Adabiyotimiz tarixidan maʼlumki, buyuk daho ijodkorlarga xos bölgan bitta umumiy jihat mavjud. XV asr timsolida qaraydigan bölsak, Alişer Navoiy umr şomida özining “Mahbub ul-qulub” deb nomlangan – insoniyat uçun möjaz bir maktub bitib qoldirdi. U asarda köngil va ruh obodligi xususida teran muşohadalar insoniyatga ibrat bölgulik turfa qaraşlar keltirilgan. XX asr intihosida daho Lev Tolstoy “Iqrornoma” asarida özining barça “qilgan va qilolmagan” işlari haqida iztirob bilan hikoya qiladi. “Hayot nima?”, “Yaşaş-çi?” qabilidagi iqrorlari har bir kişini öyga toldirib qöyişi şubhasiz. Ayniqsa, Tolstoy umr şomi botayotganda “Men nima izlayapman?” degan savolni insonga, uni tuşungan insoniyatga yozib qoldirdi. XX asr adabiy hayotida bir neça asarlari bilan şuhrat qozongan Markes “Vido maktubi”da: “Ey ahli maʼni axtarayotgan zotlar, bir-birlaringni sevinglar, mehrli bölinglar” deya bitib ketdi. Uzoqqa bormaylik, özining yuzlab hikoyalarini jahon adabiyoti namunalariga böylab yaratgan fidoyi adib Şukur Xolmirzayev “Dinozavr” asarini qayta-qayta yozib, bitganlaridan köngli tölmay, “yon daftarçasi”ga vido maktubini yozib qoldirdi: “Dinozavr”ni mukammal holda yozib tugatsam, armonim yöq” dedi. Umri davomida “siz va biz” haqimizda önlab dilbar romanlar yaratgan XX asr özbek adabiyotida öziga xos söqmoq oçgan, maktab yaratgan daho sanʼatkor Odil Yoqubov “Osiy banda” asari bilan “sönggi maktubi”ni bitib qoldirdi…
Aytiş joziki, Odil Yoqubov “Osiy banda” romanini yaxlit kitob holida köriş orzusi bilan yaşadi. U umrining sönggi damlarida qilgan adabiy suhbatlarida şunday deydi: “Men hamma narsani yozib böldim deb aytolmayman. Yaxşi asarimni Xudo umr bersa endi yozaman”. Körinadiki, adib önlab qissa va romanlaridan qoniqiş his qilmayapti. Hatto “Osiy banda” asridan ham. Bölmasa uşbu roman juda katta mahorat va içki iztirob bilan bitilgan. Roman “Adolat manzili”ning mantiqiy davomidek taassurot uyğotadi. “Özbekiston” naşriyoti savobli işga qöl urib, adibning yaqindagina “Osiy banda” romanini naşr qildi.
Kitobga söz boşi yozgan munaqqid Ibrohim Ğafurov adib haqida şunday fikrlarni ilgari suradi: “Odil Yoqubov realizm deganda hayotni teran biliş va şunga çambarças uyqaş aks ettirişni tuşunardi. Hamma vaqt hayot derdi va hayot deganda xalqqa xizmat qilişni anglardi. Bu uning eʼtiqodi edi”. Binobarin, “Osiy banda” romanida millatimiz boşiga tuşgan “qayta quriş” yillaridagi ahvol-ruhiyasi, “neça yuzlab” insonlarning begunoh qurbon bölişi, öz taqdirlari oldida çorasiz qolişi dardu nido bilan tasvirlanadi. U asar yozmayapti. U faqat köz yoşlarini qoğozga tökyapti. Biz Odil Yoqubov isteʼdodi oldida, köpni körgan oqsoqol adibimiz oldida boş egamiz. Çunki u butun millat taqdiriga befarq emas! Boşiga neça sinov va maşaqqatlar tuşsa-da, haqiqatni, öşa “aytiş” muşkul bölgan davrda katta minbarlarda turib baralla aytdi. U öz eʼtiqodiga sodiq jonkuyar edi. “Millat oyoğiga emas, boşiga qarab fikr yuritar”di. Uşbu kitob mutolaasidan keyin zukko öqiguvçida şunday taassurot tuğilişi tayin. Yaʼni “menga hozir Odil Yoqubov hikoya qilib berdi” deb yubrişi heç gap emas. Çunki asarda öquvçi qölidan sudrab olib ötuvçi çiziq – ruh uning hayotiy va haqqoniy, “yuksak isteʼdod egasi”ning oltmiş yillik tajribasi, mahorat-la bitilgani bilan ölçanadi. Ayniqsa, özining bolaligi, u qanday qiyinçiliklar bilan keçgani, “bolalikning aççiq keçmişlari” uni nimalarga röbarö qilganini goh alam, goh soğinç, goh qayğu bilan eslab tasvirlaydi…
Odil Yoqubov – goh tarixiy, goh zamonaviy mavzuda qalam tebratar ekan, u köproq inson qalbiga qarab iş tutadi. “Osiy banda” yoki “Xotiralar”ida ham buning yorqin ifodasini kuzatamiz. Ayniqsa, millatimizning bir neça ziyoli adiblari-yu, adolatli rahbarlari xususida fikr yuritar ekan, şunça oğir maşaqqatlar girdobida qolgan mamlakatimiz boşiga tuşgan körguliklarni alam bilan xotirlaydi. “Qattol” tuzumning öyinlarida qurbon bölgan saxovatli insonlari haqida kuyunib hikoya qiladi. Çunonçi, tabiatiga realizm singib ketgan Odil Yoqubov özi boşidan keçirmagan, özi his qilmagan, özi iştirok etmagan narsa-hodsalar haqida heç bir söz oçmaydi. Adibning maʼnaviy jasorati ham aslida şudir. Odil Yoqubov “ötmişga aylangan” tarixning saboqlaridan xulosalar çiqardi. Millatni millat qilib körsatadigan eng qudratli kuç – “adabiyot yaşasa, millat yaşar” degan Çölponning hikmatiga xos javob izladi. Va, umr şomida bitib qoldirgan “Osiy banda” romani (maktubi) ham bundan mustasno emas.
Nodira SULTANOVA – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti özbek filologiyasi taʼlim yönalişining 3 – kurs talabasi.
“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 5-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


