DIL OVOZI
Arqon solib yetkazdilar huzuriga,
Arzitmadi avvalgidek bir uzriga.
Dedi: nega çegarani yana buzding,
Yana nega visolimga umid tuzding?
Men it edim, turtdi yana oyoğida,
Men sevgan nur bir körindi yonoğida.
Koşki, yana turtsa, yana balqisa nur,
Nafrati ham körinadi bölib surur.
Kimdir meni uraverdi kaltak bilan,
Men-çi, köprak sevaverdim yurak bilan.
Kanizagi közlarimga balçiq sepdi,
Bir oşiği alam bilan yomon tepdi.
Şu lahzada lablariga tuşdi közim
Va poyida itdek yotdim borib özim.
Qöllari oq, barmoqlari bunça uzun,
Bir kaftida kun öynasa, birida – tun.
Yuzlariga qarolmayman sira-sira,
Közim tuşsa, yurak-bağrim tilka-pora.
Qoşlariga siğinaman, keçirgin, deb,
Soçlaridek qora zahar içirgin, deb.
Izlarini öpay, şamol, sen sovurma,
Tuproğidan közlarimga surtay surma.
Ölgan yerdan tirilaman bersa zahar,
Zaharlarin soğinaman oqşom, sahar…
Barmoğini nuqib dedi: quvib soling,
Avom kulsin, libosini yeçib oling.
Şu zahoti haydadilar biyobonga,
Qaytolmayman bu köça, bu xiyobonga.
Ikki közi – biri muslim, biri tarso,
Könglim uyin kuydirgan ul öti porso.
Olam aksin köraman men butxonada,
Jonim muqim jism degan koşonada.
Butxonaning yonida bor eski masjid,
Tuproğini yalar menga öxşagan it.
Işqqa oşyon böldi köngil – qadim qörğon,
Manzil tutmay ötib ketdi uşşoq – karvon…
Birodarlar, dardim siğmas dostonlarga,
Xabar bering tuproqlarga, osmonlarga.
Közimda yoş, birodarlar, ğamim yemang,
Kulsangiz ham, iltimosim, uyat demang.
Men mağlubman, şu taqdirga özim rozi,
Nima qilay, tinç qöymaydi dil ovozi.
Qisirlatib sindiradi sukutlarni,
Qasirlatib buzaverar hududlarni.
Yursam edi atrofida iti bölib,
Söng bor körmay qolmasaydim faqat ölib.
Iti bölsam, mayli turtsa oyoğida,
Men sevgan nur bir körinsa yonoğida.
Yetkazdilar huzuriga solib arqon,
Goh kirardi, goh çiqardi böğzimda jon.
OSMONNING SAVOLI
Uyqumda közimga yoş kelur,
Zirqirab tomirda toş kelur.
Yurakka çökadi kökdan yuk,
Jonimni söradi işq – zuluk.
Tunimni sindirar xayoli,
Termular osmonning savoli.
Bir savol – muhabbat haqida,
Muhabbat – eng eski aqida.
Yulduzlar töplanar devonga,
Umrimiz qöyilar mezonga.
Ul alvon doira – kahkaşon,
Betining taftidan bir nişon.
Qayda u, qayda u, qayda u,
Kim jonga bir mujda aytadi?
U balki hujayram içida,
Hujayra zanjirin ziçida.
Bir körsat, ölimdan uyğonay,
Bir körsat, ötingda tölğonay.
Hayotni töldirsin jamoli,
Yugursin visolning şamoli.
Bir körsat – öngimda, demayman,
Avvalim, söngimda demayman,
Bir körsat, tuşimda bir körsat,
Maylimi, uyqudan turmasam?
Bir körsat, bir körsat izini,
Körsatma, körsatma yuzini.
Köraman közimni yumganda,
Bir quyoş barq urar ömganda.
Közimni oçganda körinmas,
Özini izlayman, görinmas.
Ufqda nişona ajali,
Umrning ufqida tajalli.
Ilikda oğriği ortadi,
Közlari öziga tortadi.
Kerakmas ul eski iztirob,
Kerakmas ul eski oftob,
Kulolga beradi kulimni,
Yonidan olib öt yölimni.
Ul işqdan aylagil himoya,
Boşimga soyasi kifoya…
Işq – ustoz, oşiqlar – talaba,
Mağlublik aslida ğalaba.
Muhabbat – gul soçgan bir zulm,
Toledir qölida şan ölim.
Yulduzlar töplanar devonga,
Umrimiz qöyilar mezonga.
Tunimni sindirar xayoli,
Termular osmonning savoli.
BIR KÖRSAM…
Nahotki, ul oğriq ölmagan,
Nahotki, ul gullar sölmagan…
Haliyam ul eski varaqlar
Qatida nigohi çaraqlar.
Haliyam u bitik öçmagan,
Sir, böyoq, ranglari köçmagan.
Çayqalar zulfining zulmati,
Zim-ziyo tunlarning ulfati.
Nafasi keladi sözidan,
Yuragi körinar közidan.
Sözidan oşadi ğayrati,
Közidan toşadi hayrati.
Baxtiyor insonga atalgan,
Kiprigi köksimga qadalgan.
Hislari tovlangan barmoği,
Ehtimol, menga zid bormoği.
Çohlarga taşlaydi könglimni,
Qiliçdek kesadi yölimni.
Umrdan, fursatdan uzoq yöl
Yo ozod va yoki tuzoq yöl…
Bilaman, quşlarga mehribon,
Tiriklik u bilan jovidon.
Gullarga, suvlarga dugona,
Menga-çi, döst emas, begona.
Tikanni avaylab silaydi,
Menga-çi, fojelar tilaydi.
Yoniga bormayman şul sabab,
Borgin deb tepadi telba qalb.
Judayam, judayam uzoqdan
Bir körsam, qutilgum ingroqdan.
Bir körsam, közimga nur qaytar,
Dilimni tark etgan hur qaytar.
Bir körsam, kuydirar zör husn,
Komiga tortadi kör afsun.
Tomimda sayragan kabutar
Oğzida bormikan xuş xabar?
Oşiqlik Salimga böldi fan,
Qoniga tölgaydir şul kafan.
Odamlar, yetkazmang daragim,
Bilmasin, unga yöq keragim.
Nomimdan yetmasin zarra ranj,
Holiga beqaror dunyo — ganj.
Bir malol kezmasin sözida,
Şamoldek öz erki özida.
Quyoşdek yuksakda bölsin u,
Oşiq har yurakda bölsin u.
Bölsin u dunyoning xöjasi,
Har kuni bölayin öljasi.
Oromi – men çekkan ozorlar,
Dil komi – men yotgan mozorlar.
Qabrimdan unganda zor giyoh,
Giyohga qarasa bir qiyo,
Men uçun halovat, tamkin şu,
Ilinj şu, yupanç şu, taskin şu.
Bir körsat, bir körsat, bir körsat,
Roziman kör bölsam şu fursat.
Nahotki, sarğaygan qoğozlar,
Qatida yam-yaşil ovozlar.
Nafasi keladi sözidan,
Yuragi körinar közidan.
TIZIMÇA
Qomati oyatdek mukammal,
Feʼlida ming maʼno, ming amal.
Qaddi sarv, beli bir qismça,
Siqma-ye, bu belni, tizimça.
Tizimça, qomatga yaraşib
Turibsan, köylakka qaraşib.
Tizimça, oğritma köylagin,
Qayerda turibsan, öylagin.
Ingiçka, baxt kulgan bir gulsan,
Ingiçka, şu belga masʼulsan.
Beli qil va yo bir qismça,
Beliga çirmaşma, tizimça…
Bir qara, bilagi qop-qora,
Tirnoği ostida çirk, yara.
Barmoği har yonga qayrilgan,
Közlari qaboqdan ayrilgan.
Qoşlari biri yöq, bir bor,
Kiprigi tökilib ketgan – xor.
Qöllari yo uzun, yo kalta,
Öziyam bir xalta uvada.
Tizimça, sal kutsang agar san,
Özingga mosini toparsan.
Bu xunuk, badburuş, qaro yer…
Sen uni menga ber, menga ber.
Menga ber izini, gardini,
Kulgisi, sevgisi, dardini.
Labida ingiçka istehzo,
Jon sörab someʼdir yuz Iso.
Zarradan koinot va falak,
Xayolot, hissiyot va yurak,
Öşandan jon olib yaşaydi,
Xohlasa, töxtatib taşlaydi
Barini, barini, barini,
Menga ber sen öşa parini.
Tizimça, menga ber, sen uni,
Sevaman men uni har kuni.
Tizimça, ayblarni yoparsan,
Özingga mosini toparsan.
Tizimça, holiga bir qara,
U dördoq, u yomon, tasqara…
Özga heç hur, ğilmon, malakmas,
Boşqasi menga heç kerakmas.
U mening jonimda yaşaydi,
U mening qonimda yaşaydi.
Köz oçsam, közimga töladi,
Köz yumsam, özimda böladi.
Usiz men körmayman dunyoni,
Tanimay qolaman ziyoni.
Tizimça, sen neça qavat, qat,
Heç ğijim bölmasin qomat, qad.
Beliga suykalma, bu – xilof,
Şu jonim bu işqqa bir ğilof.
Beli qil va yo bir qismça,
Siqma-ye, bu belni tizimça.
Tizimça, oğritma köylagin,
Qayerda turibsan, öylagin…
TÖLIN OY
Tölin oy, bunçalar tölğinsan,
Bir yoruğ, birida sölğinsan.
Gohida non kabi pişgansan,
Gohida xun bölib şişgansan.
Ayt-çi, sen tonglarni kutganda,
Yulduzlar nurlarin tutganda.
Yölingni oçganda bulutlar,
Sendan bol şimganda oq tutlar.
Kuyganda quşlarning qanoti,
Sururing simirsa işq oti.
Jilğalar sen sari suzganda,
Şamollar ildizin uzganda.
Keçganda har kungi talotöp,
Sen esa kuzatib barin xöp.
Bir köça yo bir uy, bir yoqda,
Soyada, ehtimol, çuvoqda.
Kördingmi, körib mast böldingmi,
Söng sen ham işq bilan töldingmi?
Boşingdan uçdimi bor huşing,
Köksingni yordimi jon quşing?
Yöqotib qöydingmi yölingni,
Muhabbat tutdimi qölingni?
Toş kabi bir joyda qotdingmi,
Öt bölib osmonda yotdingmi?
Tunlarda u senga qararmi,
Tun kabi soçini tararmi?
Tölin oy, ruhimning volisan,
Tölin oy, ruhimning holisan.
Keçani yoritar çiroyi,
Labida titraydi xirgoyi.
Muhabbat boğida bargrezon,
Tölin oy umriga tun mezon.
Tölin oy, çehrangda aksi bor,
Soyangda sevgining raqsi bor.
Şu sabab uzmayman közimni,
Burmayman yuzingdan yuzimni.
Oy, senda ul pari aksi bor,
Men senga qarayman intizor.
Intizor qarayman senga, oy,
Közimni kuydirar ul çiroy.
Men uni soğinib örtandim –
Tunlarda tuşimda körganda.
Öngimda körganda kuyarman,
Uning şul zulmini suyarman.
Men sendan közimni uzmayman,
Dunyoning tartibin buzmayman.
Olamning quyoşi ul oyim,
Bir körsa, toşlar ham muloyim.
Koinot markazi mohtob,
Girdida parvona oftob.
Jahonning bölinmas maxraji,
Tun-kunning qiyomi, eng avji.
Tölin oy, dargohga olib bor,
Köksimni boşqamas, özing yor.
Tanga ruh quygan sen, ey, naqqoş,
Muhabbat mulkini etding foş.
Qöl yetmas yulduzni yaratding,
Osmonni bir unga qaratding.
Ötadi, qaytadi tölqinlar,
Köksimni yoray deb yulqinar.
Nuqtadek keladi Yer şari,
Nuqtalar kurradek aksari.
Heç biri bosmaydi damimni,
Heç biri töldirmas kamimni.
Husnini yönganda, toştaroş,
Yonida bitsayding meni, koş.
Ey, qalam, men sendan ökindim,
Bilmayman, çökdimmi, çöqindim.
Közimga köringan ul – meʼroj
Va yoki körindi eski xoç?
Ey, odam, bir körsat kamolin,
Bir köray nur toşgan jamolin.
Izlayman bir balqqan husnni,
Könglimda nur oqqan husnni.
Qay sori burdi u yölimni?
Boğladi közimni, qölimni.
Çiqolmam u çizgan çiziqdan,
Kul böldim u soçgan issiqdan.
Köraman men uni har joyda,
Tuproqda, quyoşda va oyda.
Har yerda köraman men uni,
Har aşyo körsatar har kuni.
Şom, keça – zulfining zulmati,
Oq tonglar – yuzining ulfati.
Zulfining zulmi bu, zulfining,
Bu tugun sirlari qulfining.
Husnidan beringiz bir qatra,
Söng, mayli, öldiring ming marta.
Zarrasi, zarrasi kifoya,
Şu zarra aylagay himoya.
Bir qatra dengizga berar rang,
Bir zarra toğ bilan qilar jang.
Butunni butlaydi bir qism,
Koinot çanoği bir ism.
Kunduzni keçadi yulduzlar,
Yulduzdan kuyadi kunduzlar.
…Oy, sendan közimni uzmayman,
Koinot tartibin buzmayman.
DARVEŞ
Hijrondan ötganda har safar,
Visolda yondirsa har nazar.
Hirqangni kuydirsa vujuding,
Olovni suydirsa vujuding.
Kiyiklar öpganda közingdan,
Bulbullar bol şimsa sözingdan.
Şamollar soçingni yoyganda,
Qadamlar saharda toyganda.
Oldinda borganda tobuting,
Suyakdek tökilsa sovuting.
Yöllarda böldingmi unga eş,
Çöllarda tunga yo kunga eş?
Özingni tuproqqa kömdingmi
Yo işqqa gavhardek çömdingmi?
Boşingga tuşdimi ming savdo,
Muhabbat qildimi huvaydo?
Kelyapsan horigan tevada,
Sözlaring işq degan şevada.
Sevgidan keltirgin iqtibos,
Sevgidan keltirgin bir asos.
Işorat etsa gar ul meʼmor,
Xaşak ham bölgaydir toş devor.
Istasa, közdan suv çiqorğay,
Közangni oşiqu işq qorğay.
Dunyo – bu tökilgan obida,
Biz gödak muhabbat bobida.
Bu dunyo çokidan sökilgan,
Sötilgan kitobdek öqilgan.
Ho, darveş, qölingda bul aso,
Bu köngil oçmoqdan muddao.
Yöllarda kördingmi uni sen,
Yurt kezgan poyingni öpay men.
U yurgan yöllardan mitti gard,
Yo alvon, yo puşti yoki zard,
Poyingga, ehtimol, yuqqandir?
Manzillar yöllarni tuqqandir.
Bilasan, xavf nima, ne xatar,
Topib kel sen menga xuş xabar.
Aks emas, yetkazgil, toğ, sado,
Ruhimda ingraydi boğ – sato…
Yetkazgil sen menga daragin,
Yetkazgil ul menga keragin.
Soçlari uzunmi sumbuldek,
Ovozi uçarmi bulbuldek?
Qatlimga tayyormi qoşlari?
Bor menga atalgan toşlari.
«Men tomon bir qadam bosma!» – der,
Şu zahot seskanib ketar Yer.
Duç kelsa, qoçadi qirğoqqa,
Men esa siğmayman siğnoqqa.
Köray deb sudralib boraman,
Özimni balçiqqa qoraman.
Ötadi köchaning çetiga,
Tupurdi odamning betiga.
Kimlarga ayttirib urdirdi,
Men esa köçasin supurdim.
Qançalar bölsam men şarmanda,
Otadi şunçalar şöx xanda…
Jonimga yopişgan bu balo,
Etgaydir jononga mubtalo.
Menda yöq ğurur ham, tözim ham,
Aslida yöqman-ku özim ham.
Ketardim boşqa bir makonga,
Yetardim boşqa bir zamonga,
Ne qilay, bu yerda u bor-da,
Şu sabab hayotim ozorda.
Kerakmas uningsiz hayot ham,
Ilhom ham, qoğoz ham, dovot ham.
Uningsiz kirmayman jannatga,
Jannat ham öxşaydi minnatga.
Bir bora körmasam zarurda,
Közlarim, sözlarim ozurda.
Meni yöq qiladi kofir işq,
Yo yöqdan bor qilar oxir işq.
Çarxingga solasan, ey falak,
Qalbimda qolasan, ey malak.
Ho, darveş, olamga xabar ber,
Guvohdir kökda oy, pastda yer.
Yo Rabbim, körsatgil nişona,
Ruhimda oqadi afsona.
Ho, darveş, adaşgan ho, banda,
Ustingga yopganing ne janda?
Şu janda körgandir malakni,
Men unga tutayin yurakni.
Ho, darveş, beparvo, ho, bedil,
Körsang gar iziga tez egil.
Va menga yuborgil şamolni,
Hidida tuyayin visolni.
Bir körsang, biz tomon uçib kel,
Yo sendan oldinroq kelar sel.
Jahonda oqadi bir oqim,
Jahonning bahosi bir töqim.
Kelyapsan, diydor bor kaftingda,
Yulduzlar ösadi taftingda.
Könglimga qör solgan sen – pok-o,
Aqlimni xöp olgan idrok-o.
May bilan, loy bilan qovuşdim,
Savatda kulçadek uvuşdim.
Dil kuydi, til kuydi ismingdan,
Men bunyod böldim bir qismingdan.
Bölsa gar oşiqning yuz işi,
Bölmagay biri ham tuz işi.
Holatim, holimdan sen ogoh,
Özingni yöqotdim, men gumroh.
Darveş bor, lek uni yöqotdim,
Bor na döst, na egar, na otim.
Ho, darveş, ketaver yölingda,
Köraman men uni gulingda,
Tuproqda, suvlarda, osmonda,
Köraman tört tomon, tört yonda…
Qalb degan közada bir talab,
Soğarni içaman labolab.
Darveş – men, men esa yöq edim,
Azaldan yöqlikda töq edim.
Ho, darveş, hoy oşiq, k-ey Men,
Çarx urib izlading meni sen?
Bordan ham, yöqdan ham topmading,
Oçilgan eşikni yopmading.
Yuz burdim murassaʼ iqbolga,
Boz kirdim ul qadim aʼmolga.
Jonimga baqodan darak lab,
Kelibdi fanodan daraklab.
Bir çetga uyquni tong surdi,
Tonglasi qayğuda bong urdi.
Uyquda hukm etdi amaldor,
Qayğuga gar yetdi amal – dor.
Bodarang orazda nur öynar,
Bodada jon bila dur öynar.
Jon içra öynaydi jin, jodu,
Jin, jodu jon içra yonodu.
Qadahni kuydirgan şu boda
Ötida yonadi şabboda.
Lab tegsa, qaytadan tuğildim,
Beşikdan ziyoga yöğrildim.
Könglimdan yoyilar şöbalar,
Könglimga quyilar tuhfalar.
Nur kelib işq bilan uqbodan,
Haramlar sindilar taqvodan.
Izladim – qalbimda pinhon u,
Izladim – qalbingda nihon u.
Axtardim – dilimda nuroniy,
Axtardim – dilingda zulmoniy.
Assalom, tut qölim, ayo Rab!
Assalom, bur yölim, ayo Rab!
Qalb degan uyimga kel, ey Yor!
Kuyaman, kuyimga kel, ey Yor!
Salim AŞUR Taniqli şoir, publitsist va tarjimon. U 1964-yilda tuğilgan. ToşDUning jurnalistika fakultetini tugatgan. «Yaşil giyoh» (1994), «Atirgul» (1994), «Siz ertaga kelasiz» (1999), «Keçikkan tong» (2002), «Atalgan kunlar» (2004), «Darz» (2006) kabi sheʼriy kitoblari nashr etilgan. A. Blok, I. Bunin, A. Fet sheʼrlaridan namunalar hamda J. P. Sartr, K. Paustovskiyning qissa va baʼzi hikoyalarini özbek tiliga tarjima qilgan.
“Yoşlik” 2013/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


