2 daqiqada öqiladi

356 marta körilgan

Qölga tuşgan yozuvçi

Qölga tuşgan yozuvçi

(Hajviya)

Körmagan, bilmagan kişi haqida yoziş ijodkorning fantaziyasiga boğliq. Tabiiy çiqsa, marra  uniki. Bölmasa…

Xizmat safaridan qaytayotgan yozuvçi Aminjon Jumaqul ana şu holga tuşdi. U  keçqurun oyoq uzatib, bemalol uxlab ketaman, deb poyezdga çiqqan edi. Kupega kirsa, ikki oqsoqol uni xuşnud kutib oldi. Hayron bölmadi. Öziça biror kitobimni öqigan, undan taʼsirlanib  minnatdorlik evaziga şunday qilayapti degan xayolga bordi. Yoki televizordami, uçraşuvlardami körgan bular meni, ana endi tanişiş istagidalar, qabilidagi istihola ham ötdi könglidan… Xullas,  u öz xayol dengiziga ğarq bölib, salom-alikni quyuq qildi.

– Siz, Aminjon Jumaqul bölasiz-a? – dedi özini Muhsinjon deb taniştirgan oqsoqol.

– Şunday, şunday…

– Aytmadimmi, – dedi haligi oqsoqol şerigiga va  sözini davom ettirdi. –Tanimay ölibmanmi?

– Adaşmadingiz, – dedi yozuvçi xursandligini yaşira olmay. – Sizga qaysi  asarim  yoqadi?

– Asar… Ensamni qotirma…

Boyadan beri qovoq solib ötirgan ikkinçi oqsoqol endigina gap boşlagan edi, şerigi sekin turtib qöydi. Şu bois jimib qoldi. Söng teskari ögirildi. Derazaga qaradi. Taşqarida pağa-pağa qor yoğayapti…

Muhsin oqsoqol gapni uzoqdan boşladi.

– Bir vaqtlar Solivoy döstimni gazetga maqtab  yozaman, deb qoş  qöygan edingiz. Öşanda u  ilğor brigadir edi. Paxta planini ortiği bilan bajarardi.

– Xizmatlaringizga yaraşa yozganman-da, – dedi yozuvçi sal köngli yorişib. – Nima ekan debman…

– Hamma balo  siz yozgandan keyin yoğildi.

Muhsin oqsoqol döstiga bir qarab qöydi. Dösti özing gapir, deganday imo qilgaç, hikoyasini bemalol boşladi.

– Maqola azim Toşkentdan çiqdi. Ğalvasi esa döstimning boşiga tuşdi.

– Tuşunmayapman…

– Gapni bölmasangiz tuşunasiz, ukam. Qisqasi, raqamlarga adaşganingiz mayli, döstimning oilasini haqoratlagansiz?

– Qanday qilib? – ajablanib söradi yozuvçi.

– Ön  bitta bolani daromad ketidan boqib, uy-joyli, kasb-korli qilgan  degansiz?

– Nimasi yolğon? Öşa payt qilmagan bölsa ham muxbirlarni bilasiz-ku, qöşib yozmasa oçerk  sermazmun çiqmaydi.

– Çunki  döstimning bittayam farzandi yöq. Yana  xotinining ismini ilgari sevib yurgan qizining ismiga almaştirgansiz. Bu ham yetmaganday eng yaxşi körgan narsasi anor degansiz. Uyida bir emas, 25 tupça anori bor, ortganini bozorda sotadi, deganingiz hammasidan oşib tuşgan.

– Qişloqda hammaning uyida  anor böladi. Bundan taşqari, anorni özim  yaxşi köraman. Şu bois…

Yozuvçi Aminjon Jumaqul iştonini höllab qöygan yoş boladay avval qizardi, keyin  bözardi.

– Döstimning umuman anori yöq. Anorni jini suymaydi. Anor desa,  allergiyasi qöziydi. Eng yomoni, uning laqabi “Anor”. Siz kelib-kelib şu laqabini respublika böylab yoydingiz…

Yozuvçi jiqqa terga tuşgan köyi anorday qizarib ketdi.

Mirzo Ahad

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 12-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)