(Hikoya)
Oltinçi sinfda informatika darsi edi. Muallim öquvçilarga “Word” dasturida işlaş böyiça mustaqil vazifa topşirdi. Bolalar guruh-guruhlarga bölinib xonadagi kompyuterlar yoniga ötirişdi.
– Bolalar, – dedi bir payt ustoz, – maktabning narigi binosida yangi informatika xonasi tayyorlanayapti, bilasizlar-a?
– Bilami-i-iz, – deb çuvullaşdi öquvçilar.
– Juda yaxşi, hozir u yerda taʼmirlaş işlari ketyapti. Ustalarga baʼzi bir körsatmalarni berib kelişim kerak, yöqsa, iş töxtab qoladi. Sizlar biroz vaqt mustaqil şuğullanib turinglar, men tezda qaytaman.
– Xöp böladi, usto-o-oz, – deb tağin çuvullaşdi öquvçilar.
Muallim sinfboşi Hilolaga baʼzi bir vazifalarni tayinlagaç, xonadan çiqib ketdi.
Qobil ayni şu vaziyatni kutib turardi. U sinfning aʼloçi öquvçilaridan. Köp kitob öqiydi. Ayniqsa, texnik jihozlar siriga rosa qiziqadi.
– Ey, Adham, – dedi u yonidagi döstini turtib, uydan otvyortka opkelganman, kel, kompyuterni oçib köramiz. Qani, işlaş mexanizmi qanday ekan?
Qobil çöntagidan burama anjomlarini çiqardi. Adham iljayib uning niyatini maʼqulladi.
– Tegma, kompyuterni buzib qöyasan, – deb Hilola unga qarşilik körsatdi.
Ammo Qobil unamadi. Öziça kompyuterning murvatlarini burab yeçişga tutindi. Sinfdoşlar uni örab olişdi. Kimdir norizo boş çayqadi, kimdir bilağonga pişang berdi.
– Qörqma, Qobil, uddalaysan.
Köp ötmay kompyuterning yon tomoni yalanğoçlandi. Bir-biriga çirmaşib ketgan rangli simlar, möjazgina qurilmalar közga taşlandi.
– Qoyi-il, – deb yubordi kimdir öşa yoqqa möralab.
Şu payt Qobilning qölidagi anjomi nimagadir tegib ketdi şekilli, kompyuter lip etib öçib qoldi. Aftidan, quvvat taʼminoti uzilgan edi.
– Vu-uy, – deb vahimali piçirladi Hilola, nima qilib qöyding?! Ustozga nima deymiz endi?
Qobil şoşa-pişa allaqanday simlarni paypaslaşga tuşdi. Kuçliroq tortib yubordi şekilli, simlardan biri çirs etib uzildi. Bu ham yetmaganday, yeçilgan murvatlardan biri qurilma içiga tuşib ketdi.
– Tamom, hammasini dabdala qilding, – deb çinqirdi Adham irğib örnidan turarkan.
Sinfdoşlar duv qözğalib Qobilning yonidan nari ketişdi. Bilağon bola butkul dovdirab qoldi. Hatto yeçilgan qopqoqni joyiga qotirib qöyişni ham eplay olmadi. Şu payt tanaffusga qönğiroq çalindi. Bolalar yov quvganday taşqariga otilişdi. Qobil ham bir buzuq kompyuterga, bir atrofiga alanglaganiça sinfdoşlari ortidan çiqdi. Hilola afsuslanib boş çayqagan köyi xona eşigini berkitdi. Şoşa-pişa yetib kelgan informatika muallimiga kalitni berdi.
Keyingi maşğulot adabiyot darsi edi. Qobilning köngli xira tortdi. U qilmişidan puşaymon edi. Sinfdoşlar ahyon-ahyon unga köz taşlab qöyişadi. Adabiyot muallimi endigina yöqlama qilib bölgan bir paytda sinfga informatika muallimi va maktabning ilmiy mudiri kirib kelişdi. Bolalar hurmat bilan örinlaridan turib salomlaşdilar. Adabiyot öqituvçisi ularning taşrifidan biroz taajjublanib turardi.
– Ötgan darsda oralaringizda kimdir informatika xonasidagi kompyuterlardan birini buzib qoçib ketgan, – dedi ilmiy mudir ötirganlarga jiddiy nigoh taşlab, – şuni aniqlab olişimiz kerak.
– Xöş, kim öşa şovvoz? – deb söradi informatika muallimi.
Bolalar jim. Hamma partadan köz uzmaydi. Qobiljon bir-ikki bezovta qimirlab qöydi.
– Sinfboşi, xöş, siz nima deysiz? – söradi yana informatika muallimi.
Hilola örnidan turib yelka qisdi.
– Biz… topşiriğingiz böyiça şuğullandik, xolos.
Qobiljon yer ostidan unga minnatdorona köz taşlab qöydi.
Şu payt orqa partada ötirgan Adham qöl kötarib qoldi.
– Ustoz, mumkinmi?
– Xöş, Şokirov, kimligini siz bilasizmi?
– Ha, bilaman, – dedi Adham örnidan turib, – bu Qobilning qilmişi…
Sinfxonada yengil bir şovur qözğaldi. Hamma Adham tomonga norizo köz taşlab qöydi.
Ilmiy mudir Qobiljonga imo qildi.
– Qani, Yöldoşev, rostmi şu gaplar?
Qobiljon arang örnidan turib sekin boş irğadi.
– Ha.
– Nega bunday qildingiz?
– Uzr, ustoz… kompyuterning işlaş mexanizmini körmoqçi edim?
– Işlaş mexanizmini körmoqçi eding? – ajablanib takrorladi informatika muallimi.
– Rost, – deya sakrab örnidan turdi Hilola, – Qobiljon şunaqa narsalarga juda qiziqadi, köproq bilişga harakat qiladi.
Ilmiy mudir jilmayib Qobiljonning boşini siladi.
– Balli, Yöldoşev, har bir öquvçi sizday intiluvçan bölişi kerak. Faqat bundan keyin ustozingizdan ruxsat sörab, uning yordami bilan tajriba ötkazing.
Sinfdoşlar avval kulib yuborişdi, söng zavq bilan çapak çalişdi. Birgina Adham xijolatdan lov-lov yonib turardi.
Fazilat Mirzoyitova
2000-yilda tuğilgan. Toşkent viloyati, Zangiota tumanidagi 54-maktab öquvçisi.
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 11-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


