Dunyo qadim-qadimdan Şarq ayollarining odob-axloqi, urf-odatlariga havas qilib kelgan. Havas qilişganiça ham bor-da! Axir, dunyo tamaddunining yuksalişiga munosib hissa qöşgan, öz zakosi ila nomi tarixga yozilgan va hanuz barçani hayratlantirib kelayotgan ne-ne allomalarni dunyoga keltirgan, tarbiya qilgan zotlarga kim ham havas qilmaydi?! Aslida, ayol bölib yaralmoqning özi – baxt. Ayniqsa, bugun mamlakatimizda xotin-qizlar uçun yaratilayotgan şaroitlar, ularning salomatligini asraş, ijtimoiy faolligini kuçaytiriş kabi masalalar davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Biroq, guruç kurmaksiz bölmaydi, deganlaridek, şunday xotin-qizlar ham borki, gohida ularning nojöya qadami köngilga tegadi, kişida nafrat uyğotadi. Turmuş zarbalariga çidab, yöl topib yaşayotganlarni körib, yaşaşga rağbatingiz oşsa, umr yölining sinovlariga yengilib, öz masʼulligini unutayotganlarga qarab, afsus bilan boş çayqaysiz. Bugun texnika jadal surʼatlarda rivojlanayotgan, “ommaviy madaniyat” öz taʼsirini ötkazişning turfa usullaridan foydalanayotgan zamonda salgina eʼtiborsizlik, ehtiyotsizlik tufayli ayrim ayollar, qizlar pok şaʼnlariga doğ tuşirib qöymoqda. Dastlab zamonaviy bölamiz deb yengil-yelpi kiyinişga ötdik, endi esa baʼzi opa-singillarimiz uçun tamaki çekiş va spirtli içimliklar içiş ham uyat bölmay qolyapti.
Bir töydagi ikki fojia
1. Universitetni bitiriş arafasida bir dugonamiz uzatildi. Çekka qişloqqa töyga bordik. Borişga bordig-u, köz körib, quloq eşitmagan voqealarga guvoh böldik. Biz özimizça aroqni faqat şahardagi, ğarbona hayot tarziga taqlid qiluvçi opa-singillarimiz içişadi, deb öylab yurarkanmiz. Bu töydagi manzaralar esa…
Çoğroqqina töyxona. Qişloqlik ayollarning samimiyligidan, soddaligidan zavq olib ötiribmiz. Kun sovuq, könglimiz issiqqina çoydan bölakni xohlamaydi. Bir payt yonimizda ötirgan ayol:
– Qanaqasidan içasizlar? Boşlanişiga qizilidan quya qolay-a?! Kun sovuq, sal qizib olinglar, – dedi-da, javob kutmay vino oça boşladi. Söng qöşib qöydi: – Kelinning dugonalari poytaxtdan kelgan – “nozik mehmon-da”.
Köpinça “nozik mehmonlar” uçun spirtli içimliklar qöyişadi. Demak, bizning stolga ham şu maʼnoda turli “oq va qizil çoy”lardan tortişgan.
– Uzr, biz içmaymiz. Olib qöysangiz ham böladi, – dedik xijolat bölib.
– Özim örgilay sizlardan, poytaxtdan kelasizlar-u, mehmon bölmay ketasizlarmi? Mehmon – atoyi Xudo. Kelin-kuyovning baxti uçun qittak-qittak olasizlar-da endi, tortinmanglar.
Ayol dugonamizning baxti uçun piyola kötarişimizni iltimos qilib, biz esa uzr sörab çarçadik. Axiyri ayol qovoğini uygança taslim böldi. “Xayriyat, endi şişalarni olib qöyişadi”, deb turgandik, vaziyat boşqaça tus oldi. Endi bizdan boşqalar piyola uriştirişdi. Qarasak, piyolalarning jarang-jurunggi qöşni stollardan ham eşitila boşladi. Ustma-ust tilak bildirişdi, bir piyolani ikkinçisiga ulab içişdi. Ular bizning borligimizni ham eslaridan çiqarib qöyişgandi. Röparamda ötirgan ayolning bolasi borligiga endi eʼtibor qilibman: qorni oçqab, yiği boşladi. Ona esa qölidagi piyolani oxirigaça simirdi-da, bir yaşar atrofidagi bolasining oğziga kökrak soldi…
2. Nihoyat oq libosda tovlanib, davraga kelin kirib keldi. Çiroyli tilaklar bildirildi. Öyin-kulgi avjiga çiqdi. Davrada xirom etayotgan raqqosaning u yoqdan-bu yoqqa pildirab muqom qilişi şundoq ham omonat örnimizdan betoqat qila boşladi. U negadir ayollar tomonga emas, erkaklar davrasiga qarab öynar, ularning qarşisida özini ming maqomga solardi. Erkaklar uzatgan piyolalarni ketma-ket içar, uzatilgan pullar kayfiyatini kötarar, öynar, yana ichardi. Raqqosa gandiraklab-gandiraklab, öynolmay qoldi. Söngra ötirib, erkaklar bilan teppa-teng içib, davrani “qizitiş”ga kirişdi…
Könglimiz xira tortib, şu kuniyoq izimizga qaytdik…
Ayollar nega içadi?
Kasallikning turi köp. Dard bir tanada bölsa, bir kişini qiynaydi. Yuqumli kasallik esa qançadan-qança insonlarning umriga xavf soladi. Şunisi ham borki, kasallik birinçi navbatda immun tizimi past kişilarni tanlaydi. Yomon illatlar ham yuqumli kasallikka öxşaydi. Atrofdagi irodasi sust kişilarni öz domiga tortadi.
Erkaklarning spirtli içimliklar va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilişiga közimiz örganib qolgan. Biroq poyida jannat bölgan onalar – ayollar va qizlarning içkilikka ruju qöyişi, mast-alast holda yurişi, oqibati xunuk hodisalarning yuzaga kelişi kişini öyga toldiradi. Çunki ayol – jamiyat davomçisi. Uning jismonan va aqlan soğlomligi kelajakni belgilaydi. Tibbiy maʼlumotlarga köra, bir oyda uç marta alkogol içuvçi onadan tuğilgan bolada alkogolga 47 foiz, agar ota ham içsa, 60 foiz moyillik bölarkan. Demak, eng dahşatlisi, içuvçi ota-ona bölajak içuvçini dunyoga keltirişarkan. Fransuz şifokori Demmening içkilikka ruju qöygan oilalarda ötkazgan tadqiqoti natijasi şu böldiki, içuvçi ota-onadan dunyoga keladigan bolalarning 10 foizi epilepsiya, 10 foizi miya şikastlanişi, xotira sustligidan aziyat çekarkan.
«Erkaklarning spirtli içimliklar isteʼmol qilişiga közimiz örganib qolgan», derkanmiz, ularni heç oqlamoqçi emasmiz. Çunki içkilikboz erkaklar tufayli oilalarda, jamiyatimizda röy berayotgan köngilsizliklarni yaxşi bilamiz. Ammo ayol spirtli içimlikka ruju qöysa, bundan-da xunuk, taʼbni tirriq qiluvçi manzaralar yuzaga keladi. Axir, dağal matoga unça-munça doğ tegsa, balki sezilmas, lekin oppoq, harir matoga igna uçiday gard qönsa ham, hammaning nazariga tuşadi. Ayol tiynati, şaʼni ana öşa nurday toza harir matoga öxşaydi. Şunday ekan, savol: ayollar nega spirtli içimlik isteʼmol qiladi?
Dildora, 28 yoşda: – Öqituvçiman, turmuş örtoğim ham masʼul lavozimda işlaydi. Tuğilgan kunlar va bayramlarda oilaviy bordi-keldilarimiz köp. Mehmondorçiliklarda davradoşlarning yuzidan ötolmay bir-ikki marta vino, konyak içdim. Qarasam, kayfiyatim kötarilyapti. Baʼzida turmuş örtoğim bilan uyda aroq içişga odatlandim. Kayfim tarqagaç, “Nega içdim?” deb yuragim siqiladi. Gap-gaştaklarda yana köngil ölgur tinçlik bermaydi.
Vazira, 26 yoşda: – Turmuş örtoğim bilan bir sinfda öqiganmiz, sevişib turmuş qurganmiz. Qizimiz tuğilgaç, işlaş uçun Rossiyaga ketdi. Dastlab pul yuborib turdi, keyin puldan ham, özidan ham darak bölmadi. Qişloqda uning Rossiyada uylanib olgani haqida miş-miş bolaladi. Men esa işonmadim. Tört yil deganda kirib keldi. U özgargandi. Yiğlab-siqtadim. Hammasini tan oldi: uylanib olgan ekan. Erimni olib qololmadim, ota-onasini aldab, iziga qaytdi. Dardim içimda, könglimni heç kimga yora olmayman. Kinolarda ayollarning öz dardini aroq bilan yengillatganini körgandim, men ham könglimni “şişa”ga oçdim. Bora-bora içib olib, qaynota-qaynonam bilan janjallaşadigan, baxtsizligimga ularni ayblaydigan böldim. Oqibatda ne-ne orzular bilan qadam qöygan qadrdon hovlimdan haydaldim. Erim bir yildan söng tavbasiga tayanib qaytdi. Hayotimiz izga tuşib ketdi, biroq boşqa farzand körolmayapmiz. Içkilikning oqibatidan bölsa kerak, deb özimni keçirolmayman.
Adolat, 22 yoşda: – Içaman, lekin nega içişimni özim ham bilmayman. Esimni tanibmanki, otam ham, onam ham içadi. Kun böyi işda, gohida keç qaytişadi. 16 yoşimda xolalarimning qizlariga qöşilib çekib körganman. Asta-sekin tuğilgan kunlarda iça boşlaganman. Ota-onam biladi, lekin bilmaslikka oladi…
Muhimi – birinçi qadamni qöymaslik
Yana bir tur ayollar borki, ular vino qon köpaytiradi, aroq şamollaşlarning oldini oladi, infeksiyalarni öldirib, içaklarni tozalaydi, deb öz qilmişlarini oqlaydilar. Biroq spirtli içimliklarning inson salomatligi uçun xavfini sanasangiz, quloqlariga olmaydilar. AQŞda, oz miqdorda alkogol mahsulotlari içib turiş yurak faoliyati uçun foydali, degan qaraş mavjud. Biroq amerikalik tibbiyotçilar öz xulosasiga asoslanib, bu notöğri ekanligini isbotladi. Şifokorlarning tadqiqoti “Journal of the American Heart Association” jurnalida chop etildi.
Har kuni 10 gramm alkogol içiş yurak bölmasi fibrillyatsiyasi rivojlanişi xavfini 5 foizga orttiradi. Qöşimça har 10 gramm spirtli içimlik içgan odam yuragining çap bölmasi 0,16 mm. ga kengayadi. Tadqiqot mualliflari 5220 respondentni örgandi. Ularning 54 foizi ayollar bölib, örtaça yoşi 56 ni taşkil etdi. Tadqiqot qatnaşçilari elektrokardiografik tekşiruvdan ötkazildi. Olti oy mobaynida ötkazilgan 17659 tekşiruvdan 1088 holatda yurak bölmasi fibrillyatsiyasi aniqlandi.
Nargiza Bobojonova, Toşkent şahar narkologiya dispanseri vraç-narkologi, psixo-terapevt:
– Bugun ayollar örtasidagi alkogolga mutelik 22-42 yoşni taşkil etadi. Spirtli içimliklar isteʼmol qiliş yoş yoki jins tanlamaydi. Ayollarni içişga majbur qiluvçi asosiy sabab – muammolarni unutiş istagidir. Töğri, spirtli içimlik qabul qilingandan söng eyforiya holatida muammolar unutilgandek böladi, lekin uning taʼsiri ketişi bilan – yana öşa hayot… Erkaklarga nisbatan ayollarning “içuvçi” bölib qolişi osonroq. Buning evaziga boşqa muammolar yuzaga keladi: oilaviy janjallar, xiyonat, farzandlariga ruhiy va jismoniy şikast yetkaziş, qöqqisdan jinoyat qilib qöyiş. Eng yomoni, alkogol salomatlikka jiddiy zarar yetkazib, bir martagina berilgan imkoniyat – yaşaş imkoniyatini boy berib qöyiş ham mumkin. Spirtli içimliklar isteʼmoli nerv töqimalarini parçalaydi, yurakni yoğ bostiradi, jigar sirrozi, gastrit, oşqozon-içak yarasi, buyrak hujayralarining ölimi, modda almaşinuv jarayonining buzilişi, reproduktiv faoliyat susayişi, açinarlisi, nosoğlom avlod tuğilişiga olib keladi. Alkogol oşqozonga tuşgaç, meʼda şirasining köproq ajralişiga sabab böladi. Agar oç qoringa içilsa, bir neça soniyada içakka yetib boradi. Yöğon va ingiçka içak orqali qonga sörilib, qon oqimi orqali butun organizmga, hatto suyak va yoğ töqimalariga singadi. Şuningdek, markaziy nerv sistemasiga taʼsir körsatib, töqimalarni halok qiladi. Şu taʼsir tufayli ruhiy salomatlikka putur yetkazadi. Alkogol miyadagi oçlik markaziga taʼsir qilib, maʼlum bir vaqt mobaynida oçlik hissini yöqotadi. Şuning uçun içgan odam “oçqamaydi”, biroq foydali ozuqa yetişmasligidan darmoni qurib, holdan toyadi.
Ayollarning spirtli içimliklarga boğlanib qolişi öta açinarli holat. Tasavvur qilib köring: bir oilaning qizi, bekasi, kelini yoki quda-andasi şişa töqiştirib içib ötirsa… Ğarb mamlakatlarida bu odatiy holdir, biroq biz özligini qadrlaydigan, diyonatli xalqmiz. Turmuşning issiq-sovuğiga bardoşli, irodasi kuçli ayol zotining bu illat domiga osongina tuşib qolayotgani xatarli. Bunday jamiyatda axloqsizlik urçiydi, maʼnaviyat inqirozga yuz tutadi. Alkogolga qaram ayolning hayoti betartib böla boradi, obrösi tökiladi.
Alkogol baribir öz işini qiladi. Bu yöl – xatarli. Tarbiyali, irodasi mustahkam ayol bu yölga birinçi qadamini qöymaydi.
Olmaning tagiga olma tuşadi
Dilorom opa yoşligida şunçaki erining esini kiritib qöyişni istardi, xolos. Bölgan, bölmagan sabablar tufayli eri bilan janjallaşar, alamini aroqdan olardi. Erning toqati toq bölgaç, oila buzildi. Endi battar içkilikka ruju qöygan Dilorom qizining taʼlimi tugul, tarbiyasi bilan ham qiziqmadi. U içdi, içaverdi, yillar ötib böy yetgan qizi Dilşodani begona erkaklar ostonasiga taşlab ketguniga qadar içdi. Şu onda ona içişni taşlaşga qasam içdi, astoydil davolanişga ahd qildi. Biroq boşi berk köçaga kirib qolgan qiziga yordam beriş uçun keç edi. U köçadan ançagina “ulfatlar” orttirişga ham ulgurgandi.
Bu sönggi puşaymoni özining duşmaniga aylangan bir onaning qismati. Uni qanday yupatişni ham bilmaysiz. Çunki ne-ne orzular bilan dunyoga keltirgan jigarbandining kelajagiga özi soya soldi. Donişmand xalqimizda “Quş uyasida körganini qiladi”, “Bir bolaga yetti mahalla – ota-ona”, “Arpa ekib, buğdoy kutma” kabi naqllar bor. Farzand tarbiyasi ona qornidanoq boşlanişiga işora qiluvçi qançadan-qança hikoyatlar, ertagu rivoyatlarni öqiganmiz.
Bola – ota-onaga tutilgan oyna kabidir. Bu borada otalarga qaraganda onalarning vazifasi masʼuliyatliroq. Payğambarimiz Muhammad alayhissalom: “Tuğilijak zurriyodingiz uçun munosib onani tanlang!” deb bejiz aytmaganlar. Zero, ayolning maʼrifatli va tarbiyali bölmoği, har bir qadamini öylab bosişi jamiyat yuksalişining kafolatidir.
Erkaklar nega jim?
Azal-azaldan bizda erkaklar uluğlangan. Xotinlar erini, qizlar otasini payğambarday hurmat qilgan. Heç bir iş otaning iznisiz qilinmagan. Xotin-qizlar notöğri söz aytib yoki nojöya iş qilib qöysa, oila boşliğining tanbehidan çöçib, ehtiyot bölib turişgan. Xöş, hozir-çi? Öşa biz malomat qilayotgan içuvçi opa-singillarimizning otasi, eri, aka-ukasi yöqmi? Yoki ular öz qizlari, umr yöldoşlari, opa-singillarining spirtli içimlik isteʼmol qilişini bilmaydimi? Afsuski, köpçiligi bilişadi. Bilişadi-yu, yo özlarini bilmaslikka oladilar yoki bu holni aytarli illat, nuqson deb hisoblamaydilar. Hatto öz xotini bilan bemalol töqiştirib içuvçi erkaklarimiz ham talaygina. Şunday içkilikbozlikka mukkasidan ketgan, aroğu vinosiz bir kun ham yaşolmaydigan erlar ham borki, iloji boriça xotinini ham öziga ulfat qilib olişga urinadi: ana şunda xotinimning diydiyosidan qutulib, quloğim tinç böladi, deb öylaşadi. Erlik, otalik masʼuliyatini şarobga qöşib simirvorişgan ular.
Har bir spirtli içimlik içuvçi ayolning ortida kamida bitta masʼul erkak bor. Toki erkaklarimiz öz ayollari, qizlarining hayosi, iffatini qatʼiy qörimas ekan, salgina erkinlikdan boşi aylanib, sarxuş bölayotgan opa-singillarimizga közimiz tuşaveradi.
Xulosani tezroq çiqaraylik!
Biz keltirgan misollar, ming afsus bilan aytiş kerakki, katta fojea. Ularga öxşaş yoki öxşamaslik esa özimizning qölimizda. Zero, vraç-narkolog, psixo-terapevt Nargiza Bobojonova taʼkidlaganidek, “Ayol bir işga şunçaki kirişmaydi, astoydil kirişadi. Öz oldiga qöygan maqsadiga erişmagunça harakatdan töxtamaydi. Uning tabiati şunday. Ayol bir adaşdimi, uning töğri yölga tuşib olişi qiyin. Çuqurlaşib ketaveradi-ketaveradi. Çunki uning tabiati şunday”.
Başorat OTAJONOVA
1986-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2003-yili respublika yoş ijodkorlarining “Zomin” anjumanida “Yuksak badiiy tasvir vositalari uçun” nominatsiyasi ğolibi bölgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


