(Hikoya)
Tong yorişib, quyoş himmatini körsatib ulgurmasidan, Sardor Çönqay çöqqi tepasida paydo böldi. Muk tuşib ötirgança olislarga tikildi. Uvada bulutlar bir muddat bolakayni kuzatib turib, safarga otlangandek, sekin-asta siljişdi. Sardor izlaganini bulutlar orasidan ham topolmay, oğir xörsindi.
– Ha, şovvoz, kallayi sahardan bu yerda nima qilib ötiribsan? Haliyam öşa darbadar burgutingning yöliga köz tikyapsanmi? – deb söradi pastdan tayoğiga suyanib çiqib kelayotgan çöpon.
Sardor boş irğadi. Çöponning gapi uning yuragiga oğir botdi.
– Menimça, endi burguting bu yerlarga qaytmaydi. Öziyam toğda yolğiz yaşab, zerikkan-da, – dedi çöpon bolaning yoniga çökkalab.
Sardor yana közini olislarga tikdi.
– Keldiyor toğang burgutingni olib kelganiga ham ön yilça böp qoldi-yov, – dedi çöpon bolaning diqqatini öziga qaratiş uçun.
Sardor yana boşini silkidi-yu, gapirmadi.
– Menga qara, öşa burguting qaytsa şu paytgaça qaytardi, endi kutişning foydasi yöq. Bitta-yarimta ovçi otib qöyganmi desam, bu yaqin orada toğda öq ovozini ham eşitmadim. Ölib-netib qolmaganmikin, işqilib? Toş-poşlarning orasiga qarab körmadingmi?
– Kördim, heç qayerda yöq, – dedi bola böğilib.
– Unday bölsa, bilmadim. Lekin sor deganlari bir ketdimi, qaytmaydi, deyişadi, tağinam, bilmadim…
Çöponning gapi Sardor uçun yangilik bölmasa-da, unga javdirab tikildi. Uning nigohida sönib borayotgan umid çöği yiltirardi. Çöpon bolaga açinib ketdi. U şu tobda bolaga taskin berişni istar, lekin buning foydasi yöqligini bilib, indamasdi. Bir muddat ötirib, tayoğiga suyanib örnidan qözğaldi. Uning “çuh-çuh”lagan ovozi yiroqlaşib borardi.
– U, baribir, qaytib keladi – deb piçirladi öziça bolakay.
Olislab ketgan çöpon uning gapini eşitmadi. Sardor peşingaça şu ahvolda ötirdi. Uzoqdan toğavaççasi Asil çaqirmaganida hali-beri örnidan turmasdi.
– Şu paytgaça çöqqida ötirganmiding? Qidiraverib esim ketdi-ku. Otam tağin şaharga ketib qolgan bölsa, deb xavotirlandi, – dedi Asil çopganidan nafasi böğziga tiqilib.
Sardor u bilan qişloqqa qaytdi. Yölda Asil maktabda oşnalari bilan bölgan muştlaşuvini zör qiziqiş bilan gapirdi. Sardor özini eşitayotgandek tutsa-da, xayoli olisda, burguti bilan birga edi. Uning hozir qayerdaligi, qanday ahvoldaligini öylab, taşvişlanardi.
– Şu paytgaça qayerda yuribsan? Bir oğiz aytib ketgin-da. Maktabingga bormaysanmi? – deya qarşi oldi toğasi darvoza oldida.
Sardor «Yöq», deb boş çayqadi. Toğasi unga sinçkovlik bilan razm solib, davom etdi:
– Menga qara, jiyan, burguting ketgan bölsa, bunga köpam qayğuraverma. Hademay, şaharga ketasan. Toşkentdagi kattakon hayvonot boğiga bor. Ayangga aytsang, seni öşa yoqqa oboradi. U yerda istaganingça burgut topiladi. Tomoşa qilib, qaytaverasan.
– Menga boşqa burgut kerakmas! Qaytmas, baribir, qaytadi! – dedi Sardor öjarlik bilan.
– Özi öşa burgutingning otini bekor Qaytmas, deb qöygansan-da, – deya iljaydi toğasi, – Mana, ketdi-yu, qaytmadi. Qaytanga Qaytar deb qöyganingda şunça kuttirmasmidi?
Sardor toğasining hazilini tuşunmasdan, yiğlab yuborgudek bölib, içkariga kirdi. Unga Asil ham ergaşdi. Ikkovi söridagi dasturxonga ötirib, kosadagi qaymoqqa nonni töğrab, çoy içişdi.
– Bugun tepalikda eşak köpkari bor, borasanmi? – söradi Asil.
– Yöq, bormayman! – dedi Sardor keskin.
U ketib qolsa, Qaytmas kelib, uni topolmay, yana uçib ketadigandek edi.
– Yur, birga boraylik, – deya qistadi Asil, – eşakniyam olamiz. Mayli, köpkarida eşakni sen çopasan. Bugun tepaguzarliklar ham kelişadi. Öziyam rosa maqtançoq, qasanğilar. Köramiz, kim sovrinni köp ayiradi?
Sardor eşak köpkarini yaxşi körardi. Ayniqsa, özi köpkarida çopib, sovrinni qölga kiritsa, quvonçi içiga siğmay ketardi. Şuning uçun ham Asilni köp yalintirmasdan rozi böldi. Ikkovlon apil-tapil nonuşta qilib, eşakni minib, yölga otlanişdi.
Bugungi eşak köpkariga uçta qişloqning bolalari kelişdi. Sardor eşakni minib, köpkari çopdi. Uning omadi kelib, bir neça sovrinni yutib oldi. Bundan çekkadagi tomoşabinlar orasida ötirgan Asilning sevinçi içiga siğmay, irğişlardi.
Şomga yaqin uzoq-yaqindan qöy-qözilarning ovozi eşitilgaç, köpkari tarqadi. Asil oldinda, Sardor orqada eşakka minib, qişloqqa qaytişdi. Çönqay çöqqining yonidan ötişayotganda yöllari çöpon bilan töqnaşdi.
– Ha, şovvozlar, keç bölganda qayerdan kelyapsizlar? – söradi çöpon.
– Eşak köpkaridan. Öziyam hamma sovrinni mening eşagim yutib oldi, – dedi Asil maqtanib.
Çöpon qözilarning maʼraşidan uning gapini eşitmay, boşini silkib qöydi. Asil eşakka xala berib, uning yurişini tezlatdi. Şu payt orqadan çöponning baqirgani eşitildi:
– Menga qara, boya senga aytaman deb, yodimdan kötarilibdi, – deya halloslab ortidan yetib keldi çöpon.
– Nimani?
– Qani, avval suyunçini çöz-çi.
– Nima, Qaytmas topildimi?! – dedi Asil quloqlariga işonmay.
Sardorning esa yuragi qinidan çiqqudek dukurlardi.
– Aytdim-ku senga, burguting yolğizlikdan zerikib ketgan, deb. Uning juda olçoq çiqib qoldi-ku. Katta qişloqlik çöpon öğliga moda burgut olib kelgan ekan. Burguting uning daragini bilgan çoği, oldiga boribdi. Ön kundan beri uning burgutiyam yöq emiş. Öğli burgutimni topinglar, deb yiğlayverib, şişib ketganmiş, boyaqiş. Menimça, oşiq-maʼşuqlar egalaridan qoçib ketişgan, çoği… – deya xoxolab kuldi çöpon.
Sardor uning gapiga işonişni ham, işonmaslikni ham bilolmay, dong qotib turardi.
– Ana, kördingmi, burguting uylanibdi. Endi seni eslamaydi, – dedi Asil ham kulgiga qöşilib.
Sardorning yiğlagisi keldi. Nazarida endi burguti bir umr öşa moda burgutning yonida qoladigandek tuyuldi. Onasi ham xuddi şunday qilib, uni taşlab ketgandi…
Sardor endigina uç yoşga tölganida onasi bilan dadasi ajraşişgandi. Enasining aytişiça, Sardorning otasi şaharlik bir ayolga ilakişib qolganmiş. Bunga çidayolmagan Şohista Sardorni yetaklagan-u, onasinikiga qaytib kelgan. Onasi sabr-qanoatli bölganida otasi, albatta, kun kelib qaytarmidi, balki? Şunda Sardor ham otasiz ösmasmidi?
«Ot aylanib qoziğini topadi. Qaytmay qayoqqa ham borardi? Bolasi bormi, erkak kişi, baribir, bir kuni uyiga qaytadi», derdi enasi xörsinib.
Qaytib kelganiga bir yil ham tölmay, Şohistaga Kattaqişloqdan sovçi keldi. Enasiga qolsa, kuyovining qaytişini, yomon bölsayam, qizining eri bilan yaraşib ketişini, istardi. Lekin Şohista sovçilar şaharda işlaydigan, xotini ölgan kattaqişloqlik kişidan ekanligini aytişi bilan «Şunga tegaman», deb turib oldi. Enasining hay-haylaşiga ham, «Bolangni birovning qöliga qaratma, otasi kelsin», deyişiga ham quloq tutmadi. Keyin öylasa, qizi sobiq eri şaharlikka ilakişganiga alam qilib, atayin öşanga tekkan ekan. Bularning barini Sardorga enasi gapirib berardi. Onasi erga tegib, şaharga ketganidan beri Sardor enasi va toğasi bilan yaşaydi. Darvoqe, onasidan ayrilib, yiğloqiga aylangan kezlari toğasi unga burgut olib kelgandi. Şu bilan ovunsa, onasini eslamaydi, deb öylagandi. Ön yil içida Sardor ham, burguti ham ulğaydi. Unga Qaytmas deb toğasi ism qöygan. «Odatda, burgutlar mard, jasur bölişadi. Ular öz maqsadidan sira çekinişmaydi, qaytişmaydi. Şuning uçun ham uning otini Qaytmas deb qöyamiz», degandi öşanda toğasi.
To maktabga borgunigaça Sardor kunini Qaytmas bilan ötkazardi. Keyin maktabga bordi. Sardorning darsi tugagunça Qaytmas maktab hovlisidagi ustun tepasida uni kutib turardi. Dars tugaşi bilan şodon qiyqirgan bolalar uyiga oşiqqanida Qaytmas birdan paydo bölib, Sardorga yaqinlaşardi. Şu tariqa ular birgalikda uyga qaytişardi. Sardor şunday ulkan, ajoyib quşi borligi uçun tengdoşlari unga havas qilişidan öziça faxrlanardi.
Yillar ötdi. Sardor ön uçga tölganida enasi kasal bölib, yotib qoldi. Bir-ikki kun Fayzi döxtir ukol qilib yurdi. Juma kuni tongda Sardorni toğasi uyğotib, beliga belboğ boğlab qöydi.
– Enam-ov, deb yiğla, tuşundingmi? Endi enang yöq, – dedi toğasi qizargan közini undan yaşirib, – Enang seni hammadan köproq yaxşi körardi…
Sardor enasining yöqligini eşitib, seskanib ketdi. Özini butunlay yolğizlanib qolgandek his qildi. Taʼziyaga onasi ham keldi. Uning Sardordan taşqari, yana ikki öğli bor edi. Öşanda Sardor ilk marta ukalarini, ularning otasini kördi.
– Işonganim, posbonimdan ayrildim-ov! Endi sizsiz holim nima keçadi, ena?! Bolamni sizga qoldirib, könglim töq edi-ku, ena!.. – deya onasi örtanib yiğladi.
Sardor yilda bir keladigan onasini unçalik yaxşi körmasdi. Unga enasi bilan burguti omon bölsa, böldi edi. Lekin bugun enasi uni taşlab ketdi…
Yetti kun ötib, onasi şaharga qaytadigan böldi. Ketar çoğida Sardorni ham özi bilan olib ketişini aytdi.
– Men ketmayman, şu yerda qolaman, – dedi Sardor qaysarlik bilan.
– Unday dema, bolam. Endi enam yöq, seni qanday taşlab ketaman? Ikki xayolim şu yerda qoladimi? Yur, birga ketamiz, ukalaring bilan yurasan, – dedi onasi uni köndirişga urinib.
– Sardor endi katta yigit. Biz bilan şaharga boradi, u yerdagi maktabda öqiydi, – dedi onasining eri salmoqlanib.
Toğasi ham Sardorni şaharga borişga undadi. Barçaning qistovi bilan Sardor noiloj yölga otlandi. Lekin ketişayotganda burguti ança olisgaça maşina ortidan uçib bordi. Uni körib, Sardor köz yoşini tiyolmadi.
– Şaharda burgut asrab bölmaydi. Uyimiz tor, bu kattakon quşing siğmaydi, – dedi onasining eri Sardorga maşina oynasidan qarab.
– Yiğlama, öğlim, burguting toğangnikida yaşab turadi. Kelib körib ketasan, – dedi onasi uni peşonasidan öpib.
Ukalari esa akalik bölişganidan sevinib, irğişlab, töpolon qilişardi.
Şahar Sardorga juda ğalati körindi. Har tomonga ğizillab oşiqayotgan maşinalarga qarab, közi tinib ketardi. Odamlar ham juda köp, tinim bilişmaydi. Qişloqdagi maktabda nari borsa, elliktaça öquvçi öqirdi. Bu yerdagi öquvçilarning sanoqsiz ekanligini körib, Sardor hayratini yaşirolmadi. Sardor şahar maktabiga borişidan avval onasi bozorga olib tuşib, unga boş-oyoq kiyim olib berdi. Ertasiga esa yasantirib, maktabga olib bordi. Yangi kiyimda, notaniş öquvçilar yonida Sardor özini yolğiz his qilar, yuragidagi qişloq soğinçi borgan sari kattalaşib borardi.
Bir hafta ötdi. Sardor ketamanga tuşdi. U qişloği, burgutini soğinganini aytib yiğlardi. Onasi uning ketişiga yöl qöymay, endi şu yerga könikişi kerakligini aytdi.
– Onasi, sen bolangni tuşunmayapsan. U tasodifan ösib-ulğaygan muhitdan butunlay boşqasiga tuşib qoldi. Şuning uçun könikişi oğir keçyapti. Uni birdaniga köniktiriş majburlaşdek gap. Bolani esa majburlab örgatib bölmaydi. Yaxşisi, bir oz muddat qişloqda, bir oz şaharda yaşatib, köniktirsak, qandoq bölarkin?.. – dedi ögay ota öyçanlik bilan.
Onasi Sardorni ketkazmasligini aytib, yiğlab-siqtadi. Lekin ikki kun ötgaç, Sardor ketiş qarorida qatʼiy turganini körib, noiloj rozilik bildirdi. Yakşanba kuni ertalab onasi uni eri bilan jönatib yubordi. Maşina örnidan qözğalganida esa onasi derazadan qarab: «Yana qaytib kelasan-a?!» deb qayta-qayta söradi. Onasining közi yoşlanib, zorlanganini körib, Sardor yana qaytişini aytdi.
Peşinga yaqin toqqa kötarilib kelişdi. Toğasining uyi orqasida maşina töxtaşi bilan Sardor öqdek uçib pastga tuşdi. U avval osmonga tikildi, keyin içkaridagi burgutining inini kördi. Qaytmasni topolmagaç, alamdan yiğlab yuboray, dedi.
– Xafa bölma, burguting hozir kep qoladi. Sen ketganingdan beri sal daydiroq bölib qolgan. Yöqolib, yana qaytib kelaveradi. Hozir ham uzoqqa ketib qolmagan, – dedi toğasi uni yupatib.
Oradan bir neça soat ötib, hovlida burgut paydo böldi. Sardor uni körib, mahkam bağriga bosdi. Qaytmas qanotlarini keng yozib, Sardorning yelkasiga şapatiladi.
– Sardor bir-ikki kun qişloqda qolsin, burguti bilan töyib öynasin. Keyin onasi bilan maʼrakaga kelib olib ketamiz, – dedi ögay otasi ketişga çoğlanib.
Toğasi ham uning qolişiga rozi böldi-yu, biroq poççasi ketgaç, «Nega şaharda qolmading? Axir hamma imkoniyatlar şaharda-ku», deb Sardorni koyib berdi. Sardor toğasiga şaharda zerikkanini, u yerda burguti, tengdoşlari yöqligini aytib, tönğilladi.
– Balki, opangizning özi öğlini jönatib yuborgandir. Axir uning otasi boşqa bölsa, eri birovning bolasini siğdirarmidi? Ana endi özimizning törtta bolamiz yetmagandek, Sardorgayam qaraşimiz qoluvdi… Endi enangizning nafaqasi yöq, buni qanday boqamiz? – dedi yangasi çimirilib.
Toğasi xotiniga «Bas qil», degandek qovoğini uydi.
– Sardor, endi enang yöq! Bu uyda qolsang, mening boşimni oğritasan. Yaxşisi, şaharga, onangning uyiga qayt, tuşundingmi? – dedi yangasi Sardorni xoli çaqirib.
Sardor yangasining gapiga boş silkidi. U erta-indin onasi kelsa, albatta, şaharga qaytişini bilardi. Lekin bu qişloqni, toğlarni, burgutini sira taşlab ketişni istamasdi. U bugun enasisiz bu hovlida yaşolmasligini tuşundi. Bir paytlar onasi, gödakligidayoq undan voz keçgan otasini soğinganida köngli yolğizlikni qömsab, Çönqay çöqqiga yöl olardi. Balandga çiqib, atrofni kuzatganida soğinçi bir oz unutilardi. Qaytmas esa osmonda parvoz qilib, öz sarhadlarini kuzatardi. Bu toğdagi mayda quşlarni aytmasa, Qaytmasdan bölak sarloçin yöq. Şu bois u – bu toğlarning yakkaş hukmroni. Unga Sardorning çöqqiga kelib ötirişi yoqadi, özi esa qanotlarini yozib, atrofni kuzatadi.
– Meni yana şaharga jönatişmoqçi. Lekin u joylar qançalik zerikarliligini bilmaysan-da, – deya Sardor Qaytmas bilan dardlaşadi. – Senga maza, istagan joyingda yaşaysan, osmonda uçasan. Heç kim seni bu yerda yaşa, bu yerda yaşama, deb majburlamaydi.
Qaytmas egasining gapini tuşungandek, ötkir közini unga tikdi.
– Qaytmas, sening ota-onang qayerda yaşarkin-a? Nega ular seni soğinişmaydi, olib ketamiz, deyişmaydi? Sen ham ularni soğinasanmi? – dedi bolakay mahzun.
Burgut qanotlarini yozib, samo uzra quloç yoydi.
– Gapimdan jahling çiqdimi?! – deya baqirdi bola burgutga qarab.
Qaytmas yanada balandroqqa kötarildi. Şu tobda Sardor ham burgutga aylanib qolişni, heç kimga qaram bölmaslikni istardi. Şunda özi istagan joyda, birovlarning xohiş-istagisiz yaşardi.
Qaytmas oq bulutlarga kömilib, közdan ğoyib böldi. Sardor avval ham burguti bunday qilişi, oradan bir neça soat ötib, qaytişini juda yaxşi bilardi. Şuning uçun bir oz çöqqida ötirib, uni kutdi. Qorni oçqab, uyga qaytdi. Qaytmas uning ortidan yetib olişiga umid qildi.
Öşa kuni Qaytmas qaytmadi. Sardor öşandan beri çöqqiga kelib, uni kutadi. Anavi bulutlar uni yamlab – yutib yuborgandek ularga termiladi, topolmaydi.
Bugun çöpon uning moda burgut ortidan ketganini aytib keldi. Avval otasi, keyin onasi, söng enasi, endi esa burgutining taşlab ketişi Sardorga juda oğir botdi. Keçasi bilan uxlayolmadi. Yuragini «Aybim nima, nega meni barça yaqinlarim taşlab ketaveradi? Men şunçalik yomonmanmi?» degan alamli öy örtardi. Tong yorişmasidan yana oyoq uçida yurib, hovliga çiqdi. Heç kimga sezdirmay, darvozani oçib, çöqqi tomon yurdi. Kuni böyi Çönqaydan tuşmay, bir nuqtaga tikilib ötiraverdi. Asilning: «Otam çaqiryapti, yur», deb kelişi ham uni pastga tuşirolmadi. Şom qoronğisi bu kengliklarni zabt etişga uringan bir paytda toğasi çöqqiga çiqib keldi.
– Bu nima ötiriş, jiyan? Keça çöpon aytibdi-ku, burguting modasi bilan ketgan, deb. Xoh bandasi, xoh jonivor bölsin, yolğiz yaşolmaydi. Bejizga barça mavjudotni jufti bilan yaratilgan, deyişmaydi. Qaytmasing ham juftini topganga öxşaydi. Endi u qaytmaydi, umidingni uz, – dedi toğasi uning yoniga çökkalab.
Sardorning köngli buzildi. Köziga qalqqan yoşni körsatmaslik uçun boşini egib oldi. Toğasi bilan yana bir oz ötirib, qişloqqa qaytişdi. Sardorning tomoğidan ovqat ötmadi. Çarçaganini aytib, uyquga yotdi.
– Sardor, uyğon! Qaytmas kelibdi. Yonida begona burgut ham bor!.. – deya Asilning hovliqib turtkilaşidan uyğonib ketgan Sardor uyqusirab, avvaliga nima bölganiga tuşunolmay turdi.
Asil Qaytmasning qaytganini aytavergaç, dik etib örnidan turdi. Hovlidagi ustunda Qaytmas munğayib turar, toğasi uning qanotini doka bilan boğlaşga urinardi.
– U keldimi? – deya hovliqib burgutga yaqinlaşdi Sardor va quşning qanotidagi qotgan qon doğini körib, joyida töxtadi.
– Yaralanganga öxşaydi. Bu bir-ikki kun oldin yaralangan. Tağinam tirik yurganini-çi… – dedi toğasi koyinib.
Sardor Qaytmasni bağriga bosdi. Burgut ham sukut saqlab, uning yelkasiga boşini işqadi. Şu payt osmondan burgutning çinqiriği eşitildi. Qaytmas ötkir közini samoga tikdi. Notaniş burgut osmonda çarx urib uçardi. Qaytmas qanotlarini keng yozib, uçişga çoğlandi. Ikki marta qanot qoqdi-yu, tap etib yerga quladi.
– Qaytmas! Toğa, u ölib qoladimi?! – deya yiğlab yubordi Sardor.
Samodagi burgut yana çinqirdi. Keyin esa uçib ketdi. Qaytmasning osmonga, burgutning ortidan tikilişga holi yetmadi. Boşini yerga qöyib, çuqur-çuqur nafas olardi.
– Asil, bor, Fayzi döxtirni çaqir. U odamlarni davolagani bilan, jonivorlarning kasaliniyam tuşunadi, – deya toğasi öğlini qişloq şifokorinikiga yubordi.
Sardor Qaytmasning tepasida yiğlagudek bölib ötirardi. Toğasi işga şoşilayotganini aytib, maktabga otlandi. Jiyaniga maktabga bor, deyişga tili bormadi.
Bir ozdan keyin Asil Fayzi döxtir şaharga ketganini aytib keldi. Sardor Qaytmasga suv, don tutdi. Burgut ularga qayrilib ham qaramadi. Sardorning burgutiga rahmi kelib, böğzini yiği kuydirib ötdi. Hiqillab yiğlab yubordi.
Peşindan keyin maktabdan qaytgan toğasi Sardorning haliyam burguti tepasida ötirganini körib, urişib berdi.
– Köpam qayğuraverma! Endi burguting soğaymaydi. Darbadarga öxşab, ketib qolmaganida bu köyga tuşmasdi. Sen bunga içikib, özingni qiynama! Bu bor-yöği bir quş bölsa…
– Balki, anavi burgutni ketkazmaslik kerakmidi?.. – dedi Sardor hiqillab. – Heç bölmasa, Qaytmas soğaygunça…
– E, qiziq gaplarni gapirasan-a, – dedi toğasi boşini çayqab. – Sening burguting şu toğlarni vatan deb bildi. Kördingmi, boşqa joyga siğmay, qaytib keldi. U moda burgut ham begona joyga siğmaydi. Şuning uçun ham özining makoniga ketdi. Qaytmas ozodlikda parvoz qiliş qandayligini kördi. Ayniqsa, anavi burgut bilan birga uçdi. Endi u tutqunlikda, yolğiz yaşolmaydi. Yo bu yerlarni butunlay taşlab ketadi, yo nobud böladi!
Toğasi burgutning qanotini yeçib, mömiyo bilan yana qaytadan boğladi. Sardor Qaytmasning boşini silab ötirdi. Yangasi keçki ovqatni suzayotganini aytib, dasturxonga çaqirdi. Sardorning iştahasi bölmasa ham, toğasining qistovi bilan söriga ötirdi.
Ovqatlanib, yana burgutining yoniga qaytgan Sardor uning qotib qolganini körib, qiçqirib yubordi. Uning yoniga bolalar, söng toğasi yetib keldi.
– U ölib qopti!.. – dedi yiğlab Sardor.
– Aytdim-ku, endi sening Qaytmasing tutqunlikda, yolğiz yaşolmaydi, deb… – dedi toğasi afsus bilan.
Toğasi uni kömib kelişini aytib, burgutni olib ketdi. Sardor sörida ötirib, unsiz yiğlardi. Bir ozdan keyin qölida belkurak bilan qaytgan toğasini körib, Sardor öpkasini bosolmadi:
– Toğa, meni ertaga şaharga oborib qöying. Endi bu qişloqda yaşamayman. Onam va ukalarimning yonida yaşayman!
Toğasi jiyanini bağriga bosib, çuqur xörsindi.
Husniya PARDAYEVA
“Yoşlik”2012/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

