaxdagi eski qörğon atrofida yana bir devor qurib, uni mustahkamlab, şu yerda amirlaşkarlar boşçiligida ördu tarzida katta bir laşkar qoldirişni buyurdiki, göyo bu tadbir ila u öz könglida nasroniylar qöşini yölida mustahkam tösiq bino qilgandek edi…
Muhosarada qolgan amirlardan Olloyor devonbegi manğit, Odil dodxoh xitoy, Abdusattor Inoq Husanbiy, Juyonxoja töqsabo, jinirol Iskandarxon va (boşqa) talay amirlaşkarlar şahid böldilar… Ölim soati keçiktirilgan amirlar, xususan, Yoqub qöşbegi va boşqa baʼzi bir kişilar mağlubiyatga uçrab, ust-boşsiz, piyoda Samarqand qoçib, oliymaqom poyiga yetib keldilar. Ulardagi (saboq) şon-şuhratning qolgan-qutganlaridan va Maydayulğun voqeasidan keyin (hamon) saqlanib qolmiş kuç-qudratdan asar ham qolmagandi.
…Jizzax vohasi va (unda) laşkari mağlub bölganligi xabari (olingan)dan keyin janobi oliylari Samarqanddan çiqib, Karmanaga keldilar va şu yerda muqim turib qoldilar. Ğuzor hokimi Abdulmalik Törani, Hisori Şodmon hokimi Rahmonqul parvonaçini, talay qalʼa laşkarlarini, qönğirot laşkarlarining qolgan-qutganini, Miyonqol laşkarini, Buxoro navkarlarini, (boşqa) viloyatlardagi ğoziylarni Samarqandda qoldirdi va Ğiştköprikni mustahkamlab, bu yerda ham örislar yölini tösiş uçun laşkar qöydi”.
Maʼlumki, Jizzax şahri Rossiya imperiyasi qöşinlari tomonidan 1866-yil 18 oktyabrda bosib olindi. Tarixçi Somiy xuddi şu jarayonni öz asarida tasvirlab, Jizzax hokimi bölgan Olloyor devonbegi şaharni himoya qiliş jarayonida mardlarça halok bölganligini taʼkidlaydi. Ruslar albatta Jizzaxni bosib olgandan keyin Buxoro amirligidagi ikkinçi muhim markaz – Samarqand şahrini egallaşga asosiy eʼtiborni qaratişadi. Ahmad Donişning yozişiça, bu paytda Samarqand hokimi Şerali inoq edi. Amir Muzaffar Samarqand mudofaaçilariga yordam tariqasida öz öğli Katta Töra nomi bilan maşhur bölgan valiahd şahzoda, Ğuzor hokimi, 18 yoşni töldirgan navqiron Abdulmalik Töra (1848-1909) boşçiligida bir guruh qöşinni qoldirdi.
Ahmad Doniş tomonidan Jizzax va Samarqandning örislar tomonidan bosib olinişi esa quyidagiça tasvirlangan: “Bir söz bilan aytganda, özbek qozonining qopqoği oçildi, oltin deyilgani mis bölib çiqdi, ruslar kerakli darajada ularning ahvolidan xabardor böldi. Ular şu vaqtning özida Jizzax ustiga yuriş qildilar. Jizzaxni mudofaa qiliş uçun ön ikki ming askar bir neça laşkarboşi amirlar boşçiligida Samarqandga yuborildi. Hamma sarkardalar bir-birlariga muxolif ediki, agar biri dam bersa, boşqasi yuriş qilar, agar birining oti loyga botib qolsa, heç qaysisi yordam bermas edi. Ular orasida muntazam askarlar ham bor edi, qömondonlari afğonlardan bölib, tartibli jang qiliş taʼmini olgan, katta maʼrakalarda iştirok etgan edilar…
Ruslar Jizzaxni egallagandan keyin amir Samarqandda ortiq turişni xohlamadi va Buxoro tomon otlandi. Ulamolar haqiqiy ahvoldan xabarsiz mullalar va avom odamlarning köpini Samarqandga yiğdilar. Amir tomonidan Samarqandga hokim qilib qoldirilgan Şerali Inoq esa “şularning şumligi, iğvosi bilan qança jang, fitnalar sodir böldi, bu mullalar qatl qilinmasa, omma tinçimaydi” deb yiğilganlarni qatl qilişga buyurdi. “Aslida ğazot sunniylarni öldirişdan iborat, şunda biz tinç bölamiz”, dedi. Öz amallarining xatosi bölmiş farmonni bir töda musulmonlarning qoni bilan bezadilar. Samarqand fuqarolari bu bedodlikni Sheralidan körib, butun aholi, musulmon talabalari, erkaku ayol Samarqand garnizoni askarlariga qarşi kötarildilarki, köçalarda odamlar qoni oqa boşladi. Bu xabar dam-badam duşman quloğiga borib yetardi va ular “qayerda öldirilmasin, bu bizning foydamizga” der edilar. Öşanda Samarqandda bölgan buxorolik ayrim sarkardalar yengil vaʼdalar bilan bu fitnani tinçlantiriş yölinini topdilar.
Heç kim heç zamon bu mamlakatda bölganidek tartibsizlikni körmagan…
Ruslar Samarqand daryosi yoqasiga kelganda töplarimizning baʼzilari Çöponota qiriga çiqarilgan edi. Töpdan ikki-uç marta otildi, biroq öq-dorimiz olov olmadi. Ruslar soçma öq otib, qiyinçiliksiz şaharga kirdi va Köktoşni egalladi. Hamma xayolparastlar öşa zamon Buxoroga qadar qoçib bordi. Şu tariqa, çoru noçor sulhga rozi böldilar. Asirimizdagi rus zodagonini tekinga ozod qilişdi, amir ruslarga bir yuz yetmiş ming dinor qizil oltin berişga majbur böldi. Buxoro yeri Samarqanddan çegara çiziği bilan ajratildi…
Ruslarga qilingan harbiy xarajatlarni qoplaş va biz tomon hujumlarni töxtatiş uçun yana şunça miqdorda tovon töladik, itoat intizomini bajaramiz deb uşbu mablağ bilan Buxoro şahzodasini elçilar bilan birga rus imperatori poytaxtiga yubordik”.
– Lekin xalq öz hukmdorining nodonligiga qarab ötirmaydi. Amir Muzaffarning öz öğli Abdulmalik töra bosqinçilarga qarşi boş kötarmoqçi bölgan ommani boşqarişga, ğanimning yölini tösişga harakat qildi. Ammo otasi bu xatti-harakatlarni körib, duşmanni emas, öz öğlini, vatanparvar, xalqparvar bir insonni yöq qilişga kirişdi, oxir oqibat rus laşkarboşilari bilan til biriktirib göyo “maqsadiga erişdi”. Amirni aynan öz öğli bilan adovatlaşişiga nima sabab bölgan edi?
– Darhaqiqat, Katta Töra nomi bilan maşhur bölgan valiahd şahzoda Abdulmalik Töra (1848-1909) Rossiya imperiyasining bosqinçilik siyosatiga qarşi kuraş olib borgan jasur inson edi. Xususan, bu paytda Ğuzor begi bölgan Abdulmalik töraning jasorati Samarqand qözğoloni davrida yaqqol körindi.
Samarqand qözğoloni 1868-yil 1-8 iyunda kötarilgan. Qözğolon, bir tomondan Rossiya imperiyasining bosqinçilik va mustamlakaçilik siyosatiga qarşi, ikkinçi tomondan, mahalliy amaldorlarning zulmi va öz xalqiga nisbatan xoinligiga qarşi qaratilgan edi.
1868-yil 2 mayda Rossiya imperiyasi qöşinlari Samarqandni egallagaç, general K.P.Kaufman şahar va uning atrofida joylaşgan viloyatlardagi mahalliy amaldorlar öz örinlarida qoldirilganini, xalq bungaça mavjud bölgan soliqlarni Rossiya imperiyasi xazinasiga topşirmoği lozim ekanligini eʼlon qilgan. Öşa yilgi soliqlar töla undirilganiga qaramay, podşo hukumati aholiga qayta soliq solişni talab qilgan. Zarafşon okrugida (u 1886-yilda Samarqand oblastiga aylantirildi) general N.N.Golovaçyov boşliq harbiy-byurokratik hokimiyat taşkil qilinib, mehnatkaş aholining amaldorlar va Rossiya imperiyasi maʼmuriyati tomonidan ezilişi Samarqand qözğoloniga sabab bölgan.
Tarixçi Azim Malikovning yozişiça, 1868-yil 1 iyunda Amir Muzaffarning tönğiç öğli Abdulmalik töra boşçiligidagi qöşinlar Şahrisabzdan Samarqandga yöl olişgan. Ularning yetib kelişi bilan Samarqandda ruslarga qarşi qözğolon boşlangan. Qözğolonda özbek xalqining turli qavmlari: manğitlar, xitoy-qipçoqlar, naymanlar, tuyoqlilar, şuningdek, samarqandliklar, urgutliklar, panjikentliklar va qoraqalpoqlar qatnaşgan. Qözğolonçilar dastlab Çöponota tepaligida yiğilganlar. Ular 2 iyunda qalʼaga (şaharga) hujum qilişgan. Öşa davrda Samarqand qalʼasining ikkita darvozasi bölgan. Asosiy janglar janubda Ruhobod maqbarasi tarafida joylaşgan Buxoro darvozasi atrofida bölgan. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, janglarda vatanparvarlardan 6000 dan ziyod odam qatnaşgan.
Qözğolonga dastlab Şahrisabz va Kitob beklari Jörabek va Bobobek, keyinçalik Abdulmalik töra rahbarlik qilişgan. Qözğolonçilar rus askarlari joylaşgan qalʼaga qattiq hujumlar uyuştirişgan. Butun şahar aholisi qözğalgan. Biroq amir qöşinlari Zirabuloq jangida ruslar tomonidan tor-mor keltirilganini eşitgandan söng va 4 iyun kuni ruslar Şahrisabzga yuriş boşlaganligi töğrisida yolğon miş-mişga işongan Kitob va Şahrisabz beklari Samarqanddan çiqib ketişgan. Bu yolğon miş-mişlar va vahimali xabarlarni ruslarning rubli va dabdabali vaʼdalariga sotilgan ayrim sotqinlar va xoinlar tarqatişgan edi. Ularning nomini hatto bu yerda keltirişdan or qilasan kişi… Afsuski, Turkiston va Özbekiston tarixida köpinça ana şunday sotqin va qörqoq odamlar hamda ularning avlodlarini oşiği olçi, piçoği moy ustida bölgan… Darvoqe, 1865-yil may oyida rus qöşinini ana şunday sotqinlardan biri qirğiz millatli Şobdon botir Jontoy öğli yölboşlovçi sifatida Toşkent şahri ustiga boşlab kelgan edi…
Samarqand qözğoloniga keyinçalik Ibod Salimboyev, Töxtaxöja Nalçor, Zokirboy Razzoqboyev, Abduşarif Abdulfattoyev boşçilik qilişdi. Kuçlarning zaiflaşişiga qaramay samarqandliklar qözğolonni töxtatmay uni 7 iyungaça davom ettirişgan, lekin qözğolonçilar uyuştirgan hujumlar ança susaygan. Ikki kun mobaynida Rossiya qöşinining 150 askari safdan çiqqan. 8 iyun kuni Rossiya qöşiniga yordamçi ilğor qismlar yetib kelgandan keyin qattiq jang bölib, Samarqand şahri ruslar tomonidan qayta işğol qilingan.
1868-yil 8 iyunda Kaufman buyruği bilan Samarqand şahri birvarakayiga töpga tutildi. Şaharni batamom yoqib yuboriş haqida buyruq olgan rus askarlari qirğin boşlaydilar. 9 iyunda minglab tinç aholining yostiğini quritgan Samarqand fojiasi boşlanadi. Qatli om uç kun davom etadi. Minglab odamlar heç qanday tergovu sud va söroqsiz otib taşlanadi. Qözğolon faollaridan 19 kişi qölga olinib, Sibirga surgun qilinadi. Umuman olganda Samarqand qözğoloni tarixda muhim örin tutadi.
Sadriddin Ayniyning fikriça, Abdulmalik töraning harakati va qözğolonçilarning jasorati tufayli Turkiston ölkasining general-gubernatori K.P.Kaufman poytaxt Buxoro şahriga hujum qilişdan voz keçgan va sulh tuzişga majbur bölgan.
Xullas, 1868-yil 23 iyunda Samarqandda imzolangan Rossiya-Buxoro sulh şartnomasiga köra, Buxoro amirligi Rossiya imperiyasiga tobe bölib qolgan. Zirabuloqqaça bölgan hudud ruslar boşqaruvi ostiga ötgan.
Amir Muzaffarxon şaxsiyatidagi ayrim illatlar: xudbinlik, boşqalar fikrini nazar-pisand qilmaslik va öziga haddan taşqari bino qöyiş, harbiy sohadagi layoqatsizlik va buni tan olmaslik, manmansiraşlik kasali va şuhratparastlik kayfiyati, hatto duşman oldidagi jurʼatsizlik va qörqoqlik, odam tanlay bilmaslik va boşqaruv ilmini tuşunmaslik kabi kamçiliklar Buxoro davlati harbiy kuçlarining Rossiya imperiyasi qöşinlaridan mağlubiyatga uçraşiga olib kelgan subyektiv omildir. Şu bilan birga Buxoroda harbiy iş va qöşin ahvoli bu davrda harob holatda ekanligi, Amir Nasrulloh davrida boşlangan islohotlar töxtab qolganligi, mintaqadagi uçta özbek davlati taşqi duşman – Rossiya imperiyasiga qarşi kuraşda özaro birlaşa olmaganligini alohida taʼkidlab ötiş lozim.
Buxoro amirligi Rossiyaga tobe bölib qolgaç, amirlikdagi baʼzi siyosiy va harbiy kuçlar Abdulmalik töra atrofida birlaşdilar. Abdulmalik töra, bir tomondan Rossiya imperiyasining bosqini va mustamlikaçilik zulmiga qarşi, ikkinçi tomondan, duşmanga qarşi kuraşda ojizlik va qörqoqlik qilgan otasi Amir Muzaffarxonga qarşi Ğuzor, Şahrisabz va Kitobda qözğolon kötardi. Uni uşbu hudud aholisi hamda viloyatlar hokimlari Jörabek va Bobobek qöllab-quvvatlaydi. Poytaxt Buxoroda ham Abdulmalik törani qöllab-quvvatlovçilar topiladi, uning atrofiga töplangan beklar, sarkardalar hamda oddiy aholi vakillari uni Şahrisabzda amir deb eʼlon qilişadi.
 Aynan şu holatlar Amir Muzaffarxonning öz öğli bilan yovlaşişiga olib keldi. Muzaffarxon öğliga qarşi qöşin tortdi hamda mağlubiyatga uçrab çekindi. Bu holat qaşqadaryolik jurnalist va yozuvçi Samar Nuriyning “Qora tong” (2003) romanida öz haqqoniy ifodasini topgan.
Mirzo Abdulazim Somiy özining “Manğit sultonlari tarixi” asarida Abdulmalik töra jasoratini körsatiş bilan birgalikda u yöl qöygan xatolarni, baʼzi saroy amaldorlari va sarkardalarning ota-bola (amir va valiahd) örtasini buzişga intilgani, şu bilan birga, Amir Muzaffarxon layoqatsiz hukmdor ekanligini oçiq körsatib ötgan.
Xullas, Buxoro amiri Muzaffarxon öğliga qarşi qöşin tortdi. Janglarda mağlubiyatga uçragaç, Rossiya imperiyasining Turkiston ölkasidagi maʼmurlaridan harbiy yordam söraşga şoşildi. Zarafşon okrugi harbiy gubernatori general Abramov boşçiligidagi rus qöşinlari 1868-yil 23 oktyabrda Qarşi şahri ustiga yuriş qilib, şaharni Abdulmalik töradan tortib olib, Amir Muzaffarxonga topşirdi. Abdulmalik töra atrof-tevarakdan kuç töplaşga kirişgan, xususan, Xiva xoni Muhammad Rahimxondan madad istab borgan, söngra Hisor viloyatidan va turkmanlardan qöşin töplab, Qarşini yana otasidan tortib olgan. General Abramov qöşinlari 1870-yilda Abdulmalik töraning kuçlarini tor-mor keltirib, Şahrisabz, Kitob va Qarşini Amir Muzaffarga qayta olib berdi. Aynan general Abramov buyruği bilan Rossiya imperiyasi qöşinlari tomonidan Şahrisabzdagi maşhur Oqsaroy va boşqa yodgorliklar töplardan öqqa tutilib, vayron qilindi. Biroq bu tarixiy haqiqat hozirgaça ilmiy tadqiqotlarda xolis körsatilmayapti. Hatto akademik Böriboy Ahmedov bundan ança yillar oldin Şahrisabzdagi Oqsaroyni Buxoro xoni Abdullaxon II buzdirgan, degan notöğri maʼlumotni öylab topdi hamda öz kitoblaridan kitoblariga bu fikrni köçirib ötkaziş bilan şuğullandi.
Na otasidan, na Xiva xonidan, na xalqdan, na döstu yorlaridan röşnolik körgan Abdulmalik töra Buxorodan çiqib Afğonistonga, söngra 1873-yilda Koşğarga jönab ketişga majbur böldi. Koşğar Xitoy tomonidan bosib olingaç, u Hindistondan panoh topdi. Abdulmalik töra 1909-yilda Peşovar şahrida vafot etdi. Xullas, özbek xalqining yana bir jasur öğloni xoki bugungi Pokiston davlati hududida qolib ketdi…
Endi, gapning mavridi kelib qoldi. Tarixçi olim va bir kuyinçak ziyoli sifatida meni bir narsa köp öylantiradi. Turkiy xalqlar örtasida, xususan, biz mansub bölgan özbek xalqi orasida nega azaldan birlik bölmagan. Tarqoqlik va özibölarçilik (buni biz öziga bek deb lof uramiz), hokimiyat tepasida ötirgan aksariyat amaldorlarning Vatan va Xalq manfaatini emas, balki özi va oilasi manfaatini öylaşi, yurt hukmdorlarining duşman oldida ojizligi va qörqoqligi, xususan, yurtini örisga boy bergan Buxoro amiri Muzaffarxon, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II, Qöqon xoni Xudoyorxon (bir paytning özida bitta xalqning uçta davlat hukmdorlari) biz uçun öta pastkaş hukmdorlar hisoblanadi… Gapiraversang, hali gap köp.
Amir Muzaffarxon haqida fikrlarimizni yana Ahmad Doniş asarlaridan olingan iqtibos bilan yakunlasak: “Amir butunlay içkilik, buzuqlik, şahvoniy nafsga berilib ketdi. Qarşidan Keşgaça hududdagi unga böysunadigan qalʼalarda ğavğo va fasodga yöl oçilmasin deb, past tabaqali odamlarni oqsoqol qilib tayinladi. Izzat-obrölilarini esa olib taşladi. Bu viloyatlarga köngil oçiş maqsadida borganda şu yerdagi oqsoqollarning har kuni taʼzim bajo keltirişlarini talab qilar va viloyat qizlarini mendan qoçirmasin deb yil davomida ularga şohona tönlar kiydirardi…
…Xuddi şunday önlab aravalarda vazirning maxsus odamlari, mulozimlari Buxorodan kelar edi. Ular qizlarni topib, amir qayerda bölsa, keçayu kunduz öşa yerga olib borişar edi. Ön ming askar – xizmatkorlari bilan yigirma mingga yetardi. Ular öşa diyor xotinlari, farzandlariga köz olaytirar, hayvoniy hirsga berilar edi. Ularing Buxoroda qolgan 20000 xotinlari esa har oqşom 20000 odam bilan yaqinlaşardi. “Alloh asraganlari bundan mustasno, albatta”. (Qurʼoni karim, 7, 142-145)
Xullas, Mavorounnahrning Buxoroyi şarif joylaşgan qismi yalpisiga Lut Şahristoniga aylandi. Fisqu fasod, tartibsizlik şunçalik kuçaydiki, mamlakat firʼavnlari Misrga öxşab “fosiqlar şahri” nomi bilan maşhur böldi. Lut şaharlariga öxşab iflos makonga aylanişidan qörqiş kerak edi. “Allohim, bu yer odamlarini bu fasoddan saqla”. (Qurʼoni karim, 15, 74)
Amir Muzaffar boşqaruvi zamonida örnatilgan tartiblar jumlasiga gulxan atrofida bazmu tomoşalar, bolalar raqsi, masxarabozlarning çiqişi, dorbozlar öyinining joriy etilişi, hamma viloyatlarda noğora, karnay ovozlari yangrab turganini qöşiş mumkin. Hamma joyda tinçlik hukmron, fitnayu fasod tugatilgan degan fikr hosil bölişi uçun şunday qilinardi. Agar davlatga xavf-xatar tuğilgudek bölsa, amir bu qadar xotirjam bölmasdi, doira ovozini eşitib ötirmasdi, degan xulosa hosil qiliş uçun ham şu taxlit masxarabozlik qilinardi. Şahar aholisi suvsizlikdan, narxlarning balandligidan jon berayotgan bölsalar ham, surnayu karnay va noğora ovozlari pasaymasdi, dorbozlar, raqqoslar öz öyinlarini davom ettirar edilar. Zarafşon tölib oqqanda, osmondan yomğir örniga ğalla yoqqanda şunday seviniş mumkin edi. Bölmasa, jöşqin tantana, ziyofatlar nima uçun qilinayapti? Tavba qiliş, keçirim söraş vaqti, bilʼaks, aslo raqs, dorni tomoşa qiliş vaqti emas edi. Çoru noçor baʼzilar şunçaki yoki oç qolsalar tomoşaga borar edilar.
Amir Muzaffar davri uzluksiz bayramu ziyofatlar zamoni böldi. Masalan, agar yangi yil (Navröz) kirsa, ikki oyça ayşu ziyofat töxtamasdi. Keyin Ramazon Qurbon hayiti, kelardi. Agar bu bayramlar tugasa, kelin töylari, şahzoda va malikalarning nikoh töylari uyuştirilardi. Oliyhimmatli kişilar bu ziyofatu bayramlarda özlarini badnom qilmas edilar. Bu maʼrakalarda tuban, xasis odamlar, masxarabozlar, öyinçilar, besoqollar sovğalarini xaltalab uylariga taşir edi. Saroyga qizlar, fohişalarni yetkazib beradigan qöşmaçi kampirlar hammadan köp olar edi”.
– Qiziği şundaki, keyingi amirlar ham xuddi şu yölni tutişdi. Amir Olimxonni oling, begunoh xalqni ezgani yetmaganday, yurtning qaysi göşasida çiroyli qiz bölsa, keltirib or-nomusini toptadi, haramini töldirib, xotinbozlikdan böşamadi. Örisning nayrangiga uçib, Fayzulla Xöjayevni duşman deb bildi.
Öz navbatida F.Xöjayev ham duşman hiylasiga köra Olimxonni eng xavfli ğanim hisobladi.Ayting-çi, bu hukmdorlar uçun Vatan taqdiri şu darajada arzimas yumuş edimi?

– Keling, eng avvalo savolimizga ozgina oydinlik kiritib olaylik. Manğitlar sulolasining sönggi hukmdori Amir Said Olimxon (1881-1944) bilan BXSR va Özbekiston SSR hukumatlarining dastlabki raisi Fayzulla Xöjayev (1886-1838) örtasida har jihatdan katta farq bölgan. Biroq bir nuqta ularni özaro tutaştiradi: har ikkalasi ham Buxoroning farzandi, şu buyuk zaminda tavallud topişgan edi. Biroq ularning har ikkalasi ham yurtidan uzoqda: biri Moskva örmonlarida 1938-yilda, ikkinçisi esa afğon tuproğida – Kobulda 1944-yil vafot etişdi. Har ikki şaxsning ölimi fojia bilan yakunlandi. Har ikkisi ham yurt diydoriga talpinib, musofirlikda jon berdi. Bu tarix oğir, ayançli va mungli tarixdir. Tarix saboqlari esa undan-da oğir. Şuning uçun dadil ayta olamanki, bu zotlar uçun Vatan taqdiri, xususan, Fayzulla Xöjayev uçun “arzimas yumuş” emas edi! Fayzulla Xöjayev, hatto Amir Olimxon ham Vatan taqdiri, Buxoro yoxud Turkiston, umuman aytganda Özbekiston taqdiri uçun qayğurişgan.
Biroq har ikkalasi ham qattiq adaşdi, jiddiy xatolarga yöl qöyişdi. Amir Olimxon özining kiçik zamondoşi, yirik savdogarning öğli bölgan Fayzulla Xöjayevga past nazar bilan qaramasdan uning fikriga quloq tutganda, Buxoroda konstitutsion monarxiya örnatilganda bolşevizm balosiga qarşi jiddiy kuraşiş mumkin edi. Lekin men tarixçi sifatida şuni ayta olamanki, Buxoro amirligi ham, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ham Rossiya va SSSRning harbiy va siyosiy tazyiqlari ostida mustaqil faoliyat yurita olmas edi. Sovet hokimiyati Şarqda bu “mustaqil davlatlar” mavjud bölişiga indamay qarab tura olmas, ularni yöqotiş va avval Sovet Rossiyasi, söngra Sovet Ittifoqi (SSSR) tarkibiga kiritiş uçun barça jirkanç vositalar va imkoniyatlardan foydalanişi sir emas edi. Aslida ham şunday böldi. Dastlab – 1920-yil sentyabrda qizil armiyaning yordamida Buxoro bosib olindi va amirlik tuzumi kuç bilan ağdarib taşlandi. 1924-yil oxirida Örta Osiyoda milliy-hududiy çegaralaniş ötkazilişi natijasida Turkiston ASSR va Xorazm SSR singari Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi ham siyosiy yöl bilan tugatildi.
Uç ming yillik tarixga ega bölgan özbek xalqi va uning davlatçilik tarixining ikki asosiy öçoği – Buxoro va Xorazm siyosiy sahnadan yöqotildi. 1925-yil fevralda Özbekiston SSR taşkil topdi va u oradan köp ötmay – 1925-yil may oyida SSSR tarkibiga kiritildi.
Keling, suhbatimizni tarixiy dalillar bilan emas, balki Özbekistonning XX asr tarixida muhim rol öynagan hamda Siz tilga olib ötgan mazkur ikki tarixiy şaxs haqidagi fikrlar bilan davom ettirsak.
Amir Said Olimxon manğitlardan Abdulahadxon xonadonida 1881-yil 18 dekabrda (hijriy 1288-yil muharram oyining 15 kuni) Karmana şahrida tuğilgan. Olimxonning enasi Davlat Baxt oyim ismli gözal ayol bölgan. Olimxon yolğiz öğil sifatida alohida mehr-muhabbat va ehtiromga loyiq holda voyaga yetgan. Uni yoşligidan boşlab Törajon töra deb eʼzozlaşgan.
Amir Abdulahadxon 1910-yil 22 dekabrda Karmana yaqinidagi Xayrobod çorboğida 54 yoşida vafot etgaç, Karmana hokimi bölib turgan Mir Sayyid Olimxon töra otasining dafn marosimidan keyin Buxoro şahriga kelib, 1910-yil 24 dekabrda 29 yoşida amirlik taxtiga ötirdi.
Amir Said Olimxon dastlab Buxoro amirligida maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sohada islohotlar ötkazilişiga uringan. U 1910-yil 30 dekabrda maxsus farmon çiqarib, islohotlar dasturini eʼlon qilgan. Farmonga köra xalqdan olinuvçi turli soliqlar kamaytirilgan va xiroj tartibga solingan, amaldorlarning pora olişi taʼqiqlanib, ularga xazinadan maoş belgilangan. Harbiy işni qayta qurişga kirişilgan. Navkarlar va sarbozlarning maoşlari ikki-uç barobar oşiriladi. Amir Said Olimxon va arkoni davlatning bu işlarini Buxoro jadidlari, xususan, Fitrat katta olqişlar bilan qarşilagan. Biroq oradan köp ötmay Amir Olimxon qadimistik yöl tarafdorlari bölgan baʼzi ulamolarning tazyiqlari natijasida bu islohotlarni töxtatib qöygan. Yoş buxorolik jadidlarga nisbatan xayrixohona siyosatni ham özaro adovat va nafrat egallagan.
Şu bilan birgalikda Amir Olimxon hukmronligi davrida Buxoro amirligini Rossiya imperiyasiga qaramligi tobora kuçaydi. Uning farmoni bilan taraqqiyparvar kuçlar, avvalo, Yoş buxoroliklar qattiq taʼqib qilindi. Birinçi jahon uruşi davrida Rossiya imperatori Nikolay II uni general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlagan va özining general-adʼyutanti qilib tayinlagan (1915-yil dekabr). Çunki amir uruş paytida Rossiya davlatiga katta miqdordagi mablağ bilan moddiy yordam bergan edi.
Amir Olimxon Buxoro mamlakati uçun masʼuliyatli bölgan bir davr – 1917-1920-yillarda töğri siyosat yuritiş örniga jabr-zulmni kuçaytirgan. Buxoroda 1917-yil aprelda bölgan namoyiş, xususan, Kolesov voqeasi (1918-yil mart)dan keyin u amirlik hududida 3000 kişini jadid deb ayblab, nohaq qatl qildirgan.
Turkiston ölkasida 1917-yil kuzida sovet rejimi örnatilgaç, Xorazmda Junaidxon hamda Farğona vodiysida Madaminbek, keyinçalik Şermuhammadbek bilan qizil armiyaga qarşi kuraşda ittifoq tuzilgan bölsa ham Amir Said Olimxon ularga yetarli darajada harbiy yordam körsatmadi. Buxoro qöşinini zamonaviy qurollar bilan taʼminlaş işlari ham oxiriga yetkazilmadi. Olimxon mamlakat ahvolini yaxşilaş örniga asosiy vaqtini dabdabali turmuş keçiriş va ayş-işratga sarflagan. Buxorodagi ayrim mutaassib ulamolarning kuçli taʼsiri ostida bölgan uluğvor bir turkiy davlat – Buxoro amirligi tanazzulga uçrab, parçalanib ketişida Olimxonning kaltabinligi sabab bölgan.
1920-yil avgustida Turkiston fronti qöşinlarining Buxoroga qilgan bosqini natijasida Said Olimxon toj-taxtdan mahrum böldi. Buxoroda amirlik tuzumi ağdarib taşlandi. Qizil askarlar tomonidan Buxoro şahri vayron qilindi, amirlik xazinasi töla ravişda Moskvaga taşib ketildi. Amirlikning 118 kişidan iborat harami 1920-yil sentyabr oyi boşlarida Xoja Orif (hozirgi Şofirkon)da qizil askarlar tomonidan qölga olingan. Sentyabr oyining örtalarida sobiq amir Şarqiy Buxoroga borib örnaşdi. Xullas, Buxoro fojialari Said Olimxonning şaxsiyatida keskin özgarişlar yasadi. Biroq duşmanga qarşi kuraş uçun asosiy fursat boy berilgan edi. Şunday bölişiga qaramasdan Olimxon Buxoro xalqining bosqinçi qizil armiyasiga qarşi olib borgan mustaqillik kuraşiga rahbarlik qilişga urindi.
Said Olimxon Hisor viloyatini öziga qarorgoh (markaz) qilib, olti oy davomida qizil askarlarga qarşi kuraşadi. U Hisorda saroy aʼyonlari va mahalliy amaldorlardan iborat yangi hukumat taşkil qiladi, buxoroliklarning qizil askarlarga qarşi olib borayotgan jang harakatlarini muvofiqlaştirişga intiladi. Yangi hukumat faoliyatida Hisor hokimi Avliyoqulbek (1922-yili halok bölgan) muhim rol öynaydi. Biroq bir qator janglarda mağlubiyatga uçragaç, 1921-yil 4 martda Said Olimxon öz yaqinlari va saroy aʼyonlari bilan Amudaryoning Çubek keçuvidan Afğonistonga ötib ketgan.
Kobul şahrida Olimxonni Afğoniston amiri Omonullaxon (hukmronlik davri: 1919-1929) qabul qilib, doimiy yaşaşi uçun unga poytaxt yaqinidagi Qalʼayi Fotuda maxsus qarorgoh ajratib berdi. U Kobulda muqim yaşasa ham Buxoroda istiqlolçilik harakatiga ğoyaviy jihatdan rahbarlik qilişda davom etdi, qörboşilar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovğalar jönatib, ularni bolşeviklar va qizil armiyaga qarşi kuraşga ilhomlantirdi.
Olimxon qolgan butun umrini Kobulda ötkazdi. U Xorijda ham Buxoroni bolşeviklardan ozod qiliş fikridan voz keçmadi. 1929-yil 4 iyunda “Manchester-Gardian” (Angliya) gazetasida Olimxonning “Bolşeviklarning Örta Osiyoga kompaniyasi” nomli jahon xalqlariga murojaatnomasi eʼlon qilindi. Bu murojaatnomada sovet Rossiyasining 1917-1922-yillarda Markaziy Osiyoda yuritgan mustamlakaçilik siyosati, Buxoroning qizil armiya tomonidan bosib olinişi, amirlik xazinasining talon-taroj qilinişi va Moskvaga olib ketilişi, istiqlol janglari haqida muhim maʼlumotlar mavjud. Sobiq hukmdorning yozişiça, Turkiston mintaqasida qizil armiyaga qarşi kuraşayotgan mujohidlar soni bu paytda 60000, qizil armiya jangçilarining soni esa 100000 kişi (faqat Buxoroning özida 40000 nafar qurolli qizil askar) bölgan.
Said Olimxon Kobulda özining “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomli maşhur esdaliklarini yozgan. Bu memuar va uning Millatlar Ligasiga yozgan rasmiy bayonoti özining maxsus vakili general Hoji Yusufbek Muqimboy öğli orqali 1927-yil sentyabrda Jenevadagi bu taşkilot rahbarlariga topşirildi. Murojaatnoma Jenevadagi Millatlar Ligasidan taşqari Gaagadagi xalqaro tribunalga, Buyuk Britaniya, AQŞ, Yaponiya va boşqa davlatlarning rahbarlariga jönatildi. Buxoroning sobiq amiri tomonidan tayyorlangan uşbu rasmiy hujjat jahon ahlini junbuşga soldi. Fransiya, Italiya, Şveysariya, Germaniya, Angliya va Eron davlatlarida bu murojaatnoma qizğin muhokama qilindi.
Said Olimxon muhojirlikda yurt diydoriga talpinib yaşadi. Uning Buxoroga qaytib keliş haqidagi iltijolariga SSSR davlati rahbari I.V.Stalin qatʼiy rad javobini bergan. Umrining oxirida uning közlari xiralaşib, özi oğir dardga çalindi. 1944-yil 28 aprelda Said Olimxon uzoq davom etgan xastalikdan söng 63 yoşida Kobul atrofidagi Qalʼayi Fotuda vafot etdi. U Kobul yaqinidagi Şahidoni islom (islom şahidlari) qabristoniga dafn qilingan. Uning dafn marosimiga deyarli barça islom mamlakatlaridan vakillar kelgan. Olimxon qabri ustiga katta marmardan xotira toşi örnatilgan.
– Qahramon aka, Siz bilan biz bir asrning naryoğidagi tarix haqida sözlaşib yotibmiz. Nima bölganda ham bu keçilgan tarix. Qanday xulosa çiqarişimizdan qatʼi nazar u özgarmay qolaveradi. Bugunning, Mustaqil yurtning havosidan bahramand bölayotgan, tinç, osoyişta zamonning köngli töq fuqarolarimiz. Uluğ Istiqlolimizning 23 yillik şodiyonasi yaqin. Biz uning qadriga yetiş maʼnosida tarixning, Qodiriy taʼbiri bilan aytganda “qora va kir” sahifalariga murojaat qildik, esladik. Bu ham behudaga emas. Keçagi kunni mutlaqo eslamasligimiz ham mumkin. Biroq ular ham ajdodlarimiz. Ular qörqoqlik qilmaganlarida Vatanning begunoh fuqarolari behuda nobud bölmagan, azob körmagan, uluğ maʼrifatparvarlarimizning yoş jonlari qirçinidan qiyilmagan bölarmidi, madaniyatimiz, adabiyotimiz bundan köra uluğ çöqqilarga erişmasmidi, yurtimiz bundan ham çandon gözalroq bölarmidi, deb öylaysan-da odam.
Suhbatimizning çin maʼnosi ham şu özi: armon. Boşqa narsa emas.

– Darhaqiqat şunday.
Keling, özaro suhbatimizga hozirça nuqta qöyib, uni Ahmad Donişning quyidagi fikrlari bilan yakunlasak:
“Amir Temur dunyoning törtdan bir qismida jasorati, mardligi bilan nom qozongan bölsa, Buxoro amirlari badaxloqliklari, irodasizliklari, qörqoqliklari bilan öz nomlarini badnom qildilar.
Buxoro va Samarqand adolat, insof, dinu diyonat, ilmu amali bilan dunyoga dovruği ketgan şaharlardandir. Bular uşbu şaharlarni şunçalik badnom qildilarki, buning şarmandaligi qiyomatgaça qoladi, tarix varaqlaridan öçmaydi…
Turon mamlakatini boşqariş xotinlar darajasidan past odamning qöliga ötsa-ya?!. Musulmon amirining qabohat, razilliklarini xotirjam kuzatuvçi köz qayda bor?!”
Manğitlar ötmişi ham bizning, özbek xalqining tarixidir. Tarixdan esa voz keçib bölmaydi. Faqat saboq çiqariş mumkin. U şuning uçun ham muhimdir…

Suhbatdoş: Sobir ÖNAR
“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 5-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)