(Hikoya)
Oq yaktak, oq iştonçada öğli köriniş berdi. Butun vujudidan ilohiy bir nur, ajib mayin şuur taralib turardi. Vujudidan taralayotgan yoruğlik va şuurdan oppoq egni-boşi ohista tebranib turibdi, şu onda behad muattar bir böy taraldiki…
«Dada! Men… ketyapman…»
U uyqudan uyğonganda subhidam, nim qoronğulik tarqab ulgurmagan edi. Derazani oçişi bilan, salqin havo oqimi dim xonaga yopirilib kirib, vujudiga yoqimli tarovat, ruhiga esa orom bağişladi. Çuqur-çuqur nafas olar ekan, diliga xiralik, ruhiga bezovtalik indirgan tuş ham tarqagandek böldi.
Şifokor huzuriga 32-35 yoşlar atrofidagi erkak va juvon çamasi 2,5-3 yoşlar atrofidagi rangpar, çiroylikkina bolani yetaklab kelişdi. Onasining qölidan mahkam tutib olgan bolakayning har bir xatti-harakati, hatto atrofga qörquvdan olazarak boqişlari ham öziga yaraşib turardi. Ota-onasi esa juda taşvişnok körinar: ularni bu yerga katta bir dard, umid va ilinj boşlab kelgani yuz-közlaridan şundoqqina bilinib turardi.
Erkak uzun böyli, yağrindor bölib, turişida özgaça bir kibr, mağrurlik mujassam edi. Örta böyli, qoşlarining orasi oçiq, katta botiq közli, yupqa labli juvon esa butunligiça egni boşini qamragan sariq libosda edi.
…Ular kirib kelişgan vaqtda şifokor eşikka orqa ögirgan köyi, derazadan taşqariga tikilib turardi. Bir-birini qisimlab turgan panjalari tinimsiz oçilib-yopilişidan nimadandir iztirobda körinadi. Stol yonida esa hamşira qiz engaşgan köyi qoğoz qoralardi.
– Marhamat, ötiringizlar. Hamşira, siz bolani olib keting, – dedi şifokor.
Hamşira nigohlariga qörquv va savol muhrlangan bolani yetaklab xonani tark etgaç, şifokor ota-onaga yuzlandi.
Uning xatti-harakatidan gapni nimadan boşlaşni bilmay qiynalayotganligi körinib turardi. Bu narsa juvonning diqqatini, erkakning esa xavotirini oşirdi.
– Hm… Xöş… nima desam ekan… Xullas, ular qöygan taşxis töğri bölib çiqdi.
– A? – ayol örnidan yarim turib, holsizlanib ötirib qoldi. Erkak boşini xam qildi.
– Dard… ötib ketibdi, – şifokor sözida davom etdi. – Töğri, bu gapni haliroq aytsam ham, biror narsa deb umidlantirsam ham bölardi, ammo buni… xullas, – şifokor közlarini deraza tomon olib qoçib çuqur nafas oldi,– bolangizning kuni emas, hatto… soatlari ham sanoqli.
– Nima dedingiz? – erkak örnidan turib ketdi. Uning rangi özgargan, çuqur-çuqur nafas olar, lablari gezarib, yengil titrab turardi. Juvon boşini stolga qöyganiça ökirib yiğlab yubordi.
– Bu yoğiga biz ojizmiz. Faqat… faqat bir narsani aniq aytişim mumkin. Bolangiz ertaga ertalabgaça, yaʼni tong otgunça yaşay olsa, u juda uzoq yaşaydi.
– Xudoyim, Xudoyjonim! – juvon muştdek bölib qoldi.
– Kamroq yurgizing, tez toliqib qoladi. Maslahatim, sizlar uçun qançalik oğir bölsa-da, bola bilan kunni juda quvnoq ötkazing. Bu kun sizlar uçun bir umrlik xotira bölib qolişi ham mumkin.
Şifokor xonasidan erkak juvonni suyab çiqdi.
– Ayamga nima qildi? – bola yugurib keldi.
– Doktor unga ukol qildi, – dedi erkak.
– Oğriyaptimi? Juda qattiq oğriyaptimi?
Juvon bu gapdan söng bolani mahkam quçganiça ökirib yiğlab yubordi. Erkak esa labini tişlaganiça goh yerga qarar, depsinar, goho çuqur nafas olib kiftiga yötalib qöyardi. Aytarli bezovta bölganini sezdirmasdi. U juvonning bilagidan mehr bilan tutib, öğlini kötarib olar ekan, böynidan töyib-töyib hidladi.
– Yuringlar, bir aylanib kelamiz. Havoni qaranglar, qanday yaxşi!
Öyingohga, undan çiqib hayvonot boğiga kirişdi. Xiyobonni aylangan bölişdi. Bola şodon kular, erkak u bilan ovungan, juvon esa xomuş edi.
«Axir qanday ham quvnab öynasin, yayrasin?! Jonidan aziz bölgan jigarporasi, umrining mazmuni şundoqqina köz öngida şamdek sönayotgan bir lahzada-ya! Uning beğubor kulişlarini, yayraşini qara. Nahot, bu kulgu, bu tabassum, bu lahzalar omonat?! Nahot, jajji odimçalari, tapillayotgan oyoq kiyimining şovqini omonat? Bu kun, bu dam, bu lahzalar nahot heç qaçon qaytib kelmasa? Nahot, uning bolasi endi heç qaçon bu quyoşni körmasa, yoqimli şabbodani tuymasa? Heç qaçon çopqillab yurolmasa, ularga erkalana olmasa? Nahot, uning erkalanişlarini, xarxaşalarini körmasa, qiyqirişlarini, beğubor kulgularini eşitmasa?! Axir, axir bu – dahşat emasmi? Yöq, bu hayot emas, bunday bölmaydi. U ham öladi! Öğli bilan qöşilib öladi, bu yerda bir kun, bir lahza ham qolmaydi!»
– Aya, nimaga yiğlayapsiz? Hali ham ukol qilgan joyi oğriyaptimi? – söradi öğli röparasiga kelib. Juvon bola qarşisida tizzalandi. Mahkam quçib, böynidan, yuz-közidan töyib-töyib öpib, hidladi.
– Yöq, bolam, – dedi xirqiroq va juda şikasta ovozda juvon. – Boşim qattiq oğriyapti, şunga yiğladim.
Bola onasining çakkalaridan jajji qölçalari bilan uşlab közlariga termuldi. Uning qölçalaridan taralayotgan haroratning, yoqimli iliqlikning tafti şu qadar kuçli ediki, juvonning butun jismini öt qamrab olgandek böldi.
Bolaning maʼno ilğamoqçi bölgandek qattiq tikilgan beğubor közlarida olam-olam mehr, pokiza tuyğular jilvalanardi. Juvonning közlaridan şaşqator yoş quyila boşladi. Dili örtandi:
«Ey Xudo! Nahot, bolamning şu beğubor közlariga qayta termuliş menga nasib etmasa? Nahot, uning mana şu qölçalari taftini qayta his etmasam? Menga tiriklik, hayotimga mazmun baxşida etib turgan rişta – bolam emasmi?»
– Hozir men sizni öpaman, tuzalib ketasiz, – dedi bola va onasining yuzlaridan öpib-öpib oldi. Uning öpiçlari şu qadar qaynoq ediki, juvonning yanoqlari kuyib ketdi. Köz yoşlari yana qaynab çiqa boşladi.
“Eh, bolajon, bolajon, qani, şu bösalar odamzotga baxt, hayotiga mazmun bağişlay olsa! Qani, şu bösalar barça oğriqlarni, iztirob-u alamlarni yuvib keta olsa! Dunyoni bösalarga töldirmasmidik!”
– Endi oğrimayaptimi? – deb söradi bola.
– Yöq. Oğrimayapti, bolam.
Erkak esa qöllarini çöntagiga tiqib olganiça, nimadandir toqatsizlangandek tez-tez depsinib, kökka qarab qöyar, atrofni közdan keçirardi. Uning yuz-közida heç qanday iztirob ifodasi sezilmas, aksinça, juda xotirjam körinardi.
– «Bu qanday odam özi?» – öyladi juvon. – «Bolasi yana bir neça soatda jon bersa-yu, uning beparvoligini. Odam ham şu qadar toşbağir, bemehr böladimi? Nahot, şunday odam bilan yaşab kelayotgan bölsam? Öz bolasiga, bağridan yulinayotgan jigariga açinmagan, köz yoş qilmagan odam – insonmi? Otami?»
Juvon beixtiyor eridan nafratlanib ketdi.
– Ketdik, azizam. Biror oşxonaga borib ovqatlanib olamiz, öğlimizning ham qorni oçiqqandir, – deya erkak bolani kötarib oldi-da, xotinining bilagiga qöl uzatdi.
Xuddi ilon çirmaşayotgandek jirkaniş va nafrat bilan qölini olib qoçayotgan juvon eriga ijirğanib qaradi. Erkak uning yuzidagi ifodadan könglidan keçgan gaplarni öqigandek böldi. Vaziyatni töğri baholab, jilmayib qöya qoldi.
Restoranda ham juvonning qovoği oçilmadi. Eri bölsa, bola bilan öynar, qah-qah otib kulardi.
– Yaramas, artist. Bu kuningizdan köra ölganingiz yaxşi! – dedi juvon şunday lahzalarning birida nafratini yaşira olmay.
Erkak boşiga kaltak tekkandek, bir lahza gangib, juvonga baqrayib qoldi. Nimanidir öyladi çoği, boşini xam qildi. Söngra, birdan çehrasi oçilib, qah-qah otib kuldi-da, ularning örtasidagi munosabatdan hayron bölib, hadik bilan kuzatayotgan öğlini kötarib oldi.
– Yuringlar, öyinçoq dökonlarini aylanamiz. Yaxşi öyinçoqlar olamiz!
Butun kunni ota-bola öyin bilan, juvon esa köz yoşi bilan, nafratini eridan yaşirmay, oçiqça qarğaş bilan ötkazdi. Erkak bularga eʼtibor bermas, xotinining nafratini, suyak-suyagiga botib borayotgan haqoratlarini tabassum bilan, goho esa uning sabrini sinamoqçi bölgandek qah-qaha bilan qarşi olardi.
Ular göyo muşuk-siçqon öynayotgandek edi. Bu öyinning zamirida esa, qartalarni suzayotgan qismat erkak va ayol örtasidagi mehr-oqibat va iroda-matonatni sinovdan ötkazayotgan edi.
– Siz özi artist bölişingiz kerak ekan. Ertaga, – juvon şu jumlani aytişi bilan nimanidir esladi çoği, bir qalqib oldi-da, rangi özgardi… – Siz bilan ajraşaman. Endi artistligingiz menga ötmaydi, bugun kimligingiz bilindi. Pastkaş…
– Dada! Ertaga ham aylantirgani olib çiqasizmi?
– Ha, öğlim! Xudo xohlasa, ertaga ham, indin ham, har kuni aylantirgani olib çiqaman!
– Bolani aldamang! Uning ham özingizga öxşagan subutsiz bölişini istaysizmi?
– Azizam…
– Tupurdim hammasiga!
Juvonning vajohati juda yomon edi. Şu tobda uning har qanday şarm-hayoni, uyat va iboni yiğiştirib qöyişiga şubha qilmasa ham bölardi…
Keç kirgaç, mehmonxonaga kelib joylaşişdi. Bolani örniga yotqizişgaç, ayol boş, erkak esa oyoq tomonidan joy oldi.
Juvon ham, erkak ham şu tobda muştdek bölib qolgandi. Ularning sukutga töla bu turişida qismat hukmiga, tobelik alomatlari mujassam edi.
Bola otasiga qarab iljaydi, yotgan köyi quçoğini keng oçdi.
Otaning mehri iyib ketdi. Bu uning xatti-harakatida, özini tutişida yaqqol bilindi. Ohista öğlini bağriga bosar ekan, öz navbatida öğli ham otasi böynidan mahkam quçdi. Bu şunday uluğ lahzalar ediki, bu manzarani kuzatib turgan malaklar ham bulut siyratida falakdan köz yoş tökayotgan bölsa ajab emas. Ha, darhaqiqat, ne ajabki, taşqarida yomğir ham şitirlab yoğa boşlagandi. Bu olam möjizalarga boy, ammo heç bir möjiza ulkan qoyaning nozik nihol uzra mehr bilan engaşgani kabi uluğvor gözallik, fusunkor va oqibatli manzarani sodir eta olmaydi. Ota-bolaning körinişi uşbu betakror manzarani kasb etgan edi. Bunda tuğyonlar; biri ruhini toliqtirayotgan orom ilinjida, ikkinçisi yöqotajak orom va ruhidagi tuğilgan besaranjomlik oğuşida.
Öğlining mitti vujudini quçib ötirarkan, ota böğinlari böşaşib, qandaydir boşqaça bölayotganini angladi. Iç-içidan bir narsa «çirs» etib, köngli buzildi. Xayolida toygandek böldi, yo qandaydir uluğ bir tuyğu çekingandek.
– Yuzsiz, artist…
– Dada! Sizni yaxşi köraman!!!
– Vo-o-oh!!!
Şunisi bölmadi! Ha, şunisi bölmadi. Matonatning zöri bilan yillar davomida bazör tutib kelinayotgan alam, iztirob va ökinçlar vulqon bölib portladi. Şunday qudratli vulqonni jilovlab turgan or-nomus, şarm, ğururni jigarbandining bir oğiz sözi parçalab yuborgandi. Erkak şahd bilan boş kötardi. Yon-atrofga tomçilar saçradi. Öğlini hayratda qoldirib, quçoğidan yulqinib çiqdi-da, ögirilib, özini eşik tomon otar ekan bazör böğiq, alam örtab ketgan ovozda «Gaz!» dedi. Hissiyotdan ustun bölgan aql hali butkul tizgindan çiqmagan, köz yoşlarini öğli va xotiniga körsatmaslikni istab qöşni xonaga çiqiş uçun gazni bahona qilmoqçi bölgandi. Ammo sönggi lahzalarda hissiyot ustun kelib, oqsay boşlagan idroki bu yer uyi emas, mehmonxona ekanligini unutgan edi. Aslida u ham inson, u ham ojiz bir banda edi.
Eşikka yuzlangan erkakning yuzi tanib bölmas darajada, xuddi suv töldirilgan pufak singari böğriqib ketgan, hasrat va alamga töla közlaridan yoş tomçilardi.
Erkak talmovsirab, xuddi öt ketgandek şoşar, aslida esa, xuddi uzoq yillik xastalikdan yaqindagina oyoqqa turgandek bir tarzda sudralgan köyi xonani tark etdi. Vannaxonada nimadir «gurs» etdi. Juvon nimanidir anglagandek, böldi. Eri ortidan vannaxonaga ötdi.
Erkak ovozini çiqarmaslik uçun katta soçiqni tişlab olgan, yer bilan bitta bölib yotardi. Katta-katta oçilgan, kosasiga siğmayotgan közlaridan yoş tinmay quyilardi. Juvon erini heç qaçon bu qadar afgor holda körmagan edi.
Şunda juvon uni tuşunganday böldi. Qarşisida yer bilan bitta bölib yotgan öşa «Yaramas!», öşa «Pastkaş, artist» ham bir oliyjanob, sabr-matonatli, sabotli inson ekanligini, undagi qalb, mehr-muruvvat özinikidan ming çandon ortiq ekanligini angladi. Biror sababsiz, uni tuşunmasdan zahrini soçganligini, eriga ayni öşa lahzalarda qança oğir bölganligini şu on angladi-yu, köksida şunday bir alamli, çidab bölmas oğriq turdiki, oyoğidan mador qoçib, eşik kesakisiga suyangan köyi behol ötirib qoldi. Axir, otasi ham… Nahot, erkakning mehri taşida emas, içida bölişligini, burç, sabot-matonat kabi tuyğular bilan hislarini pinhon tutişini unutgan bölsa?!
Nihoyat, öğli yolğiz qolganini anglab, amallab kuç topib örnidan turdi-da, xonaga kirdi. Bola eşikka termulib yotardi.
«Nahot, şu mehribon va aziz, qadrdon nigohlar tuproq bilan qorilsa?! Nahot şu nigohlar uni tuproq tagida ham xuddi şunday intizorlik bilan kutib yotsa?! Axir, axir, bu dahşat emasmi bundan-da oğir qismat, körgilik bormikan?!»
Juvon öğlining qölini öpib, köz yoşlari bilan yuva boşladi. Uning qölçalari issiq va yumşoq edi. Köp öynab toliqqanidan bölsa kerak, bolani şirin uyqu elitdi. Bolaning yuziga termulsang, Allohning siyratini körasan, deyişadi. Uning yuzida çindan ham özgaça bir ilohiy munavvarlik jilvalanardi.
U esa öğlining uxlaşini istamasdi… U öğlini uyqudan qizğondi, xuddi hozir uxlasa…
Xona eşigi ohista oçilib, erkak kirib keldi. U bundan bir neça daqiqa ilgaridek adl qomatli, kuç-quvvatga töla erkak emas, pajmurda va notavon qiyofada edi. Bor-yöği bir neça daqiqa içida çakka soçlariga oq oralabdi! Yerga telbanamo qadalgan nigohlarida avvalgi öktamlik, şijoatdan asar ham yöq. Juvon eri qarşisida tiz çökdi, oyoqlaridan quçgan köyi sassiz yiğlab yubordi. Köz yoşlari daryo bölib oqdi. Sel bölib oqdi. Nozik yelkalari silkinib-silkinib ketdi. Erkakda esa, quvvat qolmagandi. Bazör oyoqda turar, şaşqator yoş tökayotgan közlari hanuz bir nuqtaga maʼnosiz termulganiça qotgan edi.
– Keçiring meni. Men körnamak, nodonni, tentakni keçiring, begim…
Erkak titrayotgan qöllari bilan xotinining yelkasidan tutib örnidan turğazdi, bir söz demay quçoğiga oldi. Şu taxlit ular bir muddat turib qolişdi.
Er uyqudagi öğlining boş tomonidan, juvon esa oyoq tomonidan joy olişdi. Butun tun böyi mijja qoqişmadi. Öğillarining tobora gulgun yaşnab borayotgan çehrasidan közlarini uzişmasdi. Bolaning çehrasi zulmat qöynini yoritib turgan ilohiy gulga öxşardi.
Öşa tun guvoh böldi, odamning közlariga butun boşli dengizning şör suvlari ham jo bölişiga. Öşa tun bildi, insoniy qalbning şijoati, oqibatini. Öşa tun sinaldi odamzotning sabri-matonati…
Soat millari imillardi. Yuraklar umidvor şoşardi. Sassiz xonani hamohang yuraklarning tepişi tutib ketgandi. Gupira-gupira, gup-gup…
Tungi uç. tört… Bola bir maromda nafas olardi. Er-xotin bir-biriga umidvor tikildi. Bolaning qoraçiqlarida qandaydir bir uçqun yiltilladi. Soat tört yarim… bola xirillab nafas ola boşladi. Ota-ona tahlikada, yuzlarini bola yuziga tekkizgudek alfozda qimir etmay ötirişar, közlarini undan uzişmas, biri tinimsiz yiğlar, biri esa karaxt edi.
Soat beşdan ötaverib, bolaning nafas olişi ravonlaşgandek böldi. Ota-ona yengil tin olişdi, ammo yana… uning nafas olişi goh ravonlaşar, gohida esa sekinlaşib-bilinmay ham qolardi.
Er-xotin har lahzada yaşarişar, qartayişardi. Tong otişiga esa yana yarim soat, ha, yarim soatgina qolgandi. Yana yarim soatgina bardoş bersa, tong otadi…
Taşqarida esa, goh otaning köz yoşlaridek şiddatli, aççiq, goho esa onaning köz yoşlaridek mayin, muloyim va taskinli yomğir yoğardi. Yorişa boşlayotgan osmon sathida esa uvada bulutlar maqsadsiz kezib yurişardi. Öşa tongning yomğirlari har doimgidan boşqaçaroq, köngil köz yoşlari kabi oppoq edi…
Erkin Norsafar 1974-yilda tuğilgan. Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida adabiy bölim mudiri lavozimida işlaydi. Hikoyalari matbuotda eʼlon qilinib kelmoqda.
“Yoşlik” 2013/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


