(Hikoya)
Otamurod çol çorboğining içidagi oftobşuvoqda ötiraverib zerikib ketdi. Kuniga nevarasini orqalagan köyi kelaveradigan, beş-olti uy narida yaşaydigan tengquri Sanam kampirdan ham bugun nimagadir dom-darak yöq! Yotib qolmadimi ekan? Kuni keça “Kökragimda sançiq bor, gohida havo yetişmay, entikib qolaman” deb hasrat qilayotgan edi. Buyoği vaqt ham peşinga yaqinlaşib qolibdi. Oyoğida yurganida şu paytgaça birrovgina boş suqib ketgan bölar edi. Çözilib yotgan bölsa kerak. Şunday öyda hassasiga suyanib örnidan turdi-da, hovli etagida öynab ötirgan nevaralariga köz taşladi. Birovini yugurtirib olmoqçi böldi-yu, biroq ularning öyinini buzgisi kelmadi. Qolaversa, “Xastalanib yotgan bölsa, baribir özim borib körişim kerak-ku”, deb öyladi-da, darvozaning içki ilgiçini tuşirdi.
Taşqariga çiqqaç, “Darvozani içkaridan ilib qolinglar” deb aytişga çoğlandi. Biroq tağin nevaralarining qiziq öyinlarini buzgisi kelmadi. Qolaversa, “Ikki hatlam joy, bir zumda boraman-u qaytaman-da” deb öyladi.
Borsa, haqiqatan ham, Sanam qurdoşi inqillab-sinqillab yotgan ekan. Kelini işiga bormay qarab ötiribdi. Hol-ahvol söraşdi. Uyoq-buyoqdan gaplaşgan böldi. “Men ölib qolsam senga juda qiyin böladi-da!” dedi Sanam kampir uning yuragini qattiq şuvillatib.
Bu gapdan toqati toq bölib, ortiga qaytişga şoşildi.
Uyiga endigina yetib kelganida ikki darozgina yigit darvozaning kiçkina eşikçasini oçib içkaridan çiqib keldi. Qöllarida öralgan gilam bilan şolça. Eşik oçgan zahoti çolga röpara kelamiz deb öylaşmaganmi, avvaliga ikkalasi ham allaneçuk dovdirab, kalovlanib qolişdi. Bir-biriga qarab olişdi. Saldan keyin özlariga kelib, biri muloyimlik bilan dedi:
– Darvoza oçiq turganiga kira qolgan edik… Içkarida heç kim yöq ekan. Gilam sotib yurgan edik. Xivaning gilami, olasizmi, otaxon?..
Ikkinçisi:
– Şolçamiz ham bor. – dedi. – Olib qoling, arzongina, tuşib beramiz. Yangi mol olib kelgani ketişimiz kerak edi. Şuning uçun uyma-uy yurib arzon-garov sotib yurgan edik.
– Çiroqlarim-ov, men bilmasam. Agar öğlim bilan kelinim tuşlikka kelgan çoği kelmasangiz… Manovi jaziramada terlab-pişib ketibsizlar-ku. Oğir yukni kötarib yuraveriş ham oson emas. Işlaringiz öngidan kelsin, çiroqlarim. Ozgina nafas rostlab, çanqovbosti qilib olsalaringiz-çi?..
– Yöq, rahmat, otaxon. Olmaydigan bölsangiz yölimizdan qolmaylik, – deb ular yölga ravona bölişdi.
Otamurod çol nevaralaridan xabar oldi. Mollarga öt solib, suğordi. Tovuqlariga don sepib, çumçuqlardan qörigan holda ularning donni çöqilaşlarini tomoşa qilib turdi. Şu bilan peşin ham böldi.
Kelini bilan öğli tuşlikka kelişdi.
Ayol zoti sergak böladi. Içkariga kirib ketgan kelinning ovozi baland eşitildi. Zum ötmay özi ham taşqariga otilib çiqdi:
– Ota, ayvonning devoriga ilingan gilam bilan yeriga töşalgan yangi şolça qani?! Taşqariga olib çiqib yoydingizlarmi?.. – Söraşga söradi-yu, biroq qaynotasining oğir gilamni taşqariga kötarib çiqqaniga aqli bovar qilmay, bir şumlikni sezgan yuragi şuvilladi. Ayol bölganidan keyin mol-dunyoga bir bahya yaqinroq. Nimaga ham olib çiqsin? Mabodo nevaralari şolçani bulğab qöyişgani uçun olib çiqqan bölsa, u holda devorda osilib turgan gilam qayoqqa ketdi?!
– Men teginmadim, çiroğim. Nima edi?.. Yöqmi?.. Bölişi mumkin emas!
Çol alpon-talpon yurib içkariga kirdi-da, ayvonga töşalgan şolça bilan devorga ilingan gilamning örni rostdan ham kaftdek oçilib qolganini kördi.
– Yo tavba, jin-şayton çaldimi bularni? Uydayoq ötiribman-ku!
– Uyoq-buyoqqa çiqmadingizmi, ota? Uyga heç kim kelmadimi?
– Yöq, bolam, yöq!.. Aytganday, gilam bilan şolça sotib yurgan ikki bola keluvdi, şu. “Olasizmi?” deb söradi. Men “Bilmayman” dedim. Boşqa heç kim kelmadi.
– Ha, böpti-da. “Heç kim kelmadi” deysiz tağin. – Kelin qattiq yulqindi. – Uyoqda ular gilam bilan şolça sotaman degan bölsa, buyoqda bizning gilam-şolçamiz yöqolgan bölsa, şular olib ketgan bölib çiqadi-da. Görga ketadimi bölmasa?! Eşikni heç kimga oçmang, uyga qarab ötiring deb zor qaqşab ketasan… – deya zarda bilan tönğillab, bolalarini çaqirdi kelin. – Quvonişşş, Marziyayaya, tirikmisanlar, yo ölib qoldinglarmi, yergina yutgurlar. Quvoniş deyapman. – Kelin Quvonişning otini atayin qayta-qayta aytib turibdi. Yöqsa boşqa payt otini aytmay, “Oqyigit” der edi. Çunki qoraqalpoq udumiga köra tönğiç bola çol-kampirniki hisoblanib, onasiga qayin sifatida böladi. Bola “oyi” demaydi, “kennoyi” deydi. Bu – uyga durustroq poyloqçilik qilolmagan Otamurod çolga kelin berayotgan dakki-daşnom. Çolning öziga töppa-töğri ovozini kötarib sözlayolmaydi. Betgaçoparlik qilsa, işlari bundan beş battar çappasiga ketib qolişidan qörqadi. Çunki ikki-uç yilça avval bunaqasini ham yaxşigina körgan. Öşa mojarodan keyin qaynotasiga qaytib sözlamaslikka içida ham, sirtida ham ont içgan. Rosa tavbasiga tayangan! Öşanda mehmon bölib ötirgan qayinbekasi bilan yeznasi kelinni qaynotasiga ovozini salgina balandlatib gapirgani uçun qattiq urişib taşlaşdi. “Boqmasang boquvsiz qol. Özimiz gard yuqtirmay qaraymiz. Sening zahar-olud sözlaringni eşitgan köyi bol şimib ötirganidan bizning şirin sözimizni tinglab, qora non çaynab ötirgani afzalroq qarigan çoğida!” deb olib ketişdi. Öz uyini taşlab ketayotganida çol battar munğayib qoldi. Özi zahmat çekib yöqdan bor qilgan, şunça yillik umri keçgan uyiga endi özi begona bölib turibdimi?!.
Öşa lahzadayoq kelin keçirim sörab yalinib-yolvordi. Sababi bolalariga qarab ötiribdi. Uyi hamişa oçiq – qulf-kalit nimaligini bilmaydi. Hammasi şu çolning şarofati. Buning ustiga, mömaygina nafaqasi ham bor. Öz vaqtida rosa mehnat qilgan, orden-medallari ham talaygina. Buning ustiga, uruş qatnaşçisi. Şuning uçun bayramlarda hukumat tomonidan sovğa-salom ham kelib turadi.
Bunisi hali holva: çol bir joyga mehmon bölib borsa, mezbon çopon, köylak, pul berib, oq fotihasini oladi. Töy-maʼrakalardan ham quruq qaytmaydi. Olgisi kelmasa ham “Yölingiz uluğ, yöli şu” deyişadi. Ölaman-sattor olmayman desa, “Nima, ozsinib turibsizmi?” deb kuydirişadi. Uyiga kelgan qarindoş-uruğlar ham köpni körgan nuroniy otaxonning oq fotihasini oliş uçun quruq kelişmaydi, yoqali kiyimlargaça olib kelişadi.
Mana şularning hammasidan mahrum bölib qoliş kelinga yoqmadi. Şuning uçun ham öşanda bekatga qadar yalinib-yolvorib bordi. Agar şanğiligini qöymay, betgaçoparlik qilaversa, faqatgina “soğin sigir” qaynotasidan emas, xuşbiçim, çaqqon, esli-xuşli, obrösi joyida, eng muhimi – qörli-qutli, uyli-joyli eridan ham ajrab qolişi ehtimoldan holi emas. Qayinbekasini yaxşi biladi, aççiği çiqsa har nima qilişi mumkin. “Inimni bu alvastidan ajratib olib, boşqa birovga uylantiraman” deyişdan ham toymaydi.
Öşandan keyin uyidan ketib qolgan qaynotasining ortidan bir-ikki marta borgan edi, kelmadi. Aniqroği, qayinbekasi ketgani qöymadi. “Agar yana oğiz oçib, yuziga tik qarasam, yuz-közimga tuyaning tovoni” deya qayta-qayta oq tavba-kök tavba qilganidan keyingina qayinbekasi çolni zörğa öziga qaytardi.
Mana şunday mojarolar bölib ötganidan keyin u qaynotasiga qanaqasiga botinib sözlay olsin.
– Quvoniş deyman. Marziya deyman. Bu yoqqa kelinglar tez.
Ikkalasi yugurgilab kelişdi.
– Nima deysiz, oyi?
– Men nima deyman?. Özlaring öz boşlaringça öynayvermay, bobolaringga kömakçi bölmaysanlarmi? Agar bobolaring taşqariga çiqqanida darvozani içkaridan ilib qolganlaringda edi, şu körgilik bölmas edi.
– Hoy kelin, aylanayin, qöy, bolalarga baqirma-çi. Ayb ularda emas, menda. Ular mening taşqariga çiqqanimni bilmay qolişdi… Ayvonda osilib turgan gilamning öğirlanganini bilib, sendan kam qiynalmayapmanmi men ham, çiroğim. Çunki u gilam, özingga ham aytganman, bir paytlar mehmonxona törida ilinib turgan joyidan olib, “Modadan qoldi ham sal eskirdi” deb dahlizga töşamoqçi bölganingda “Aylanayin çiroğim, bu gilam modadan qolib, eskirgan bölsa ham men uçun, şu uy uçun aziz. Çunki uyning barakasini berib, rizq-rözini butun qilib, ahilligini saqlab, xavf-xatardan asraguvçi xosiyatli molimiz, dunyomizning boşi, kampirimning közi-ku, çiroğim.” degan edim senga. Naçora, qulay payt poylab qattiq tuşirişdi anovi noinsoflar. Iloyo balo-qazo şu gilam bilan şolçaga qöşilib ketsin. Boş-közimizdan sadağa bölsin! Endi jonimiz omon bölsin deb tilaylik, kelinjon. Dunyo – qölning kiri. Xudo beraridan qismasa örni tölib ketar. Şunday emasmi, Quvonişjon? – deya çol tönğiç nevarasining boşini silab erkaladi.
Halidan beri mojaroga aralaşmay turgan öğli Marat oğzini gapga juftlagan xotiniga öktam qaraş qildi:
– Otam töğri aytyapti. Böldi endi, şu gap şu yerda qolsin. Tag-tugini sörab-suriştirib qarasang, gilam bilan şolçadan boşlab şu uydagi jamiki qölga ilingulik mol-mulk otam bilan onamning topgan-tutgani-ku. Hattoki uy-joyni ömarib ketganlarida ham ğiring deyişga haqqing yöq sening. Ikkalamiz ham bu uyga aqalli bitta ğişt qöygan emasmiz.
– Qöy, bunday dema, bolam, – dedi Otamurod çol. – Men bu dunyoni görimga olib ketmayman-ku. Bu dunyo, bu mol-mulk sizlarniki, sizlardan keyin Quvonişjonniki böladi. Şunday qilib bir-biriga ulanib ketaveradi-da. Kelinning aççiği çiqqani ham bekorga emas, bolam. Ayol kişi bölganidan keyin, mol-dunyo ularning qöllarida yiğiladi. Yiğilgan dunyo soçilib-tökilmay, yöq bölmay saqlanadi. Biroq sal-pal sabr qilib, gilam nima sababdan öğirlanganini sörab-suriştirib, ana öşandan keyin “Heçqisi yöq, ota. Gilam-şolça tengquringiz Sanam momoning soğligidan azizroq emas. Qiynalmay qöya qoling. Şu uyning tabarruk gilamini olib ketgan noinsoflarga u buyurmasin. Endi buyoğiga pişiqroq bölarsiz, ota”, deb hurmatimni joyiga qöygan holda yengilroq dakki berib qöya qolganingda uzukka köz qöygandek bölar edi-ya, Sababi “Bir kun uruş-janjal bölgan uydan qirq kunlik rizq-nasiba qirqiladi”, degan gap bor, çiroqlarim, Qolaversa, “Yaxşi söz – jon oziği”.
Jöyaligina gap öz taʼsirini körsatdimi, kelin:
– Agar gaplarim sizga oğir botgan bölsa, meni keçiring, ota. Men manovi quloqsizlarni urişdim-da, – deya öziça uyalgan böldi.
– Bu bolalarga baqirganing ham menga tegdi-da. Çunki mening körar közlarim, mendan keyin qoladigan tirnoqlarim-ku bular, – deya Marziya bilan Quvonişni baravariga bağriga bosdi çol.
– Böldi endi, tezroq çoy qöyib, yengilroq ovqat qilib yubor. Nari borsa yanagi oylikdan bir gilam olib berarman, – deya Marat yuz-qölini yuva boşladi.
Aççiq-alamlar tumandek tarqab, birga-birga bahuzurgina tuşlik qilib ötirganlarida darvoza taqilladi. Köp ötmay bir militsioner kirib keldi.
– Qay bolasan? Omonlikmi? – söradi qariya.
– Omonlik, ota, omonlik. Qaytanga sizdan suyunçi sörab kelyapman. Men şu aymoqning militsioneriman. Otamurod bobo, mabodo bugun gilam bilan şolça öğirlatmadingizmi?
– Ha, şunday bölib qoluvdi. Nima gap?
– Uylarga kirib mayda öğirlik bilan şuğullanadigan yoş yigitlar paydo bölib qolgan ekan. Ançadan beri uşlatmay yurişgan edi. Şular haligina qölga tuşdi. Gilam bilan şolça kötarib ketayotganlarida tezkor guruh qölga oldi. “Özimizniki” deb nari-beri böyin tovlaşgan edi, tillaridan tutib, dalillar keltirib, axiyri böyinlariga olişga majbur qildik. Oxirida sizning uyingizdan olganini aytişdi. Tuşdan keyin bölimga borib olib ketişingiz mumkin.
– Yaşa, çiroğim, baraka top. Kasbi-koringdan topganingning barakasini bersin. Halol mol-mulkim biror soat ötib-ötmay özimga qaytib kelayotgan ekan, senga yana bir marta rahmat, inim. Iloyo bola-çaqangning rohatini kör, – deya hududiy militsionerni duoga kömib taşladi çol. – Endi suyunçiga nima bersam ekan-a? – deya közlaridan oqqan sevinç yoşlarini qiyiqçasi bilan sidirib, oppoq soqolini silagan köyi bir muddat öylanib turib qoldi.
– Yöğ-e, Otamurod bobo, men hazillaşib aytdim-qöydim-da. Bizning işimizda bunaqa oldi-berdilar bölmaydi.
– Senlarda bölmasayam bizlarda böladi-da, inim! Qoraqalpoqda böladi-da “suyunçi” degani. Qoraqalpoqsanmi özing?
– Hovva, bobo.
– U holda indama. Yuragimni örtab turgan eng qadrli molim, kampirimning közi bölgan gilamim bilan şolçamni topib berasan-da, tağin suyunçisiz ketasanmi. Buyoği biz ham zamona zaylini sal-pal bilamiz. Sababi kiçkintoyligimizdan şaharlik bölganmiz. Hozir Maratjonga pul berib, dökondan Nukusning “qirğovul”ini oldirayinmi? Buyoqda ovqat ham pişyapti, ikkovlaring bir otamlaşib…
– Yöq, bobo, men içmayman. Xizmatdagi odammiz. Biroq, mayli, ötiray. Oş-ovqatingizdan totinmasam yubormassiz. Lekin şişa kerak emas.
– Özing bilasan, çiroğim, zorim bor-u, zörim yöq. Lekin bir şişaning pulini suyunçi hisobida olib ketasan. Mening berganim tabarruk, bolam. Har kuni Otamurod bobong gilam öğirlatib, sen topib olayotganing yöq-ku, – deya çol yayrab kuldi.
– “Söz jöyasini topsa, mol egasini topadi”, deganlar. Sizga ham rahmat, otaxon.
Şu bilan suyunçi atrofidagi gaplar xotima topib, Otamurod çolning oqköngilligidan ustalik bilan foydalangan öğrilarning öz gilamini öziga “Sotib olasizmi?” deb qariyani boplab tuşirganlarini aytişib, hammalari kulişib olişdi.
Öğil kelinga maʼnoli qaradi-da, yayrab gurung berişga tuşdi:
– Haligina kuyib-pişayotgan eding. Gilaming bilan şolçang qaytib keladigan böldi. Bizning qariyalarning köngli toza-da. Oqköngilligiga qarab beradi. Berib ham kelyapti. Bunga köp marotaba guvoh bölganman. Ovqat pişguniça gurunglaşib ötiraylik, masalan, bir kuni otam bozorlab qaytayotganida avtobusda bozorligi solingan törvasini unutib qoldiribdi. Şunda “Ha, endi, naçora, bugun yoş göştning şörvasini içiş buyurmagan ekan-da” deya böşaşibgina qaytib kelayotsa, yonidagi soy tomondan “Yordam bering” degan bolakay ovozi eşitilibdi. Apil-tapil borib qarasa, bir bolakay soyda oqib ketayotgan ekan. Qölini bazör kötarib, suvga çökib ketyapti. “Yordam bering” deb baqirgan qirğoqdagi jörasi ekan. Suvga çökib borayotgan bolakayning baqirişga ham holi yöq. Darhol beliga qadar suvga tuşib borib, naryoğiga hassasini çözibdi. Şunday qilib, hassasi bilan sayozroq joyga tortib çiqarib, yutgan suvlarini qusdirib, bolakayni bir ölimdan olib qolibdi. Şundan keyin uyga kelib dam olib yotgan ekan, narigi köçadagi Turimboy qassob qölida kattakon sigirning ulkan bir sonini kötarib kelibdi:
– Hali suvga çökib ketayotganida siz qutqarib qolgan bola mening öğlim edi, oqsoqol. Baraka toping, iymoningiz salomat bölsin, manovini pişirib yeng. Endi söyib turgan edim, nima bölganini eşitdim-u bu yoqqa qarab yuguraverdim. Sigirning bir payi ham sizniki. Hali tayyor emas edi. Tayyor bölganida olib kelib berişadi…
– Yöğ-e, qöying, inim. Men qölimdan kelgan işimni qildim. Kömakka muhtoj odamga yordam qölini çöziş musulmonçilikning qoidasi-da.
– Gapingiz töğriku-ya, oqsoqol. Özi sizdek tabarruk yoşdagi odamni bir mehmon qilaman degan niyatda yurgan edim. Xudoning buyurgani şunaqa ekan-da! – deb qöyarda-qöymay taşlab ketdi. Olib ketmaganidan keyin ortidan uloqtirasanmi? Turumboy oğa köp yillardan beri qassoblik qiladi. Öziga töq yaşaydi. Şuning uçun ham berganning betiga qaramadik. Agar jöjabirdek jonning rizqini qiyib olib kelib ötirgan noçorgina xöjalik egasi bölganida umuman olmay, qoldirib ketganda ham, keyinçalik bizlarga obortirib taşlatar edi otam.
Keçqurun çekiga tuşgan pay ham keldi. Buning ustiga salgina ötib uç-tört köça narida yaşaydigan bir ayol kelib turibdi, otam unutib qoldirgan törvani kötarib.
Mana şunaqa, bizning çolning jamiki mol-dunyosi haloldan yiğilgani, özi ham halol-insofli, rizq-nasibasi butun bölgani uçun har bir işining oxiri baxayr bölib qolaveradi, – deya maqtana ketdi Marat.
– Töğri aytasiz, inim. Çol-kampiri bor uyning rizq-nasibasi butun böladi. Bu rizqni heç kim qiyolmaydi ham. Bekorga “Qarisi bor uyning parisi bor” demaydilar, – dedi nazoratçi militsioner. – Mana men tirikligida ota-onamning xizmatini durustroq qilolmadim. Şuning hissasini çiqaray deb qabrlari ustiga haşamatlab ulkan gumbaz qurdirdim. Har payşanba borib turaman. Ularning xotirasiga çol-kampirlarni uyimga çaqirib, dasturxon yozib, xayr-ehson qilib, ruhi poklariga duoyi fotiha qildirib turaman. Biroq, baribir, könglim tölmaydi. Taskin topavermayman. Ölgandan keyin tuya berganingdan tirigida igna berganing afzalroq ekan! Bunga aqlim keçroq yetdi-da, oqsoqol, – deb köziga yoş oldi militsioner.
Tuşlikdan keyin Marat gilam bilan şolçani olib keldi.
Ollonazar ABDIYEV 1963 yilda Taxtaköprik tumanida tuğilgan. Nukus Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Köplab kitoblar muallifi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Qoraqalpoq tilidan OTAULI tarjimasi
“Yoşlik”2013/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


